THE PROBLEM OF POETIC SPEECH OF THE GENETIC NOVEL

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Toshpo‘latov, Z. (2023). THE PROBLEM OF POETIC SPEECH OF THE GENETIC NOVEL. Modern Science and Research, 2(5), 1281–1285. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20659
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article talks about the writing style of Isajon Sultan's Genetic novel, the issue of poetic speech. What is poetic speech? The role of poetic speech in epic works is given.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1281

GENETIK ROMANINING POETIK NUTQ MASALASI

Toshpo‘latov Zayniddin

Termiz davlat universiteti

Magistratura bo‘limi adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti)

Yo‘nalishi 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7982609

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Isajon Sultonning Genetik romanining yozilish uslubi,

poetic nutq masalasi haqida gap boradi. Poetik nutqning nima ekanligi? Poetik nutqning epic
asarlardagi o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Asar, uslub, poetik nutq, epik asar.

THE PROBLEM OF POETIC SPEECH OF THE GENETIC NOVEL

Abstract.

This article talks about the writing style of Isajon Sultan's Genetic novel, the

issue of poetic speech. What is poetic speech? The role of poetic speech in epic works is given.

Key words:

Work, style, poetic speech, epic work.

ПРОБЛЕМА ПОЭТИЧЕСКОЙ РЕЧИ ГЕНЕТИЧЕСКОГО РОМАНА

Аннотация.

В данной статье говорится о стиле написания Генетического романа

Исаджона Султана, о проблеме поэтической речи. Что такое поэтическая речь?
Приводится роль поэтической речи в эпических произведениях.

Ключевые слова:

Произведение, стиль, поэтическая речь, эпическое произведение.


Fikrlar, fikrlar yo‘g‘rilgan asarlar gul navlari kabi xilma-xil bo‘lgan hozirgi kunda

o‘quvchiga biror fikr, og‘riqli o‘ylov, o‘ylovli xulosa berish juda mushkul. Va buni ko‘pchilik
marhamati doirasiga kirita olmaydi. Sultonning “Genetik”i o‘zida bir qancha ilmiy ma'lumotlarni,
yoki ilmiy ta'sirlarni aks ettirgan, kitobxonni o‘ylovga chorlaydigan asar. Albatta, asarning birinchi
qismi haqida bunday deya olmaymiz.

Birinchi qismda qishloq hayoti, uning yosh avlod vaqtini o‘g‘irlaydigan yumushlari-yu,

iste'dodlarga bo‘lgan e'tiborsizliklar yoritilgan. Lekin bu tasvirlar qishloq tongini ko‘rsatolmagan,
yomg‘irdan keyingi chang ko‘cha hidini his qildirmagan. Asarning ikkinchi qismi bir muncha
ilmiy bo‘lib so‘ngida xulosa birlashib ketgan. Genetikning so‘zi ko‘lamdor. Bitiktoshlardan
keltirilgan parchalar butun asarga "soya solgan", ya'ni muallif so‘zlar va jumlalar takrorini, sodda
gaplarni qo‘ymagan bitiktoshlardagi kabi. Syujetning tarqoqligi kitobxon diqqatini kuchaytirish
emas, balki aksiga xizmat qilgan, chamamda.

Ilk bor o‘qigan o‘quvchiga genlar haqida savolli xulosa berishi mumkin, bu ayrim ilmiy

faktlar va hayotiy misollar hisobiga. Mavzu yangicha. Genlar haqida badiiy talqin. Yagona millat
tuyg‘usini, ellat qayg‘usini, ota-bobolarimizdan bizning qon-qonimizga singib ketgan iste'dod
yog‘dusini eslatgan. Olg‘a yurishi, o‘z oldiga ulkan maqsad qo‘yishi uchun qaysidir ma'noda turtki
boʻlishi kerak edi bu eslatma. O‘z-o‘zidan o‘ylab qolasiz, menda qanday iste'dod borki, haligacha
nega u uyg‘onmagan!? Axir, sabablar ishonarli.

Poetik nutq

ning o‘ziga xos xususiyatlari — tantanaliligi, o‘lchovdorligi, ohangdorligi,

romantizmga moyilligi, anʼanaviylikka asoslanishi ayrim leksik vositalarni shu nutq uchun
differentsiatsiyalanishiga olib kelgan. Bunday lug‘aviy birliklar, o‘z navbatida, poetik so‘zlar
qatlami vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan. Leksik vositalarning poeziya tilida bunday
differentsiatsiyalanishi poeziya tili leksikasi va poetik leksika tushunchalari orasida keskin farq


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1282

borligini ko‘rsatadi. Poeziya tili leksikasi tushunchasining maʼnosi keng. U poeziyada
qo‘llaniladigan barcha so‘zlarii, so‘z formalarini, shu jumladan, poetik leksikani ham qamrab
oladi. Poetik leksika tushunchasi nisbatan tor tushuncha, u boshqa nutq turlarida
qo‘llanilmaydigan yoki kam miqdorda uchraydigan (arxaik, traditsion poetik so‘zlarni yoki badiiy
nutqni mustasno qilganda, nutqning boshqa turlarida deyarli uchramaydigan) sof poetik so‘zlar,
poetik so‘z formalari, poetik qisqartmalar, poetik neologizmlar, okkozionalizmlarni qamrab oladi.
Poeziya tilini o‘ziga xos ajratib turuvchi bu leksik vositalar poetik uslub vujudga kelishi uchun
ham zamin yaratadi.

Binobarin, poetik leksika tub mohiyati bilan stilistik qatlam, nutq jarayonida maʼlum

uslubiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchungina tabaqalangan. Shunday ekan, bunday
lug‘aviy birliklarni poeziya tili uchun neytral deb bo‘lmaydi. Chunki poetik leksika avvalam bor
o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Uni poetik nutq uchun tabaqalanishiga tilning o‘zi imkoniyat
yaratib beradi. Shu maʼnoda sinonimiya va ekvivalentlik poetik so‘z hosil qiluvchi manbadir.
Zero, tildagi sinonim va ekvivalent so‘zlar orasidan poetik nutq uchun mosi ajraladi va shu nutqqa
moslanadi. Chunki:

a) bir tushunchani bildirgan so‘zlar ifoda darajalari bilan o‘zaro farqlanib, ulardan biri

poetik nutq uchun xoslanadi. Masalan: tirik, barhayot sinonimlaridan barhayot so‘zi ifodador. Bu
so‘zda «hayotning abadiyligi» tushunchasi mavjud. Shu boisdan bu so‘zni ko‘proq poetik
asarlarda uchratish mumkin;

b) bir tushunchani ifodalagan so‘zlar emotsional-ekspressivligiga ko‘ra farqlanib, ularning

ham poetik nutq uchun mosi ajralgan. Masalan: shamol, yel, sabo, shabbada sinonimlaridan sabo,
shabboda so‘zlari emotsional bo‘yoqdorligi bilan farqlanadi;

v)poetik leksika nutq talabi bilan tilda mavjud ekvivalent so‘zlarning poetik nutq

normasiga mutanosib forma va variantlarini tanlab qo‘llash natijasida boyib boradi. Bunday forma
tildagi o‘z ekvivalentidan fonetik yoki leksik jihatdan ham farqlanishi mumkin.

Masalan, -aro — ora, ajoyib — ajab, bukun — bugun fonetik butkul — butunlay, yiroq —

uzoq, leksik jihatdan farqlanuvchi ekvivalentlardir;

g)poetik nutqning maʼlum o‘lchovdorlikka asoslanishi natijasida poetik ixchamlikka

erishish, sheʼriy nutq bo‘laklarining mutanosibligini taʼminlash maqsadida qo‘llanilgan
okkazional so‘zlar, so‘z formalari va variantlari natijasida poetik leksika boyib boradi;

d)va nihoyat, poetik so‘zlarning tabaqalanishida o‘zbek klassik adabiyotida poeziya

janrining yetakchi janr bo‘lganligi asosiy rolь o‘ynagan. Binobarin, shu janrda qadimdan
qo‘llanilib, maʼlum fuiktsiya bajarib kelgan leksemalar shu nutqqa moslashgan.

Poetik so‘zlarga xos xususiyatlardan biri asosan poetik sinopimiga ega emasligidir. M :

kishi, bashar so‘zlaridan bashar poetik so‘z. Bu so‘zlarning odam, inson, shaxs kabi umumnutqiy
siionimlari mavjud bo‘lganidek, bashar so‘zi bilan yonma-yon qo‘llaniladigan poetik sinonimi
yo‘q. Yoki Vatan, diyor so‘zlaridan diyor poetik so‘z, o‘lka, el, mamlakat umumnutqiy
sinonimlardir.

Bunday xususiyatlarni yanglig‘, siyna, samo, hur, surur, yiroq va boshqa ko‘pgina poetik

so‘zlarda ham ko‘rish mumkin. Bu so‘zlarning o‘xshash, kabi; ko‘krak, bag‘ir; osmon, ko‘k, erkin,
ozod; xursandlik, shodlik kabi umumnutqiy sinonimlari mavjud, lekin poetik sinonimlari yo‘q.
Sh u bilan bir qatorda, baʼzi bir poetik sinonimlar qatori mavjudligini ham kuzatish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1283

Masalan: yorqin, charog‘on, nurafshon, porloq sinonimik qatoridagi hamma so‘zlar poetik
bo‘yoqdorligi bilan ajraladi.

Maʼlumki, poeziyada fikr ko‘pincha so‘zning poetik maʼno ifodalashi jarayonida vujudga

keladi. V.P.Grigorьev poeziya tili tushunchasini poeziya so‘zi bilan emas, balki poetika so‘zi bilan
bog‘lash lozimligini qayd qiladi. Chunki poeziya tili o‘ziga xos til, u birinchi navbatda janr
taqozosi, nutq talabidan kelib chiqadi. Poetik nutq bezatilgan ritmik va metrik nutq

1

bo‘lib, prozaik

nutqdan quyidagicha farqlanadi:

1. Poetik nutq bir-biriga solishtirish mumkin bo‘lgan maydalangan nutq bo‘laklaridan

(misralardan) tashkil topadi. Prozaik nutq jipslashgan nutqdir.

2. Poetik nutq ichki o‘lchovga ,ega bo‘ladi. Prozaik nutq bunday o‘lchovga ega emas.
3. Poetik nutqda gap bo‘laklarining o‘rin almashuvi (inversiya) muhim rol o‘ynaydi.

Prozaik nutq grammatik holat doirasida bo‘ladi

2

.

4. Poetnk nutq lirik nutq. Prozaik nutqdagi ko‘pgnna hollar lirikaga xos bo‘lmaydi

3

5. Poetik nutqni prozaik nutqdan farqlovchi yana bir muhim belgisi obrazliligi, frazeologik

xususiyatlari, sintaktik tuzilishi, ohang va qofiya sistemasidir

4

Asarning yozilish uslubi romanning muqaddimasida biroz tushunarsiz aks etgan bo‘lsa-da,

asarga qanchalik kirib borar ekansiz asarni ham shunchalik tushun-a borasiz. Asarning tili poetik
nutq nuqtai nazaridan juda sodda tilda yozilgan. Asar bevosita yozuvchining bolalik xotiralari
bilan boshlanadi. Ijodkor so‘zdan foydalanar eka, har bir ijodkor o‘zining uslubini namoyon
qiladigan so‘zlardan foydalanadi. Yozuvchining poetik nutqi uning uslubini ham belgilab beradi.
Poetik nutq epik asarlarda muallif nutqida va obrazlarning diologlarida namoyon bo‘ladi. Buni
Genetik romanidagi parchalar misolida ko‘rib o‘tamiz.“…Bir kuni Nuh alayhissalomning xotini
non yopibdi. Nonlari qip-qizarib, po‘rsillab pishibdi. Tandirdan uzib savatga solayotsa, qo‘li
kuyib, bittasi yerga tushibdi.

– Yengchasi yo‘g‘akanmi?
Yengcha – bilakkacha yetadigan, qalinroq matodan ichiga paxta solib tikilgan uzun

qo‘lqop. Bir tarafi qorayib-kuyib ketgan bo‘ladi, yomg‘irda namlansa, kuyik isi anqiydi. Xotinlar
yangi pishgan issiq nonlarni o‘sha yengcha bilan uzishadi.

– Borakan-u, ammo qo‘liga kiyvolish esidan chiqqan ekan. Yoki non yopaverganidan ilma-

teshik bo‘lib ketganmi?

Xullas, non yerga tushganida xotin:
Hah, o‘lgur, – debdi.
Shunda Nuh payg‘ambar aytibdiki:
– Hoy nodon, rizqniyam so‘kadimi odam? Qani, tavba qilib, nonni yerdan olib ko‘zingga

sur-chi!

Xotin shunday qilibdi. Yerga tushgan non bo‘lagini olib, puf-puflab ko‘zga surtish odati

o‘shandan qolganmish…

Matallarning ko‘pida xotinlar nodon bo‘lib tasvirlanishiga aqlim shoshadi. Tashqariga

chiqqanimda ularga qiziqsinib qarayman, sirayam nodonga o‘xshashmaydi”. Yuqoridagi parchada

1

Аптганше теорпп язика н стнля. М .---Л ., . 1930. С . 190.

2

Томашспскнн В. В. Стнхн н язнк. М . Л ., 1959. С 10.

3

Адабист назарнясн. 1-том. Тогакспт. 1973. 401-бст.

4

Виноградов В. В. Стилистика. Теория поэтической речи.Поэтика. М ., 1971. С . 133


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1284

yozuvchi qadimgi rivoyatlardan parcha keltirib o‘tadi unda nuh payg‘ambar va uning turmush
o‘rtog‘i o‘rtasidagi diologni ko‘rishimiz mumkin. Diologda Nuh payg‘ambar oilasida bo‘lgan
voqea orqali ayollarga bo‘lgan munosabatning kichik namunasi berib o‘tilgan. Chunki ko‘pchilik
asarlarda ayollar nodon sifatida tasvirlab o‘tiladi.

“Xolamning ismi boshqa ayollar ismiga o‘xshamasligi hayron qoldirardi. Bizning

qishloqdagi ayollarning ismlari Oyniso, Turg‘unniso, Xosiyat, Nazira, Iboda bo‘lib, begonaroq
bunday ismni hech nimadan xabari yo‘q, umrini dalada dehqonchilik bilan o‘tkazgan buvam
qaydan topib qo‘yaqolgan ekan? Tabiiyki, maʼnosini ham bilmasdim. Аyol ismiga “oy” yoki
“xon” qo‘shib aytilgani uchun, xolamni hamma “Sofiyaxon” yoki “Sofiyaoy” deb chaqirardi,
qishloq tilida u allaqachon “Sapiya”ga aylanib ketgan edi. Sofiyaoy degan ism menga ko‘proq
yoqqani uchun, tungi bulutlar orasidan ko‘ringan xayoliy to‘lin oy manzarasini yodimga soladi.

Dasturxon ustida goho tanbeh ham berardi
– Nonni o‘ng qo‘ling bilan ye!
– Chap qo‘lim bilan yesam nima qipti?
– Chap qo‘ling bilan yesang, qurib shol bo‘lib qoladi.
Men esa bekitiqcha chap qo‘lim bilan nonni ushlab ko‘rar, qo‘lim shol bo‘lib qolmagach,

xolamning gaplariga kulardim.

Boshqa o‘gitlari ham shunaqa edi:
Kalishni o‘ng oyog‘ingdan kiy!
Nimaga?
– Oyog‘ing ishlamay qoladi!
Chumolini o‘ldirma, meni nimaga o‘ldirding, deb qarg‘aydi!
O‘tlarni payhon qilma, ularning ham joni bor, xudo deydi! Bu epizodda asarning bosh

qahramoni bo‘lgan Genetik va Sofiya xola obrazi o‘rtasidagi suhbat orqali bevosita hammamizga
bolalik xotiralarimizni esga soladi. Yozuvchining poetik mahorati orqali kichik bir suhbatda
bolalik davrlarimizga qaytamiz. Genetik ulg‘aygandan so‘ng boshqa obrazlar haqidagi tasavvuri
ham dunyoqarashi bilan birgalikda o‘zgarib boradi. Ulg‘aygan sari teran fikrlay boshlaydi,
bolalikdagi sho‘x va quvnoq xotiralar o‘rnini jiddiy o‘ylar egallay boshlaydi.

Buni quyidagi parchada ko‘rishimiz mumkin: “...Eh, ukam… Bu dunyoda yashar holim

qolmadi. Bolalar katta bo‘ldi, bari ro‘zg‘orim deb urinib yurishibdi. Gaplashay desam, nimaniyam
gaplashardim? Kelinimdan tortinaman, shu uychaga kirib o‘tiraveraman. – Otamdan qo‘rqar edim,
– dedi keyin. – Urushdan qaytib kelgach, indamas bo‘lib qolgan edi. Hech nima demasdi, o‘siq
qoshlari ostidan xo‘mrayib tikilib turaverardi. “Ota, nimaga bunaqa qarayapsiz?” desam ham lom-
mim demasdi. Hech nima qilmasdi, uy-ro‘zg‘orga qaramasdi, ko‘rgan kuniga shukr qilib
o‘tiraverardi. O‘zi gapirmasdi, gapi bo‘lsa enam orqali yetkazardi. Shu, ulg‘ayganimda “Uylansin,
bir etak bola-chaqa ko‘rsin” debdi. Ota-ku, gapini ikki qilib bo‘larmidi? Uylanganimdan keyin
ro‘zg‘or boshimga tushdi… Xudoga shukr, Xolis yaxshi xotin chiqdi.

O‘ylab qarasam, Xolisimni rosa yaxshi ko‘rgan ekanman, – dedi xo‘rsinib.– Shu yoshga

kirib, endi bildingizmi? – deb kuldim. – Ha, qadrini ko‘rsatib qo‘ydi. Hayotdaligida arazlab
onasinikiga ketib qolsa, bir-ikki kundan keyin baribiram qaytib keladi, deb bormas edim.
Haqiqatan ham, kun o‘tib, bir qo‘lida tuguni, bir qo‘lida bolasi bilan kirib kelaverardi. Onasi
o‘tganidan keyin sira ketmadi. Boradigan joyi yo‘q edi-da, qaygayam borsin? Mana, endi arazlab


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1285

ketgan joyini qara! – dedi xayolchan. Nimanidir eslab yana kulimsiragan edi, yuzi yorishib ketdi.
– Baribiram izimdan kelmaydi deb o‘tirgandir?

REFERENCES

1.

Аптганше теорпп язика н стнля. М.-Л., . 1930. С. 190.

2.

Томашспскнн В. В. Стнхн н язнк. М.Л ., 1959. С 10.

3.

Адабист назарнясн. 1-том. Тогакспт. 1973. 401-бст.

4.

Виноградов В. В. Стилистика. Теория поэтической речи. Поэтика. М., 1971.

5.

I.Sulton Genetik. “Yoshlik” jurnali 2006. 120 b

References

Аптганше теорпп язика н стнля. М.-Л., . 1930. С. 190.

Томашспскнн В. В. Стнхн н язнк. М.Л ., 1959. С 10.

Адабист назарнясн. 1-том. Тогакспт. 1973. 401-бст.

Виноградов В. В. Стилистика. Теория поэтической речи. Поэтика. М., 1971.

I.Sulton Genetik. “Yoshlik” jurnali 2006. 120 b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов