Побудительные конструкции в узбекском художественном тексте

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
108-112
33
124
Поделиться
Бузрукова, М. (2020). Побудительные конструкции в узбекском художественном тексте. Иностранная филология: язык, литература, образование, (1 (74), 108–112. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1315
Махина Бузрукова, Самаркандский государственный университет

учитель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматриваются особенности побудительных конструкций в узбекском художественном тексте. Приводятся конкретные примеры прескриптивных, реквистивных и суггестивных побудительных конструкций и их анализ в произведении узбекского писателя Абдулла Кадыри «Минувшие дни»

Похожие статьи


background image

Хорижий филология  

№1, 2020 йил 

 

 

108 

 

O'ZBEK BADIIY MATNIDA UNDASH KONSTRUKSIYALARI 

 

Buzrukova Maxina,  

SamDU o‘qituvchisi 

 

Kalit  so‘zlar:

  nutq  akti,  lokutiv,  illokutiv,  perlokutiv  aktlar,  preskreptivlar,  rekvestivlar, 

suggestivlar. 

 

Pragmatika

 

— 

semiotika 

va 

tilshunoslikning  nutqda  til  belgilarining  amal 
qilishini  oʻrganuvchi  sohasi;  boshqacha 
aytganda, 

muayyan 

belgilar 

tizimini 

oʻzlashtirib, 

undan 

foydalanuvchi 

subyektlarning  ayni  shu  belgilar  tizimiga 
munosabatini oʻrganuvchi fan tarmogʻi. 

Lingvistik 

pragmatika 

(pragmalingvistika)

  –  bu  tilshunoslikning 

nutqda 

til 

birliklarining 

vazifasini 

o‘rganadigan 

sohasi. 

Lingvistik 

pragmatikaning 

maqsadi 

"tilni 

matnda 

o‘rganish"  -  ijtimoiy,  vaziyatiy  va  h.k.  aloqa 
vositasi sifatida tilni o‘rganish. 

Pragmatik  aspect

  -  bu  ma'lumotning 

foydaliligi,  muammoni  hal  qilish  uchun 
yaroqliligi nuqtayi nazaridan xususiyatidir. 

Nutq  akti

  –  pragmatikaning  asosiy 

tushunchalaridan  biridir.  Nutq  akti  -  bu  til 
harakati 

qoidalariga 

muvofiq, 

amalga 

oshiriladigan maqsadli kommunikativ harakat 
[Epistemologiya  ensiklopediyasi  va  falsafa 
ilmi  2009:  830].  Pragmatikada  har  qanday 
nutq  aktini  ko‘rib  chiqish  mumkin,  masalan 
maslahat, minnatdorchilik, tahdid, so‘rov, uzr 
va boshqalar. Nutq akti - bu nutqni, shu bilan 
birga  eshitish  qobiliyatini  va  eshitilgan 
narsalarni  tushunishni  o‘z  ichiga  olgan  ikki 
tomonlama jarayon. 

J.Ostin 

nutq 

aktlari 

nazariyasini 

shakllantirib  boshqa  tilshunoslar  uchun  nutq 
akti  turlarini  ajratishda  boshlang’ich    bo‘lib 
xizmat qilgan tasnifni taklif qildi.  Djon Ostin 
beshta 

performativ 

(illokutiv) 

aktlar 

aniqlagan:  1)  verdiktivlar,  ular  yordamida 
so‘zlovchi  biror  narsaga  yoki  birovga  o‘z 
bahosini 

bildiradi; 

2) 

ekzersitivlar, 

so‘zlovchining  hukmini  amalga  oshirish 
uchun  xizmat  qiluvchi  (buyruqlar,  farmoyish 
va  boshqalar);  3)  komissivlar  –  va’dalar  va 
majburiyatlarning  ifodasi;  4)  bexabitivlar, 
ijtimoiy xatti-harakatlarni va kommunikantlar 

munosabatlarini 

boshqaradi. 

(masalan, 

tabriklash,  uzr  so‘rash  va  h.k.)  5) 
ekspozitivlar,  suhbat  davomida  bayonotlar 
joyini aniqlaydilar (tan olaman, rad etaman va 
hokazo) [2: 131]. 

J.Ostin,  u  yoki  bu  nuqtayi  nazarni 

ifoda  etganda,  shaxs  muayyan  vaziyatni 
tasvirlashi,  shuningdek,  ba’zi  harakatlarni, 
ya’ni  nutq  aktini  bajarishi  mumkinligiga 
e’tibor qaratdi: xabar berish, so‘rash, undash, 
iltimos 

qilish, 

maslahat 

berish, 

minnatdorchilik  va  boshqalar.  Shuningdek,  u 
nutq  aktlarining  uchta  bosqichini  ajratadi:  1) 
lokutiv - akt o‘z-o‘ziga gapirish. 2) illokutiv - 
boshqa  shaxsga  niyatini  bildiradi,  maqsadni 
belgilaydi.  3)  perlokutiv  -  boshqa  kishining 
xatti-harakatlariga ta’sirini ifodalaydi. J. Ostin 
nutq  akti  funksiyalarini  illokutiv  kuchlar, 
unga  tegishli  fe’llarni  esa  illokutivlar  deb 
atadi.  Illokutiv  kuch  -  bu  tushuncha  quyidagi 
tarkibiy  qismlarning  birikmasidan  iborat:  1) 
maqsad  yoki  niyat;  2)  maqsadga  erishish 
usuli;  3)  nutq  akti  illokutiv  kuchining 
intensivligi; 

4) 

taxminiy 

mazmunning 

xususiyatlari;  5)  muayyan  nutq  aktidan 
foydalanish  shartlari;  6)  samimiylik  shartlari. 
Nutq  akti  illokutiv  kuchining  yuqoridagi 
keltirilgan  barcha  tarkibiy  qismlari  mantiqiy 
tartibga  solingan  va  o‘zaro  bog‘liqdir  [2:  22-
129]. 

V.Hak nutq aktlarini ularning umumiy 

ma’nosiga qarab ajratadi. Ularni informativ va 
noinformativlarga 

ajratadi. 

Informativ 

ma’lumotni  uzatish  yoki  talab  qilish  bilan 
bog‘liq. Bularga bayonot, va’dalar, undashlar 
kiradi.  Noinformativlarga  turli  xil  "ijtimoiy" 
aktlar  kiradi:  salomlar,  tabriklar  va  hk. 
[3:628-630]. 

K.  Bjuler  nutq  aktining  uchta  tarkibiy 

qismini aniqlaydi: adresant, adresat, mavzu va 
vaziyat.  U  ularni  tilning  ba’zi  funksiyalari 
bilan o‘zaro bog‘ladi [4: 34]. 


background image

Хорижий филология  

№1, 2020 йил 

 

 

109 

J.So‘rl  nutq  aktining  beshta  asosiy 

turini  o‘z  ichiga  olgan  tasniflashni  taklif 
qiladi.  1)  reprezentativlar  –  so‘zlovchining 
taklif mazmuni (xabar, taxmin, tushuntirish va 
hokazo)  haqiqiy  ekanligiga  ishonchini  ifoda 
etuvchi 

bayonotlar. 

2) 

direktivalar 

–  

tinglovchining  biron-bir  faoliyatni  amalga 
oshirishida, 

so‘zlovchi 

tomonidan 

qo‘llaniladigan bayonotlar (buyruq, maslahat, 
iltimos,  ogohlantirish  va  hok.)  3)  komissivlar 
–  so‘zlovchi  voqealarning  keyingi  yo‘nalishi 
(va’da,  ishtirok  etish  va  hokazo)  bo‘yicha 
muayyan  majburiyatlarni  o‘z  zimmasiga 
olgan 

bayonotlar; 

4) 

ekspressivlar 

– 

so‘zlovchining biror narsaga nisbatan ma’lum 
bir  ruhiy  holatini  bildiruvchi  bayonotlar 
(minnatdorchilik,  uzr  va  boshqalar)  5) 
deklaratsiyalar  -  quyidagi  bayonotlardan 
(ariza)  foydalanish  yangi  ish  holatiga  olib 
keladi [5: 170-194]. 

Nutq 

aktlari 

nazariyasi 

nuqtayi 

nazaridan  undash  direktiv  nutq  aktida 
ifodalanadi, chunki umumiy ma’noda direktiv 
nutq  akti  ma’ruzachining  xohish-irodasi 
ifodasi sifatida belgilanadi. Undash nutq akti - 
bu  direktiv  nutq  akti,  so‘zlovchining  xohishi, 
istagi,  ixtiyori  va  niyatini  bildirib,  u  orqali 
so‘zlovchi  tinglovchini  biror  faoliyatni 
amalga oshirishga undaydi. 

Ye.I. 

Belyayeva 

"Undash 

grammatikasi  va  pragmatikasi:  Ingliz  tili" 
monografiyasida  barcha  undash  nutq  aktini 
uchta  kichik  turga  bo‘lishni  taklif  etadi, 
ularning  har  biri  belgilangan  tilda  o‘zlarining 
tegishli  so‘z birikmalarining mavjudligi  bilan 
tavsiflanadi: 

1)  preskreptivlar  (buyruq,  farmoyish, 

taqiq):  -Men  senga  aytib  qo‘yay,  -  dedi 
qutidor  Oftob  oyimga,  -  bu  kunga  bir 
mehmon  aytgan  edim.  Cho‘ringni 

chiqarib 

mehmonxonani 

tozalat

Anovi 

yangi 

qoplag‘an  ko‘rpalaringni 

ber

tanchaga 

o‘shani 

yopsin

.  Katta  gilamni  ham 

chiqar

uyingda mevalaring bor edimi [1:15]? 

2)  rekvestivlar  (o‘tinch,  iltimos,  taklif): 

-Agar  manim  bu  xizmatim  jon  janobining 
marhamatiga loyiq ko‘rilur ekan, - dedi hoji, - 
menga  eng  manzur  bo‘lgan  mukofot  – 
o‘g‘limning ozod qilinishidir [1:63]. 

3)  suggestivlar  (maslahat,  tavsiya, 

ogohlantirish):  San  aytkancha  kuyaving 

Toshkanddan  uylanmasin  -  da,  Kumushni 
qudalaring  oldig‘a  turg‘un  qilib  yuborayliq, 
tuzukmi [1:82]. 

A.G.Drinko  ta’kidlashicha,    undash 

gaplarni vazifasiga ko‘ra ikki guruhga bo‘lish 
mumkin:  1)  yagona  yoki  asosiy  vazifasi 
undashni  ifodalovchi  yoki  monofunksional  
bo‘lgan  undash  gaplar.  Bu  guruh  o‘z  ichiga 
quyidagilarni oladi: 

a)  eng  keng  undashni  ifodalashda 

qo‘llaniladigan  imperative  konstruksiyali 
undash gaplar; 

b)  performativ  konstruksiyali  undash 

gaplar; 

2) ikkinchi darajali yoki ko‘p funksional  

bo‘lgan  undash  gaplar.  Bu  guruh  undash 
gaplar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 

a)  fe’l  aniq  mayli  shaklida  ifodalangan 

konstruksiyalar bilan; 

b)  negizida  modal  fe’llar  bo‘lgan 

konstruksiyalar  bilan; 

v)  fe’lning  shaxsi  noaniq    shakllari 

bilan; 

ґ) fe’lsiz undash gaplar. 
Undash tushunchasi tillarda o‘xshashlik 

va  o‘ziga  xosligi  bilan  ajralib  turadi. 
O‘xshashligi  undash  kategoriya  sifatida 
qaralishi  bo‘lsa,  o‘ziga  xosligi  o‘zbek 
tilshunosligida 

undash 

tushunchasini 

ifodalashda 

undov 

atamasidan 

ham 

foydalanib,  u  undash  ma’nosidan  tashqari 
undov-so‘z  turkumi,  undov-umuman  his-
hayajonni  ifodalovchi  gap  turi  sifatida  ham 
qo‘llanishidadir. 

Ushbu 

maqolada 

biz 

o‘zbek 

yozuvchisi  Abdulla  Qodiriyning  "O‘tkan 
kunlar"  asaridagi  undash  konstruksiyalarini 
tahlil  qildik.  Tahlil  uchun  asos  sifatida  biz 
YE.  I.  Belyayevaning  tasnifini  oldik,  unga 
ko‘ra 

barcha 

undash 

nutq 

aktlari 

quyidagilarga  bo‘linadi:  1)  preskreptivlar 
(buyruq,  farmoyish,  taqiq);  2)  rekvestivlar 
(iltimos,  o‘tinch,  taklif);  3)  suggestivlar 
(maslahat,  tavsiya,  ogohlantirish)  [6:46].  Va 
shuningdek, 

A.G.Drinko 

tasnifidan 

foydalandik, 

unga 

ko‘ra 

undashni 

ifodalaydigan usullar 1) monofunksional va 2) 
ko‘p funksionalga bo‘linadi. 

Undashning preskreptiv turi o‘z ichiga 

buyruq,  farmoyish,  yo‘l-yo‘riq  bilan  bir 
qatorda  ruxsat  va  taqiq  undashini  ham  oladi. 


background image

Хорижий филология  

№1, 2020 йил 

 

 

110 

O‘zbek  olam  manzarasida  buyruq  undashi 
ko‘p 

hollarda 

andisha, 

hurmat 

va 

xushmuomalalik  qadriyatlariga  asoslangan 
holda  fe’l  mayllari  shakllarida  o‘z  ifodasini 
topadi. Buyruq undashining qat’iyligi fe’lning 
2-shaxs  birlik  va  ko‘plik  shakli  yoki  majhul 
darajadagi  fe’llarga  –sin  affiksini  qo‘shish 
orqali  ifodalanadi.  Undashning  preskreptiv 
turi  adresatning  qanday  harakat  qilishi 
kerakligiga  ko‘rsatma  beradi,  ya’ni  uni 
yo‘naltiradi. 

Buyruq  undashning  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

murojaat  qilinadigan  turi  bo‘lib,  so‘zlovchi 
uning  asosidir,  unda  buyruq  berish  huquqi 
mavjud.  Darhaqiqat,  uning  o‘zi  murojaatning 
bajarilish  yoki  bajarilmasligiga  mas’ul  shaxs 
hisoblanadi: 

Shu  vaqtda  san  ham  bir  narsani 

bahona  qilib  birga  Marg’ilon  boras  an-da, 
qayerdan  bo‘lsa  ham  o‘sha  hindini  topasan 
va  nazrini  berib  yaxshilab  qaytartiriq 
qildirasan 

[1:92].

 

Ushbu  misolda  borasan,  topasan, 

qildirasan  fe’llari  –  bormoq,  topmoq  va 
qildirmoq  fe’llarining  buyruq  mayli,  ikkinchi 
shaxs 

shaklida 

ifodalangan, 

undashni 

ifodalashning 

monofunksional 

usullari 

guruhiga  taalluqli,  preskreptivlarning  turiga 
tegishli direktiv nutqiy aktni tasvirlaydi. 

Buyurish  ifodasi  til  qonuniyatlariga 

muvofiq,  ohang  yoki  buyruq  ma’nosini 
beruvchi  leksik  birliklar  va  grammatik 
vositalar bilan aks ettiriladi. 

Undashning  rekvestiv  turi  badiiy 

adabiyotda  tez-tez  uchraydi  va  o‘z  ichiga 
iltimos,  o‘tinch,  taklifni  oladi.  Harakatni 
bajarish  haqida  iltimos-adresant  tomonidan 
adresatga  yo‘naltirilgan  bo‘ladi  va  uning 
bajarilishi  adresat  tomonidan  ixtiyoriy,  ya’ni 
majburiy  xususiyatga  ega  emas: 

-Hozir  biz 

sizning  adolatlik  hukmingizdan  bir  narsani 
so‘raymiz: 

ul 

shuldurkim, 

bizning 

to‘g‘rimizda  yomon  maqsad  bilan  sizga 
chaqimchilik 

qilguchi 

ig‘vogar 

va 

g‘arazgo‘lar  bu  majliska  hozirlansinlarda, 
o‘zlarining  mash’um  kashflarini  va  yo 
ko‘rgan-eshitkanlarini  isbot  qilib  bizni  qayta 
boshdan dor ostig‘a yuborsinlar. Bil’aks isbot 
qilolmas 

ekanlar, 

bizga 

qazig‘an 

chuqurlarig‘a  o‘zlari  yiqitilsinlar 

[1:58].

 

Ushbu  misolda 

so‘raymiz

  so‘zi 

orqali 

undashning  rekvestiv  turiga  tegishli  bo‘lgan 

iltimos ma’nosi bildirilayapti. Ushbu misolda 
biz  fe’lning  aniqlik  maylida    ishlatilishini 
kuzatamiz,  bunday  turdagi  undashlar  ko‘p 
funksionallik  guruhiga  tegishlidir.  Quyidagi 
undash 

bosh 

qahramon 

Otabekning 

tuhmatchilarga  munosib  jazo  ko‘rilishini 
iltimos  qilib,  hatto  ma’lum  darajada  o‘tinib 
so‘raganini ifodalayapti. 

Undashning rekvestiv turidan biri – bu 

taklif    undashi  bo‘lib,  u  adresant  va  adresat 
uchun  muhim.  Taklif  qilish  uchun  iltimos 
undashidan  keng  foydalanib,  biror  kishini 
biror joyga taklif qilish, biror nimani bajarish 
taklifini  adresant  tomonidan  adresatga  berish 
mumkin: 

-Qani  bo‘lmasa,  yuring  biznikiga, 

mehmon,  aytkuchining  so‘z  ohangidan 
o‘rtoqlik  bo‘yi  kelib  Otabekning  dimog‘iga 
ursa ham: 

 

-Rahmat  sizga,  aka,  -dedi,  lekin  uning  bu 
so‘zi ham o‘rinsiz ketgan edi. 
-O‘zingiz 

adashdim,  dedingiz-ku,  tag‘in 

qayoqqa bormoqchi bo‘lasiz? 
-Sizga og‘ir kelmasa… 
-Og‘irligi  yo‘q,  yuringiz,  -dedi  va  olding‘a 
tushib  Otabekka  yo‘l  boshladi:  -  Man  ham 
sizga o‘xshagan bir g‘arib 

[1:106].

 

Undashning  suggestiv  turi  o‘z  ichiga 

maslahat,  tavsiya  va  ogohlantirishni  oladi. 
Undashning  suggestive  turida  adresant  biror 
nimani 

qilish 

yoki 

qilmaslik 

uchun 

hamsuhbatdoshiga  nisbatan  ushbu  undovlarni 
yo‘llaydi. 

Maslahat 

undashida 

kommunikantlarning  statuslaridan  qat’i  nazar 
uni amalga oshirish mumkin va unda darajalar 
tengligi  mavjud: 

-Huzuringizga  kelishimning 

bosh sababi ham shundadir, -dedi Hasanali. – 
Bu to‘g‘rida siz qanday yo‘llar ko‘rsatasiz va 
nima  kengashlar  berasiz,  albatta  shunga 
qarab  bir  ish  qilamiz,  deb  xizmatingizga 
keldim 

[1:21].

 

"O‘tkan kunlar"  asaridagi preskreptiv, 

rekvestiv va suggestiv undashlarni tahlil qilib, 
biz  ushbu  turlar  tez-tez  matnda  uchraydi 
degan  xulosaga  keldik.  O‘zbek  tilida 
undashning  buyruq  va  farmoyish  turlari 
maxsus  leksik  va  grammatik  vositalar 
yordamida  o‘z  ifodasini  topadi.  Leksik, 
grammatik vositalar bunda undashning formal 
ifoda vositalari vazifasini bajaradi. Buyruq va 
farmoyishning  berilishida  buyruq  semasi 
ushbu  undashlarni  anglatuvchi  maxsus  leksik 


background image

Хорижий филология  

№1, 2020 йил 

 

 

111 

va  grammatik  shakllar  bilan  bir  qatorda 
buyurilayotgan  harakat  obyektini  anglatuvchi 
so‘zlar  yordamida  ham  yetkaziladi.  Bunday 
so‘zlar  sifatida  ot,  ravish  va  undovlar  xizmat 
qiladi. 

 Buyruq  maxsus  fe’llar  ishtirokida, 

fe’lning infinitiv shakli va mayl kategoriyalari 
orqali  ifodalanib  kelishi  mumkin.  O‘zbek 
olam  manzarasida  fe’lning  infinitiv  shakli 
harakat  nomi  qo‘shimchasi 

–moq

  yordamida 

hosil  qilinadi,  biroq  u  buyruqni  ifodalash 
vazifasini  bajarmaydi.  Demak,  o‘zbek  tilida 
buyruqni  infinitiv  shakl  bilan  ifodalash  xos 
emas:  buyruqning  qat’iyligi,  majburiyligi 
ko‘p 

hollarda 

andisha, 

hurmat 

va 

xushmuomalalik  deb  ataluvchi  qadriyatlarga 
asoslangan  holda  yumshatilib,  fe’l  mayllari 
yordamida o‘z ifodasini topadi. 

Buyruqni  ot,  ravish,  undov  so‘zlar 

orqali ifodalash fe’l shakllari yordamida ifoda 
etishdan 

farqli 

ravishda, 

asosan, 

jonli 

so‘zlashuv nutqiga xos bo‘lib, o‘z emotsional-
ekspressivligi  bilan  ajralib  turadi.  Shuni 
aytish 

joizki, 

so‘zlovchi 

qanchalik 

hayajonlangan bo‘lsa, uning nutqi shunchalik 
tartibsiz  yaratiladi,  uning  xohish  istagi 
mujassamlashgan  gapning  o‘lchami  qisqaroq 
bo‘ladi.  O‘z  navbatida,  gapning  o‘lchami 
undagi buyruq-istakning natijasi jihatiga ta’sir 
qiladi:  gap  qanchalik  qisqa  bo‘lsa,  buyruq 
ham shunchalik qat’iy bo‘ladi. 

 O‘zbek  tilida  ruxsat  ko‘p  hollarda 

mavqei  baland  insondan  biron-bir  harakatni 
bajarish  uchun  olinadi.  Harakatni  bajarish 
uchun  ruxsat  berish  esa  martabasi  baland 
inson tomonidan beriladigan ijozatdir. 

Ruxsat  va  taqiq  turli  til  birliklari 

yordamida o‘z aksini topadi. Bunda ruxsat va 
taqiqni  maxsus  so‘zlar,  fe’l  shakllari 
yordamida,  ruxsat  va  taqiqda  qo‘llaniladigan 
javob  replikalar  orqali  ifodalash  mumkin. 
Undashning  iltimos  turi  adresantning  istagini 
bildirib, adresat tomonidan biron-bir talabning 
bajarilishiga  yo‘naltirilgan  bo‘ladi.  O‘tinch 
turi  esa  iltimosga  hamohang  bo‘lib,  qattiq 

iltimos,  ya’ni  yolvorib,  iltijo  qilib  so‘rash 
ma’nosini  ifodalaydi.  Shunday  qilib,  o‘tinch 
iltimosning  bir  ko‘rinishi  bo‘lib,  u  iltimosga 
nisbatan  o‘z  kuchining  ta’sirchanligi  bilan 
ajralib turadi. 

 Iltimos,  o‘tinch  va  taklifning  adresat 

tomonidan bajarilishi aniq emas. Bu vaziyatda 
muloqotning 

samaradorligi 

adresant 

tomonidan  adresatni  qanday  yo‘naltira 
olganligiga  bevosita  bog‘liq  bo‘ladi.  Bu 
jarayonda  o‘zbek  madaniyatidagi  milliy 
kommunikativ 

xatti-harakatlar, 

xushmuomalalik  va  milliy  mentalitet  katta 
ahamiyat  kasb  etadi.  Xushmuomalalik  va 
milliylik 

spesifikasi 

rekvestiv 

turdagi 

undashlarni  ifodalashda  ohang  va  nutqiy 
etiket yordamida ro‘yobga chiqariladi. 

Suggestiv 

nutqiy 

aktida 

kommunikantlarning  mavqeidan  qat’i  nazar 
undashlarni  amlga  oshirish  mumkin  va  unda 
darajalar tengligi mavjud. Maslahat va tavsiya 
maxsus  so‘zlar,  fe’l  shakllari  yordamida 
hamda 

xalq 

orasida 

keng 

tarqalgan 

paremiyalardan  foydalanilgan  holda  amalga 
oshiriladi.  Bunda  adresant  adresatga  nisbatan 
o‘z  maslahati  yoki  tavsiyasini  ikki  qismda: 
biron  nimani  ta’kidlab,  keyin  esa  biron-bir 
harakatga  undash  orqali  berish  mumkin. 
Shuni aytish joizki, har bir undash jarayonida 
etiketning  o‘rni  muhim.  Nutqiy  etiketning 
ifodasi 

kundalik 

hayotda 

undashni 

yetkazishda o‘z ifodasini topadi. Shaxs etiket 
me’yorlariga  rioya  qilgan  holda  undashini 
ro‘yobga  chiqarar  ekan,  u  nutqini  adresatga 
ravon, aniq va tushunarli qilib yetkazishi bilan 
birga,  murojaati  adresat  tomonidan  to‘laqonli 
qabul  qilinishiga  ham  alohida  ahamiyat 
qaratishi  lozim  bo‘ladi.  Demak,  har  bir 
shaxsning 

undash 

etiketi 

uning 

madaniyatining  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  bu 
insonlarning  muomala-madaniyati,  odob  - 
axloqini  ko‘rsatadi  va  muloqotning  samarali 
hamda  muvaffaqiyatli  chiqishiga  xizmat 
qiladi. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 

 

1. Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar. –Т.: Yangi asr avlodi, 2016. 
2. Остин Дж. Слово как действие /Дж.Остин// Новое в зарубежной лингвистике.-М.: 

Прогресс, 1986.- Вып. 17.- С.131. 


background image

Хорижий филология  

№1, 2020 йил 

 

 

112 

3. Гак В.Г. Языковые преобразования.М.: Школа «Языки русской литературы»,1998.- 

С. 628-630. 

4. Бюлер К. Теория языка. Репрезентативная функция языка.-М.: Прогресс, 1993.- С.34 
5. Серль Джон Р. Классификация иллокутивных актов /Дж.Р.Серль// Новое в 

зарубежной лингвистике.-М.: Прогресс, 1986.- Вып. 17.- С.170-194. 

6. Беляева Е.И. Грамматика и прагматика побуждения: английский язык. Воронеж: 

ВГУ, 1992.- С.168. 

7. Дринко А.Г. Побудительные конструкции в английском языке //Научные труды 

Кубанского государственного технологического университета. 2016. №4.- С. 206-213. 

 

Бузрукова М. Побудительные конструкции в узбекском художественном тексте. 

В 

статье  рассматриваются  особенности  побудительных  конструкций  в  узбекском 
художественном тексте. Приводятся конкретные примеры прескриптивных, реквистивных 
и суггестивных побудительных конструкций и их анализ в произведении узбекского писателя 
Абдулла Кадыри «Минувшие дни». 

Buzrukova  M.

 

Incentive  structures  in  the  Uzbek  literary  text.

  The  article  considers  the 

features of incentive structures in the Uzbek literary text. It gives concrete examples of prescriptive, 
requestive  and  suggestive  incentive  structures  and  analyzes  them  in  the  work  “Days  gone”  by 
Uzbek writer Abdullah Kadiri.

 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Библиографические ссылки

Abdulla Qodiriy. 0‘tkan kunlar. -T.: Yangi asr avlodi, 2016.

Остин Дж. Слово как действие /Дж.Остин// Новое в зарубежной лингвистике.-М.: Прогресс, 1986.- Вып. 17,-С.131.

Гак В.Г. Языковые преобразования.М.: Школа «Языки русской литературы», 1998,-С. 628-630.

Бюлер К. Теория языка. Репрезентативная функция языка.-М.: Прогресс, 1993,- С.34

Серль Джон Р. Классификация иллокутивных актов /Дж.Р.Серль// Новое в зарубежной лингвистике.-М.: Прогресс, 1986.- Вып. 17.-С.170-194.

Беляева Е.И. Грамматика и прагматика побуждения: английский язык. Воронеж: ВГУ, 1992,-С.168.

Дринко А.Г. Побудительные конструкции в английском языке //Научные труды Кубанского государственного технологического университета. 2016. №4,- С. 206-213.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов