O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi

Поделиться
Бойтураева, Р. (2023). O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 127–133. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp127-133
Рушона Бойтураева, Stars International University

Ученица 21/2 группы

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqola O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining rivojlanish bosqichi va kelgusida amalga oshiriladigan ishlari,maqsadlari,kengashda yuritilgan vazifalar, ta’lim jarayoniga tegishli bo‘lgan jarayonlarni to‘liq elektronlashtirish orqali talabalar va professor o‘qituvchilarning asosiy faoliyatining o‘quv jarayoniga qaratilganligi xususidadir.

Похожие статьи


background image

STARS International University

127

Annotatsiya:

Mazkur maqola O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining rivojlanish bosqichi va

kelgusida amalga oshiriladigan ishlari,maqsadlari,kengashda yuritilgan vazifalar, ta’lim
jarayoniga tegishli bo‘lgan jarayonlarni to‘liq elektronlashtirish orqali talabalar va profes-
sor-o‘qituvchilarning asosiy faoliyatining o‘quv jarayoniga qaratilganligi xususidadir.

Kalit so‘zlar:

oliy ta’lim tizimi, rivojlantirish konsepsiyasi, malaka, o‘quv reja, oliy ta’lim

muassasalari, innovatsiya, kredit-modul, ta’lim dasturlari, kengashning asosiy vazifalari,
xalqaro aloqalar, strategik maqsadlar.

Kirish

2022 yilda oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda

yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 32 foizga yetkazish maqsadida nodavlat
oliy ta’lim muassasalari sonini 25 tadan jami 160 taga oshiramiz.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti, Andijon davlat

chet tillar instituti faoliyati yo‘lga qo‘yilsa, Navoiy davlat konchilik instituti negizida
Navoiy politexnika universiteti tashkil etiladi.

Kelgusi yillarda:
- oliy ta’limning me’yoriy-uslubiy tizimi xalqaro standartlarga muvofiq joriy etiladi

va buning natijasidamamlakat oliy ta’lim tizimi jahon ta’lim makoniga to‘liq integrat-
siya qilinadi;

- xalqaro akademik va ilmiy mobillik huquqiy asosga ega bo‘lib, keskin kengayadi;
- diplomlar, akademik va ilmiy darajalar “konvertatsiyasi” uchun keng imkoniyatlar

yaratiladi;

- ta’lim dasturlarini xalqaro miqyosda uyg‘unlashtirish imkoniyatlari kengayadi;
- mamlakat oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytinglarda tengma-teng ishtirok

etishi imkoniyatlari yanada oshadi;

- ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlari kengayadi;
- xalqaro akademik va ilmiy loyihalarni amalga oshirish ko‘lami kengayadi;
- qo‘shma dasturlar asosida o‘qitish imkoniyatlari kengayadi.

RUSHONA BOYTURAYEVA
ALISHEROVNA,

The student of 21/2 group
Stars International University
rushanaboyturaeva@gmail.com

MARKHABO SAIDOVA
HABIBULLO QIZI,

PhD, Docent
Stars International University
saidovamarhabo1991@gmail.com

O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI OLIY
TA’LIM TIZIMINI
2030-YILGACHA
RIVOJLANTIRISH
KONSEPSIYASI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp127-133


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

128

Oliy ta’lim tizimida ma’muriy, o‘quv, ilmiy va moliyaviy jarayonlarni boshqarish

to‘liq elektronlashtiriladi.

Ta’lim jarayoniga tegishli bo‘lgan jarayonlarni to‘liq elektronlashtirish orqali talaba-

lar va professor-o‘qituvchilarning asosiy faoliyati o‘quv jarayoniga qaratiladi. O‘quv
jarayonini qog‘ozda tartibga solish amaliyotidan to‘liq voz kechiladi.

- “Dars jadvalidan tortib reyting daftarchagacha talaba va uning ota-onasining

telefonida bo‘lishi kerak, biz bu ishni boshladik va kelgusi 2022 yilda yakuniga yet-
kazamiz”, - deydi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov.

Shuningdek, barcha oliy ta’lim muassasalarining axborot-kutubxonalarini birlash-

tirgan holda Yagona raqamli kutubxona tizimini joriy etamiz. Buning uchun mavjud
barcha o‘quv va ilmiy adabiyotlarni raqamlashtirish, elektron, audiokitoblar yaratish
orqali kutubxona bazasini boyitamiz.

Talabalarga o‘z oliy ta’lim muassasasida mavjud bo‘lmagan kitoblarni boshqa oliy-

gohda mavjudligini ko‘rish va ushbu kitobni buyurtma qilish imkoniyatini yaratamiz.

Keyinchalik «Raqamli kutubxona» tizimini xalqaro ilmiy kutubxona tizimlariga in-

tegratsiya qilish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsep-

siyasining maqsadli ko‘rsatkichlari

T/r

Ko‘rsatkichlar

nomi

O‘lchov

birligi

Yillar kesimida

Mas’ul ijrochilar

2019

2020

2023

2025 2030

1.

Oliy ta’lim bilan qa-

mrab

olish darajasi

foizda

(jami biti-

ruvchilar

soniga nis-

batan)

20

25

30

35

50

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat

vazirligi,

Moliya vazirligi

2.

Nodavlat oliy ta’lim

muassasalari, shu

jumladan, davlat-

xususiy sheriklik

shartlari asosida

Nodavlat

oliy ta’lim

muassasalari

soni

5

10

20

28

35

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi, Investit-

siyalar va tashqi savdo

vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ta’lim sifatini

nazorat qilish davlat ins-

peksiyasi,

Davlat-xususiy sherikli-

kni rivojlantirish agen-

tligi

3.

Xorijiy oliy ta’lim

muassasalari

dasturlari asosida

o‘qitishni tashkil

qilish (qo‘shma

ta’lim dasturlari

bundan mustasno)

Xorijiy das-

turlar asosida

tashkil etilgan

oliy ta’lim

muassasalari

soni

23

26

31

36

45

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ta’lim sifatini

nazorat qilish davlat ins-

peksiyasi


background image

STARS International University

129

4.

Muhandislik-texnik

ta’lim yo‘nalishlari-

da tahsil olayotgan

talabalar ulushi

Foizda

(jami tala-

balar soniga

nisbatan)

25

28

35

40

50

Iqtisodiyot va sanoat

vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi

5.

Bakalavriat ta’lim

yo‘nalishlari

bitiruvchilaridan

magistratura

mutaxassisliklariga

qabul qilingan tal-

abalar

Foizda

(bakalavriat

ta’lim yo‘nal-

ishi bitiru-

vchilariga

nisbatan)

7

10

15

17

22

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat

vazirligi,

Moliya vazirligi

6.

Xorijda malaka os-

hirgan

yoki stajirovka

o‘tagan profes-

sor-o‘qituvchilar

ulushi

Foizda

(profes-

sor-o‘qitu-

vchilar soniga

nisbatan)

2

4

10

15

20

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“El-yurt umidi” jamg‘ar-

masi

7.

Respublika

oliy ta’lim

muassasalariga

jalb qilingan

xorijiy professor-

o‘qituvchilar ulushi

(xorijiy oliy ta’lim

muassasalari

bundan mustasno)

Foizda

(profes-

sor-o‘qitu-

vchilar soniga

nisbatan)

1

2

5

8

12

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“El-yurt umidi” jamg‘ar-

masi

8.

Malaka oshirish

kurslarida

dars beruvchi xorij-

da malaka oshirgan

professor-o‘qitu-

vchilar ulushi

Foizda

(malaka os-

hirish

kurslari pro-

fessor-o‘qitu-

vchilari soni-

ga nisbatan)

5

15

40

60

80

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“El-yurt umidi” jamg‘ar-

masi

9.

Kredit-modul tizimi

joriy etiladigan oliy

ta’lim muassasalari

Foizda

(oliy ta’lim

muassasalari

soniga nis-

batan)

2

5

16

57

85

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Ta’lim sifatini

nazorat qilish davlat ins-

peksiyasi

10.

O‘quv rejalarida

amaliy

ko‘nikmalarni

oshirishga

qaratilgan

mutaxassislik

fanlari bo‘yicha

amaliy

mashg‘ulotlar

ulushi

Foizda

(mashg‘ulot-

lar soniga

nisbatan)

35

45

55

70

80

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Ta’lim sifatini

nazorat qilish davlat ins-

peksiyasi


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

130

11.

O‘quv va ilmiy

adabiyotlarning

elektron shaklda

mavjudligi

Foizda

(o‘quv va ilm-

iy adabiyotlar

soniga nis-

batan)

20

30

50

70

90

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi, Axborot

texnologiyalari va

kommunikatsiyalarni

rivojlantirish vazirligi

12.

Oliy ta’lim muas-

sasalarida ta’lim

jarayonlarini bosh-

qarish axborot

tizimining joriy

etilishi

Foizda

(oliy ta’lim

muassasalari

soniga nis-

batan)

20

30

80

100

100

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarni

rivojlantirish vazirligi

13.

Ta’lim sifatini

ta’minlash

jarayonlarini

elektron ta’lim

boshqaruv tizimi

orqali

nazorat qilish

Foizda

(oliy ta’lim

muassasalari

soniga nis-

batan)

mavjud

emas

20

50

100

100

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Ta’lim sifatini

nazorat qilish davlat ins-

peksiyasi

14.

O‘qitishda raqamli

texnologiyalar,

shu jumladan

“E-MINBAR”

elektron

platformasi,

onlayn, vebinar

texnologiyalar joriy

etilgan oliy ta’lim

muassasalari

Foizda

(oliy ta’lim

muassasalari

soniga nis-

batan)

mavjud

emas

10

40

80

100

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarni

rivojlantirish vazirligi

15.

Oliy ta’lim muas-

sasalarining ilmiy

salohiyati

(ilmiy darajaga ega

bo‘lgan profes-

sor-o‘qituvchilar

ulushi)

Foizda

(profes-

sor-o‘qitu-

vchilar soniga

nisbatan)

36

38

40

60

70

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish

vazirligi,

Oliy attestatsiya komis-

siyasi

16.

Magistratura mu-

taxassisligi biti-

ruvchilarini ilmiy

faoliyatga yo‘nalt-

irish

Foizda

(magistratura

mutaxassisligi

bitiruvchilari

soniga nis-

batan)

15

29

32

38

45

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Innovatsion rivojlanish

vazirligi,

Moliya vazirligi

17.

“Scopus”, “Science-

Direct”,

“Web of Science”

va boshqa xalqaro

ilmiy-texnik ma’lu-

motlar

bazasida indek-

slanuvchi jurnal-

lardagi maqolalar

Indekslanuv-

chi jurnallard-

agi

maqolalar

soni

750

1 200

2 500 4 000 7 000

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish

vazirligi, Fanlar aka-

demiyasi


background image

STARS International University

131

18.

“Scopus”, “Science-

Direct”,

“Web of Science”

va boshqa xalqaro

ilmiy-texnik ma’lu-

motlar bazasiga

kiritilgan oliy ta’lim

muassasalari ilmiy

jurnallari

ilmiy jurnallar

soni

mavjud

emas

2

10

25

35

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish

vazirligi

19.

Oliy ta’lim muas-

sasalarida faoliyat

olib borayotgan

“Xirsh” indeksi

(h-indeks) 5 va un-

dan yuqori bo‘lgan

professor-o‘qitu-

vchilar

Profes-

sor-o‘qitu-

vchilar soni

142

171

295

460

900

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish

vazirligi

20.

Xorijiy

talabalarning ulushi

Foizda

(jami tala-

balar soniga

nisbatan)

1

3

6

10

15

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

18-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respubli-

kasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘ri-
sida”gi Farmoni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy va o‘rta max-

sus ta’lim vazirligi rahbariyati va jamoasi, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, filiallar
direktorlar ishtirok etishdi.

“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsep-

siyasi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ–4391-son
“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.

Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni rivojlantirishning strate-

gik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi
bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni
ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.

Konsepsiya quyidagi qismlardan iborat:
1-bob. Umumiy qoidalar.
2-bob. Oliy ta’lim tizimining joriy holati va mavjud muammolar.
3-bob. Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘na-

lishlari.

4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar.
Umumiy qoidalarda konsepsiyaning oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodi-

yot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning
mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbar-
dosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilganligi asoslangan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

132

Shuningdek, tizimda mavjud bo‘lgan quyidagi muammolar ham sanab o‘tilgan:
- amaldagi malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmun jihatidan bitiruvchi-

larda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilmagan,o‘quv rejalarida nomu-
taxassislik fanlari ulushi yuqoriligicha qolmoqda;

- oliy ta’lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilari bilan o‘zaro hamkorlikda kad-

rlar tayyorlash bo‘yicha ishlar samarali yo‘lga qo‘yilmagan;

- ish beruvchilarning oliy ta’lim mazmunini shakllantirishdagi ishtiroki yetarli emas;
- talabalarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikma-

lari shakllantirilmagan;

- ishlab chiqarish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar samarali tashkil etilmagan,

tayyorlanayotgan mutaxassislar malakaviy darajasi mehnat bozorining zamonaviy
talablariga yetarlicha javob bermaydi;

- professor-o‘qituvchilarning xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologi-

yalarini o‘zlashtirish darajasi pastligi sababli ularning kasbiy mahorati bugungi kun
talablaridan ortda qolmoqda va h.k.

Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohasida, oliy ta’lim mu-

assasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash sohasida, ta’lim sohasidagi
jozibadorlikni oshirish, xalqaro miqyosda raqobatbardoshlikni ta’minlash sohasidagi
vazifalar belgilangan.

Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi

:

•professor-o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish, jamoatchilik va ish

beruvchilarning fikrini o‘rganish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali oliy
ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

•oliy ta’limni davlat tomonidan boshqarish tizimi samaradorligiga va profes-

sor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ular tomonidan ta’lim berishda qo‘llani-
layotgan ta’lim-tarbiya usullarining ta’sirchanligiga xolisona baho berish;

•ta’lim berishda yuqori sifatni ta’minlash yuzasidan ta’sirchan jamoatchilik nazo-

ratini o‘rnatish, bu borada ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati
institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish;

•oliy ta’lim muassasalari faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va xolislikni ta’minlash,

korrupsiyaga sharoit yaratuvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks cho-
ra-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

•oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va

pedagoglarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni mazmunli
va maqsadli tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

•xalqaro aloqalar natijadorligini tahlil qilib borish, qo‘shma dasturlar samaradorli-

gini baholash, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, chet ellik professor-o‘qi-
tuvchilar va xorijdagi vatandoshlarni oliy ta’lim tizimiga jalb etish bo‘yicha takliflar
tayyorlash;

•oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash va takomillashtirish

bo‘yicha xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida ularni respublika oliy ta’lim muas-
sasalari sharoitida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.


background image

STARS International University

133

Xulosa

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki,

oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik

maqsadlari sifatida e’tirof etilgan mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtiso-
diy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini
oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish muhim ahami-
yat kasb etadi. Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosi-
da yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan
kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy
barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratishdir. Shu bi-
lan birgalikda, sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini
oshirish, jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini ta’minlash mamlakatimiz hayotida
asosiy o‘rin egallaydi.

Adabiyotlar:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktrabrdagi “O‘zbekiston

Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiq-
lash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/-4545884

2.O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsep-

siyasiga ilova https://lex.uz/ru/docs/-4545884

3.O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsep-

siyasi loyihasi muhokama qilindi

https://uzswlu.uz/news/view/542

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktrabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/-4545884

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ilova https://lex.uz/ru/docs/-4545884

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi muhokama qilindi https://uzswlu.uz/news/view/542

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов