Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
138
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI VA TARIXI
TARJIMADA ALDOQCHI SO‘ZLAR IFODASI
Sapayeva Feruza –
Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi professori
Kalit so‘zlar
: Maxtumquli, she’r, tarjima, turkman tili, o‘zbek tili, mazmun,
ma’no, tarjimon.
Key words
: Mahtumkuli, poem, translation, Turkmen language, Uzbek
language, meaning, translator.
Soxta ekvivalentlar, “aldoqchi so‘zlar” tarjima muammolari bo‘yicha bir qator
tadqiqotlar amalga oshirilgan
127
. Jumladan, Maxtumquli she’rlari tarjimasidagi soxta
ekvivalentlar ham J.Sharipov tarjimasi misolida o‘rganilgan. Lekin shoir asarlarining
boshqa tarjimonlar tomonidan amalga oshirilgan tarjimalarida ham, shuningdek,
umuman, yaqin tillardan qilingan va qilinayotgan tarjimalarning barchasida ham
soxta ekvivalentlar tarjimasi bilan bog‘liq xato-kamchiliklarning ko‘plab uchrashi
mazkur masalani qaytadan kun tartibiga qo‘yib, jiddiy o‘rganishni taqozo qiladi.
J.Sharipov tarjimalarining muvaffaqiyatini ta’minlagan asosiy omil aslida o‘zbek va
turkman tillari o‘rtasidagi o‘zaro mushtaraklik hisoblanadi.
“Ma’lumki, turkman tili turkiy tillarning janubi-g‘arbiy (o‘g‘uz) gruppasiga
taalluqli til hisoblanadi. O‘zbek tili esa turkiy tillarning qarluq gruppasiga xos. Bu
ikki til vakillari asrlardan beri bir-birlari bilan yonma-yon, bir xil moddiy-madaniy,
siyosiy-tarixiy sharoitda yashab kelishgan. Shu sababli ularning tillarida umumturkiy
leksik-grammatik xususiyatlar ko‘p uchraydi”
128
. Tarjimon ikki til o‘rtasidagi bu
imkoniyat va qulayliklardan mahorat bilan foydalangan. Buning ustiga, xorazmlik
bo‘lgani, “Xorazm o‘zbeklari tili turkman tiliga boshqa o‘zbek shevalariga nisbatan
ancha yaqin”ligi
129
unga yanada qo‘l kelgan. U amalga oshirgan ko‘pchilik
tarjimalarning asliyatga monand jaranglashi shundan. Lekin o‘zbek va turkman
tillarining “o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjudki, bu xususiyatlar badiiy asar tarjima
qilinayotgan vaqtda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki yaqin tillar lug‘at boyligida
shaklan bir xil, mazmunan esa yiroq, hatto butkul boshqa ma’no anglatuvchi so‘zlar
ham anchagina bor. Mazkur so‘zlar tekstni o‘girish davomida tarjimonni
yanglishtiradi va asl nusxa matnidan tarjimaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bunda esa
tarjima muqarrar buziladi, chunki mutarjimni yanglishtirib tarjima tekstiga kirib
qolgan so‘z originaldagi vazifani tarjimada bajarmasligi ustiga, noo‘rin
qo‘llanganligini boisdan mantiqiy uzviylik hamda badiiy mukammallikka putur
yetkazadi”
130
. J.Sharipov tarjimalarida uni, asosan ana shu shaklan o‘xshash, ammo
mazmunan bir-biriga zid so‘zlar – soxta ekvivalentlar chalg‘itgan: u tarjimalarida
yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklarning katta qismi shunday “aldoqchi so‘zlar” hissasiga
to‘g‘ri keladi. Shoir she’rlarining J.Sharipov tomonidan qilingan tarjimalari xususida
127
Рыльский М.Ф. Художественный перевод с одного славянского языка на другой. – М.: АНСССР, 1958;
Қурамбоев К. Махтумқули шеърияти Ўзбекистонда. – Б. 52-60.
128
Тайлақова М., Сапаров М. Махтумқули асарлари тилининг ўзбекча таржимасига баъзи бир қайдлар. – Б. 47.
129
Ўша мақола. – Б. 50.
130
Ўша мақола. – Б. 47.
Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari
139
bir necha maqolalar yozilgan
131
, ayrim darslik va risolalarda ular xususida muxtasar
fikr yuritilgan
132
, xolos. Binobarin, bu tarjimalar to‘la holida tadqiqot doirasiga
tortilgan emas. U tarjima qilgan mavjud 314 ta she’rni turkmanchasiga qiyoslab
o‘rganish natijasida soxta ekvivalentlar borasidagi xato-kamchiliklar ushbu maqola
va kitoblarda qayd etib o‘tilganidan ancha-muncha ko‘pligi ma’lum bo‘ldi. “O‘zbek
va turkman tillaridagi shaklan o‘xshash, ammo mazmunan turli ma’nolarni anglatgan
leksik birliklar tarjimonni ko‘p o‘rinlarda chalg‘itadi. Tarjimon Maxtumquli
asarlarini o‘zbek tiliga ag‘darar ekan, turkiy tillar gruppasiga mansub bo‘lgan o‘zbek
va turkman tillarinnig mushtarak tomonlariga (fonetik-morfologik, leksik
xususiyatlari) ko‘proq tayanib, ko‘p miqdordagi so‘zlarning shakldagi o‘xshashligiga
asoslanib, so‘zma-so‘z tarjimaga zo‘r bergan. Natijada shoir she’rlarining ma’nosiga
putur yetgan”
133
.
Ma’lumki, turkiy tillarda “qo‘l” so‘zi “el”, “al” tarzida ishlatiladi. Lekin “al”
turkman tilida ko‘p ma’noli bo‘lib, 1) hiyla, makr, 2) och qizil rang, 3) jin, ajina,
yovuz ruh kabi ma’nolarda qo‘llanadi. “Qo‘l” so‘zi esa “el” shaklida yoziladi.
J.Sharipov makr-hiyla ma’nosidagi “al” so‘zini “Chilim” she’ri tarjimasida “qo‘l”
deb tushunadi: “Al bilen aldap seni xer dem өzige zar eder” – “Qo‘l bilan aldab seni,
har dam o‘ziga zor etar. Bu xatoning kelib chiqish sababini M.Taylaqova va
M.Saparovlar shunday izohlaydilar: “Xorazmda o‘zbek adabiy tilidagi “qo‘l” so‘zini
“al” so‘zi bilan ifoda etiladi. Xorazmcha “al” turkman tilida “el” orqali ifodalanadi.
Tarjimon xorazm shevasidagi “al”ga o‘xshash bo‘lgan turkmancha “al” ni “qo‘l” deb
noto‘g‘ri o‘qiydi va Maxtumquli aytmoqchi bo‘lgan fikrni buzib tarjima qiladi.
Shakliy o‘xshashlik tarjimonga pand bergan”
134
. O‘z navbatida, turkman tilidagi “el”
so‘zi o‘zbek tilida – “xalq, yurt” ma’nosida keladi. Binobarin, bu so‘zni aynan
qoldirish o‘zini oqlamaydi: “Nәgәx xudayыm el tutar”– “Nogoh Xudoyim el tutar”.
Ko‘plab so‘zlarning imlosi – turkman tilida qanday yozilishini bilmasliklarining
o‘zi tarjimonlarning turkman tilini haminqadar bilishlarini ko‘rsatib turibdi.
Ko‘pchilik tarjimashunoslarning fikricha, soxta ekvivalentlar, aldoqchi so`zlarni
farqlay olmaslik tarjimonlarning asliyat tilini bilmasliklari bilan izohlanadiki,
keltirilgan tahlillar bu fikrni yana bir karra isbotlaydi.
131
Қаранг: Қурамбоев К. Шеърий таржимада миллийликни қайта яратиш ва таржимон маҳорати // Қурамбоев К.
Таржима ва таржимон масъулияти. – Б. 65-88. Тайлақова М., Сапаров М. Махтумқули асарлари тилининг
ўзбекча таржимасига баъзи бир қайдлар – Б. 46-53; Абдуллаев Ҳ. Ўлмас шеърият // Ўзбекистон маданияти, 1977
йил, 12 апрель; Очилов Э. Махтумқули асарларининг ўзбекча таржималари. – Б. 13-23.
132
Қаранг: Саломов Ғ. Таржима назариясига кириш. – Б. 71-76; Қурамбоев К. Махтумқули шеърияти
Ўзбекистонда. – Б. 52-61.
133
Тайлақова М., Сапаров М. Махтумқули асарлари тилининг ўзбекча таржимасига баъзи бир қайдлар. – Б. 48.
134
Тайлақова М., Сапаров М. Махтумқули асарлари тилининг ўзбекча таржимасига баъзи бир қайдлар. – Б. 50.