“Ommaviy madaniyat” niqobi ostida yashiringan xuruj

CC BY f
9
6
Поделиться
Салимов, Ж. (2023). “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida yashiringan xuruj. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4). https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp53-54
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada yoshlarni global Internet tarmog‘iga bog‘lanib qolishi, Internet va uning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati o‘rganilgan.

Похожие статьи


background image

STARS International University

53

Ba’zan beozor bo

lib tuyilgan musiqa oddiygina multfilm yoki reklama lavhasi orqali

ma’lum bir mafkuraviy maqsadlar va intilishlar ifodalanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti

Annotatsiya

:

Maqolada yoshlarni global Internet tarmog‘iga bog‘lanib qolishi,

Internet va uning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati o‘rganilgan.

Biz shiddat bilan yelib borayotgan globallashuv davrida yashayapmiz. Bunday

davrda dunyo davlatlari tobora bir-birlari bilan integratsiya va hamkorlik aloqalari-
ni kuchaytirishi zamon talabiga aylanmoqda. Mana shunday aloqalar bilan bir qa-
torda yoshlarning zamon yangiliklariga qiziqishlari natijasida turli davlatlarning yot
madaniyatini o‘zlashtirib olib, ularning ta’sirli oqimiga ko‘r-ko‘rona ergashmoqdalar.
“Ommaviy madaniyat” kimlardir zo‘r berib ta’riflayotgan, targ‘ib qilayotgan umu-
minsoniy madaniyat emas, balki, uning mutlaqo teskarisidir. Aslida bu hammani bir
qolipga solish, o‘ziga xoslikni yo‘qotish, ya’ni, o‘zlikdan chekinish harakatidir. Ming
yillar davomida sayqal topgan milliy qadriyatlarda ayrim yoshlarni domiga tortib
ketayotgan, ta’bir joiz bo‘lsa, yo‘ldan urayotgan mana shu ommaviy madaniyatdir.

Ommaviy madaniyat ma’naviy-mafkuraviy tazyiqning eng xavfli ko‘rinishlaridan

biri bo‘lib, milliy ma’naviyat, milliy qadriyatlarga qaratilgan tajovuzdir. “Ommaviy
madaniyat” ko‘ngilochar industriya tomonidan yaratilgan oxir-oqibatda insonni
manqurt darajasiga tushuradigan, butun bir millatni ma’nan yo‘q bo‘lib ketishiga
sabab bo‘ladigan illatdir.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Hozirgi vaqtda axloqsizlik-

ni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan es-
kilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti,
oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun
jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday hurujlarga qarshi ku-
rashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.”¹

Afsuski, axborot almashinuvi mislsiz tezlashgan hozirgi sharoitda bunday g‘o-

ya tarafdorlari uni erkin: Internet, televediniye, radio, gazeta, jurnal, serial, bluten

SALIMOV JASURBEK

STARS INTERNATIONAL
UNIVERSITY 3-kurs 21/C
talabasi

“OMMAVIY
MADANIYAT” NIQOBI
OSTIDA YASHIRINGAN
XURUJ

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp 53-54


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

54

va hatto kiyim-kechak, bolalar o‘yinchoqlaridagi yozuv va tasvirlar orqali yanada
kengroq yoyishga intilmoqdalar. Bunday zararli g‘oyalarning jahon axborot bozo-
rida zo‘r berib tarqalayotgani natijasida “ommaviy madaniyat”ning ta’sir doirasi
tobora kengaymoqda. Bu shunday illatki, u beixtiyor ongga ta’sir etishga asoslana-
di. Tom ma’noda bu ham kasallik tarqatuvchi virus kabidir. Bu “virus” inson ongida
paydo bo‘lgan ma’naviy bo‘shliqni ishg‘ol etadi va uni yemira boshlaydi. Qisqa qilib
aytganda globallashuv jarayonida har bir xalq, eng avvalo, asrlar mobaynida shak-
llangan madaniyati, mentaliteti, asriy urf-odat va an’analarini saqlab qolishga, shu
bilan birga, ularni zamonaviy ruh bilan yanada boyitib borishga intilishi juda mu-
him. Buyuk faylasuf Suqrotning “O‘z-o‘zingni anglagin va bilgin degan” purhikmat
iborasi har bir sog‘lom fikrli kishining yodida bo‘lmog‘i lozim.

“Ommaviy madaniyat”ning bugungi kunda yorqin misoli, chegara bilmas “Xalqaro

o‘rgimchak to‘ri” o‘zida ilmiy-texnikaviy, axborot ta’lim sohasiga oid ma’lumotlar bilan
bir qatorda, yuksak qadriyatlarimizga putur yetkazuvchi illatlarning faol ijrosi hamdir.

YUNICEF tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarga qaraganda Internetda foydalanuvc-

hi yoshlarning 90% i axloqsiz surat va videolarga duch kelishi, 60%i esa bu turda-
gi axborotlarni maqsadli tazrda izlashini ko‘rsatadi. Shuningdek, dunyo miqyosida
38% bola zo‘ravonlik, 26%i esa millatchilik xarakteridagi web-sahifalarni muntazam
kuzatib borishi aniqlangan. Eng daxshatli tomoni xalqaro tarmoqdan foydalanuv-
chilarning 10%i unga butkul bog‘lanib qolgan. Afsuski, bugungi yoshlarimiz tafak-
kurida Alpomish-u Go’ro‘g‘li, Otabek va Anvar, Kumush-u Ra’no, Nodirabegim va
Uvaysiylardan ko‘ra Jeyms Bond, Garri Potter, Bryus Li, Jet Li va boshqa chet el
qahramonlarining ta’siri kuchli bo‘lmoqda. Oddiygina bir jihatdan e’tibor beraylik,
qo‘liga telefon olgan yosh o‘z xohishi yoki qiziqishi tufayli Internet saytlarga kiradi
va unga foydali informatsiyalar bilan bir o‘rinda salbiy jihatlarini ham o‘zlashtirib
oladi, so‘ng bu axborotlarni yanada qiziqrog‘ini qidirishga kirishib ketadi.

Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek,”Biz uchun axloqiy jihatdan noma’qul, mil-

liy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan, lekin hozirgi vaqtda hayotimizga kirib borayotgan
mana shunday ko’rinishlarini bamisoli yuqumli kasallik deb qabul qilishimiz lozim.
Ayni shu asosda xurujlarning o‘ta xavfli holat ekanligini anglamog‘imiz zarur.”¹

Bu niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik egotsentrizm g‘oyalarini tarqa-

tish, kerak bo‘lsa buning hisobidan moddiy manfaatni ko‘zlash, ya’ni boylik ortti-
rishni maqsad qilgan ayrim “firma va tashkilot”larning faoliyati ham bugungi kun
uchun dolzarb mavzuga aylanmoqda desak xato bo‘lmaydi. Ayrim Internet klublar-
dagi yoshlarning, eng achinarlisi maktab o‘quvchisi ularning tasvirda ko‘rayotgan
behayo videorolik, kino, animatsiyalarni o‘ta qiziqish bilan tomosha qilayotganidir.
Hali go‘daklik nafasi ufurib turgan, beg‘uborlik tark etmagan 10-15 yoshli bolaning
o‘y-xayoli bunaqangi ozuqalar bilan o‘z ongini sug‘orib borishi bugungi kun uc-
hun juda muhim muammoga aylanganligini, hech shak-shubhasiz, uning kelajaigi-
ga bunday yolg‘on xotiralar ta’siri o‘zining kuchini ko‘rsatmay qolmasligidir. Shun-
day ekan, yoshlarning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish kattalarning va bola tarbiyasi-
ga mas’ul tashkilotlar zimmasidadir. Bugungi kun nafasini to‘g‘ri ilg‘ay ololmagan
yoshlardan kelajakda buyuk ishlar kutish mumkinmi?! Aziz yoshlar, o‘z sha’nimiz
milliy g‘ururimiz, sharqona qadriyatlarimiz ota-bobolarimizning ong-u tafakkurida
asrlar, ming yillar davomida shakllanib sayqal topgan or-nomus, uyat-andisha va
sharm-hayo, axloqiy tuyg‘u va tushunchalarga rioya qilishimiz, avaylab asrashimiz
zarur va shart deb o‘ylayman.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов