____________________________
Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar
____________________________
199
_______________________
_______________________
HUSAYN VOIZ KOSHIFIYNING “BADOYE’ UL-AFKOR” ASARI TADQIQI
ИССЛЕДОВАНИЕ ПРОИЗВЕДЕНИЯ ХУСЕЙНА ВАЙЗА КАШИФИ "БАДОЙЕ
УЛ-АФКОР"
RESEARCH OF HUSSEIN WAIZ KASHIFI'S WORK "BADOYE UL-AFKOR"
O.J.Hamroyeva- filologiya fanlari bo
‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent,
Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent DO‘TAU
Аnnotatsiya:
Husayn Voiz Koshifiyning “Badoye’ ul-afkor” asari poetika ilmiy nazariy
asoslari keltirilgan muhim manbalardan biridir. Maqolada “Badoye’ ul-afkor”ning tarkibiy
qismi va qilmi qofiyaga oid ilmiy-nazariy fikrlar tadqiq etiladi.
Kalit soʼzlar:
Poetika, risola, ilmi segona (Ilmlar uchligi), qofiya, hurufi qofiya (qofiya
harflari), qofiya turlari
Аннотация:
«Бадое ул-афкор» Хусейна Ваиза Кашифи - один из самых важных
источников по теоретическим основам поэзии. В статье рассматриваются научно-
теоретические взгляды на состав и рифму «Бадое ул-афкор».
Ключевые слова:
Поэтика, памфлет, илми сегона (Троица наук), рифмовка,
рифмующиеся буквы, виды рифмовки.
Annotation:
Hussein Vaiz Kashifi's
“Badoye ul-аfkor” is one of the most important
sources on the theoretical foundations of poetry. The article examines the scientific and
theoretical views on the composition and rhyme of
“Badoye ul-аfkor”.
Keywords:
Poetics, pamphlet, ilmi segona (Trinity of Sciences), rhyme, letter rhyme
(rhyming letters), types of rhyme
Mumtoz poetika ilmi nazariyasiga
bag
‘ishlangan muhim manbalardan biri
Husayn Voiz Koshifiyning “Badoye’ ul-afkor
fi sanoeʼ ul-ashʼor” asaridir. Koshifiyning
ushbu asari mumtoz poetikaning tarkibiy
qismlaridan biri ilmi badiʼ tadqiqiga
bag
‘ishlangan. Ilmi badiʼning aruz va qofiya
bilan o
‘zaro bog‘liq jihatlariga alohida eʼtibor
qaratilgan ushbu asar fors adabiyotining
muhim manbalaridan biridir. Husayn Voiz
Koshifiy o
‘zigacha yaratilgan arabiy va forsiy
tildagi risolalar va ilmiy manbalar bilan
chuqur tanishgan holda ushbu asarini
yaratigan. XV asr Xurosondagi ilmiy muhit
bu asarning yuzaga kelishiga zamin yaratib
berdi. Mumtoz poetika ilmining bilimdoni
Аbdurahmon Jomiyning poetika ilmi tarkibiy
qismlaridan bo
‘lmish aruz hamda qofiyaga
oid “Risolai qofiya” va “Risolai aruz”
asarlarining yaratishi, bu davr ilmiy muhiti
yuqori pog
‘onada ekanligidan dalolat beradi.
Аlisher Navoiyning aruz vazni nazariyasiga
bag
‘ishlangan “Mezon ul-avzon” asari esa
turkiy tildagi ilmi aruz bag
‘ishlangan muhim
manbalardan
biridir.
Husayn
Voiz
Koshifiyning “Badoyeʼ ul-afkor fi sanoyeʼ ul-
ashʼor” asari ham shu davrda yaratilgan
muhim manbalardan biri bo
‘lib, muallif asar
so
‘zboshisida o‘z risolasini Hirot shohi
Sulton
Husaynga
taqdim
qilganini
taʼkidlaydi.
Sulton
Husaynni
adolatli
hukmdor sifatida taʼriflab, “Badoyeʼ ul-afkor fi
sanoyeʼ ul-ashʼor” uning eʼtibori bilan
yaratilganini maʼlum qiladi.
Mumtoz poetika ilmiga bag
‘ishlangan
ushbu
asarda mumtoz sheʼr nazariyasi
borasida bahs yuritiladi. Аdabiy tur va
janrlar, ularning oʼziga xos xususiyati, badiiy
sanʼatlar tavsifi asar mohiyatini belgilab
bergan. Аsar 1488-1489-yillar oralig‘ida
yaratilgan. “Badoye’ ul-afkor”ning matni olim
R.Musulmonqulov tomonidan Moskvada
eʼlon qilingan. Ushbu nashrga asarning
faksimel nusxasi ham ilova qilingan.
Keyinchalik sharq mumtoz poetikasiga oid
tadqiqoti uchun ushbu asarni alohida tadqiq
etgan. Olimning “Persidsko-tadjikskaya
klassicheskaya poetika” asarida “ilmi
segona” tarkibiga kiruvchi aruz, qofiya va ilmi
badeʼga oid X-XV asrlarga oid manbalar
tadqiqot obyektiga aylantirilgan.
Husayn
Voiz
Koshifiy
asar
so
‘zboshisida ushbu asar mumtoz sheʼr ilmi,
nazariyasi, janrlar, sheʼr qismlari, badiiy
____________________________
Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar
____________________________
200
_______________________
_______________________
sanʼatlar, qofiya ilmi haqidagi asar
ekanligiga urg
‘u berib ketadi. Koshifiy
sheʼrshunoslikda bu ilmning o‘rni katta
ekanligini alohida taʼkidlab, qofiya ilmi,
unsurlar,
harakatlar
qofiya
tizimining
mukammal boʼlishiga zamin yaratishini
alohida
taʼkidlaydi.
Koshifiy
risolani
yaratishda oʼzigacha yaratilgan barcha ilmiy
manbalar bilan tanish bo
‘lgan. Ularning
uslubini davom ettirgan holda “Badoye’ ul-
afkor” asarini yaratgan. Garchi asarda
ularning nomlari keltirilmagan bo
‘lsa-da,
sanʼatlar
ketma-ketligi,
namunalar
Koshifiyning
mumtoz
poetika
ilmiga
bagʼishlangan forsiy manbalar bilan tanish
bo
‘lganligini koʼrsatadi.
“Badoye’ ul-afkor” asari muqaddima,
ikki bob va xotima qismdan iborat bo
‘lib,
boblar maʼlum tartib asosida sheʼr qismlari,
janrlari, badiiy sanʼatlar haqida maʼlumot
beradi. Muqaddima 4 fasldan tarkib topgan.
Koshifiy fasllarni taqdim qilishda o
‘ziga xos
uslubga tayangan: har fasl soʼngida maxsus
ikki qismli “Nukta” va “Foyda” sarlavhasi
ostida izoh qismni taqdim etgan. Dastlabki
fasl “Sheʼr taʼrifi” haqida bo‘lib, sheʼrning
o
‘ziga xos xususiyatlari, yozilish tartibi
xususida batafsil maʼlumot beriladi. Ikkinchi
fasl “Sheʼr naʼvlari” xususida boʼlib, Koshifiy
umumiy xususiyatga ega boʼlgan sheʼr
shakllarini bir nom ostida birlashtiradi.
Uchinchi faslda “Dar bayoni aqsomi sheʼr”
sarlavhasi bilan qofiya va shakl jihatidan bir
umumiy xususiyatga ega sheʼr shakllari
haqida maʼlumot beriladi.
Husayn
Voiz
Koshifiy
asarning
Xotima qismida qofiyaga oid ilmiy-nazariy
qarashlarni taqdim etadi. Bu qismda g
‘azal
va qasi
da janriga oid sheʼriy asarlar to‘liq
shaklda keltirilgan bo
‘lib, baʼzi oʼrinlarda
qasida va g
‘azal baytlari bilan tanishtirish
asnosida qofiya harflari, harakatlari va qofiya
ayblari
xususida
maʼlumot
keltiriladi.
Keltirilgan bu
maʼlumotlarning aksariyati
baytlar misolida tushuntiriladi. Koshifiy
“Yakunlovchi qismning xulosalari” sarlavhasi
ostida dastlab bir raqami ostida VII asrning
mashhur notiqi Imom Hiraviydan qasida
keltiriladi.
Ayo zi bahri tafohur myxadaroti
sepehr,
Hamisha dar harami hurmate tu,
karda sujud!
Sabab vujud tu bud, ar na charh
vorunkor
Nayofaridi xud Vojib-al vujud, vujud.
Undan
so
‘ng qofiya harakatlari
nomlarining barchasi aks etgan, mumtoz
qofiyaga oid fors tilidagi risolalarning deyarli
barchasida keltirilgan bayt taqdim qilinadi.
Rass-u ishbo-u, hazv-u tavjih ast;
Boz majro-yu bad azust nafoz.
Maʼlumki, qofiya ilmi nazariyasiga
ko
‘ra qofiya harakatlari ( oltita)sifatida rass,
ishboʼ, hazv, tavjih, majro, nafoz keltiriladi.
Ularning har biri qofiya harflari bilan yonma-
yon joylashadi. “Badoye’ ul-afkor”da bu
harakatlar
haqida,
ularning
o
‘rni va
joylashuvi borasida batafsil maʼlumot
keltirilmaydi. Аsarning keyingi qismlarida
g
‘azal, qasida, qitʼa, ruboiy janriga oid sheʼriy
parchalar to
‘liq holatda taqdim qilinadi. Bu
sheʼriy asarning aksariyati Kamol Xo‘jandiy
qalamiga
mansub
bo
‘lib,
Koshifiy
Kamoliddin Xoʼjandiyning badiiy jihatdan
mukammal g
‘azal va qasidalarini tanlab
olgan. Keyingi qismlarda qofiya ayblari
keltiriladi. Аyni oʼrinda Husayn Voiz Koshifiy
bu sohaning
еtuk mutaxassisi sifatida qofiya
harf va harakatlardagi ayblarni (ixtiloflar)
arab va fors tili sheʼriyati asosida alohida
izohlagan.
Olim
o
‘zigacha
yaratilgan
risolalardagi nazariy maʼlumotlarni qiyosiy
oʼrgangan. Qofiyadagi ixtiloflar xususida
to
‘xtalganda, arab va fors adabiyotidagi
farqli jihatlarni ko
‘rsatadi. Qofiya nazariyasi
oid fors tilidagi muhim manbalardan biri
Shamsiddin Qays Roziyning “Аl-moʼjam”
asariga murojaat qiladi. “Badoye’ ul-
afkor”dagi nazariy qarashlarning tamal toshi
sif
atida
“Аl-moʼjam”dagi
maʼlumotlarga
tayanadi.
Arab she’rlarida esa majro o‘rtasidagi
farq iqvo deyiladi. Fors sheriyatida majro
o
‘rtasidagi tafovut ko‘proq uchraydi. Iqvo
mohiyatan ipning burilishidir. Va hable
muqavviy (kuchaytiruvchi ip) deb shunday
arqonga aytadilarki, uning burilishi sust va
zaif boladi; hazv yo tavjih harakatidagi farqli
holat qofiyada kelganda, unga iqvo deyiladi.
Koshifiy qofiya ayblarini amaliy jihatdan
baytlar misolida tushuntiradi.
____________________________
Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar
____________________________
201
_______________________
_______________________
Az gussai hijroni tu dil pur doram;
Payvsta, az on dida ba xun tar doram.
Baytdagi “doram” soʼzi radif, “pur - tar”
soʼzlari o‘zaro qofiyadosh soʼzlar sanaladi.
Qofiyadosh so
‘zlar tarkibidagi “r” undoshi
raviy sanalsa, raviydan oldingi harakat hazv
sanaladi. Eʼtibor qilinsa, raviydan oldingi
tovushlar turlicha. Bu holat qofiya ilmida
kamchilik
– ayb sifatida eʼtirof etilib, iqvo
nomi bilan yuritiladi.
Koshifiy “Badoye’ ul-afkor” asarida
arab va fors sheʼriyatidagi mumtoz qofiyaga
bo
‘lgan munosabatlardagi farqli jihatlarni
ham koʼrsatib o‘tadi. Xususan, qofiya
ayblaridan biri sinod haqida maʼlumot berish
chogʼida ayni holat koʼzga tashlanadi. Sinod
arab sheriyatida hazv va ta
’sisning ixtiloflidir.
Fors she
’riyatida esa ridfning ixtiloflidir.
Kuni noxush, ba mo bar zindagoniy,
Agar az mo dame duri guziniy.
Baytdagi qofiyadosh so
‘zlarga eʼtibor
berilsa, raviy sifatida n tovushi olinsa,
raviydan oldin joylashgan “i - o” unlilari -
cho
‘ziq unli ridf sanaladi. Koshifiy ayni
baytdagi
ridfdagi
ixtilof
sifatida
fors
sheʼriyatidan namuna keltiradi. Va qofiya
ayblari o
‘rtasida sinodning (ridflar o‘rtasidagi
ixtilof) bo
‘lishi xunuk ekanligi ta’kidlaydi.
Chunki qofiya ayblarining aksariyatida qofiya
harakatlari ixtilofga uchrasa, sinodda qofiya
harfi ixtilofga uchraydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,
Husayn Voiz Koshifiyning “Badoye’ ul-afkor”
asari mumtoz poetika ilmiga bag
‘ishlangan
muhim
manbalardan
biridir.
Risola
tarkibidagi ilmi qofiyaga oid ilmiy-nazariy
fikrlar mumtoz matnni to
‘g‘ri sharhlash va
tushunishda muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Аbdurahmon Jomiy. Risolai qofiyai Mulla Jomiy. Kalkutta, 1867.
2. Voxid Tabrizi. Djam i muxtasar. Kriticheskiy tekst, per. I primech. А. Ye Bertelьsa. – M.: Nauka, 1959.
1.
Kamal ad-din Xusayn Va-iz Kashifi. Badai-al-afka- fi san-i al-
ashʼar (Novыe mыsli o poeticheskom
iskusstve) Izdanie teksta, predislovie, primecha
niya i ukazateli R.Musulьmankulova. – M.: Nauka, 1977.
Koshifӣ Kamoluddin Husayn Voizi Sabzavorӣ. Badoeʼu-l-afkor fӣ sanoeʼi-lashʼor. Virosta va guzordai
Mirҷaloluddini Kazzozӣ.-Tehron: Nashri markaz. 1369.– 387 s.
3. Shamsi Qaysi Roziy. Аl-Muʼjam fi maʼoyiri ashʼoru-l-ajam. - Dushanbe: Аdib, 1991. - Sah. 161.
4. Shayx Аhmad Taroziy. Fununu-l-balog‘a. - T.: Xazina, 1996.
AHMAD TABIBIY “MUNISU-L-USHSHOQ” DEVONINING QO‘LYOZMA
NUSXASI HAQIDA
О РУКОПИСИ ДИВАНА АХМАДА ТАБИБИ «МУНИСУ-Л-УШШАК»
ABOUT THE MANUSCRIPT OF AHMAD TABIBI'S "MUNISU-L-USHSHAQ"
DIVAN
Ш.Н.Амонов- ТГУУЯЛ имени Алишера Навои
Аннотация:
Есть две рукописи «Мунису-л-ушшак» Ахмада Табиби. В данной
статье представлена информatsiя об экземпляре этого девана, который хранится под
номером 6226.
Ключевые слова:
Ахмад Табиби, рукопись, девон, «Мунису-л-ушшак», фонд,
поэт, поэма, источник, текст
Annotation:
There are two manuscripts of Ahmad Tabibi's "Munisu-l-ushshaq". This
article provides information about the copy of this divan, which is stored under number 6226.
Keywords:
Ahmad Tabibi, manuscript, diva
n, “Munisu-l-ushshaq”, fund, poet, poem,
source, text.