ИНФЕКЦИЯ,
ИММУНИТЕТ и
ФАРМАКОЛОГИЯ
Научно-практический журнал
Журнал основан в 1999 г.
Международная научно-практическая конференция на
тему:
«Проблемы и этапы развития
иммунофизиологии в новом Узбекистане»
Специальный выпуск
Часть -
2
Редакционная коллегия:
Главный редактор — профессор Тулаганов А. А.
д.м.н. Абдухакимов А.Н., д.б.н. Аллаева М.Ж., проф. Аминов С.Д., проф. Гулямов Н.Г., проф.
Ибадова Г.А., проф. Косимов И.А. (зам.глав.редактора)., д.м.н.. Отабеков Н.С., проф. Туляганов
Р.Т. проф. Мавлянов И.Р., проф. Маматкулов И.Х. (зам.глав.редактора)., проф. Мухамедов И.М.,
проф. Нарзуллаев Н.У., доцент Сабиров Дж.Р., д.м.н.. Таджиев Б.М., д.м.н. Таджиев М.М., д.м.н.
Саидов С.А., проф. Иноятов А.Ш.., проф.Каримов А.К.. к.б.н. Кахоров Б.А., проф. Богдасарова
М.С., доц. Зияева Ш.Т. (ответственный секретарь).
Редакционный совет:
акад. Арипова Т.У.,
проф. Облокулов А.Р. (Бухара),
акад. РАН, Кукес В.Г. (Москва)
проф. Сайфутдинов Р.Г. (Казань),
акад. Даминов Т.А. (Ташкент)
проф. Гариб Ф.Ю. (Москва),
акад. Тулегенова А.У. (Астана),
проф. Мадреимов А.М. (Нукус),
акад. Раменская Г.В. (Москва),
проф. Нуралиев Н.А. (Бухара)
акад. Иноятова Ф.И. (Ташкент),
проф. Туйчиев Л.Н., (Ташкент)
Ташкент-2023
7. Трихофитознинг умумий профилактикасига эришиш учун чорвачилик
фермер хўжаликларида ветеринария-санитария қоидаларига риоя қилиш,
ҳайвонларни сақлаш учун мўътадил зоогигиеник шароитларни яратиш,
тўлиқ баланслаштирилган озиқа билан таъминлаш, мунтазам равишда
дезинфекция ва дератизация тадбирларини ўтказиш мақсадга мувофиқ.
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР
1.
Головина Н.П. Саркисов К.А., Парманов М.П. Вакцина против
трихофитии овец // Авторскове свидетельство № 1190575. М. 1991.
2.
Пармонов М.П. Трихофития овец в Узбекистане \\ Бюлл. ВИЕВ. 1981.
–Вып. 42. –С. 11-13.
3.
Parmonov M.P, Saydaliev D.I. Qo’ylar temiratki kasalligining
qo’zg’atuvchisini va kultural xususiyatlarini aniqlash // Professor-o’qituvchilar
va aspirantlarning 51-илмий ҳисобот конференцияси маърузалар мазмуни. –
Самарқанд, 1993
4.
Сайдалиев Д. ва бошқ. “Ветеринария санитарияси фанининг тутган
ўрни”// Зооветеринария журнали Тошкент 2017- y. 24 бет
5.
Тищенко Е.В., Мирзаев М.Н., Девришов Д.А. Особенности
развития гриба Trichophyton faviforme // Объединенный научный
журнал. 2008. -№6 (212). С . 63.
6.
Тищенко Е.В., Мирзаев М.Н., Девришов Д.А. Технологические
параметры
Trichophyton
faviforme
при
культивировании
в
биореакторах / /Ветеринарная медицина. 2009. №1-2. - С. 20.
7.
Тищенко Е.В. Световая и сканирующая электронная микроскопия
гриба
Trichophyton
faviforme
при
глубинном
и
поверхностном культивировании // Ветеринарная медицина. 2009. №4. С.
21
.
8.
Хисматуллина З.Р., Мухамадеева О.Р., Гафаров Т.М.,. Титова Т.Н/
Ошибки в диагностике трихофитии волосистой части головы //
Современные проблемы дерматовенерологии, иммунологии и врачебной
косметологии. – 2012. – № 2 (21). – С. 32-36.
РЕЗЮМЕ
МЕТОД ЛЕЧЕНИЯ И ПРОФИЛАКТИКИ
ТРИХОФИТИИ КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА
Усмонова Хадича Жўраевна
Мамадуллаев Гулмурод Хамидович
Научно исследовательский институт ветеринарии, г. Самарканд
Ключевые слова:
Tr.verrucosum,
трихофития, лечения, ивермектин,
мультивитамин, профилактика, препарат, микроскопия, люминисцент,
бактериология, бактериоскопия, биопроба.
В статье приводится результаты внедрения усовершенствованного метода
лечения и профилактики трихофитии крупного рогатого скота с
применением комбинации препаратов Ивермектин-1% и мультивитамина.
105
SUMMARY
TREATMENT AND PREVENTION METHOD OF
TRICHOPHYTOSIS IN CATTLE.
Usmonova Khadicha Juraevna
Mamadullaev Gulmurod Khamidovich
Scientific-research institute of veterinary
Key words.
Tr.verrucosum,
trichophytosis, treatment, Ivermectin, Multivitamin,
prevention, drug, microscopy, lyuminiscent, bacteriology, bacterioscopy,
biotests.
The article presents the results of the combined use of the drug Ivermectin and
Multivitamin in order to improve the method of treatment and prevention of
trichophytosis in cattle.
UDK 616-092.9
NATRIY SIKLAMATNI UZOQ VAQT DAVOMIDA
QO‘LLANILGANDA ORGANIZMDA UGLEVOD
ALMASHINUVINING HOLATI
Xabibullaev Sanjarbek Murodilla o‘g'li
1
,*
Yuldashev Nasirdjan Muxamedjanovich
1
,
Mamazulunov Nurmuhammad Xusanboy o‘g'li
2
1
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent, O’zbekiston Respublikasi
2
Adijon davlat universiteti, Andijon, O’zbekiston Respublikasi
sanjarbekxabibullayev@gmail.com
Kalit so‘zlar:
natriy siklamat, insulinrezistentlik, giperglikimiya,
glikirlangan gemoglоbin, qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari.
Annotatsiya:
Tadqiqotning maqsadi shirin taʼm beruvchi modda – natriy
siklamatning kalamushlarga uzoq vaqt kiritilganda ular organizmida uglevod
almashinuviga ta`sirini baholashdan iboratdir. Kalamushlarga natriy siklamatini
har kuni 10 mg/kg dozada ogʼiz orqali 60-kun davomida kiritildi. Hayvonlar
qonida biokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘rganish uchun qon hayvonlardan siklamat
kiritishdan avval (nazorat guruhi), tajribaning 30- va 60-kunlari olindi. 60-kuni
hayvonlar so‘yildi va ularning jigarida glyukoza va glikogen miqdori o‘rganildi.
Natriy siklamatini uzoq vaqt isteʼmol qilish organizmda almashinuv jarayonlarini
sezilarli buzilishlariga olib kelishi aniqlandi. 30-sutkadan boshlaboq sezilarli
giperglikemiya va giperinsulinemiya rivojlandi. Siklamatni uzoq qabul qilish
hayvonlarda insulinorezistentlikni rivojlantirdi. Siklamatni kiritish qonda
biokimyoviy ko‘rsatkichlarda ham kuchli o‘zgarishlarga olib keldi. Olingan
natijalar natriy siklamatini oziq-ovqat sanoatida qo‘llanilishini cheklash, yoki uni
boshqa tabiiy shakar o‘rnini bosuvchi bilan almashtirish taklifini berish imkonini
beradi.
Kirish.
Shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlar - kimyoviy birikmalar yoki
inson tilining ta'm retseptorlari tomonidan shirin deb qabul qilinadigan, shakar va
106
unga o‘xshash shirin mahsulotlar (asal, shinni) o‘rnini bosuvchi moddalar sifatida
ishlatiladigan mahsulotlar bo‘lib, turli xil ovqatlarga shirin ta'm berishda
(shirinlashtirish) foydalaniladi. Shakar o‘rnini bosuvchi moddalarga ham tabiiy
xom ashyoni qayta ishlash natijasida olingan shirin ta`mga ega moddalar (shinni,
asal), hamda sof kimyoviy birikmalar kiradilar. Odatda shakar o‘rnini bosuvchi
moddalarning shirinlilik darajasi shakarga nisbatan yuqori bo‘lib, kaloriyalik
darajasi esa, aksincha, past bo‘ladi. Shirin taʼm beruvchi va past kaloriyali
maxsulotlarni ishlab chiqaruvchilarni Xalqaro assotsiatsiyasi klassifikatsiyasi
bo‘yicha shakar o‘rnini bosuvchilarga fruktoza, ksilit va sorbitlar kiradi, shirin
taʼm beruvchilarga esa siklamat, sukraloza, neogesperidin, taumatin, glitsirrizin,
steviozid va laktulozalar kiritiladi [1].
Hozirgi vaqtda oziq-ovqat sanoatida keng foydalanilayotgan shakar o‘rnini
bosuvchilarga – fruktoza, stevia, saxarin va natriy siklаmatni kiritishimiz
mumkin. Kaloriyasiz yoki juda kam kaloriyaga ega bo‘lgan shakar o‘rnini
bosuvchi mahsulotlar semizlik va 1-tip qandli diabet bilan og‘rigan odamlar
tomonidan ko‘p miqdorda iste’mol qilinmoqda. Biroq, so‘nggi tadqiqotlar shuni
isbotladiki, shakar o‘rnini bosuvchilardan uzoq vaqt foydalanish vaqt o‘tishi bilan
tana vaznining ortishiga olib kelishi mumkin va ichak mikrobiotasining
funksiyasi va tarkibi o‘zgarishi [2] bilan glyukozaga intolerantlik rivojlanishiga
olib keladi.
Keltirilgan ma‘lumotlar asosida shakar o‘rnini bosuvchi
moddalarning 2-tipdagi qandli diabetni yuzaga kelishidagi o‘rnini tadqiq qilish
katta qiziqish uyg‘otadi [3, 4, 5, 6]. Siklamat 1937-yilda kashf etilishiga qaramay,
1950-1960-yillardan past kaloriyali shakar o‘rnini bosuvchi modda sifatida
ishlatila boshlangan. Bu siklogeksilsulfat kislota tuzi bolib, saxarozadan 30 marta
shirinroq. U achchiq ta‘mga ega, ammo saxarin bilan yaxshi shirinlik
sinergiyasiga ega. U suvda eriydi va uning eruvchanligini natriy yoki kaltsiy
tuzini tayyorlash orqali oshirish mumkin. Siklamat juda kam toksiklikka ega,
lekin ichak bakteriyalari tomonidan metabolizmga uchrab ko‘proq toksik bo‘lgan
– siklogeksilaminga parchalanadi [7]. Kalamushlarda kunlik iste'mol qilingan
siklamatning 18,9 % siklogeksilaminga parchalanadi (SCF 2000) [8]. Plazmadagi
siklogeksilaminning kontsentratsiyasi siklamatni ichak florasi tomonidan
parchlanish va siklogeksilaminning qondan ekskretsiyalanish darajasiga bog'liq.
Siklomatning tavsiya etilgan sutkalik dozasi 1 kg tana vazniga 10 mg ni tashkil
qiladi.
Tadqiqotning maqsadi.
Shirin taʼm beruvchi modda – natriy
siklamatning kalamushlarga uzoq vaqt kiritilganda ular organizmida uglevod
almashinuviga ta`sirini baholashdan iboratdir.
Tadqiqot materiali va usullari
. Natriy siklomatning uglevod
almashuniviga ta‘sirini o‘rganish uchun 25 oq, jinsi erkak bo‘lgan og’irligi 180-
200 g atrofidagi tajriba kalamushlari tanlab olindi. Ular vivariyga olib
kelingandan boshlab, 14 kun davomida karantin sharoitida saqlandi. Tajriba
hayvonlari xona harorati 22±3°C, nisbiy namlik 30-70 %, 12 soat yorug’, 12 soat
qorong’u holatda saqlandi. Tajriba hayvonlariga 2 oyda muddatda Amerika oziq-
107
ovqat va dori havfsizligi qo‘mitasi tomonidan ruxsat etilgan sutkalik dozasi 10
mg/kg dozada natriy siklomat suvga eritib, peroral kiritildi. Tajriba hayvonlarida
natriy siklamat kiritishdan avval nazorat (intakt) sifatida, 30 va 60 kun
kiritilgandan keyin glukoza tolerantlik testi, insulin, albumin, umumiy oqsil,
glyukoza, ALT, AST, siydikchil, kreatinin, xolesterin, triglitserid, ZPLP, ZYLP
miqdorlari aniqlandi. Qonni bir vaqtda immunoferment va biokimyoviy
tahlillarga tekshirish uchun gelli probirkalarga olindi, gel qonning shaklli
elementlari va qon zardobini to‘liq ajratib beradi. Hayvonlardan qon dum
venasidan G-24 o‘lchamli ignada olindi [9]. Tajribaning 60-kuni tajribaviy
hayvonlar yengil efir narkozi ostida dekapitatsiya yo‘li bilan o‘ldirildi. Olingan
qonni EBA 200 sentrifugasida (Hettich kompaniyasi) 15 daqiqa davomida 3000
ayl/daq tezlikda sentrifugalandi. Qon plazmasida biokimyoviy ko‘rsatkichlar
Humastar 100 avtomatik analizatorida Human (Germaniya) reagentlari
yordamida, immunoferment tashxis esa Mindray MR 96A analizatorida Vektor
best (Rossiya Federatsiyasi) reagentlari yordamida aniqlandi. Olingan raqamlar
asosida insulinrezistentlikni baholashning gomeostatik modeli (BGM) D.R.
Matthews et al. (1985) [10] bo‘yicha hamda insulinrezistentlik indeksi (IRI) M.H.
Duncan et al. (1995) [11] bo‘yicha hisoblab chiqildi. Tajriba hayvonlarining jigar
to‘qimasida glyukoza va glikogen miqdorini aniqlash uchun, tajriba boshlashdan
avval va tajriba so‘nggida hayvonlar dietil efiri yordamida yengil uxlatilib,
dekapitatsiya qilindi. Depkapitatsiyadan avval hayvonlar tana vazni, ajratib
olingan jigar vazni aniqlandi. Jigar to‘qimasidan 100 mg ajratib olinib, antron
reaktivi yordamida glyukoza va glikogen miqdori aniqlandi. Tajribani o‘tkazish
uchun 95% li sulfat kislota yordamida tayyorlangan 0,2 %li antron reaktivi,
glyukozaning standart eritmasi, 30 %li kaliy gidroksid eritmasi qo‘llanildi [12].
Olingan natijalar Stʼyudentning t-kriteriyasini qo‘llagan holda statistik
qayta ishlandi.
Tadqiqot natijalari va ularning tahlili.
Tajriba hayvonlarida glyukoza
tolerantlik testini baholash uchun har bir kalamushga 2 g/kg dozada glyukoza
suvda eritilib, zond orqali oshqozoniga kiritildi. Kiritishdan avval, glyukoza
kiritilganidan so‘ng 30, 60, 90 va 120 daqiqa o‘tgach
qonda glyukoza miqdori
aniqlandi. Natijalarga ko‘ra natriy siklomat kritilishidan avval barcha
kalamushlarda glyukoza miqdori normada bo‘lib, glyukozaning o’zlashtirilish
darajasi yaxshi holatda ekanligi aniqlandi.
108
1-rasm
.
Tajriba hayvonlarida glyukozaga tolerantlik darajasi
Oq ustunlar – intakt hayvonlar, kul rang ustunlar – natriy siklamati 30-
kun kiritilgan hayvonlar, qora ustunlar – natriy siklamati 60-kun kiritilgan
hayvonlar.
Natriy siklomatning 30 kunlik iste`molida, glyukoza miqdori
o‘zlashtirilishning 90-daqiqasigacha nazorat guruhiga qaraganda o‘rtacha 66 %
ga, 120-minutda esa 53 % ga oshishiga sabab bo‘lganini ko’rishimiz mumkin.
Tajribaning 60-kunida, natriy siklomat glyukoza miqdorini o‘zlashtirilishning
barcha bosqichlarida nazorat guruhiga qaraganda o‘rtacha 73 % ga oshishiga
sabab bo‘lgan (1-rasm).
Olingan natijalar tajriba boshlanishidan avval tajriba hayvonlari qonida
glyukoza miqdori 4,4±0,8 mmol/l ga tengligini ko‘rsatdi (1-jadval). Bunda ushbu
hayvonlar qonida insulin miqdori 9,5±0,91 mU/l ga tengligini aniqlandi. Hisoblar
nazoratdagi BGM 1,86 ga, IRI esa 1,67 ga tengligini ko‘rsatdi. Tajriba
hayvonlariga 30 kun davomida natriy siklomat kiritilganda qonda glyukoza
miqdori nazorat guruhiga qaraganda 61,2 % ga, 60 kun davomida kiritilganda esa
68,4 % ga ortganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bu ortishlar statistik ishonchli bo‘ldi (Р
0,001). Insulin miqdori
tajribaning 30-kunida nazorat ko‘rsatkichidan 95,6% ga (P
0,001), 60-kunida
esa 66,4 % ga (P
0,001) ortiq boldi. Tajribaning 30-kuni va oxirida BGM va IRI
ko‘rsatkichlari nazoratdan mos ravishda 3,1 va 2,8 marta ortiq bo‘ldi
.
Qonda
glikirlangan gemoglobin miqdori tajribaning 30-kunida nazoratga qaraganda 70,3
%ga, tajriba so‘nggida esa 75,9 %ga ortganligi aniqlandi (P
0,001).
1-jadval
.
Natriy siklаmatning qonda uglevod almashinuvi ko‘rsatkichlariga
ta‘siri (M±m)
0
2
4
6
8
10
12
0 min.
30 min.
60 min.
90 min.
120 min.
G
ly
u
k
o
za
d
araj
as
i
m
m
o
l/
l
109
Tana vazni,
g
Glyukoza,
mmol/l
HbA1c,
%
Insulin,
mU/l
BGM
IRI
Nazorat (n=20)
175,8 ± 4,0
4,40 ± 0,09
3,37 ± 0,08
9,50 ± 0,21
1,8
1,6
Tajriba 30-kun
(n=20)
171,4 ± 4,0 7,14 ± 0,19** 5,74 ± 0,10^ 18,67 ± 0,10^ 5,9^
5,3^
Tajriba 60-kun
(n=13)
164,3 ± 5,7 7,46 ± 0,13** 5,93 ± 0,07^ 15,88 ± 1,06
5,3*
4,7*
Izoh: * - P < 0,05, ** - P < 0,01, ^ - P < 0,001.
Olingan natijalarga ko‘ra, sun`iy shakar o‘rnini bosuvchi natriy siklamat
uzoq vaqt davomida qabul qilinganda organizmda uglevod almashinuviga ta‘sir
ko‘rsatishi va qonda glyukoza miqdori oshishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari,
natijalar
natriy
siklamati
ta‘sirida
organizmda
giperinsulinemiya
rivojlanganligini ko‘rsatmoqda. Bunda BGM va IRI ko‘rsatkichlarining keskin
ortishi tajriba hayvonlarida insulinrezistentlik yuzaga kelganligidan dalolat
beradi.
Natriy
siklamatining
surunkali
iste`moli
qonning
biokimyoviy
ko‘rsatgichlariga sezilarli ta`sir ko‘rsatdi (2-jadval). Oqsil va azot saqlovchi
birikmalar almashinuvi ko‘rsatkichlari tahlili qilinganda natriy siklamatini 30-
kun davomida kiritish umumiy oqsil miqdorini 14,5 % ga oshirdi (R<0,05).
Tajribaning 60-kuni umumiy oqsil miqdori intakt ko‘rsatkichdan 5,1 % gagina
ortiq bo‘ldi. Tajriba hayvonlariga natriy siklamatni kiritish albumin miqdorini
ham ortishiga olib keldi: tajribaning 30-kuni nazoratga nisbatan 18,7 %ga,
60-kuni esa – 16,8 % ga ortiq bo‘ldi. Tajriba boshlanishidan avval hayvonlar
qonida siydikchil miqdori 66,20 ± 0,89 mmol/l ga teng bo’lgan bo’lsa, 30 kundan
keyin 21,5 % ga, 60 kundan keyin esa 44,1 % ga ortdi (P
0,05).
2-jadval.
Natriy siklamatning biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ta‘siri (M±m)
Ko‘rsatgich
Intakt
guruhi
(n=20)
Natriy siklаmat, 10 mg/kg
30-kun (n=20)
60-kun (n=13)
Oqsil va azot saqlovchi birikmalar almashinuvi ko‘rsatkichlari
Umumiy oqsil, g/l
66,20 ± 0,89
75,8 ± 0,57*
69,6 ± 0,71*
Albumin, g/l
37,32 ± 0,68
44,3 ± 0,90^
43,6 ± 0,78^
Siydikchil, mmol/l
4,99 ± 0,13
6,06 ± 0,21^
7,19 ± 0,18**
110
Kreatinin, mkmol/l
36,66 ± 0,82
68,58 ± 1,10^
78,54 ± 2,18^
Fermentlar
ALT, U/l
55,45 ± 2,06
85,56 ± 1,47*
96,74 ± 2,36*
AST, U/l
113,4 ± 1,9
122,5 ± 1,7**
121,0 ± 6,4
Yog’ almashinuvi ko‘rsatgichlari
Xolesterin, mmol/l
1,04 ± 0,02
1,51 ± 0,09*
1,33 ± 0,07^
Triglitserid, mmol/l
0,67 ± 0,03
0,76 ± 0,04
0,93 ± 0,06**
ZPLP, mmol/l
0,22 ± 0,05
0,24 ± 0,01
0,34 ± 0,03*
ZYLP, mmol/l
0,53 ± 0,02
0,56 ± 0,02
0,99 ± 0,07^
Mineral moddalar almashinuvi ko‘rsatgichlari
Na
+
, mmol/l
143,7 ± 1,0
151,3 ± 1,36^
133,9 ± 1,9^
K
+
, mmol/l
5,08 ± 0,13
2,93 ± 0,21*
2,81 ± 0,15*
Ca
2+
, mmol/l
2,09 ± 0,01
0,86 ± 0,02^
0,79 ± 0,02^
Qonda kreatinin miqdori intakt guruhda 36,66±0,82
ga teng bo‘lib,
tajribaning 30-kunida bu ko‘rsatgich 77,7 % ga, 60-kuni esa 103,5 % ga
ortganligini ko‘rishimiz mumkin (P
0,001). Аdabiyot maʼlumotlariga ko‘ra
natriy siklomatni doimiy kiritish tajriba hayvonlarida siydik pufagi saratoni
keltirib chiqarishi mumkin [13].
Siklamatning jigar to‘qimalariga ta`siri sezilarli bo‘lib, ALT fermenti
tajribaning 30-kunida nazoratga qaraganda 59,7 %ga, 60-kunida esa 74,5%
ortganligi aniqlandi. Bu ortishlar statistik ishonchli bo‘ldi. AST fermentining
tajribaning 30-kunida 8,0 %ga ortiqligi statistik jihatdan ishonchli (R < 0,01),
60-kuni 6,7 % ga ortiqligi esa – ishonchsiz bo‘ldi (R > 0,05). Natijalarga ko‘ra,
tajriba davomida xolesterin va triglitserid miqdori tajriba boshlanishidan avval
1,04 ± 0,02 va 0,67 ± 0,03 ga teng bo‘lib, tajribaning 30-kunida tegishli holatda
45,1 va 13,9 % ga, 60 kunda esa 27,8 va 38,2 % ga ortganligini ko‘rishimiz
mumkin. Bu natijalardan natriy siklamat yog almashinuviga salbiy ta`sir
korsatishini bilishimiz mumkin. Natriy siklamatni kiritish tajribaviy hayvonlar
qonida ZPLP va ZYLP miqdoriga tajribaning 30-kunida taʼsir qilmagani holda,
tajribaning 60-kuni ZPLP va ZYLP miqdorini mos ravishda 54,5 va 86,8 %ga
ortishiga olib keldi. Bundan tashqari, natriy siklamatning surunkali iste`moli
mikroelementlar almashinuviga ta`sir korsatib, tajribaning 30-kunida Na+
111
miqdorini 5,3 %ga ortishiga, K
+
va Ca
2+
miqdorini esa tegishli ravishda 43,4 va
59 % ga kamayishiga, tajriba songida esa Na
+
, K
+
va Ca
2+
miqdorlarini mos
ravishda 6,8, 45,7 va 63,4 % ga kamayishiga sabab bo‘lishi aniqlandi.
3-jadval.
Jigar to‘qimasidagi glyukoza va glikogen miqdorining natriy
siklаmat ta`sirida o‘zgarishi (M±m)
Intakt guruh,
(n = 5)
Tajriba guruhi
(60-kun, n = 8)
Kalamush og'irligi, g
175,60 ± 2,08
222,58 ± 6,1**
Jigar og'irligi, g
6,18 ± 0,33
8,63 ± 0,3
Glyukoza, mkg/g
2,50 ± 0,03
1,37 ± 0,02^
Glikogen, mkg/g
2,25 ± 0,03
1,23 ± 0,02^
Izoh: *-P < 0,05, **-P < 0,01, ^-P < 0,001.
Shirin ta`m beruvchi modda – natriy siklamatini uzoq muddat qabul
qilinishi natijasida jigarda glikogen sintezida o‘zgarishlar yuzaga kelishi
aniqlandi.
Tajriba natijalariga ko‘ra jigar to‘qimasidagi glyukoza va glikogen miqdori
natriy siklamatni 60-kun davomida kiritish natijasida mos ravishda 41,99 va
41,83 % ga kamayganligini ko‘rishimiz mumkin (3-jadval). Sog‘lom tajriba
hayvonlarining jigar to‘qimasida to‘plangan glikogen miqdori shakar o‘rnini
bosuvchi mahsulot iste`mol qilganlariga qaraganda deyarli 2 barobar ko‘p bo‘ldi.
Surunkali kiritilgan sintetik natriy siklаmat eritmasi esa organizmda uglevod
almashinuviga ta`sir ko‘rsatib, glikogen hosil bo‘lishiga salbiy ta`sir ko‘rsatishi
aniqlandi.
Xulosa.
Tajriba so‘ngida olingan natijalar shirin ta`m beruvchi modda
natriy siklаmatining 10 mg/kg kundalik ruxsat etilgan dozasi ham, uzoq vaqt,
surunkali qabul qilinsa organizmda uglevod almashinuviga ta`sir ko‘rsatib, qonda
giperglikemiya va insulinrezistenlik holatini keltirib chiqarishi mumkinligidan
dalolat bermoqda. Siklаmat organizmda metabolik o‘zgarishga uchramaydi va
uglevodlar depolanishining buzilishiga sabab bo‘ladi. Ilmiy tadqiqot natijalari
insulinrezistentlik paydo bo‘lishi, semizlik va 2-tip qandli diabet rivojlanishining
oldini olish uchun oziq-ovqat sanoatida, salqin ichimliklar ishlab chiqarishda
shakar o‘rnini bosuvchilardan foydalanishni kamaytirish zarur ekanligini
ko‘rsatmoqda. Tajriba natijalari natriy siklаmat buyrak funksiyasiga ham ta`sir
qilishi mumkinligidan (siydikchil va kreatinin miqdori keskin ortib ketishi) darak
bermoqda. Bu o‘rinda natijalarimiz Bopp va boshqalar tomonidan natriy
siklomatni doimiy kiritish tajriba hayvonlarida siydik pufagi saratonini keltirib
chiqarishi to‘g’risidagi fikrlarini ma`lum darajada tasdiqlaydi [13].
112
Tadqiqotchilar fikricha siklаmatni doimiy kiritish natijasida tajriba hayvonlarida
yuzaga keluvchi siydik pufagi saratoni avvalambor siydik pufagi devorining
siklаmat metabolitlari bilan zararlanishi oqibati hisoblanadi. Lekin shakar o‘rnini
bosuvchilarning insulinrezistentlik rivojlanishida bevosita ta`siri borligini
aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarur.
АDABIYOTLAR RO‘YXATI.
1. Генделека Г.Ф., Генделека А.Н. Использование сахарозаменителей и
подсластителей в диетотерапии сахарного диабета и ожирения
// Международный эндокринологический журнал (Міжнародний
ендокринологічний журнал (укр.)) – 2013. – № 2 (50). – С. 34-38.
2. Влияние сахарозаменителей и подсластителей на безвредность
кондитерских изделий. Жаббарова С. // Universum: Технические науки:
электрон. научн. журн. 2019. № 2(59).
3. Effect of artificial sweeteners on insulin resistance among type-2 diabetes
mellitus patients. Kushagra Mathur, Rajat Kumar Agrawal. // J Family Med
Prim Care. 2020 Jan; 9(1): 69–71.
4. State of insulin receptors in damage to the pancreas in an experiment. Gurina
A.E., Mikaelian N.P., Terentev A.A. // The journal of scientific articles
“Health & education millennium”, 2014, volume 16, no. 3. P. 22-23.
5. Insulin signaling in type 2 diabetes-experimental and modeling analyses
reveal mechanisms of insulin resistance in human adipocytes. Cecilia
Brännmark, Elin Nyman, Siri Fagerholm // J Biol Chem. 2013 Apr 5; 288(14):
9867–9880.
6. Sweetened beverage intake and risk of latent autoimmune diabetes in adults
(LADA) and type 2 diabetes. - Löfvenborg J.E., Andersson T., Carlsson P.O.,
Dorkhan M., Groop L., Martinell M., et al // Eur J Endocrinol. 2016; 175:
605–14.
7. Toxicological aspects of cyclamate and cyclohexylamine. Crit Rev Toxicol.
Bopp B.A., Sonders R.C., Kesterson J.W. // Crit Rev Toxicol 16: 213–306.
8. Revised opinion of the Scientific Committee on Food on cyclamic acid and
its sodium and calcium salts – (SCF) Scientific Committee on Food (2000) //
http://ec.europa.eu/food/fs/sc/scf/out53_en.pdf. Accessed 5 May 2000
9. Васильева С.В., Карпенко Л.Ю., Душенина О.А. Поиск оптимальных
способов забора крови у лабораторных крыс в условиях хронического
опыта. Генетика и разведение животных. 2022; (4): 56-60.
https://doi.org/10.31043/2410-2733-2022-4-56-60
10. Matthews D.R., Hosker J.P., Rudenski A.S., Naylor B.A., Treacher D.F.,
Turner R.C. Homeostasis model assessment: insulin resistance and beta-cell
function from fasting plasma glucose and insulin concentrations in man.
Diabetologia. 1985 Jul;28(7):412-9. doi: 10.1007/BF00280883. PMID:
3899825.
113
11. Duncan M.H., Singh B.M., Wise P.H., Carter G., Alaghband-Zadeh J. A
simple measure of insulin resistance. Lancet. 1995 Jul 8;346 (8967):120-1.
doi: 10.1016/s0140-6736(95)92143-5. PMID: 7603193.
12. Практикум по биохимии: Учеб. пособие/Под ред. С.Е. Северина, Г.А.
Соловьевой. Изд. МГУ, 1989. – 23-24 c.
13. Toxicological aspects of cyclamate and cyclohexylamine. Crit Rev Toxicol.
Bopp B.A., Sonders R.C., Kesterson J.W. // Crit Rev Toxicol 16: 213–306.
РЕЗЮМЕ
СОСТОЯНИЕ УГЛЕВОДНОГО ОБМЕНА В ОРГАНИЗМЕ ПРИ
ДЛИТЕЛЬНОМ ПРИМЕНЕНИИ ЦИКЛАМАТА НАТРИЯ.
Хабибуллаев Санжарбек Миродилла угли
1
,*
Юлдашев Насирджан Мухамеджанович
1
,
Мамазулунов Нурмухаммад Хусанбой угли
2
1
Ташкентский педиатрический медицинский институт, Ташкент,
2
Андижанский государственный университет, Андижан, Республика
Узбекистан
sanjarbekxabibullayev@gmail.com
Ключевые слова:
цикламат натрия, инсулинорезистентность,
гипергликемия, гликированный гемоглобин, биохимические показатели
крови.
Целью исследования явилась оценка влияния длительного введения
подсластителя цикламата натрия на углеводный обмен в организме крыс.
Цикламат натрия вводили крысам перорально в дозе 10 мг/кг массы тела
ежедневно в течении 60 дней. Для изучения биохимических показателей в
крови у животных кровь брали до начала введения цикламат (контрольная
группа), на 30-е и 60-дни эксперимента. На 60-день животных забивали и
определяли содержание глюкозы и гликогена в печени. Выявлено, что
длительное введение цикламата натрия приводит к существенным
изменениям в обменных процессах организма. Уже начиная с 30-х суток
наблюдается существенная гипергликемия и гиперинсулинемия. У
животных
при
длительном
приеме
цикламата
развивается
инсулинорезистентность. Введение цикламата приводит к существенным
сдвигам в биохимических показателях крови. Полученные данные
позволяют рекомендовать либо ограничить применение цикламата натрия
в пищевой промышленности, либо заменить его другими натуральными
заменителями сахара.
114