Этносоциальная характеристика процессов развития человеческого капитала в зарубежных социологических исследованиях

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
84-89
3

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Содиржонов, М. (2023). Этносоциальная характеристика процессов развития человеческого капитала в зарубежных социологических исследованиях . in Library, 1(2), 84–89. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/22279
Мухриддин Содиржонов, Наманганский государственный университет

Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В современных обществознаниях актуальное значение приобретают социологические исследования и изучение человеческого капитала. В данной статье в этнических процессах, во-первых, определить социологический генезис концепции человеческого капитала, рассмотреть аспекты его инновационного развития как социального явления, во-вторых, проблема человеческого капитала как социокультурного феномена была раскрыта.

Похожие статьи


background image

SamDU ilmiy axborotnomasi

Sotsiologiya

2023-YIL, 2-SON

84

UDK:

316.7
XORIJ SOTSIOLOGIK TADQIQOTLARDA INSON KAPITALI RIVOJLANISH

JARAYONLARINIING ETNOSOTSIAL HUSUSIYATLARI

M.M.Sodirjonov

Namangan davlat universiteti

Annotatsiya.

Zamonaviy ijtimoiy tadqiqotlarda inson kapitalini sotsiologik tadqiq etish

hamda oʻrganish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada etnossial jarayonlarda birinchidan,
inson kapitali tushunchasining sotsiologik genezisini aniqlash, uning ijtimoiy hodisa sifatida
innovatsion rivojlanish jihatlarini kuzatish va ikkinchidan, inson kapitali muammosini ijtimoiy-
madaniy fenomen sifatida tadqiq etildi.

Kalit soʻzlar:

inson kapitali, etnosotsial, dinamika, transformatsiya, innovatsiya, fan, taʼlim,

salomatlik, madaniyat, industrial, posmodernizm, fenomen, jamiyat, urf-odat, mentalitet.

Этносоциальная характеристика процессов развития человеческого капитала в

зарубежных социологических исследованиях

Аннотация.

В современных обществознаниях актуальное значение приобретают

социологические исследования и изучение человеческого капитала. В данной статье в
этнических процессах, во-первых, определить социологический генезис концепции
человеческого капитала, рассмотреть аспекты его инновационного развития как социального
явления, во-вторых, проблема человеческого капитала как социокультурного феномена была
раскрыта. исследовал.

Ключевые слова:

человеческий капитал, этносоциальный, динамика, трансформация,

инновации, наука, образование, здоровье, культура, индустриальный, постмодернизм, феномен,
общество, традиция, менталитет.

Ethno-social characteristics of the development of human capital in foreign sociological research

Abstract.

In modern social studies, sociological research and study of human capital is

gaining urgent importance. In this article, in ethnic processes, first, to determine the sociological
genesis of the concept of human capital, to observe the aspects of its innovative development as a
social phenomenon, and secondly, the problem of human capital as a socio-cultural phenomenon was
researched.

Keywords:

Human capital, ethnosocial, dynamics, transformation, innovation, science,

education, health, culture, industrial, postmodernism, phenomenon, society, tradition, mentality.

Globallashuv jarayonlari kechayotgan bir davrda ham etnik va demografik vaziyatlar dolzarb

masala sifatida oʻz ahamiyatini saqlab qolmoqda. Oʻz navbatida, xalqaro miqyosda urbanizatsiya va
migratsiya jarayonlarining kuchayishi natijasida xalqlarning assimilyatsiyalashuvi, demografik
marginallikning tezlashib ketishi tufayli inson omiliga bogʻliq yangi muammolarni paydo boʻlishiga
sabab boʻlmoqda. Bunday vaziyatda milliy va etnosotsial xusususiyatlar asosida inson kapitalining
mohiyati, uning rivojlanib borish tendensiyalari va turmush barqarorligi masalalarini oʻrganish
zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Jahonning yetakchi ilgʻor tadqiqot markazlari va universitetlarida “inson kapitali” muammosi

etnosotsial va milliy identiklik xususiyatlarini inobatga olgan holda ilmiy izlanishlarning tadqiqot
obyektiga aylanmoqda. Xalqaro miqyosda inson kapitalini takomillashtirishga doir mehnat bozorining
samarali ishlash mexanizmlarini joriy qilish, demografik va etnik omillarning urbanizatsiya
jarayonlariga ijtimoiy taʼsiri, mintaqaviy yoki hududiy xususiyatlarga koʻra aholi zichligiga oid
muammolar tahliliga oid tadqiqotlar olib borilmoqda.

Etnosotsial jarayonlarda kechayotgan innovatsion jarayonlar misolida biz sotsiumning

dinamikasi va transformatsiyalashuviga sotsiologik jihatdan baho berishimiz mumkin. Chunki har
qanday inson omili bir manzildan ikkinchisiga koʻchar ekan, uning asosida innovatsiyalar, yaʼni
yangiliklar va oʻzgarishlar yotadi. XX asrning 30 yillaridan boshlaboq ijtimoiy-madaniy oʻzgarishlar


background image

SamDU ilmiy axborotnomasi

Sotsiologiya

2023-YIL, 2-SON

85

xususiyatlarini kuzatadigan boʻlsak, ular texnologik va asr soʻngiga kelib axborot-texnik inqiloblar
natijasida vujudga kelganligiga guvoh boʻlish mumkin.

Hozirgi ilmiy-nazariy diskursda inson kapitalining innovatsiyalar bilan bogʻliqligi xususida

koʻp martalab ilmiy mulohaza yuritilmasin, unda etnosotsial omillarning ham oʻrni yuqoriligini inkor
etish qiyin. Dunyo tajribasida “Yapon moʻjizasi”, “Osiyo yoʻlbarslari” (Singapur, Malayziya, Janubiy
Koreya kabi davlatlar nazarda tutiladi), “Qayta uygʻongan Xitoy” kabi atamalarning ilmiy talaffuzga
kiritilgani, hamda iqtisodiyot, siyosat, taʼlim, ijtimoiy rivojlanish sohalarida foydalanilayotganligi
maʼlum[19].

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

. Sotsiumda axborot-texnologik innovatsiyalarga bogʻliq

oʻzgarishlar “chizigʻi” texnik jihat va iqtisodiy tomondan sotsiomadaniy tomonga
transformatsiyalashdi. Inson kapitalini rivojlantirish sohasidagi innovatsiya masalalari dolzarblashdi.
Ishlab chiqarish sohasi ketidan, madaniyatning boshqa sohalari ongli, maqsadli innovatsion faoliyat
obyekti boʻldi. Bu esa bir qator tadqiqotchilarga ijtimoiy-madaniy tipida innovatsion rivojlanishga
uzil-kesil oʻtishini tasdiqlashga imkon beradi[1]. Kapital uchun shakllangan ustuvorliklardagi
almashinuvlar toʻgʻrisidagi ilmiy prognoz konsepsiyalari ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish sohalari
tendensiyalarini oʻrganishga qaratildi. Masalan, amerikalik sotsiolog D.Bellning “postindustrial
jamiyat” nazariyasi[2] asosan madaniyat sohasini qamrab olgan boʻlsa, ispaniyalik mutafakkir olim
M.Kastels ishlarida siyosiy kapital masalalarini koʻrishimiz mumkin[3].

XX asrning soʻnggi oʻn yilliklarida dunyo boʻylab keng tarqalgan postindustrial jamiyatdan

keyingi madaniy paradigma “postmodernizm” nazariyasi ijtimoiy-madaniy kapital xususiyatlarga
“daʼvogar”lik qiladi. Rossiyalik taniqli olim A.Kravchenko postmodernizm fenomenini tavsiflab, qayd
etadi: “Postmodernizm oʻz mavjudligi orqali ikkinchi ming yillik soʻngiga kelib aynan madaniyatni
kishilik jamiyatining yangilanishlari roʻy beradigan soha boʻlishligini isbotladi”[4].

Zamonaviy ijtimoiy tadqiqotlarda inson kapitaliga innovatsiyalarning taʼsiri oʻrganilar ekan,

uning fenomenini oʻrganish texnik-iqtisodiy muhitning tor doirasi bilan cheklangan. Bugungi kunda
shakllanib borayotgan inson kapitali omilini madaniyat makonida oʻrganishga boʻlgan urinishlar ham
jamiyat hayotida murakkab yaxlit ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida koʻrib chiqishdan yiroqlashdi.
Bizning nazarimizda ushbu fenomenlar “texnik yangilik”[5], “rivojlanish vositasi”[6] iboralari sifatida
talqin qilinib, uning qaysidir maʼnoda atrof-muhit tomonidan anglashga boʻlgan kechikishlar sabab
boʻlishi mumkin.

Etnosotsiologik tadqiqotlarda ijtimoiy-madaniy paradigma pozitsiyasi oʻziga xos oʻrin tutib,

uning ilmiy asosini A.Veber, P.Sorokin, A.Axiyezer, N.Lapinlarning ilmiy qarashlarida kuzatishimiz
mumkin. Etnosotsiologik tadqiqotlar jarayonida mutafakkirlar “madaniyat” tushunchasini ilgari surib,
uning negizida butun bir tizimga asoslangan ijtimoiy-madaniy jihatlarni tahlil etadilar. Inson hayot
faoliyatining ijtimoiy va madaniy omillarini hamma vaqt ham qatʼiy metodologik yondashuvlarga
asoslanib aniq bir strukturaviy holatga keltirishning iloji yoʻq, deb hisoblaydilar.

Sotsiologik nazariyalar tizimida oʻziga xos ahamiyat kasb etadigan “ijtimoiy-madaniy”

yondashuvning asoschisi P.Sorokin taʼkidlaydi: “Jamiyat va madaniyat – oʻziga xos shunday birlikki,
unda sotsium oʻzining sotsiomadaniy aloqa va jarayonlarga kirishish bilan individumni tashkil etadi.
Oʻz navbatida madaniyat sotsiumdagi maʼnolar, qadriyatlar, meʼyorlar majmuini obyektivlashtirib,
kishilarni etnik va diniy jihatdan ijtimoiylashuvga tayyorlab beradi. Madaniyat shu tariqa inson
ijtimoiy hulqining asosiy, ammo faqat uning oʻzigagina xos boʻlgan xususiy (shaxsiy) determinanti
(ilgari suruvchi) sifatida jamiyatga etnomadaniy omil sifatida uygʻunlashadi”[8]

Ijtimoiy-madaniy oʻzaro taʼsir etnosotsial jihatdan P.Sorokin qarashlariga koʻra oʻziga xos

matritsa boʻlib, uning har boʻlagi mavjud makonda aniqlovchi va aniqlanuvchi hodisa sifatida
namoyon boʻladi. Oʻzining “Sotsiomadaniy dinamika” deb nomlangan asarida u shunday yozadi: “Har
qanday buyuk madaniyat nafaqat turli hodisalarning birgalikda mavjud boʻlgan, lekin bir-biri bilan
bogʻliq boʻlmagan birikmasi, balki barcha tarkibiy qismlari bitta asosiy tamoyilga qaragan va bitta
asosiy qadriyatni ifodalagan birlik yoki individuallikdir. Bunday yagona madaniyatning nafis
sanʼatlari va ilm-fani, falsafasi va dini, axloqiy va huquqiy asoslari, ijtimoiy, iqtisodiy va amaliy
tashkil etishning asosiy shakllari, koʻp maʼnoda, urf-odatlari, turmush tarzi va fikrlashi (mentaliteti) –
bularning barchasi uning asosiy prinsipi va asosiy qadriyatini oʻzicha ifoda etadi. Aynan qadriyatlar
har qanday madaniyatning asosi va poydevorini tashkil etadi. Shu sababli bunday integral
madaniyatning tarkibiy qismlari ham koʻpincha oʻzaro bogʻliq: birontasi oʻzgargan holatda, qolganlari


background image

SamDU ilmiy axborotnomasi

Sotsiologiya

2023-YIL, 2-SON

86

ham albatta oʻxshash transformatsiyaga uchraydi”[7]. Sorokin fikrlaridan koʻrinib turibdiki, inson
kapitali bilvosita sotsiomadaniy jarayonlarga oʻzaro bogʻliq.

Inson kapitali omilini ijtimoiy-madaniy tizimda sotsiumning muhim boʻlgan sotsial maqomidan

kelib chiqib, ijtimoiy-madaniy yaxlitlik sifatida anglash, uning asosiy bazaviy tamoyil va
qadriyatlarini belgilab beradi. Agar uni etnosotsial yondashuvlardan kelib chiqib aniqlaydigan boʻlsak,
bir qator jihatlar oldinga oʻrinlarga chiqadi. Jumladan, etnik yoki milliy farq, shunga oid mentalitet va
identiklik, hududiy joylashganlik, atrof-muhit va uning uzoq yillar mobaynida shakllangan
atmosferasi, diniy jarayonlar, zamonaviylikni beligilab beruvchi ijobiy yoki salbiy jihatlar (ilm-fandan
tortib migratsiya jarayonlarigacha) va h.z.

Inosn kapitalini etnomadaniyat tushunchasi bilan bogʻlab oʻrganar ekanmiz, bunda birinchi

navbatda “sivilizatsiya” tushunchasiga alohida toʻxtalib oʻtishimiz kerak boʻladi. Mahalliy tadqiqotchi
K.Kalanov fikriga koʻra: “XVIII-XIX asrlarda zamonaviy madaniyat soʻzining koʻp qirrali, ammo
chalkash maʼnoli tarixi boshlandi. Bu davrda madaniyatning izohini ifodalovchi “culture” talaffuzi
yoniga “civilis”, yaʼni “fuqaroga taalluqli”, “fuqaroga oid” maʼnoni beruvchi atama qoʻshildi. U
lotincha “civis” – fuqaro soʻzi bilan qoʻshilgan holda “sivilizatsiya” jamlanmasining oʻzagini tashkil
qiladi. XX asrning 90 yillarida (keyinchalik ham) oʻzbek tilidagi ilmiy adabiyotlarda ayrim
tadqiqotchilar ushbu atamani forsiydagi “tamaddun” soʻzi bilan izohlashga harakat qildilar. Taʼkidlash
mumkinki, bu izoh oʻzbek tilida oʻzining toʻliq lugʻaviy ifodasini bera olmadi. Xususan, sotsiolog va
siyosatshunos tadqiqotchilar orasida keng munozarali asar hisoblangan S.Xantingtonning mashhur
asari ingliz tili (The Clash of Civilizations and the Remaking of World Order)dan tarjima qilinganda
“Tamaddunlar yoki sivilizatsiyalar toʻqnashuvi...” deb emas, balki “Madaniyatlar toʻqnashuvi...” deb
talaffuz qilinmoqda (K.K.)”[8].

Sivilizatsiyaga eʼtibor qaratishimizning asosiy shartlaridan biri shundaki, bugun juda koʻp

taraqqiy etgan mamlakatlar inson kapitali va ijtimoiy kapital muammolarini yuksak madaniy
taraqqiyot asosida yechimini hal etdilar. Atoqli nemis sotsiologi Maks Veberning akasi Alfred Veber
fikriga koʻra, “madaniyat va sivilizatsiya – ikkita oʻzaro yaqindan bogʻliq, ammo turli fenomenlardan
tashkil topgan xususiyatlardir. Agar madaniyat bizning hayotiy borligʻimizdan yuqori
koʻtarilganimizda paydo boʻladigan hodisa boʻlsa, u holda sivilizatsiya borliq ratsionalizmi, tabiat
kuchlarini oʻzlashtirish, qoʻllaniladigan ishlab chiqarish vositalarining samaradorligi bilan
chambarchas bogʻliqdir. Sivilizatsiyaning oʻziga xos xususiyati shundaki, uning mevalaridan turli
qitʼalarda yashovchi odamlar, turli madaniyat qadriyatlarining sohiblari foydalanmoqda. Sivilizatsiya
yutuqlaridan foydalanish - madaniyat rivojlanishining zarur sharti, yangi, yanada yuqori bosqichga
oʻtishdir. Turli mamlakatlarda kechayotgan sivilizatsion rivojlanish jarayoning birligi ijtimoiy-
madaniy hodisa sifatida etnik va milliy xususiyatlarni qiyosiy tahlil qilish uchun asos boʻladi”[9].

Endi eʼtiborimizni inson kapitali vujudga kelishida zamonaviy etnosotsial jihatlarga ham oʻz

taʼsirini oʻtkaza oladigan “innovatsiya” tushunchasiga qaratamiz. “Innovatsiya” atamasi lotincha
“innovato” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, yangilanish yoki yaxshilanish maʼnosini anglatadi. Ushbu
atama ilk bor XIX asr Gʻarb madaniyatshunoslari ilmiy tadqiqotlarida sotsiumdagi “madaniy
diffuziyalar”[10] ni taʼriflash uchun qoʻllanilgan. Unga koʻra madaniyatning bir unsurlari boshqasi
bilan uygʻunlashuv jarayonlari nazarda tutiladi. Xususan, ilmiy izlanishlarda qator tadqiqotchilar[11]
Yevropa urf-odatlari va hayot faoliyatini tashkil etish usullarining Osiyo va Afrika madaniyatlariga
kiritilishi toʻgʻrisida soʻz yuritilgan. Demak, yevrotsentrizm vakillari madaniyat “niqobi”ga berkingan
gʻoyalar asosida ilk davrlarda taʼsir oʻtkazishni boshlaganlar. Bu jihat fanda “siyosiy kapital” sifatida
eʼtirof qilinadi.

XX asr oʻrtalarida innovatsiyalarning tushunchaviy mazmuni bir qadar oʻzgara boshladi. Bu esa

inson kapitali mavzusiga ham yangicha maʼnoviy yoʻnalishlarni ishlab chiqishni talab etardi. Oʻtgan
asrning sohaga oid yirik tadqiqotchilari N.Kondratyev va Y.Shumpeterlar inson kapitalini iqtisodiy
rivojlanish bilan bogʻlab oʻrganar ekanlar, innovatsiya fenomeni va jamiyatning iqtisodiy dinamikasi
oʻrtasidagi munosabatlarni inson omiliga bogʻlab asoslashga harakat qiladilar.

Hozirgi innovatsion nazariyalarning shakllanishida diqqatga sazovor maʼlumotlarni

N.D.Kondratyevning iqtisodiy-texnologik rivojlanish konsepsiyasida uchratish mumkin. U
“rivojlangan sanoatning chuqur islohotlar va texnika inqiloblariga yangi hududlarni jalb qilishda,
mavjud malakali mehnatni zamonaviy kadrlar tayyorlash orqali”[12] ifoda etadi. Tadqiqotchining
fikriga koʻra, har qanday muhim texnik ixtiro va kashfiyotlar inson salohiyatini oʻzlashtirish bilan


background image

SamDU ilmiy axborotnomasi

Sotsiologiya

2023-YIL, 2-SON

87

bogʻliq boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy konyukturaning davriy jihatlarini mavjudligi bilan amalga oshadi.
Kondratyev davriy aylanishlarni tahlil etar ekan, “toʻqimachilik sanoati va choʻyan ishlab
chiqarishdagi ixtirolar, siljishlar birinchi toʻlqin (XVIII asr oxiri) rivojida; ikkinchi toʻlqin davri esa
(XIX asr oʻrtalari) temir yoʻllar qurilishi, dengiz transporti rivojlanishi bilan bogʻliqligini; uchinchi
toʻlqin (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) elektronika sohasidagi ixtirolar va elektr toki, shuningdek,
radio toʻlqinlar tufayli yangiliklarni ommaviy joriy etish bilan bogʻliqligini asoslaydi. Biz toʻrtinchi
toʻlqinni Internetning ixtiro qilinishi va u bilan bogʻliq axborotlashgan jamiyat bilan bogʻlab
koʻrsatamiz. Kondratyev fikriga koʻra, “ilmiy-texnik kashfiyot va ixtirolarning inson omiliga
yoʻnalganligi, intensivligi amaliy haqiqat talablari sifatida fan-texnikaning avvaldan rivojlanganligi
funksiyasidir”.[12] Biroq ularni amalda keng tatbiq etish uchun iqtisodiy shart-sharoitlar darkor:
“ilmiy-texnik ixtirolar mavjud boʻlishi mumkin, ammo ularni tatbiq etish uchun zarur iqtisodiy shart-
sharoitlar boʻlmasa, amaliy natija bermaydi... Texnika rivojlanishining oʻzi iqtisodiy dinamika
qonuniy jarayoniga kiritilgan”[12].

Kelib chiqishi avstriyalik boʻlgan tadqiqotchi Y.Shumpeter tomonidan ilgari surilgan

nazariyada inson kapitali omili ham oʻz rivojini topadi.[13]. Y.Shumpeter Kondratyev izidan borib,
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mavjudligini bevosita innovatsiyalar toʻlqini bilan bogʻlaydi. Oʻzining
ilmiy nazariy qarashlarida u innovatsiyalar bevosita foyda va moddiy boyliklar ortishiga olib
keladigan texnologik taraqqiyotning oʻzaro aloqasidan kelib chiqadi. Innovatsiyalar inson kapitaliga
mavjud salohiyatdan kelib chiqib xizmat qiladi.

Ammo bu yuksak madaniyatni talab etadi. N.Kondratyev va Y.Shumpeter tadqiqotlari hozirgi

zamon innovatsion taraqqiyot masalalari asosini tashkil etdi. Ular tomonidan aniqlangan ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot va innovatsiyalar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik inson taraqqiyoti va omiliga bogʻliq
fundamental ilmiy tadqiqotlarning dastlabki davridan to soʻnggi, yaʼni isteʼmol qilish sohasigacha
boʻlgan amaliy tatbiq etishdagi kompleks jarayonlarni oʻrganishni taqozo etdi. Ijtimoiy fanlar tizimida
“innovatsion faoliyat”, “innovatsion jarayon”, “innovatsion davr” kabi tushunchalar paydo boʻldi.
Aynan ularning natijasida, bugungi kunda inson omili masalalariga jiddiy munosabat bildirila
boshlandi.

Etnosotsial tadqiqotlarning zamonaviy koʻrinishlarini ifodalashda innovatsiyalar nazariyasining

ahamiyati oshib borar ekan, ularni tadqiq etishning yangi davri XX asrning 70-yillarida kuzatiladi.
Dunyoda global iqtisodiy inqiroz davri kuzatilar ekan, uning oʻrniga “bazisli innovatsiya”lar toʻlqini
vujudga keladi. Bunday tadqiqotlar “sahna”siga B.Santo, G.Mensh, A.Klayxnext, K.Frimen,
J.Zaltmen, P.Drakerlar oʻz tadqiqotlari natijalari bilan kirib keldilar. Xususan, vengriyalik mutaxassis
boʻlgan B.Santo innovatsilarning inson kapitali rivojiga ulushini oʻziga xos tushunib, uni quyidagicha
taʼriflaydi: “innovatsiyalar – bu ijtimoiy-texnik-iqtisodiy jarayon boʻlib, ular gʻoya va ixtirolarni
amaliy qoʻllash orqali oʻzining xususiyatlari boʻyicha inson ehtiyojlarini qondirishda eng yaxshi
buyum va texnologiyalarni yaratishga yetaklaydi”[14].

Bugungi kunda globallashgan dunyoda axborot-kommunikativ inqilobi tufayli vujudga kelgan

ijtimoiy-madaniy oʻzgarishlar toʻlqini sababli, “innovatsiya” tushunchasi nazariy jihatdan barcha
sohalarga qoʻllananila boshlandi. Ushbu tushunchaning koʻp maʼnoligi uchun biz oʻz tadqiqot
ishimizda uning taʼriflarini etnosotsiologik tadqiqotlar orqali inson kapitaliga ham joriy etdik.

Innovatsiyada ilmiy gʻoya yoki texnik ixtiro amaliy tatbiq etish bosqichiga yetkazilgach

iqtisodiy samara berishni boshlaydi. Shunday qilib, innovatsiya fenomeni hozirgi zamon ilmiy
diskursida koʻpincha iqtisodiy dinamikaga sabab boʻlgan yangilikka asoslansa-da, uning
transformatsiyalashuvini inson kapitaliga bogʻlab koʻrsatish mumkin. Undagi ilmiy qarash va
tushunchalarni “kashfiyot”, “ixtiro” atamalariga ham qiyoslash mumkin va u sotsiologik nuqtai
nazardan semantik tahlil etiladi.

Etnosotsiologik pozitsiyadan turib tahlil etilsa innovatsion yondashuvlar orqali inson kapitali

hududiy siklga koʻra “kashfiyot” orqali amalga oshiriladi. U kreativlikni talab etib, hodisa va
jarayonlarga nisbatan ijodiy yondashuvni talab etadi. Kashfiyot mutlaq (absolyut)likga davo
qilmasada, individual-shaxsiy saviyadagi mahsul sifatida namoyon boʻladi. Uning sotsiomadaniy
jihatlariga eʼtibor qilsa etnosotsial jarayonlarni kreativ jarayon mahsuli sifatida namoyon qilishi
mumkin. Rossiyalik tadqiqotchi I.Balabanov kashfiyot va innovatsiyani qiyosiyo tahlil etar ekan, ular
oʻrtasidagi farqni quyidagi xususiyatlarga koʻra farqlaydi:


background image

SamDU ilmiy axborotnomasi

Sotsiologiya

2023-YIL, 2-SON

88

- Kashfiyot yoki ixtiro odatda fundamental jihatlarni, innovatsiya esa texnologik hodisalarni

amaliyotga joriy etadi;

- Kashfiyot individual mazmun kasb etishi mumkin, innovatsiya esa jamoaviy, guruhli tarzda

loyiha shaklida amaliyot (ijtimoiy hayot)ga tatbiq etiladi;

- Kashfiyotdan maqsad foyda koʻrishga qaratilmaydi, innovatsiya esa har doim biron bir aytarli

manfaatni koʻzlaydi, xususan, katta mablagʻ kelishi, foyda koʻrish, mehnat unumdorligini oshirish
orqali turmush farovonligini koʻtarish va shu kabilar;

- Kashfiyot tasodifan boʻlishi mumkin, innovatsiya esa doimiy izlanish va intilish natijasidir. U

toʻsatdan paydo boʻlmaydi va maʼlum bir aniq maqsadga asoslanishni talab etadi”[15]. Shundan ham
koʻrinib turibdiki, innovatsion jarayonlarda inson kapitali omili natijalarga sabab boʻladi.

Innovatsiyaning gʻoyaviy asoslarini aniqlash uchun nazariy-metodologik jihatdan “oʻzgarish”

tushunchasiga qiyoslash lozim. Shumpeter fikriga koʻra sotsium oʻzgarishlar orqali inson kapitalini
aniqlashi va bir holatdan ikkinchisiga oʻtishi uchun zamin yaratadi.

Fransiyalik taniqli tadqiqotchi La Pyerre “innovatsiyalarni dastlabki holatdan yangisiga oʻtishi

bilan xoʻjalik (hudud) organizmi ichki tuzilishi oʻzgarish sifatida baholanadi[16]. Innovatsiyalar faqat
sifat jihatidan ijobiy boshqariladigan, ongli ravishda boshlangan va amalga oshiriladigan
oʻzgarishlarni nazarda tutgan boʻlsa-da, mavjud oʻzgarishlar ijtimoiy hayotdagi hodisalarning yanada
kengroq koʻlamini belgilab berishi mumkin. Oʻzgarishlar sotsiumga yangilik olib kiradi. Rossiyalik
taniqli sotsiolog olim I.Bestujev-Lada fikriga koʻra: “Yangilik kiritish – bu boshqaruv qarorining
shunday koʻrinishiki, uning natijasida u yoki bu (texnik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy) jarayonda qaysidir
hodisalarning muhim oʻzgarishi roʻy beradi”[17]. “Oʻzgarish” va “yangilik kiritish” kabi
tushunchalarning oʻzaro munosabati bizga inson omili va inson kapitali jarayonlarining dinamikasi va
transformatsiyalashuv jihatlarini haqqoniy aks ettiradi. Biroq, sotsiumga yangilik kiritish koʻp
holatlarda “oʻzgarish” tushunchasiga tobe boʻlib qoladi. A.Prigojin fikricha, “yangilikni joriy etish
(kiritish) maxsus mexanizm sifatida koʻpincha maqsadli oʻzgarishlarni amalga oshirishda
foydalaniladi”[11].

Shunday qilib, innovatsiya tushunchasining “kashfiyot”, “ixtiro”, “yangilik” va “oʻzgarish”

tushunchalari bilan bogʻliqlikdagi semantik tahlili inson kapitalini amalga oshirishda kreativ-nazariy
bogʻliqlikda etnomadaniy va etnohududiy tadqiqot yoʻnalishlarini ochib beradi. XX asr ilmiy
diskursida oʻtkazilgan innovatsiyalar tahlili XXI asr yondashuvlarida keskin oʻzgardi va
sotsiomadaniy konstekst doirasidan chiqmaydi. Bizning nazarimizda, innovatsiya fenomeni texnik-
iqtisodiy sohaning tor doirasidan allaqachon chiqib ketgan va bugungi kunda madaniyatning turli
sohalarini ifodalovchi taraqqiyot hodisasidar. Innovatsion faoliyat zamonaviy jamiyatda inson kapitali
rivojlanishining asosiy shartidir. Taʼlim, fan, salomatlik (tibbiyot), siyosiy (ijtimoiy siyosat), iqtisodiy
(ehtiyojlar) ijtimoiy innovatsiya sifatida yuksak darajadagi sotsiomadaniy haqiqatning tavsifini beradi.
Tadqiqotchi Ye.Krasnuxinaning taʼkidlashicha, “oʻtmishning muqaddasligi hozirgi kunda qadrsizlanib
bormoqda va ijtimoiy haqiqat sohasida anʼana emas, balki innovatsiya shakllantiruvchi kuch sifatida
sahnaga chiqmoqda. Agar tarixning butun mazmuni dolzarbligi bilan bugungi kunda muhim boʻlsa-da,
uning “ildizi”ga asoslangan oʻtmish endi avvalgidek emas. Hozirgi zamon oʻz-oʻzini ishlab chiqarish,
oʻzini dekonstruksiya (rivojlantirish, qayta shakllantirish) qilish sifatida barpo boʻladi... Oʻtmishni
qayta jonlantirish esa innovatsiya koʻrinishida maqsadli yangilikka oʻtadi... Oʻtmish qaytib kelib,
takrorlanishi mumkin, faqatgina yangi siymoda, avvalgi narsalar yangilanib, novatsiya shakliga
kirgandagina fuqarolik huquqini olishi mumkin. Shuning uchun anʼanaviy oʻtmish oʻzini yangi va
zamonaviy qilib koʻrsatadi”[18.21]. Shunday qilib, innovatsiyalar, birinchi navbatda, oʻzining vaqti
nuqtai nazaridan asoslanishini talab qiladigan murakkab ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida namoyon
boʻladi.

Shu bilan birga, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi innovatsiya nafaqat madaniyatning bugungi

kuni barcha xususiyatlarini qamrab oladi, balki yangilikka yoʻnaltirilgan fenomen sifatida madaniyat
kelajagini oʻzida mujassam etadi.

Xulosa sifatida aytadigan boʻlsak, bizning fikrimizcha innovatsiyalar sotsiumda rivojlanishning

yangicha ijtimoiy-madaniy modeli sifatida belgilanishi lozim. Bu taʼkidni asoslash uchun,
etnomadaniy faoliyatni inson kapitaliga bogʻlab, uning shakllanish jarayonlarini sotsiomadaniyat
rivojlanishining har bir bosqichiga muvofiq, yangilik obyektivatsiyasi sifatida ijtimoiy modelini
yaratish lozim boʻladi.


background image

SamDU ilmiy axborotnomasi

Sotsiologiya

2023-YIL, 2-SON

89

Mavjud zamonaviy jamiyat oʻziga xos tizim va tuzilmalarga ega boʻlib, uning ijtimoiy xatti-

harakatlari mazmuni, etnomadaniy shart-sharoitlari aholining tarkibiy qismi, joylashuvi, ekologik
vaziyat, demografik-geografik omillar, hulq-atvor, madaniyat va axborot almashinuv xususiyatlari
belgilab beradi. Bu borada Fargʻona vodiysida istiqomat qiladigan aholi kundalik hayoti, turmush
tarzidagi xususiyatlarda inson kapitali masalalari etnosotsiologiya yoʻnalishida atroflicha va tizimli
tarzda tadqiq etilmagan. Xususan, shu paytgacha boʻlgan kompleks sotsiologik tadqiqotlarda milliy va
etnik munosabatlarda inson omilini hududiy nuqtai nazardan chuqur ilmiy asoslash imkoniyatini
beradigan davriy qiyosiy maʼlumotlar yetarlicha mavjud emas.

Adabiyotlar

1.

Фонотов А.Г. Россия: Инновации и развитии. – М.: “Изд-во Бином”, 2010. – С. 37

2.

Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество. Опыт социального прогнозирования. М.:
Academia, 2004. – С. 47

3.

Кастельс М. Информационная эпоха: экономика, общество и культура: Пер. с англ. под
науч. ред. О.И. Шкаратана. — М.: ГУ ВШЭ, 2000. – С. 601

4.

Постмодернизм // Культура и культуралогия: Словарь / Сост.: А.И.Кравченко М.: Академия;
Екатеринбург: Деловая книга, 2003 – 689 стр.

5.

Келле В.Ж. Инновационная система России: формирование и функционирование – М.:
Едиториал УРСС, 2003 – С.109

6.

Фонотов А.Г. Россия: Инновации и развитии – М.: 2010 – С.37

7.

Сорокин П. Человек. Цивилизация. Общество / – М.: Политиздат, 1992 – С. 296

8.

Хантингтон С. Столкновение цивилизаций и преобразование мирового порядка. – М.: АСТ-
Геополитика, 2017. – 534 стр.

9.

Шендрик А.И. Социология культуры – М.: Юнити-Дана, 2005. – С. 57-65

10.

Александренков Э.Г. Диффузионизм в зарубежной западной этнографии // Концепции
зарубежной этнологии. М, 1996, - С.26-67

11.

Пригожин А.И. Современная социология организаций. М., 1995. – С. 185

12.

Кондратьев Н.Д. Большие циклы конъюнктуры и теория предвидения – М.: “Экономика”,
2002. – С. 211

13.

Шумпетер Й. А. Теория экономического развития. М.: Прогресс, 1982. – С. 454

14.

Васильева Н.Ф., Кавура В.Л. Модели инновационного развития экономики: зарубежный
опыт реализации // Вестник института экономических исследований 2016, № 3. – С. 74

15.

Балабанов И.Т. Инновационный менеджмент - СПб.: Питер, 2000. – С.12

16.

La Pierre R.Т. Social Change- New York, 1965

17.

Бестужев-Лада И.В. курс лекций для студентов, обучающихся по направлению подготовки
080200.62 «Менеджмент» (профиль «Менеджмент организации») / Саратовский социально-
экономический институт (филиал) ФГБОУ ВПО «РЭУ им. Г.В. Плеханова». – Саратов, 2014.
– С. 124

18.

Краснухина Е.К. Традиции и новации как формы образования социального // Серия
“Symposium”,
Инновации и образование. , Выпуск 29 / Сборник материалов
конференции Санкт-Петербург : Санкт-Петербургское философское общество, 2003. - C.121

19.

Содирджонов М. Значение национальных и этносоциальных процессов в социологическом
исследовании человеческого капитала //Общество и инновации. – 2021. – Т. 2. – №. 5/S.

20.

Содирджонов М. М. Мониторинг вопросов исследования человеческого капитала в
этносоциальных процессах и социальные тенденции //Социальная политика и социальное
партнерство. – 2021. – №. 6. – С. 447-458.

21.

Содирджонов М. М. Изучение проблем человеческого капитала в этносоциологических
процессах //В поисках социальной истины. – 2021. – С. 59-69.

22.

Makhamadaminovich S. M. Ethnic Factors And Attitudes Towards Human Capital Development
//The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research. – 2021. – Т. 3. – №. 01. – С.
118-130.

23.

Sodirjonov M. M. Inson kapitali pivojlanish japayonlapining etnosotsiologik xususiyatlapi (Fapg‘ona vodiysi
misolida). Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent, 2022. – B. 43.

Библиографические ссылки

Фонотов А.Г. Россия: Инновации и развитии. – М.: “Изд-во Бином”, 2010. – С. 37

Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество. Опыт социального прогнозирования. М.: Academia, 2004. – С. 47

Кастельс М. Информационная эпоха: экономика, общество и культура: Пер. с англ. под науч. ред. О.И. Шкаратана. — М.: ГУ ВШЭ, 2000. – С. 601

Постмодернизм // Культура и культуралогия: Словарь / Сост.: А.И.Кравченко М.: Академия; Екатеринбург: Деловая книга, 2003 – 689 стр.

Келле В.Ж. Инновационная система России: формирование и функционирование – М.: Едиториал УРСС, 2003 – С.109

Фонотов А.Г. Россия: Инновации и развитии – М.: 2010 – С.37

Сорокин П. Человек. Цивилизация. Общество / – М.: Политиздат, 1992 – С. 296

Хантингтон С. Столкновение цивилизаций и преобразование мирового порядка. – М.: АСТ-Геополитика, 2017. – 534 стр.

Шендрик А.И. Социология культуры – М.: Юнити-Дана, 2005. – С. 57-65

Александренков Э.Г. Диффузионизм в зарубежной западной этнографии // Концепции зарубежной этнологии. М, 1996, - С.26-67

Пригожин А.И. Современная социология организаций. М., 1995. – С. 185

Кондратьев Н.Д. Большие циклы конъюнктуры и теория предвидения – М.: “Экономика”, 2002. – С. 211

Шумпетер Й. А. Теория экономического развития. М.: Прогресс, 1982. – С. 454

Васильева Н.Ф., Кавура В.Л. Модели инновационного развития экономики: зарубежный опыт реализации // Вестник института экономических исследований 2016, № 3. – С. 74

Балабанов И.Т. Инновационный менеджмент - СПб.: Питер, 2000. – С.12

La Pierre R.Т. Social Change- New York, 1965

Бестужев-Лада И.В. курс лекций для студентов, обучающихся по направлению подготовки 080200.62 «Менеджмент» (профиль «Менеджмент организации») / Саратовский социально-экономический институт (филиал) ФГБОУ ВПО «РЭУ им. Г.В. Плеханова». – Саратов, 2014. – С. 124

Краснухина Е.К. Традиции и новации как формы образования социального // Серия “Symposium”, Инновации и образование. , Выпуск 29 / Сборник материалов конференции Санкт-Петербург : Санкт-Петербургское философское общество, 2003. - C.121

Содирджонов М. Значение национальных и этносоциальных процессов в социологическом исследовании человеческого капитала //Общество и инновации. – 2021. – Т. 2. – №. 5/S.

Содирджонов М. М. Мониторинг вопросов исследования человеческого капитала в этносоциальных процессах и социальные тенденции // Социальная политика и социальное партнерство. – 2021. – №. 6. – С. 447-458.

Содирджонов М. М. Изучение проблем человеческого капитала в этносоциологических процессах //В поисках социальной истины. – 2021. – С. 59-69.

Makhamadaminovich S. M. Ethnic Factors And Attitudes Towards Human Capital Development //The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research. – 2021. – Т. 3. – №. 01. – С. 118-130.

Sodirjonov M. M. Inson kapitali pivojlanish japayonlapining etnosotsiologik xususiyatlapi (Fapg‘ona vodiysi misolida). Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent, 2022. – B. 43.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов