World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-25_Issue-1_March -2024
141
UDK: 619.616.15:9.084:
SALMONELLA PULLOROM GALLINARIUM BILAN ZARARLANGAN
JO‘JALARDA PATOMOFOLOGIK O‘ZGARISHLAR
Navruzov N.I. -
v.f.f.d., katta ilmiy xodim
Kiyamova Z.N.
- tayanch doktorant
Elmurodov B.A. -
ilmiy rahbar, v.f.d. professor
Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti
Annotatsiya:
Maqolada S.pullorom gallinarium bilan go‘sht yo‘nalishidagi
jo‘jalar zararlanishining yoshga oid dinamikasi haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek
jo‘jalar pullorozida ular organizmdagi patomorfologik o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
pulloroz, infeksiya, leykotsit, bazofil, eozinofil, atrofiya, distrofiya,
tromboz, infiltratsiya, koloniya hosil qilish birligi, zararlanish dozasi, o‘ldiruvchi doza,
oziqa muhiti.
Mavzuning dolzarbligi:
Hozirgi kunda parrandachilik sohasiga yetarli darajada
ziyon yetkazib kelayotgan kasalliklardan parrandalar pullorozidir bu ayniqsa
jo‘jalarning dastlabki hayotida sodir bo‘ladi. Ko‘p hollarda jo‘jalarning pullorozi
parrandachilik xo‘jaliklariga zarar etkazsada unga ergashuvchi ya’ni ikkilamchi
kasalliklardan pasterellyoz, kolibakterioz va streptokokkozni ilmiy-tadqiqot
natijalarida ko‘proq talqin qilish mumkin. Jo‘jalar hayotining dastlabki davrlarida
boshqa yosh organizmlar kabi kasallikka beriluvchan bo‘lishi, shu jumladan
infeksiyalarning aralash shakli, ayniqsa pullorozning yoshga oid shaklarini ba’zi
bosqichlarida og‘ir kechishi ko‘proq xorijiy adabiyot manbalarida o‘rganilgan.
Parrandalar va parrandachilik mahsulotlariga bo‘lgan epidemiologik
ahamiyatining oshishi, bu jarayonning uzviy bog‘liqligi, respublikamizda sanitariya-
epidemiologiya xizmatida yuz bergan o‘zgarishlar, mavjud bo‘lgan salmonellyoz va
boshqa ikkilamchi kasalliklar ustidan epidemiologik nazorat tizimini olib borish uni
qayta qurishni talab etadi[3]. Adabiyot ma’lumotlarining taxlili shuni ko‘rsatmokdaki,
hozirgi kungacha Respublikamizning parrandachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarida
boqilayottan jo‘jalarning pullorozi barcha infeksion kasalliklar orasidagi salmog‘i 26-
40 foizni tashkil etadi [1]. Parrandalar pullorozi bilan zararlangan jo‘jalarga
patomorfologik tashxis qo‘yish soha mutaxassislari oldida turgan dolzarb
muammolardan biri sanaladi [2]. Bundan tashqari go‘sht yo‘nalishidagi jo‘jalarning
S.pullorom gallinarium bilan zararlanish dinamikasi yoshga oid holda kechishi batafsil
o‘rganilmagan.
Tadqiqotlar ob’ekti va uslubiyatlari:
Jo‘jalarni pullorozida gematologik
jarayonlarni o‘rganishda Samarqand viloyati Markaziy shifoxonasining gematologiya
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-25_Issue-1_March -2024
142
va biokimyo laboratoriyasida (tajribadan oldin va keyingi natijalar), mazur kasallik
qo‘zg‘atuvchisi (S.pullorom gallinarium) bilan zararlangan parrandalar organizmidagi
patomorfologik o‘zgarishlarni aniqlash tadqiqotlari Veterinariya ITIning
mikrobiologiya, patomorfologiya va yosh mollar kasalliklarini o‘rganish
laboratoriyalarida bajarildi. S.pullorom gallinariumning turli xil konsentratsiyasi bilan
zararlangan bir haftalik (ba’zi guruhlarda zararlanib o‘lguncha) jo‘jalarning qon
namunalaridan eritrotsitlarni tahlil qilishda Panchenkov usulidan va gemoglobinni
aniqlashda Sali gemometridan foydalanildi[4].
Laboratoriya sharoitida pullorozning gistogrammasini o‘rganish maqsadida
zararlanib o‘lgan va majburiy so‘yilgan jo‘jalar organlaridan namunalar
patomorfologik tadqiqot uchun olindi. Buning uchun namunalarni kichik holda
gistologik uslubda tekshirish uchun dastlab biopsiya usulidan foydalanib, bo‘lakchalar
kasal jo‘jalardan quyidagi organlardan; traxeya, limfa tuguni, jigar, o‘pka, yurak, taloq
va buyraklaridan namunalar olinib, patologik o‘zgarishlar gistologik uslubda
tekshirildi[7]. Barcha tekshirilgan parrandalar ichki organ a’zolaridan bakteriologik
tekshirish uchun patologik namunalar olindi va turli xil oziqa muhitlariga (levin,
Ploskiriev agari, salmonella shigella va 5 foizli qonli agarga) ekmalar ekildi.
Bloklardan mikrotom yordamida kesmalar olinib, buyum oynasida mikropreparat
tayyorlandi hamda gemotoksilin va eozin bo‘yog‘i bilan bo‘yalib, mikroskopiya
qilindi. Mikroskopiya natijasida parrandalarning ichki a’zolarida ro‘y bergan
patogistologik o‘zgarishlar aniqlandi. Bunda Carl Zeiss mikroskopning 10x0,25
o‘lchamli ob’ektividan foydalanildi[8]. Ichki a’zolar va to‘qimalardan olingan
patologik namunalarni (bo‘lakchalar) gistologik tekshirish uchun parafinli usulda
quyidagicha gistopreparat tayyorlandi (50-100 millilitrdan qorong‘i shisha idishlarda
o‘tkazildi)
I. Fiksatsiya
1. Olingan patologik namunalarni (bo‘lakchalar) 10-12 foizli formalin eritmasida
24 soat davomida saqlandi.
2. 96
0
S li etil spirt va formalinning teng nisbatli (1:1) eritmasida 24 soat saqlandi;
3. 96 -100
0
S li absolyut spirtda mazkur bo‘lakchalar 12-24 soat saqlandi.
II. Suvsizlantirish
1. Olingan patologik namunalar (bo‘lakchalar) suvsizlantirish uchun 96
0
S
li spirt
eritmasida 24 soat saqlandi;
2. Keyingi kun ham 96
0
S li spirt eritmasida yana 24 soat saqlab turildi;
III. Parafin qo‘yish
1. 6-12 soatga 96
0
S li spirt va xloroformning teng nisbatdagi eritmasiga solindi;
2. Toza xloroform eritmasida 6-12 soat saqlandi. Saqlash yakunida bo‘lakchalar
rangi tiniqlanishi kuzatildi;
3. Parafin bir maromida yaxshiroq singishi uchun bo‘lakchalar eritilgan parafin
va xloroforimning teng hajmiy nisbatli eritmasiga solindi hamda +35 +40
0
S haroratli
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-25_Issue-1_March -2024
143
termostatda 2-3 soat qoldirildi. Ba’zan bunday eritmalar ishlatilmaganda qotirilgan
holatda saqlash uchun olib qo‘yildi;
4. So‘ngra bo‘lakchalar +54 +55
0
S li termostatda saqlanayotgan eritilgan
parafinga solib qo‘yildi. Bunda bo‘lakchalar birinchi idishdagi eritilgan parafinda 1,5-
2,5 soat mobaynida ushlanib, so‘ngra isitilgan pinset yordamida ikkinchi idishga
solinib 0,5-1,5 soat davomida bo‘lakchalarning kattaligi va qalinligiga e’tibor bergan
holatda saqlandi;
5. Bo‘lakchalar tubiga glitserin surilgan va gaz gorelkasi yordamida +60+70
0
S
gacha qizdirilgan bankachaga solindi hamda 0,5 sm qalinlikda qoplaguncha ustidan
eritilgan toza parafin qo‘yildi;
6. Bo‘lakchalar solingan parafinli idish sovuq suv solingan katta idishda sovutildi.
Bunda parafinning sovushi pastdan tepaga qarab harakatlanib erishiga asoslangan
holda olib borildi;
7. Parafin qotgach chekkalaridan kesib chiqarib olindi, bu parafin albatta
gomogen holatda edi, agar parafinda chegaralangan oqimtir joylar (sindirilganda
maydalanadigan, ushoqlanadigan) mavjudligi aniqlansa, parafinning yangi porsiyasi
bilan qayta qo‘yib olindi;
8. Qotgan parafindan bo‘lakchalar atrofida kamida 2 mm qalinlikda parafinli
qatlam qoldirilgan holda bloklar kesib solindi. Bunda har bir bo‘lakcha alohida-alohida
qilib olindi;
9. Olingan bloklar parafinni ko‘p tomoni bilan taxtakachlarga qizdirilgan bloklar
chetlari taxtakachdan chiqmasligi uchun shpatel yordamida yopishtirildi.
Bloklardan mikrotom yordamida gistokesmalar tayyorlandi va buyum oynasida
mikropreparat tayyorlanib, gemotoksilin va eozin bo‘yog‘i bilan bo‘yalib,
mikroskopiya qilindi. Mikroskopiya natijasida jo‘jalarning ichki a’zolarida ro‘y bergan
patogistologik o‘zgarishlar aniqlandi.
Natijalar va ularning tahlili:
Kasallangan parrandalar qanot osti venasidan
aseptika va antiseptika qoidalarga amal qilingan holda tajribadan keyin 1-5-kunlari qon
namunalari olinib tekshirilganda, eritrotsitlar soni 29,7 %, leykotsitlar va trombotsitlar
soni 12,45 va 6,72 foizlarga hamda gemoglobin miqdori esa 21,6 foizga II qiyosiy
nazorat guruxidagi tovuqlarning qon ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘zgarishlar mavjudligi
aniqlandi (1-jadval).
Qon surtmasida bazofillar soni qiyosiy nazorat guruhidagi sog‘lom tovuqlar
qonidagi bazofillar sonidan deyarli farq qilmadi.
Asosiy o‘zgarishlar qolgan leykotsitlar turlarida kuzatildi. Albatta bu patologik
jarayonga har qanday yosh organizmning moslashishi qiyin kechadi.
Eozinoofillar soni 16,9 %, psevdoeozinofillar 34,8 %, monotsitlar soni 19,42
foizga qiyosiy nazorat guruxidagi jo‘jalar qon ko‘rsatkichlariga nisbatan ko‘paygan
bo‘lsa, limfotsitlar soni 11,86 foizga kamaygan.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-25_Issue-1_March -2024
144
SHunday qilib, jo‘shtga boqilgan jo‘jalar pullorozida qonining morfologik
ko‘rsatkichlari ya’ni eritrotsitlar va gemoglobin miqdori, kamayib, leykotsitlar hamda
trombotsitlar soni ko‘payishi yoshga oid zararlanish dinamikasi tadqiqotlarda
aniqlandi.
Leykotsitar
formulada
bazofillar
soni
o‘zgarmasdan
eozinofillar,
psevdoeozinofillar va monotsitlar sonlari me’yorga nisbatan keskin 21,16 foizga
ko‘payib, limfotsitlar soni kamayishi aniqlandi.
Gistologik tadqiqot natijalariga ko‘ra; jo‘jalarning ichki a’zolari patomorfologik
tekshirilganda asosiy o‘zgarishlarning ko‘pincha parenximatoz a’zolarda kechdi.
Ularda gemodinamik hamda distrofik jarayonlarning kuchli rivojlanishi ayniqsa
dastlabki 1-5 kunlik jo‘jalarda kuzatildi.
1-jadval
S.pullorom qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan jo‘jalarning gematologik
o‘zgarishlari
Tekshi-
rish vaqti
Erit-rotsit,
mln/mkl
Leykotsit,
ming/mkl
Leykoformula
E
B
M
L
Neytrofillar
tayoqcha
yadroli
bo‘g‘im
yadroli
Me’yor
3,18±0,14
25,18±1,5
2,8
2,2
4,4
56,6
4,4±0,31
40,4±3,23
I tajriba guruhi 0,5 ml 05 mlrd m.h. n=10
1-kun
3,24±0,18
31,45±1,48
3,1
1,76
3,9
58,2
4,6±0,27
35,5±2,31
2-kun
3,19±0,17
30,29±1,62
3,2
1,8
4,0
58,0
4,2±0,24
34,5±2,26
3-kun
3,16±0,22
30,20±2,28
2,6
1,7
4,7
59,4
4,1±0,38
40,4±2,34
4-kun
3,32±0,26
31,28±2,04
2,2
1,7
4,4
59,2
4,3±0,34
41,0±2,61
5-kun
3,20±0,28
29,74±2,18
2,9
1,75
4,2
61,4
4,0±0,26
43,2±2,64
II tajriba guruhi 0,25 ml 05 mlrd m.h. n=10
1-kun
3,24±0,17
29,61±1,54
3,1
1,76
3,9
55,2
4,4±0,24
35,5±2,31
2-kun
3,12±0,13
29,83±1,91
3,2
1,8
4,0
53,0
4,3±0,26
36,5±2,56
3-kun
3,24±0,14
31,20±2,25
3,6
1,6
4,3
52,4
4,1±0,33
42,4±2,74
4-kun
3,21±0,17
31,28±2,4
3,1
1,8
4,1
51,2
4,2±0,3
41,4±2,61
5-kun
3,25±0,21
29,94±2,31
3,0
1,7
4,0
50,4
4,1±0,25
43,4±2,84
III nazorat guruhi 0,5 ml 0,9 foizli fiziologik eritma n=10
1-kun
3,20±0,19
25,21±1,52
3,1
2,2
3,9
55,2
4,6±0,27
35,5±2,31
2-kun
3,21±0,18
24,33±1,86
3,2
1,8
4,0
53,4 4,2±0,24
34,5±2,26
3-kun
3,34±0,18
22,26±2,04
2,6
1,9
4,2
54,1
4,1±0,38
40,4±2,34
4-kun
3,31±0,19
23,28±2,07
2,2
1,8
4,1
54,2
4,3±0,34
41,0±2,61
5-kun
3,35±0,24
24,74±2,01
2,9
2,1
4,3
51,6
4,0±0,26
43,2±2,64
Eslatma: xxx-P<0,01;, xxxx- P<0,001.
Yurak-qon tomirlari kengaygan, tomir devor hujayralari bo‘kkan, endoteliy
ko‘chgan, ayrim tomirlar atrofida gistiotsit, limfoid va leykotsitlardan iborat hujayra
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-25_Issue-1_March -2024
145
to‘plamlari ancha ko‘p, mushaklar tolalarga ajralgan, ayrim tolalar donali distrofiyaga
uchragan.
O‘pkada gemorragik nekrozlanuvchi pnevmoniya kuchli rivojlangan. Ko‘pchilik
alveolalarning bo‘shliqlari eritrotsitlar bilan to‘lgan. Alveolalararo kapillyar to‘rlar
kengaygan va qonga to‘lgan, natijada to‘siqlar ham qalinlashgan, biriktiruvchi to‘qima
tolalari bo‘kkan. Bu o‘zgarishlar oqibatida o‘pka parenximasining ancha qismi
atelektazga uchragani aniqlandi. Interstitsial to‘qima o‘pkaning barcha bo‘limlarida
ham shishgani qiyosiy tajribalarda kuzatildi.
Hiqildoq va kekirdakdagi o‘zgarishlar kataral yoki og‘ir fibrinoz – gemorragik va
deskvamatik yallig‘lanishlar ko‘rinishida ifodalandi. Respirator epiteliyning
deskvamatsiyasi birinchi tajriba guruhi parrandalarda kuchli avj olgani tufayli shilliq
pardalarning xususiy qatlami butunlay ochilib qolgan va keskin shishgan, shuningdek
ko‘p miqdorli psevdoeozinofil leykotsitlar bilan infiltratsiyalangan. Ayrim tomirlar
bo‘ylab limfoid hujayralar to‘plangan. Ba’zi parrandalarning shilliq pardasi qisman
nekrozlashgan va shishgani aniqlandi.
Hiqildoq va kekirdak bo‘shlig‘ida fibrin, respirator epiteliyning parchalari
psevdoeozinofillar, limfotsitlar, eritrotsitlardan iborat nekrotik massa aniqlandi.
Taloqdagi patogistologik o‘zgarishlar tomirlarning to‘laqonligi, trabekulalarning
ozroq bo‘kishi, tolalar ko‘rinishining noaniqligi bilan ifodalanadi. Qizil pulpa
chegarasi kengaygan. Ayrim joylarida mayda qon quyilishlar va limfoid to‘plamlar
ko‘rinadi. Bu o‘zgarishlar organizmda kechayotgan umumiy patogistologik
jarayonning ta’siridir.
Limfa tugunlaridagi gistologik o‘zgarishlar hamma tugunlarda ham bir xil emas.
Sezilarli o‘zgarishlar portal, ichaklarning tutqich va o‘pka devor oralig‘idagi
tugunlarda bo‘lib, ularda serozli shish, seroz-gemorragik limfodenit va turli
o‘lchamdagi ekstrovazatlar rivojlangan. O‘pkaning og‘ir patologik jarayonlar sodir
bo‘lgan qismlariga yaqin joylashgan limfa tugunlarida qon quyilishlar bilan bir qatorda
sinuslar limfotsit va leykotsitlar to‘plamlari bilan to‘lgan, katta yoshdagi parrandalarda
follikulalarning hajmi kengaygan, limfotsitlar miqdori ko‘paygan.
Buyraklarda sodir bo‘lgan patogistologik o‘zgarishlar asosan umumiy patologik
jarayonlar kuzatilib, ko‘pincha gemodinamik o‘zgarishlar va buyrak naychalari
epiteliysining donali, ayrim joylarda esa yog‘li distrofiyasi aniqlandi. Buyrak
koptokchalarining kapillyar to‘rlari kengayishi natijasida mikroskopda faqat
eritrotsitlar to‘plamlari ko‘rindi. Koptokchalar atrofidagi kapsulalarning hajmi
kengaygan, yiringli va fibrinli ekssudat bilan to‘lganligi aniqlandi. CHambaraksimon
va to‘g‘ri naychalar epiteliylarning kattalashuvi natijasida ularning chegarasi
bilinmaydi. Epiteliy yadrolari reksis hamda lizisga uchragan. Buyraklarda ham
morfologik o‘zgarishlar sodir bo‘lgan va boshqa a’zolar singari bu qismda ham
qaytarilmas jarayonlar uchradi.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-25_Issue-1_March -2024
146
S.pullorom gallinariumga yakuniy tashxis faqat qo‘zg‘atuvchini ajratish, ularning
turini aniqlash va serotiplarini identifikatsiyalash, uning patogenligini biosinov orqali
tasdiqlashni Veterinariya ITIning Mikrobiologiya laboratoriyada bakteriologik
tadqiqotlar asosida amalga oshirildi. Biologik sinov o‘tkazish orqali mikrob
kulturasining patogenligini aniqlash biologik preparatlarning, immun zardoblar va
davolovchi vositalarning samaradorligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
SHuning uchun parrandalar pullorozida o‘tkir eksperimental tajribalar o‘tkazish orqali
ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi asosiy qo‘zg‘atuvchi S.pullorom gallinariumning
virulentlik ko‘rsatkichlari LD
50
va LD
100
ni o‘rganish tajribalarimizning bir qismini
tashqil qiladi.
Ushbu eksperimental tajribalar go‘sht yo‘nalishidagi broyler jo‘jalar ustida
VITIning Mikrobiologiya laboratoriyasida 5 (besh) guruhga bo‘lib olib borildi.
Parrandalar pullorozi asosan jo‘jalar hayotining dastlabki o‘n kunligida o‘tkir shaklda
kechishi yaqqol nomoyon bo‘lganligi uchun tajribalarda jo‘jalarning yoshini 2-8
kunligi qilib belgilandi. Go‘sht yo‘nalishidagi jo‘jalarda S.pullorom gallinariumning
LD
50
va LD
100
ko‘rsatkichlarini aniqlash natijalari quyidagi 2-jadvalda berilgan.
Go‘sht yo‘nalishidagi jo‘jalarda asosiy salmonella qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan
S.pullorom gallinariumning virulentlik ko‘rsatkichlarini aniqlash natijalariga
bag‘ishlangan tajribalarimiz 4 ta tajriba hamda 1 ta nazorat guruhlarida bajarildi.
To‘rtala tajriba guruhlaridagi 10 boshdan 2-8 kunlik go‘shtga boqilgan jo‘jalar tajriba
diagrammasiga ko‘ra S.pullorom gallinarium bilan zararlantirildi va 5-nazorat
guruhidagi 12 bosh jo‘jalar yuqtirilmasdan nazorat sifatida qoldirildi va ularga bir xil
miqdordagi hajmli fiziologik eritma yuborildi.
2-jadval
Go‘sht yo‘nalishidagi jo‘jalarda S.pullorom gallinariumning LD
50
va LD
100
ko‘rsatkichlarini aniqlash natijalari.
Guruhlar
Zararlantirilgan S.pullorom
gallinarium xujayralari
soni (1ml/dona) KHQB
YUqtirilgan
jo‘jalar bosh
soni
O‘lgan va tirik
jo‘jalar soni
O‘lim
%
O‘lgan
Tirik
1-tajriba
750x10
6
10
10
0
100
2-tajriba
650x10
6
10
8
2
80
3-tajriba
500x10
6
10
5
5
50
4-tajriba
350x10
6
10
3
7
30
5-nazorat
Fiz.eritma
12
0
12
0
Tajriba natijalariga aniqlik kiritish uchun tajtiba guruhidagi jo‘jalar 10 kun
davomida kuzatilib, o‘lgan hamda tirik qolganlari tegishli jurnallarda qayd qilib
borildi. Tajriba so‘ngida o‘lgan va tirik qolgan jo‘jalar hisobidan tajribadagi 100% va
50% jo‘jalarni o‘ldiruvchi miqdori Rid va Mench usulida aniqlab olindi.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-25_Issue-1_March -2024
147
2-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, tajriba oxiriga kelib 1-tajriba guruhidagi 750 mln
dona S.pullorom gallinarium yuqtirilgan jo‘jalarda tajriba so‘nggida 10 bosh jo‘jadan
birontasi ham tirik qolmadi. 650 mln
mikrob hujayrasi miqdori (KHQB) bilan
yuqtirilgan 2-tajriba guruhida esa 8 bosh jo‘jalarda o‘lim ko‘zatilib, 2 bosh jo‘ja tirik
qoldi. 3-tajriba guruhidagi 500 mln
mikrob tanacha yuqtirilgan
jo‘jalarning 5 boshida
o‘lim kuzatilib, qolgan 5 boshi tirik qoldi. 350 mln mikrob tanacha bilan
zararlantirilgan 4-tajriba guruhidagi 10 bosh jo‘jadan 3 boshida o‘lim kuzatildi, qolgan
7 boshi tirik qoldi. Nazorat guruhidagi jo‘jalarning hech birida tajriba oxirigacha o‘lim
kuzatilmadi va ular sog‘lom.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra ko‘p miqdordagi bakteriya hujayralari bilan
zararlangan jo‘jalar biologik qonuniyatiga asosan kasallik qo‘zg‘atuvchilaridan
o‘zlarini himoya qila olmasdan tez fursatda eksperimental salmonellyozdan zararlanish
o‘ta o‘tkir kechib, klinik belgilari ko‘zga tashlanmasdan nobud bo‘lgani qayd qilindi.
O‘lgan jo‘jalar yorib tekshirib ko‘rilganda, ularda salmonellyozga xos
patologoanatomik o‘zgarishlar ham ko‘zga yaqqol tashlandi. Biroq bakteriologik
tekshirishlar natijasiga ko‘ra, o‘lgan jo‘jalarning patologik namunalaridan S.pullorom
gallinarium qayta ajratib olindi. Ushbu guruhdagi boshqa jo‘jalarda ham kasallik o‘tkir
shaklda kechib, oxir-oqibatda ularda ham o‘lim xolati kuzatildi.
YUqtirilgan vaqtdan 24-36 soat o‘tib, o‘lgan jo‘jalar klinik va patologoanatomik
tekshirilganda esa, pullorozga xos yaqqol klinik va patomorfologik o‘zgarishlar
kuzatildi. Tajriba davomida o‘lmay qolgan jo‘jalar nazorat guruhiga nisbatan o‘sish va
rivojlanishdan orqada qolib, tashqi muhit omillariga beriluvchan hamda yuqumsiz
kasalliklarga tez chalinadigan bo‘lib qoldi.
SHunday qilib tajribada 500 mln. S.pullorom gallinarium mikrob tanacha
yuborilgan 3-tajriba guruhidagi 10 bosh zararlangan jo‘jadan 5 boshi 50% o‘lganligi
sababli 500 mln. salmonella miqdori LD
50
ni tashkil etdi va 750 mln. mikrob tanacha
yuborilgan guruhda barcha 100 % o‘lganligi tufayli, ushbu miqdor LD
100
ekanligi
aniqlandi.
Xulosalar:
1) Jo‘jalarning pullorozli infeksiyasida patomorfologik o‘zgarishlarda asosan
umumiy distrofik jarayonlar kuzatilib, ayniqsa 2-8 kunlikda gemodinamik va distrofik
o‘zgarishlar aniqlandi.
2) Jo‘jalarning pullorozida qonning morfologik ko‘rsatkichlari ya’ni eritrotsitlar
va gemoglobin miqdori mos ravishda 29,7 va 21,6 foizga kamayib, leykotsit hamda
trombotsitlar soni 12,45 va 6,72 foizga ko‘payishi xususiy tadqiqotlar davomida
aniqlandi.
3) 500 mln. S.pullorom gallinarium mikrob tanacha yuborilgan tajriba guruhida
LD
50
,
750 mln. mikrob tanacha yuborilgan guruhda LD
100
ekanligi 2-8 kunlik jo‘jalarda
aniqlandi.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-25_Issue-1_March -2024
148
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Айвазян С.Р., И.Э.Грановский [и др.] Современная лабораторная
диагностика острых кишечных инфекций: обзор // Молекулярная медицина. -М.,
2009. -N3. -C. 3-8.
2. Алимардонов А.Ш., Н.Семенова Профилактика сальмонеллёза в
производственных условиях. // Ж. “Зооветеринария” -Ташкент, 2012.-№10.-С.
20.
3. Джураев Н.Б. Эпидемиологическая характеристика заболеваемости
сальмонеллёзами, совершенствование эпидемиологического надзора и
профилактики зоонозных сальмонеллёзов. Автореферат. дисс. канд. мед. наук.
Ташкент, 2001. Стр 19
4. Садовников Н.В., Придыбайло Н.Д., Верешак Н.Д.
Общие и
специальные методы исследования крови птиц промышленных кроссов //
Екатеринбург, Санкт-Петербург УрГСХА – АВИВАК 2020. –С. 8-15.
5. Онищенко, Г.Г. Проблемы инфекционных заболеваний через призму
санкт-петербургского саммита восьми / Г.Г. Онищенко // Гиг. и сан. -2008.-No 1.-
С. 13.
6. Сергевин В.И. Эпидемиология острых кишечных инфекций / В.И.
Сергевнин -Пермь, 2008. —289 с
7. Зуфаров Қ.А., Раҳмонов Х.Р., Расулов Қ.И., Саидқориев Б.К.
Гистологиядан амалий қўлланма ЎзССР // “Медицина” наширёти Тошкент -
1976. – Б. 5-11.
8. Elmuradov, B. A. (2002). Detection of mixed bacterial infections in
calves.
Journal of Agriculture of Uzbekistan. Tashkent
,
3
, 63.
9. Эльмурадов, Б. А. (2003). Смешанные инфекции телят.
Ветеринарная
патология
, (2), 52-53.
10. Azamov, V., Elmurodov, B., Parmanov, J., & Abdalimov, S. (2004). Changes
in the intestinal system in colibacillosis. In
Proceedings of the Third Republican
Scientific-Practical Conference, Samarkand
(pp. 9-12).
11. Abdalimov, S. A., Parmanov, J. M., & Elmuradov, B. A. (2004). Sheep
pasteurellosis//Third Res. Il-Amal. konf. ma'r. Collection of texts.
12. Элмуродов, Б. А. (2005). Клинические изменения при смешанных
бактериальных инфекциях птиц.
13. G’aniyev, I., & Elmuradov, B. A. (2008). Course and clinical signs of sheep
pasteurellosis. In
Four. ilm.-amal. konf. ma'r. text collection. Samarkand
(pp. 94-96).
14. Duskulov, V. M., Elmuradov, B., & Meyliev, M. (2018). Highly profitable
sector of beekeeping.
Veterinary Medicine
,
12
.
15. Элмуродов, Б. А., Турдиев, А. К., & Набиева, Н. Куёнчилик укув
кўлланма.
Самарканд-2018
, 72-73.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-25_Issue-1_March -2024
149
16. Эльмурадов, Б. А., Наврузов, Н., & Курбонов, Ф. (2019).
Патологоанатомические изменения при смешанных бактериальных инфекциях
птиц.
17. Эльмурадов, А., & Эльмурадов, Б. А. (2019). Содержание нуклеиновых
кислот в стенках двенадцатиперстной кишки у каракульских овец различного
возраста и в разные сезоны года.
18. Navruzov, N. I. The Role of Immunostimulants in the Prevention of
Colibacillosis, Salmonellosis and Pasteurellosis in Calves.
International Journal on
Integrated Education
,
3
(8), 232-234.
19. Элмуродов, Б. А., & Эшбуриев, С. Б. (2021). ТОВУҚЛАРДА
МИНЕРАЛЛАР
АЛМАШИНУВИ
БУЗИЛИШЛАРИНИНГ
КЛИНИК
БЕЛГИЛАРИ.
ВЕСТНИК ВЕТЕРИНАРИИ И ЖИВОТНОВОДСТВА
,
1
(1).
20. Муродов, Х., Элмуродов, Б., Шодиева, У., & Ахмедов, Б. (2021).
Профилактика
и
лечение
инфекционного
ларинготрахеита
птиц.
in
Library
,
21
(2).
21. Navruzov, N. I., Elmurodov, B. A., & Mamadullaev, G. K. (2021). THE
ROLE
OF
CHITOSAN
IN
THE
PATHOMORPHOLOGY
AND
IMMUNOPROPHYLAXIS OF COLIBASILLOSIS OF CALVES.
22. Ахмадалиева, Л. Х., Элмуродов, Б. А., & Орипов, А. О. (2021).
ПРАВОВАЯ ОХРАНА ЗДОРОВЬЯ ЖИВОТНЫХ И ЭКОСИСТЕМ В НИИ
ВЕТЕРИНАРИИ.
ББК 40.0 П78
, 378.
23. Nabieva, N. A., Elmurodov, B. A., & Aktamov, U. B. (2022). Biochemical
Changes in Blood in Rabbit Pasteurella’s.
Texas Journal of Medical Science
,
13
, 115-
118.
24. Elmurodov, B. A., Navruzov, N. I., & Kiyamova, Z. N. (2022). Intervention
of Bacterial Diseases in Poultry.
INTERNATIONAL JOURNAL OF BIOLOGICAL
ENGINEERING AND AGRICULTURE
,
1
(4), 8-12.
25. Элмуродов, Б. (2022). Ветеринария илм-фанининг истиқболлари ва
соҳани ривожлантиришдаги муҳим вазифалар.
Перспективы развития
ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности
,
1
(2), 462-
464.
26. Элмуродов, Б., & Исмоилов, У. (2022). Молодняк животных в районах
приаралья течение колибактериоза и сальмонеллеза.
Перспективы развития
ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности
,
1
(1), 233-
235.
27. Элмуродов, Б., & Исмоилов, У. (2022). Текст научной работы на тему
Течение колибактериоза и сальмонеллеза молодняка в Приаралье.
Перспективы
развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой
безопасности
,
1
(2), 307-309.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-25_Issue-1_March -2024
150
28. Эльмурадов, Б. (2022). Перспективы ветеринарии и важные задачи
развития отрасли.
Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в
обеспечении пищевой безопасности
,
1
(1), 9-12.
29. Sh, N., Elmurodov, B. A., & Eshburiev, S. B. (2022). TUXUM
YONALISHDAGI
TOVUQLAR
MAHSULDORLIGIGA
NOVAMIX
PREMIKSINING
TASIRI.
AGROBIOTEXNOLOGIYA
VA
VETERINARIYA
TIBBIYOTI ILMIY JURNALI
, 476-479.
30. Набиева, Н., Элмуродов, Б., & Сайдуллаев, А. (2022). Эпизотология
пастереллиоза кроликов.
Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в
обеспечении пищевой безопасности
,
1
(1).
31. Hamraqulov, N. S. (2022). SYMPTOMS AND HEMATOLOGICAL
INDICATORS OF CALCIUM AND PHOSPHORUS EXCHANGE DISORDERS IN
CHICKEN IN EGGLAYING HENS.
Conferencea
, 92-94.
32. Султанова, И., & Элмурадов, Б. (2022). Течение и бактериологическое
течение сальмонеллы у кроликов методы проверки.
Перспективы развития
ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности
,
1
(2), 187-
191.
33. Элмуродов, Б. А., Наврузов, Н. И., Набиева, Н. А., Ахмадалиева, Л. X.,
& Киямова, З. Н. Инновационные вакцины для профилактики пастереллеза
кроликов и других животных. In
Современные достижения в решении
актуальных
проблем
агропромышленного
комплекса:
материалы
международной научно-практической конференции, посвященной 100-летию
Института экспериментальной ветеринарии им. СН Вышелесского (Минск, 15-
16 сентября 2022 г.)
(pp. 282-284).
34. BA, Elmurodov, et al. "Pathomorphological Changes in Poultry Pasteurellios,
Pullorosis and Colibacteriosis Diseases." (2023).
35. Aktamovich, E. B., Bakhtiyorovich, E. S., & Shokir, H. N. (2023). Prevention
of Calcium Phosphorus Exchange Disorders in Chickens.
Web of Semantic: Universal
Journal on Innovative Education
,
2
(6), 222-228.
36. Мамадуллаев, Г. Х., Элмуродов, Б. А., Джураев, О. А., Джуракулов, О.
К., & Файзиев, У. М. (2023). РИФИЗОСТРЕП–НОВЫЙ КОМБИНИРОВАННЫЙ
ПРЕПАРАТ ПРОТИВ МИКОБАКТЕРИЙ ТУБЕРКУЛЁЗА.
Эпизоотология
Иммунобиология Фармакология Санитария
, (2), 52-57.
37. Navruzov, N. I., & Elmurodov, B. A. THE ROLE OF CHITOSAN
SUCCINATE IN COLIBACILLOSIS OF CALVES AND THE EFFECT ON THE
IMMUNE SYSTEM.
СБОРНИК ТЕЗИСОВ
, 50.
38. Nabieva, N. A., & Profissor, B. E. V. (2023). PATHOGISTOGRAM OF
PASTEURELLOSIS
OF
RABBITS.
European
International
Journal
of
Multidisciplinary Research and Management Studies
,
3
(01), 92-98.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-25_Issue-1_March -2024
151
39. Navruzov, N. I. (2024). THE EFFECT OF” THE ASSOCIATED GOA
FORMOL VACCINE AGAINST COLIBACTERIOSIS AND SALMONELLOSIS
OF CALF, LAMB AND PIG CHILDREN" ON THE BODY OF LAMBS.
40. Navruzov, N. I., Aktamov, U. B., & Sayfidinov, B. F. (2023). Chlamydiosis
in sheep: immunological examination and pathomorphological changes.
41. Navruzov, N. I., Sayfidinov, B. F., & Aktamov, U. B. (2023). Determination
of Immunobiological Reaction in Sheep Chlamydiosis.
42. Navruzov, N. I., Pulatov, F. S., Sheralieva, I. D., Nabieva, N. A., Sultonova,
I. Y., & Aktamov, U. B. (2022). The importance of chitozan suctinat in lamb
colibacteriosis.
money
,
15
(1).
43. Navruzov, N. I. (2021). THE IMPORTANCE OF CHITOSAN SUCTINAT
IN
COLIBACTERIOSIS
OF
CALVES.
In
АКТУАЛЬНЫЕ НАУЧНЫЕ
ИССЛЕДОВАНИЯ
(pp. 60-64).
44. Navruzov, N. I. The Role of Immunostimulants in the Prevention of
Colibacillosis, Salmonellosis and Pasteurellosis in Calves.
International Journal on
Integrated Education
,
3
(8), 232-234.
45. Газнакулов, Т. К., Орипов, А. О., Сафаров, А. А., Хушназаров, А. Х.,
Давлатов, Р. Б., Абдухакимов, Ш., & Мавланов, С. (2023). ХС Салимов, МК
Бутаев, ЗЭ Рузиев,–Биохавфсизлик.
46. Davlatov, R. B., & Khushnazarov, A. K. (2024). Diagnosis and
chemoprophylaxis of rabbit eymeriosis. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 480, p.
03020). EDP Sciences.