THE ROLE OF GAMES IN THE MORAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Ko‘makova , Y. (2023). THE ROLE OF GAMES IN THE MORAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. Modern Science and Research, 2(5), 1106–1109. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20528
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article highlights the importance of moral education of a child through play and the role of play in a child's life in a preschool educational organization.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1106

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY JIHATDAN

TARBIYALASHDA O’YINLARNING ROLI

Ko‘makova Yayraxon Jaloliddin qizi

Guliston davlat pedagogika instituti magstri.

kumakova2499@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.7972522

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida bolani o‘yin orqali axloqiy

jihatdan tarbiyalash va bola hayotidagi o‘yinning o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligi
yoritilgan.

Tayanch so‘zlar:

O‘yin, axloqiy tarbiya, estetik tarbiya, syujetli o‘yinlar.

THE ROLE OF GAMES IN THE MORAL EDUCATION OF

PRESCHOOL CHILDREN

Abstract.

This article highlights the importance of moral education of a child through play

and the role of play in a child's life in a preschool educational organization.

Key words:

Game, moral education, aesthetic education, plot games.

РОЛЬ ИГР В НРАВСТВЕННОМ ВОСПИТАНИИ ДОШКОЛЬНИКОВ

Аннотация.

В данной статье освещается значение нравственного воспитания

ребенка через игру и роль игры в жизни ребенка в дошкольной образовательной
организации.

Ключевые слова:

Игра, нравственное воспитание, эстетическое воспитание,

сюжетные игры.

“Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng

katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir”

deb takidlaydi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev

o‘zining Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asarida.

1

Shu sababli mamlakatimiz Prezidenti

ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratdi. Islohat olib borishni ta’limning poydevori hisoblangan
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishdan boshlandi. Shuningdek uzliksiz ta’limning
tizimining birlamchi bo‘g‘ini maktabgacha ta’lim sohasidir. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bola
har tomonlama sog‘lom va barkamol shaxs bo‘lib tarbiyalanadi. Negaki, bolani tarbiyalash uzoq
va murakkab jarayon hisoblanadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaga ta’lim va tarbiya o‘yin orqali beriladi. O‘yin bola

rivojlanishida va tarbiyasida katta rol kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalik - bu shaxsiyat
shakllanishining muhim davri. Bu davrda bola atrofdagi hayot haqida dastlabki bilimlarni oladi,
unda insonlarga bo‘lgan to‘g‘ri xulq-atvor ko‘nikmalari shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarning asosiy faoliyati o‘yin hisoblanadi.O‘yin orqali bolaning kompetensiyalari rivojlanadi:

Jismoniy rivolanishi;

Ijtimoiy-hissiy holati;

Psixologiyasi;

Notiqlik san’ati.

1

Sh.Mirziyoyev.Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi. “O‘zbekiston” Toshkent 2022,- 22-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1107

O‘yinda bolaning shaxsiyatining barcha tomonlari shakllanadi, uning psixikasida sezilarli

o'zgarishlar ro'y beradi.

O‘yin so‘ngi yillarda paydo bo‘lgan emas, balki u uzoq yillik tarixga ega. Ya’ni ibtidoiy

jamoa qabilalar davrda boshlab paydo bo‘lgan. Ular dehqonchilik ishlarini o‘yin orqali
bajarishgan. Bu esa pedagog olimlarni diqqatini o‘ziga tortib kelgan.

Psixolog A.N.Leontevning fikricha, bolalarning o‘yin faoliyatlarida real voqelikdan chetga

chiqib ketish darajasidagi afsonaviylik yo‘q. Bolalar o‘yinlaridagi turli-tuman harakatlar va
narsalar voqelikda haqiqatdan bor bo‘lgan real harakat hamda real narsalarning real obrazlaridir.
Bola o‘zi yashab turgan real voqelik bilan bog‘liq bo‘lmagan xayoliy, afsonaviy o‘yinlar
yaratishning hali uddasidan chiqa olmaydi. Chunki bola hali o‘zi bilmagan, ko‘rmagan,
eshitmagan narsalarini o‘z

o‘yin faoliyatida aks ettira olmaydi. U yoki bu o‘yinni o‘ynash uchun bolalar albatta

elementar ravishda bo‘lsa ham hayotiy hodisalar hamda mehnatning bir qancha turlari bilan tanish
bo‘lishlari kerak.

2

A.S.Makarenkoning fikricha, bolalarning o‘yin faoliyatlari ularni jismoniy va psixik

jihatdan garmonik ravishda rivojlanishlari uchun birdan-bir vositadir. Katta odamlar uchun
mehnat faoliyati qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, bolalar uchun o‘yin shunchalik ahamiyatga ega.
«Yaxshi o‘yin faoliyati, – deydi A.S. Makarenko, – yaxshi bajarilayotgan mehnatga o‘xshaydi.
Mana shuning uchun bolalar o‘yin faoliyatida o‘zlarini qanday namoyon etsalar, katta
bo‘lganlaridan so‘ng mehnat faoliyatlarida ham ko‘p jihatdan o‘zlarini shunday namoyon
etadilar»

3

.

Chet el psixologlaridan J.Piaje va Koffkaning fikricha, bolalar go‘yoki bir-biridan

ajratilgan ikki xil dunyoda, ya’ni xayollar, afsonalar dunyosida va (real) voqeiy dunyoda
yashaydilar. Bolalar o‘zlarining faoliyatlarida qanchalik xayolga berilib ketmasinlar, har doim
voqeiy dunyoga, undagi real narsalarga nazar tashlab

turadilar. Buning haqiqatdan ham shunday ekanligini ularning o‘yin jarayonida o‘z xatti-

harakatlariga «bunday bo‘ladi», «bunday bo‘lmaydi» deb baho berib turishlaridan ko‘rish
mumkin. Ular qanchalik o‘yinga berilmasinlar, voqeiy dunyoni hech qachon unutmaydilar va
unga go‘yoki andaza tariqasida zimdan qarab turadilar.

4

Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni pedagog syujetli-rolli o‘yin orqali bolalarda

dastlab ona-yurtiga, o‘z xalqiga, o‘zga millat vakillariga nisbattan ijobiy munosabatlarni
shakllantiradi, mustahkamlaydi. Nafaqat Vatanga bolgan muhabbat balki oila va do‘stga bo‘lgan
mehr-muhabbatni va sadoqatni shakllantiradi. Syuetli – roli o‘yinlarda bolaning mustaqilligi va
tashabbuskorligi ham o‘sib boradi. Yana bundan tashqari enh birinch navbatda bola o’yinda ijobiy
va salbiy jihatlarni ajrata boshlaydi. Ya’ni yaxshi va yomon odatlarni farqlashni o‘rganadi.
Masalan, doimo yaxshilik yomonlikdan ustidan g‘alaba qozonishini tushunadi.

Xudbinlik, yolg‘onchilik, o‘g‘rilik salbiy odatlar ekanligi anglay boshlaydi. Bunda bolalar

biron bir ertak yoki hikoya syujeti asosida rol ijro etadi. O‘yin jarayonida bola obrazlar kirib va
ularning so‘zlarni yodlab olish orqali o‘zida tartib, intizom va irodani, kattalar bo‘lgan xurmatni

2

S.Jalilova, S.Aripova Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. Toshkent 2017“Faylasuflar”- 301b

3

3

S.Jalilova, S.Aripova Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. Toshkent 2017“Faylasuflar”- 299b

4

4

S.Jalilova, S.Aripova Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. Toshkent 2017“Faylasuflar”- 300b


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1108

ham shakllantiradi. Yana bu o‘yinlar bolalarni rostgo‘ylikga, botirlikga va ilg‘orlikga chorlaydi.
Buning natijasida o’z-o‘zida bolada axloqiy va estetik tarbiyalar shakllana boshlaydi. O‘yin
bolalarda ijtimoiy axloqni, tengdoshlariga bo‘lgan do‘stonalik munosabatini shakllanadi. Bolada
hissiyot va did tarbiyalanadi.

Pedagog bolalarning o'yinda nazorat qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi.

O‘yin jarayonida bolalar faqat o‘z xohish-istaklarinigina emas, aksincha jamoaning xohishi bilan
kelishib, o‘yinda qoidalar o‘rnatiladi va unga rioya qilishni o‘rganadilar. Maktabgacha ta’lim
tashkilotida bolani qobilyatlarini qay tarzda rivojlanish aniqlashni eng samarali usul o‘yin.

Pedagog o‘yinda bolani kuzatish davomida boshqa bolalar bilan qay holda o‘ynashini, bola

o‘yin orqali ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish kerakligini bilib oladi. Yana bundan tashqari
pedagog o‘yinda bolalar bilan birgalikda rol ijro etish orqali bolaning bilim olish, tasvirlashi,
tushuntirish, qobiliyatini shakllantirishga ko‘maklashadi. Natijada bolada ijtimoiy ko‘nikmasi
rivojlanadi.

O‘z hissiyotlarni boshqaraolish va vaziyatlarga to‘gri kelgan holda ifodalay oladi. Yana

o‘zga insonlar hissiyotini ajrata oladi va ularga mos ravishda reaksiya qaytaraoladi, murakkab
vaziyatlarda chiqish yo‘llarini qidira boshlaydi. Shunday qilib o‘yin bolani axloqiy jihatlarini
avvalo shakllantirib keyin yuksaltirishdagi eng to‘g‘ri faoliyat hisoblanadi.

Mavzudan quydagi xullosaga keldim, maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy fazilatlarni

tarbiyalashda o‘yin juda muhim ahamiyatga ega. Bolani eng avvalo psixikasini rivojlanadi.
Psixikasi rivojlangandan so‘ng idrok, odob-axloq ham shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda axloqiy tarbiya kichik guruhdan boshlanadi.

Ularda o‘z uyiga, ota-onaga, bog‘chaga va ta’lim-tarbiya berayotgan tarbiyachiga mehr-

muhabbat tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. Asosiy axloqiy fazilatlar shakllanib insonparvarlik hislari va
munosabatlari boshlanadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘rta guruhdan boshlab didaktik o‘yinlar orqali

vatanparvarlik tarbiyasi singdiriladi. Didaktik o‘yinlar faqat aqliy tarbiyani yuksaltirmaydi. Balki,
axloqiy jihatdan ham juda samarali foyda beradi.
O‘yin bolalar uchun turli xil qirralarini ochish uchun imkon beradi:

Fikrlash;

Izlanish;

Tajriba ortish;

Munosabat bildirish.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘yin orqali hamma narsani bo‘glasak bo‘ladi. Beshta

markazda ham faoliyat olib borgan holda bolaga barcha tarbiya turlari rivojlantirsa bo‘ladi. “Ilm-
fan va tabiat” markazida “Yurtimiz tabiati” nomli didaktik o‘yinni orqali bolalar o‘z ona yurtidagi
hayvon, qushlar va o‘simliklar bilan tanishib ularni asrab-avaylashni, ozor yetkazmaslikni va mehr
berishni o‘rganadi.

Bunda hayvon va o‘simliklarni nomlanishini o‘rganib, talaffuz qilish orqali “Til va nutq

o‘stirish” markazi, ularning soni katta-kichik hajmlarni ajratishni orqali “Qurish-yasash va
matematika” markazilarida faoliyat olib boriladi. Xullosa qilib aytganda, biz bolada nimani
shakllantirmoqchi bo‘lsak faqat o‘yin foydalanamiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1109

REFERENCES

1.

Sh.M.Mirziyoyev.Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –
“O‘zbekiston” Toshkent:2021 .

2.

"ILK QADAM" davlat o‘quv dasturi
/takomillashtirilgan ikkinchi nashr/ Toshkent: 2022

3.

Sodiqova Sh. Maktabgacha pedagogika.- “Tafakkur bo’stoni” Toshkent: 2013

4.

Jalilova, S.Aripova Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. “Faylasuflar” Toshkent
2017


References

Sh.M.Mirziyoyev.Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –

“O‘zbekiston” Toshkent:2021 .

"ILK QADAM" davlat o‘quv dasturi

/takomillashtirilgan ikkinchi nashr/ Toshkent: 2022

Sodiqova Sh. Maktabgacha pedagogika.- “Tafakkur bo’stoni” Toshkent: 2013

Jalilova, S.Aripova Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. “Faylasuflar” Toshkent 2017

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов