Zamon jadallik bilan rivojlanayotgan bir paytda, insoniyatga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmayapti. Ma’lumotlarni ko’pligi, shovqin-suron, internet rivojlanishi va boshqalar inson psixikasiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Bugungi kunda antidepressant preparatlariga talab kuchaymoqda. Albatta preparatning nojoyi ta’siri kamligi, qabul qilish intervali uzoqligi va tabiiyligi ko’p taraflama qulayliklarga olib keladi. Ushbu ilmiy maqolada Supurgi oilasiga mansub Cistanche o'simliklarining toksik- farmakologik xususiyatlari keltirilgan. Hozirgi vaqtda mahalliy o'simliklardan samarali dorivor moddalarni topish juda muhim. Cistanche an'anaviy Xitoy tabobatida keng qo'llaniladi. Chet elda Cistanche tubulosa osteoporoz (OP), Altsgeymer kasalligi (AD) va erkaklar jinsiy disfunktsiyasini (MSD) davolashda keng qo'llaniladi. Cistanches Herba - buyrak etishmovchiligi, ayollarning bepushtligi, patologik ajralmalar va qarilikdagi qabziyatni davolash uchun qo’llaniladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, biz Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatida oʻsadigan Cistanche mongolica turidan tayyorlangan ekstraktning ba'zi farmakologik xususiyatlarini va o'tkir toksikligini, undan tashqari antideprassant xususiyatini tahlil qildik. Ushbu tadqiqot haqida ma'lumot quyida keltirilgan.
Ushbu ilmiy maqolada supurgi oilasiga tegishli o‘simlik turkumiga mansub Cistanche mongolica o‘simligining toksik farmakologik xususiyatlari ko‘rsatilgan. Hozirgi vaqtda mahalliy o‘simliklardan samarali dorivor moddalarni topish juda muhim sanaladi [1;3;5]. Cistanche o‘simligidan olingan an’anaviy xitoy tabobatida keng qo‘llaniladi. Cistanche tubuloza xorijda osteoporoz, Alsgeymer kasalligi va erkaklar jinsiy disfunksiyalarini davolashda keng qo‘llaniladi. Cistanche Herba buyrak еtishmovchiligi, impotensiya, ayollar bepushtligi, patologik ajralmalar, og‘riqli hayz ko‘rishda, qariyalarda qabziyatni davolashda qo‘llaniladi [2;4]. O‘zbekistonda Farg‘ona viloyatida o‘sadigan Cistanche mongolica turlarining ayrim farmakologik xususiyatlari va o‘tkir zaharliligi o‘rganilib tahlil qilindi.
This article is about information security and its legal approaches to the territory of Uzbekistan. Also, the article covers the legal documents within the framework of information security and the legal documents in them aimed at cybercrime and the opinions on compliance with international standards.