315
TA’LIM OLUVCHILARNI TA’LIM MUASSASALARIGA MOSLASHISHINI
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Djumanov Sherali Zakirovich
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
Adamboyeva Ruxsora Botir qizi,
O‘ktamqulova Shahzoda Oybek qizi
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
talabalari
Annotatsiya:
Mazkur maqolada o‘qituvchi faoliyatini shakllantirishda
kommunikativ qobiliyatlarning roli va o‘rni yoritiladi.
Maqoladan mutaxassislarning kommunikativ qobiliyatni shakllantirishni
takomillashtirish muammosi bilan shug‘ullanuvchilar foydalanish mumkin.
Kalit so‘zlar:
O‘qituvchi shaxs, shakllantirish, kommunikativ qobiliyat,
boshlang‘ich sinf, axborot, kommunikativ bilimdonlik, ta’lim-tarbiya, algaritim,
ketma-ketlik, dolzarblik, ijtimoiy zaruratlik.
Mavzuning dolzarbligi:
Ma’lumki, ilmiy tadqiqot jarayoni va uning yechimlarini
izlash natijalari jamiyat taraqqiyoti rivojining asosini tashkil etadi, ya’ni ular orqali
taraqqiyot sur’ati tezlashadi. Bunday taraqqiyot sur’atini esa umummilliy tadqiqotlar
yordamida ta’minlash mumkin bo‘ladi, va ular xususiy ilmiy tadqiqotlar uchun
metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Umumilmiy tadqiqotlar inson aqliy faoliyatining ma’lum (aniq) maqsadga
yo‘naltirilgan ijodiy harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, hodisa va narsalar
o‘rtasidagi aloqadorlik hamda taraqqiyot qonuniyatlarini yaratishga mo‘ljallangan
ijodkorlikdir.
Bundan ko‘zlangan maqsad hodisa va jarayon to‘g‘risida yangi bilimga ega
bo‘lish, uni takomillashtirish va ular asosida qo‘yilgan muammo bo‘yicha yangi
metodologiya, texnika, texnologiyalar va shu kabilarni yaratishdan iboratdir.
Jumladan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi global
tendensiyalar pivojlangan demokpatik davlat va fuqarolik jamiyati bappo etish
talablapiga mos ravishda oliy ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarni kommunikativ
qobiliyatlarini shakllantirish, ularda muloqot madaniyati, empatiya, notiqlik mahorati
kabi kasbiy va shaxsiy sifatlarni rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Jamiyat rivojlangan sari undagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlar tizimi
shakllanib borgan va bu munosabatlar sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga bog‘liq
ravishda o‘ziga xos xarakter kasb etadi. Bu jarayonning ahamiyatli belgilaridan biri
shuki, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘qituvchi faoliyatigaham o‘z ta’sirini qo‘rsatadi.
Shu sababli ham pedagogik faoliyatning mazmuni ko‘p jihatdan o‘qituvchining o‘ziga,
ya’ni atrofdagilarga, o‘z-o‘ziga, umuman hayotga bo‘lgan munosabatlariga bog‘liq
bo‘ladi.
Ma’lumki, pedagogik faoliyatda kommunikativ munosabatlar, ularning
xususiyatlari boshqalar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida shakllanadi va namoyon
bo‘ladi. Pedagogik faoliyatda insonlar bilan munosabatlarni tashkil qilish, ularni
316
yuragiga yo‘l topa olish, ularda o‘ziga nisbatan moyillik uyg‘otish har bir pedagog
uchun juda muhim. Bunday malakalar hayotdagi va kasbiy muvaffaqiyatlarning asosi
hisoblanadi.
Shu sababli ham mazkur maqolaga ta’lim oluvchilar shaxsini shakllantirishda
kommunikativ muloqotlarning o‘rni va ahamiyatini yoritishni maqsad qilib oldik.
Pedagogik faoliyatda ta’lim oluvchilarni muloqotga chaqirish, ushbu jarayonda
to‘g‘ri yo‘l topa bilish, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro
aloqa bog‘lashga va muloqotga kirisha olish har bir o‘qituvchidan o‘zaro faol
muloqotlarga tegishli ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishni talab etadi. Shuning bilan
birga har bir o‘qituvchi o‘zini pedagogik faoliyatidagi muvoffaqiyati uchun muloqotga
kirishish, shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etish, ta’lim oluvchilarni va
insonlarni o‘z tarafdorlariga aylantirish, fikrini boshqalarga to‘g‘ri yetkaza olish,
o‘zgalarni tushunish borasidagi psixologik bilim va malakalarga ega bo‘lishi o‘ta
muhim hisoblanadi.
Ta’lim beruvchi uchun pedagogik faoliyatdagi eng zarur sifatlardan biri – bu o‘z
xatti-harakatlarini boshqarish bo‘lib, bu qobiliyat o‘qituvchiga turli xil vaziyat va
sharoitlarda o‘zini qanday tutish, vaziyat talablaridan kelib chiqqan holda muloqotni
tashkil qilish, suhbatdoshning individual psixologik xususiyatlarini bilib, vaziyatga
to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish va natijada o‘z rejalashtirgan maqsadiga erishish imkonini
beradi.Bu esa, ta’lim beruvchi o‘z hayotida kommunikativ bilimlardan, ayniqsa,
pedagogik faoliyatda ta’lim oluvchilar bilan muloqotda qanchalik unumli foydalana
olsa, shunchalik, pedagogik faoliyatni o‘zi uchun ma’qul tarzda tashkil etish imkoniga
ega bo‘ladi, unga xulosaviy fikrni qayd etishga asos bo‘ladi. Har bir ta’lim oluvchi
qanchalik o‘ziga xos, individual bo‘lmasin, baribir ta’lim oluvchilar psixologiyasi
o‘rtasida o‘xshashlik, umumiylik mavjudki, bunday umumiyliklar ma’lum bir
qonuniyatlarda o‘z ifodasini topadi.
Tadqiqot usullari:
Bular:
avvalo, bemavrid gapirmaslik;
ikkinchidan, lutf ila yumshoqlik bilan so‘zlash;
uchinchidan, ochiq chehra bilan gapirib aftini burishtirmaslik;
to‘rtinchidan, eshituvchiga malol kelmaydigan tarzda gapirish;
beshinchidan, faqat foydali gaplarni gapirish;
oltinchidan, o‘ylab, andisha bilan so‘zlash (o‘ylamay aytilgan gap pushaymonlik
keltiradi).
yettinchidan, kishilar gapirayotganda oraga gap qo‘shmaslik, so‘zini bo‘lmaslik;
sakkizinchidan, ko‘p gapirmaslik, zero bu fozillik belgisidir.
Insonning borliq bilan hamkorlik harakatlari tizimi shaxslararo munosabatlarda,
ijtimoiy hayot va faoliyatda, ishlab chiqarishda obyektiv muomala negizida yuzaga
keladi. Obyektiv munosabatda aloqalar, ularning o‘zaro bog‘langanligi, hamkorligi,
tobeligi, uyg‘unligi, real guruhlarda va jamoalarda qonuniy ravishda namoyon bo‘ladi.
Jamoadagi munosabatlar negizida subyektiv xususiyatli shaxslararo munosabatlar
tug‘iladi.
Bunday masalalarning muhim jihati shundaki, ta’lim beruvchi kommunikativ
munosabatlarni tashkil etar ekan, ko‘pincha o‘z shaxsiy tajribasiga tayangan holda o‘zi
317
uchun ma’qul tarzda va shaklda bu munosabatlarni tashkil etadi. Afsuski, ko‘p hollarda
bunday tashkil etilgan muloqotlar ta’lim oluvchilar bilan munosabatda muloqotda har
doim ham ta’lim oluvchilarning psixologik xususiyatlari va munosabatlardan
kutadigan natijalari hisobga olinmaydi. Bu esa ikkinchi tomonning tushunmovchilikka,
shu jumladan, ta’lim beruvchini ham tushunilmay qolishiga sabab bo‘ladi.
Muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishida bo‘lajak o‘qituvchining shakllangan
sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, ta’lim oluvchida ijobiy
fazilatlar yaxshi shakllangan bo‘lsa (xushmuomalaliliq, kamtarlik, insonparvarlik,
to‘g‘ri so‘zliliq, vijdonliliq kabilar) muloqot jarayoni ham yaxshi o‘tadi. CHunki,
shaxslar bir-birini to‘g‘ri tushunishlari uchun muloqot muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun
ular samimiy bo‘lishlari lozim.
Xulosa:
shunday ekan, o‘qituvchilarning yuqori kasbiy tayyorgarlikka,
kommunikativ qobiliyat borasida ham pedagogik mahoratga, yuqori intellektual
salohiyatga, yuksak ma’naviy - axloqiy fazilatlarga, mafkura borasida chuqur
dunyoqarashga ega bo‘lishi, ta’lim - tarbiya ishlarida innovatsion texnologiyalardan
samarali foydalana olishlarini davr talab etmoqda. Ayniqsa, ta’lim oluvchilatdagi
kommunikativ qobiliyatlar ularning kasbiy kompetentligining tarkib topishida muhim
didaktik asos bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, ta’lim - tarbiya jarayoni sifati va
samaradorligini oshirish ham o‘qituvchidagi kommunikativ qobiliyatining mustahkam
tarkib topganligiga bog‘liqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Каримова В.М., Акрамова Ф.А., Очилова Г.О., Мусаханова Г.М.
Педагогика психология. Ўқув қўлланма – Т-: TДИУ, 2010 - 393 б.
2.
Zakirovich, Djumanov Sherali. "TALABALARDA KOMMUNIKATIV
QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI." International
Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2022): 543-545.
3.
Djumanov Sh.Z. Talabalarda kommunikativ qobiliyatlarni shakllantirish
texnologiyalari // Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari. Xalqaro
miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman materiallari toʻplami – Jizzax: OʻzMU Jizzax filiali,
2022-yil 14-15-oktyabr. 522-bet.
4.
Djumanov S. TALABALARDA KOMMUNIKATIV QOBILIYATLARINI
SHAKLLANTIRISH
MUAMMOSIGA
YONDASHUVLAR
VA
TUSHUNCHALAR //Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании. – 2023. – Т. 3. – №. 1.
5.
Джуманов, Ш.З. (2018). Бўлажак ўқитувчининг шахс бўлиб
шаклланишида коммуникатив қобилиятнинг моҳияти.
FarDU–ilmiy xabarlar.–
Фарғона
,
5
, 113-116.
6.
Джуманoв Ш. ЎҚИТУВЧИ ВА ТАЛАБАЛАР ПЕДАГOГИК
МУНOСАБАТЛАРИНИ ИЖТИМOИЙ ПСИXOЛOГИК XУСУСИЯТЛАРИ
//Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры. – 2023. – Т. 3. –
№. 4. – С. 77-82.
7.
Zakirovich, Djumanov Sherali. "TALABALARDA KOMMUNIKATIV
QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI."
International
Journal of Contemporary Scientific and Technical Research
(2022): 543-545.
318
8.
Джуманов, Ш., & Холикулова, С. (2022). Талабаларда коммуникатив
қобилиятларни шакллантириш имкониятлари.
Современные инновационные
исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и
перспективы
,
1
(1), 513-515.
9.
Sherali D. TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL METODLARNI
KOMMUNIKATIV
QOBILIYATLARGA
TA’SIRINI
PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI //International Journal of Contemporary Scientific and Technical
Research. – 2023. – С. 334-336.
10.
Djumanov S. Z. "
KЕYS"
TЕXNOLOGIYASI ASOSIDA
O
‘QUVCHILARDA
MULOQOTCHANLIK
SHAKLLANTIRISH
IMKONIYATLARI //Academic research in educational sciences. – 2023. – Т. 4. – №.
TMA Conference. – С. 146-151.
11.
Zakirovich
D.
S.
TALABALARDA
KOMMUNIKATIV
QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI //International
Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. – 2022. – С. 543-545.
HISSIY INTELLEKT RIVOJLANISH OMILLARI
Yusupov Umidjon Salim oʻgʻli
Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
Qo‘chqorova Feruza
Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi
Annotatsiya:
Ushbu tesizda hissiy intellektning rivojlanishning psixologik
omillari, insonlardagi tuyg‘ularni boshqarish, ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish va
bu xususiyatlarni insonlarda o‘rganilishi yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
O‘z-o‘zini anglash, motivatsiya, empatiya, ijtimoiy ko‘nikma,
hissiy intellekt, tuyg‘ularni boshqarish, ta‘lim va ota-onaning roli, malaklar.
Hozirgi kunda dunyodagi baracha insonlar o‘zlarining aqliy intellektlarini
bilishga intiladi. O‘z navbatida insonlar o‘zlarini hissiy holatlarini boshqara olishi va
o‘zgalarning hissiy holatiga hamdard bo‘la olish xususiyati hisoblanadi. Hissiy
intellekt hissiyotlarni tan olish, tushunish, boshqarish va samarali ifoda etish
qobiliyatini anglatadi. U odamlarga o'z his-tuyg'ularini boshqarishga va boshqalarning
his-tuyg'ulariga hamdard bo'lishga imkon beruvchi ko'nikmalar to'plamini o'z ichiga
oladi.
Hissiy intellekt bir nechta asosiy komponentlarni o'z ichiga oladi:
1.
O'z-o'zini anglash: o'z his-tuyg'ularini, shu jumladan kuchli, zaif tomonlarini,
qadriyatlarini va motivatsiyasini tan olish va tushunish qobiliyati.
2.
O'z-o'zini tartibga solish: o'z his-tuyg'ularini, impulslarini va reaktsiyalarini
boshqarish va nazorat qilish qobiliyati. Bunga moslashuvchanlik, chidamlilik va
stressni engish qobiliyati kiradi.