Происхождение, причины и диагностика мастита у продуктивных коров

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
28-33
2

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Хушназаров A., & Джуманов S. (2024). Происхождение, причины и диагностика мастита у продуктивных коров. in Library, 1(4), 28–33. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/48876
Алишер Хушназаров, Ветеринарный научно-исследовательский институт

Xushnazarov Alisher Xudoyberdi o'g'li 1993 yil Samarqand viloyati Narpay tumanida ziyoli oilada davallud topgan ma'lumoti oliy. 2016 yilda Samarqand qishloq xo'jalik institutinining Veterinariya fakultetini tugatgan. 2018 yilda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Parazitologiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha magistraturani tamomlagan. Bir muddat O'zbekiston yoshlar ittifoqining SamVM instituti yetakchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2018-2021 o'quv yillarida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining tegishli kafedralarida assistent o'qituvchi lavozimida pedagogik faoliyatini olib borgan.  2021 yilada 03.00.06-zoologiya ixtissosligi bo'yicha Stajyor tadqiqotchilik bo'yicha tahsil olgan. 2021-2023 yillarda esa ushbu oliygohda ushbu ta'lim shefri bo'yicha (PhD) doktoranturani tugatgan.

Bugungi kunda Respublikamizda jadal rivojlanib borayotgan Q/Xning kichik tarmog'i bo'lgan Quyonchilik yo'nalishida ilmiy izlanishlarini olib bormoqda.

Veterinariya ilmiy tadqiqot-instituti Kichik ilmiy xodimi Alisher Xushnazarovning qishloq xo'jalik hayvonlarini asrash, saqlash, parvarishlash, ayrim kasalliklarini diagnostika qilish, davolash va ushbu tarmoqdagi mavjud muammo, kamchiliklarni bartaraf qilishga tegishli 50 dan ortiq O'quv uslubiy qo'lanma, tavsiyanoma, maqola va tezislar muallifi.

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье описаны причины и диагностика клинического и латентного мастита у продуктивных коров, завозимых сегодня в нашу страну. Для этого необходимо выявить виды мастита у продуктивных коров, разработать меры лечения и профилактики, а также разработать эффективную диагностику. методов и показано, что проведены исследования, направленные на улучшение.


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

28

1-noyabr 2024-yil.

UDK:

619.636.2:618.19-002

MAHSULDOR SIGIRLARDA MASTITNING KELIB CHIQISHI,

SABABLARI HAMDA DIAGNOSTIKASI

Djumanov S.M. -

v.f.n.,

v.b. dotsent

Xushnazarov A.X.

– kichik ilmiy xodim

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti

Veterinariya ilmiy tadqiqot institute

Annotasiya:

Ushbu maqolada hozirgi kunda respublikamizga chetdan olib

kelinayotgan mahsuldoar sigirlarda uchraydigon klinik va yashirin mastitlarning
kelib chiqish sabablari va diagnostikasi bayon qilingan bulib, buning uchun
mahsuldor sigirlardagi mastitlarning turlarini aniqlash, kechish jrayonlarini, davolash
va oldini olish chora tadbirlarni ishlab chiqish hamda samarali tashxis usullarini
ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlarni olib borilganligi
ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar:

sigir, mastit, preparatlar, multivit,sut plastinkasi, mastidin,

dimastin, eritmalar, sut bezi, somatik.

Mavzuning dolzarbligi:

Respublikamizda so‘ngi yillarda qoramolchilikni

rivojlantirishda fan yutuqlari va ilg‘or tajribalilar asosida rivojlantirish maqsadida,
nasilchilik ishlariga, ozuqa bazasini mustahkamlashga va mahsulot ishlab chiqarish
hamda uni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishga katta e’tibor qaratmoqda.
Bunda qoramollar zotini yaxshilash, genofondini boyitish va saqlash muhim
hisoblanadi. Shuning uchun ham oxirgi yillarda dunyo genofondiga xos xo‘jalik
foydali belgilari bilan boshqa zotlardan keskin farq qiladigan qora ola , golishtin ,
simmental, shvitis hamda qizil cho‘l kabi zotlar mamalakatimizning turli hududlariga
xorijdan keltirilmoqda. Joylarda qoramolchilikga ixtisoslashgan zamonaviy fermer
xo‘jaliklari bunyod etilmoqda va buning natijasida sigirlar orasida ko‘plab kasalliklar
qayd etilishi mahsulot olishning sifatiga va miqdoriga katta tasir qilmoqda, jumladan
sog‘in sigirlar orasiidagi mastitlar asosiy to‘sqinliklardan biri hisoblanadi.Masttlar
sog‘in sigirlarda ko‘p uchraydigan yelin kasalliklari mastitlar bo‘lib, ko‘pincha
yashirin tarzda kechadi Subklinik mastit oqibatida sigirlar sut mahsuldorligi o‘rtacha
15-20% ga, sutning yog‘lilik darajasini 0,8-1% ga kamayishi, sigirlarning xo‘jalikda
foydalanish muddatlarining esa 2-3 yilga qisqarishi, kasallangan sigirlarning qisir
qolaishi, majburiy so‘yilishi, veterinariya tadbirlari va mahsulot yetishtirish uchun
xarajatlarning ortishi hisobiga mahsulotlar tannarxining ortishi xo‘jaliklarga katta
iqtisodiy zarar yetkaziladi. Yashirin mastit bilan kasallangan sigirlardan olingan sut
va sut mahsulotlari sanitariya sifatining pastligi insonlarda turli kasalliklarni keltirib
chiqaradi. Shuning uchun sog‘in sigirlarning yashirin mastit kasalligi nafaqat
iqtisodiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ega.


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

29

1-noyabr 2024-yil.

Respublikamizning chorvachilik fermer xo‘jaliklarida sog‘in sigirlar orasida va

chetdan keltirilgan mahsuldor sigirlarda mastit kasalliklarining keng tarqalganligiga
qaramasdan, kasallik turlarining sabablari, barvaqt tashxis qo‘yish, davolash va guruh
usulida profilaktika qilishning samarali usullari to‘liq ishlab chiqilmagan. Shuning
uchun mahsuldor sigirlar orasida mastit kasalligining turlarini aniqlash, tashxisi,
samarali davolash hamda oldini olish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirishga
qaratilgan tadqiqotlar olib borilishi dolzarb hisoblanadi.

Ayrim olimlar mastitlarning barcha shaklini stafilakokk, streptakokk, ichak

tayoqchasi va boshqa mikroorganizmlar keltirib chiqaradi deb ta’kidlashadi. Bu
ta’limotning asoschilari kasallangan yelin bo‘lagidan sog‘ib olingan sut tarkibida
mikroorganizmlar mavjud bo‘lishiga tayanadi [3,4]. Ayrim olimlar esa, sigirlarning
mastitlar bilan kasallanishida: sog‘ish stakanlarining zararsizlantirilmasligi oqibatida
infeksiyaning so‘rg‘ich kanali orqali yelin parenximasiga tushishi; sut tarkibida
antibakterial xususiyatga ega bo‘lgan lizosimning kamayishi; oziqlantirish qoidalari
va rejimining buzilishi, bir turdagi rasiondan ikkinchi rasionga tez o‘tish hayvonlarga
mog‘orlagan va chirigan oziqalarning berilishi; g‘unojinlarni sog‘ishga kech
o‘rgatish, sovuq va yomg‘irli kunlarda zoogigiyenik talablarga javob bermaydigan
molxonalarda boqish, to‘shamalarning bo‘lmasligi; yelinning mexanik ta’sirlanishi va
yelin terisida yaralarning paydo bo‘lishi asosiy etiologik omillar hisoblanadi [1,2].

Adabiyot a’lumotlariga ko‘ra, sigirlarda yelinning yallig‘lanishi ko‘pincha

subklinik mastit shaklida rivojlanib, sog‘im davrida 21,4%, sutdan chiqarishga yaqin
24,6%, sutdan chiqarilgan davrda 28,9% va yangi tuqqan davrda 23,4% sigirlarda
uchraydi. Klinik namoyon bo‘ladigan mastit esa 4,6-6,2% sigirlarda uchragan [4]. Sut
bezining kasalliklari sigirlarning sog‘ligiga katta zarar yetkazib, ulardan olinadigan
sutning miqdori va sifatini pasayib ketishiga hamda xujalikga katta iqtisodiy zarar
keltiradi.

Sutdagi somatik hujayralar va ularning mastitlarning diagnostikasidagi roli

.

Somatik hujayralar (SX) – bu turli organ va to‘qimalarning hujayralari bo‘lib, asosan
leykositlar, eritrositlar, silindrsimon hujayralar, sut bezining yassi va kubiksimon
epiteliysidan import bo‘ladi. Somatik hujayralarining 96 % oq qon tanachalari
(leykositlar) hisoblanadi.Sutdagi somatik hujayralarni aniqlash uning sifatini
belgilaydi. Sutdagi somatik hujayralarning miqdori hayvonning individual
xususiyatlari va uning fiziologik holatiga bog‘liq bo‘ladi.

Tug‘ish paytida va sutdan chiqarilgan sog‘lom sigirlarda somatik

hujayralarning konsentrasiyasi ko‘tariladi, laktasiyaning eng yuqori bosqichida
aksincha, eng past darajani tashkil etadi. Tadqiqotlardan birining natijasi shuni
ko‘rsatadiki laktasiyaning 35 va 265- kunlari oralig‘ida sog‘lom yelin bo‘lagidan
sog‘ib olingan 1 ml sut tarkibidagi somatik hujayralar miqdori 80 ming donani tashkil
etadi, bundan sut mahsuldorligining kamayib borishi bilan somatik hujayralar
konsentrasiyasining ortib borishi ma’lum bo‘ladi.

Sutdagi somatik hujayralar miqdori hayvonning yoshi ham bog‘liq bo‘ladi.

Ma’lumki, har laktasiyada somatik hujayralarning soni ortib boradi. Qarri
hayvonlarda immun tizimning zaiflashib borishi somatik hujayralarning ko‘payishiga
sabab bo‘ladi.


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

30

1-noyabr 2024-yil.

Sutdagi somatik hujayralarning konsentrasiyasi yoz oylarida (iyul-avgust)

sezilarli darajada ortadi va o‘rtacha yillik ko‘rsatkich 1 ml sutda 83,0 mingtagacha
yetadi. Sut mahsuldorligining ortishi bilan undagi somatik hujayralar soni ham ortib
boradi. Sut mahsuldorligi 8 001–8 500 kg bo‘lgan sigirlar sutidagi somatik hujayralar
mahsuldorligi 6 000 ming kg bo‘lgan sigirlar sutidagiga nisbatan 33,9 ming./ml ga
ko‘p bo‘lgan.

Sigirlar sutida somatik hujayralar sonini ko‘payishining sabablaridan biri

mastit hisoblanadi. Subklinik mastit paytida hyech qanday yallig‘lanish belgilari
kuzatilmasada sutdagi somatik hujayralar soni ko‘payadi. Subklinik mastit uzoq
muddat davom etib, sigirning sog‘ligiga va xo‘jalikning iqtisodiga (mahsuldorlikning
kamayishi va sut narxining pasayishi hisobiga) yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shuning uchun sutdagi somatik hujayralar miqdorini doimiy ravishda aniqlab borish
talab etiladi.

Sutda

somatik

hujayralar

konsentrasiyasining

ortishiga

yelinda

mikroorganizmlarning rivojlanishi, parazitar kasalliklar, ovqat hazm qilish, ayirish
tizimlarining

kasalliklari,

modda

almashinuvi

buzilishlari,

vitaminlar

va

mikroelementlarning yetishmasligi oqibatida organizm rezistentligining pasayishi,
turli gormonal preparatlarni noto‘g‘ri ishlatish, sut bezi va so‘rg‘ichlarining har xil
jarohatlanishlari va turli stresslar sabab bo‘ladi.

Yelinning har bir choragidan sog‘ib olingan sut tarkibidagi somatik hujayralar

konsentrasiyasini aniqlash bilan sigirning mastit bilan kasallaganligini va uning turini
aniqlash mumkin bo‘ladi. Sut tarkibidagi somatik hujayralar 1 ml sutda 50 ming.dan
200 ming. gacha bo‘lganda sigir sog‘lom (bu ko‘rsatkich sigirning yoshi va
oziqlantirish turiga ko‘ra, 1 ml sutda 50 ming.dan 200 ming.gacha bo‘lishi mumkin),
201 mingdan 400 ming/1 ml konsentrasiyada bo‘lishi sut bezida yallig‘lanish
borligidan dalolat beradi. Somatik hujayralar konsentrasiyasi 401 mingdan 800
ming/1 ml bo‘lishi subklinik mastit, 800 ming/1 ml.dan yuqori bo‘lishi klinik mastit
rivojlanganligini ko‘rsatadi.

Sut tarkibidagi somatik hujayralar 1 ml sutda 400 ming bo‘lganda sigirning sut

mahsuldorligi 5 % va undan ko‘p miqdorda, 700 ming bo‘lganda 12 % va undan ko‘p
miqdorda kamayishi tajribalarda o‘z isbotini topgan. Shuning uchun sutdagi somatik
hujayralar konsentrasiyasini kamaytirish maqsadida sigirlarni saqlash sharoitlari va
oziqlantirilishi doimiy ravishda nazorat qilinishi, somatik hujayralar me’yorlardan
ko‘pligi aniqlangan sigirlarni asosiy podadan chiqarish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Tadqiqot obyekti va uslublari:

Samarqand tumanidagi ‘

‘Chorva sut- servis’

fermer xo‘jaligidagi sog‘in sigirlarda mastitlarning tarqalishi, asosiy turlari (zardobli,
kataral, kataral-yiringli va fibrinli), klinikasi va rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish
maqsadida dispanser tadqiqotlar o‘tkazilib, hayvonlarni parvarishlanishi va
oziqlantirilishi, sigirlarni sog‘ish texnologiyasiga rioya qilinishi tahlil qilindi.

Sog‘in sigirlarning mastit bilan kasallanish darajasini o‘rganish maqsadida

ularda umumiy qabul qilingan usullar yordamida klinik tekshirishlar o‘tkazildi,
shuningdek, yelin terisi, sut bezi parenximasi va yelin surg‘ichlarining holati
o‘rganildi. 12 bosh sog‘in sigirlardan sut namunalari olinib, MKP-1 sut plastinkasi


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

31

1-noyabr 2024-yil.

yordamida 5%-li dimastin bilan sinama o‘tkazilib, sigirlarning yashirin mastit bilan
kasallanish darajasi aniqlandi.

1-rasm

. Subklinik mastit kasallig‘ini aniqlash uchun sig‘irning elinidan sut

plastinkasiga sut namunasi olish jarayoni.

Olingan natijalar tahlili.

Xo‘jalikda sog‘in sigirlar guruh usulida (har guruhda 60-40 bosh)

bog‘lamasdan parvarishlanadi. Oziqlantirish bir kunda uch marta, sug‘orish suv
oxirlari yordamida amalga oshiriladi. Sigirlar asosan bir joyda saqlanib, ular uchun
faol masion va rasionni to‘liq yetishmasligi.

Sigirlar rasioni silos-konsentrat tipida bo‘lib, tarkibi 30 kg silos (56,6%), 10 kg

senaj (17,2%), 2 kg beda pichani (3,4%), 4 kg konservalash qoldiqlari (6,9%), 4 kg
bug‘doy yormasi (6,9%), 5 kg makka yormasi (8,6%), 2 kg kungaboqar shroti
(3,4%), 1 kg soya shroti (1,7%), 100 g o‘simlik moyi, 150 g bo‘r, 150 g osh tuzi, 200
g primeksdan iborat. Rasionning umumiy tuyimligi o‘rtacha 24,0 oziqa birligini
tashkil etadi. Fosforning kalsiyga nisbati 0,38 ni (me’yor - 2,0:1) tashkil etdi.
Sigirlarda yashirin mastitlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tajribadagi 12 bosh
mastit bilan kasallanganligi gumon qilingan sigirlarning 7 boshidan olingan sut
namunalarida sutning konsistensiyasi o‘zgarmadi (sinama salbiy), 3 bosh sigirda
qisman o‘zgarish kuzatildi (sinama noaniq) va 2 bosh sigirlardan olingan sut
namunalarida sut quyqalari borligi (sinama ijobiy), ya’ni 16,7% sigirlarda subklinik
mastit kasalligi qayd etildi. Xo‘jalikdagi jami 120 bosh sog‘in sigirlardan 13 bosh
sigirlarda mastit aniqlanib. shundan 56% (7 bosh) ni zardobli mastit, 25% (3 bosh) ni
kataral mastit, 17% (2 bosh) ni kataral-yiringli mastit, 8% (1 bosh) ni fibrinli mastit
bilan kasallangan sigirlar tashkil etdi.

Xulosalar.

1.

Sigirlarning mastit bilan kasallanishida ularni saqlash sharoitlari va sut

sog‘ish qoidalariga rioya etilmasligi, rasionda oqsilli va shirali oziqalarning
ortiqchaligi va yengil hazmlanuvchi uglevodlar hamda kletchatkaning yetishmasligi,


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

32

1-noyabr 2024-yil.

sigirlar uchun faol yayratish maydonchalari masion va rasionni yetishmasligi ham
etiologik omillar hisoblanadi.

2. Xo‘jalikdagi sog‘in sigirlarni har oyda bir marta yashirin mastitlarga

tekshirib turish tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Авазов, О. С., & Джуманов, С. М. (2021). Причины и

характеристики алиминационного бесплодия у коров.

2.

Djumanov, S. M., & Kokilov, B. R. (2022). TUG’RUQDAN KEYINGI

KASALLIKLARNI

DAVOLASHDA

FARMAKOLOGIK

VOSITALAR

SAMARADORLIGI.

O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA

ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI

,

1

(12), 801-804.

3.

Djumanov, S. M., & Kokilov, B. R. (2022). EFFECTIVENESS OF

PHARMACOLOGY

IN

THE

TREATMENT

OF

POSTPARTUM

DISEASES.

Galaxy International Interdisciplinary Research Journal

,

10

(10), 638-

641.

4.

Djumonov, S. M., Sidiqov, B. T., & Zoirov, U. T. (2022).

SIGIRLARDA

TUXUMDONLAR

GIPOFUNKSIYASINING

TARQALISHI.

AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY

JURNALI

, 217-220.

5.

Muradovich, D. S. (2023). SIGIRLARDA BOLA TASHLASHLARNI

SABABLARI

VA

OLDINI

OLISH.

ВЕСТНИК

ВЕТЕРИНАРИИ

И

ЖИВОТНОВОДСТВА

,

3

(1).

6.

Djumanov, S. M., Karimov, M. G., & Raxmonov, L. (2023).

KATARAL-YIRINGLI MASTITLARNI DAVOLASH VA OLDINI OLISHNI
TAKOMILLASHTIRISH.

Scientific Impulse

,

1

(9), 1856-1860.

7.

Djumanov, S. M., Sidikov, B. T., & Ibroximov, S. O. (2023). Modern

Methods For Determination Of Cows' Disorders And Infertility.

International

Journal on Integrated Education

,

4

(6), 112-114.

8.

SM, D. (2023). SIGIRLARDA MASTIT KASALLIKLARINI KELIB

CHIQISH

SABABLARI

VA

DIAGNOSTIKASI.

Новости

образования:

исследование в XXI веке

,

2

(13), 21-27.

9.

SM, D. (2023). SIGIRLARDA MASTITLARNI KELIB CHIQISH

SABABLARI

VA

DIAGNOSTIKASI.

AGROBIOTEXNOLOGIYA

VA

VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI

, 24-28.

10.

Djumanov, S. M. (2023). TUG ‘RIQDAN KEYINGI YARIM FALAJ

KASALLIGINI

SABABLARI,

DAVOLASH

VA

OLDINI

OLISH.

AGROBIOTEXNOLOGIYA

VA

VETERINARIYA

TIBBIYOTI

ILMIY

JURNALI

, 33-38.

11.

Djumanov, S. M. (2023). CAUSES AND TYPES OF ORIGIN OF

MASTITIS IN PRODUCTIVE COWS.

Galaxy International Interdisciplinary

Research Journal

,

11

(12), 1578-1581.

12.

Жуманов, С. М. (1997). Морфология органов размножения

каракульских овец в онтогенезе.


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

33

1-noyabr 2024-yil.

13.

Djumanov, S., & Umirzakov, I. (2023). ПРИЧИНЫ, ПАТОГЕНЕЗА И

МЕТОДЫ

ДИАГНОСТИКИ

СКРЕТЫЙ

МАСТИТА

У

ДОЕНИЕ

КОРОВ.

Вестник ветеринарии и животноводства (ssuv. uz)

,

3

(3).

14.

Хушназаров, А., Абдиев, Ф., & Акрамов, К. (2019).

Распространение тениаринхоза на побережье Амударьи.

in Library

,

19

(3), 25-26.

Библиографические ссылки

Авазов, О. С., & Джуманов, С. М. (2021). Причины и характеристики алиминационного бесплодия у коров.

Djumanov, S. M., & Kokilov, B. R. (2022). TUG’RUQDAN KEYINGI KASALLIKLARNI DAVOLASHDA FARMAKOLOGIK VOSITALAR SAMARADORLIGI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 1(12), 801-804.

Djumanov, S. M., & Kokilov, B. R. (2022). EFFECTIVENESS OF PHARMACOLOGY IN THE TREATMENT OF POSTPARTUM DISEASES. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(10), 638-641.

Djumonov, S. M., Sidiqov, B. T., & Zoirov, U. T. (2022). SIGIRLARDA TUXUMDONLAR GIPOFUNKSIYASINING TARQALISHI. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 217-220.

Muradovich, D. S. (2023). SIGIRLARDA BOLA TASHLASHLARNI SABABLARI VA OLDINI OLISH. ВЕСТНИК ВЕТЕРИНАРИИ И ЖИВОТНОВОДСТВА, 3(1).

Djumanov, S. M., Karimov, M. G., & Raxmonov, L. (2023). KATARAL-YIRINGLI MASTITLARNI DAVOLASH VA OLDINI OLISHNI TAKOMILLASHTIRISH. Scientific Impulse, 1(9), 1856-1860.

Djumanov, S. M., Sidikov, B. T., & Ibroximov, S. O. (2023). Modern Methods For Determination Of Cows' Disorders And Infertility. International Journal on Integrated Education, 4(6), 112-114.

SM, D. (2023). SIGIRLARDA MASTIT KASALLIKLARINI KELIB CHIQISH SABABLARI VA DIAGNOSTIKASI. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(13), 21-27.

SM, D. (2023). SIGIRLARDA MASTITLARNI KELIB CHIQISH SABABLARI VA DIAGNOSTIKASI. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 24-28.

Djumanov, S. M. (2023). TUG ‘RIQDAN KEYINGI YARIM FALAJ KASALLIGINI SABABLARI, DAVOLASH VA OLDINI OLISH. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 33-38.

Djumanov, S. M. (2023). CAUSES AND TYPES OF ORIGIN OF MASTITIS IN PRODUCTIVE COWS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(12), 1578-1581.

Жуманов, С. М. (1997). Морфология органов размножения каракульских овец в онтогенезе.

Djumanov, S., & Umirzakov, I. (2023). ПРИЧИНЫ, ПАТОГЕНЕЗА И МЕТОДЫ ДИАГНОСТИКИ СКРЕТЫЙ МАСТИТА У ДОЕНИЕ КОРОВ. Вестник ветеринарии и животноводства (ssuv. uz), 3(3).

Eshbo‘riev, B. M., Eshbo‘riev, S. B., & Djumanov, S. M. (2020). Veterinariya akusherligi fanidan amaliy labarotoriya mashg ‘ulotlari. O „quv qo „llanma, Samarqand.

Джуманов, С. М., & Шохрух, И. (2023). SIGIRLARDA BACHADON CHIQISHI SABABLARI, DAVOLASH VA OLDINI OLISH. ВЕСТНИК ВЕТЕРИНАРИИ И ЖИВОТНОВОДСТВА, 3(1).

Газнакулов, Т., & Хушназаров, А. (2023). Литературный обзор по истории развития эпизоотологии и изучения бешенства. in Library, 1(2), 7-9.

Джураев, О., & Хушназаров, А. (2023). Порядок и методы патологического обследования сельскохозяйственных животных. in Library, 3(3), 21-25.