Разнообразие тем и богатство содержания в китъах (сонетах) шатранжи Самарканди

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
88-91
25
5
Поделиться
Ахмедова, Д. (2018). Разнообразие тем и богатство содержания в китъах (сонетах) шатранжи Самарканди. Иностранная филология: язык, литература, образование, 3(2 (67), 88–91. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/760
Дилором Ахмедова, Самаркандский государственный университет

базовый докторант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье освещается жанровое своеобразие, а также разнообразность тем и идейного содержания в китъах (сонетах) известного поэта Мовороуннахра XII века Дихкана Али Шатранжи Самарканди

Похожие статьи


background image

Хорижий филология                                                                        

№2, 2018 йил 

 

 

88

 

SHATRANJIY  SAMARQANDIY  QIT’ALARIDA  MAVZULAR XILMA-XILLIGI VA 

MAZMUN BOYLIGI 

 

Axmedova Dilorom, 

SamDU tayanch doktoranti 

 

Tayanch  so‘zlar

:  qit’a  janri,  mazmun  boyligi,  mavzular  xilma  xilligi,  shahar  adabiyoti, 

realistik xususiyatlar. 

 

XII  asr  Movarounnahr  yetuk  shoiri 

Dehqon  Ali  Shatranjiy  Samarqandiy  qit’alari 
boshqa  shoirlar  qit’alari  singari  kichik  lirik 
janrlarga  taalluqli  bo‘lsa-da,  mavzulari 
doirasining  kengligi  va  xilma-xilligi  bilan 
imtiyozlidir.    Bu  hol  o‘z  navbatida  qit’alar 
mazmun 

boyligini 

vujudga 

keltirgan. 

Shatranjiyning 

Muhammad 

Avfiy  

Buxoroiyning    “Lubob-ul-albob”    tazkirasida 
(1129 yilda  ta’lif etilgan) namuna keltirilgan 
anchagina 

qit’alari

1

albatta 

shoir 

ijodiyotining  ushbu  janrga  doir  she’rlari 
barcha mavzularini o‘z ichiga olmagan bo‘lsa 
ham,  ular  yuzasidan  janr  mavzularining 
doirasi  kengligi  va  xilma-xilligi  masalasini 
yoritish mumkin.  

Bu  masalaga  doir  S.Sa’diyevning 

“Markazi  adabiy  Samarqand  dar  shohrohi 
tarix” 

tadqiqotining 

Shatranjiyga  

bag`ishlangan  faslida qisqacha so‘z yuritilgan 
bo‘lib,  shoirning    barcha  muhim  qit’alari  va 
ularning 

mavzu-mazmunlari 

tahlilga 

olinmagan  [2,  88-99]

2

.  Binobarin    biz  ushbu 

masalani 

batafsilroq 

yoritishga 

harakat 

qilamiz.  

Shatranjiy  qit’alarining  eng  muhim  va 

asosiy  mavzusi 

hikmat  va  pand 

  (Avfiy 

istilohida 

“vaz”) 

hisoblanadi. 

Shoir 

qit’alarining  katta  bir  qismi  ushbu  mavzuga 
tegishli  bo‘lib,  uning  ijodiy  siymosini  hakim 
va  pandomuz  shoir  sifatida    namoyish  etadi. 
Shoirning hikmatli  va pandomuzona she’rlari 
voqeiy  hayotning  turli-tuman  amaliy  hikmat 
atalmish muammolariga bag`ishlangan. 

Ilm-fan 

tahsili

 

masalasi 

shu 

jumladandir.  Ilm-fanni  o‘rganish    va  targ`ib-
tashviq  qilish  an’anaviy  tarzda  Shatranjiy 
ijodiyotida davom etgan bo‘lsa-da, biroq shoir 
bu  masalaning  boshqa  qirrasi-ilmni  bevosita 
ustozdan o‘rganish zarurligini va uni ustozsiz 
qo‘lga  kiritish  mumkin  emasligiga  e’tibor 
berib,  mavzuni  yangicha,  an’anaga  xilof  

tarzda 

hal 

qiladi. 

Mumtoz 

 

adiblar 

Shatranjiydan  oldin  va  keyin  ham  umumiy 
tarzda  ilm  tahsilini  targ`ib-tashviq  qilganlari 
holda  masalaning  muhim  tomoni-ilmni  faqat 
kitobdan  emas,  balki  ustozdan  o‘rganish 
zarurligiga e’tibor qaratmagan edilar. Boshqa 
adiblar tomonidan tilga olinmagan bu haqiqat  
Shatranjiy    ijodiyotida    qit’a    janri  mavzu  va 
mundarijasining  hayotiy  xususiyati  taqozosi 
bilan  qalamga  olingan.  Bunga  qo‘shimcha, 
shoir  mazkur  hayot  haqiqatini  juda  ajoyib  va 
nodir hayotiy obraz orqali talqin etgan.   

Ilm az ustod  hosil kun, ki az ro‘i  kitob 
Natavoni nukta ilm ba hosil kardan 
Hamchu  murg`e,  ki  xuro‘sash  nabuvad 

xoya kunad, 

Cho‘za  natvonad  az  on  xoya  burun 

ovardan 

Buvad  on  kas,  ki  ba  ustodon  az  rohi 

ulum 

Nanihad az payi shogirdi kardan gardan. 

   

 

 

 

[1, 44] 

Albatta,  ilmni  kitobdan  emas,  balki 

ishdan  o‘rganish  zarur  degan  fikr  ustida 
bahslash  mumkin.  Ammo  shoir  fikrini  ilmni 
faqat kitobdan emas, ustozdan ham o‘rganish 
zarur  degan  ma’noda  qabul  qilishimiz 
mumkin. 

Shatranjiy 

ilm-fan 

ta’rif-tavsifiga 

bag`ishlagan  boshqa  bir  qit’asida  o‘z  hayoti 
tajribasidan,  aniqrog`i,  a’yon-ashroflar  bazm 
so‘hbatlarida 

nadim 

sifatida 

ishtirok 

qilishidan  kelib  chiqqani  holda    yana  bir 
hayotiy nuktani ifoda etgan. Qit’ada ilm-fanni 
o‘rganishga  chorlash  uning  ahli  qadr-
e’tiborini  ulug`lash  yo‘li  bilan  davom 
ettirilgan.  Shoir  bu  yerda  ham  she’riyatda 
misli  ko‘rilmagan  hayotiy  obraz  orqali 
masalani 

izohlaydi. 

Qofiya 

baytning 

nihoyasiga-poygahida  joylashgan  bo‘lsa-da, 
bayt  mazmunining  asosini  tashkil  etishi  va 
uning  zebu  ziynati  hisoblanishidek,  odamlar 


background image

Хорижий филология                                                                        

№2, 2018 йил 

 

 

89

 

majlisu  suhbatlari  ham  poygahda  o‘tirgan 
donishmand kishilarning ishtiroki tufayli husn 
oladi, gullaydi.  

Jamoli majlis boshad ba mardumi dono 
V-agarchi boshad joi nishast poygahash, 
Chunon  ki  ziynati  har  baytro  zi  qofiya 

ast,  

Agarchi  poygahi  bayt  hast  joygohash. 

[1, 44] 

Izoh tariqasida shuni qayd qilish  joizki, 

bu  hakimona  she’r  ham  o‘z  mohiyati  bilan 
shahar  a’yon-ashroflariga  qaratilgan  bo‘lib, 
shoir ushbu toifaga tushuntirmoqchi bo‘ladiki, 
fozilu dono kishi siz uchun qadr-e’tiborga ega 
bo‘lmasdan,  bazm-so‘hbatingizda    poygahda  
o‘tirsa  ham,  aslida  uning  joni  va  husni 
hisoblanadi.  A’yon-ashroflarga  qaratilgan  bu 
pand  aslida  ushbu  toifani  ilm-fazl  ahli  qadr-
e’tiborini 

bilmaslikka 

ta’na 

qilish 

ma’nosidadir.  

Shoir    zamon  ahli,  aniqrog`i    a’yon-

ashroflarni  ilm-fazl  ahlini  tanimasligi  va 
binobarin  qadrlay  olmasligi  haqidagi  boshqa 
bir  hakimona  qit’asida  ushbu  toifaning 
ayanchli  ahvoli  va  qadr-e’tiborsizligidan  o‘z 
noroziligi  va afsus-nadomatlarini ifoda etgan. 
Agar 

yuqoridagi 

qit’ada 

ilm-fazl 

arboblarining  boylik  va  mansab  sohiblari 
nazaridan  chetda  qolib,  shu  boisdan  xor-
zorlikda  umr  o‘tkazgani  ta’kidlangan  bo‘lsa, 
hozir  ko‘zdan  kechiriladigan  qit’ada  fazl  va 
donish 

ahli 

haqiqiy 

qadr-qiymatining 

umuman  odamlar  uchun  noma’lum  qolishi 
haqida  so‘z    yuritiladi.  Oddiy  kishilar  o‘z 
nodonligi  va  ma’lumotsizligi  bois  johilu 
ahmoq    kimsalarni  hakimu  donishmand  deb 
biladilar,  ma’naviy  ojiz  kishilarni  o‘zlari 
uchun  ko‘z  va  jon  deb  qabul  qilib,  ularni 
ulug`laydilar,  hurmat-izzat  qiladilar.  Shu 
tariqa  ahmoqu  johillar  ommaga  manzuru 
mahbub  bo‘lib,  haqiqiy  donishmand  ularning 
nazariga  tushmay  e’tiborsiz  qoladi.  Bu 
o‘rinda 

ham 

shoir 

hayot 

haqiqatini 

jamiyatning 

ilm-fazl 

ahliga 

munosabati 

masalasini yoritish orqali aks ettirgan.  

Misli on ki o‘ buvad ahmaq,  
Mardumon faylasuf donandash,  
Misli sag buvad, ki boshad ko‘r,  
Mardumon jonu chashm xonandash. 

      [1, 44] 

Shatranjiyning  bir  qator  qit’alarida 

odam  rizqining    muqaddarligi,  ya’ni  xudoga  
havola  ekanligi  to‘g`risidagi    o‘rta  asrlik 
tasavvurot aniq bir maqsad-boylik va mansab 
egalarini    nadimpesha  shoir  va  uning 
hamkasblariga  nisbatan  sizlarning  rizqingizni 
ta’minlayapmiz  degan  ma’nodagi  minnati 
asossizligini  isbotlashga  qaratilgan.  Shunga 
ko‘ra,  ayta  olamizki,  hatto  rizqning  odam 
uchun  muqaddar  va  azaliyligi  borasidagi 
rasmiy  diniy  aqidani  ham    shoir  deyarli  
barcha    qit’alarini  qamrab  olgan  o‘zining 
shahar   doiralari boy-badavlat  va mansabdor  
kishilariga 

nisbatan 

e’tiroz 

ruhiyasi  

mavqeidan  kelib  chiqib  izohlaydi.  Ana  shu 
mavqedan  u  boshqa  bir  diniy  rivoyatdan 
foydalangan holda shunday bir savolni o‘rtaga 
tashlaydi, 

aniqrog`i 

uni 

noz-ne’matlar 

egalariga  qarshi  qaratadi:  Modomiki  hatto 
Sulaymon  payg`ambar  bir  baliqga  rizq  ato 
qilolmagan edi, bugun biz o‘z  rizq-ro‘zimizni 
“maxluq”-ga (mol-mulk egalari va amaldorlar 
ko‘zda  tutiladi)  havola  qilishimiz  mumkin-
mi?  

Ba juz yazdon dari arzoqro kas 
Na bastan metavonad, na kushodan. 
Yake bingar, ki bar maxluq hargiz 
Zi bahri rizq shoyad dil nihodan?- 
Chu natvonist bo chandon takalluf 
Sulmaymon mohiero rizq dodan. 

[1, 45] 

Bu  masala  quyidagi  qit’ada  yanada 

oydinroq  aks  topganligi  bilgan  birga  kengroq 
muhokamaga 

ham 

olingan: 

Ma’lum 

bo‘lishicha,  shoirning  asosiy  maxdumlaridan 
bo‘lgan  bir  amir  uning  rizqi  (quti)-ni 
ta’minlagani 

ustiga 

yana 

zamon 

yomonliklaridan  ham  o‘z  panohida  saqlab 
kelganini  minnat  qilar  ekan,  shoir  uning 
minnatini  be’ma’ni  bir  da’vo  sifatida  hamon 
payg`ambarlarning 

sarguzashtlariga 

doir 

rivoyatlar asosida rad etadi: 

Chand go‘i, ey amiri man: “tu az iqboli 

man 

Dar  panohi  az  badi  ayyomu  forig`dil  zi 

qut”. 

Gar  tu  naihd  quti  љoni  man,  dihad  on 

kaski dod 

Quti  joni  Yunusi  payg`ambar  andar 

batni hut,  


background image

Хорижий филология                                                                        

№2, 2018 йил 

 

 

90

 

V-ar  nadorї  dar  panoham,  doradam  on 

kas ki dosht 

Mar Muhammadro ba g`or andar panoh 

ankabut. 

 

 

 

 

[1, 44] 

Yuqoridagi 

misollardan 

ma’lum 

bo‘lishicha, 

Shatranjiy 

pand-nasihatlari 

ko‘proq 

mol-mulk 

egalari, 

mansabdor 

kishilarga  qaratilgan.  Shoir  o‘z  voqeiy 
hayotida  bu  toifa  bilan  nadim  sifatida  yaqin 
munosabatda  bo‘lgan,  ularning  fe’l-atvori, 
xislatlari,  ayniqsa  mol-dunyoga  o‘chligi, 
ochko‘zligi,  xudbinlik,  muruvvatsizlik  kabi 
axloqiy illatlarini bilib olgan edi. 

Natijada shoir dilida bu toifaga nisbatan 

nafrat va g`azab hissi uyg`ongan edi,  shunga 
binoan  uning  mol-davlat  ahliga  qaratilgan 
tanqidiy, 

hajviy 

qit’alarida 

ularning 

tubanligini    fosh  etish  asosiy  mavzuga 
aylangani  bejiz  emas.  Darhaqiqat,  shoirning 
saqlanib  qolgan  32  qit’asidan  12-tasi  shu 
mavzuga 

oiddir. 

Zamon 

ulug`lariga  

(«mehtaron»)  qarshi  qaratilgan  bu  qit’alarda 
mazkur  toifaning  turli  axloqiy  illatlari  ochib 
tashlangan.  Bunday  hollarda  shoir  tilida  
pand-nasihat o‘rnini muxotabga nisbatan fosh 
etuvchi  hajv  tanqid,  kinoyalar  egallagan. 
Jumladan  quyidagi  qit’ada  bechora  va 
muhtojlarga  nisbatan  qit’ada  “ulug`lar”  ning 
himmatsizligi  muruvvatsizligi  tanqid  ostiga 
olinadi.  Shoir  bu  tofadan  biron  hojat  ravo 
bo‘lmasligini  bilgani  va  uqtirgan  holda 
o‘zidek  muhtoj  kishilarni  ularning  dargohiga 
borib,    hojatini  bildirishdan  o‘zini  tiyishga 
undaydi: 

Zinhor barmador niyozat ba mehtare,  
K-az  himmatu  zi  kibr  chu  sheru  palang 

nest, 

Har  mehtare,  ki  boshad  chun  gurba 

choplus 

Sagro  dar  ustuxonash  chunon  don  rang 

nest 

 

 

 

 

1, 44] 

Shatranjiy 

ko‘proq  «ulug`lar»-ning 

xasisligi  va  muruvvatsizligini  tanqid  qilgan. 
Bu  hol  albatta  tasodufiy  emas,  uning  hayotiy 
sabablari  bor:  Nadimpesha  shoir  bu  toifaga 
xizmat  qilib,  biroq  ulardan  yaxshilik  va 
muruvvat 

ko‘rmasdan 

qashshoqlikda 

yashagan. 

Zamon 

«ulug`lari» 

shoirni 

e’zozlash va nadimpeshalik hunarini qadrlash 
o‘rniga  unga  nisbatan  yomon  muomalada 

bo‘lganlar,  uni  xo‘rlagan,  haqoratlar  qilgan, 
hatto  urgan  ekanlar.  Shoir  bir  qit’asida 
nadimlikdagi 

ayanchli 

holini 

shunday 

tasvirlaydi:  

Chi boyadbahri odobi nadimi,  
Magar bar jonudilmehnatnihodan? 
Zabon kardan ba nazmunasr jori 
Zixotirnuktahoibikrzodan, 
Ki bozomadhama kori nadimi 
Basili xo‘rdanudashnom dodan. 

[1, 45]

 

Shoirning  zamon  «ulug`lari»  haqidagi 

bunday ma’yusona satrlarini o‘qiganda, uning 
she’rlarida  bu  guruhning    jiddiy    tanqidi 
ayovsiz  o‘tkir  hajvga  aylanganini  ko‘ramiz. 
Umuman  Shatranjiy  qit’alarida  uning  zamon 
«ulug`lari»-ga  nisbatan  ham  nafrat  g`azabi 
ham  bu  toifaga  xizmat  qilib  kelganidan 
pushaymonligi  ham  o‘z  hayoti  taqdiridan 
chuqur  tashvish-iztiroblari    ifodalangan. 
Quyidagi  qit’ada  esa,  shoirning  o‘z  davri 
«ulug`lari»-ga 

bo‘lgan 

munosabat 

va 

qarashlari umumlashtirilgan.  

Ba sar ba xoki karimoni rafta raftanbeh,  
Ki so‘i dargahi in mehtaroni asr ba poy, 
Az on kihej az in mehtaroni rais dargah 
Ravo nagardad dar hej hol hojatu roy. 
Agar tu jam’kuni xoki on karimonro,  
Ravo  kunad  ba  hama  hol  hojati  tu 

xudoy. 

Agar bimonand in mehtaron bar in sirat, 
Chi  guna  umr  guzarem,  voy  bar  mo, 

voy?   

 

 

 

[1, 46] 

Shoirning  o‘z  davri  muruvvatsiz 

«ulug`lari»-dan  umidsizligi  ularni  o‘tmish 
muruvvatli,  karim  «ulug`lari»-ga  qarama-
qarshi  qo‘yish  va  o‘tgan  zamonlar«karim»-
larini ideallashtirishni yuzaga keltirgan. 

Yuqorida 

Shatranjiy 

qit’alari 

mavzularini  uch  qism-ilmu  donnish  targ`ibi, 
mol-davlat  ahlining  tanqid-hajviga  bo‘lib 
ko‘zdan  kechirganimiz  nisbiy  ma’nodadir. 
Negaki  uning  har  bir  qit’asi  o‘ziga  xos 
mazmunga  ega  bo‘lib,  boshqa  qit’alarida 
takrorlanmaydi.  Shoirning  har  bir  qit’asi    o‘z 
mavzu  va  mazmuniga  ko‘ra  notakror  asar 
hisoblanadi.  Binobarin  shoir  qit’alarining  bir 
qismi  mavzulari  jihatidan  yuqorida  tahlil 
qilingan  qit’alar  bilan  biron  umumiyati 
aloqasi  yo‘q  inson  ma’naviy  kamoloti  va 
dunyoqarashining 

kengayishiga 

safarning 


background image

Хорижий филология                                                                        

№2, 2018 йил 

 

 

91

 

manfaatiga  bag`ishlangan  qo‘yidagi  qit’a 
bunga bir misoldir: 

In bas sharafisafar, ki dar olam 
Ta’rix zi hijrati poyambar shud. 
Bar mansafar az hazar behast, archand 
In shud chu naimu on chu ozar shud. 
Bas kehtar tab’u ablah andesha, 
K-o‘ kard safaru  hakimu mehtar shud; 

[1, 46] 

Bu  hakimona  she’r  o‘z  mavzuyiga 

binoan Shatranjiy qit’alari orasida notakror va 
yagonadir, shunga ko‘ra uni shoirning boshqa 
biron qit’asi bilan aloqamandlikda tahlil qilib 
bo‘lmaydi.  Pand-nasihat  mavzusiga  doir 
quyidagi  qit’a  ham  o‘z  mazmuniga  ko‘ra 
notakrordir va o‘z mansabiga mag`rur bo‘lgan 
amaldor kimsalar tanqidida aytilgan. 

Xumori azlbiboyadkashid on kasro,  
Ki budaboshad az bodaiamalsarmast. 
Haroina ki chu boda girift bar sar dard, 
Biboyadash  saru  bar  ko‘ftan  ba  hardu 

dast.   

 

 

 

[1, 47] 

Quyidagi  qit’a  zamon  ahli  tanqidida 

aytilgan  bo‘lib,  shoir  zamondoshlarining 
insoniylik 

saviyasi 

tubanligi, 

axloqiy 

tanazzulini fosh etgan: 

Duzanba joi yake mardbistodhame 
Ba hukmiaqlu shariat ziahliharzamone 
Ba  hukmi  aql  kunun  zi  ahli  in  zamonai 

mo 

Du mard boyad, to istad ba joi zane. 

[1, 47] 

Shatranjiy  aksar  qit’alari  mavzu  va 

mundarijasining  notakror,  o‘ziga  xosligini  bu 
she’riy  janrning  hartomonlama  erkinligi, 
jumladan mavzu va mazmun erkinligi  yuzaga 

keltirgan.  Qit’aning  janriy  erkinligi  uning 
mavzular  xilma  xilligi  va  mazmun  boyligini 
ta’minlagan.  

Shatranjiyning  bizgacha  etib  kelgan 

ma’lum  miqdordagi    qit’alari  mavzu  va 
mazmunining  tahlilidan  quyidagi  xulosalarga 
kelish mumkin: 

1.Shatranjiy 

qit’alari 

o‘z 

mundarijasida  voqeiy  hayot  va  shahar 
doiralari  muhitini  aks  etgan.  Binobarin  bu 
she’rlar realistik xususiyatga egadir.  

2.Shatranjiy 

qit’alarida 

shoirning 

hayoti  va  shahar  a’yon-atroflari  bazm 
suhbatlarining 

nadimi 

sifatida 

ijtimoiy 

faoliyati kengroq o‘z aksini topgan.  

3.Shatranjiy  qit’alari  shoir  hayoti  va 

faoliyatining  shahar  muhitida  o‘tganligi, 
ijodiy  va  ijtimoiy  faoliyatining  shahar 
doiralari  bilan  bog`liq  ekanligini  ko‘rsatadi. 
Shunga  ko‘ra,  Shatranjiy  XII  asrda  vujudga 
kelgan 

va 

rivojlana 

boshlagan 

shahar 

adabiyotining 

yetuk 

namoyandasi 

hisoblanadi. 

4.Shatranjiy 

qit’alari 

g`oyaviy 

mazmunida ma’lum darajada shahar doiralari 
shoirining 

erkin 

fikrligi  o‘z  ifodasini 

topgan.Shoirning  aksar  qit’alarida  uning 
shahar  a’yon-ashroflariga  qarshi  e’tiroz  va 
noroziligi ifodalanganligini ko‘ramiz. 

5.Shatranjiy  qit’alari  mundarijasida 

janr  erkinligi  bilan  bog`liq  bo‘lgan  mavzular 
xilma-xilligi va mazmun boyligini ko‘ramiz. 

6.Shatranjiy  qit’alari  bisyor  mavzuligi 

va  mazmun-mundarijasining  boyligi  tufayli 
katta shavq-zavq uyg`otadi. 

 

Аdabiyotlar

1.

 

Muhammad  Avfiy  Buxoroiy.  «Lubob-ul-albob».  Muhammad  Qazviniy  nashri,  1  jild.-

Leyden, 1909. 44-47 betlar. 

2.

 

Sa’diev Sadri. Markazi adabii Samarqand dar shohrohi tarix.-Toshkent; O‘zbekiston milliy 

ensiklopediyasi-nashriyoti, 2012, 88-93 betlar. 

Ахмедова  Д.  Разнообразие  тем  и  богатство  содержания  в  китъах  (сонетах) 

шатранжи  Самарканди. 

В  статье  освещается  жанровое  своеобразие,  а  также  

разнообразность    тем  и    идейного  содержания    в  китъах  (сонетах)  известного  поэта 
Мовороуннахра XII века Дихкана Али  Шатранжи Самарканди. 

Axmedova  D.  The  diversity  and  multiplicity  of  the  contentof  the  “qit’a”  (sonnets)  of  

shatrange  Samarkandi. 

The  article  highlights  variety  of  the  genre,      as  well  as  diversity  and  the 

ideological content of one the “kit’a”(sonnets)  of  one of  the greatest poet of the XII century in 
MovarounnahrDehkon Ali Shatrange Samarkand. 

Библиографические ссылки

Muhammad Avfiy Buxoroiy. «Lubob-ul-albob». Muhammad Qazviniy nashri, 1 jild.-Leyden, 1909. 44-47 betlar.

Sa’diev Sadri. Markazi adabii Samarqand dar shohrohi tarix.-Toshkent; O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-nashriyoti, 2012, 88-93 betlar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов