Mahmudxo‘ja behbudiyning ta’lim sohasida amalga oshirgan ishlari va ma’rifatparvarlik faoliyati

Поделиться
Егамов, Ш., & Рахманов, М. (2023). Mahmudxo‘ja behbudiyning ta’lim sohasida amalga oshirgan ishlari va ma’rifatparvarlik faoliyati. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 162–166. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp162-163
Ш Егамов, Stars international university

1-й курс бакалавриата

М Рахманов, Stars International University

Научный руководитель. Доцент Университета, PhD

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Jadidlarning ta’limning ona tilida bo‘lishi (hech bo‘lmasa boshlanishi) to‘g‘risidagi fikrlari yakdilona bo‘lsa-da, ona tilining, millat tilining qandayligi masalasida ular dunyoqarashida katta tafovutlar bo‘lgan. O‘z davrida jadidlar ta’lim ona tilida bo‘lishini talab etgan bo‘lsalar-da, ta’lim tizimidan fors va arab tillarini chetlashtirish taklifini kun tartibiga qo‘ymadilar.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

162

Аннотация:

Jadidlarning ta’limning ona tilida bo‘lishi (hech bo‘lmasa boshla-

nishi) to‘g‘risidagi fikrlari yakdilona bo‘lsa-da, ona tilining, millat tilining qandayligi
masalasida ular dunyoqarashida katta tafovutlar bo‘lgan. O‘z davrida jadidlar ta’lim
ona tilida bo‘lishini talab etgan bo‘lsalar-da, ta’lim tizimidan fors va arab tillarini
chetlashtirish taklifini kun tartibiga qo‘ymadilar.

Таянч иборалар:

ijtimoiy-siyosiy, hurfikrlik, ziyoli, milliy, mafkura, jamiyat taraqqi-

yoti, salbiy hamda ijobiy taraflar, madaniy, davr matbuoti, nazariy, fikr-mulohazalar,
Turkiston, ziyolilar.

Jadidchilik harakati shu vaqtgacha Islom dunyosida sira ham ko‘rinmagan ilg‘or

va tezkor o‘qitish “Savtiya” (tovush) usuliga asoslangan jadid maktablari tashkil
topishidan boshlandi. Bu maktablarda bolalar bir yilda savod chiqarib, mukammal
o‘qish va yozishni o‘zlashtiradi. Buning uchun esa qadim an’anaviy musulmon mak-
tablarida 5-6 yil o‘qish kerak bo‘lar edi. Aytish mumkinki, “Savtiya” usulidagi jadid
maktabi Vatanimiz tarixidagi buyuk kashfiyotlar silsilasini boyitdi.

1

Jadid maktabida diniy va dunyoviy ta’lim-tarbiya hamda ilm o‘zaro uyg‘unlas-

htirildi. Bolalar qulay partalarda o‘tirib, xarita va rasmlar yordamida tez savod
chiqardi va diniy-dunyoviy ilmlarni o‘rgandi. Jadid maktablarida Qur’oni karim,
matematika, geografiya, ona tili, rus, arab tillari, ashula va hatto jismoniy tarbiya
o‘qitila boshlandi.

Jadid maktablari to‘rt (boshlang‘ich) va yetti yillik edi. Masalan, Munavvarqo-

ri Abdurashidxonovning yetti yillik maktabini bitirgan yoshlar dunyoviy ilmlarni,
rus tilini yaxshi o‘zlashtirgan holda jadid maktabida o‘qituvchi, masjidlarda imom
bo‘lish, madrasa va hatto xorijdagi dunyoviy oliy o‘quv yurtlarida o‘qish, savdo va
boshqa korxonalarda kotib bo‘lib ishlash malakasiga ega bo‘lganlar. Bunday yetti
yillik maktablar Toshkentdan tashqari Qo‘qon, Samarqand kabi yirik shaharlarda
ham ochiladi.

1

O‘zbekiston tarixi. R.Shamsutdinov, X.Mo‘minov. “Andijon”. 2011, - B. 306 – 308.

MUALLIF: SH.F.EGAMOV,

STARS INTERNATIONAL
Universitety
1-kurs talabasi
Egamovsherzod7479@gmail.com

ILMIY RAHBAR:
М.N.RAHIMJANOV,

STARS INTERNATIONAL
Universitety dotsenti, PhD
masrur.79@mail.ru;

MAHMUDXO‘JA
BEHBUDIYNING
TA’LIM SOHASIDA
AMALGA OSHIRGAN
ISHLARI VA
MA’RIFATPARVARLIK
FAOLIYATI

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp162-163


background image

STARS International University

163

Maktablar, asosan, 1-4 sinfdan iborat boshlang‘ich maktablar bo‘lgan. 1913/14

o‘quv yilidan ayrim joylarda 2 bosqichli tizim joriy qilina boshlandi. Bu tizimdagi
maktablar namuna maktablari deb atalib, ularning 1-bosqichi tahziriy (boshlang‘ich)
sinflar, 2-bosqichi rushdiy (yuqori) sinflar deyilgan. Xususan, M. Abdurashidxonov-
ning namuna maktabi, A. Shukuriyning Samarqanddagi va A. Ibodiyevning Qo‘qon-
dagi maktabida rushdiy (yuqori) sinflar (5 - 6 sinf) ham ish boshlagan.

1

Jadid maktablari pulli va bepul edi. Har oyiga ota-onalar baholi qudrat, bir so‘m-

dan bir yarim so‘mgacha pul to‘lardi. Bu o‘rinda har ota-ona o‘zlarining boylik va
kambag‘allik darajalarini shariat asosida belgilab pul berardilar. 20 - 35 %gacha
kambag‘al va nochorlarning bolalari tekin o‘qitilib, o‘quv qurollari bilan ham ta’min-
langan. O‘ziga to‘q oilalar esa o‘z xohishi bilan uch so‘mdan va undan ham ko‘p pul
bergan. Bulardan tashqari, jadidlar shaxsiy va ularning o‘zlari tashkil etgan xayriya
jamiyatlari ham jadid maktablarini mablag‘ bilan ta’minlab turgan.

Jadid maktablarining ochilishiga rus amaldorlari, musulmon mutaassiblari qars-

hilik qiladilar. Jadidlar kalta matonat va fidoyilik bilan eski maktablarga tegmay na-
muna sifatida jadid maktablarini tashkil etib, omma orasida katta obro‘ qozondilar.
Jadid maktablari qat’iy nizom va dastur va darsliklarga asoslandi. Tarixda birinchi
bo‘lib, jadidlar o‘quvchilarga kundalik, chorak va yillik baholar qo‘yishni joriy etdilar.

Maktab ochgan jadidlar dastur, qo‘llanma va darsliklarni ham o‘zlari yaratdilar.

Jadid maktablarining ochilishiga rus amaldorlari, musulmon mutaassiblari qarshilik
qiladilar. Jadidlar katta matonat va fidoyilik bilan eski maktablarga tegmay namuna
sifatida jadid maktablarini tashkil etib, omma orasida katta obro‘ qozondilar. Jadid
maktablari qat’iy nizom va dastur va darsliklarga asoslandi. Tarixda birinchi bo‘lib,
jadidlar o‘quvchilarga kundalik, chorak va yillik baholar qo‘yishni joriy etdilar. O‘quv-
chilar sinfdansinfga o‘tish va bitirish uchun jamoatchilik oldida ochiq chorak, yillik va
bitiruv imtihonlarini topshirganlar.

Maktab ochgan jadidlar dastur, qo‘llanma va darsliklarni ham o‘zlari yaratdilar.

Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval”, Munavvarqori Abdurashidxonovning “Adi-
bi avval”, “Adibi soniy”, “Tajvid” (Qur’onni qiroat bilan o‘qish usuliga oid qo‘llanma),
“Havoyiji diniya” (Shariat qonunlari to‘plami), “Yor yuzi”, “Usuli hisob”, “Tarixi an-
biyo”, “Tarixi islom”, Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” va “Ikkinchi muallim”,
“Turkiy guliston yoxud axloq”, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Qisqacha umumiy ge-
ografiya”, “Bolalar maktubi”, “Islomning qisqacha tarixi”, “Amaliyoti islom”, “Aho-
li geografiyasiga kirish”, “Rossiyaning qisqacha geografiyasi” va boshqalar shular
jumlasidandir.

2

Jadid maktablari ochilishi bilan ba’zi joylarda qadim va jaded maktablari bo‘shab

qoldilar. Natijada qadim va jadid maktabdorlari o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar
paydo bo‘ldi. Bunga mutaassib qozi mulla va ulamolar ham qo‘shildilar.

Jadid maktablarining jami soni va ular qayerlarda ochilib faoliyat yuritganligi

haqida hozircha to‘la ma’lumot yo‘q. Lekin, 1903- yilda birgina Toshkentda 20 ta
(shundan 2 tasi o‘rta), jadid maktablari bo‘lgan. Ma’lumki, 1909- yildan keyin jadid
maktablari qattiq nazorat ostiga olinadi, arzimas bahonalar bilan yopiladi. Ularda
o‘qitiladigan adabiyot va darsliklar “oxranka”ning diqqat markazida bo‘ladi. Jadid
maktablari Buxoro, Samarqand, Toshkent, Andijon, Xiva, To‘qmoq, Yangi Marg‘ilon,

1

O‘zbekiston tarixi. R.Shamsutdinov, X.Mo‘minov. “Andijon”. 2011, - B. 309.

2

Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullayev O‘. Vatan tarixi (XVI-XX asr boshlari). K.2: - T.: “Sharq”, 2003, - B. 266 –

271.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

164

Eski Marg‘ilon, Kattaqo‘rg‘on, Qizil O‘rda, Turkiston, Chust, Chorjo‘y, Termiz, Marv
shaharlarida ochiladi. Shuningdek, Juma (Samarqand viloyati), Qovunchi (Toshkent
viloyati), To‘raqo‘rg‘on (Namangan viloyati), Po‘stindo‘z (Buxoro viloyati) kabi katta
qishloqlarda ham jadid maktablari ochilgan. Jadid maktablari M.Behbudiyning yo-
zishicha, 15-20 yil ichida jami Kavkaz mamlakatlari, Eron, Hind, Misr, Hijoz va boshqa
joylarida ham joriy bo‘ldilar.

Jadidchilikning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda zamonaviy (yevropacha)

oliy ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi.

1

Universitet tashkil etish g‘oyasi Turkistonda ilk bor

1892- yilda Ismoilbek Gaspirali tomonidan olg‘a surildi. I. Gaspirali 1906 -yilda, yana
“Tarjimon” gazetasida to‘g‘ridanto‘g‘ri Buxoro amiri va Xiva xoniga murojaat qilib
shunday deydi:

“Fuqoroyi islom sizlardan mol istamas, osh istamas. Din-”Qur’on”dan, jon Xudo-

dan. Siz davlatlik xonlardan aholiga ehson etiladigan narsa-nashri maorifga, taraqqi-
yot va kamolotga omil bo‘luvchi oliy darajalik maorif maktablaridir. Ko‘hna madra-
salari ko‘p Buxoroyi sharifda va Xivada endi biror dorilfununi islomiya ta’sis etmoq
lozim. Bu dorilfununlarga bir daraja ilm olgan talaba qabul qilinib, tarix, jo‘g‘rofiya,
kimyo, handasa, ilmi huquq, usuli idorayi davlat, ilmi iqtisod va boshqa lozim fanlar,
turkiy, forsiy, rusiy va fransaviy tillar o‘rgatilsa... Ushbu dorilfununlarda muallim va
mudarrislik qila oladigan ahli kamol bor.”

2

Jadidlar oliy ta’limning asosi universitet tashkil etish uchun Toshkent shahar Du-

masidan ham foydalandilar. Munavvarqori, Fitrat, M. Behbudiy, U. Asadullaxo‘jaev
va boshqa jadidlar milliy dunyoviy oliy ta’lim g‘oyasini o‘z asar va maqolalarida keng
targ‘ibot-tashviqot qiladilar. Oliy ta’limga zamin yaratish uchun, jadid maktablarida
dunyoviy ilmlar o‘qitildi, xorijga yoshlar o‘qishga yuborildi

3

.

Dunyoviy hozirgi zamon oliy o‘quv yurti – universitetga asos solishga jadidlar

faqat 1918- yilda Musulmon xalq dorulfununini tashkil etish bilan muvaffaq bo‘ldilar

Umuman, jadidlar juda qisqa vaqt ichida butunlay yangi ya’ni jadid xalq maorifi ti-

zimi ya’ni, hozirgi zamon xalq maorifi tizimiga asos soldilar. Jadidchilik harakatining
ikkinchi bir muhim faoliyati milliy matbuot va jurnalistikasiga asos solish bo‘ldi. Tur-
kiston jadidlari rus demokratik va inqilobiy harakatining yutuqlaridan ham samarali
foydalandilar

4

.

Marhum sharqshunos olim Laziz Azizzoda Behbudiy ning sobiq Turkiston o‘lkasi-

ning ijtimoiy, madaniy va adabiy rivojidagi o‘rni, roli va ahamiyatiga juda katta baho
berib, uni hatto fransuz ma’rifatparvari Jan Jak Russo, rus inqilobchi demokratlari
N.G.Chernishevskiy, Dobrolyubovlar, tatar va ozarbayjon ma’rifatparvarlari Shaho-
biddin Marjoniy, Qayum Nosiriy, Mirza Fatxali Oxundov, Naxafbek Vazirovlar bilan
qiyoslagan. O‘zbekistonda Navoiy, Ulug‘bek kabi buyuk zotlar bilan birga Behbudiy-
ga ham haykal o‘rnatish kerak», deb yozgan edi.

Jadidichilik harakatining yirik vakillaridan bo‘lgan Munavvar Qori Abdurashidxo-

nov (1878-1931) Ismoil Gaspirinskiyning o‘qish va o‘qitish, madrasa va maktab is-
lohotiga oid fikrlarining Turkistondagi otashin targ‘ibotchilaridan biri edi. Bunda
Bog‘chasaroyda nashr etilgan «Tarjimon», Tataristonda chop etilgan «Vaqt», «Yul-
duz», Istanbulda bosilgan «Siroti mustaqim» («To‘g‘ri yo‘l»), kabi matbuot nusxa-
larining Turkistonga turli yo‘llar bilan tarqalishi katta o‘rin egalladi. Munavvar Qori

1

Qosimov Begali. Ismoilbek Gaspirali.-T: G‘.G‘ulom nomidagi Nashriyot matbaa birlashmasi, 1992 B. 4

2

Vatan tarixi (XVI-XX asr boshlari). IKKINCHI KITOB.(– T.: “Sharq”, 2010, - B. 289- 291

3

Vatan tarixi (XVI-XX asr boshlari). IKKINCHI KITOB.(– T.: “Sharq”, 2010, - B. 292

4

Vatan tarixi (XVI-XX asr boshlari). IKKINCHI KITOB.(– T.: “Sharq”, 2010, - B. 295


background image

STARS International University

165

1901- 1904-yillarda qrimlik do‘sti Rasim Kishod yordamida Toshkentda «usuli sov-
tiya» maktabini ochadi. 1910-yilga kelganda bunday maktablar 10 tagacha yetadi.
Chor ayg‘oqchisi 1912-yilda bunday yozgan edi: «Toshkent shahrida yashab turgan
Munavvar Qori- ning hozirgi paytda 80 o‘quvchisi bor.

Ularni tatar uslubida o‘qitadi. Bu maktabning o‘quvchilari sart tilida sahna asarlari

qo‘yadilar».

«Nauka i prosveshenie» jurnalining ma’lumotlariga qaraganda, Munavvar Qori Ab-

durashidxonovning «Namuna» maktabida bir necha yuz bola o‘qigan. Bu maktabda
tayyorgarligi anchagina jiddiy bo‘lgan iste’dodli yoshlar o‘qituvchilik qilishgan. Ular-
ning qo‘lida ta’lim olgan yoshlar orasidan keyinroq Hamza, Qayum Ramazon, Oybek
Mannon Uyg‘ur kabi iste’dodli adib va san’atkorlar yetishib chiqishdi.

Ulug‘ pedagog olib borayotgan ishlar zolim chor hukumati vakillarini ancha bezo-

vta qilib qo‘ydi. Bu haqda jadidchi Mo‘minjon Muhammadjonovning «Turmush uri-
nishlari» asarida shunday yozilgan: «Olmaota (Verniy)da rus muallimlarining katta
yig‘ini bo‘ldi, shul yig‘inda «tatarlar qozoqlar bilan birga sart bolalari o‘qitilmasun!
O‘qumishli tatarlarga Turkiston o‘lkasida turish uchun yo‘l qo‘yilmaslik kerak! Chunki
ular sart, qozoqlarga bilim tarqatib, ko‘zlarini va fikrlarini ochadirlar. So‘ngra bizga
yemak uchun Turkistonda non qolmaydir. 2-yangi tartib bilan o‘qituvchi muallimlar,
progromlari, o‘qitadurgon kitoblari kim- ning asarlari ekanligini «inspektor»larga yo-
zib ko‘rsatmaguncha bola yig‘ib o‘qita olmaydurlar», deb qaror berdilar. Chor amal-
dorlari maktablarning dasturlari bilan muntazam tanishib borganlar va imtihonlarda
ishtirok etganlar».

Sirojiddin Ahmadning «Munavvar Qori» maqolasida qayd qilinganidek, Munavvar

Qori pedogogik va badiiy asarlar ham yozgan. U Turkiston o‘lkasida birinchilar qa-
torida «Adibi avval», «Adibi soniy», «Er yuzi» («Jug‘rofiya»), «Havoyiji diniya» kitob-
larini (1907-yilda) nashr ettirgan. 1914-yilda Salim Ismoil Ulviyaning Qur’on qiroati
bo‘yicha saboq beruvchi «Tajvid»ini o‘zbekchaga tarjima qilib, Orenburgda nashr
ettirgan. «Sadoi Turkiston» jaridasida bosilgan Kamiy, Xislat, So‘fizoda, Hamza kabi
shoirlarning she’rlarini to‘plab, «Sabzazor» nomi bilan chop ettirgani ma’lum.

Ulug‘ mutafakkir bu ishlar bilan ham cheklanmadi. O‘ziga o‘xshash ochiq fikrli

yoshlar - Ubaydulla Xo‘jaev, Abdulla Avloniy, Toshpo‘lat Norbo‘tabekov, Karim Nor-
bekov va boshqalar bilan hamkorlikda 1909-yilda toshkentlik bir boyning raisligida
«Jamiyati xayriya» tashkil etadi. Biroq, bu jamiyat iqtisodiy jihatdan bir necha ag‘ni-
yolarning iona va yordamiga suyangani uchun erkin ish olib bora olmaydi. Lekin
rais o‘rinbosari bo‘lgan Munavvar Qorining tinib-tinchimasligi natijasida jamiyat ta-
raqqiyparvar yoshlar qo‘liga o‘tadi.

Jamiyatning yangi a’zolari pul topmakka ham yangi yo‘llar izladi, “Gramafon obs-

hestvo sila” so‘ylashib, har bir plastinkadan o‘n tiyin olmoq sharti-la bir hafta hofiz-
larni va o‘z tarbiyasidagi maktab shogirdlarining tovushini sotdi, bundan faqat shu
yil ichindagina loaqal ikki ming so‘m kirsa kerakdir».

Abdulla Avloniy (1878-1934) o‘zbek xalqining atoqli shoiri, mual- limi va mutafak-

kiri, jadidchilarning yetuk vakillaridan biridir. U o‘z tarjimayi holida: «Turli gazeta va
jurnallar o‘qishga tutindim. 1904- yilda jadidlar to‘dasiga kirdim. Mirobodda «usuli
jadid» maktabi ochib o‘qituvchilik qila boshladim», deydi.

Abdulla Avloniy o‘zi ochgan maktab uchun to‘rt qismdan iborat «Birinchi mu-

allim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi
darsliklar va o‘qish kitobini yaratdi. Maktab-maorif ishlariga ko‘mak ko‘rsatuvchi


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

166

«Jamiyati xayriya» tashkil etdi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutu-
bxonasi» kitob do‘konini ochadi.

Xulosa o‘rnida, jadidlar o‘z davrida xalqni asriy qoloqlik va jaholatdan olib chiqa

olishning yagona yo‘li sifatida milliy matbuot va ta’limni yuksaltirishga alohida aha-
miyat berishdi va mazkur sohalarning yutuqlariga katta umid bog‘lashgan edi. Bi-
roq, tez orada boshlanib ketgan qatag‘onlik siyosati jadidlarning ezgu maqsad ham-
da g‘oyalari amalga oshishiga jiddiy zarba bo‘ldi deyishimiz mumkin.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı

1. Mirziyoyev. Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda

barpo etamiz. T.: O‘zbekiston, 2016.

2. Mirziyoyev. Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –

har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: O‘zbekiston, 2017.

3. Mirziyoyev. Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt

taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.: O‘zbekiston, 2017

4. Mirziyoyev. Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga

quramiz. T.: O‘zbekiston, 2017

5. Mirziyoyev. Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko‘taramiz. T.: O‘zbekiston, 2017

6. Abdurashidxonov Munavvar qori. Tanlangan asarlar.-T: Ma’naviyat, 2003.
7. Abdurauf Fitrat- Tanlangan asarlar.B. Qosimov,-T., Ma’naviyat, 2003
8. A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 1-Jild.
9. A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 2-Jild.
10. M.Behbudiy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006.
11. Is’hoqxonto‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar.B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2005.
12. Qosimov Begali. Milliy uyg‘onish .- T: Ma’naviyat. 2002

Библиографические ссылки

Mirziyoyev. Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O‘zbekiston, 2016.

Mirziyoyev. Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: O‘zbekiston, 2017.

Mirziyoyev. Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.: O‘zbekiston, 2017

Mirziyoyev. Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O‘zbekiston, 2017

Mirziyoyev. Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T.: O‘zbekiston, 2017

Abdurashidxonov Munavvar qori. Tanlangan asarlar.-T: Ma’naviyat, 2003.

Abdurauf Fitrat- Tanlangan asarlar.B. Qosimov,-T., Ma’naviyat, 2003

A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 1-Jild.

A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 2-Jild.

M.Behbudiy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006.

Is’hoqxonto‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar.B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2005.

Qosimov Begali. Milliy uyg‘onish .- T: Ma’naviyat. 2002

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов