Разнообразие полифенолов, обнаруженных в стеблях, листьях и цветках растений семейства Молочайных

CC BY f
240-242
0
0
Поделиться
Тошбеков, Н., Мустафакулов, М., & Динибоев, Э. (2023). Разнообразие полифенолов, обнаруженных в стеблях, листьях и цветках растений семейства Молочайных. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 240–242. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25680
Мухаммаджон Мустафакулов, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека Джизакский филиал

(PhD), dots.

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ko’rilayotgan ushbu tadqiqot “Euphorbiaceae oilasiga mansub o`simliklarning poyasi, bargi va guli tarkibida uchraydigan polifenollarning xilma xilligi” mavzusida bo’lib, bunda dissertatsiya mavzusining dolzarbliligi, tadqiqotning  maqsadi, tadqiqotning usullari va olingan natijalar va ularning tahlili qayd etilgan.
Maqolada tozalash va oqartirish vositalarining ishlab chiqarish texnologiyalarining bir necha usullari ko'rib chiqildi. Laboratoriyada kimyoviy tozalash va oqartirish vositalari tahlil qilindi. Labarotoriya jarayonida belgilangan o’simlikning poyasi, bargi va guli maydalanib tahlil sifatida olindi. Laboratoriya tahlillari natijasida olingan mahsulotlar ishlab chiqarishga tatbiq etildi. Ishlab chiqarish texnologiyasiga mos qurilmalar tanlandi. Ishlab chiqarish quvvatlarini yanada samarali qilish uchun zarur tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirildi.

Похожие статьи


background image

240

11. Statisches Jarbuch des Deutschen Demokratischen Republik. 1978. Berlin,

1978, 756 s.

12. Толипов Ф.Р., Шукуров Ж.С., Тогашаров А.С., Тухтаев С. Политерма

растворимости системы нитрата карбамида - моноэтаноламин – вода Universum:
Технические науки: электрон. научн. журн. 2019. № 8(65). URL: http: //
7universum.com/ru/tech/archive/item/7731.

13. Тухтаев С., Нархаджаев А.К. Политерма растворимости тройной

системы мочевина- азотная кислота- вода. -Узб.хим.журн., 1973, №4, с.10-12.

EUPHORBIACEAE OILASIGA MANSUB O`SIMLIKLARNING POYASI,

BARGI VA GULI TARKIBIDA UCHRAYDIGAN POLIFENOLLARNING

XILMA XILLIGI

Toshbekov Nurmuhammad Toxir o‘g‘li,

(PhD), dots. Mustafakulov Muhammadjon Abduvaliyevich,

Diniboyev Erkin Olim oʻgʻli

O`zbekiston Milliy unversiteti Jizzax filiali

mmustafakulov@bk.ru

Annotatsiya:

Ko’rilayotgan ushbu tadqiqot “Euphorbiaceae oilasiga mansub

o`simliklarning poyasi, bargi va guli tarkibida uchraydigan polifenollarning xilma
xilligi” mavzusida bo’lib, bunda dissertatsiya mavzusining dolzarbliligi, tadqiqotning
maqsadi, tadqiqotning usullari va olingan natijalar va ularning tahlili qayd etilgan.

Maqolada tozalash va oqartirish vositalarining ishlab chiqarish texnologiyalarining bir
necha usullari ko'rib chiqildi. Laboratoriyada kimyoviy tozalash va oqartirish vositalari
tahlil qilindi. Labarotoriya jarayonida belgilangan o’simlikning poyasi, bargi va guli
maydalanib tahlil sifatida olindi. Laboratoriya tahlillari natijasida olingan mahsulotlar
ishlab chiqarishga tatbiq etildi. Ishlab chiqarish texnologiyasiga mos qurilmalar
tanlandi. Ishlab chiqarish quvvatlarini yanada samarali qilish uchun zarur tarkibiy
o'zgarishlar amalga oshirildi.

Kalit soʻzlar:

Polifenol, tannin, virus, bakteriya, Euphorbia, spektroskopiya,

metabolitlar.


Mavzuning dolzarbligi:

Dunyoda keng tarqalgan yurak-qon tomir, qandli diabet,

onkologik kasalliklar, yalligʼlanish jarayonlarining asosiy sababchisi - organizmdagi
erkin radikallar miqdorining meʼyordan ortib ketishi hisoblanadi. Xalq tabobatida
hamda anaʼnaviy tibbiyotda ana shunday patologik xolatlarni oldini olish va
davolashda, odatda, oʼsimliklardan ajratib olingan ikkilamchi metabolitlar, jumladan
polifenol tabiatiga ega boʼlgan bioantioksidantlar qoʼllanadi. Ular kislorodning faol
shakllarini neytrallashi natijasida organizmni oksidlovchi stresslardan himoya qiladi,
hujayralarning oksidlanish-qaytarilish xossalarini tartibga solib, organizmni erta
qarishiga toʼsqinlik koʼrsatadi. Polifenollar nafaqat oksidlanish jarayonlarini izga
solishi, balki antimikrob xossalari tufayli ham taʼsir doirasi keng dori vositalari yaratish


background image

241

imkonini beradi. Shuning uchun biologik faol polifenollarni izlab topish va ular asosida
samarali dori vositalarini yaratish katta ahamiyatga ega.

Jahonda biologik faol birikmalarga boy boʼlgan oʼsimlik manbalarini izlab

topish hamda kimyoviy tarkibini aniqlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Аna shunday
oʼsimliklar qatoriga Euphorbiaceae oilasining katta turkumini tashkil etuvchi
Euphorbia kirib, u oʼz ichiga 2000 ga yaqin turni oladi. Euphorbia turi oʼsimliklarining
poya, bargi va gulidan koʼp sonli ikkilamchi metabolitlar-terpenoid, steroid, flavonoid,
tanninlar ajratib olinib, dorivor oʼsimlik sifatida migren, gonoreya, ichak parazitlari,
soʼgal va teri kasalliklarini davolashda, shuningdek, oʼsimlik ekstraktlari isitmani
tushirish, ogʼriq qoldirish, antiproliferativ, sitotoksik hamda bakteriya va viruslarga
qarshi samarali vosita sifatida keng qoʼllanilmoqda.

Tadqiqotning maqsadi:

Euphorbia o`simligining poyasi, bargi va guli tarkibida

uchraydigan polifenollarning xilma xilligi aniqlashdan iborat.

Tadqiqotning usullari.

Ushbu tadqiqotning bajarilishida dastlab o’simlikni

tanlab, uning qanday sharoitda rivojlanishini o’rganib uni o’stirish. Va yana ma’lum
muddat o’tgach laborotoriya sharoititda o’simlik poyasi, bargi va guli tarkibidagi
birikmalarni ajratib olish va tozalashning quyidagi usullaridan (ekstraktsiya, haydab
olish, kolonkali va yupqa qatlamli xromatografiya, qayta kristallash), birikmalar
tuzilishini aniqlashning fizik usullari (IQ-spektroskopiya, mass-spektrometriya),
birikmalar tuzilishini aniqlashning kimyoviy usullari (kislotali va bosqichli gidroliz,
metanoliz reaktsiyalari) hamda in vitro va in vivo sharoitdagi farmako-toksikologik
tadqiqot usullaridan foydalanilgan.

Olingan natijalar va ularning tahlili:

Mavjud “Euphorbia” turkumi o‘simliklari

biologik faol polifenollarning boy manbai hisoblanib, bu turkumning ko‘plab vakillari
tarkibidagi tanninlar ayniqsa yaxshi o‘rganilgan. Ko‘p yillar davomida T.Yoshida,
T.Okuda va boshqa bir qator yapon olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar
natijasida Euphorbia turkumining bir qator vakillari tarkibidan turli strukturaga ega
bo‘lgan ellagotanninlar ajratib olinib, ular fizik-kimyoviy jihatdan tavsiflab berilgan
[1-3].

Tadqiqotlar natijasida Euphorbia turkumining 10 ga yaqin turi o‘simliklaridan

avvaldan ma'lum bo‘lgan monomer gidrolizlanuvchi tanninlar bilan bir qatorda yangi
dimer va oligomer ellagotanninlar- euforbin va bir qancha moddalar birikmalar ajratib
olinadi. O‘simliklarning kimyoviy tarkibini har tomonlama chuqur o‘rganish
maqsadida ularni alohida komponentlarga ajratish, tuzilishini fizik-kimyoviy tahlil
qilish, biologik faolliklarini aniqlash va ular asosida keng ta'sir ko‘rsatish doirasiga ega
bo‘lgan samarali dori vositalarini yaratish hozirgi kundagi dolzarb vazifalardan biridir
[4-6].

Ko‘p yillar davomida ushbu oila turlari biologik faol birikmalar, jumladan,

alkaloidlar, antraxinonlar, kumarinlar, terpenoidlar va polifenollarning boy manbai
sifatida butun dunyo olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganib kelinmoqda [7].
Ayniqsa, Euphorbiaceae oilasi o‘simliklarining bargi, poyasi va guli tarkibidagi
flavonol va tanninlari birmuncha chuqurroq o‘rganilgan bo‘lib, o‘simliklardan
kversetin, kempferol, mirisetin, ramnetin, izoramnetin va ularning glikozidlari,
monomer, dimer va oligomer gidrolizlanuvchi tanninlarning bir qancha vakillari ajratib
olingan hamda ularning biologik faolliklari tadqiq etilgan [8-10].


background image

242

Xulosa:

Euphorbiaceae oilasi o‘simliklarining poya, barg va guli tarkibini

birmuncha chuqurroq o‘rgangan holda, ularning tarkibidagi polifenollarning xilma-
xilligi, xususiyatlari va ular yordamida yangi bakteriya va viruslarga qarshi samarali
vosita sifatida yangi biotexnologik namuna ishlab chiqarish ko’zda tutilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Mustafakulov M.A., Toshbekov N.T. Euphorbiaceae oilasiga mansub

o’simliklarning virusga va bakteriyalarga qarshi vositalar ishlab chiqarish //Zamonaviy
Innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari:. –
2023.C – 2-qism. 100-101.

2.

Mukhammadjon M. et al. The effect of ngf on indicators of the antioxidant

system in rat brain tissue //Universum: химия и биология. – 2021. – №. 9 (87). – С.
82-86.

3.

Saatov T. et al. Antioxidant and hypoglycemic effects of gossitan

//Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2019. – Т. 63.

4.

Saatov T. et al. Study on hypoglycemic effect of polyphenolic compounds

isolated from the Euphorbia L. plants growing in uzbekistan //Endocrine Abstracts. –
Bioscientifica, 2020. – Т. 70.

5.

Saatov T. et al. Correction of oxidative stress in experimental diabetes

mellitus by means of natural antioxidants //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2021.
– Т. 73.

6.

Irgasheva S. et al. Study on compositions of lipids in tissues of rats with

alimentary obesity //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2019. – Т. 63.

7.

Mamadalieva N. I., Mustafakulov M. A., Saatov T. S. The effect of nerve

growth factor on indicators of the antioxidant system in rat brain tissue //eurasian union
of scientists. series: medical, biological and chemical sciences Учредители: ООО"
Логика+". – 2021. – №. 11. – С. 36-40.

8.

Saatov T. et al. Study on antioxidant and hypoglycemic effects of natural

polyphenols in the experimental diabetes model //Endocrine Abstracts. –
Bioscientifica, 2018. – Т. 56.

9.

Mustafakulov M. et al. Determination of antioxidant properties of l-cysteine

in the liver of alloxan diabetes model rats //International Journal of Contemporary
Scientific and Technical Research. – 2023. – №. Special Issue. – С. 47-54.

10.

Мамадалиева Н. И., Мустафакулов М. А., Саатов Т. С. Влияние фактора

нервного роста на показатели антиоксидантной системы в тканях мозга крысы
//Environmental Science. – 2021. – Т. 723. – С. 022021.








Библиографические ссылки

Mustafakulov M.A., Toshbekov N.T. Euphorbiaceae oilasiga mansub o’simliklarning virusga va bakteriyalarga qarshi vositalar ishlab chiqarish //Zamonaviy Innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari:. – 2023.C – 2-qism. 100-101.

Mukhammadjon M. et al. The effect of ngf on indicators of the antioxidant system in rat brain tissue //Universum: химия и биология. – 2021. – №. 9 (87). – С. 82-86.

Saatov T. et al. Antioxidant and hypoglycemic effects of gossitan //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2019. – Т. 63.

Saatov T. et al. Study on hypoglycemic effect of polyphenolic compounds isolated from the Euphorbia L. plants growing in uzbekistan //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2020. – Т. 70.

Saatov T. et al. Correction of oxidative stress in experimental diabetes mellitus by means of natural antioxidants //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2021. – Т. 73.

Irgasheva S. et al. Study on compositions of lipids in tissues of rats with alimentary obesity //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2019. – Т. 63.

Mamadalieva N. I., Mustafakulov M. A., Saatov T. S. The effect of nerve growth factor on indicators of the antioxidant system in rat brain tissue //eurasian union of scientists. series: medical, biological and chemical sciences Учредители: ООО" Логика+". – 2021. – №. 11. – С. 36-40.

Saatov T. et al. Study on antioxidant and hypoglycemic effects of natural polyphenols in the experimental diabetes model //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2018. – Т. 56.

Mustafakulov M. et al. Determination of antioxidant properties of l-cysteine in the liver of alloxan diabetes model rats //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. – 2023. – №. Special Issue. – С. 47-54.

Мамадалиева Н. И., Мустафакулов М. А., Саатов Т. С. Влияние фактора нервного роста на показатели антиоксидантной системы в тканях мозга крысы //Environmental Science. – 2021. – Т. 723. – С. 022021.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов