Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
15
28-iyun 2024-yil.
UDK 619:614.48:616.98:579.873.21
DENGIZ CHO‘CHQALARINING EKSPERIMENTAL TUBERKULYOZIDA
“RIFIZOSTREP» PREPARATINING KIMYOPROFILAKTIK SAMARADORLIGI
Mamadullayev G.X.,
v.f.d., k.i.x.,
ilmiy rahbar, laboratoriya mudiri;
Fayziyev U.M.,
mustaqil izlanuvchi;
Djurakulov O.K
., tayanch doktorant;
Veterinariya ilmiy- tadqiqot instituti
Saparov A.R.,
SamDVMChBU Toshkent filiali assistenti
Xamidov S.,
SamDVMChBU talabasi.
Annotatsiya.
Maqolada tuberkulyozning M.bovis va M.tuberculosis turlari bilan
eksperimental yuqtirilgandan so‘ng kasallikka qarshi yangi “Rifizostrep” preparati qo‘llanilgan
dengiz cho‘chqalari ichki-a’zolarini bakteriologik tekshirish natijalari haqida bayon qilingan.
Kalit so‘zlar
: Rifizostrep, preparat, antimikrob, mikobakteriya, M.tuberculosis, M.bovis,
bakteriologik, antimikrob, shtamm, rezistentlik, sezuvchanlik.
Аннотация.
В стате приводятся результаты бактериологических исследований
внутренных органов морских свинок экспериментално зараженных M.bovis и M.tuberculosis с
последующим применением нового противотуберкулёзного препарата “Рифизостреп”.
Ключевые слова
: Рифизостреп, препарат, антимикроб, микобактерия, M.bovis,
M.tuberculosis, бактериологический, анитимикроб, штамм, резистентность, чувствительность.
Annotation.
The article presents the results of bacteriological studies of the internal organs
of guinea pigs experimentally infected with M.bovis and M.tuberculosis with the subsequent use of
a new anti-tuberculosis drug “Rifisostrep”
Key words:
Rifizostrep, drug, antimicrobial, mycobacterium, M.bovis, M.tuberculosis,
bacteriological, against- microbes' strain, rezistance, sensivity.
KIRISH.
Tuberkulyoz surunkali kechadigan yuqumli infeksion kasallik bo‘lib, qishloq
xo‘jalik hayvonlari, yovvoyi hayvonlar, muynali hayvonlar hamda parrandalarda uchraydi.
Kasallikka chalingan ichki a’zo va to‘qimalarda maxsus tugunlar – bo‘rtmachalar (tuberkulalar)
hosil bo‘ladi. Tuberkulyoz-odamlar orasida ham keng tarqalgan [1; 9].
Kasallik qo‘zg‘atuvchisining tashqi muhit omillariga ( quyosh nuri, harorat, namlik, bosim,
pH, dez.vositalar va bosh.) o‘ta chidamliligini e’tiborga olib, Respublikada hayvonlar
tuberkulyoziga qarshi kurash va oldini olish, diagnostika tadbirlarini yanada kuchaytirish lozim
[4;5].
Tuberkulyozni monopreparat terapiyasiga oxirgi yillarda kasallik qo‘zg‘atuvchi
shtammlarning mono-, bi- va polirezistentligi oshib borishi ko‘plab sodir bo‘lib boshladi. Bu
muammoning oldini olish uchun tadqiqotchilar tomonidan tuberkulyozga qarshi yangi
kombinatsiyalangan preparatlar majmuini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli izlanishlar
o‘tkazilmoqda.
Bizning tadqiqotlarimiz ham shu yo‘nalishda olib borildi va VITI tuberkulyoz laboratoriyasi
bazasida tuberkulyozga qarshi yangi kombinatsiyalangan “Rifizostrep” preparati yaratildi va uning
kasallik qo‘zg‘atuvchisiga nisbatan antibakterial faolligi keng ko‘lamli sinovlardan o‘tkazilmoqda.
“Rifizostrep” preparatining laboratoriya hayvonlari organizmida tuberkulyozning M.tuberculosis va
M.bovis shtammlariga qarshi samaradorligini bakteriologik uslubda aniqlash mazkur
tadqiqotlarimizning maqsad va vazifalari bo‘lib hisoblanadi.
Tadqiqotlarning hajmi, material va uslublari.
Ilmiy tadqiqotlar O‘z.R. VChRQ
tomonidan tasdiqlangan “Hayvonlar tuberkulyozini oldini olish va qarshi kurashish” yo‘riqnomasi
va ko‘rsatmalariga (M.1982, 1988 yy., Toshkent 1998, 2011 yy.) binoan o‘tkazildi.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
16
28-iyun 2024-yil.
Muzey mikobakteriya shtammlarini o‘stirish va saqlash, laboratoriyada tajriba
hayvonlaridan olingan, chorvachilik xo‘jaliklaridan keltirilgan patologik namunalarni tekshirish
“Hayvonlar
tuberkulyozining
laboratoriya
diagnostikasi”
(Omsk
1988)
ko‘rsatmasi,
“Tuberkulyozda laboratoriya diagnostikasi” qo‘llanmasi va “Hayvonlar tuberkulyozining
diagnostikasi” (Toshkent 2011) yo‘riqnomasi hamda Т.Н.Ященко, И.С.Мечеваlarning
“Руководство по лабораторным исследованиям при туберкулезе. – М.: Медицина, 1973”
qo‘llanmalari asosida o‘tkazildi [10; 11].
Tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchilariga qarshi yangi tuberkulostatiklar kombinatsiyasini –
“Rifizostrep” preparatini sinovdan o‘tkazish uchun M.bovis va M.tuberculosis shtammlariga yangi
preparatining tajriba hayvonlari organizmini kasallikdan muxofaza qilish samaradorligi
bakteriologik tadqiqotlarda aniqlandi.
«Rifizostrep» preparatining tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchilariga qarshi dengiz cho‘chqalari
organizmida
in vivo
sinovlari o‘tkazildi. 27 bosh dengiz cho‘chqalari virulent tuberkulyoz
mikobakteriyalarining qoramollarda kasallik chaqiruvchi M.bovis 8-03 va odamlarda kasallik
chaqiruvchi M.tuberculosis 7880 shtammlari bilan son terisi ostidan 0,03 mg/kg dozada yuqtirilgan.
Tajriba muddati tugagandan so‘ng 90 kun o‘tgach barcha tajriba va nazorat guruhi
hayvonlari patologoanatomik va bakteriologik tadqiqotlar uchun majburiy o‘ldirildi. Tajriba va
nazorat guruhi hayvonlari hayvonlari ichki a’zolaridan olingan patologik namunaga Gon-
Levenshteyn-Sumioshi uslubida ishlov berildi va Levenshteyn-Yensen oziqa muhitiga ekildi,
patologik namunalar suspenziyasidan tayyorlangan surtmalar Sil-Nilsen uslubida bo‘yaldi va
mikroskopiya qilindi (12x100 kattalashtirish). Patologik namunalarni bakteriologik tekshirish 3 oy
muddat davom etdi.
Patologik namunalarni bakteriologik tekshirishlar natijalari asosida yangi tuberkulostatik
preparatlar kombinatsiyasi – Rifizostrep preparatining tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchilariga qarshi
antibakterial ta’sir darajasi haqida xulosa qilindi.
TADQIQOTLARNING NATIJALARI.
Tadqiqotlar sxemasiga ko‘ra, tuberkulyoz
yuqtirilgandan so‘ng, Rifizostrep preparati qabul qilgan dengiz cho‘chqalari patologik namunalarini
kultural va mikroskopik tekshirish natijalari jadvalda keltirildi. Jadval natijalardan ko‘rinib
turibdiki, 1-guruhdagi M.bovis shtammi bilan yuqtirilgandan so‘ng, har 5 kunda 1 marta Rifizostrep
preparati qabul qilgan 9 bosh dengiz cho‘chqalari patologik namunalari bakteriologik tekshirilganda
9 bosh dengiz cho‘chqasining birortasi ichki a’zolaridan M.bovis qo‘zg‘atuvchisi ajratilmadi.
Bakterioskopik tekshirishlarda ham Sil-Nilsen uslubida bo‘yalgan surtmalarda mikobakteriya
tayoqchalari topilmadi.
2-guruhdagi nazorat sifatida M.bovis shtammi yuqtirilgan va preparat qabul qilmagan
dengiz cho‘chqalari barchasining ichki a’zolari namunalaridan kultural tekshirishlarda tuberkulyoz
qo‘zg‘atuvchilari 18-24 kun ichida Levenshteyn-Yensen oziqa muhiti yuzasida tipik koloniyalar
hosil qilib o‘sib chiqdi.
Nazorat guruhi hayvonlari ichki a’zolari namunalaridan tayyorlangan suspeziya ekilgan
probirkalarning barchasida tuberkulyoz koloniyalari o‘sib chiqdi va quyidagi tavsifga ega bo‘ldi: -
o‘sish tezligi - o‘rtacha 18-24 kunni tashkil etdi; koloniyalar tavsifi-notekis shaklli, yuzasi
bo‘rtmasimon, quruq-R-koloniyalar, loyqasimon yakka sonli, mayda shudringsimon hajmli, to‘g‘ri
va egri shaklli, yuzasi g‘adir–budir, konsistensiyasi quruq va yopishqoq, fil suyagi rangida
pigmentlangan, koloniyalarning suyulish darajasi o‘rtacha. Konsistensiyasi – umalanadigan.
Oziqa muhitidan bakterial tayoqcha yordamida olingan tuberkulyoz koloniyalarini Sil-
Nilsen uslubida bo‘yalgan surtmalar mikroskopiyasida quyidagi morfologik va tinktorial
xususiyatlar aniqlandi: M.bovis shtammi surtmada fuksin bo‘yog‘ini o‘ziga singdirib, qizil-alvon
rangga bo‘yaldi. M.bovis tayoqchalari morfologiyasida polimorfizm yaqqol ifodalangan.
Mikroskop ostida kalta, yo‘g‘on, ingichka-tekis, uchli va ayrimlari yo‘g‘onlashgan bakteriya
tayoqchalari aniqlandi. Ba’zi ko‘rish maydonchalarida kokksimon shakllari ham aniqlandi, ba’zi
qarigan xujayralar tarkibida granulalar ifodalangan.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
17
28-iyun 2024-yil.
3-guruhdagi M.tuberculosis 7880 shtammi bilan yuqtirilgandan so‘ng, har 5 kunda 1 marta
Rifizostrep preparati qabul qilgan 9 bosh dengiz cho‘chqalari patologik namunalari bakteriologik
tekshirilganda preparat qabul qilgan 9 bosh dengiz cho‘chqasining birortasining ichki a’zolaridan
M.tuberculosis 7880 shtammi ajratilmadi. Bakterioskopik tekshirishlarda ham Sil-Nilsen uslubida
bo‘yalgan surtmalarda mikobakteriya tayoqchalari aniqlanmadi.
4-guruhdagi nazorat sifatida M.tuberculosis 7880 shtammi yuqtirilgan va preparat qabul
qilmagan dengiz cho‘chqalari ichki a’zolaridan har 3 bosh dengiz cho‘chqasining barchasining
ichki a’zolari namunalaridan kultural tekshirishlarda tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchilari Levenshteyn-
Yensen oziqa muhiti yuzasida tipik koloniyalar hosil qilib o‘sib chiqdi. Nazorat sifatida sof holda
ekilgan probirkalarning barchasida tuberkulyoz koloniyalari o‘sib chiqdi va quyidagi tavsifga ega
bo‘ldi:
-o‘sish tezligi- o‘rtacha 26-30 kunni tashkil etdi; koloniyalar tavsifi-tekis shaklli, yuzasi
bo‘rtmasimon, quruq-R-koloniyalar, yakka va ko‘p sonli, mayda shudringsimon hajmli, to‘g‘ri
shaklli, yuzasi g‘adir–budir, konsistensiyasi quruq va yopishqoq, fil suyagi rangida pigmentlangan,
koloniyalarning suyulish darajasi o‘rtacha. Konsistensiyasi – umalanadigan.
jadval
Tuberkulyoz yuqtirilgandan so‘ng Rifizostrep preparati qabul qilgan dengiz
cho‘chqalari patologik namunalarini kultural tekshirish natijalari
№ Hayvon turi
gurux
Bosh
soni
Shtamm nomi
Preparat nomi
va qo‘llash usuli
Bakteriologik
tekshirish
1
Dengiz
cho‘chqasi, tajriba
I
9
M.bovis 8-03
Rifizostrep,
Parenteral
– – – – – – – –
2
Dengiz
cho‘chqasi,
nazorat
II
3
M.bovis 8-03
Nazorat,
preparatsiz
+ + +
3
Dengiz
cho‘chqasi, tajriba
III
9
M.tuberculosis
7880
Rifizostrep
parenteral
– – – – – – – –
4
Dengiz
cho‘chqasi,
nazorat
IV
3
M.tuberculosis
7880
Nazorat,
preparatsiz
+ + +
5
Dengiz
cho‘chqasi,
qiyosiy guruh
V
3
M.tuberculosis
7880
Izoniazid, og‘iz
bo‘shlig‘i orqali
– – +
Jami
27
Eslatma: + tuberkulyoz aniqlandi;
-
tuberkulyoz aniqlanmadi.
Oziqa muhitidan bakterial tayoqcha yordamida olingan tuberkulyoz koloniyalarini
mikroskopiyasida quyidagi morfologik va tinktorial xususiyatlar aniqlandi: M.tuberculosis 7880
shtammi surtmada qizil-alvon rangga bo‘yaldi, bakteriya tayoqchalari morfologiyasida polimorfizm
ifodalangan. Mikroskop ostida uzun va kalta, yo‘g‘on, ingichka- tekis uchli va ayrimlari
yo‘g‘onlashgan bakteriya tayoqchalari aniqlandi. Ba’zi ko‘rish maydonchalarida kokksimon
shakllari ham uchraydi, ba’zi eski xujayralar tarkibida granulalar shakllangan, yosh xujayralarda
granula ifodalanmagan.
5-guruhdagi M.tuberculosis shtammi yuqtirilgandan so‘ng qiyosiy nazorat guruhidagi
Izoniazid preparati qabul qilgan dengiz cho‘chqalarining patologik namunalari bakteriologik
tekshirilganda 3 bosh dengiz cho‘chqasidan birining ichki a’zolari namunalaridan tuberkulyoz
koloniyalari o‘sib chiqdi, 2-tasida koloniya hosil bo‘lmadi.
Shunday qilib, xulosa qilish mumkinki, dengiz cho‘chqalari organizmida Rifizostrep
preparatining tuberkulyoz shtammlariga qarshi antibakterial faolligini izoniazid preparati bilan
qiyosiy solishtirma tekshirish natijalariga ko‘ra, Rifizostrep preparati izoniazid preparatiga nisbatan
tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchilariga faolroq antibakterial ta’sir ko‘rsatar ekan. Kultural tekshirishlarda
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
18
28-iyun 2024-yil.
hosil bo‘lgan bakterial massani Sil-Nilsen uslubida bo‘yalgan surtmalar bakterioskopiyasida tipik
morfologik va tinktorial xususiyatli tuberkulyoz tayoqchalari aniqlandi.
-
Shunday qilib, xulosa qilish mumkinki, dengiz cho‘chqalari organizmida Rifizostrep
preparatining tuberkulyoz shtammlariga qarshi antibakterial faolligini izoniazid preparati bilan
qiyosiy solishtirma tekshirish natijalariga ko‘ra, Rifizostrep preparati izoniazid preparatiga nisbatan
tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchilariga faol antibakterial ta’sir ko‘rsatdi.
XULOSALAR
1.Kultural tekshirishlar va surtmalar bakterioskopiyasida preparat qabul qilgan tajriba guruhidagi
dengiz cho‘chqalari namunalarida tuberkulyoz aniqlanmadi, preparat qabul qilmagan nazorat
guruhidagi hayvonlar patologik namunalarida tipik morfologik va tinktorial xususiyatli tuberkulyoz
tayoqchalari aniqlandi;
2.Dengiz cho‘chqalari organizmida Rifizostrep preparatining tuberkulyoz shtammlariga qarshi
antibakterial faolligini izoniazid preparati bilan qiyosiy solishtirma tekshirish natijalariga ko‘ra,
Rifizostrep preparati tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchilariga faol antibakterial ta’sir ko‘rsatdi;
3. “Rifizostrep” preparati
- sinergetik
(bir dori ta’sirini ikkinchisi kuchaytirishi) va
prolongatsiya
(dorining ta’sir muddatini uzaytirishi) xususiyatini ko‘rsatdi;
4.“Rifizostrep” preparati farmakokinetikasi patogen va notipik mikobakteriyalar, lepra, grammanfiy
(ichak tayoqchalari, salmonellalar, klebsiellalar, tulyaremiya va b.sh.) va ba’zi grammusbat
(stafilakokklar,
pnevmokokklar,
streptokokklar,
kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi, rikketsiyalar)
mikroorganizmlarga bakteritsid va bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi, virulotsid ta’sirga ham ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1.
Мамадуллаев, Г., Элмуродов, Б., Джураев, О., Джуракулов, О., & Файзиев, У. (2022).
Рифизостреп–новый комбинированный препарат против микобактерий туберкулёза.
in
Library
,
22
(2).
2.
Navruzov, N. I., Elmurodov, B. A., & Mamadullaev, G. K. (2021). THE ROLE OF
CHITOSAN
IN
THE
PATHOMORPHOLOGY
AND
IMMUNOPROPHYLAXIS
OF
COLIBASILLOSIS OF CALVES.
3.
Do’sкulov, V. M., Ibragimov, F. M., & Mamadullaev, G. X. (2022). QORAMOLLARDA
TUBERKULOZ KASALLIGIDA OLINADIGAN MAXSULOTLARNING VETERINARIYA
SANITARIYA EKSPERTIZASI.
Journal of Integrated Education and Research
,
1
(7), 18-20.
4.
Шомуротов, Ш. А., Ахмедов, О. Р., Тураев, А. С., & Мамадуллаев, Г. Х. (2021).
Противотуберкулезная активность и фармакокинетика полимерных конъюгатов изониазида
и этамбутола.
Химико-фармацевтический журнал
,
55
(6), 23-27.
5.
Шомуротов, Ш. А., Мамадуллаев, Г., & Тураев, А. С. (2016). Медико-биологические
свойства полисахаридных комплексов изониазида и этамбутола.
Биомедицинская
химия
,
62
(1), 45-49.
6.
Усмонова, Х., Избасаров, У., Мамадуллаев, Г., & Рузиев, З. (2022). Современные
требования к лечению дерматозов (псориаза, экземы) сложной этиологии, трихофитии у
человека, овец и коз.
in Library
,
22
(2), 684-687.
7.
ShA, S., Mamadullaev, G., & Turaev, A. S. (2016). Mediko-biologicheskie svojstva
polisaharidnyh kompleksov izo-niazida i etambutola [Medical and biological properties of
polysaccharide complexes isoniazid and ethambutol].
Biomedicinskaya khimiya. Taskent
,
62
(1), 45-
9.
8.
Мамадуллаев, Г. Х. (2011). Ҳайвонлар туберкулёзининг диагностикаси бўйича
Йўриқнома.
9.
Джураев, О. А., & Мамадуллаев, Г. Х. (2023, May). Влияние рифизострепа на
морфологию внутренних органов. In
International Conference on Research Identity, Value and
Ethics
(pp. 387-391).
10.
Джураев, О., Мамадуллаев, Г., & Файзиев, У. (2023). Испытания IN VIVO нового
препарата против туберкулеза животных.
in Library
,
4
(4), 8-12.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
19
28-iyun 2024-yil.
11.
Саидов, А., Файзиев, У., Джуракулов, О., & Мамадуллаев, Г. (2022). Факторы,
влияющие на проявление аллергических туберкулиновых реакций у крупного рогатого
скота.
Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой
безопасности
,
1
(2), 154-158.
12.
Джураев, О., Мамадуллаев, Г., & Файзиев, У. (2022). Патоморфологические
результаты
испытания препарата «Рифизострепт» на морских свинках.
in Library
,
22
(2), 62-64.
13.
Джураев, О., & Мамадуллаев, Г. (2020). Результаты патологоанатомных исследований при
экспериментальном туберкулезе с применением препарата «Рифизострепт».
in Library
,
20
(2), 11-12.
14.
Джураев, О., Мамадуллаев, Г., & Рузимуродов, М. (1999). Сравнительная эффективность
ППД-туберкулина и SKJ-туберкулина в аллергодиагностике туберкулеза крупного рогатого скота.
in
Library
,
1
(1), 109-111.
15.
Джураев, О., Мамадуллаев, Г., & Рузимуродов, М. (1999). Сравнительная эффективность
туберкулина ППД и туберкулина SQJ в аллергической диагностике туберкулеза крупного рогатого
скота.
in Library
,
1
(1), 110-111.
16.
Джураев, О., & Мамадуллаев, Г. (1994). Изучение эффективности химической вакцины при
туберкулёзе птиц.
in Library
,
1
(1), 1-2.
17.
Мамадуллаев, Г. Х. (2023). Патоген микобактерияларнинг эпидемиологик ва эпизоотологик
муаммолари.
Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных
агрофитоценозов
,
1
(1), 333-335.
18.
Наврузов, Н., Джуракулов, О., Хамидов, С., & Мамадуллаев, Г. (2023). Антибактериальное
действие в отношении возбудителя сальмонеллеза действие наркотиков.
in Library
,
3
(3), 65-69.
19.
Наврузов, Н., Джуракулов, О., Хамидов, С., & Мамадуллаев, Г. (2023). Комплекс Этис-2
возбудителя пастереллеза чувствительность и устойчивость к препарату.
in Library
,
3
(3), 59-64.
20.
Наврузов, Н., Мамадуллаев, Г., Джуракулов, О., & Хамидов, С. (2023). Комплекс Этис-2
возбудителя колибактериоза чувствительность и устойчивость к препарату.
in Library
,
3
(3), 47-50.
21.
Эгамова, Д. Х., Нематов, С. А., & Мамадуллаев, Г. Х. (2022). “ВИТИ БИОВЕТ”
ТУБЕРКУЛИННИНГ ЛАБОРАТОРИЯ СИНОВЛАРИ.
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA
TIBBIYOTI ILMIY JURNALI
, 382-386.
22.
Нематов, С. А., Эгамова, Д. Х., & Мамадуллаев, Г. Х. (2022). ТУБЕРКУЛЁЗ
МИКОБАКТЕРИЯЛАРИГА
“ТУБАЗИД-МАСКГ”
ПРЕПАРАТИНИНГТАЪСИРИ.
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY
JURNALI
, 431-434.
23.
Эгамова, Д. Х., & Мамадуллаев, Г. Х. (2022, October). “ВИТИ БИОВЕТ” ТУБЕРКУЛИННИНГ
БИОЛОГИК ПАРАМЕТРЛАРИ. In
INTERNATIONAL CONFERENCES
(Vol. 1, No. 13, pp. 14-18).
24.
Нематов, С. А., & Мамадуллаев, Г. Х. (2022, October). M. TUBERCULOSIS ВА M. BOVIS
ШТАММЛАРИГА
“ТУБАЗИД-МАСКГ”
ПРЕПАРАТИНИНГ
БАКТЕРИЦИД
ТАЪСИРИ.
In
INTERNATIONAL CONFERENCES
(Vol. 1, No. 13, pp. 19-23).
25.
Файзиев, У., Саидов, А., Джуракулов, О., & Мамадуллаев, Г. (2022). Эпидемиологические и
эпизоотические проблемы туберкулёза сельскохозяйственных животных и птиц.
Перспективы
развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности
,
1
(2), 256-262.
26.
Файзиев, У., Саидов, А., Джуракулов, О., & Мамадуллаев, Г. (2022). Особенности проявления
эпизоотического и эпидемического процесса туберкулеза крупного рогатого скота.
Перспективы
развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности
,
1
(2), 240-247.
27.
Мамадуллаев, Г. Х., Саидов, А. А., & Ахмадалиева, Л. Х. (2022). ПРЕПАРАТЫ ДЛЯ
ДИАГНОСТИКИ И ПРОФИЛАКТИКИ СМЕШАННЫХ ИНФЕКЦИЙ. In
ОХРАНА ОКРУЖАЮЩЕЙ
СРЕДЫ-ОСНОВА БЕЗОПАСНОСТИ СТРАНЫ
(pp. 286-289).
28.
Shomurotov, S. A., Akhmedov, O. R., Turaev, A. S., & Mamadullaev, G. K. (2021).
Antituberculosis
Activity
and
Pharmacokinetics
of
Polymer
Conjugates
of
Isoniazid
and
Ethambutol.
Pharmaceutical Chemistry Journal
,
55
, 551-555.
29.
Мамадуллаев, Г. Х., Рузимуродов, М. А., Саидов, А. А., Файзиев, У. М., Журакулов, О. К., &
Арзимурадова, Р. Э. (2021). ВИТИ-БИОВЕТ ТУБЕРКУЛИН ДИАГНОСТИКУМИНИНГ МАХСУС
ФАОЛЛИГИ.
ВЕСТНИК ВЕТЕРИНАРИИ И ЖИВОТНОВОДСТВА
,
1
(2).
30.
Рузимуродов, М., Мамадуллаев, Г., Саидов, А., Файзиев, У., & Джуракулов, О. (2021).
Испытания туберкулина «ВИТИ-Биовет» в производственных условиях.
in Library
,
21
(2), 8-10.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
20
28-iyun 2024-yil.
31.
Рузимуродов, М., Мамадуллаев, Г., Саидов, А., Файзиев, У., Журакулов, О., & Арзимурадова,
Р. (2021). Специфическая активность туберкулиновой диагностики ВИТИ-Биовет.
in Library
,
21
(2),
50-54.
32.
Мамадуллаев, Г. Х.,
Джуракулов,
О.
К.,
&
Шапулатова,
З. Ж.
(2020).
СУПРАМОЛЕКУЛЯРНЫЙ
ПРОТИВОТУБЕРКУЛЕЗНЫЙ
КОМПЛЕКС.
In
СОВРЕМЕННОЕ
СОСТОЯНИЕ, ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В РАЗВИТИИ АПК
(pp. 120-126).
33.
Рузимуродов, М., Мамадуллаев, Г., Тухлиев, А., & Рахимов, А. (2016). Специфическая
активность ППД туберкулинового диагноста.
in Library
,
16
(1), 14-15.
34.
ShA, S.,
Mamadullaev, G., & Turaev, A. S. (2016). Medical and biological properties of
polysaccharide complex of isoniazid and ethambutol.
Biomeditsinskaia Khimiia
,
62
(1), 45-49.
35.
Курченко, Г. А. (2014). 211. Эффективный способ профилактики и борьбы с
туберкулёзом крупного рогатого скота [В условиях Узбекистана]. Мамадуллаев
ГХ//Ветеринар. медицина/Нац. акад. аграр. наук Украiни.-Харькiв, 2012.-Вип. 96.-С. 219-
221.-Рез. англ.-Библиогр.: с. 221. Шифр 794206.
Ветеринария. Реферативный журнал
, (1),
211-211.
36.
Мамадуллаев, Г. Х. (2011). Результаты испытания аллергодиагностикума «ИЭКВМ
туберкулин» производства «ДП ветеринарная медицина».
37.
Мамадуллаев, Г. Х., Мавланов, С. И., Сарымсаков, А. А., & Гафуров, Д. Р. (2011).
Изучение антибактериальной активности препарата Целазон относительно возбудителей
туберкулёза.
Ветеринарна медицина
, (95), 212-214.
38.
Мамадулаев, Г. Х., & Нуриддинова, Н. (2010). Результаты изучения специфической
активности нового противотуберкулезного препарата.
Ветеринарна медицина
, (94), 123-125.
39.
Джураев, О., Мамадуллаев, Г., & Рузимуродов, М. (1999). Сравнительная
эффективность Ppd-туберкулина и skj-туберкулина в аллергодиагностике туберкулеза
крупного рогатого скота.
in Library
,
1
(1), 4-5.
40.
Мамадуллаев, Г. Х. (1995). Химио-специфические средства профилактики
туберкулеза крупного рогатого скота.
41.
Izbasarov, U. K., Mamadullaev, G. K., Ruziev, Z. E., & Usmonova, K. Z. Modern
Requirements for the Treatment of Dermatoses (Psoriasis, Eczema) of Complex Etiology,
Trichophytosis in Humans, Sheep and Goats.
42.
Мамадуллаев, Г. Х., Джуракулов, О. К., & Шапулатова, З. Ж. (2020).
СУПРАМОЛЕКУЛЯРНЫЙ
ПРОТИВОТУБЕРКУЛЕЗНЫЙ
КОМПЛЕКС.
In
СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ, ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В
РАЗВИТИИ АПК
(pp. 120-126).
43.
Мамадуллаев, Г. Х., Рўзимуродов, М. А., Саидов, А. А., Файзиев, У. М., & Жўрақулов,
О. К. Ветеринария илмий тадқиқот институти.
ВЕТЕРИНАРИЯ ТИББИЁТИ ВА
ЧОРВАЧИЛИК БЮЛЛЕТЕНИ
, 50.
44.
Шомуротов, Ш. А., Ахмедов, О. Р., Мамадуллаев, Г. Х., & Тураев, А. С. ПОБОЧНЫЕ
ДЕЙСТВИЯ ЛЕКАРСТВЕННЫХ СРЕДСТВ Новостная информация.
45.
Шомуротов, Ш. А., Ахмедов, О. Р., Мамадуллаев, Г. Х., & Тураев, А. С.
ИССЛЕДОВАНИЕ СПЕЦИФИЧЕСКОЙ АКТИВНОСТИ ПРОТИВОТУБЕРКУЛЕЗНОГО
ПРЕПАРАТА БИОМАЙРИН СИЛГА ҚАРШИ БИОМАЙРИН ПРЕПАРАТИНИНГ
ХУСУСИЙ ФАОЛЛИГИНИ ЎРГАНИШ.
ЎЗБЕКИСТОН ФАРМАЦЕВТИК ХАБАРНОМАСИ
,
47.