Etnosotsiologiya – sotsiologik fаnlаr tizimidа

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
530-534
26
58
Поделиться
Содиржонов, М. (2023). Etnosotsiologiya – sotsiologik fаnlаr tizimidа . in Library, 1(2), 530–534. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/22293
Мухриддин Содиржонов, Наманганский государственный университет

Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Этносоциология изучает социальные процессы и явления в различных этнических средах, а также связанные с ними этническую культуру, традиции и межэтнические отношения. Это поле определяет или определяет средства и границы между социологией и этнологией, этнографией. Этносоциология, возникшая значительно позже других отраслей социологии, теоретически изучает социальные аспекты развития и деятельности этнических групп, их своеобразие, интересы и формы самоорганизации, коллективное поведение в ней. он изучает особенности характера, способы взаимодействия в этнических группах и отношения типа состава. Методологически и эмпирически количественные социологические исследования важны при изучении этносоциальных процессов, но качественные социологические исследования в традиционных обществах дали эффективные результаты.

Похожие статьи


background image

“GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY ILMIY YO‘NALISHLARI”

«

ӘЛЕУМЕТТІК ЖӘНЕ ГУМАНИТАРЛЫҚ ҒЫЛЫМДАРДЫҢ ӨЗЕКТІ МӘСЕЛЕЛЕРІ

»

_____________________________________________________________________________________

530

ETNOSOTSIOLOGIYA – SOTSIOLOGIK FАNLАR TIZIMIDА

Muxriddin Maxammadaminovich Sodirjonov

sodirjonov@mail.ru

Namangan davlat universiteti,

sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Sotsiologiya fanining muhim tarmoq yo‘nalishlaridan hisoblangan

etnosotsiologiya turli etnik muhitdagi ijtimoiy jarayon va hodisalarni, shuningdek, u
bilan bog‘liq etnik madaniyat, anʼanalar hamda millatlararo munosabatlarni
o‘rganadi. Ushbu soha sotsiologiya bilan etnologiya, etnografiya fanlari o‘rtasidagi
vosita va chegaralarni belgilaydi yoki aniqlaydi. Sotsiologiyaning boshqa tarmoq
yo‘nalishlariga nisbatan ancha kech paydo bo‘lgan etnosotsiologiya nazariy jihatdan
etnik guruhlarning rivojlanishi va faoliyatining ijtimoiy jihatlari, ularning o‘ziga
xosligi, manfaatlari va o‘zini o‘zi tashkil qilish shakllari, undagi jamoaviy xulq-
atvorning xususiyatlari, etnik guruhlardagi o‘zaro aloqaga kirishish vositalari,
tarkibi kabi munosabatlarni o‘rganadi. Metodologik va empirik jihatdan etnosotsial
jarayonlarni o‘rganishda miqdoriy sotsiologik tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb
etsa-da, ammo anʼanaviy jamiyatlarda sifatli sotsiologik tadqiqotlar bilan
muammoni o‘rganish samarali natijalar berib kelgan. Аyniqsa, etnografiya sohasida
dala tadqiqotlarining o‘rni muhim.

Etnosotsiologik tadqiqotlarda oila instituti o‘ziga xos ahamiyat kasb etib,

uning mavjud sotsium bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishuvi qanday kechishi, u
bajaradigan ijtimoiy vazifalar nimalarda o‘z ifodasini topishi kerakligiga javob
qidiriladi. Tadqiqotimiz mavzusidan kelib chiqib, ijtimoiy kapitalni ifodalovchi
mikro ahamiyatga ega holatlar, jumladan, kecha ish joyi bor, ammo bugun
korxonaning tugatilishi yoki qisqartirishlar tufayli ishsiz maqomiga ega ota, 40-45
yoshligida nafaqaga chiqarilgan harbiylar yoki 30-35 yoshligida karyerasi tugagan
sportchilarning oddiy fuqarolik sharoitidagi oilaviy hayoti, ijtimoiy hayotda
murakkab anʼanalar domiga bardosh berib kun kechirayotgan “joyi chiqmagan” qiz,
bir nechta farzandni tarbiyalab, katta qilayotgan yolg‘iz ayollar kundalik turmush
tarzi, uzoq yillardan beri yotoqxona yoki kvartirada ijarada turadigan ko‘p bolalik
oilaning ijtimoiy ahvoli, ota-onasi migratsiya jarayonlarida qatnashayotgan,
farzandlari esa bobo-buvisi, qarindosh-urug‘larining qaramog‘ida qolib ketayotgan
bolalar tarbiyasi va boshqa shu kabi mavzularga oid alohida tadqiqot ishlari
etnosotsial muammo sifatida ko‘pincha eʼtibordan chiqib qoladi yoki ahamiyat
berilmaydi[11]. Buning sabablaridan biri sifatida aksariyat sotsiolog
tadqiqotchilarning o‘z izlanishlarida imkon qadar miqdoriy tadqiqot usullariga
bog‘lanib qolayotganliklarini aytish mumkin.


background image

“GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY ILMIY YO‘NALISHLARI”

«

ӘЛЕУМЕТТІК ЖӘНЕ ГУМАНИТАРЛЫҚ ҒЫЛЫМДАРДЫҢ ӨЗЕКТІ МӘСЕЛЕЛЕРІ

»

_____________________________________________________________________________________

531

Taʼkidlash joizki, makrosotsiologik tadqiqotlarda to‘plangan maʼlumotlarni

tushuntirish va tasvirlash uchun sotsial bilimlar zarur bo‘lsa, etnosotsiologik
izlanishlarda maʼlum bir kishilarning kundalik hayotidagi tajriba, hayajon va ruhiy
ehtiroslarini tushunish uchun ilmiy talqin va prognoz xulosalarini chiqarish
ehtimolligini beradigan amaliy bilimlar ko‘nikmasi shakllantiriladi. Zamonaviy
O‘zbekiston sharoitida inson omili, inson kapitali masalalariga jiddiy eʼtibor
qaratilar ekan, bunda turli ijtimoiy guruhlarning amaliy hayot tajribasini sotsiologik
tadqiq etishda sifatli tadqiqotlar usullarini ham keng qo‘llash samarali natijalar
beradi, deb hisoblash mumkin.

Sotsiologiyada etnos va etnik munosabatlarga oid uchta asosiy nuqtayi nazar

mavjud. Bir qarashga ko‘ra, etniklik bu maʼlum bir afzallik va afzalliklarga
erishishga qaratilgan organik shakllanishdir. Etniklik obyektiv haqiqat,
insoniyatning o‘ziga xos xususiyati sifatida qaraladi. Аntik davr siyosiy falsafasida
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ushbu yondashuv E. Dyurkgeymning guruhlar
birdamligi haqidagi asarlaridan so‘ng “qayta tug‘ilish” bo‘ldi. Ushbu
yondashuvning izdoshlari etnik guruhlarni ham ijtimoiy, ham qarindosh (biologik)
jamoalar sifatida ko‘rishadi. Shu munosabat bilan ushbu yondashuv tarafdorlarini
ikki yo‘nalishga bo‘lish mumkin, bular: sotsiobiologik (masalan, L. Gumilev) [1] va
evolyutsion-tarixiy (Y. Bromley va boshqalar) [2].

Instrumentalist sifatida tanilgan ikkinchi yondashuv tarafdorlari (А. Koen,

G. G. Diligenskiy va boshqalar) [3] etniklikni ijtimoiy vosita deb hisoblashadi.
Ushbu tendensiya tadqiqotchilari etnik guruhlarning saqlanishini odamlarning
begonalashishni yengib o‘tish ehtiyojlari bilan izohlashadi. Bu zamonaviy ommaviy
madaniyat, isteʼmol qadriyatlari va pragmatizm jamiyatiga xosdir. Ushbu
yondashuv bilan milliylik guruh manfaatlariga erishish vositasidir. Uchinchi
yondashuv vakillari nuqtayi nazaridan konstruktivistlar (E. Gellner, B. Аnderson,
V.А. Tishkov va boshqalar)[4] deb nomlanganlar etnik ijtimoiy qurilish bo‘lib,
obyektiv ildizlarga ega emas.

Millatni anglashning boshqa yondashuvlari orasida kommunikativ

(K.Doytch) [5], tizimli-ramziy (P. A. Sorokin)ni tadqiqotlarida o‘z aksini topgan [6].

O‘zbekistonda millat, ijtimoiy birdamlik va hamjihatlik, millatlararo

munosabatlar masalalarining milliy mentalitet doirasida etnosotsiologik jihatlarini
M. Bekmurodov, P. Ubaydullayeva, O. Аta-Mirzayev, N. Аliqoriyev, K. Kalonov,
M.Ganiyeva, ijtimoiy-madaniy omillari – А. Umarov, А. Xolbekov va qadriyatli
munosabatlar tizimi Sh. Sodiqova[8], migratsiya jarayonlarida inson omilining
ijtimoiy, siyosiy hamda sotsiomadaniy o‘zgarish yo‘nalishlari F. Parmanov[9], katta
hamda yosh avlod o‘rtasidagi etnomadaniy jihatlarga oid xususiyatlari Sh.Madayeva
va S. Otamuratovlar[10] tomonidan tadqiq etilgan.

Etnosotsiologiyaning g‘oyaviy-tarbiyaviy funksiyasi sotsiologik tadqiqotlar

va ular natijalarining tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni va rolida namoyon bo‘ladi. O‘z


background image

“GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY ILMIY YO‘NALISHLARI”

«

ӘЛЕУМЕТТІК ЖӘНЕ ГУМАНИТАРЛЫҚ ҒЫЛЫМДАРДЫҢ ӨЗЕКТІ МӘСЕЛЕЛЕРІ

»

_____________________________________________________________________________________

532

holicha etnosotsiologiya fan sifatida ijtimoiy voqelikni obyektiv aks ettirmaydi va
sotsiumdagi guruh, jamoa yoki sinflar, boshqa ijtimoiy guruhlar hamda ularning
manfaat va maqsadlariga nisbatan neytraldir. Sotsiologlar sotsial jamoa, qatlam va
guruhlarning boshqa sotsial guruh manfaatlari va maqsadlarini ifodalash hamda
asoslash va amaliy faoliyatini oqlash yo‘lida odatda etnosotsiologik tadqiqotlardan
keng foydalanishadi. Shuning uchun real sotsiologik tadqiqotda obyektiv-ilmiylik
va mafkuraviylikning nisbatini belgilashda xatoga yo‘l qo‘yish mumkin emas.
Shundan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, etnosotsiologiya jamiyatdagi
institutlarning kelib chiqishi va ularni harakatlantiruvchi fan sifatida shakllanganini
ko‘rishimiz mumkin[7. C.6].

Etnosotsiologiya sotsiologik fanlar tizimida etnik, hududiy, diniy va

millatlararo munosabatlarni o‘rganish borasida sotsiologiya sohasining so‘nggi 30
yilligida eng keng tarqalgan yo‘nalishlaridan biriga aylandi. U etnik va millatlararo
munosabatlar sohasida sodir bo‘layotgan murakkab va ziddiyatli jarayonlarni
o‘rganishdan tashqari, ichki mavhumlikni aks ettiruvchi mentalitet, identiklik,
ijtimoiy xarakter, ijtimoiy stereotiplar, o‘zlikni anglash, sotsial xotira kabi
masalalarning tahlil va talqinini berishga katta eʼtibor qaratdi. Etnosotsiologiya – bu
etnik guruhlarning kelib chiqishi, mohiyati, funksiyalari va rivojlanishining umumiy
qonuniyatlarini, millatlararo munosabatlardagi o‘zaro aloqa va faoliyat turlarini
tadqiq qilishning asosiy uslubiy tamoyillarini ishlab chiqishga qaratilgan maxsus
sotsiologik nazariyaga aylandi.

Etnosotsiologiya – hududiy makonda madaniyat va turmushning

sotsiomadaniy xususiyatlari, joy bilan bog‘liq urf-odat, anʼana, udum va
qadriyatlardagi yondashuv, yo‘nalish, hodisa va jarayonlarning mansublik
(identiklik) xususiyatlarini o‘rganadi. Unda turli xil ijtimoiy-etnik jamoalardan
tashqari tashkilot va muassasalar vakillari, ijtimoiy-etnik xarakterdagi voqea-
hodisalar, qolaversa, kundalik hayotning aktorlari ishtirok etadilar[11].

Etnosotsiologik tadqiqotlarning predmetini turli xil ijtimoiy va etnik

guruhlar, jamoalar vakillari o‘rtasidagi sotsiomadaniy munosabatlarning
umumiyligi tashkil etadi. Etnosotsiologiyaning predmet sohasi milliy omillarning
aholi ijtimoiy tuzilishi va migratsiyasiga taʼsiri, milliy o‘z-o‘zini anglashning
ijtimoiy determinizmi, milliy munosabatlar va ijtimoiy-madaniy nizolar, madaniy
qiziqish va ehtiyoj xususiyatlari, etnolingvistik jarayonlarning nozik jihatlarini
qamrab oladi.

Etnosotsiologik tadqiqotlarda kishilik jamiyatining insoniyat dunyosi va

uning tabiatiga nisbatan aynan to‘g‘ri kelmasligida biz sotsial tarix qonuniyatlari
hamda sotsial taraqqiyotning o‘ziga xos jihatlari mavjudligini qayd etamiz.
Shuningdek, bunda sotsiumning faqat insonga xos xususiyatlarini hisobga olamiz,
umumlashtiramiz. Taʼkidlash joizki, agar ijtimoiylik masalalariga eʼtibor
qaratilmasa, inson kapitali masalasini yoritish ham mavhumligicha qolib ketadi.


background image

“GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY ILMIY YO‘NALISHLARI”

«

ӘЛЕУМЕТТІК ЖӘНЕ ГУМАНИТАРЛЫҚ ҒЫЛЫМДАРДЫҢ ӨЗЕКТІ МӘСЕЛЕЛЕРІ

»

_____________________________________________________________________________________

533

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Гумилев Л.Н. Этногенез и биосфера Земли. Л., 1990, с. 56, 224,

231; Гумилев Л.Н. Этносфера: История людей и история природы. М.:
Экопрос, 1993, с. 522; Кравченко А. И. Биосоциальная концепция
пассионарности Л. Гумилева //Социология. – 2019. – №. 6. – С. 12-43.

2.

Бромлей Ю. в. Этнос и этнография. М., 1973; Бромлей Ю. в.

очерки теории этноса. М., 1983. Bromley Yu.V. Sovremennye problemy
etnografii[Modern problems of ethnography]. Moscow, Nauka Publ., 1981. 390 p.
(In Russ.).

3.

Коэн А. Исследование проблем социальной дезорганизации и

отклоняющегося поведения //Социология сегодня. – 1965. – Т. 520.;
Дилигенский Г. Г. Социально-политическая психология. – 1996.; Дилигенский
Г. Г. Индивидуализм Старый и новый личность в постсоветском социуме
//ПОЛИС. Политические исследования. – 1999. – №. 3. – С. 5-15.

4.

Геллнер Э. Нации и национализм / пер. c англ. И.И. Крупника. М.,

1991. 320 с.; Андерсон Б. Воображаемые сообщества. Размышления об истоках
и распространении национализма / пер. с англ. В.Г. Николаева. М., 2001. 288
с; Тишков В.А. Национальная идентичность и духовно-культурные ценности
российского народа / В.А. Тишков. – СПб.: СПбГУП, 2010. – 36 с.; 185. Тишков
В.А. О феномене этничности / В.А. Тишков // Этнографическое обозрение. –
1997. – № 3. – С. 3-21; 186. Тишков В.А. От этноса к этничности и после / В.А.
Тишков // Этнографическое обозрение. – 2016. – № 5. – С. 5-22; Тишков, В.А.
Этнология и политика. Научная публицистика / В.А. Тишков. – М.: Наука,
2001. – 240 с.; 189.

5.

Deutsch K. W. Social mobilization and political development

//American political science Review. – 1961. – Т. 55. – №. 3. – С. 493-514.; Deutsch
K. W., Foltz W. J. (ed.). Nation building in comparative contexts. –
AldineTransaction, 2010.;

6.

Сорокин П.А. Система социологии. Часть 1. М.,1993. С.184;

Сорокин П. А. Социальная стратификация и мобильность //Человек.
Цивилизация. Общество. М.: Политиздат. – 1992. – С. 295-425.; Сорокин П. А.
Человек и общество в условиях бедствий //Влияние войны, революции, голода,
эпидемии на интеллект и поведение человека, социальную организацию и
культурную жизнь. СПб.: Мiръ. – 2012. – С. 225.; Сорокин П. А. Социальная и
культурная динамика. – Издательство" Академический проект", 2017.;

7.

Эмиль Дюркгейм. Социология. Ее предмет, метод и назначение

1993 г. ст 6

8.

Бекмуродов М. Социология асослари. – Тошкент: Фан. 1994. – 180

б.; Ўша муаллиф: Замонавий бошқарув социологияси. Монография. –


background image

“GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY ILMIY YO‘NALISHLARI”

«

ӘЛЕУМЕТТІК ЖӘНЕ ГУМАНИТАРЛЫҚ ҒЫЛЫМДАРДЫҢ ӨЗЕКТІ МӘСЕЛЕЛЕРІ

»

_____________________________________________________________________________________

534

Тошкент: Янги аср авлоди. 2020. – 436 б.; Ўша муаллиф: Ўзбек менталитети.
– Тошкент: Янги аср авлоди, 2004.; Убайдуллаева Р., Ата-Мирзаев О.
Узбекистан в зеркале общественного мнения. Монография. – Ташкент:
IQTISOD-MOLIYA, 2016. – 351 с.; Алиқориев Н. Ўзбекистонда социологик
тадқиқотлар ва илмий мактаблар / Республика илмий-амалий анжуман
материаллари. 1-китоб. – Тошкент, 2010.; Калонов К. Марказий Осиё
ҳудудидаги

ижтимоий-диний

табақалар

(диний-экологик

ва

социоантропологик таҳлил). – Тошкент, 2006. – 92 б.; Матибаев Т.
Ўзбекистонда давлат ва жамият ҳаётининг демократлашуви жараёнида
ижтимоий ҳамкорлик тизимини ривожлантириш омиллари. Социология
фанлари доктори (DSc) дисс. – Тошкент: ЎзМУ, 2018; Умаров А. Ижтимоий-
маданий тараққиётни таъминлаш ва комил инсон шахсини шакллантиришда
мутолаанинг роли. Социология фан. докт. дисс. – Тошкент: ЎзМУ, 2005;
Холбеков А. Шарқ ва Ғарб мутафаккирларининг социологик таълимоти. –
Тошкент: Университет, 1996. – 30 б.; Ўша муаллиф: Маънавий қадриятларни
тиклаш ва мустақиллик мафкурасини яратишда миллий кутубхоналарнинг
ўрни ҳамда аҳамияти / Республика илмий-амалий анжумани материаллари. –
Тошкент, 2015. – Б. 363; Содиқова Ш. Ўзбекистонда ижтимоий соҳадаги
ўзгаришлар // Ижтимоий тадқиқотлар (www.tadqiqot.uz/soci) электрон
журнали. – 2019. – №2. – Б. 16.

9.

Парманов Ф. Я. Миграция жараёнлари: трансформацияси ва

интеграциялашув тенденциялари. Социология фанлари доктори (DSc)
диссертацияси автореферати. – Тошкент, 2021.

10.

Мадаева Ш. Идентиклик антропологияси. – Тошкент: Noshir, 2015.

– 175 б.; Отамуратов С. С. Янгиланаётган Ўзбекистон ижтимоий-инновацион
жараёнларда ёшлар фаолияти. – Тошкент: Fan va texnologiyalar nashriyoti-mataa
uyi, 2021. – Б. 24

11.

Содиржонов М. М. Инсон капитали pивожланиш жаpаёнлаpининг

этносоциологик хусусиятлаpи (Фаpғона водийси мисолида). Социология фанлари
бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. – Тошкент, 2022. – Б. 43

ISLOM HUQUQSHUNOSLIGINING RIVOJLANISH TARIXI

Axmedov Sayqal Abduraxmonovich

Ahmedov1981s@gmail.com

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktoranti

Islom davlati yuzaga kelgan ilk bosqichda huquqiy institutlar rivojlanmagan,

islomning axloqiy vazifalari va huquqiy normalari bir-biri bilan uyg‘unlashgan edi.
Islom dini yoyilib, aholining turmush tarzini belgilab beruvchi va nazorat qiluvchi

Библиографические ссылки

Гумилев Л.Н. Этногенез и биосфера Земли. Л., 1990, с. 56, 224, 231; Гумилев Л.Н. Этносфера: История людей и история природы. М.: Экопрос, 1993, с. 522; Кравченко А. И. Биосоциальная концепция пассионарности Л. Гумилева //Социология. – 2019. – №. 6. – С. 12-43.

Бромлей Ю. в. Этнос и этнография. М., 1973; Бромлей Ю. в. очерки теории этноса. М., 1983. Bromley Yu.V. Sovremennye problemy etnografii[Modern problems of ethnography]. Moscow, Nauka Publ., 1981. 390 p. (In Russ.).

Коэн А. Исследование проблем социальной дезорганизации и отклоняющегося поведения //Социология сегодня. – 1965. – Т. 520.; Дилигенский Г. Г. Социально-политическая психология. – 1996.; Дилигенский

Г. Г. Индивидуализм Старый и новый личность в постсоветском социуме //ПОЛИС. Политические исследования. – 1999. – №. 3. – С. 5-15.

Геллнер Э. Нации и национализм / пер. c англ. И.И. Крупника. М., 1991. 320 с.; Андерсон Б. Воображаемые сообщества. Размышления об истоках и распространении национализма / пер. с англ. В.Г. Николаева. М., 2001. 288 с; Тишков В.А. Национальная идентичность и духовно-культурные ценности российского народа / В.А. Тишков. – СПб.: СПбГУП, 2010. – 36 с.; 185. Тишков В.А. О феномене этничности / В.А. Тишков // Этнографическое обозрение. – 1997. – № 3. – С. 3-21; 186. Тишков В.А. От этноса к этничности и после / В.А. Тишков // Этнографическое обозрение. – 2016. – № 5. – С. 5-22; Тишков, В.А. Этнология и политика. Научная публицистика / В.А. Тишков. – М.: Наука, 2001. – 240 с.; 189.

Deutsch K. W. Social mobilization and political development //American political science Review. – 1961. – Т. 55. – №. 3. – С. 493-514.; Deutsch K. W., Foltz W. J. (ed.). Nation building in comparative contexts. – AldineTransaction, 2010.;

Сорокин П.А. Система социологии. Часть 1. М.,1993. С.184; Сорокин П. А. Социальная стратификация и мобильность // Человек. Цивилизация. Общество. М.: Политиздат. – 1992. – С. 295-425.; Сорокин П. А. Человек и общество в условиях бедствий //Влияние войны, революции, голода, эпидемии на интеллект и поведение человека, социальную организацию и культурную жизнь. СПб.: Мiръ. – 2012. – С. 225.; Сорокин П. А. Социальная и культурная динамика. – Издательство" Академический проект", 2017.;

Эмиль Дюркгейм. Социология. Ее предмет, метод и назначение 1993 г. ст 6

Бекмуродов М. Социология асослари. – Тошкент: Фан. 1994. – 180 б.; Ўша муаллиф: Замонавий бошқарув социологияси. Монография. – Тошкент: Янги аср авлоди. 2020. – 436 б.; Ўша муаллиф: Ўзбек менталитети. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2004.; Убайдуллаева Р., Ата-Мирзаев О. Узбекистан в зеркале общественного мнения. Монография. – Ташкент: IQTISOD-MOLIYA, 2016. – 351 с.; Алиқориев Н. Ўзбекистонда социологик тадқиқотлар ва илмий мактаблар / Республика илмий-амалий анжуман материаллари. 1-китоб. –Тошкент, 2010.; Калонов К. Марказий Осиё ҳудудидаги ижтимоий-диний табақалар (диний-экологик ва социоантропологик таҳлил). – Тошкент, 2006. – 92 б.; Матибаев Т. Ўзбекистонда давлат ва жамият ҳаётининг демократлашуви жараёнида ижтимоий ҳамкорлик тизимини ривожлантириш омиллари. Социология фанлари доктори (DSc) дисс. – Тошкент: ЎзМУ, 2018; Умаров А. Ижтимоий-маданий тараққиётни таъминлаш ва комил инсон шахсини шакллантиришда мутолаанинг роли. Социология фан. докт. дисс. – Тошкент: ЎзМУ, 2005; Холбеков А. Шарқ ва Ғарб мутафаккирларининг социологик таълимоти. – Тошкент: Университет, 1996. – 30 б.; Ўша муаллиф: Маънавий қадриятларни тиклаш ва мустақиллик мафкурасини яратишда миллий кутубхоналарнинг ўрни ҳамда аҳамияти / Республика илмий-амалий анжумани материаллари. – Тошкент, 2015. – Б. 363; Содиқова Ш. Ўзбекистонда ижтимоий соҳадаги ўзгаришлар // Ижтимоий тадқиқотлар (www.tadqiqot.uz/soci) электрон журнали. – 2019. – №2. – Б. 16.

Парманов Ф. Я. Миграция жараёнлари: трансформацияси ва интеграциялашув тенденциялари. Социология фанлари доктори (DSc) диссертацияси автореферати. – Тошкент, 2021.

Мадаева Ш. Идентиклик антропологияси. – Тошкент: Noshir, 2015. – 175 б.; Отамуратов С. С. Янгиланаётган Ўзбекистон ижтимоий-инновацион жараёнларда ёшлар фаолияти. – Тошкент: Fan va texnologiyalar nashriyoti-mataa uyi, 2021. – Б. 24

Содиржонов М. М. Инсон капитали pивожланиш жаpаёнлаpининг этносоциологик хусусиятлаpи (Фаpғона водийси мисолида). Социология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. – Тошкент, 2022. – Б. 43

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов