Xiva xonligi tarixshunosligi masalasiga oid ba’zi mulohazalar

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
490-494
103
17
Поделиться
Рахманова M. (2023). Xiva xonligi tarixshunosligi masalasiga oid ba’zi mulohazalar. История и культура центральной Азии, 1(1), 490–494. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-culture/article/view/17210
M Рахманова, Национальный университет Узбекистана

магистр

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ma’lum hudud yoki davr tarixini o‘rganish va tadqiq etishda dastlab birlamchi manbalar: arxeologik va etnografik ma’lumotlar, mahalliy tarixchilar yozib qoldirgan asarlar hamda sayyohlar, elchilar va savdogarlarning esdalik hamda kundaliklariga murojaat qilinadi. Ushbu manbalarni har tomonlama o‘rganish, tahlil qilish orqali tarixni bugungi kunda talqin qilishga erishishimiz mumkin.

Похожие статьи


background image

490

12. Т.Х. Нажмиддинов – медицина фанларидоктори. // Қизил

Ўзбекистон.–№.96 (6008). 1944, 17 май. –Б.4

13. Наманган шаҳрида юқумли касалликларга қарши кураш тадбирлари

ҳақида Наманган шаҳар совети ижрокомининг мажбурий фармойиши. //
Сталин ҳақиқати. –№.291 (2430). 1942, 18 декабр. –Б.2

14. Безгакка қарши кураш чоралари ҳақида. // Сталин ҳақиқати. –№.66

(3317). 1945, 24 апрель. –Б.2

15. Ленин йўли. –№.99 (3427). 1943, 11 май. –Б.2
16. Шахар озодалигини таъминлайдиган муҳим қарор. // Қизил

Ўзбекистон. –№.96 (6008). 1944, 17 май. –Б.4

XIVA XONLIGI TARIXSHUNOSLIGI MASALASIGA OID BA’ZI

MULOHAZALAR

Raxmanova M.Sh.

magistr

O‘zbekiston Milliy universiteti

Ma’lum hudud yoki davr tarixini o‘rganish va tadqiq etishda dastlab

birlamchi manbalar: arxeologik va etnografik ma’lumotlar, mahalliy tarixchilar
yozib qoldirgan asarlar hamda sayyohlar, elchilar va savdogarlarning esdalik
hamda kundaliklariga murojaat qilinadi. Ushbu manbalarni har tomonlama
o‘rganish, tahlil qilish orqali tarixni bugungi kunda talqin qilishga erishishimiz
mumkin.

O‘zbek davlatchilik tarixining ajralmas qismi bo‘lgan, to‘rt yuz yildan ortiq

tarixga ega bo’lgan Xiva xonligi qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixshunosligini
yoritish, turli davrlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida davlatchilik
muammolari o‘rganilib, haqqoniy baho berish muhim vazifalardan biriga aylangan.

XIX asr – XX asrning bоshlarida O`rta Оsiyoga, jumladan Хiva хоnligiga

kеlgan sayyohlar, оlimlar, harbiylar va bоshqa davlat vakillarining yozgan asarlari,
mamlakatning o`sha davr tariхi, хo`jaligi, ijtimоiy-siyosiy va madaniy hayotini
o`rganishda asоsiy manba bo`lib хizmat qiladi.

Xiva xonligi tarixini o‘rganishda sovet tarixchi-sharqshunoslari yevropalik

sayyohlar ma’lumotlariga tayangan holda hudud tarixini yoritishgan. Xususan,
Rossiya Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi N.I.Veselovskiy Xiva xonligi tarixi va
tarixiy-geografiyasiga bag’ishlangan asarida Xiva xonligida mavjud mansab va
unvonlarga ham to‘xtalib o‘tgan. Lekin asosiy e’tibor O‘rta Osiyo xususan,
Xorazm xalqining “qoloq”ligi hamda o’zaro ichki sinfiy kurashlarga qaratilgan[1].

Turkiston arxeologiya to‘garagi asoschilaridan biri, sharqshunos olim

V.V.Bartold Xiva xonligi tarixini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan yirik olim
hisoblanadi. Uning shaxsiy fondida Xiva xonligi hayoti hamda Xiva shahri tarixiga
doir 200 varoqdan ko֥‘proq materiallar mavjud.

Sovet davri tarixchisi P.P. Ivanov 1936-yilda Leningradda M.E. Saltikov-

Shedrin nomidagi davlat kutubxonasining qo‘lyozmalar bo‘limidan 1873-yilda olib
ketilgan, lekin kutubxona ro‘yxatiga kiritilmagan Xiva xonlarining arxiv


background image

491

hujjatlarini topishga muvaffaq bo‘lgan[2]. Oltmish yildan oshig‘roq vaqt davomida
rus sharqshunos olimlarining e’tiboridan chetda qolgan ushbu rasmiy arxiv
hujjatlari Xiva xonligi tarixini o‘rganishdagi muhim bosqich bo‘ldi.

Xiva xonligi tarixiga doir yana bir yirik asar akademik Y. G’ulomov

tomonidan yozilgan “Xorazmning sug’orilish tarixi” asaridir. Ushbu asar
arxeologik ma’lumotlarga asoslangan holda Amudaryo hududlarida sun’iy
sug‘orishning vujudga kelishi va rivojlanishi, dehqonchilik an’analari haqida
bo‘libgina qolmay, xonlikdagi siyosiy hayot, aholining ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlari xususida ham to‘xtalib o‘tilgan[3].

O‘zbek olimlaridan akademik M. Yo‘ldoshev Xiva xonlarining arxiv

hujjatlari asosida “Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi” asarini
yozgan. Ushbu asar uchta bobdan iborat bo‘lib, birinchi bobda Xiva xonlari
arxivining topilishi hamda xonlik tarixini o‘rganishdagi ularning ahamiyati haqida
ma’lumot beriladi. Ikkinchi bobi xonlikdagi yer egaligi, soliq turlariga
bag’ishlangan bo‘lib, uchinchi bobda Xiva xonligining ma’muriy tuzilishi,
saroydagi mansab va unvonlar hamda ularning vazifalari haqida so‘z yuritiladi[4].

Bundan tashqari Q. Munirov, A. Boltayev, A. Muhammadjonov, T.

Ne’matov, O. Qo‘shjonov, O. Jalilovlar ham O‘rta Osiyo xususan, Xiva xonligi
tarixini o‘rganishda o’zlarining katta xissalarini qo’shganlar[5].

Mustaqillikdan keyingi davrda tadqiqotchilar tomonidan Xiva xonligining

ichki va tashqi aloqalari, soliq tizimi, xonlik aholisining ijtimoiy ahvoli, madaniy
hayoti to‘g’risida ilmiy izlanishlar olib borildi va hozirgi kunda ham davom
etmoqda. Masalan, A. Abdurasulov tomonidan nashr qilingan “Xiva (tarixiy-
etnogragik ocherklar)” asarida Xiva shahrining vujudga kelishi, joylashuvi, undagi
ko‘chalar, bozorlar va boshqa jamoat muassasalari hamda Xiva shahridagi
madaniy hayot to‘g’risida so‘z yuritilgan. U. Abdurasulovning “XVII asrning
ikkinchi yarmi – XIX asrning birinchi choragida Xiva xonligidagi agrar
munosabatlar” nomli nomzodlik ishida Xiva xonligidagi yer-suv munosabatlari
tadqiqot markaziga olingan[6].

O. Qo‘shjonov va N. Polvonov hammuallifligidagi “Xorazmdagi ijtimoiy-

siyosiy harakatlar va jarayonlar” nomli monografiyasida dastlab Xorazmga rus
ekspeditsiyalarining kelishi, keyinchalik Rossiya imperiyasi tomonidan bosib
olinishidan tortib Xorazmdagi jadidchilik harakati hamda Xorazm Xalq Sovat
Respublikasidagi siyosiy harakatlar haqida so‘z yuritilgan[7].

Хivadagi Ichan qal’a muzеy qo‘riqхоnasida saqlanayotgan XVII–XX asr

bоshlariga mansub qоzilik hujjatlari va хоn yorliqlari tavsifiga oid E. Karimovning
asari alohida e’tiborga loyiq. Chunki, unda хоnlik, хususan, Хiva shahri tariхiga
dоir muhim bo’lgan rasmiy hujjatlar haqida ma’lumоtlar mavjud[8]. Shu jihatdan,
ushbu asarlarning Хiva shahrining tariхini o‘rganishda ahamiyati kattadir.

So‘nggi yillarda Xiva xonligi tarixiga oid olib borilayotgan tadqiqotlar

jumlasiga N. Allayeva va Q. Yakubovlarning ilmiy izlanishlarini kiritishimiz
mumkin. N. Allayeva tadqiqotlarida O‘rta Osiyo xususan Xiva xonligi tarixi
hamda tashqi savdo va diplomatik aloqalari bo‘yicha o‘z ilmiy izlanishlarini olib
bormoqda. Bundan tashqari xonlikning tashkil topishi, davlat boshqaruv,


background image

492

hokimyatning legitimligi hamda Xiva xonligidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga
ham to’xtalib o‘tilganligibilan ahamiyatlidir[9]. Xiva xonligidagi vaqf mulklari,
ularni tasarruf etish, xonlikdagi vaqf muassasalarining faoliyati, vazifalari hamda
mutavvalining vaqf mulkchiligidagi o‘rni xususida Q. Yakubovning ilmiy
izlanishlarini keltirishimiz mumkin[10, B. 117-120].

Bundan tashqari U. Sheripov, S. Matkarimova, X. Madrimov, S. Soburova,

M. Matyakubova, O. Mutalov, F. Ernazarov, H. Nazirovalar Xiva xonligi tarixini
o‘rganishga, tariximizni ilmiy yangiliklar bilan boyitishga o‘z hissalarini qo‘shib
kelmoqda[11].

O`rta Оsiyo, jumladan, Хiva хоnligi tariхi bo`yicha chеt ellik оlimlarning bir

qancha asarlarini ham tilga оlish lozim. Ular qatоriga jurnalist Mak-Gaхan, Yu.
Brеgеl, M. Оlvоrt, S. Bеkkеr, J. Uilеr[12] kabilarning asarlarini kiritish mumkin.
E’tiborli jihati shundaki, XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Xiva xonligi tarixini
yoritishda xorijiy tadqiqotchilar davr madaniy muhitiga ko’proq e’tibor
qaratishgan.

XX asr oxirlariga kelib Yevropa va AQSHda O’rta Osiyo tarixini

o’rganuvchi ilmiy tadqiqot institutlari va jamiyatlari ochiladi. Xususan, Indiana
universitetining Markaziy Yevroosiyo tadqiqotlari bo’limining a’zosi hamda Ichki
Osiyo tadqiqotlari ilmiy-tadqiqot institutI direktori, Xiva xonligi tarkibida bo’lgan
turkmanlar va qoraqalpoqlar tarixini chuqur o’rgangan Yu. Bregel tomonidan
nashr etilgan “Musulmon Markaziy Osiyosi”[13] nomli fundamental asar hamda
“Turkmanlar haqida maqolalar” to’plamlari ham muhim ahamiyatga ega. Bundan
tashqari O’rta Osiyo tarixi va madaniyatining muammolariga bag’ishlangan 12 ta
maqoladan iborat bo’lgan “Yuriy Bregel sharafiga Markaziy Osiyo tarixi bo’yicha
tadqiqotlar”[14] asari ham nashr qilingan.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Xiva xonligi xususan qo‘ng’irotlar

sulolasi davri tarixshunoslik masalasi ziddiyatli hisoblanadi. Chunki sovet davri
olimlari tomonidan yaratilgan asarlarda tarixiy haqiqatlar mafkuraga moslashtirilib
xonlikni qoloq, savodsiz qilib ko‘rsatishga harakat qilingan. So‘nggi davrda olib
borilayotgan tadqiqotlar hamda Xiva xonlarining rasmiy arxiv hujjatlarining topilib
o‘rganilishi esa asl tarixni o‘rganishga, haqqoniy baho berishga xizmat qilmoqda.

Adabiyotlar:

1. Веселовский Н.И. Очерк историко-географических сведений о

Хивинcком ханстве в древнейших времен до настаящегo СПБ. 1877.

2. Иванов П.П. Архив хивинских ханов ХIХ в. Ленинград: 1940.
3. Ғуломов Й. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. Тошкент: 1959.
4. Йўлдошев М. Хива хонлигида феoдал ер эгалиги ва давлат тузилиши

– Тошкент: 1959.

5. Муниров Қ. Мунис, Огаҳий ва Баёнийнинг тарихий асарлари. – T.:

1959.\\ Муҳаммаджонов А., Неъматов Т. Бухоро ваХиванинг Россия билан
муносабатларига доир баъзи манбалар. Tошкент.: 1957.\\ Қўшжонов О. Из
истории аграрных отнашений в Хивинском ханстве в конце XIX – начале XX


background image

493

вв. автореф. дисс. … канд.ист.наук. Tошкент.: 1966. \\ Жалилов О. XIX – XX
аср бошларидаги қорақалпоқлар тарихига оид муҳим ҳужжатлар. Tошкент.

6. Абурасулов У. Хива (тарихий-этнографик очерклар). Tошкент.:

1997.\\ Абдурасулов А. Земельные отнашения в Хивинском ханстве во
второй подовинеXVII – первой четверть XIX вв. дисс. …канд.истор. наук.
Tошкент.

7. Қўшжонов О., Полвонов Н. Хоразмдаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар

ва ҳаракатлар (XIX аср иккинчи ярми XX аср биринчи чораги). Tошкент.:
2007.

8. Каримов Э. Регесты казийских документов и ханских йарликов

Хивинских ханов XVII – начала XX в. Tошкент.: 2007.

9. Аллаева Н. Хива хонлигининг дипломатияси ва савдо алоқалари

(XVI-XIXасрлар). Тошкент: 2019.

10. Якубов Қ. Хива хонлигида вақф маъмуриятининг фаолияти:

мутавалли лавозими ба унинг функциялари. Хоразм тарихи замонавий
тадқиқотларда Тошкент-Урганч, 117-120 б.

11. Шерипов У. Хива хонлиги тарихи (1511-1920). Тарих фан. номз.

дисс. – Урганч: 2009. 170 б.\\ Маткаримова С. Хива хонлигининг қўнғиротлар
сулоласи даври тарихшунослиги (XIX – XXI аср боши) Тарих фан. номз.
дисс. – Урганч: 2010. 193 б.\\ Мадримов Х. Хива хонлигининг давлат тузуми
ха ҳуқуқ манбалари. Юридик фан. номз. дисс. – Тошкент: 2012. – 160 б. \\
Собурова С. ХИХ аср ва ХХ аср бошларида Хива хонлигининг давлар
тизими. Тарих фан. номз. дисс. – Тошкент: 2002. – 204 б. \\ Матякубова М.
ХИХ аср иккинчи ярми – ХХ аср бошларида Хива хонлигида китобат ва
кутбхона тарихи. Тарих фан. номз. дисс. – Урганч: 2008. – 184 б. \\ Муталов
О. Хива хонлиги Оллақулихон даврида (1825-1842 йиллар). Тарих фан. номз.
дисс. – Тошкент: 2003. – 136 б. \\ Эрназаров Ф. ХИХ аср охири – ХХ аср
бошларида Хива хонлигида маданий ҳаёт. Тарих фан. номз. дисс. – Тошкент:
2005. – 170 б. \\ Назирова Ҳ. Қўнғиротлар сулоласи тарихнавислигида
Муҳаммадризо Огаҳийнинг “Зубдатут-таворих” асари. Тарих фанлари
бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс … автореф. – Тошкент: 2022.

12. Мак-Гахан Януарий Алоизий. Военные действия на Оксусе и

падение Хивы. – М., 1875; Мак-Гахан. Ўкуздаги ҳарбий ҳаракатлар ва
Хиванинг истило қилиниши. – СПб., 1875. О.Абдуллаев таржимаси.
Тошкент., 2000.\\ Bregel Y. Bibliography of Islamic Central Asia. Compiled and
edited by Yu-ri Bregel. Indiana University. Part II. Descriptions and Travel;
Written Sources for Central Asian History; Ethnography; Folklore; Folk
Entertainments; Physical Anthropology. 1995. \\ Holdeworth M. Turkistan in the
nineteenth century: A brief history of the Khanates of Bu-khara, Kokand and
Khiva. – London, 1959. \\ Becker S. Russias protectorates in Central Asia:
Bukhara and Khiva, 1865-1924. – Cambridge. MA: Harvard University, 1968. \\
Wheeler G.E. The modern history of Soviet Central Asia. – London-New York,
1964.


background image

494

13. Bregel Yu. Bibilbografhy of Islamic Central Asia. Complied and edited

by Yuri Bregel. Part I–III. – Bloomington, Indiana, 1995. \\ Bregel Yu., William I.,
va boshqalar Turkmenlar uzerine makaleler. – Istanbul, 2019.

14. Devin DeWeese Studies on Central Asian history in honor of Yuri

Bregel. Indiana.

Sinor Research Institute of Inner Asian Studies, 2001.

ҚАШҚАДАРЁДА МУСТАҚИЛЛИК ЙИЛЛАРИДА ЗИЁРАТ

ТУРИЗМИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ЖАРАЁНЛАРИ

Ўролов Ғ.

ўқитувчи

Қарши Давлат университети

Мусулмон

мамлакатларида

“Зиёрат”

тушунчаси

“муқаддас

қадамжоларга бориш”ни англатади ва унинг иккита асосий тури мавжуд:
зиёрат қилиш ҳамда сайёҳлик-ўрганиш йўналишидаги диний туризм.
Ҳозирги пайтда Ўзбекистонда 7,3 мингдан зиёд маданий мерос объектлари
мавжуд. Ўзбекистон кўплаб маданиятлар ва цивилизацияларнинг кесишиш
маркази бўлиб келган, бу ерда турли динлар тарғиб қилинган, шунинг учун
ҳам ислом, ҳам буддизм ва христиан динларига тегишли ноёб ёдгорликлар
сақланиб қолган. Бугунги кунда Қашқадарё вилоятининг моддий маданий
меросининг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатида 1468 та маданий
мерос объектлари рўйхатга олинган бўлиб, шундан 1189 таси археология
ёдгорликлари, 215 таси архитектура, 36 таси монументал санъат
ёдгорликлари, 28 таси диққатга сазовор жойлар (зиёратгоҳлар) сифатида
хатловдан ўтказилган. Шу жойларда туризмни ривожлантириш соҳасида бир
қанча амалий ишлар амалга оширилмоқда. Зиёрат туризми,тоғ туризми
,гастрономик туризм, маданий-маърифий туризм, экологик туризм,
ишбилармонлик туризми, жип-турлар, геотуризм каби турлари кейинги
йилларда сезиларли даражада ривож топмоқда.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида

2018 йилнинг 22 февралида видеоселектор йиғилиши ўтказилди. Унда
хорижий туристлар оқимини кўпайтириш ва ички туризмни янада
ривожлантириш,

сайёҳлик

хизматларини

яхшилаш

ва

турларини

кенгайтириш бўйича кўрилаётган чоралар натижадорлиги танқидий таҳлил
қилинди.

Юртимизда ислом дунёсида тан олинган алломаларнинг мақбаралари,

табаррук қадамжолар кўп. Турли вилоятларда Нақшбандия тариқатини
тарғиб қилган 12 уламонинг қабри бор. Биз ҳозир уларнинг 8 таси, яъни
Бухородаги “Етти пир” ва Самарқанддаги “Хўжа Аҳрор Валий”
зиёратгоҳларини обод қиляпмиз. Лекин Сурхондарёдаги Муҳаммад Зоҳид
Бухорий, Аловуддин Аттор ва Қашқадарёдаги Муҳаммад Дарвеш, Муҳаммад
Инганакий мақбаралари таъмирга муҳтож эканлигини Президентимиз
алоҳида таъкидлаб, Сурхондарё ва Қашқадарё вилоятлари ҳокимларига ушбу

Библиографические ссылки

Веселовский Н.И. Очерк историко-географических сведений о Хивинcком ханстве в древнейших времен до настаящегo СПБ. 1877.

Иванов П.П. Архив хивинских ханов ХIХ в. Ленинград: 1940.

Ғуломов Й. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. Тошкент: 1959.

Йўлдошев М. Хива хонлигида феoдал ер эгалиги ва давлат тузилиши– Тошкент: 1959.

Муниров Қ. Мунис, Огаҳий ва Баёнийнинг тарихий асарлари. – T.: 1959. Муҳаммаджонов А., Неъматов Т. Бухоро ваХиванинг Россия билан муносабатларига доир баъзи манбалар. Tошкент.: 1957. Қўшжонов О. Из истории аграрных отнашений в Хивинском ханстве в конце XIX – начале XXвв. автореф. дисс. … канд.ист.наук. Tошкент.: 1966. Жалилов О. XIX – XX аср бошларидаги қорақалпоқлар тарихига оид муҳим ҳужжатлар. Tошкент.

Абурасулов У. Хива (тарихий-этнографик очерклар). Tошкент.: 1997. Абдурасулов А. Земельные отнашения в Хивинском ханстве во второй подовинеXVII – первой четверть XIX вв. дисс. …канд.истор. наук. Tошкент.

Қўшжонов О., Полвонов Н. Хоразмдаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар ва ҳаракатлар (XIX аср иккинчи ярми XX аср биринчи чораги). Tошкент.: 2007.

Каримов Э. Регесты казийских документов и ханских йарликов Хивинских ханов XVII – начала XX в. Tошкент.: 2007.

Аллаева Н. Хива хонлигининг дипломатияси ва савдо алоқалари (XVI-XIXасрлар). Тошкент: 2019.

Якубов Қ. Хива хонлигида вақф маъмуриятининг фаолияти: мутавалли лавозими ба унинг функциялари. Хоразм тарихи замонавий тадқиқотларда Тошкент-Урганч, 117-120 б.

Шерипов У. Хива хонлиги тарихи (1511-1920). Тарих фан. номз. дисс. – Урганч: 2009. 170 б. Маткаримова С. Хива хонлигининг қўнғиротлар сулоласи даври тарихшунослиги (XIX – XXI аср боши) Тарих фан. номз. дисс. – Урганч: 2010. 193 б. Мадримов Х. Хива хонлигининг давлат тузуми ха ҳуқуқ манбалари. Юридик фан. номз. дисс. – Тошкент: 2012. – 160 б. Собурова С. ХИХ аср ва ХХ аср бошларида Хива хонлигининг давлар тизими. Тарих фан. номз. дисс. – Тошкент: 2002. – 204 б. Матякубова М. ХИХ аср иккинчи ярми – ХХ аср бошларида Хива хонлигида китобат ва кутбхона тарихи. Тарих фан. номз. дисс. – Урганч: 2008. – 184 б. Муталов О. Хива хонлиги Оллақулихон даврида (1825-1842 йиллар). Тарих фан. номз. дисс. – Тошкент: 2003. – 136 б. Эрназаров Ф. ХИХ аср охири – ХХ аср бошларида Хива хонлигида маданий ҳаёт. Тарих фан. номз. дисс. – Тошкент: 2005. – 170 б. Назирова Ҳ. Қўнғиротлар сулоласи тарихнавислигида Муҳаммадризо Огаҳийнинг “Зубдатут-таворих” асари. Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс … автореф. – Тошкент: 2022.

Мак-Гахан Януарий Алоизий. Военные действия на Оксусе и падение Хивы. – М., 1875; Мак-Гахан. Ўкуздаги ҳарбий ҳаракатлар ва Хиванинг истило қилиниши. – СПб., 1875. О.Абдуллаев таржимаси. Тошкент., 2000. Bregel Y. Bibliography of Islamic Central Asia. Compiled and edited by Yu-ri Bregel. Indiana University. Part II. Descriptions and Travel; Written Sources for Central Asian History; Ethnography; Folklore; Folk Entertainments; Physical Anthropology. 1995. Holdeworth M. Turkistan in the nineteenth century: A brief history of the Khanates of Bu-khara, Kokand and Khiva. – London, 1959. Becker S. Russias protectorates in Central Asia: Bukhara and Khiva, 1865-1924. – Cambridge. MA: Harvard University, 1968. Wheeler G.E. The modern history of Soviet Central Asia. – London-New York, 1964. 494

Bregel Yu. Bibilbografhy of Islamic Central Asia. Complied and edited by Yuri Bregel. Part I–III. – Bloomington, Indiana, 1995. Bregel Yu., William I., va boshqalar Turkmenlar uzerine makaleler. – Istanbul, 2019.

Devin DeWeese Studies on Central Asian history in honor of Yuri Bregel. Indiana. Sinor Research Institute of Inner Asian Studies, 2001.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов