Ijtimoiy transofrmatsiya jarayonlarida inson kapitalini rivojlantirish

CC BY f
197-201
16
1
Поделиться
Содиржонов, М. (2023). Ijtimoiy transofrmatsiya jarayonlarida inson kapitalini rivojlantirish . in Library, 1(2), 197–201. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/22289
Мухриддин Содиржонов, Наманганский государственный университет

Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Zamonaviy ijtimoiy tadqiqotlarda inson kapitalini sotsiologik tadqiq etish hamda o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tezisda ijtimoiy rivojlanish jarayonlarda birinchidan, inson kapitali tushunchasining sotsiologik genezisini aniqlash, uning ijtimoiy hodisa sifatida innovatsion rivojlanish jihatlarini kuzatish va ikkinchidan, inson kapitali muammosini ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida tadqiq etildi

Похожие статьи


background image

197

IJTIMOIY TRANSOFRMATSIYA JARAYONLARIDA INSON

KApITALINI RIVOJLANTIRISH

Sodirjonov Muxriddin Maxammadaminovich,

Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Sodirjonov Mukhriddin Makhammadaminovich,

Doctor of philosophy in sociology (PhD

Kirish.

Ijtimoiy transformatsiya turli jamoalar, ijtimoiy tizimlar, ijtimoiy institutlar va boshqa

ijtimoiy muassasalarning ijtimoiy o‘zgarish jarayonida qo‘llaniladigan ibora sifatida qabul

qilishimiz mumkin. Ko‘pincha “ijtimoiy o‘zgarishlar” tushunchasi “rivojlanish” tushunchasi

bilan aniqlashtiriladi. Shuningdek, faylasuf va sotsiologlar tomonidan “transformatsiya”

atamasi o‘tgan asrning ikkinchi yarmigacha juda kam foydalanilgan. Jamiyatdagi

o‘zgarishilar, tarixdagi “taraqqiyot”, “evolyutsiya”, “inqilob” va “islohot”lar kabi tushunchalar

yordamida qo‘llanilgan. Zamonaviy sotsiologiyada “ijtimoiy transformatsiya” atamasi

“innovatsiya” va “modernizatsiya” tushunchalarining modifikatsiyasi sifatida ham tadqiqotlar

olib boriladi.

Inson kapitali sotsiumda uning o‘zi tomonidan yaratilgan, ishlab chiqilgan va orttirilgan

mavjud salohiyat, qobiliyat, ehtiyojlar asosida kishilik jamiyatining umumbashariy

ehtiyojlarini namoyon etadi. Kapital asosiga xizmat etuvchi omil sifatida talqin etilayotgan

barcha belgilar ijtimoiy kelib chiqishga ega va ular faol ravishda yaratiladi, qo‘llaniladi,

rivojlantiriladi, boyitiladi, foydalaniladi.

Mamlakatimizda innovatsion rivojlantirish mexanizmlarining muvaffaqiyatli shakllanishi,

birinchi navbatda, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar hosilasidir. Rivojlangan

davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashimizda davlatning ustuvor strategik siyosati va

uning amalga oshirish mexanizmlarining o‘rni katta. Maʼlumki, jamiyat qanday bo‘lsa, ijtimoiy

munosabatlar majmui hisoblangan inson kapitali ham unga mos bo‘ladi. Inson kapitalining

rivoji ham shaxsning ongi, odob-axloqi, maʼnaviyati, dunyoqarashi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy

munosabatlarga, ijtimoiy tuzum mohiyati va tabiatiga bevosita bog‘liq. Inson aql-idrok sohibi

bo‘lganligi bois real dunyodagi voqealarni tushunadi, ilmu tafakkuri, mehnati, salohiyati bilan

dunyoni boshqaradi. Inson kapitalining yuksalishiga uni o‘rab turgan ijtimoiy-muhitda ro‘y

berayotgan jamiki voqealarning taʼsiri kuchlidir[3, –B. 4].

Inson salomatligi eng asosiy kapitalidir

Bugun yurtimizda tibbiyot sohasiga alohida eʼtibor qaratilyapti. Аvvalo, kasallikni

davolashdan ko‘ra oldini olish va aholining tibbiy madaniyatini ko‘tarish bosh masalalardan.

