Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malakasini oshirishga innovatsion yondashuv

CC BY f
175-177
16
8
Поделиться
Еркинова, С., & Саттаров, Б. (2023). Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malakasini oshirishga innovatsion yondashuv. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 175–177. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp175-177
Ситора Еркинова, Наманганский государственный университет

преподаватель кафедры методики преподавания социально-гуманитарных дисциплин в начальных классах, независимый исследователь

Бахтияр Саттаров, Наманганский государственный университет

Заведующий кафедрой методики преподавания социально-гуманитарных дисциплин в начальных классах

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malakasini oshirish tizimidata’limning o‘ziga xos xususiyatlari, uning muhim imkoniyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar ochib berilgan.

Похожие статьи


background image

STARS International University

175

Annotatsiya:

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malakasini oshirish tizimida

ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari, uning muhim imkoniyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar
ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich sinf, o‘qituvchi, ta’lim islohotlari, kasbiy bilim, ko‘nikmalar,

kasbiy mahorat, malaka oshirish, innovatsion yondashuv.

Bugungi kunda mamlakatimizda mustaqillikkacha mavjud bo‘lgan ta’lim tizimini

jamiyatning ijtimoiy talabi va zaruriy maqsadi asosida innovatsion yo‘nalishda shak-
llantirish muhim omilga aylanmoqda. Ta’lim sifati har qanday davlatning muvaffaqi-
yatli rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Rivojlangan davlatlarda ta’lim sifati
bilan belgilanuvchi intellektual salohiyat jamiyat farovonligining asosi hisoblanadi.
Barchamiz yaxshi tushunamizki, bugungi shiddatli zamon barcha sohalar qatorida
ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha ham oldimizga g‘oyat muhim va dolzarb
vazifalarni qo‘ymoqda. Albatta, yoshlarimizning bilim olishlari uchun barcha sha-
roitlarni yaratish, o‘quv binolarini qurish, ularni zamonaviy jihozlash mumkin. Lekin
farzandlarimizga yuksak mezonlar asosida ta’lim-tarbiya beradigan, yangicha, inno-
vatsion fikrlaydigan muallim va o‘qituvchilarni tayyorlash bu eng og‘ir vazifa bo‘lib,
juda katta mehnat va mas’uliyatni talab etadi. Shu ma’noda, bugungi kun o‘qituvc-
hisi universal mutaxassis, ham o‘rgatuvchi, ham o‘rganuvchi bo‘lishi, ya’ni o‘z ustida
tinimsiz ishlashi, doimo izlanib yashashi kerak. Eng muhimi, o‘qituvchi chinakam va-
tanparvar inson bo‘lishi zarur. Qalbida o‘z kasbiga, Vataniga mehr va sadoqat kuchli
bo‘lgan o‘qituvchigina haqiqiy vatanparvar shaxsni tarbiyalay oladi. Bizning barcha
sa’y-harakatlarimiz “O‘zbekistonda eng obro‘li inson muallim bo‘lishi kerak”, degan
g‘oyani amalga oshirishga qaratilmoqda. Buning uchun davlat va jamiyat tomoni-
dan qancha mablag‘, resurs va imkoniyatlar zarur bo‘lsa, barchasini safarbar eta-
miz. Maktablarda xorijiy tillarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rgatis-
hni takomillashtirish, oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish,

ERKINOVA SITORA BOTIRJON QIZI

Namangan davlat universiteti
Boshlang‘ich ta’limda ijtimoiy-
gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi
kafedrasi o‘qituvchisi, mustaqil
tadqiqotchi;

SATTAROV BAXTIYAR
KATIBJANOVICH

Namangan davlat universiteti
Boshlang‘ich ta’limda ijtimoiy-
gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi
kafedrasi mudiri
E-mail: sitora28erkinova@gmail.com

BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QITUVCHISINING
MALAKASINI
OSHIRISHGA
INNOVATSION
YONDASHUV

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp175-177


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

176

yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirishimiz lozim. Profes-
sional ta’lim sohasida bugungi mehnat bozori va xalqaro standartlarga to‘la mos
keladigan butunlay yangi tizimga o‘tishni jadallashtirishimiz kerak. Ta’lim muassasa-
larining moddiy-texnik bazasi, o‘qitish sifati va pedagog xodimlarning bilim va ma-
lakasini oshirishga qaratilgan “Zamonaviy maktab” davlat dasturini amalga oshirish
doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Barchamizga ayonki, bugungi kunda yon-at-
rofimizda yoshlarning qalbi va ongini zaharlab, ularni to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirishga qa-
ratilgan xavf-xatarlar tobora kuchayib bormoqda. Bunday mafkuraviy xurujlarga
qarshi milliy g‘oya asosida barchamiz birgalikda kurashmog‘imiz, oila, maktab va
mahalla hamkorligini mustahkamlashimiz zarur. Ayniqsa, bu vazifa barcha bo‘g‘in-
dagi rahbarlar, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar tashkilotlari, ijodkor ziyolilarimiz,
diniy ulamolar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, butun jamiyatimiz uchun vijdon
ishiga aylanishi kerak.[1]Pedagogikada mavjud pedagogik tizim faoliyatining nati-
jasi va unga qo‘yilgan talablar, maqsad bilan natija orasida vujudga kelgan ziddiyat
yoki fan oldida yangi tashkil etilgan tizim faoliyatini amaliy va nazariy jihatdan hal
etishda muammolar paydo bo‘ladi. Bunday muammolarni ta’lim islohotlari asosida
tubdan o‘zgartirish mumkin. Ta’lim islohotlari asosida mamlakatimizda ta’lim tizi-
mi bosqichlari, tuzilishi, maqsad va vazifalari, faoliyat ko‘rsatish tamoyillari o‘zgar-
di. Yangi paydo bo‘lgan pedagogik tizimning tashkiliy-pedagogik muammolaridan
biri amaliyotchi o‘qituvchining malakasini oshirishini takomillashtirishga kirishildi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-pedagogik faoliyati malakasini oshirish,
pedagogik jarayonni tadqiq qilish asosida namoyon bo‘ladi. Shu bois boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini, dars berish sifatini takomillashtirish, ilmiy
izlanishlar bilan shug‘ullanishlari uchun imkon yaratish, innovatsion yondashuv aso-
sida chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Boshlang‘i-
ch ta’limda o‘qituvchi-pedagoglarning metodik ehtiyojlarini qondirish uchun ta’lim
jarayoniga pedagogikaning ilg‘or shakl va usullarini joriy etish, ta’lim dasturlarini
takomillashtirish bo‘yicha o‘quv-metodik ishlarni bajara olish ko‘nikmalarini rivojlan-
tirish, masofadan o‘qitish usullarini yanada takomillashtirish, tegishli o‘quv-metodik
resurslarni modernizatsiya qilish, o‘qituvchilarning qayta tayyorlash va malaka oshi-
rishdan keyingi faoliyatini takomillashtirish, ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiya jarayo-
nini hamkorlik asosida oliy ta’lim muassasalarida tashkil etish, dars mashg‘ulotlarini
zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayoniga yuqori talablar qo‘yilib, uning samarador-
ligini oshirishni taqozo qilmoqda. Pedagoglar fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim va
tarbiya nazariyasi yangiliklaridan, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohot-
lardan, ilg‘or xorijiy tajribalardan xabardor bo‘lishlari kerak.Malaka oshirish – mu-
taxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yangilash va chuqurlashtirish, ularni
zamon talablariga javob bera oladigan qilib qayta tayyorlash.[2]Malaka oshirish va
qayta tayyorlash har bir xodimning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha so‘nggi fan yutuqla-
ri, yangiliklari bilan tanishish, ularni o‘zlashtirish, yangi amaliy ish usullari, ilg‘or ish
tajribalarini o‘rganishdan iborat ilmiy-nazariy hamda amaliy tayyorgarlik jarayoni hi-
soblanadi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash davriyligi turli mutaxassislar hamda
rahbar xodimlar uchun turlicha bo‘lib, 2—5 yilda bir marta, zarur hollarda bundan
qisqa muddatlarda o‘tkaziladi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash universitetlarda,
malaka oshirish institutlarida hamda professional qayta tayyorlash huquqiga ega


background image

STARS International University

177

bo‘lgan o‘quv markazlarida amalga oshiriladi. Mazkur jarayon ishlab chiqarishdan
ajralgan, qisman ajralgan va ajralmagan holda bo‘lishi mumkin. Amaliyot shuni ko‘r-
satdiki, xodimlarning malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ish shunchalik samarali bo‘la-
di. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirishlari
mexanizmini takomillashtirishga xizmat qiluvchi pedagogik innovatsiyalarga quyi-
dagi yo‘nalishlardagi ishlarni kiritish maqsadga muvofiqdir:- o‘qituvchilarning mala-
ka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini kasbiy-pedagogik diagnostika usullaridan foyda-
langan holda oldindan aniqlab borish;- malaka oshirish bo‘yicha buyurtmalarni o‘qi-
tuvchilarning kasbiy-pedagogik diagnostika asosida aniqlangan ehtiyojlarini hisob-
ga olgan holda shakllantirish;- mavjud malaka oshirish mazmunini o‘qituvchilarning
ehtiyojlariga asoslangan holda takomillashtirib borish;- maqsadli malaka oshirishni
tashkil qilish;- “Ustoz-shogird” usulida malaka oshirishni tashkil qilish;- maktabda
uzluksiz malaka oshirishni tashkil qilish;- malaka oshirishda monitoring olib borish
ishlarini takomillashtirish;- mavjud malaka oshirish mexanizmini yanada takomillash-
tirish bo‘yicha izlanishlar natijalarini amalga tatbiq qilish hamda boshqa innovatsion
yondashuvlar.[3]Xulosa qilib aytganda, jamiyatning taraqqiy etishi bevosita ta’lim-
ning rivojlanishi, o‘quvchilarga beriladigan bilimning samaradorligini oshirib borish
bilan bog‘liq. Shunday ekan, o‘qituvchining mahoratini oshirib borish, ta’lim jarayo-
nida pedagogik axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan samarali foydalanish,
o‘quvchi qiziqishi va o‘qituvchi ehtiyojini o‘rganish metodik xizmat bilan mashg‘ul
bo‘lgan mutaxassislarning asosiy vazifalaridir. Bu esa, o‘z navbatida, ulardan tinim-
siz izlanish va mahoratini oshirib borishni talab etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Sh.Mirziyoyev ”O‘zbekistonda eng obro‘li inson muallim bo‘lishi kerak”,

O‘qituv-

chi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. – T:,2019.

2. Hasanboyev J. va b. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – T.:Fan va texnologiya,

2009, 258 b.

3. Po‘latova D. Xalq ta’limi xodimlarining ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish

mexanizmini takomillashtirishda pedagogik innovatsiyalar. – T.:Xalq ta’limi jurnali.
2018-yil 2-son, 84-b.

Библиографические ссылки

Sh.Mirziyoyev ”O‘zbekistonda eng obro‘li inson muallim bo‘lishi kerak”, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. – T:,2019.

Hasanboyev J. va b. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – T.:Fan va texnologiya, 2009, 258 b.

Po‘latova D. Xalq ta’limi xodimlarining ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish mexanizmini takomillashtirishda pedagogik innovatsiyalar. – T.:Xalq ta’limi jurnali. 2018-yil 2-son, 84-b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов