Маълумки мамлакатнинг ташқи иқтисодий айланмаси бутун мамлакат иқтисодиётининг энг асосий факторларидан бири бўлиб, бу мамлакатнинг халқаро майдондаги нуфузига бевосита таъсир ўтказади ва уни белгилаб беради. ақолада Ўзбекистоннинг экспорт – импорт салоҳияти, эришилаётган ютуқлар, мавжуд муаммо ва камчиликлар илмий асослаб берилган.
O’zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarida tashqi savdo jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi. Tashqi savdoni rivojlantirish bevosita eksport salohiyatini oshirish, miqdor va sifat jihatdan yangi mahsulot va xizmatlarni jahon bozoriga yetkaziob berish bilan amalga oshadi. Bugungi kunda qishloq xo’jaligi sohasida ulkan eksport potensial borligi ko’plab tadqiqotlarda ta’kidlanib kelinadi. Biroq qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari, mahsulotni qayta ishlovchilar orasida duch kelinayotgan muammolardan biri tashqi bozor haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo’lish, innovatsion va texnologik o’zgarishlar moslashish, xalqaro bozor talablarini o’rganish bilan tavsiflash mumkin.
Mazkur maqola O’zbekiston qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport salohiyatini oshirishda marketing tadqiqotlarining o’rni va ahamiyati, mahsulotlar sotuvida qiymat zanjirini shakllanish jarayonalari, xalqaro bozordagi raqobatbardoshlikni oshirish usullari hamda mavjud muammolarni tahlil qilish maqsad qiladi.
Мақолада мева маҳсулотларини ишлаб чиқариш ва истеъмолчига етказиб бериш билан шуғулланувчи ихтисослашган хўжаликлар турларини тўғри танлаш
ва шакллантириш нуқтаи назаридан мевачилик тармоғини самарали ривожлантириш масалалари, шунингдек, мева ва резаворлар самарали ишлаб чиқаришни белгиловчи бошқа омиллар ёритилган.
Ushbu maqolada Jizzax viloyatidagi kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy salohiyatidagi o‘rni va aholi ijtimoiy-iqtisodiy farovonligiga ta’siri haqida so‘z boradi. Aholi turmush darajasini oshirishning eng muhim yo‘li kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdir. Maqola mavzusini yoritishda xorijlik olimlarning ilmiy ishlaridan unumli foydalanildi.