Ta’lim bosqichlarida xalq dostonlarini o‘rganishda samarali metodlardan foydalanish

CC BY f
170-174
20
17
Поделиться
Еркинова, С., & Еркинова, Д. (2023). Ta’lim bosqichlarida xalq dostonlarini o‘rganishda samarali metodlardan foydalanish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 170–174. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp170-174
Ситора Еркинова, Наманганский государственный университет

учитель-стажер

Диляйра Еркинова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

Студент второй ступени фольклористики и языкознания

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim bosqichlarida xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganish, adabiyot darslarida xalq dostonlarini milliy qadriyatlarga bog‘lab o‘rgatish, yoshlarda komil insonga xos sifatlarni shakllantirish va ularni tarbiyalash, xalq dostonlarini o‘rganishda samarali metodlardan foydalanish haqida fikrlar yoritilgan.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

170

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ta’lim bosqichlarida xalq og‘zaki ijodi namunalari-

ni o‘rganish, adabiyot darslarida xalq dostonlarini milliy qadriyatlarga bog‘lab o‘rgatish,
yoshlarda komil insonga xos sifatlarni shakllantirish va ularni tarbiyalash, xalq dostonlarini
o‘rganishda samarali metodlardan foydalanish haqida fikrlar yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim bosqichlari, ta’lim oluvchilar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, xalq dos-

tonlari, milliy qadriyatlar, komil inson, tarbiya,samarali metodlar.

Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda va rivojlantirishda o‘quv-

chi-yoshlarni har tomonlama kamol toptirish, ularda milliy hamda umumbashariy
qadriyatlarni shakllantirish bugungi kunning dolzarb muammosiga aylanib bormo-
qda.

Mehr-muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, vijdon, or-nomus, iroda, tadbirkorlik, matonat

kabi ko‘plab insoniy xislat va fazilatlar majmui bo‘lgan komil inson g‘oyasi asosini
xalqimizning azaliy ezgu orzulari tashkil qiladi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi
“Avesto”da halol mehnat komillikningasosiy mezoni sifatida talqin etilgan. Komil
inson g‘oyasi Islom falsafasidan oziqlanib, yanada chuqur ma’no-mazmun kasb
etdi. Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Navoiy kabi mutafakkirlarning komil inson tarbiyasi
haqidagi fikrlari jamiyatni taraqqiy ettirishda inson omili qanchalik muhim ahami-
yatga ega ekanligini asoslaydi.Professor S. Matchonov: “Avlod-ajdodlarimiz asrlar
mobaynida intilib kelgan ma’naviy-axloqiy barkamollik, avvalo, insonning o‘z-o‘zini
anglashi bo‘lib, ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. O‘z-o‘zini anglash esa bosh-
qalarni anglash, demakki, dunyoni anglash, ... uning sir-asrorlarini tushunishning
ildizini kishilik jamiyatining ilk davridan, xalq og‘zaki ijodi namunalari ijrosidan izlam-
oq kerak”, - deydi.[1]

Inson tafakkuri uning ruhiyati bilan chambarchas bog‘liqlikda

harakat qiladi. O‘quvchi ruhiyati boy, dunyoqarashi keng, bilimi chuqur bo‘lsa, fikrlari
ham, mulohazalari ham asosli, mantiqli bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘qit-
ish va tahlil qilishdan ko‘zlanuvchi metodik maqsadlardan eng muhimi o‘quvchini
mustaqil fikrlash, mantiqiy mulohaza yuritishga, ravon so‘zlash, tafakkur shakllariga
tayanib hayot hodisalari zamiridagi ma’nolarni anglab olishga o‘rgatish, kulgi yoki
pand-nasihatlar ortiga yashiringan haqiqatlar mohiyatini tushunib, xulosa chiqarish-
ga yo‘llashdir. Bolaning fikrlashi va ilm olishga intilishi o‘zaro uzviy aloqadorlikdagi
jarayondir. Xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘qitish va tahlil qilish jarayonida xalq

ERKINOVA SITORA BOTIRJON QIZI

Namangan davlat universiteti stajyor
o‘qituvchisi

ERKINOVA DILYAYRA BOTIRJON QIZI

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Folklorshunoslik va shevashunoslik
yo‘nalishi II bosqich talabasi

TA’LIM BOSQICHLARIDA
XALQ DOSTONLARINI
O‘RGANISHDA SAMARALI
METODLARDAN
FOYDALANISH

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp170-174


background image

STARS International University

171

yaratgan qahramonlarning xatti-harakatlari, fe’l-atvori, ruhiy olamga munosabat
bildirishi o‘quvchini fikrlashga yo‘naltiradi.

Bugungi kunda zavq bilan o‘qilayotgan, maroq bilan aytilayotgan doston, ertak,

qo‘shiq, maqol, topishmoq, afsona, rivoyat, askiya va latifa, loflar o‘zbek xalq og‘zaki
ijodining janrlari hisoblanadi. Xalq og‘zaki ijodi asarlari tahlili ajdodlarimizning yosh
avlodni barkamol insonlar qilib voyaga yetkazish borasida qadimiy va ilg‘or an’anala-
rini tiklash yo‘lidagi muhim bir qadamdir.

Xalq og‘zaki ijodi badiiy tafakkur taraqqi-

yotining barcha bosqichlarida yaratilgan eng ilg‘or va hayotbaxsh an’analarni o‘zi-
da mujassamlashtirgan ma’naviyat sarchashmasidir. Ana shu ma’naviy merosning
eng qadimiy qatlamiga xos milliy qadriyatlar tizimida inson ma’naviy kamoloti bilan
bog‘liq urf-odatlar, an’analar alohida o‘rin tutadi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari tahlili
orqali o‘quvchining o‘ziga xos ruhiy olamiga ta’sir ko‘rsatish, ularning o‘z tuyg‘ulariga
tayanib fikrlashlari uchun imkoniyat yaratish ko‘zda tutilgani diqqatga sazovordir.

Xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘qitish orqali o‘quvchilar ma’naviyatini yuksaltirish,
milliy qadriyatlarni ular ruhiyatiga yaqinlashtirish, har jihatdan yetuk, insoniy fazilat-
lar egasi qilib tarbiyalash maqsadi belgilangan. Ta’lim jarayonining har bir bosqichi-
da o‘quv materiallarini o‘quvchi shaxsi, intellektual imkoniyatlari, ruhiyati, intilishlari
va qiziqishlarini e’tiborga olgan holda munosabatda bo‘lish ko‘zda tutilgan. Agar
5-sinf o‘quvchilarini asar voqealari ichiga olib kirib, shu voqealarni tasavvur qilishga,
ertak qahramonlari bilan turli sarguzashtlarni “boshdan kechirishga” yo‘llash muhim
ahamiyatga ega bo‘lsa, 6-7-sinf o‘quvchilari ishtiyoqini to‘g‘ri yo‘naltirgan holda
xilma-xil o‘quv topshiriqlari vositasida faolliklarini orttirishga erishish mumkin. Bu
yoshda bolalarning tafakkuri rivojlanadi, ma’naviy-intellektual qobiliyatlari shaklla-
nadi. Ana shu jarayonga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan
tanishtirish va ularni tahlil qilish qulay vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun xil-
ma-xil dars shakllari, ta’limning samarali usullaridan foydalanib, bola shaxsini shakl-
lantirishga e’tibor qaratish zarurligi mazkur muammoning metodik jihatlarini belgi-
lab beradi .“Doston” so‘zi qissa, hikoya, shon-u shuhrat, sarguzasht, ta’rif va maqtov
ma’nolarida ishlatiladi.

Adabiy atama sifatida yirik hajmli epik asarga nisbatan qo`llaniladi. Doston-

larda tasvirlangan voqea-hodisalar yakka shaxs, favqulodda kuch-qudratga ega
bo‘lgan xalq idealidagi bahodir atrofiga birlashtiriladi. Badiiy adabiyotda, asosan,
ikki usulda yaratilgan dostonlar bor. Birinchisi, asrlar davomida xalq og‘zaki ijo-
dida baxshilar tomonidan og‘zaki tarzda kuylanib kelingan dostonlardir. Masalan,
«Alpomish», «Go‘ro‘g‘li» turkumidagi dostonlar, «Malikai ayyor», «Ravshan», «Kun-
tug‘mish», «Rustamxon» kabilar og‘zaki dostonlar namunalaridir. Yusuf Xos Xojib-
ning «Qutadg‘u bilig», Haydar Xorazmiyning «Gul va Navro‘z», Alisher Navoiyning
«Hayrat ul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi asarlari esa yozma
adabiyotdagi dostonlar hisoblanadi. G.Xolboyeva o‘zbek xalq dostonlarini quyidagi
tarzda qahramonlik, romantik va tarixiy turlarga bo‘ladi:1. «Alpomish» dostoni qah-
ramonlik dostonlari sirasiga kiradi.

Dostonda insoniylik, adolatparvarlik, haqiqiy do‘stlik, sevgiga sadoqat, Vatan

tuyg‘usi kabi g‘oyalar kuylanadi.2. Romantik dostonlar. Bu turga «Yusuf bi-
lan Ahmad», «Go‘ro‘g‘li», «Kuntug‘mish», «Ravshan» kabi dostonlar kiradi. Bun-
day dostonlar asosini ko‘tarinki ishq tuyg‘ulari va bu yo‘ldagi jasoratlar tash-
kil qiladi.3. Tarixiy dostonlar. Bunday dostonlarga «Tulumbiy», «Shayboniyxon»,
XX asr boshida yaratilgan «To‘lg‘anoy» singarilarni kiritish mumkin.[2]


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

172

Og‘zaki ijoddagi dostonlarni baxshilar kuylaydilar. Qadimda «baxshi» so‘zi
xalqona usullar bilan bemorni davolovchi tabib, ayrim hududlarda ustoz
ma’nolarini anglatgan. Bugungi kunda xalq dostonlarini kuylaydigan san’atkor
ma’nosini bildiradi. Dostonlar ham she’riy, ham nasriy parchalardan iborat bo‘lib,
baxshi soz chertganda sozanda, she’riy parchalarni kuyga solib aytganda
xonandaga aylanadi. Ijrochi baxshilar do‘mbira, tor, dutor chalib, qo‘biz chertib
doston aytganlar. Shu bois dostonchilik kechalari har bir tinglovchi uchun katta
bayram bo‘lgan. Bunday kechalarda odamlar o‘rtasidagi hamma ginaxonliklar
unutilgan, turmush tashvishlari chekingan. Dostonlar ham barcha janrlar qato-
ri xalq og‘zaki ijodida muhim o‘rin egallab, bolalarni barkamol qilib tarbiyalashda
keng ko‘lamda foydalanib kelingan. Dostonchilik, asosan, Qashqadaryo, Surxond-
aryo va Buxoro viloyatlarida keng tarqalgan. Dostonlarda kishi kamolotining barcha
qirralarini tarbiyalashni, ya’ni vatanparvarlik, do‘stlik, xalqparvarlik, mehnatsevarlik,
ilm va fanga qiziqish, jismoniy kamolot, dovyuraklik, jasoratlilik, kasb-hunarli bo‘lish,
ota-ona va kattalarni hurmat qilish, to‘g‘rilikning egrilik ustidan tantanasi, yuksak
odob va axloq, manmanlik va maqtanchoqlikning zararli oqibatlari, ichkiilik va qi-
morbozlikning razil oqibatlari, o‘zaro yordam, tabiatga qiziqish va uni muhofaza
qilish, boylikka hirs qo‘ymaslik va uning yomon oqibatlari kabilarni o‘z ichiga oladi.

Zamonaviy folklorshunoslikda o‘zbek xalq dostonlarining bir necha tasnifi

mavjud: 1) qahramonlik dostonlari; 2) ishqiy-romanik dostonlar; 3) jangnoma
dostonlar; 4) kitobiy dostonlar; 5) tarixiy dostonlar. Ammo folklorshunoslikda
ularni qahramonlik dostonlari, romantik dostonlar, jangnoma dostonlar
sifatida ajratish taomilga kirib qolgan.Taniqli adabiyotshunos va metodist olim Q.
Yo‘ldoshev so‘zlari bilan aytganda: “Adabiyot o‘qitishning vazifasi har bir xalqni
o‘zigagina xos ma’naviy qadriyatlar majmuida idrok etish mumkin ekanligini o‘qu-
vchilarga singdirish hamdir. Zero, o‘z ma’naviyatini qanday qadriyatlarga tayanib
shakllantirishni bilmagan shaxs xaritasiz noma’lum yurtga sayohat qilgan kishiga
o‘xshaydiki, ko‘zlagan manzilini aniq tasavvur eta olmay uzoq sargardon bo‘lish
xavfi bor.

Adabiy ta’lim o‘z tarbiyalanuvchilarida milliy qadriyatlarga tayangan holda xul-

qiy sifatlarni shakllantirishday nozik yumushni uddalashi zarurdir... Xullas, adabiy
ta’lim o‘z oldidagi vazifalarni bekam-u ko‘st bajargan taqdirdagina barkamol
shaxsni shakllantirishday ezgu maqsadga erisha oladi”. Birinchi Prezidentimiz I.
A. Karimov «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida shunday deydi: “Xalq
og‘zaki ijodining noyob durdonasi bo‘lmish «Alpomish» dostoni millatimizning
o‘zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan qahramon-
lik qo‘shig‘idir. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston
bo‘lsa, «Alpomish» ana shu dostonning shoh bayti desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Asarda
o‘zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag‘rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo
va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan. Qancha avlod-ajdodlarim-
iz «Alpomish» dostoni asosida tarbiya topgan, o‘zligini anglagan, ma’naviy boy-
likka ega bo‘lgan. Bu qahramonlik eposini kuylab, uni qalbiga, shuuriga jo qilgan
millatni esa hech qanday kuch yenga olmaydi”.[3] “Alpomish” dostonida oiladan,
urug‘dan ajralish vatandan, elidan ayrilish ekanligi, bu judolikning epik qahramon-
larga keltirgan qancha-qancha azob-uqubatlari va kulfatlari chuqur ruhiy holat-
larda o‘z aksini topgan. Alpomish va Barchinning, ularni qurshab turgan el-yurt-
ning o‘zaro munosabatlari, xatti-harakatlari, tutumlari, qarashlari juda katta o‘rnak-


background image

STARS International University

173

dir. Ammo ularni o‘z o‘rni bilan hozirgi yoshlar ongi va qalbiga singdirish, shu yo‘l
orqali yuksak ma’naviyatli inson tarbiyasiga daxldor ma’naviy-axloqiy fazilatlarni
o‘zlashtirib olishiga imkoniyat yaratish adabiy mashg‘ulotlarning, faqat adabiy-
ot emas, balki barcha o‘quv fanlarini o‘rganish jarayonidagi eng muhim vazifalar-
dan biridir. Shu o‘rinda yana bir ta’kidni eslatmoqchimiz: komil insonni tarbiyalash-
da ota-onani ibrat qilib ko‘rsatish milliy udum va qadriyat ekanligi, umuman, oila
ma’naviyati va sog‘lom turmush tarzining xalq dostonlaridagi talqinlarini maktab
o‘quvchilariga alohida o‘rgatish, bu haqidagi kuzatishlarni ilmiy jamoatchilik
e’tiboriga havola qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

“Alpomish” dostoni personajlari tilini o‘rganishga oid jadval namunasi.

Barchin
ruhiyati

tasviriga

misollar

Alpomishga

xos

xususiyatlar

tasviriga

misollar

Qaldirg‘och

ruhiyati

tasviriga

misollar

Ayrim

personajlar

va epizodlar

tasviridan

misollar

Baxshi

nutqidan

misollar

Joy va

buyumlar

tasviriga

misollar

O‘quvchilarni faollashtirish uchun savollar:1.Qaldirg‘ochning akasiga nisbatan

qo‘pol va keskin munosabatiga sabab nima?2.Siz Qultoyga qanday baho berasiz?
Uning xizmatkor bo‘la turib Hakimbekka do‘q-po‘pisa qilishini qanday izohlash
mumkin? 3.Dostonda otalar obrazi qanday ifodalangan? Ularga qanday baho ber-
asiz?4.Surxayil kampir qanday shaxs? Uning ijobiy jihatlarini nimalarda ko‘rasiz? U
o‘z yaxshi niyatini amalga oshirishda tanlagan usullari bilan to‘g‘ri ish qildimi, uning
qilgan ishini oqlaysizmi?5.Barchin tanlagan yo‘l sizga qanday ta’sir qildi?6.Doston-
dan olgan taassurotingiz?

Xulosa qilib aytganda, asar mazmunini o‘qib-o‘rganish va qahramonlar tim-

solini tavsiflashga alohida e’tibor qaratiladi. Shu yo‘l bilan birga, o‘quvchilar-
ga dasturda belgilangan nazariy tushunchalarni o‘rgatish adabiy tahlil darslar-
ini tashkil etish orqali amalga oshirilsa, samara berishi aniq. Bu borada adabiyot
o‘qituvchilari quyidagi metodik talablar va tavsiyalarga amal qilishlari lozim:1. Ba-
diiy asarni ifodali, ijodiy yoki sharhlab o‘qish usullaridan foydalanib, o‘quvchilar-
ni taassurotlariga tayangan holda tahlil qilishga yo‘llash mumkin, ayni chog‘da
dasturda belgilangan nazariy tushunchalarni tahlil davomida o‘zlashtirish ko‘zda
tutilishi kerak.2. O‘quvchini badiiy asarlarni adabiy-tanqidiy nuqtayi nazardan ba-
holashga o‘rgatishda qamrovli tahlil, qiyosiy tahlil, muammoli tahlil kabi usullardan
foydalanish maqsadga muvofiq.

Adabiy matnga tayanib tahlil qilish vositasida o‘quvchilar qoliplash san’ati,

badiiy asar tili, she’riy san’atlar haqidagi nazariy tushunchalarni o‘zlashtirishlari
oson kechadi.3. Tadqiqot metodi yoki adabiy talqin usullariga tayanib o‘quvchi-
lar badiiy asarning estetik xususiyatlarini o‘zlashtirishga erishadilar, ularda adabi-
yotshunosga xos malaka kurtaklari shakllanishi mumkin. Ayni chog‘da ular ijod-
kor yaratgan badiiy olamni idrok eta oladilar, ijodkor shaxsini anglaydilar.4. Matn


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

174

asosidagi tahlil vositasida esa o‘quvchilar ijodkor uslubining o‘ziga xos qirralarini
aniqlashga, badiiy asar tilini o‘rganish asnosida yozuvchi mahoratiga estetik baho
berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Natijada, ularda xilma- xil asarlarni mustaqil
o‘qib-o‘rganish va badiiyat talablari asosida baholash malakasi tarkib topadi.Inter-
aktiv usullar erkin fikrlaydigan, mustaqil izlanadigan o‘quvchilarni shakllantirishga
yo‘naltirilganligi bilan e’tiborga loyiqdir. Ta’lim berishning bu usulida o‘qitish jaray-
onidagi asosiy ish o‘quvchilar tomonidan amalga oshirilishi, ular ta’limning obyekti
emas, balki subyekti, ya’ni xuddi o‘qituvchi singari ijrochisi bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Interfaol metodlarning asosida o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning birgalikdagi faoli-
yatigina emas, balki ta’lim olayotgan har bir o‘quvchi bilan boshqa o‘quvchilarning
o‘zaro hamkorlikda didaktik faoliyat ko‘rsatishi turadi. “Interfaol” atamasi lotincha
“inter act” so‘z birikmasidan olingan bo‘lib, “inter” – o‘zaro, birgalikda va “act” –
faoliyat ma’nolarini anglatadi. Demak, interfaol metodlar ta’lim mazmunining to‘liq
o‘zlashtirilishida o‘quvchilarning o‘zaro bir-birlari va o‘qituvchilari bilan birgalik-
da faoliyat ko‘rsatishlarini tashkil etishni ko‘zda tutadi. Bu metodlar o‘quvchilarn-
ing faolligi, erkin fikrlashi, mustaqil izlanishi, o‘zlashtiriladigan ma’lumotlarga
ijodiy yondashishiga tayanadi. Interfaol metodlar ta’lim jarayonida qatnashayot-
gan har bitta o‘quvchining faolligiga asoslanadi. Bu metodlardan foydalanilganda
bilim olish o‘quvchi uchun qiziqarli hayotiy faoliyatga aylanadi. Interfaol usullar
qo‘llanilganda o‘quvchilar o‘qitilmaydi, balki ularning o‘zlari o‘qituvchi bilan birga-
likda muayyan yo‘nalish va ma’lum miqdordagi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishadi.
Ajdodlarimiz xalq og‘zaki ijodi asarlarida har bir yosh avlodni ilm olishga, ilmli
bo‘lishga chaqirib, boshqalarga har tomonlama namuna bo‘la oladigan ma’naviy
yetuk, hunarli, kasb-korli farzandlar bo‘lishini ta’kidlaganlar.

“Alpomish” dostonidagi voqealar hayotiyligi va ta’sirchanligi bilan ajralib

turadi, mardlik, fidoyilik, samimiyat, to‘g‘rilik, hamiyatlilik, do‘stga sodiqlik,
vatanparvarlik va mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlardan iborat bo‘lgan o‘zbek
milliy ruhiyati yaqqol ko‘rinadi.Zamon bilan hamnafas har qanday pedagog o‘z old-
iga yangi-yangi g‘oyalar va metodlarni ta’limda qo‘llashni maqsad qilib qo‘yadi.
Ayniqsa, texnika asrida bu mas’uliyat yanada ortmoqda.Xulosa qilib aytganda, dars
jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni unumli va o‘z o‘rnida qo‘llash
orqali ta’lim tizimidagi natijalar anchagina samarali bo‘ladi. Bunday ta’limning o‘ziga
xos xususiyatlari, vaqt unumdorligining oshishi, ijobiy natijalar berishi, qolaversa, bir
tomonlama dars o‘tishdan cheklanishni taqozo etadi. O‘qituvchi o‘z ishida axborot
texnologiyalari qo‘llash talabalarni mustaqil fikrlashga, dars davomida zerikmasdan
faol ishtirok etishiga zamin yaratishini ta’kidlaydi. Slayd, animatsiya, multimedia,
ovozli roliklar, interfaol o‘yinlardan o‘z vaqtida, dars davomida o‘rinli foydalanilsa,
kutilgan maqsadga erishiladi. Bunda o‘qituvchi tomonidan ijodkorlik, tashabbuskor-
lik, bilimdonlik talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Qahramonov Q. An’ana va zamonaviylik. T.: A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston

Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. -20-21- b.

2. Xolboyeva G. Xalq dostonlarida milliy qadriyatlar ifodasi // J. Xalq ta’limi. –

2004.№4. – 79-b.

3. Karimov I. A.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, «Ma’naviyat»,

2008. -34-b.

Библиографические ссылки

Qahramonov Q. An’ana va zamonaviylik. T.: A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. -20-21- b.

Xolboyeva G. Xalq dostonlarida milliy qadriyatlar ifodasi // J. Xalq ta’limi. – 2004.№4. – 79-b.

Karimov I. A.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, «Ma’naviyat», 2008. -34-b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов