229
Хулоса қилиб айтганда, филолог ва мусиқашунослар,
хонандалар билан ҳамкорликда фаолиятолиб боришимиз
қўзланган мақсадларга етишимизда энг мақбул йўл бўлади, деб
ҳисоблаймиз.
Адабиётлар:
1.
Навоий, Алишер. Маҳбуб ул-қулуб. // Мукаммал асарлар тўплами.
Йигирма томлик, 14-том. – Тошкент: Фан, 1998.
2.
Хоразмий, Ҳофиз. Девон. Икки томлик. 1-китоб. – Тошкент:
ЎзКПМК нашриёти. 1981.
3.
Хоразмий, Ҳофиз. Девон. Икки томлик. 2-китоб. – Тошкент:
ЎзКПМК нашриёти. 1981.
4.
Шерозий, Ҳофиз. Ғазаллар. – Тошкент: Ўз Давлат бадиий адабиёт
нашриёти. 1958.
MUMTOZ QOFIYAGA OID MANBALAR TASNIFI
Orzigul Hamroeva,
ToshDO‘TAU, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Mumtoz poetikaning asosi balog‘at ilmi bilan bog‘liq. Balog‘at
ilmi III (hijriy)/IX (milodiy) asrdan boshlab alohida ilm sifatida
shakllana boshlagan. Johiliyat davri she’riyatida ham balog‘at ilmiga
oid bir qancha asarlar yozilganini ko‘rish mumkin. Islomiyat davrida
esa balog‘atli kalomlar yig‘indisi Qur’oni karim bo‘lgan. Balog‘at
ilmining 3 tarkibiy qismi: ilmi bayon, ilmi ma’oni va ilmi bade’
keyinchalik mumtoz adabiyot namunalarini tahlil qilishda ham muhim
ahamiyat kasb eta boshladi. Keyinchalik balog‘at ilmi ta’sirida
mumtoz matnlarni poetik tahlil qilish nazariyasini belgilab beruvchi 3
qism: ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade’ shakllandi. Bu ilmlar mumtoz
poetikaning tarkibiy qismi sifatida arab, fors olimlarining diqqat
markazida bo‘ldi, mumtoz poetikaning nazariy asoslariga
bag‘ishlangan bir qancha risolalar yaratildi. Bu uch qism o‘zaro uzviy
bog‘liq bo‘lib, ularning amaliy jihati she’riyat singari qadimiydir.
Qofiya ilmi nazariyasi amaliy jihatdan she’riyat paydo bo‘la
boshlangan davrga borib taqaladi. Ma’lum bir ohangdoshlik, ritmik
to‘xtamlarga asoslangan she’r misralarini bog‘lab turuvchi qofiyaga
oid tadqiqotlar arab, fors va turkiy adabiyotda yetarlicha olib borilgan.
Mumtoz poetikaning nazariy asoslariga bag‘ishlangan manbalarning
deyarli barchasida bu uch ilm: ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade’ga oid
230
nazariy qarashlar mavjud. Dastlab arab adabiyotida yaratila
boshlangan bu manbalar ta’sirida keyinchalik fors va turkiy
adabiyotda ham qofiya ilmi tadqiqiga bag‘ishlangan risolalar yaratila
boshlandi. Demak, til nuqtai nazaridan mumtoz qofiyaga oid
risolalarni quyidagicha taqsimlash mumkin:
-
Arab tilidagi manbalar
-
Fors tilidagi manbalar
-
Turkiy tildagi manbalar.
I.
Arab tilidagi manbalar
1.
Abdulla ibn Muslim ibn Qutayba “Ash-she’r va-sh-shuaro”.
Islomiy davrda Iroq va Bag‘dod shaharlarida yashab, ijod etgan Ibn
Qutayba arab adabiyoti nazariyasi va arab adabiyoti namoyandalari
haqida bir qancha risolalar yaratgan. Olimning “Adab ul-kotib”
(“Kotiblar san’ati”) va “Ash-she’r va-sh-shuaro” (“Shehriyat va
shoirlar”) risolalarida xat va she’r san’ati haqida nazariy fikrlar
bildirilgan. Olimning “Ash-she’r va-sh-shuaro” asari arab adabiyoti va
uning nazariy asoslariga bag‘ishlangan ilk va muhim manbalardan
biridir. Asar ensiklopedik xarakterga ega bo‘lib, asarda islomgacha
bo‘lgan davr – Abbosiylar davriga qadar yashab, ijod etgan 200 dan
ortiq arab shoirlarining tarjimayi holi va ijod namunalaridan parchalar
keltirilgan. Ibn Qutayba ijodkorlar asarlaridan parchalar keltirish bilan
cheklanmay, shoirlarning badiiy mahorati borasida ilmiy munosabat
va mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini ham bildirgan. “Ash-she’r va-sh-
shuaro”da she’riyatning fazilati va janrlar tasnifiga oid bo‘limlar ham
mavjud bo‘lib, olim birinchilardan bo‘lib, arab adabiyoti misolida
she’r shakllariga oid nazariy fikrlarni taqdim etgan.
2.
Qudama ibn Ja’far “Naqd ush-she’r”.
Olimning bu asarida
balog‘at ilmi 20 qismga bo‘lib o‘rganilgan. Asar Mu’tazzning “Kitab
al-badi’” asaridan ta’sirlanib yozilgan.
Qudama ibn Ja’far o‘zining
“Naqd ush-she’r” va “Naqdu-n-nasr” asarlarida adabiyotning ikki
shakli - nasr va nazmni o‘zaro farqlab, ular o‘rtasidagi farqli jihatlarni
aniqlashda muayyan mezonlarni taqdim qilishga harakat qilgan. Nasr
va nazmning o‘ziga xos ifoda yo‘sini, shakl, mazmun kabi jihatlarga
e’tibor qaratgan. “Naqdu-sh-she’r” risolasi she’riyat ilmiga
bag‘ishlangan bo‘lib, olimning fikriga ko‘ra she’r butunlik sifatida
vazn, qofiya, tovushlar yaxlitligidan tashkil topadi. Qudama ibn Ja’far
she’r tahlilini amalga oshirishda tanqid yo‘nalishiga tayangan.
Ma’lumki, mumtoz matnning poetik tahlili vazn, qofiya, badiiyat,
231
syujet va tanqid asosida amalga oshiriladi. Olim asarda shakl va
mazmunni yaxlit bir butunlik sifatida tushunishni tavsiya etadi.
She’rdagi barcha unsurlar bir tizim sifatida bir-birini taqozo etadi.
She’rdagi tovushlar vazn va qofiya bilan uzviy bog‘liq. Tabiiyki, vazn
va qofiya mazmunga ham aloqador. Shoir aytmoqchi bo‘lgan fikrining
asosini qofiyada berishga harakat qiladi. Qudama ibn Ja’far “Naqdu-
sh-she’r” asarida she’r nazariyasiga oid fikrlarini arab adabiyoti
misolida tushuntirishga harakat qilgan.
3.
Ibn Xaldun “Muqaddima”.
Ibn Xaldunning “Muqaddima”
asarida muallif o‘zining siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va falsafiy
qarashlari, insoniyat madaniyati haqidagi qarashlarini bayon qiladi.
Shu orqali insoniyat madaniyatiga oid nazariy-falsafiy fikrlarni taqdim
qilish barobarida madaniyatda adabiyotning o‘rni xususida ham
to‘xtalib o‘tadi.
4.
Asmaiy “Kitobi fuxulatu sh-shuaro”.
Olimning “Kitobi
fuxulatu sh-shuaro” asarida balog‘at ilmi tahlilga tortilgan. She’r ilmi,
uning nazariy asoslari uch ilm qiyosi asosida taqdim qilingan.
5.
Abu Abdulloh Xorazmiy “Mafotih al-ulum”.
Olimning
ushbu asari lug‘at shaklida bo‘lib, mumtoz poetikaga oid atamalarning
izohi keltirilgan. Asarning 3-bo‘limida qofiya ilmiga oid istilohlar
izohlangan. Qofiyani she’rdagi misraning oxirgi so‘zi sifatida
baholagan olim qofiya huruflari: raviy, xuruj, ridf, ta’sis: qofiya
harakatlari: rass, ishbo’, xazf, tavjid, mujra, nifoz; qofiya turlari
nomlari: mutakovis, mutaqorib, mutadorik, mutaradif, qofiya ayblari:
sinod, iyto, iqvo, ikfoning izohini keltirib, qofiyadagi o‘rni haqida
nazariy fikrlarni bayon qilgan.
6.
Yusuf Sakkokiy “Miftoh ul-ulum”.
Yusuf Sakkokiy balog‘at
ilmiga oid bir qancha risolalar yaratgan bo‘lib, olimning “Miftah ul-
ulum” asari ilm ahli orasida e’tiroflarga sazovor bo‘lgan. Bu asar
o‘zida ilmi adabga kiruvchi sarf (morfologiya), nahv (sintaksis), ilmu-
l-maoniy va-l-bayon (ma’nolar va bayon qilish ilmlari), had(asos,
dalil), istidlol(deduksiya), aruz, qofiyaga oid arab tiliga taalluqli ko‘p
ilmlarni jamlagan. Yusuf Sakkokiy “Miftah ul-ulum” asarida mumtoz
poetikaning tarkibiy qismlari aruz va qofiya ilmi xususida batafsil
ma’lumot keltirgan.
7.
Ibn Al-Mu’tazz “Kitob ul-bade’”.
Ibn al-Mu’tazzning “Kitob
ul-bade’” asari ilmi bade’ga oid manba bo‘lib, garchi qofiya ilmi
haqida maxsus bo‘lim ajratilmagan bo‘lsa-da, mumtoz qofiyaga
232
asoslangan badiiy san’atlar negizida qofiya haqidagi nazariy fikrlarni
taqdim etgan.
II.
Fors tilidagi manbalar.
1.
Abulhasan Ali Sarahsiy Bahromiy “Qanzu-l qofiya”.
Sarahsiy Bahromiy aruz va qofiya ilmi haqida maxsus risolalar
yaratgan bo‘lib, bu haqda Aruziy Samarqandiy ularni maqbul risolalar
sifatida ta’kidlab o‘tadi. Olimning “G‘oyatu-l aruzayn” risolasi aruz
ilmiga bag‘ishlangan bo‘lib, “Kanzu-l qofiya” risolasida ilmi
qofiyaning nazariy asoslari bayon qilingan.
2.
Shamsiddin Qays Roziy “Al-Mo‘jam”.
Shamsiddin Qays
Roziyning “Al-Mo‘jam” asari ilmi qofiyaning nazariy asoslari aks
etgan to‘la va mukammal risoladir. Asarning ikkinchi qismi qofiya
ilmiga bag‘ishlangan bo‘lib, besh bob asosida fikrlar bayon qilingan:
-
Avvalgi bob: she’r va qofiya ma’nolari zikri hamda uning
haqiqati va imkoniyatlari xususida;
-
Ikkinchi bob: qofiya harflari zikri va ularning asosi haqida;
-
Uchinchi bob: qofiya harakatlari va ularning nomlanishi;
-
To‘rtinchi bob: qofiya hududlari va turlari xususida;
-
Beshinchi bob: Nazm parchalarida uchrovchi qofiya ayblari va
noma’qul sifatlar haqida.
Risolaning poetika ilmidagi ahamiyati shundaki, Qays Roziy
qofiya harflari xususida to‘xtalganda, qaysi huruf qofiya harflari:
ta’sis, ridf, qayd, daxil sifatida ishtirok eta olishini baytlar misolida
birma-bir tushuntirib bergan.
3.
Abdurahmon Jomiy “Risolai qofiya”.
Abdurahmon
Jomiyning “Risolai qofiya” asari 1465 yilda yaratilgan.Olimlarning
ta’kidlashicha, Jomiy ushbu risolasini Shamsiddin Qays Roziyning
“Al-Mo‘jam...” asarining Qofiya qismiga asoslanib yozgan.
Jomiyning “Risolai qofiya” asari bir qancha qo‘lyozma nusxalariga
ega bo‘lib, ulardan birini filologiya fanlari doktori A.Erkinov Berlin
Davlat kutubxonasidan keltirgan. Bu nusxa “Aruzi Sayfiy Buxoriy”
tarkibida “Risolai qofiyai Mulla Jomiy” sarlavhasi asosida kiritilgan.
Asar fors tilidagi qofiya ilmiga bag‘ishlangan muhim risolalardan biri
bo‘lib, Jomiy Hamd (Boshlanma – H.O.), Muqaddima, Xotima qismi
bilan birgalikda 8 qism (1. Bismillahi-r rohiani-r-rohim 2.
Muqaddima 3. Hurufi qofiya (Qofiya harakatlari) 4. Harakoti qofiya
(Qofiya harakatlari) 5. Mutarodifu mutavotir va mutadoriku mutaqorib
233
va mutakovis 6. Muqayyadi mutlaqu mujarrad 7. Uyubi qofiya 8.
Xotima) asosida qofiya ilmi bilan tanishtirgan.
4.
Vohid Tabriziy “Jam’i muxtasar”.
Vohid Tabriziyning
“Jam’i muxtasar” “ilmi segona”ga bag‘ishlangan manba bo‘lib, ilmi
qofiya, ilmi aruzning nazariy va amaliy asoslari qisqa, aniq,
mukammal shaklda izohlangan. V.Tabriziy “Jam’i muxtasar”
risolasidagi ma’lumotlarni maxsus boblarga ajratmagan, biroq poetika
ilmiga oid nazariy fikrlarni alohida tizim asosida kichik sarlavhalar
ostida bergan. Asarning kichik kirish qismidan so‘ng “ilmi
segona”ning tarkibiy qismlaridan biri aruz ilmi va uning nazariy
asoslarini birma-bir izohlagan. Risolada keltirilgan mumtoz
qofiyaning nazariy asoslari “Qofiya”, “Qofiya harflari”, “Qofiyaning
o‘zak tarkibiga ko‘ra turlari” sarlavhalari ostida keltiriladi.
5.
Nosiriddin Tusiy “Me’yor ul-ash’or”.
Nosiriddin Tusiy
“Me’yor ul-ash’or” asari o‘zigacha mumtoz poetikaga oid asarlardan
farqli o‘laroq, nazariy fikrlar va ularning amaliy jihatini ko‘rsatib
beruvchi baytlarning hajman ko‘pligi jihatidan e’tiborga molik.
“Me’yor ul-ash’or” asarida ilmi aruzga alohida e’tibor qaratilgan,
asarning hajman yirik qismi aruz ilmining tadqiqiga bag‘ishlangan.
Muallif ilmi aruzga bag‘ishlangan qismni 10 faslga bo‘lib, nazariy
masalalarni tadrijiy taqsimlab chiqqan. “Me’yor ul-ash’or”ning 2-fan
(qism)i ilmi qofiyaga bag‘ishlangan bo‘lib, bu qism ham o‘z tarkibida
10 faslga bo‘lingan. Qismning birinchi faslida qofiya tushunchasi va
uning tarkibiy tuzilishi haqida ma’lumotlar keltiriladi. 2-fasl harakat
va harflarning qofiyadagi o‘rni haqida bo‘lib, Nosiriddin Tusiy
dastlabki ma’lumotlarni arab adabiyoti misolida tushuntiradi. N.Tusiy
2-faslning
ichida
kichik-kichik
sarlavhalar
keltirib,
qofiya
harakatlarini tushuntirish chog‘ida raviydan oldin keluvchilar va
raviydan keyin keluvchi harflarni alohida sarlavhalar ostida keltiradi.
Qismning 6-faslida fors she’rshunosligida qofiya harflari va
harakatlari tadqiq etilgan. Arab va fors manbalari o‘zaro qiyoslangan.
6.
Atoulloh Ahmad ibn Husayniy “Risolai dar qavoyidi ilmi
qavofi”.
Atoulloh Husayniy mumtoz poetikaning tarkibiy qismlari:
aruz, qofiya va badiiyat ilmi bilan jiddiy shug‘ullangan olimdir.
Olimning “Badoyi us-sanoyi” asari ilmi badi’ning nazariy asoslariga
bag‘ishlangan yirik manbalardan biridir. Atoulloh Husayniy asar
so‘zboshisida aruz va qofiya ilmiga oid mukammal risola yozish
niyati borligini alohida ta’kidlagan. “Risolai dar qavoyidi ilmi qavofi”
234
risolasi qofiya haqidagi ilmiy-nazariy manbadir. Olim risolada qofiya
huruflari, harakotlari, qofiya turlari, qofiya ayblari kabi sarlavhalar
ostida o‘zigacha yaratilgan manbalardan foydalangan holda baytlar
misolida yirik tadqiqot ishi yaratgan.
III.
Turkiy tildagi manbalar
1.
Ahmad Taroziy. “Funun ul-balog‘a”.
“Funun ul-balog‘a”
asari mumtoz poetikaga oid nazariy qarashlar jamlanmasi bo‘lib,
turkiy she’riyat tadqiqi uchun muhim manbadir. Poetikaga
bag‘ishlangan arab, fors tilidagi asarlar ta’siri natijasida yaratilgan
“Funun ul-balog‘a” asari turkiy tilda ijod qiladigan ijodkorlar uchun
ularning talabi bilan yuzaga kelgan edi. Ahmad Taroziyning “Funun
ul-balog‘a” asari poetika ilmiga oid arab, fors manbalardagi
qonuniyat, munosabatlarning jamlanmasi bo‘lishi bilan birga, unda bu
ilmlarning ancha mukammal, takomillashgan ko‘rinishi aks etgan.
Asarda adabiy tur, janr, badiiy san’atlar, vazn va qofiya ilmiga oid
nazariy fikrlarning taraqqiy etganligini kuzatish mumkin. Ma’lumki,
asarda muqaddimadan tashqari 5 qism keltirilgan bo‘lib, bu qismlarda
olim adabiy tur va janrlar, ilmi qofiya, ilmi bade’, ilmi aruz va
muammoning nazariy masalalarini yoritib bergan. "Funun ul-
balog‘a"da “Al-fann-us-soniy-fi-l-qofiya va-radif” sarlavha ostida
olimning qofiya ilmi borasidagi qarashlari aks etgan.
2.
Abdurahmon Sa’diy. “Amaliy ham nazariy adabiyot
darslari”.
Olimning ushbu asarida mumtoz poetikaga oid ilmiy
ma’lumotlar mumtoz manbalar bilan birga o‘z zamonida yozilgan
nazm parchalari asosida tushuntirilgan. Asarning “Bitim (“Qofiya”)”
sarlavhali qismida qofiyaga oid nazariy fikrlar qisqa va ixcham
shaklda berilgan. Olim mumtoz she’r shakllari: masnaviy, ruboiy va
baytdan tashkil topgan she’r shakllarining qofiyalanish tizimi bilan
birga barmoq vaznidagi qofiya tizimiga ham e’tibor qaratgan.
3.
Abdurauf Fitrat. “Adabiyot qoidalari”.
Fitratning mumtoz
qofiyaga oid qarashlari “Adabiyot qoidalari” darsligining “Qofiya”
sarlavhasi ostida berilgan qismida aks etgan. Olim qofiya nazariyasiga
chuqur to‘xtalmasa-da, “Shayboniynoma”, Bobur g‘azallari va Botu
she’rlari misolida qofiyaning she’rdagi o‘rnini tushuntirishga harakat
qilgan.
Yuqoridagi manbalar tadqiqi mumtoz qofiya nazariy asoslarini
yaratishda, mumtoz matnlarni poetik jihatdan to‘g‘ri tahlil qila olish
ko‘nikmasini hosil qilishda muhim ilmiy ahamiyatga ega.
235
Аdabiyotlar:
1.
А. Азер. Рифма персидского стиха / Проблемы восточного
стихосложения. - М.: Наука, 1973. -С.110.
2.
Абдураҳмон Жомий. Рисолаи қофияи Мулла Жомий. Калькутта,
1867. С.38
3.
Вохид Табризи. Джам и мухтасар. Критический текст, пер. И
примеч. А. Е Бертельса. – М.: Наука, 1959. -С.158.
4.
Гаспаров М. Л. Эволюция русской рифмы. / Проблемы теории
стиха. - Л.: Наука, 1984. - С. 3-36.
5.
Жирмунский В. М. Рифма, ее история и теория /Теория стиха. -
Л.: 1975.
6.
Зиёвуддинова М. Абу Абдуллоҳ ал- Хоразмийнинг “Мафотиҳ ал-
улум” асарида поэтика. – Т.: 2001. – Б.35.
7.
Котетишвили В. В. Структура персидской классической рифми.
АДД. - Тбилиси, 1975.-С.284
8.
Крачковский И.Ю. Арабская поэтика в IХ в. / Избранные
произведения. Т.2.- М.-Л.: 1956. – С. 360- 372.
9.
Мусульманкулов Р. Персидско-таджикская классическая поэтика
Х-ХV вв. - М.: Наука, 1989. - С. 95-116.
10.
Носир ад-Дин Туси. Ми’йар ал-аш‘ор. — Теҳрон, 1325
11.
Низомий Арузий Самарқандий. Нодир ҳикоялар. - Т.: 1986. - Б.
21.
12.
Оганесян Д. А. “Книга поэзии и поэтов” Ибн Кутайбы (828-889)
как источник для истории классической арабской поэзии. АКД.- М.: 1980.
С.245.
13.
Рустамов А. Қофия нима? — Т.: Фан, 1976; -Б.87
14.
Рустамов А. Қофия структурасига оид бир назария ҳақида //
Ўзбек тили ва адабиёти. - 1976. 3- сон. –Б.57
15.
Стеблова И.В. Арабо-персидская теория рифмы и тюркоязичная
поэзия./ Тюркологический сборник. М.: 1996.- С. 246-254.
16.
Сирус Б. Рифма в таджикской поэзии. - Сталинобод, 1953. –Б.211
17.
Саъдий А. Амалий ҳам назарий адабиёт дарслари. - Т.: 1923. - Б.
123
18.
Самойлов Д. Книга о русской рифме. - М.: 1982. С.180
19.
Тўйчиев У. Қофия ва унинг назариясига оид / Адабиёт назарияси.
П том. - Т.: Фан, 1979. - Б. 368-385.
20.
Фитрат А. Адабиёт қоидалари. Адабиёт муаллимлари ҳам
ҳаваслилари учун қўлланма (нашрга тайёрловчи, сўзбоши ва изоҳлар
муаллифи Ҳ. Болтабоев). - Т.: Ўқитувчи, 1995. - Б. 17.
21.
Хасанали
Муҳаммади.
Рифма
а
персидской
поэзии.
Канд.фил.наук.Автореферат. Душанбе, 2006.С.64
22.
Шамси Қайси Розий. Ал-Муъжам фи маъойири ашъору-л-ажам. -
Душанбе: Адиб, 1991. - Саҳ. 161.