Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasini o‘qitishda o‘quv keyslardan foydalanish

CC BY f
35-41
14

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Исакулова, Н. (2024). Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasini o‘qitishda o‘quv keyslardan foydalanish. in Library, 4(4), 35–41. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/34925
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматриваются и анализируются накопленные за долгие годы знания о материках и океанах, а также научные географические исследования ученых нашей страны, внесших огромный вклад в развитие географии. Также раскрыты развитие терминологии, пути обогащения и особенности.


background image

Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan

O‘zMAA tomonidan 2013-yil 4-martda qaytadan ro‘yxatga olinib, 0104-raqamli guvohnoma berilgan.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGINING

ILMIY-METODIK JURNALI

SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL

MINISTRY OF PRESCHOOL AND SCHOOL EDUCATION

OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

TOSHKENT

PUBLIC EDUCATION

2023

4-son

(Iyul-Avgust)

XALQ

TA’LIMI

ISSN 2181-7839

Muassis:

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


background image

35

Maqolada uzoq yillar davomida to‘plangan materiklar va okeanlar to‘g‘risidagi bilimlarni

turli davrlarda yashagan olimlar hamda geografiya sohasiga ulkan hissa qo‘shgan o‘lkamiz

olimlarining ilmiy geografik tadqiqotlari xususida so‘z borgan va tahlil qilingan. Shuningdek,

terminologiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari va oʻziga xos xususiyatlari ochib berilgan.

Kalit so‘zi.

Geografiya, terminologiya, materiklar, okeanlar, atmosfera, troposfera, litosfera,

geografik qobiq, keys bayoni, keys topshirig‘i.

В статье рассматриваются и анализируются накопленные за долгие годы знания о

материках и океанах, а также научные географические исследования ученых нашей страны,

внесших огромный вклад в развитие географии. Также раскрыты развитие терминологии,

пути обогащения и особенности.

Ключевые слова.

География, терминология, материки, океаны, атмосфера, тропосфера,

литосфера, географическая оболочка, тематическое исследование, тематическое задание.

The article addressed and analyzed the scientific geographical studies of scientists who

lived in different periods of time and scientists of our country who made outstanding contribu-

tions to the field of geography, the knowledge about the matter and oceans accumulated over

many years. Also, the development of terminology, ways of enrichment and distinctive features

are revealed.

Key words.

Geography, terminology, matter, oceans, atmosphere, troposphere, lithosphere,

geographic shell, case description, case assignment.

Nilufar ISAKULOVA,

O‘zDJTU pedagogika fanlari doktori, professor

MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY

GEOGRAFIYASINI O‘QITISHDA O‘QUV KEYSLARDAN

FOYDALANISH

M

ateriklar va okeanlar to‘g‘risidagi bilimlar uzoq yillar davomida to‘plangan.

Bu bilim manbalarini turli davrlarda yashagan olimlar (Aneksimandr, Pi-

fagor, Aristotel, Eratosfen, Ptolemey, A.Gumboldt, N.Vavilov), buyuk say-

yohlar, qo‘rqmas dengizchilar (finikiyaliklar, arablar, normanlar, portugallar, ispanlar va

b.) yig‘ishgan va bu sohada kashfiyotlar qilishgan. Ayniqsa, dunyo fani va madaniya-

tiga, xususan, geografiya sohasiga ulkan hissa qo‘shgan o‘lkamiz olimlaridan al-Xo-

razmiy (783-850 y.), Ahmad Farg‘oniy (IX asr), Abu Nasr Foro- 4 biy (873-950 y.), Abu

Rayhon Beruniy (973-1048 y.), Abu Ali ibn Sino (980-1037 y.), Mahmud Koshg‘ariy (XI

asr), Mirzo Ulug‘bek (1394-1449 y.) va boshqalarning xizmatlari tahsinga sazovordir.

“O‘zbek Magellani” nomi bilan mashhur bo‘lgan Hamidulla Hasanov (1919-1985 y.)

O‘rta asrlarda yashab ijod etgan ko‘plab o‘rta osiyolik allomalarning ilmiy geografik

merosini atroflicha tavsiflab bergan.

Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish,

yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining

semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa Bugungi kunda oʻzbek terminologi-

yasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy

bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barqarorligini belgilovchi asosiy omil

Annotatsiya


background image

36

“XALQ TA’LIMI”

ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 4. www.pubedu.uz

uning tartibga solinganligi va muntazamligidir. Terminologiyaning oʻziga xos xususiyat-

lari mavjud .

Zamonaviy о‘qitish amaliyotida о‘quv keyslarining quyidagi turlari qо‘llanilmoqda:

muammoning yechimi va qarorlarni tahlil qilishga yо‘naltirilgan keyslar;

qaror yoki yaxlit muammoni ifodalovchi keyslar;

talaba faoliyatini tahlil qilish va baholash imkoniyatini beruvchi keyslar.

Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasini o`qitishda o`quv keyslardan foydala-

nish maqsadga muvofiqdir.

Keys bayoni.

Atmosferaning quyi qatlami – troposfera, litosferaning ustki g‘ovak

qatlami, gidrosfera va biosferalarni o‘z ichiga olgan hamda o‘zaro ta’sir etib turadi-

gan yaxlit qobiq Yerning geografik qobig‘i deb ataladi. Geografik qobiqning yuqori va

quyi chegarasini, uning qalinligini turli olimlar turlicha o‘tkazishadi va belgilashadi. Ko‘p

olimlar geografik qobiqning yuqori chegarasini troposferaning yuqori qismidan o‘tka-

zishadi va uning qalinligini 30-35 km deb hisoblashadi. Aniqlanishicha, geografik qo-

biqning yuqori chegarasi ozon pardasiga, pastki chegarasi esa g‘ovak jinslarining tag

qismiga to‘g‘ri keladi. Ozon pardasi Yerdagi organizmlarni Quyoshning ultrabinafsha

nurlaridan muhofaza qiladi.

Keys topshirig‘i.

Geografik qobiqning xususiyatlarini juftlang.

Keys topshirig‘ini bajarish uchun ish qog‘ozi

1.

Geografik

qobiqning

gorizontal

tuzilishi

A

tarkibiy qismlari – litosfera, gidrosfera, atmosfera va

biosferalar doimiy ravishda o‘zaro aloqadorlikda bo‘lishi va

bir-biriga ta’sir etishidir

2.

Geografik

qobiqning

vertikal

tuzilishi

B

modda va energiya almashinish jarayonining bo‘lib

turishidir

3.

uchinchi

xususiyati

C

geografik qobiqda organik hayotning, jumladan, insoniyat

jamiyatining mavjudligidir

4.

ikkinchi

xususiyati

D

uning tarkibiy qismlari balandlik bo‘ylab joylashgan holatini

tushunish lozim

5.

birinchi

xususiyati

E

tabiat komplekslarining kenglik va uzunlik bo‘ylab tarqalishi

va almashib kelishida namoyon bo‘ladi

О‘qituvchining yechimi:

Savollar

1

2

3

4

5

Javoblar

E

D

C

B

A

Keys bayoni.

Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari. Olimlar geografik qo-

biqning rivojlanishini uch bosqichga ajratishadi: nobiogen, biogen va antropogen [2].

Keys topshirig‘i.

Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlarini juftlang.

Keys topshirig‘ini bajarish uchun ish qog‘ozi


background image

37

1.

umumiy ge-

ografik qo-

nuniyatlari

A

Yer taraqqiyotining 4,6 mlrd yildan to 570 mln yilgacha

o‘tgan davrini qamrab oladi. Bu bosqichda geografik

qobiqning asosi tarkib topadi, ya’ni litosfera, atmosfera

va gidrosfera shakllanadi. Yerda hayot 3,8-3,5 mlrd yil

muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ular o‘ta oddiy or-

ganizmlardan tashkil topganligi uchun geografik qobiq-

ning rivojlanishiga sezilarli ta’sir etmagan

2.

Antropogen

bosqich

B

570 mln yil muqaddam boshlangan. Bu davrda orga-

nizmlar taraqqiy etgan. Natijada, biosfera shakllangan

va geografik qobiqning mukammal tizimga ega bo‘lishi-

ga kuchli ta’sir ko‘rsatgan

3.

Biogen

bosqich

C

Inson paydo bo‘lgandan (2 mln yil avval) hozirgi kunga

qadar o‘tgan davrni qamrab oladi. Ayni paytda geografik

qobiqning rivojlanishiga insonning xo‘jalik faoliyati (tex-

nika inqilobi, kosmik asr) sezilarli darajada ta’sir ko‘r-

satmoqda. Bular tabiatni muhofaza qilish, ekologik, de-

mografik muammolarni keltirib chiqardi. Shulardan biri

o‘lkamizdagi Orolbo‘yi ekologik muammosidir

4.

Nobiogen

bosqich

D

Bir butunlik, modda va energiyaning tabiatda aylanib yu-

rishi, davriy yoki ritmik hodisalar, geografik zonallik va

balandlik mintaqalanishi (hududiylik)

О‘qituvchining yechimi:

Savollar

1

2

3

4

Javoblar

D

C

B

A

Keys bayoni.

Litosfera (yunoncha „litos“ - tosh, qattiq, „sfera“ - qobiq) Yer po‘sti

va yuqori mantiyaning bir qismini egallaydi. Yer po‘sti bilan yuqori mantiya oralig‘idagi

chegarani 1914-yilda yevropalik olim Moxorovichich aniqlagan. Yer po‘sti tuzilishi va

qalinligiga ko‘ra ikki tiðga bo‘linadi. Yer po‘stining kontinental tipi materiklarda tarqal-

gan bo‘lib, tekisliklarda 35-40 km, yosh tog‘larda 55-70 km qalinlikka ega. Pomir va

Hindukushda 60-70 km, Himolay tog‘larida 80 km ga boradi. Kontinental yoki materik

po‘sti cho‘kindili, granitli va bazaltli qatlamlardan tuzilgan.

Keys topshirig‘i.

Litosferaga oid ma’lumotlarni juftlang.

Keys topshirig‘ini bajarish uchun ish qog‘ozi:

1.

O‘rtacha

baland tog‘lar

A

Yer po‘stining o‘ta mustahkam qismlari bo‘lib, tog‘

burmalanishlari, kuchli zilzila va vulqon harakatlari

kuzatilmaydi

2.

O‘rtacha

tog‘lar

B

Yer po‘stining o‘ta serharakat joylari: ularga kuchli

zilzilalar, harakatdagi vulqonlar, tog‘ burmalanishlari xos

3.

Past tog‘lar

C

5-10 km qalinlikka ega. So‘nggi tadqiqot ishlari natijasida

bazaltli qatlamdan pastda joylashgan va qalinligi 3,5-5

km bo‘lgan magmatik jinslar borligi aniqlandi


background image

38

“XALQ TA’LIMI”

ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 4. www.pubedu.uz

4.

Qirlar

D

Yer po‘sti bilan mantiya oralig‘idagi qatlamining yumshoq

va elastik holatdagi moddalardan tuzilganligiga bog‘liq

ekan

5.

Pasttekisliklar

E

Yer yuzasining kattaligi, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish

tarixi turlicha bo‘lgan shakllaridi

6.

Cho‘kmalar

va botiqlar

F

Quruqlikdagi dengiz sathidan past yerlar

7.

Relyef

G

Dengiz sathidan 200 m balandlikkacha bo‘lgan tekisliklar

8.

Astenosfera

H

200 m dan 500 m balandlikkacha bo‘lgan yerlar

9.

Okean po‘sti

I

500 m dan 1 000 m balandlikkacha bo‘lgan yerlar

10.

Geosinklinal

mintaqalar

J

1 000 m dan 2 000 m gacha bo‘lgan tog‘lar

11.

Platformalar

K

2000 m dan 3000 m gacha bo‘lgan tog‘lar

О‘qituvchining yechimi:

Savollar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

Javoblar

K

J

I

H

G

F

E

D

C

B

A

Keys bayoni.

Gidrosfera (yunoncha, suv qobig‘i) geografik qobiqning asosiy tar-

kibiy qismi bo‘lib, yerusti va yerosti suvlaridan, muzliklardan, atmosferadagi suv bug‘la-

ridan iborat. Daryo, ko‘l, botqoqlik, muz va yerosti suvlari gidrosferaning quruqlikdagi

suvlaridir. Ular umumiy gidrosfera suvlarining 3,5 % qismini tashkil etadi. Shundan 2,5

% i chuchuk suvlardir.

Keys topshirig‘i.

Gidrosferaga oid ma’lumotlarni juftlang.

Keys topshirig‘ini bajarish uchun ish qog‘ozi:

1.

Ko‘p yillik

muzloq

yerlar

A

zichligi, sersuvligi iqlimga va relyefga bog‘liq

2.

Yerosti

suvlari

B

kattaligi, chuqurligi, oqar yoki oqmasligi, sho‘r yoki

chuchukligi va kelib chiqishiga ko‘ra xilma-xildir

3.

Muzliklar

C

kanallar yerlarni sug‘orish, elektr energiyasi olish, sel

hodisalarining oldini olish, daryo suvlarini tartibga solish,

dam olish kabi maqsadlarda quriladi

4.

Suv

omborlari

D

quruqlikning 11 % maydonini egallaydi, 99 % i qutbiy

o‘lkalarda, qoplama holatida joylashgan

5.

Ko‘llar

E

yog‘inlarning Yer po‘stiga shimilishidan hosil bo‘ladi, lekin

kelib chiqishiga ko‘ra magmatik xususiyatga ega bo‘lgan

geyzerlar

6.

Daryolar

F

tuproq, cho‘kindi jinslar bilan yerosti suvlarining birgalikda

muzlab qolishi

О‘qituvchining yechimi:

Savollar

1

2

3

4

5

6

Javoblar

F

E

D

C

B

A


background image

39

Keys bayoni.

Atmosfera (yunoncha, bug‘ – havo qobig‘i) geografik qobiqning eng

yuqori qismini egallagan, yengil va serharakat havo qobig‘idir. U Yerning boshqa qo-

biqlari bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lib, o‘zaro ta’sir etib turadi [2].

Keys topshirig‘i.

Atmosferaga oid ma’lumotlarni juftlang.

Keys topshirig‘ini bajarish uchun ish qog‘ozi:

1.

mezosfera

A

quyi qatlam Quyosh nuri va Yerdan qaytgan nur hisobiga

isiydi

2.

qutbiy

B

50-55 km gacha

3.

mo‘tadil

C

1 000 km gacha

4.

tropik

D

2 000 km gacha

5.

ekvatorial

E

harorat, bosim, havo massalari va doimiy shamollarning

zonal tarqalishiga olib keladi

6.

havo

massasi

F

troposferaning bir xil xususiyatga ega bo‘lgan katta

hajmdagi havolari

7.

geografik

kenglik omili

J

issiq va nam havo massalari

8.

ekzosfera

H

issiq va quruq havo massalari

9.

termosfera

I

iliq va nam havo massalari

10.

stratosfera

J

arktika va antarktika (sovuq va quruq) havo massalari

11.

troposfera

K

80-85 km gacha

О‘qituvchining yechimi:

Savollar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

Javoblar

K

J

I

H

G

F

E

D

C

B

A

Keys bayoni.

Ekvatordan qutblarga tomon issiqlikning kamayishi hamda turli

kengliklarda yil bo‘yi yoki fasllar bo‘yicha turli havo massalarining hukmronligi tufayli

Yer yuzida 7 ta asosiy va 6 ta oraliq iqlim mintaqalari vujudga kelgan. Asosiy mintaqa-

larda yil bo‘yi nomlari tegishli havo tiði bilan bog‘liq bitta havo massasi hukmron. Oraliq

mintaqalarda havo tiplari fasllar bo‘yicha almashib turadi [2].

Keys topshirig‘i.

Iqlim mintaqalariga oid ma’lumotlarni jadvalning о‘ng tomonida

yozing:

1) Ekvatorial, shimoliy va janubiy tropik, shimoliy va janubiy mo‘tadil, qutbiy (ark-

tika va antarktika);

2) Shimoliy va janubiy subekvatorial, shimoliy va janubiy subtropik, subarktika va

subantarktika;

3) Ekvatorial, issiq va nam; tropik, issiq va quruq; mo‘tadil, iliq va nam; Qutbiy,

sovuq va quruq;

4) Yozda ekvatorial, qishda tropik; yozda tropik, qishda mo‘tadil; yozda mo‘tadil,

qishda qutbiy;

5) Yil bo‘yi issiq va seryomg‘ir yoz, harorat +24 +26 °C atrofida saqlanadi; yoz

issiq, quruq; qish iliq, quruq, yog‘in kam yog‘adi; to‘rtta fasl aniq namoyon bo‘ladi; yil

bo‘yi sovuq, yog‘in kam yog‘adi, yer qor va muzlik bilan qoplangan;

6) Yoz issiq, seryomg‘ir; qish iliq, quruq; yoz issiq, quruq; qish iliq, yog‘inli (yomg‘ir,

ba’zan qor); yoz biroz iliq, yog‘inli; qish sovuq, quruq.


background image

40

“XALQ TA’LIMI”

ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 4. www.pubedu.uz

Keys topshirig‘ini bajarish uchun ish qog‘ozi:

Iqlim mintaqalari

Javob raqamlar

Asosiy iqlim mintaqalari

Oraliq iqlim mintaqalari

О‘qituvchining yechimi:

Iqlim mintaqalari

Javob raqamlar

Asosiy iqlim mintaqalari

1, 3, 5

Oraliq iqlim mintaqalari

2, 4, 6

Keys bayoni.

Olimlarning fikricha, hayot okean sohillaridagi to‘lqinlar hosil qilgan

“hayot sharbati - bo‘tqasimon loyqa”li suv muhitida hosil bo‘lgan. Okean suvlarida mik-

roskop bilan ko‘rinadigan organizmlardan tortib 150 tonna keladigan ko‘k kitlargacha,

turli xil organizmlar yashaydi. Hozir Dunyo okeanida 160 ming hayvon turi, 10 ming

atrofida o‘simlik turi mavjud.

Keys topshirig‘i.

Okean boyliklari va ulardan foydalanishga oid ma’lumotlarni

juftlang.

Keys topshirig‘ini bajarish uchun ish qog‘ozi:

1.

dengiz

turizmi

A

okean suvlari tubida, yotqiziqlar orasida yashaydi

2.

dengiz

transporti

yo‘li

B

erkin ko‘chib yuruvchi organizmlar

3.

planktonlar

C

suv oqimlariga qarshilik ko‘rsata olmay, muallaq holatda

suzib yuruvchi organizmlardir

4.

nektonlar

D

dunyo okeani eng muhim va arzon vazifani bajaradi

5.

bentos

organizmlar

E

okean resurslaridan foydalanishning bir sohasi sifatida

tobora rivojlanmoqda

О‘qituvchining yechimi:

Savollar

1

2

3

4

5

Javoblar

E

D

C

B

A

Keys bayoni.

Dunyo okeanining qismlari dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘izlardan iborat.

Okeanlar bir-biridan geografik o‘rni, geologik tuzilishi, biologik xususiyatlari bilan farq

qiladigan bir butun tabiat komplekslaridir. Dengizlar – okeanning bir qismi bo‘lib, ular

dunyo okeanidan quruqlik yoki orollar, yarimorollar va suvosti relyefining ko‘tarilgan

joylari bilan ajralib turadi [2].

Keys topshirig‘i.

Okean dengizlariga oid ma’lumotlarni jadvalning о‘ng tomonida

yozing:

1) Boltiq;

2) Bering;

3) Qizil;

4) Grenlandiya;

5) Shimoliy;


background image

41

6) Oxota;

7) Arabiston;

8) Norvegiya;

9) Irlandiya;

10) Sharqiy (Yapon);

11) Andaman;

12) Oq;

13) O‘rta;

14) Sariq;

15) Timor;

16) Barens;

17) Alboran;

18) Sharqiy Xitoy;

19) Arafur;

20) Kara.

Keys topshirig‘ini bajarish uchun ish qog‘ozi:

Dunyo okeani va dengizlari

Javob raqamlar

Atlantika okeani dengizlari

Tinch okean dengizlari

Hind okeani dengizlari

Shimoliy Muz okeani dengizlari

О‘qituvchining yechimi:

Dunyo okeani va dengizlari

Javob raqamlar

Atlantika okeani dengizlari

1, 5, 9, 13, 17

Tinch okean dengizlari

2, 6, 10, 14, 18

Hind okeani dengizlari

3, 7, 11, 15, 19

Shimoliy Muz okeani dengizlari

4, 8, 12, 16, 20

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abduqodirov A.A., Astanova F.A., Abduqodirova F.A. “Case-study” uslubi: naza-

riya, amaliyot va tajriba. – T.: Tafakkur qanoti, 2012. – 134 b.

2. Soatov A., Abdulqosimov A., Mirakmalov M. Geografiya (materiklar va okeanlar

tabiiy geografiyasi). Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari uchun dars-

lik. – T.: O‘qituvchi, 2017. – 160 b.

3.Terminologiya. Elektron resurs: Terminologiya - Vikipediya (wikipedia.org).

Murojaat sanasi: 18.03.22.


background image

140

“XALQ TA’LIMI”

ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 4. www.pubedu.uz

Bosh muharrir:

Mahmudov Sarvar Yuldashevich

Mas’ul kotib:

Suyarova Lutfiya Muxiddinovna

Bosh dizayner – badiiy muharrir:

Mamasoliyev Akbarali Hamzayevich

TAHRIR HAY’ATI:

Xilola UMAROVA, Risboy JO‘RAYEV, Komiljon MUQIMOV, Ulug‘bek INOYATOV,

G‘ayrat SHOUMAROV, Maqsudjon YULDASHEV, Oynisa MUSURMONOVA, Lola MO‘MINOVA,

Dilyara SHARIPOVA, Barno ABDULLAYEVA, Rohatoy SAFAROVA, Xolboy IBRAGIMOV,

Ravil IS’YANOV, Mirodiljon BARATOV, Shaxnoza XALILOVA, Sharibboy ERGASHEV,

Yashin ISMANDIYAROV, Alisher UMAROV, Muhabbat MIRSALIYEVA, Bahodir MA’MUROV,

Shukurullo MARDONOV, Ulfat MAHKAMOV, Muhayyo UMARALIYEVA.

JAMOATCHILIK KENGASHI:

Dilshod KENJAYEV, Sobitxon TURG‘UNOV, Nargiza RAXMANKULOVA, Abduhalim MAHMUDOV,

Kamola RISKULOVA, Feruza QODIROVA, Islom ZOKIROV, Ravshan ABDUXAIROV.

Tahririyat manzili:

Toshkent shahar Shayhontoxur tumani Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

E-mail: xalq_talimi@xtv.uz Tel: (0 371) 231-16-51, Faks: 231-16-52

t.me/xalqtalimi_jurnali. http://t.me/xalq_talimi_jurnali.

Jurnalga yuborilgan maqolalarga javob qaytarilmaydi, jurnalda e’lon qilingan maqolalardan

olingan matnlar ‘‘Xalq ta’limi’’ ilmiy-metodik jurnalidan olindi, deb ko‘rsatilishi shart.

Jurnal 2015-yil 20-martdagi 214/2-sonli qarori bilan OAK ilmiy nashrlari ro‘yxatiga kiritilgan.

“TAFAKKUR NASHRIYOTI” MCHJ bosmaxonasida chop etildi.

Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 30-uy

Bosishga ruxsat etildi: __.__.____-y. Qog‘oz bichimi 70x100 1/16. Ofset bosma usuli.

Shartli b.t. 12,0. Adadi __ ___ nusxa. – buyurtma.

Bahosi kelishilgan narxda.

Ushbu songa mas’ul – Abduqodirova Shohida Akmalxo‘ja qizi

Jurnalga taqdim etilgan barcha materiallar https://rustxt.ru/antiplagiat sayti hamda https://t.me/check_antiplagiat_bot da monitoring qilinadi.

©

Xalq ta

limi

jurnali, 2023.

Библиографические ссылки

Abduqodirov A.A., Astanova F.A., Abduqodirova F.A. “Case-study” uslubi: nazariya, amaliyot va tajriba. – T.: Tafakkur qanoti, 2012. – 134 b.

Soatov A., Abdulqosimov A., Mirakmalov M. Geografiya (materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi). Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2017. – 160 b.

Terminologiya. Elektron resurs: Terminologiya - Vikipediya (wikipedia.org). Murojaat sanasi: 18.03.22.