Mumtoz qofiyа ayblari (nuqson) nazariyаsiga oid qarashlarning qiyоsiy tadqiqi

Annotasiya

Arab va ajam shoirlari qofiya harakatlari va harflaridagi non 'xshashliklarni qofiya ayblari sifatida keltirishadi. Odatda qofiya ayblari (nuqsonlari) qofiya harakat/ahning о 'zgarishi hilan bog ‘liq bo ‘ladi. Kamdan kam holatda qofiya harflardagi ixtiloflar qofiya ayblari sifatida keltiriladi. Chunki shoirlar qofiya harflarining ixtilqfini juda katta kamchilik sifatida baholashgan. Shuning uchun ham odatda qofiya harflarida har xillik uchramaydi. Maqolada poetikaga oid arabiy, forsiy va turkiy risolalardagi qofiya ayblariga oid ilmiy-nazariy qarashlar qiyoslanadi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2020
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
420-425
57

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Arab va ajam shoirlari qofiya harakatlari va harflaridagi non 'xshashliklarni qofiya ayblari sifatida keltirishadi. Odatda qofiya ayblari (nuqsonlari) qofiya harakat/ahning о 'zgarishi hilan bog ‘liq bo ‘ladi. Kamdan kam holatda qofiya harflardagi ixtiloflar qofiya ayblari sifatida keltiriladi. Chunki shoirlar qofiya harflarining ixtilqfini juda katta kamchilik sifatida baholashgan. Shuning uchun ham odatda qofiya harflarida har xillik uchramaydi. Maqolada poetikaga oid arabiy, forsiy va turkiy risolalardagi qofiya ayblariga oid ilmiy-nazariy qarashlar qiyoslanadi.


background image


“JAHON ADABIYOTI VA QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI”

XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

2024-YIL 7-8-MAY

420

MUMTOZ QOFIYА AYBLARI (NUQSON) NAZARIYАSIGA OID

QARASHLARNING QIYОSIY TADQIQI

Orzigul HAMROYEVA Jalolovna

ToshDO‘TAU, dotsent, filologiya fanlari doktori

arguvon87@mail.ru

Annotatsiya.

Arab va ajam shoirlari qofiya harakatlari va harflaridagi noo‘xshashliklarni

qofiya ayblari sifatida keltirishadi. Odatda qofiya ayblari (nuqsonlari) qofiya harakatlarining
o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Kamdan kam holatda qofiya harflardagi ixtiloflar qofiya ayblari
sifatida keltiriladi. Chunki shoirlar qofiya harflarining ixtilofini juda katta kamchilik sifatida
baholashgan. Shuning uchun ham odatda qofiya harflarida har xillik uchramaydi. Maqolada
poetikaga oid arabiy, forsiy va turkiy risolalardagi qofiya ayblariga oid ilmiy-nazariy qarashlar
qiyoslanadi.

Kalit so‘zlar:

qofiya harflari, qofiya harakatlari, risola, iyto, sinod, ikfo, iqvo.

Abstract.

Arabic and novice poets cite inconsistencies in rhyming movements and letters

as rhyme faults. Usually, rhyming faults (defects) are associated with changes in rhyming
movements. In rare cases, discrepancies in rhyming letters are cited as rhyming faults. Because
poets considered the difference of rhyming letters as a very big drawback. Therefore, there is
usually no variation in rhyming letters. The article compares scientific-theoretical views on rhyme
errors in Arabic, Persian and Turkish treatises on poetics.

Key words:

rhyming letters, rhyming movements, risola, iyto, synod, ikfo, iqvo

.

Mumtoz qofiyaga oid arabiy, forsiy, turkiy risolalarda qofiya ayblari maxsus “bo‘lim”,

“fasl”, “harf”larda izohlangan. Abu Abdulloh Xorazmiy “She’riy nuqsonlar”, Shamsiddin Qays
Roziy “She’riy nutqda qofiyadagi nuqsonlar haqida”, Nosiriddin Tusiy “Dar uyubi qavofiya”,
“Dar uyubi qavofi porsi”, Jomiy “Fasl” Faxri Isfahoniy “Qofiya ayblari” Atoulloh Husayniy
“Risolai qofiya” asarining 7-qismi (7-harf)ni qofiya ayblari tadqiqiga bag‘ishlasa, “Funun ul-
balog‘a” va “Badoe ul-afkor” risolalarida qofiya harakatlari tarkibidagi kamchiliklar sifatida
qofiya nuqsonlari izohi beriladi. Risolalarning aksariyatida qofiyaning 4 nuqsoni ta’rifi keltiriladi:
iqvo, ikfo, sinod, iyto.

Shamsiddin Qays Roziy, Nosiriddin Tusiy, Faxri Isfahoniy qofiyaning to‘rt nuqsoniga

qo‘shimcha tarzda uch qofiya nuqsonini izohlaydi: munoqaza, tazmin, taxli’.

Aslida qofiya aybi sifatida keltirilgan munoqaza, tazmin, taxli’ qofiyadan ko‘ra ko‘proq

she’riy janrlar bilan bog‘liq kamchiliklar sanaladi [5: 190].

Iqvo. “

Iqvo” so‘zining ma’nosi manbalarda turlicha izohlanadi. Bu so‘z arab tilida

اوقا

“o‘ralgan arqonni yechish”, “arqonni teskari tomonga buralishi” [9: 160], “ipni qayta berish” [8:
73] ma’nolarida ishlatiladi. “Iqvo” so‘zi leksik jihatdan “tugagan zahira” ma’nosini ham bildiradi
[2: 34]. Lug‘atlarda “xoli qilmoq”, “tark qilmoq” ma’nosida ham keladi. B.Sirus uni aqvo deb
ataydi [7: 56]. Risolalarda hazv va tavjihning noo‘xshashligi iqvo sifatida keltiriladi. Qiyosiy
tadqiqqa tortgan manbalarning aksariyatida hazv (

ridf va qayddan oldingi harakat

– O.H.)harakati

izohida quyidagi baytdagi qofiyadosh so‘zlar namuna sifatida keltiriladi:

Har vazir va muftiy va shoir ki u Tusiy bud.
Jo‘n Nizomulmulk va G‘azzoliy va Firdavsiy bud.


background image


“JAHON ADABIYOTI VA QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI”

XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

2024-YIL 7-8-MAY

421

Baytdagi qofiyadosh so‘zlar

یسوط

یسودرف

Tusiy

so‘zidagi “zamma” (u unlisi)

Firdavsiy

so‘zidagi “vov”dan oldingi “fatha” (a unlisi) bu holatni yuzaga keltirgan.

Az g‘usa hijron tu dil bur doram,
Payvasta az on diyda ba xun tar doram [5: 148].
Baytda qofiyadosh so‘zlar sifatida taqdim qilingan

bur (

رب

)

va

tar (

رت

) so‘zlaridagi raviydan

oldingi harakat, ya’ni tavjihning turli harakatlar bilan ifodalanishi qofiya aybi sifatida iqvo
sanaladi.

Arab shoirlari majro, raviy harakatidagi noo‘xshashlikni ham iqvo nomi bilan atashgan

(“Al-mo‘jam”, “Me’yor ul-jamoli”, “Badoe ul-afkor” – O.H). Biroq fors shoirlari raviydan keyingi
harakatdagi turlichalikni juda katta kamchilik sifatida baholab, bunday so‘zlarni o‘zaro qofiyadosh
so‘z sifatida keltirish noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlashgan. Chunki raviydan keyingi harf va
harakatlarning takrori muhim sanaladi.

Abu Abdulloh Xorazmiy iqvo sifatida

munzilu – manzili

qofiyadosh so‘zlarni keltiradi.

Qofiyadosh so‘zlarga izoh chog‘ida “alif”, “vov”, “yo”lar o‘rtasidagi ixtilof juda og‘ir ekanligini
aytib, iqvodan ko‘ra nuqsoni ko‘proq ekanligini ta’kidlab, “isrofdir” deb ta’rif beradi.

Nosiriddin Tusiy “Dar uyubi qavofiya”, “Dar uyubi qavofi porsi” sarlavhalari ostida qofiya

ixtiloflarini tushuntirar ekan, ularning ilmiy atama sifatidagi nomlarini keltirmaydi. “Qofiya
ayblaridan biri”, “ikkinchisi” so‘zlari orqali ularning xususiyatlarini ochib beradi. Fors shoirlari
qofiya ayblari orasida to‘rt qofiya nuqsoni ustida bahs yuritadilar. Tusiy ularning dastlabkisi
sifatida ridf bilan bog‘liq aybni keltiradi [6: 127]. Ridf bilan bog‘liq nuqsonning ikki turini
farqlaydi. 1. Hazvning ixtilofi:

mard – durd – vird

qofiyadosh so‘zlardagi “fatha” (a unlisi),

“zamma” (u unlisi), “kasra” (i unlisi)ning o‘zaro nomuvofiqligi fors shoirlari tomonidan qofiya
aybi sifatida keltiriladi. Yoki mutlaq qofiya sifatida keladigan

dasta – rusta – basta

so‘zlaridagi

harakatlar ham iqvo sanaladi. 2. Ridf va maxrajdagi harfdagi nuqson:

zohirtar – kabehtar

so‘zlaridagi ridf va “re” va “ho”dagi turlichalik qofiya aybi sifatida ko‘rsatiladi. Biroq bu kabi
holatlar kamdan kam uchraydi.

Dur – sho‘r; shir – she’r

so‘zlarini harakatlardagi ixtiloflar fors

shoirlari she’rlarida ko‘p uchraydi. Tusiy ikkinchi turdagi qofiya ayblarini to‘rt turga bo‘lgan holda
taqdim qiladi. Ularning birinchisi sifatida tavjihdagi ixtilofni keltiradi.

Axtar – unsur – shoir

so‘zlari o‘zaro qofiyadosh so‘zlardagi harakatlarning ixtilofi qofiya aybini yuzaga keltirgan. Olim
“re” – raviy mutharrik bo‘lsa, bu so‘zlardagi raviydan oldingi “fatha”, “kasra”, “zamma” tavjih
bo‘la olmasligini, bu so‘zlar qofiyada “murtafe’ - murtad” bo‘lishini, qofiyadosh so‘z sifatida
olinmasligini aytadi.

Ahmad Taroziy hazv harakati izohida uning ixtilofi iqvo deb nomlanishini aytadi. “Ul

ridfning moqablining harakatidir, netokkim,

tus

va

kus

yo

zayn

va

dayn

. Va muning ixtilofin iqvo

o‘qurlar” [10:73]. Arab shoirlari hazv harakatining ixtilofini ayb sifatida qabul qilmaganliklarini,
ajam shoirlarida esa bu ayb – nuqson ekanligini aytadi. Olimlarning ridfdagi “vov” harfining
ixtilofini qabul qilganliklarini ta’kidlab, Mavlono Asadiyning

Tusiy - Firdavsiy

so‘zlari qofiyadosh

so‘zlar sifatida keltirilgan baytini keltiradi. Biroq Ahmad Taroziy tavjihning ixtilofini ijoza deb
nomlaydi.

Jomiy ham iqvo hazv va tavjihning ixtilofi ekanligini aytib,

dur – davr, jast –just, pur –

bar

qofiyadosh so‘zlar misolida tushuntiradi.

Atoulloh Husayniy iqvoning ikki shaklini taqdim qiladi [2:59]:
1.

Qofiyadosh so‘zlardagi hazvlarning turli harakatlar bilan ifodalanishi:

dod – did

(

داد

-

دید

);


background image


“JAHON ADABIYOTI VA QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI”

XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

2024-YIL 7-8-MAY

422

2.

Qofiyadosh so‘zlarning birida hazvning ishtirok etishi, ikkinchisida ishtirok etmasligi:

dud – davr (

رود - رود

).

Ikfo.

“Ikfo” so‘zi lug‘atda “xohlagan narsasidan yuz burish”, “teskari qilmoq” degan

ma’noni anglatadi. Ikfo arab va ajam shoirlari tomonidan qofiyadagi asosiy nuqsonlardan biri
sifatida qubul qilingan. Ikfo raviydagi noo‘xshashlik asosida yuzaga chiqadi. Bu so‘zning lug‘aviy
ma’nosi ham shunga ishora qiladi.

Qofiya ohangdorligini ta’minlovchi asosiy unsur raviy sanaladi.

Demak, raviydagi ixtilof qofiya ilmida jiddiy nuqson sifatida qaraladi.

Abu Abdulloh Xorazmiy

ikfoni noaniq qofiya sifatida ta’riflaydi. Ikfo talaffuziga ko‘ra yaqin harflarning har xilligi
ekanligini ta’kidlaydi. Xorazmiyda ikfo qofiya ayblari orasida eng oxirgisi sifatida izohlanadi. Ikfo
nazariyasi Xorazmiyga qadar yashab ijod etgan arab filologlari asarlarida ham uchraydi: Atama
Yunus ibn Habib, Abu Amr ibn A’la (VIII asr) va Xalil ibn Ahmad, Ibn Mo‘tazzning ustozlari
Mufaddal (XIII asr) va Mubarrad (IX asr).

Ro‘ bajon or andarin kor ehtiyot,
Zongi juz bar tu nadoram e’timod

.

.

Baytda keltirilgan

ehtiyot – e’timod

qofiyadosh so‘zlardagi “to” va “dol” harflari raviy

sanaladi. Raviyda ixtiloflar bo‘lsa-da, o‘zaro o‘xshash tovushlar (hurufi mutaqorib) qofiya
ohangdorligini ta’minlagan.

Gufti ki: bo muxolif tu ziyn sibas maro,
Nabud behij holi beamre tu hadis.
Rafti-yu roz gufti bo dushmanoni man,
V-on kas, ki go‘shdori tu bud on hama shanid.[3: 103; 5: 160]
Baytda

hadis – shanid

so‘zlari o‘zaro qofiyadosh so‘zlar sifatida keltirilgan, “se” va “zol”

harflari raviy sifatida olingan. E’tibor berilsa, qofiyadosh so‘zlarda ohangdorlik sezilmaydi.
Raviydagi ikki noo‘xshash harflarning raviy sifatida kelishi qofiya sifatida olinmasligi kerak.
Bunday nazm shaklini she’r sifatida baholash to‘g‘ri emas. Qays Roziy “nun” va “jim” yoki “bo”
va “dol” ning qofiyadosh so‘z tarkibida raviyga olinishi to‘g‘ri emasligini ta’kidlaydi.

Nosiriddin Tusiy ham ikfo raviyning ixtilofi ekanligini qisqa qilib tushuntirib beradi.
Jomiy ham bu kabi ixtilofda talaffuzda yaqinlik sezilishi kerakligini alohida ta’kidlaydi.

Arab va ajam harflarini bir qofiyada jam’ qilish “bag‘oyat nomaqbul ish ekanligi”ga ishora qiladi.
Rak –sag, chap – tarab, kaj – gaz, pocha – xoja so‘zlaridagi arab va jam harflarini raviy sifatida
keltirish noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlaydi.

Atoulloh Husayniyning ikfo haqidagi qarashlari Qays Roziy va Jomiy fikrlari bilan

o‘xshash. Husayniyning fikriga ko‘ra qofiya ayblari orasida ikfo she’riyatda ko‘p uchraydi. Saboh
– sipoh (

حابص

-

هاپس

)qofiyadosh so‘zlaridagi raviyning turli harflar bilan ifodalanishi qo‘pol

xatolardan biri sanaladi. Bu holat, ayniqsa, shoirlarning arabcha va forscha so‘zlarni qofiyadosh
sifatida keltirilganida ko‘zga tashlanadi:

tarab – chap, saracha – xoja, kaj – kaz, sag – shak

. Bu

qofiyadosh so‘zlar Jomiyning “Risolai qofiya” asarida ham keltirilgan. Qofiyaning asosini
ta’minlab beruvchi asosiy unsur – harf raviy sanaladi. Shuning uchun ham raviydagi ixtilof
qofiyada kechirilmas ayb sanaladi. Shamsiddin Qays Roziy va Atoulloh Husayniy qofiyadagi bu
xususiyatni muhim sanaganliklari bois ham ikfo qofiyadagi muhim nuqsonlardan biri ekanligini,
bunday so‘zlar qofiyadosh bo‘la olmasligini ta’kidlaydilar.

Sinod.

“Sinod” so‘zi “farqlanish” degan ma’noni bildiradi. Ba’zi manbalarda bu so‘z

“do‘stona bo‘lmaslik”

[5: 109], “ishonch bildirish”, “qo‘lga olish” ma’nolarida ham kelishi

aytiladi. Shams Qays Roziy bu so‘zning ma’nosini “ixtilof” deb ataydi. Sinod ridfning ixtilofiga
nisbatan ishlatiladi.

Zamon – zamin

so‘zlaridagi “alif” va “yo” harfi rifd sanaladi. Yoki

zindagone


background image


“JAHON ADABIYOTI VA QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI”

XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

2024-YIL 7-8-MAY

423

– guzine

so‘zlarida ham “alif” va “yo” harfi rifddir. Abu Abdulloh Xorazmiy sinodni “noto‘liq”

qofiya sifatida keltiradi. Qudama ibn Ja’farning fikricha, sinod bu ikki qofiya shakllarining
o‘zgarishidir [4:360-373].

Arab she’rlarida hazv va ta’sis harakatidagi noo‘xshashlik sinod sifatida keltiriladi. Fors

she’riyatida esa sinod ridfning ixtilofi ekanligi aytiladi.

Kuni noxush ba mo bar zindagone,
Agar az mo dami duri guzine.

Zindagoniy – guzine

so‘zidagi “alif” va “yo” harflari ridf bo‘lib, ulardagi noo‘xshashlik

sinodni yuzaga keltirgan.

Ahmad Taroziy arab shuarosi oldida ridfning o‘zgarishi “ravo” ekanligini, ajam shoirlari

esa bunga ayb sifatida qarashlarini ta’kidlaydi:

ud – id

. Arab shoirlar qofiyadosh so‘zlar tarkibida

ridf sifatida “vov” va “yo”ning kelishini joiz deb bilganlar. Shuning uchun ham bu kabi
qofiyalanish tarzi arab she’rlarida juda ko‘p uchraydi.

Atoulloh Husayniy sinod ridfning ixtilofi ekanligini ta’kidlab,

dod – dud – did

qofiyadosh

so‘zlari misolida tushuntiradi.

Iyto.

“Iyto” so‘zi lug‘atlarda “suvoriy bo‘lmoq” ma’nosida keladi. R.Musulmankulov

iytoni “oyoqosti qilish” ma’nosida ishlatadi [5:110]. Mumtoz qofiya ilmida iyto bir qofiyani ikki
marta qo‘llash asosiga quriladi. Arab va ajam shoirlari qofiyani qayta qo‘llanishini qofiya aybi
sifatida baholashgan. Bu o‘rinda Atoulloh Husayniy radd ul-matla’ bilan iytoni farqlash kerakligini
aytadi. Radd ul-matla’ san’atida misra yoki bayt to‘liq holda g‘azal yoki qasida, qit’aning xohlagan
o‘rnida aynan takrorlanishiga asoslanadi. Iyto esa bir qofiyaning ham shakl, ham mazmun
jihatidan boshqa bir misrada aynan takrorlanishiga asoslanadi (Keyinchalik manbalarda
qofiyaning takror kelishi radd ul-qofiya badiiy san’atiga asos bo‘lgani keltiriladi. Vaholangki, bu
mumtoz qofiyaga oid risolalarda kamchilik sifatida baholanadi – O.H.). Qofiya turlaridan biri –
shoygon qofiya aynan iyto asosiga quriladi.

Dar she’ri man nayobi masruqu muntahil,
Dar nazmi man nabiyni iytoyi shoygon [3: 123].
Mumtoz qofiyaga oid barcha risolalarda iytoning ikki turi farqlanadi:

iytoyi jaliy, iytoyi

xafiy.

1.

Iytoyi jaliy. Iytoning iytoyi jaliy turida qofiyaning takrori ochiq bo‘ladi.

Dar in zamona buti nist az tu nekutar,
Na bar tu bar shamani az rahiti mushfiqtar.
Baytda qofiyadosh so‘z sifatida keltirilgan

nekutar – mushfiqtar

so‘zlaridagi “tar”

so‘zining takrori qofiyani yuzaga keltirgan asosiy unsur sanalishi bilan birga ikki misrada aynan
takrorlangan.

Ba giti zi obu otash tiztar nist,
Du xon andu du sultoni sitamgar.
Tu ro Semurg‘-u tiyr gaz naboyad,
Na Raxshi jodu-yu Zoli fusungar.

Sitamgar – fusungar

qofiyadosh so‘zlardagi “gar” shakli ikki misrada aynan takrorlangan.

Tu on shabrang toziyro bamaydon, chun barangizi,
Aduro xud binvardi, ba-don tig‘i balogustar.
Va andak ro‘zgor, ay shah, du chizam dod baxti tu:
Yake lafze xirat rutbat, duvum tab’i sanogustar [9: 162].


background image


“JAHON ADABIYOTI VA QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI”

XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

2024-YIL 7-8-MAY

424

Ahmad Taroziy ham iytoyi jaliyga namuna sifatida

nekutar – mashaqqatar

so‘zlarini

keltiradi [10: 74]. Jomiy esa

nekutar – zebotar

qofiyadosh so‘zlar asosida iytoyi jaliyni izohlaydi

[1: 309]. Iytoyi jaliyda qofiya to‘liq takrorlanmaydi, qofiyadosh so‘zlarning qismlari takrorlanadi:

saracha – gilamcha, dard mand – hojatmand, fusungar – sitamgar, mahbuban – oshiqan

kabi.

Atoulloh Husayniy iytoyi jaliyning kelishi she’rda katta bir nuqson ekanligini aytadi. Arab va ajam
shoirlari iytoyi jaliyning qo‘llanashini tanqid qilganlar. Faqat zarurat yuzasidan, hajman katta
bo‘lgan qasida va g‘azallarda baytlari bir-biridan uzoqda bo‘lgan hollardagina qo‘llashga ruxsat
berganlar. Bunda qasida yoki g‘azal 20-30 baytdan ko‘proq bo‘lishi kerak. Shamsiddin Qays Roziy
ham iytoyi jaliy fors shoirlari tomonidan qo‘pol nuqson sifatida qabul qilinishini aytib, qasida
uzun, 23 baytdan tashkil topsagina iytoyi jaliyning qo‘llanishiga ruxsat etilganini ta’kidlaydi.
Bunda qasida ikki yoki undan ortiq matla’dan iborat bo‘ladi. Bunday holatda qofiyaning takrori
boshqa bir qismda qo‘llangani bois ham qabul qilingan.

Atoulloh Husayniy Qays Roziy keltirgan fikrga oydinlik kiritadi. Qasida va g‘azalda iytoyi

jaliyning qo‘llanish o‘rni bor: qasidada 12-14 baytddan keyin, g‘azalda esa har 7 baytdan keyin
iytoyi jaliy qo‘llanishi mumkin [2:23].

2.

Iytoyi xafiy.

Iytoyi xafiy “yashirin, berkitilgan iyto” ma’nosini bildiradi. Iytoning bu

turida qofiya tarkibidagi ba’zi qo‘shimcha harflar takrorlanadi. Eng asosiysi, bu qo‘shilgan
harflarni bemalol alohida ajratish mumkin.

Ey guli ruxsori tu burda zi ro‘yi gul ob,
So‘hbati gulzorho karda ba bo‘yat gulob [1: 309].
Shamsiddin Qays Roziy qofiyasi boshdan oyoq iytoyi xafiy nuqsoniga ega bo‘lgan bir

nechta qasidalarni keltiradi. Rashididdin Vatvotning o‘zi ta’kidlaganidek, “dar nazmi nabini iytoyi
shoygon” shaklidagi qasidasini tahlilga tortadi. Qasidadagi

posbon – diydabon – mehribon;

mehrgon – xudoygon – royagon – shoygon

qofiyadosh so‘zlardagi ixtiloflarni iytoyi xafiy

ekanligini aytadi.

Ahmad Taroziy iytoyi xafiyga

gulob - selob, gulzor - lolazor, dono - bino

so‘zlarini namuna

sifatida keltiradi.

Jomiy baytdagi

gul ob – gulob

so‘zlaridagi ob(suv) so‘zining takrorini iytoyi xafiyga

namuna sifatida keltiradi. Baytdagi gul ob – gulob so‘zlari o‘zaro shakldosh bo‘lib, qofiyaning
takroridan ko‘ra ikki, turli ma’noga ega so‘zni hosil qilgan. Bu esa tajnis san’atini yuzaga
keltirgan.

Zihi zamiri munirad zihobe fazlu karam,
Zi fayzi kilk tu jorist obe fazlu karam.
Husayn Voiz Koshifiy Shamsiddin Qays Roziyning fikrlarini aynan keltirgan holda

Anvoriy va Amir Muizziyning qasidalarini iytoyi xafiyga namuna sifatida taqdim qiladi.

Ba xoki poyi tu sad bor besh ta’na zadast,
Sipihr, taxti Sulaymonu toji Qisriyro
Ba har chi muftiyi royat qalam a dast girift,
Qazo chu ob navisad javobi fatviyro [3:124]
Atoulloh Husayniy iytoyi xafiy haqidagi nazariy qarashlarni aniq va ochiq izohlaydi. Amru

naxiy (buyruq) so‘zlar

biyo

va

mayo

so‘zlari ham iytoyi xafiyga namuna bo‘la olishini aytadi.

Biroq nafyi-u isbat (tasdiq-inkor) so‘zlardan

biraft – naraft

so‘zlari iytoyi xafiy bo‘lolmasligini,

bu ikki qofiyadosh so‘zlardagi kamchilik aniq ko‘rinib turganini ta’kidlaydi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, temuriylar davriga oid risolalarda qofiya ayblari

sifatida baholangan iqvo, ikfo, sinod, iyto umumiylik asosida izohlansa-da, ba’zi o‘rinlarda risola


background image


“JAHON ADABIYOTI VA QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI”

XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

2024-YIL 7-8-MAY

425

mualliflari o‘zaro bahsga kirishadi. Arab va ajam shoirlari tomonidan kamchilik sifatida
baholangan va ravo ko‘rilgan nuqsonlar o‘zaro qiyosiy o‘rganiladi. Shamisddin Qaysi Roziy va
Atoulloh Husayniy qofiyaga oid kamchiliklarga qo‘shimcha ravishda ma’noga ta’sir qiluchi
nuqsonlarni ham bir butunlikda tadqiq etadilar. Jomiy, Faxri Isfahoniy, Husayn Voiz Koshifiy,
Atoulloh Husayniy risolalarda keltirilgan baytlar arab, fors adabiyotdan olingan bo‘lsa, “Funun
ul-balog‘a” muallifi aksariyat namunalarni turkiy adabiyotdan keltiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Абдураҳмон Жомий. Рисолаи қофия // Шарқ мумтоз поэтикаси Ҳамидулла Болтабоев
талқинида. (Таржимон Д.Юсупова). –Т.: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси давлат
илмий нашриёти. 2006.

2.

Атоуллоҳ Ҳусайний. Рисолаи дар қофия. – Теҳрон. ҳ.1393.

3.

Koshifӣ Kamoluddin Husayn Voizi Sabzavorӣ. Badoeʼu-l-afkor fӣ sanoeʼi-lashʼor. Virosta va
guzordai Mirҷaloluddini Kazzozӣ.-Tehron: Nashri markaz. 1369.

4.

Красковский И.Ю. Арабская поэтика в IX веке// Избранные сочинение. Т.2. –М.-Л. 1956.

5.

Мусульманкулов Р. Персидско-таджикская классическая поэтика Х-ХV вв. - М., 1989.

6.

Носир ад-Дин Туси. Ми’йар ал-аш‘ор. — Теҳрон, 1325.

7.

Сирус Б. Қофия дар назми тожик. Сталинбод, 1955.

8.

Фахри Исфаҳоний. Меъёр ул-жамоли (Кия Садек). Теҳрон. 1337.

9.

Шамси Қайси Розий. Ал-Муъжам фи маъойири ашъору-л-ажам. Перевод с персидского
исследование и комментарий Н.Ю.Чалисова. – М.: “Восточная литература” РАН, 1997.

10.

Шайх Аҳмад ибн Худойдод Тарозий. Фунуну-л-балоға. (Нашрга тайёрловчилар
Ҳ.Болтабоев, Ж.Жўраев) - Т.: МУМТОЗ СЎЗ, 2016.

Bibliografik manbalar

Абдурахмон Жомий. Рисолаи кофия // Шарк мумтоз иоэтикаси Хамидулла Болтабоев талкинида. (Таржимон ДЮсупова). -Т.: Узбекистон Миллим энциклопедияси давлат илмий нашриёти. 2006.

Атоуплох Хусайний. Рисолаи дар кофия. - Техрон. х. 1393.

Koshifn Kamoluddin Husayn Voizi SabzavorH. Badoe’u-l-afkor tn sanoe’i-lash’or. Virosta va guzordai Mirnaloluddini KazzozA.-Tehron: Nashri markaz. 1369.

Красковский И.Ю. Арабская поэтика в IX веке// Избранные сочинение. Т.2. -М.-Л. 1956.

Мусульманкулов Р. Персидско-таджикская классическая поэтика X-XV вв. - М., 1989.

Носир ад-Дин Туси. Ми'йар ал-аш‘ор. — Техрон, 1325.

Сирус Б. Кофия дар назми тожик. Сталинбод, 1955.

Фахри Исфахоний. Меъср уп-жамоли (Кия Садек). Техрон. 1337.

Шамси Канси Розин. Ал-Муьжам фи маъойири ашъору-л-ажам. Перевод с персидского исследование и комментарий Н.Ю.Чалисова. - М.: “Восточная литература” РАН, 1997.

Шайх Ахмад ибн Худойдод Тарозий. Фунуну-л-балога. (Нашрга тайёрловчилар Х-Болтабоев, Ж.Жураев) - Т: МУМТОЗ СУЗ, 2016.