Diagnosis and prevention methods for fish dermatomycosis

Abstract

The article discusses the reforms carried out by our government on measures to support the fishing industry and improve its efficiency. It is stated that the role of veterinary measures in satisfying the population's demand for quality fish and fish products is very important for the development of the fishing industry and ensuring food safety. In addition, when diagnosing fish dermatomycosis, epizootological, clinical, pathological, bacteriological studies and research processes were analyzed when making a reliable diagnosis of this disease. Research on the diagnosis of infectious dermatomycosis of fish is covered in detail.

Source type: Journals
Years of coverage from 2020
inLibrary
Google Scholar
CC BY f
10-13
73

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Baliyev, S., Urakova, R., & Gaznakulov, T. (2024). Diagnosis and prevention methods for fish dermatomycosis. in Library, 2(2), 10–13. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/48858
Shavkat Baliyev, Veterinary Scientific Research Institute

Veterinary Research Institute, Director of the Laboratory of Poultry, Rabbit, Fish and Bee Diseases, Doctor of Philosophy in Veterinary Sciences, Senior Researcher

R Urakova, Veterinary Research Institute
Junior Research Fellow
T Gaznakulov, Veterinary Research Institute
Doctor of Veterinary Science, Senior Researcher
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article discusses the reforms carried out by our government on measures to support the fishing industry and improve its efficiency. It is stated that the role of veterinary measures in satisfying the population's demand for quality fish and fish products is very important for the development of the fishing industry and ensuring food safety. In addition, when diagnosing fish dermatomycosis, epizootological, clinical, pathological, bacteriological studies and research processes were analyzed when making a reliable diagnosis of this disease. Research on the diagnosis of infectious dermatomycosis of fish is covered in detail.


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

21

0

1-noyabr 2024-yil.

UDK: 639.331.7:597.552.51

BALIQLAR DERMATOMIKOZINING DIAGNOSTIKASI VA OLDINI

OLISH USULLARI


Uraqova R.M. -

Kichik ilmiy xodim

Baliyev Sh.K.

– v.f.f.d., katta ilmiy xodim

Gaznakulov T.K.

– v.f.n., katta ilmiy xodim

Veterinarmya ilmiy-tadqiqot instituti


Annotatsiya.

Maqolada baliqchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va uning

samradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumatimiz tomonidan olib
borilayotgan islohatlar borasida so‘z yuritilgan. Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish,
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash aholini sifatli baliq va baliq mahsulotlariga
bo‘lgan talabni qondirishda veterinariya tadbilarining o‘rni muhin ahamiyatga ega
ekanligi bayon qilingan. Bundan tashqari baliqlar dermatomikozini diagnostika
qilishda, epizootologik, klinik, patologoanatomik, bakteriologik tekshirishlar va
ushbu kasallikka ishonchli diagnoz qo‘yishdagi tadqiqot jarayonlari tahlil qilingan.
Baliqlarning infeksion dermatomikoz kasalligi diagnostikasi bo‘yicha tadqiqotlar
batafsil yoritilgan.

Аннотация.

В статье говорится о реформах, проводимых нашим

правительством по мерам поддержки рыбной отрасли и повышению ее
эффективности. Констатировано, что роль ветеринарных мер в удовлетворении
спроса населения на качественную рыбу и рыбную продукцию очень важна для
развития рыбной отрасли, обеспечения безопасности пищевых продуктов.
Кроме того, при диагностике дерматомикоза рыб анализировались
эпизоотологические,

клинические,

патологоанатомические,

бактериологические исследования и процессы исследования при постановке
достоверного диагноза этого заболевания. Подробно освещены исследования
по диагностике инфекционного дерматомикоза рыб.

Annotation.

The article discusses the reforms carried out by our government

on measures to support the fishing industry and improve its efficiency. It is stated that
the role of veterinary measures in satisfying the population's demand for quality fish
and fish products is very important for the development of the fishing industry and
ensuring food safety. In addition, when diagnosing fish dermatomycosis,
epizootological, clinical, pathological, bacteriological studies and research processes
were analyzed when making a reliable diagnosis of this disease. Research on the
diagnosis of infectious dermatomycosis of fish is covered in detail.

Kalit so‘zlar

: baliq, ixtiopatologiya, kasallik,

dermatomikoz,

saprolegnioz,

qo‘zg‘atuvchi

, Saprolegnia,

zamburug‘, gif, suv xavza.

Mavzuning dolzarbligi:

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, qishloq

xo‘jaligining barcha sohalarida, xususan baliqchilik sohasida ham keng ko‘lamdagi
islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, respublikamizda ovlanadigan baliqlarni
ko‘paytirish, yangi turlarini introduksiya qilish va akvakulturada baliq etishtirish


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

21

1

1-noyabr 2024-yil.

borasida muayyan yutuqlarga erishildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018 yil 6 apreldagi PQ-3657-son “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va 2020 yil 29 avgustdagi PQ-4816-
sonli “Baliqchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va uning samradorligini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari, baliqchilik borasida belgilangan vazifalarni
amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi. Baliqchilik tarmog‘i oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlashning strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, unga kura
Respublikamiz barcha viloyat va tumanlarida baliqchilikni rivojlantirish dasturlari
ishlab chiqilgan. Ammo baliqchilikning rivojlanishida baliqlar kasalliklarining
uchrab turishi soha rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Baliqlar dermatomikoz
kasalligi baliqchilik xo‘jaliklariga katta iqtisodiy zarar keltirishi fikrimiz dalidir.
Dermatomikoz zamburug‘lar qo‘zg‘aydigan kasallik bo‘lib, qo‘zg‘atuvchisi
Saprolegnia. baliqlar tanasida yoki ichki organlarida o‘rnashib olgan zamburug‘lar
qo‘zg‘aydi. Ayrim hollarda zamburug‘lar yashin kabi juda tez rivojlanadi.
Zamburug‘ kasalliklari asosan e’tiborsiz qolgan suv xavzalarida uchrab turadi.
Kasallik baliqlarning tanalarida, qanotlarida va jabralarida, oq rangli iplar paydo
bo‘lishi, keyinchalik esa paxtadek bo‘lib baliq terisi katta qismini qoplab oladigan
xarakterli klinik belgilar bilan namoyon bo‘lib, o‘z vaqtida e’tibor qaratilmasa
baliqlar yoppasiga nobud bo‘ladi xo‘jalikka katta iqtisodiy zarar keltiradi.

Tadqiqotning maqsadi.

Baliqlar dermatomikozini diagnostika qilish,

ishonchli diagnoz qo‘yish kasallikni oldini olish va davolash choralarini ishlab
chiqish hamda baliqchilik xo‘jaliklariga amaliy yordam ko‘rsatish.

Tadqiqot materiallari va uslublari.

Tadqiqotlarimiz baliqchilik ayrim suv

havzalarida va laboratoriya tekshirish jararyonlari esa VITI ning Parranda, quyon,
baliq va asalari kasalliklari laboratoriyasida olib borildi. Toyloq tumaniga qarashli
Ruxshona xususiy baliqchilik xo‘jaligi parvarishlanayotgan forel va afrika laqqa
baliqlarida kasallanish va o‘lish xolatlari uchrab turganligi aniqlandi. Ushbu
baliqchilik xo‘jaligida 2 turdagi forel va afrika laqqa baliqlar parvarishlanayotganligi
aniqlandi. Kasallik faqat afrika laqqa turidagi baliqlarda uchrab turganligi ma’lum
bo‘ldi. Ko‘zatuvlarimiz davomida baliqlar tanasida ingichka ipsimon oq dog‘lar
borligi ba’zilarida esa tananing jabraga yaqinroq qismini oq paxtadek dog‘lar
mavjudligi kabi klinik belgilar aniqlanib, birlamchi zamburug‘ kasalligiga gumon
qilindi.


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

21

2

1-noyabr 2024-yil.

1-2 rasm chapdan Dermatomikoz bilan kasallangan afrika laqqa baliq namunasi

O‘ngdan saburo ozuqa muhita o‘sgan dermatomikoz qo‘zg‘atuvchisi Saprolegniales

zamburug‘ gifalarining ko‘rinishi.

So‘ngra kasallik chiqqan ushbu suv xavzasidan 10 dona 1,700 grammdan 2

kilogramgacha og‘irlikdagi tirik hamda kasallangan baliqlar ushbu suv xavzasi suvi
bilan to‘ldirilgan beton idishga solinib, laboratoriyaga olib kelindi. Ushbu olib
kelingan baliq namunalari aseptika-antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda
bakteriologik tekshirish o‘tkazildi. Dastlab baliqlar patologoanatomik yorib
ko‘rilganda qon tomirlar giperemiyalashgan, zambo‘rug‘ giflari bilan to‘lib qolgan,
respirator qatlamlardagi qon tomirlar kolbasimon kengaygan, uning devorlari va
epitelial to‘qimasi yorilgan. Parenximatoz organlarning to‘qimalari qon bilan
to‘lgan, yog‘ va glikogenning qatlami yupqa kabi o‘zgarishlar aniqlandi. SHundan
so‘ng ushbu baliqlarni bakteriologik tekshirish uchun patologik namunalar (jarohat
joylaridan teri qirindisi, suzgichlar, jabra) olindi va Glyukozali Saburo muhitiga
ekmalar ekildi va o‘stirish uchun 25-30

0

C li termostatga qo‘yildi. Ekilgan ekmalar

elastik bo‘linmagan gifalardan tashkil topgan oq momiq koloniyalar shaklida o‘sdi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi turini aniqlash maqsadida ulardan steril, yog‘sizlantirilgan
buyum oynachalarida yupqa surtmalar tayѐrlandi va Gram usulida bo‘yalib,
mikroskopiya qilindi.

Buning uchun buyum oynachasiga steril fiziologik eritma

tomizilib, uning ustiga bakteriologik ilgak bilan zambrug‘ koloniyasi olib qo‘yildi va
engilgina harakat bilan aralashtirilib, so‘ngra fiksatsiya qilindi qoplagich oynacha
bilan usti yopilib, sekin bosib mikroskopda ko‘rildi kasallik giflari mavjudligi
aniqlandi tashxis qo‘yildi. Konservant sifatida glitserinning 40% suvli eritmasi yoki 1
l 0,85 % natriy xlorid eritmasidan, 0,5 l glitserindan iborat suyuqlik ishlatildi, u 20 %
natriy fosfat eritmasi bilan rN 8,0 gacha titrlanib 112°C da 10 daqiqa davomida
avtoklavda sterilizatsiya qilindi.

Bakteriologik tekshirishda

mikroblarning sof

kulturasini ajratib olish, ularning morfokulturaviy, biokimyoviy xususiyatlarini
o‘rganish, virulentlik va antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlashda va kasallikka aniq
tashxis qo‘yishda asos bo‘ldi.

Baliq mikozlarida ishonchli diagnostika usuli bu patologik materialni

mikroskopik tekshirish hisoblanadi. Glitserinning 50% suvli eritmasi, 0,9% natriy
xlorid eritmasi yoki musluk suvining bir necha tomchi qo‘shilishi bilan zararlangan
organlardan tayyorlangan surtmalardan zamburug‘ mavjudligini, mikroskopik
tekshiruv asosida amalga oshirildi. Bakteriologik tekshirish davomida ishlatilgan
asbob uskunalar, stol, dezinfeksiya vositalari bilan zararsizlantirildi, ishlatilgan
kasallangan baliq patologik namunalari, xavzadagi o‘lgan baliqlar yoqib yo‘q qilindi.

Tadqiqot natijalari.

Biz

t

adqiqot olib borgan baliqchilik suv havzasida bir-

uch yillik foril va afrika laqqa baliqlari parvarishlanishi aniqlandi. Tadqiqotlarimiz
davomida zamburug‘ kasalligi erta bahorda uchrab baliqlar o‘limining darajasi yuqori
ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari dermatomikoz kasalligining avj olishiga suv
havzasidagi sanitariya me’yoriga e’tiborsiz holat kuzatildi. SHu sababli kasallangan
baliqlar jarohatlangan joylarida Saprolegnia zamburug‘lari rivojlanib mexanik va
toksik ta’sir tadqiqotlar davomida aniqlandi. Dastlab baliqlar terisida, suzgichlarida,


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

21

3

1-noyabr 2024-yil.

jabralarida ingichka oq ipchalar paydo bo‘lib, so‘ngra paxtasimon qoplama hosil
qilishi va bu qoplama zamburug‘ning mitseliysi bo‘lib, rangi oq, och sariq va malla
rangda bo‘lishi kuzatildi. Gifalar o‘sib avval baliqlar bosh qismida, og‘iz, burun, ko‘z
sohasida so‘ngra butun tanasiga tarqalib, terining pastki qismlarigacha egallashi
kuzatildi. Zambrug‘lar ko‘payib jabralarni qoplab olishi natijasida zararlangan
baliqlarda kislorod almashinuvi buzilishi va kislorod etishmasligi sabab ular suvning
yuzasiga suzib chiqib kislorodni to‘g‘ridan-to‘g‘ri havodan qabul qilishi, ba’zi
baliqlar suv yuzasiga chiqib havodan nafas olmay tinch holatda turishi ko‘zatildi.
Kasal baliqlar holsiz, tashqi ta’surotlarga javob qaytarishi keskin pasaygan, ba’zilari
umuman e’tiborsiz. Kasal baliqlar ba’zan suv yuzasida ѐnbosh holatda bir qancha
muddat suzishi, ularni qo‘l bilan bemalol ushlab olish mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
Kasallangan baliqlarni patologoanatomik o‘zgarishlar, klinik belgilar hamda
laboratoriya tekshirish jarayonida dermatomikoz qo‘zg‘atuvchi kasalligi ekanligi
aniqlandi.

Xulosa.

Dermatomikoz kasalligini diagnostika qilishda va tashxislashda albatta

laboratoriya tekshiruvlari amalga oshirilishi zarurligi ahamiyatlidir. Bundan tashqari
baliqchilik suv havzalarida o‘z vaqtida dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazilib turilishi
baliqchilini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Элмуродов, Б., Давидов, О., Уракова, Р., & Рахимов, М. (2022).

Распространение и меры борьбы с пчелиным тропилапсозом в Узбекистане.

in

Library

,

22

(4), 19-21.

2.

Уракова, Р. М., Салимов, Х. С., Салимов, И. Х., & Джураев, О. А. (2021).

Значение патологоанатомических исследований в диагностике брадзота
овец.

Academic research in educational sciences

,

2

(6), 912-917.

3.

Уракова, Р., & Джураев, О. (2022). Балиқларнинг лигулёз билан

зарарланишидаги ўзгаришлар.

Перспективы развития ветеринарной науки и её

роль в обеспечении пищевой безопасности

,

1

(2), 219-223.

4.

Рахимов, М., Давидов, О., Элмуродов, Б., & Уракова, Р. (2022).

Распространение болезни тропилелапиоза пчел в Узбекистане и меры борьбы с
ним.

in Library

,

22

(4), 19-21.

5.

Уракова, Р. (2022). Результаты биопробы у морских свинок при

брадзоте.

Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении

пищевой безопасности

,

1

(2), 224-227.

6.

Uraqova, R. M., & Salimov, H. S. (2021). The causative agent of bradzot's

disease is CL. results of laboratory determination of 50% and 100% lethal doses
(LD50 and LD100) of oedematiens strain.

ACADEMICIA: An International

Multidisciplinary Research Journal

,

11

(7), 136-140.

7.

Салимов, И. Х., Салимова, Д. И., & Уракова, Р. М. ИЗУЧЕНИЕ

КЛИНИЧЕСКИХ

ПРИЗНАКОВ

И

ПАТОЛОГОАНАТОМИЧЕСКИХ

ИЗМЕНЕНИЙ ПРИ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОМ БРАДЗОТЕ ОВЕЦ.
8.

Салимов, Х., Урақова, Р., & Менглиев, А. (2024). Определение

иммуногенности экспериментальной серии местной моновалентной вакцины
ГОА против брадзоита овец на морских свинках.

in Library

,

2

(2), 178-185.

References

Элмуродов, Б., Давидов, О., Уракова, Р., & Рахимов, М. (2022). Распространение и меры борьбы с пчелиным тропилапсозом в Узбекистане, in Library, 22(4), 19-21.

Уракова, Р. М., Салимов, X. С., Салимов, И. X., & Джураев, О. А. (2021). Значение патологоанатомических исследований в диагностике брадзота овец. Academic research in educational sciences, 2(6), 912-917.

Уракова, P., & Джураев, О. (2022). Балиқларнинг лигулёз билан зарарланишидаги ўзгаришлар. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 7(2), 219-223.

Рахимов, М., Давидов, О., Элмуродов, Б., & Уракова, Р. (2022). Распространение болезни тропилелапиоза пчел в Узбекистане и меры борьбы с ним. in Library, 22(4), 19-21.

Уракова, Р. (2022). Результаты биопробы у морских свинок при брадзотс. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 7(2), 224-227.

Uraqova, R. М., & Salimov, Н. S. (2021). The causative agent of bradzot's disease is CL. results of laboratory determination of 50% and 100% lethal doses (LD50 and LD100) of oedematiens strain. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(7), 136-140.

Салимов,’ И. X., Салимова, Д. И., & Уракова, Р. М. ИЗУЧЕНИЕ КЛИНИЧЕСКИХ ПРИЗНАКОВ И ПАТОЛОГОАНАТОМИЧЕСКИХ ИЗМЕНЕНИЙ ПРИ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОМ БРАДЗОТЕ ОВЕЦ.

Салимов, X., Урақова, Р., & Менглиев, А. (2024). Определение иммуногенности экспериментальной серии местной моновалентной вакцины ГОА против брадзоита овец на морских свинках, in Library, 2(2), 178-185.