Maqolada muhandislik fanlarida axborot texnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish ko‘rsatilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘quv-ta’lim-tarbiya jarayonlariga joriy etilishi va o‘quv ma’lumotlarini taqdim etish va AKTlarning didaktik imkoniyatlari yoritilgan.
Ushbu maqolada MDH mamlakatlarining iste’mol savatchasi va uni hisoblash uchun zarur bo‘lgan miqdor ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Shuningdek MDH mamlakatlaridan Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus Respublikalarining tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.
O’zbekistondan suv tanqisligi global iqlim o’zgarishi oqibatida tobora dolzarblashib bormoqda. Markaziy Osiyo davlatlari aholisining suvga bo’lgan talabi asosan transchegaraviy daryolar hisobiga qondiriladi. Tadqiqotlarga ko’ra, 2025 yilga borib iqlim o’zgarishi, global haroratning oshishi tufayli Amudaryo va Sirdaryo daryolarini suv bilan ta’minlayotgan muzliklar zaxirasining 15–20 foizga kamayishi kutilmoqda. Tog’ muzliklari hajmi yiliga 0,2–1 foiz atrofida kamayib borayotgani, tog’ daryolari havzalarida qor zaxiralari tobora qisqarayotgani aniqlangan. Ushbu maqolada keltirilgan muammolarni bartaraf etishda avvalom bor qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda suv tejamkor texnologiyalarni qo’llashni takomillashtirish va suv sarfini hisoblash, kanalni masofadan boshqarish, kanaldagi suv yo’qotishlarini qayd etish va uning oldini olish usullarini to’liq avtomatlashtirishga bag’ishlangan takliflar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada masofaviy ta’lim tizimini tashkil etish va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning sinxron ko‘rinishi tahlil qilingan bo‘lib, ushbu usulda xizmat ko‘rsatish tartibi va tamoyillari, sinxron tizimlar uchun matematik modellar, tizimlarning xizmat ko‘rsatish sifat samaradorligini aniqlash bosqichlari keltirib o‘tilgan. Shuningdek, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda rad etish yoki kutish tushunchalari, so‘rovlar oqimi, ularga xizmat ko‘rsatish jarayoni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash jarayonlari batafsil yoritib o‘tilgan. Shu bilan birga xizmat ko‘rsatish jarayoni modelini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan kirish oqimi, xizmat ko‘rsatish tizimi, tartibi va vaqti kabi ko‘rsatkichlarini hisobga olish va hisoblash amalga oshirilgan. Hamda, so‘rovlarga xizmat ko‘rsatishning oshkora rad etish usuli uchun sifat ko‘rsatkichini aniqlash jarayonlari keltirib o‘tilgan.
Ushbu maqolada bulutli hisoblash texnologiyalarida axborotlarni buzilish holatlari tahlili batafsil keltirilib, ularga qarshi himoya yondashuvlari tavsiya etilgan.
Jahonda xalqaro munosabatlarning globallashuvi sharoitida mamlakat majburiyatlari qandayligi va uni o‘z resurslari bilan qanday boshqarayotganligi moliyaviy holatni tushunish asosida amalga oshiriladi. Ushbu maqolada byudjet tizimi byudjetlari ijrosi hisobini takomillashtirishda Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobi xalqaro standartlaridan foydalanishning ahamiyati hamda ilmiy uslubiy jihatlariga e’tibor qaratilgan.
Приведена постановка задачи о продольном взаимодействии подземного магистрального трубопровода с окружающем его грунтом при действии низкочастотных сейсмических волн. Численным решением определены продольные напряжения в трубопроводе в зависимости от жесткости грунта. Установлена, что при больших жесткостях окружающего подземный трубопровод грунта, сейсмическая напряжения трубопровода существенно низкая. На основе этих инновационных результатов предлагается улучшения технологии строительства сейсмостойких подземных магистральных трубопроводов.
Oxirgi o‘n yilliklarda matnning avtomatik tahlil instrumentlarini ishlab chiqishda va matnni tabiiy tilida razmetka (belgilash) sohasiga oid yangiliklarda misli ko‘rilmagan darajada sifatli o‘zgarishlar yuz berdi [1,2,8,9]. Bu hodisani soha mutaxasisslari sifatiy sakrash deb baholashdi. Bu sakrash zamonaviy kompyuter lingvistikasi sohasida erishilgan yutuqlar, usullarni faol o‘zlashtirish va kompyuter fani hamda statistikasi, mashina o‘qiydigan matn ma’lumotlari hajmining eksponensial o‘sishi, shuningdek elektron lingvistik resurslarning rivojlanishi sababli yuz berdi. Lingvistik tahlilning zamonaviy instrumentlari matnning nafaqat grammatik (morfologik, sintaktik) xususiyatlarini, balki matnning ba’zi semantik va pragmatik xususiyatlarini ham avtomatik tarzda razmetka (belgilash)ga imkon berdi. Tabiiy tilni mashina to‘laqonli tushunishi, avvalgidek futurologiya sohasi zimmasiga qolyapti, ammo komyuter lingvistikasi texnologiyasi matn materiallarini tadqiq qilishning yangi imkoniyatlarini ochib berdi.
Ushbu maqolada tabiatda uchraydigan jarayonlar: issiqlik tarqalishi, tor tebranishi, sterjen tebranishi, mayatnik tebranishi, magnit maydoni impulsi va hakazolar. Har qanday tabiiy protsess o’lchanganligi sababli uni modellashtirishdan hosil bo’lgan masala taqribiy yechiladi. Biz yechimni protsessni kuzatish (bir nuqtada o’lchash) yordamida hisoblashga harakat qildik. Bunda masala uchun qo’shma operator tuzilib, nokorrekt masala (boshlang’ich qiymat yo’q holat) shartli korrekt xolatga o’tkaziladi. Natijada matematik fizika masalasi ekstremum masalasiga keltirib yechim chekli sondagi algebraik tenglamalar sistemasiga keltiriladi