Shu bilan birga, aholi yashash sharoitlarining sifatiga jiddiy ahamiyat berilgani esa kishilarning

umr ko‘rish darajasi uzayishiga o‘z taʼsirini ko‘rsatdi va o‘lim ko‘rsatkichlari kamayib borishiga

xizmat qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash inson kapitalining tarkibiy qismi sifatida nazariy va amaliy tomondan

ham katta qiziqish uyg‘otdi. Аgar anʼanaviy ravishda inson kapitali fuqaroning taʼlim va

malakasiga bog‘liq bo‘lsa, yaqinda u sog‘liqni saqlash omillarini qamrab oladigan kengroq

tushunchaga ega bo‘ladi. Inson kapitali tushunchasi bugungi kunga kelib faqatgina iqtisodiyot

yoki ishlab chiqarishda emas, balki mamlakatdagi har bir fuqaroning individual xususiyatlari

– salomatlik, taʼlim, qobiliyati va isteʼdodlari, orttirgan malaka hamda tajribalari, ijtimoiy,

psixologik, dunyoqarash va odamlarning ijtimoiy-madaniy xususiyatlari, uning tarkibiy

tuzilishi nafaqat moddiy, balki maʼnaviy jihatdan ham anglashdan iborat. Sog‘lom insonlarda

kasallik tufayli ish joyida bo‘lmaslik holatlari kam uchraydi va natijada ish unumdorligi oshib,

ishlab chiqarish reytingi ko‘tariladi. Shu nuqtai nazardan, salomatlik darajasi taʼlim bilan

bevosita bog‘langan inson kapitalining ajralmas qismi deb baholanadi.


background image

198

Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar natijasida aholining sifatli tibbiy-sanitariya

xizmatlaridan foydalanish imkoniyati oshdi. Eng asosiysi, mamlakatdagi o‘rtacha umr ko‘rish

darajasi 1990-yildagi 67,2 yoshdan 2020-yilga kelib 74,6 yoshga etdi, onalar o‘limi bir

yarim marta, bolalar o‘limi esa to‘rt marta kamaydi.[1. – Б.57.] Demografik asosga qurilgan

kapitalning asosiy tuzilmasi hisoblangan sog‘liqni saqlash yoki salomatlik komponenti uzoq

yillar davomida sifatli tibbiyot yordamida jismoniy va aqliy mehnat qobiliyatini saqlab qolish

uchun ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqada shakllangan qadriyatlar tizimiga aylanib bordi.

Аyniqsa, 2020 yilning mart oyidan dunyo bo‘yicha COVID–19 tufayli eʼlon qilingan pandemiya

sharoitida sihat-salomatlik butun insoniyat uchun birinchi raqamli qadriyat sifatida inson

kapitalini tashkil etdi.

Qashshoqlik shunchaki pul yo‘qligini anglatmaydi

Bilimlar jamiyatdagi bor imkoniyatlardan foydalanishni, ko‘nikma-malakalar esa ijtimoiy

taraqqiyot va iqtisodiy o‘sishni taʼminlaydi. Bu hodisa doimiy ravishda taʼlimni moliyalashtirib

borishni talab etadi.

Inson kapitali ahamiyatini bir nechta turli usullarga asosan baholash mumkin. Аnʼanaga

binoan, iqtisodchilar buni ko‘proq taʼlim olgan odamlarning daromadi bilan hisoblashadi.

Tadqiqotlar har bir qo‘shimcha taʼlim yili inson daromadini o‘rtacha 10 foizga oshirishini

isbotladi. Taʼlimga kiritiladigan sarmoyalar ham jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishi

mumkin. Аksariyat mamlakatlarda nisbatan o‘ziga to‘q oilalarda tug‘ilgan farzandlar

bolalikdanoq keng imkoniyatlardan foydalanishni boshlaydi va u butun umri davomida

qator afzalliklarni, qulayliklarni qo‘lga kiritadi. Аksincha, nochor oilalar farzandi shunday

imkoniyatlardan bebahra qoladi[6].

Inson kapitali uchun maxsus element sifatida taʼlim belgilanadi va uning asosiy qismlari

to‘rt komponent birlashmasidan tashkil topadi: madaniy va etnik xususiyatlar; umumiy taʼlim;

kasb-hunar taʼlimi; asosiy malaka fazilatlari. Taʼlimga yo‘naltirilgan investitsiyalar nafaqat

mamlakatni rivojlantirishning maxsus strategiyasi, balki inson kapitali va ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy siyosatdir. Buning natijasida inson

kapitalini takomillashtirib, moddiy farovonlik va sog‘lom turmush tarziga erishiladi. Inson

kapitali har bir insonning individual kapital shaklidir. Inson qobiliyatlari, bilimlari, ko‘nikmalari

va tajribasi har bir yosh shaxsning shaxsiy mulkidir.

Yuqorida taʼkidlanganidek, har qanday inson kapitalining mukammalligi uning eng

muhim tarkibiy qismi sifatida taʼlim sifatiga bevosita bog‘liq. Zamonaviy oliy taʼlimga alohida

urg‘u berilar ekan, endi diplomli mutaxassis emas, balki raqobatbardosh, malakali va irodasi

mustahkam, yangicha davr ruhiga mos fazilatlar (bosiqlik, vazminlik, diplomatiya, muloqot

madaniyati, ijobiy xarakter, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va hokazo)ga ega kadrlarga

har joyda talab yuqori. Rivojlangan davlatlar va korporatsiyalarning qiyosiy tahlili shuni

ko‘rsatadiki, universitetda olingan taʼlim pragmatik belgilarni ifodalovchi toifasi bandlik

darajasining nafaqat miqdori, balki sifatini ham oshiradi.

Oilada inson kapitalini shakllantirish omillari

Inson kapitali rivojidagi zarur omilni demografik tarkibiy qism bilan bog‘liq ijtimoiy muhit

shaxs va jamoalarning hududiy elementlarini avloddan-avlodga o‘tadigan vorisiylik tizimi

belgilaydi.

Inson kapitalini rivojlanish manbalari va omillarini uning ichki va tashqi darajasidan

kengroq o‘rganish natijalariga ko‘ra, inson kapitali uchun oila darajasidagi investitsiyalarga

eʼtiborni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Chunki inson kapitalining barcha tarkibiy

qismlari oila o‘z farzandiga kiritadigan investitsiyalar orqali shakllantiriladi va ko‘paytiriladi.

Insonning intellektual va psixofiziologik qobiliyatlarini oilada rivojlantirish uning kelgusida

kamolga yetishi va inson kapitali muntazam takomillashib borishining poydevoridir. Bu orada


background image

199

esa, yurtimizda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipi asosida tadrijiy

islohotlar amalga oshirilmoqda.

Oila – har bir oila ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. Oilaning bolaga

taʼsiri spetsifik, o‘ziga xos bo‘lgani uchun, uning maʼnaviy-axloqiy qiyofasining shakllanishi

ham o‘ziga xos va takrorlanmasdir. Ijtimoiy kapital va resurslar manbalarining vujudga

kelishida oilaning roli beqiyosdir. Oilada ota-onaning salohiyati orqali oilaning ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyotini realizatsiya qilish bilan bosqichma-bosqich bo‘ladi. O‘z navbatida

sog‘lom oila va farzandlar davlat uchun investitsiya hisoblanadi[6]. Oila farovonligi moddiy

farovonlik bilan bir vaqtda, oila aʼzolari va farzandlarning salomatligi, ijtimoiy turmush

tarzining sog‘lomligi, tinchligi bilan belgilanadi.

Mikro darajaning asosiy omili ham oila bo‘lib, birlamchi o‘zaro ijtimoiy munosabatlarning

asosiy elementidir. Jamiyatning ushbu bo‘lagida bola ijtimoiy munosabatlarning boshlang‘ich

ko‘nikmalari, shu jumladan, oilada etnik-madaniy meʼyorlar tizimi, xulq-atvor odatlari kapital

sifatida shakllanadi. Tadqiqot maʼlumotlaridan maʼlumki, oilada inson kapitali “sotsializator”

sifatida taʼlim va tarbiya muassasalarining ongga taʼsirida ustunlik qiladi. Аgar oila va

maktab turli xil qadriyatlar hamda stereotiplar tizimini tarqatgan bo‘lsa, bu raqobatda oila

yutib chiqadi, chunki oiladagi tarbiya uzluksizdir va nafaqat ongli, balki ongsiz darajada ham

amalga oshiriladi.

Inson kapitalini yakka shaxs miqyosida olib qaraganda asosiy investori – mazkur kapital

egasining o‘zidir. Inson kapitaliga investitsiya kiritish ishonch darajasini ham oshiradi.

O‘qimishli insonlar boshqalarga ko‘proq ishonadi, ishonch darajasi baland bo‘lgan jamiyat

odatda nisbatan yuqori iqtisodiy o‘sishga erishadi. Mamlakatimizda inson kapitalini

rivojlantirish sohasini optimallashtirish natijasida yangi ijtimoiy muhit, yangi maʼnaviy va

axloqiy qadriyatlarga asoslangan inson kapitali paydo bo‘ldi.

Ijtimoiy kapital masalalarini belgilashda mahallaning o‘rni

Prezidentimiz nutqidan iqtibos keltiramiz. “Bundan buyon faoliyatimizni mutlaqo

yangicha, yaʼni “inson–jamiyat–davlat” tamoyili asosida tashkil etamiz. Bu maqsadga

erishish uchun esa dunyodagi noyob demokratik tuzilma bo‘lgan mahalla institutining katta

imkoniyatlaridan samarali foydalanish, uning vakolatlarini yanada kengaytirish, pirovard

natijada mahallani jamiyatimizning hal qiluvchi bo‘g‘iniga aylantirish vazifasini o‘z oldimizga

qo‘ymoqdamiz. Muxtasar aytganda, mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi. Mahalla obod

bo‘lsa, butun mamlakat obod bo‘ladi”. O‘zbekiston tajribasida inson omili va ijtimoiy kapital

masalalarini belgilab berishda mahallaning o‘rni yuqori. Ko‘plab chiqish va munosabatlarda

mahallaga sotsial institut sifatida yondashiladi. Mahalla o‘zi bajarayotgan funktsiyasi orqali

o‘z aʼzolarining jamiyat hayotidagi ijtimoiylashuvini taʼminlaydi hamda jamiyatdagi meʼyor

va tartiblarga amal qilishga chorlaydi.

Mamlakatimizda jamoaviy turmush tarzimizning azaliy shakli bo‘lgan Mahalla tizimi

qayta tiklanishiga erishildi. Mahalla instituti dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan va aholiga eng

yaqin ijtimoiy tuzilma sifatida o‘z ishini tizimli tarzda amalga oshira boshladi. Bu institutining

ijtimoiy funksiyalari yanada kengaydi. Mahalla nafaqat tinchlikni hududiy taʼminlovchi

tashkilot, balki aholini to‘laqonli maʼnaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va ruhiy himoyalovchi va

rivojlantiruvchi muassasa.

Inson kapitalining har bir tarkibiy qismi ijtimoiy muhit bilan o‘zaro munosabatlarda

shakllangan shaxslar va ijtimoiy jamoalarni qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlar bilan o‘lchanadi.

Binobarin, mahalladagi ijtimoiy muhit sotsial munosabatlar doirasida o‘z aʼzolarining

yurish-turishini tartibga soladi. Mahallaning funksiyasiga kiruvchi holatlar – bajariladigan

ixtiyoriy va amalga oshirsa bo‘ladigan jarayonlarni taʼminlash; jamiyatdagi maʼlum guruh va

individlarga erkinlik yaratib berish; jamoadagi yoki obyektdagi guruhlar va individlar uchun


background image

200

o‘zaro tinchlik hissini kafolatlash; jamiyatdagi boshqa sotsial institut, tizim, muassasalarga

nisbatan sodda, sifatli hamda amaliy ishlar namunalarini tezlik bilan amaliyotga qo‘llash;

kishilarda intilish, faoliyat yuritish, integratsiyani va individlarning o‘zaro munosabatlarini

tashkil etish va jamoadagi ichki uyushqoqlikni taʼminlash kabi ijtimoiy omillardan iborat.

Fan va taʼlimga asoslangan jamiyatda inson kapitali qadri

Zamonaviy jamiyatning haqiqiy holati tahlil qilinadigan bo‘lsa, uning rivojlanishida axborot

texnologiyalarining ahamiyatini anglab yetmaslik mumkin emas. Maʼlumki, “axborotga kim

egalik qilsa, u dunyoga egalik qiladi” degan ibora zamonaviy sivilizatsiyaning asosiy shioriga

aylandi. 2019 yilning yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy

Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga yo‘llagan Murojaatnomasida 2020 yilni “Ilm-maʼrifat

va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qildi va ushbu yilda mamlakat raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirishda tub burilish yasashi kerakligini taʼkidlagandi. “Taraqqiyotga

erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur

va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi”[2].

To‘g‘ri, taʼlim kerak, ammo u tanqidiy fikrlashni shakllantiradigan va inson kapitalini

rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi shart. O‘tgan davr mobaynida taʼlimda turli salbiy

stereotiplar shakllanishi kuzatildi. Jamiyatda ijtimoiy mavqeni oshirish uchungina oliy

maʼlumotli bo‘lish, qaysi soha bo‘lishidan qatʼi nazar, oliy taʼlimni tanlash yoki yoshlarda

maktab taʼlimidan so‘ng hayotiy pozitsiyalarini talaba bo‘lish yoki talabalikka qarab belgilashi

kuzatildi. Taʼlim jarayonlarida esa ularga ushbu mahoratlar mexanik tarzda o‘rgatildi. Masalan,

siz shunchaki maʼruzalarni tinglaysiz, maʼlum bir detallarni yodlaysiz, formulalarni qo‘llaysiz

va taʼlim asosan, shundan iborat bo‘lgan. Taqdim etilgan fikrni shubha ostiga olish, ochiq

bayon etish va asosiysi, mustaqil fikrlashga juda kam holatlarda eʼtibor qaratildi.

Rivojlangan mamlakatlarda taʼlimning to‘liq sikliga investitsiya kiritishga, yaʼni, bola 3

yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta eʼtibor

beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda

esa bu ko‘rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi [1. – B.230]. Shu nuqtai nazardan taʼlimga

yo‘naltirilgan investitsiyalar nafaqat mamlakatni rivojlantirishning muhim usuli, inson kapitali

va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy siyosatdir.

Buning natijasida inson kapitalini takomillashtirib moddiy farovonlik va sog‘lom turmush

tarziga erishiladi. Shuni taʼkidlash kepakki, inson kapitali har bir insonning individual kapital

shaklidir. Inson qobiliyatlari, bilimlari, ko‘nikmalari va tajribasi har bir yosh fuqaroning shaxsiy

mulki hisoblanadi.

Аxborot jamiyatining asosiy afzalliklari bilan bir qatorda, insonlarning kundalik hayotini

yangi madaniyatlar bilan boyitadi, anʼanaviy turmush tarzidan voz kechadi, turli elitar

madaniyatlarni o‘zlashtirib, o‘zining standartini yaratadi. Аlbatta, mazkur yondashuvni

yana to‘ldirish va uning salbiy hamda ijobiy tomonlarini tahlil qilish mumkin. Zamonaviy

o‘zbek jamiyatida ham yoshlarning so‘nggi axborot texnologiyalaridan foydalanish va ularni

o‘zlashtirish salohiyati baland. Qolaversa, axborotni sintezlash hamda qabul qilishda axloqiy

va milliy madaniyatni tark etish, ijtimoiy yolg‘izlikka kelib qolish yoki aksincha, boshqa

etnik guruhlar (turli norasmiy jamoalar, diniy oqimlar, turli “zamonaviy madaniy” oqimlar va

boshqalar taʼsiriga tushib qolish) bilan birlashishni kuzatish mumkin.

Sotsiumda axborot-texnologik innovatsiyalarga bog‘liq o‘zgarishlar “chizig‘i” texnik

jihat va iqtisodiy tomondan sotsiomadaniy tomonga transformatsiyalashdi. Inson kapitalini

rivojlantirish sohasidagi innovatsiya masalalari dolzarblashdi. Ishlab chiqarish sohasi

ketidan, madaniyatning boshqa sohalari ongli, maqsadli innovatsion faoliyat obyekti bo‘ldi.

Bu esa bir qator tadqiqotchilarga ijtimoiy-madaniy tipida innovatsion rivojlanishga uzil-kesil

o‘tishini tasdiqlashga imkon beradi.[7. – С. 37] Kapital uchun shakllangan ustuvorliklardagi


background image

201

almashinuvlar to‘g‘risidagi ilmiy prognoz konsepsiyalari ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish

sohalari tendensiyalarini o‘rganishga qaratildi. Masalan, amerikalik sotsiolog D.Bellning

“postindustrial jamiyat” nazariyasi[4. – С. 47] asosan madaniyat sohasini qamrab olgan

bo‘lsa, ispaniyalik mutafakkir olim M.Kastels ishlarida siyosiy kapital masalalarini ko‘rishimiz

mumkin.[5. – С. 601]

Аxborotlashgan jamiyatda maʼlumot berish va axborot olish har doim bilimga asoslangan,

lekin ular o‘rtasida keskin farqlar mavjud. Xususan, sotsiumda moslashuvchan texnologiyalar

vujudga kelib, jamiyatning axborotlar tizimini paydo qilishi “post-industrial” jamiyatga o‘tishi

sharoitida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Internet, interaktiv televidenie, kibermakon, ijtimoiy

tarmoq va boshqa axborot texnologiyalarining inson kapitalini taʼminlashga asos vazifasini

bajaruvchi vositaga aylanishi kuzatiladi. Hozirda axborot raqamli texnologiyalar orqali

uzatilmoqda, o‘z navbatida fan va taʼlimga asoslangan jamiyatda inson kapitali qadri ham

o‘zgarib bormoqda. Inson endi katta hajmdagi axborotni xotirada saqlay olmaydi, chunki

uni istalgan vaqtda tarmoqdan olish imkoni bor. Endi mavjud maʼlumotlar bilan ishlash va

yangilarini yaratish qobiliyati oldingi o‘rinlarga chiqdi. Inson kapitalining mohiyati ham

shunga borib taqaladi.

DeVeLOpMeNT OF HUMAN cApITAL IN SOcIAL TRANSOFRMATION pROceSSeS

Annotatsiya.

Zamonaviy ijtimoiy tadqiqotlarda inson kapitalini sotsiologik tadqiq etish hamda

o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tezisda ijtimoiy rivojlanish jarayonlarda birinchidan,

inson kapitali tushunchasining sotsiologik genezisini aniqlash, uning ijtimoiy hodisa sifatida

innovatsion rivojlanish jihatlarini kuzatish va ikkinchidan, inson kapitali muammosini ijtimoiy-

madaniy fenomen sifatida tadqiq etildi

Kalit so‘zlar.

Inson kapitali, dinamika, transformatsiya, innovatsiya, fan, taʼlim, salomatlik,

madaniyat, industrial, postmodernizm, fenomen, jamiyat, urf-odat, mentalitet.

Abstrakt.

In modern social research, sociological research and study of human capital is gaining

relevance. In this thesis, social development was studied in processes, firstly, to identify the sociological

genesis of the concept of human capital, to observe aspects of its innovative development as a social

phenomenon, and secondly, to study the problem of human capital as a socio-cultural phenomenon

Key words.

Human Capital, Dynamics, Transformation, Innovation, Science, Education, Health,

Culture, industrial, posmodernism, phenomenon, society, tradition, mentality.

Manba va adabiyotlar ro‘yxati:

1. Миpзиёeв Ш.М. Янги Ўзбeкиcтон cтpaтeгияcи. -Тошкeнт: Оʼzbekistоn, – 2021. – Б.230.

2. Ўзбeкиcтон Pecпубликacи Пpeзидeнти Шaвкaт Миpзиёeвнинг Олий Мaжлиcгa муpожaaт

-

номacи // Хaлқ cўзи. 2020 йил 25 янвapь.

3. М.Бекмуродов. Инсон капитали-тараққиёт омили. Тошкент. “Маънавият”, 2015. 4-бет.

4. Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество. Опыт социального прогнозирования. М.:

Academia, 2004. – С. 47

5. Кастельс М. Информационная эпоха: экономика, общество и культура: Пер. с англ. под науч.

ред. О.И. Шкаратана. – М.: ГУ ВШЭ, 2000. – С. 601

6. Содиржонов М. Инсон капитали ривожи шахснинг онги, билими, ахлок-одоби, дунёкарашига

боглик.” //Янги Ўзбекистон” газетаси. – 2022. – Т. 10.

7. Фонотов А.Г. Россия: Инновации и развитии. – М.: “Изд-во Бином”, 2010. – С. 37

Библиографические ссылки

Миpзиёeв Ш.М. Янги Ўзбeкиcтон cтpaтeгияcи. -Тошкeнт: Оʼzbekistоn, – 2021. – Б.230.

Ўзбeкиcтон Pecпубликacи Пpeзидeнти Шaвкaт Миpзиёeвнинг Олий Мaжлиcгa муpожaaт-номacи // Хaлқ cўзи. 2020 йил 25 янвapь.

М.Бекмуродов. Инсон капитали-тараққиёт омили. Тошкент. “Маънавият”, 2015. 4-бет.

Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество. Опыт социального прогнозирования. М.: Academia, 2004. – С. 47

Кастельс М. Информационная эпоха: экономика, общество и культура: Пер. с англ. под науч. ред. О.И. Шкаратана. – М.: ГУ ВШЭ, 2000. – С. 601

Содиржонов М. Инсон капитали ривожи шахснинг онги, билими, ахлок-одоби, дунёкарашига боглик.” //Янги Ўзбекистон” газетаси. – 2022. – Т. 10.

Фонотов А.Г. Россия: Инновации и развитии. – М.: “Изд-во Бином”, 2010. – С. 37

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов