Относится ли синтагма к фонетическому явлению?

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
5-7
18
4
Поделиться
Турниязов, Н. (2019). Относится ли синтагма к фонетическому явлению?. Иностранная филология: язык, литература, образование, (4 (73), 5–7. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1165
Немат Турниязов, Самаркандский государственный институт иностранных языков

профессор

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье речь идёт о лингвистическом статусе синтагмы, по поводу чего, мнения языковедов до сих пор расходятся

Похожие статьи


background image

Хорижий филология  №4, 2019 йил 

 

 

 

REPORTS                                                                          

МАҚОЛАЛАР 

 

SINTAGMA FONETIK HODISAMI? 

 

Turniyazov Ne’mat Qayumovich, 

SamDCHTI professori 

 

Kalit so‘zlar:

 

sintagma, ichki sintagma, tashqi sintagma, aniqlovchi-aniqlanmish, ritmik 

guruh, sintagmatik munosabat, molekula.

 

 
Sintagma nutqimizning kichik birligi 

sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois 
tilshunoslik adabiyotlarida bu haqda e’lon 
qilingan tadqiqot ishlari anchagina. Biroq 
shuni ham aytish kerakki, olimlar o‘rtasida 
uning lingvistik maqomi haqida bildirilgan 
fikr va mulohazalar mushtarak emas. Ba’zilar 
uni fonetik hodisa deb ta’riflasalar, boshqalari 
bu o‘rinda grammatik (sintaktik) hodisani 
ko‘radilar. Quyida ana shu masala haqida 
batafsil so‘z yuritamiz. 

Sintagma 

tushunchasi dastlab F.de 

Sossyur ta’limotida qo‘llanilganini ko‘ramiz. 
Olim 

birinchilardan bo‘lib, assotsiativ 

(paradigmatik) va sintagmatik munosabatdagi 
til birliklari haqida fikr bildirgan edi va shu 
jarayonda 

sintagma 

termini ham ilmiy 

iste’molga kiritiladi. F.de Sossyur sintagmani 
quyidagicha ta’riflaydi: «…nutqda so‘zlar 
tilning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qo‘llanilishiga 
asoslangan holda, bir-birlari bilan 
munosabatga kirishadi. Bunda ular biri 
ikkinchisidan keyin bog‘lanishli holatda 
keladi. Aynan ana shu hodisa 

sintagmani 

taqozo etadi. Shunday qilib, sintagma har 
doim kamida ikki birlikning o‘zaro 
munosabatidan tashkil topadi» [1,155]. 

F.de Sossyur quyidagi misollarni 

keltiradi: 

re-lire 

«qayta o‘qimoq», 

contre tous

 

«hammaga qarshi», 

lavie humaike

  «inson 

hayoti», 

s’il fait beau temps, nous sortirons

 

«Agar havo yaxshi bo‘lsa, biz  sayrga 
chiqamiz» [1,155]. 

Ko‘rinadiki, sintagma bir so‘z bilan, 

so‘z birikmasi va hatto murakkab sintaktik 
qurilma bilan ifodalanishi ham mumkin. 
Ammo mazkur obyektlarning har birida 
aniqlovchi-aniqlanmish munosabati o‘z 
ifodasini topmog‘i lozim. Bu juda muhimdir.  

 

 
S.O.Karsevskiy 

hatto 

ushbu 

ifodadan 

sintagma  ta’rifini  berishda  foydalangan: 
«Aniqlovchi-aniqlanmish 

munosabatini 

sintagma deb atash mumkin» [2,24]. 

S.O.Karsevskiy  sintagmani 

ichki 

va 

tashqi 

deb  ataluvchi  ikki  turga  bo‘lib 

o‘rganishni  tavsiya  etadi: 

водовоз,  домик, 

медвежёнок 

–  ichki  sintagmalar; 

маленький 

мальчик,  мальчик  читает,  читает  книгу, 

большую книгу –

tashqi sintagma [2,24]. 

S.O.Karsevskiyning sintagmaning 

lingvistik maqomi xususida aytgan 
mulohazalari ham F.de Sossyur ta’limotiga 
asoslanganini ko‘ramiz. Biroq L.V.Sherba 
sintagmani fonetik hodisa sifatida talqin etadi: 
«…bir yoki bir necha ritmik guruhlardan 
tashkil topib, nutqda alohida ma’no 
butunligini ifoda etuvchi fonetik birlikni men 
sintagma deb atayman» [3,81]. 

L.V.Sherba bu o‘rinda, asosan, fransuz 

tilshunosi M.Grammon ortidan borganligi 
izoh talab qilmaydi. Bu haqda so‘z 
yuritganida A.A.Reformatskiy 
L.V.Sherbaning fikriga mutlaqo qarshi 
chiqadi: «Mazkur masala xususida so‘z 
yuritilganda shuni ta’kidlash joizki, 
intonatsiya sintaktik hodisa emas. Sintaktik 
birlik – so‘z birikmasi, masalan, intonatsiyaga 
mutlaqo ega emas, gap esa bunday 
xususiyatni faqat fraza orqali kasb etadi. 
Demak, o‘zicha u ham intonatsiyaga ega 
emas. Shu bois, 

sintagma 

terminini 

intonatsiya bilan bog‘lash mutlaqo noo‘rindir. 
M.Grammon, uning ortidan esa L.V.Sherba 
bu masalani boshi berk ko‘chaga kiritib 
qo‘ydilar» [3,18-19]. 

Biroq shuni ham aytish kerakki, 

L.V.Sherbaning sintagma haqidagi g‘oyalarini 
V.V.Vinogradov davom ettirdi. Uning fikriga 
ko‘ra, sintagma deganda, intonatsion va 

5

 


background image

Хорижий филология  №4, 2019 йил 

 

 

ekspressiv jihatlardan sug‘orilgan nutqning 
semantik-sintaktik birligini tushunmoq kerak. 
Bundan tashqari, V.V.Vinogradov sintagmani 
stilistik sintaksisning birligi deb ham aytadi 
[4,211]. Bunday vaziyat, albatta, masala 
tavsifini chalkashtirib yuborishi aniq.  

V.V.Vinogradov L.V.Sherbaning 

sintagma haqidagi ta’limotiga barcha 
tilshunoslar asoslanishi lozimligini ham 
aytdiki, bu narsa sobiq Ittifoq davrida 
tilshunoslarning o‘z fikr va mulohazalarini 
erkin aytishlariga yo‘l qo‘ymadi. Ammo 
shunday bo‘lishiga qaramay, Ittifoq davrida 
ham tilshunoslar o‘z fikrlarini qaysidir 
darajada ayta oldilar. Fikr isbotini 
A.G‘.G‘ulomovning quyidagi so‘zlarida 
ko‘rishimiz mumkin: «Sintagma grammatik-
semantik yaxlitlikni ko‘rsatuvchi fonetik 
birlikdir. Demak, sintagma ikki qisqa pauza 
orasidagi nutqiy element –  eng sodda 
sintaktik parchadir. Bu jihatdan 
qaraganimizda, gap bir tugal sintagmali yoki 
bir necha sintagmali bo‘ladi. Sintagma bir 
necha so‘zli va bir so‘zli bo‘ladi. 
…Sintagmaning grammatik strukturasi 
aniqlovchi+aniqlanmish formasida bo‘ladi» 
[5,23-24]. 

Bu o‘rinda A.G‘ulomov sintagmani, 

garchi fonetik birlik tushunchasidan 
foydalangan bo‘lsa-da, F.de Sossyur ta’limoti 
asosida ta’riflaganini ko‘ramiz. Darhaqiqat, 
sintagma bir so‘zli (

belbog‘

), so‘z birikmasi 

qolipida bir necha so‘zli (

paxta maydoni

), gap 

qolipli (

dars boshlandi

) va hatto murakkab 

sintaktik qurilma qolipli (

Bahor 

kelgach,gullar ochildi

) bo‘lishi mumkinligi 

haqida F.de Sossyur dastlab ma’lumot 
bergandi. Ayni paytda berilgan misollarning 
barchasida ularning komponentlari o‘rtasida 
aniqlovchi-aniqlanmish munosabati 
shakllanmoqda.  

Ana shuning o‘zi ham sintagmaning 

fonetik hodisa emas, balki sintaktik hodisa 
ekanligidan dalolat beradi. Zotan, 
sintagmaning lingvistik maqomini izohlashda 
hech qanday fonetik hodisaga murojaat 
etishga ehtiyoj sezilmaydi. Biroq ba’zi 
tilshunoslar tadqiqot ishlarida bu o‘rinda 
fonetik va grammatik qoidalar qorishtirib 
yuborilmoqda. Masalan, buning dalilini 
O.S.Radionovaning sintagma haqidagi 

mulohazalarida ko‘rishimiz mumkin. Olima 
sintagmani faqat semantik va intonatsion 
birlik deb emas, balki struktur-sintaktik birlik 
deb ham tushunmoq kerakligini ta’kidlaydi 
[6]. Bunda, albatta, L.V.Sherbaning ta’limoti 
ta’siri borligi kuzatiladi. 

Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda 

shuni ham aytish lozimki, so‘nggi yillarda rus 
tilshunosligida L.V.Sherbaning sintagma 
haqidagi ta’limotiga tanqidiy 
yondashilayotganini ham ko‘ramiz. 
M.I.Olevskayaning ilmiy izlanishlarida 
L.V.Sherba sintagma xususidagi 
mulohazalarini berishda masala tavsifiga 
jiddiy yondashmaganligi aytiladi. Agar 
L.V.Sherba sintagmani ritmik guruh bilan 
tenglashtiradigan bo‘lsa, u holda yo 

ritmik 

guruh, 

yoxud 

sintagma 

terminlarining birini 

qo‘llashi lozim bo‘lganligi alohida 
ta’kidlanadi. L.V.Sherba fransuz tilshunosi 
M.Grammon fikriga qo‘shilib sintagmani 
fonetik hodisa deb atagan bo‘lsa, bugungi 
fransuz tilshunoslari (masalan, F.Karton) uni 
qat’iy ravishda sintaktik hodisa deb 
o‘rganmoqdalar [7,605]. 

Darhaqiqat, sintagma sintaktik 

hodisadir. U nutqning eng kichik birligi 
sifatida faoliyat ko‘rsatib, nutq jarayonida 
uning komponentlarining sintagmatik 
munosabatga kirishuvi uchun asos vazifasini 
bajaradi. Y.I.Shutova sintagmani nutqning 
bazal strukturasi sifatida tushunadi va bu 
haqda quyidagilarni alohida ta’kidlaydi: 
«…

это  базисная  структурная  ячейка, 

молeкула синтаксиса» [9,51]. 

Mazkur fikr bilan to‘liq qo‘shilish 

mumkin, zotan, ana shu kichik birlik asosida 
butun bir matn komponentlari sintagmatik 
munosabat tashkil etadi. Boshqacha aytganda, 
sintagma  –  bu struktur-mazmuniy jihatdan 
yaxlit holdagi birlik bo‘lib, nutq jarayonida 
so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishiga zamin 
yaratadi. 

Y.I.Shutova ta’biri bilan aytganda, gap 

tarkibida qo‘llanilgan sintagma «davlat 
ichidagi davlat»ga qiyoslanishi mumkin. Shu 
bois u nutq jarayonida o‘zgarmaydi. Masalan, 
ingliz tilidagi 

my brother 

sintagmasini 

olaylik: 

My brother lives in London; This is 

my brother; I gave my brother an apple. 

Bunda turli xil gaplar sathida ham 

my brother 

6

 


background image

Хорижий филология  №4, 2019 йил 

 

 

sintagmasi o‘zgarishsiz qolayotganini 
ko‘ramiz (Mening akam Londonda yashaydi; 
Bu mening akam; Men akamga olma berdim) 
[9,52]. 

Shuni ham aytish kerakki, bugungi 

tilshunoslikda faqat tobelik munosabatida 
shakllanayotgan til birliklaridan tashqari, 
so‘zlarning o‘zaro tenglik asosida 
shakllanuvchi sintagmalar xususida ham fikr 
bildirilmoqda. Bunda sintagmaning nutqning 
minimal birligi ekanligi nazarda tutilmoqda, 
albatta. Bunday holatni Y.I.Shutovaning 
tadqiqot ishlarida kuzatamiz: 

kitoblar, 

qalamlar, daftarlar; qizil, ko‘k va yashil 

[8,50]. 

Komponentlari tenglik asosida 

bog‘lanuvchi sintagmalar haqida so‘z 
yuritilganda, albatta, parataktik qurilmalarni 
ham nazarda tutmog‘imiz lozim bo‘ladi. 

Bunday qurilmalarda aniqlovchi-aniqlanmish 
munosabati kuzatilmaydi, albatta. Ammo bu 
o‘rinda mazkur qurilmalar ham nutqning 
minimal birligi sifatida talqin etilaveradi. 
Agar masala tavsifiga faqat sintagma nuqtayi 
nazaridan yondashadigan bo‘lsak, u holda 
gipotaktik va parataktik qurilmalarni 
strukturalariga ko‘ra maksimal holatdagi 
sintagmalar tarzida e’tirof etishga to‘g‘ri 
keladi. 

Shunday qilib, yuqorida ko‘rib 

o‘tilgan barch fikr va mulohazalar asosida 
sintagmani qat’iy ravishda fonetik hodisa 
emas, balki grammatik (sintaktik) hodisa 
sifatida talqin etamiz. Sintagmatik munosabat 
tushunchasining ham asosida sintagma yotar 
ekan, uning sintaktik hodisa ekanligi izoh 
talab qilmaydi. 

 

Adabiyotlar: 

 

1. Соссюр Ф. де. Труды по языкознанию-М.: Прогресс, 1977. 

2. Карцевский С.О. Повторительный курс русского языка.-М.–Л.: Госиздат, 1928. 

3. Щерба Л.В. Фонетика французского языка. Изд.2-е.-Л., 1939. 

4.  Виноградов  В.В.  Понятие  синтагмы  в  синтаксисе  русского  языка//Вопросы 

синтаксиса современного русского языка.-М.: Учпедгиз, 1950. 

5. G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.-Toshkent: O‘qituvchi, 1987. 

6.  Родионова  О.С.  К  вопросу  о  синтагме  и  средствах  ее  реализации//Вестник 

Саратовской государственной юридической академии, №5.-2014. 

7.  Олевская  М.И.  Синтагма  и  интонема:  возможен  ли  знак  равенства?(в  традиции 

отечественной французистики)//Вестник ПСПГУ.III.Филология. вып.4.-2012. 

8. Шутова Е.И. Вопросы теории синтаксиса.-М.: Наука, 1984. 
 
 

Турниязов  Н.К.  Относится  ли  синтагма  к  фонетическому  явлению?  В  статье 

речь идёт о лингвистическом статусе синтагмы, по поводу чего, мнения языковедов до сих 

пор расходятся. 

Turniyazov N.

К. Does syntagma relate to a phonetic phenomenon? The article deals with 

the linguistic status of syntagma, about which the opinions of linguists still differ. 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

7

 

Библиографические ссылки

Соссюр Ф. де. Труды по языкознанию-М.: Прогресс, 1977.

Карцевский С.О. Повторительный курс русского языка.-М.-Л.: Госиздат, 1928.

Щерба Л.В. Фонетика французского языка. Изд.2-е.-Л., 1939.

Виноградов В.В. Понятие синтагмы в синтаксисе русского языкаУУВопросы синтаксиса современного русского языка.-М.: Учпедгиз, 1950.

G'ulomov A., Asqarova М. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.-Toshkent: O‘qituvchi, 1987.

Родионова О.С. К вопросу о синтагме и средствах ее реализацииУУВестник Саратовской государственной юридической академии, №5.-2014.

Олевская М.И. Синтагма и интонема: возможен ли знак равенства?(в традиции отечественной французистики)УУВестник ПСПГУ.III.Филология. вып.4.-2012.

Шутова Е.И. Вопросы теории синтаксиса.-М.: Наука, 1984.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов