ABOUT DIRECTING STUDENTS TO THE PROFESSION

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Norqulova, S. (2023). ABOUT DIRECTING STUDENTS TO THE PROFESSION. Modern Science and Research, 2(5), 1286–1289. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20692
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the guidance of the young generation to the profession has always been listed as one of the priority issues facing our country and politics. In order to implement this process, the role of our children's parents and educational institutions and the activities of teachers and practicing psychologists working there are of great importance. This article briefly discusses the existing problems in the correct orientation of students to the profession, the shortcomings in practice, and ways to eliminate them.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1286

O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH HAQIDA

Norqulova Sojida Bahriddinovna

Navoiy viloyati Karmana tumani Hamza Umarov nomidagi

22-sonli maktabning amaliyotchi - psixologi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7985303

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o’sib kelayotgan yosh avlodni kasbga yo’naltirish hamisha

davlatimiz, siyosatimiz oldida turgan ustivor masalalardan sanalib kelingan. Mazkur jarayonni
amalga oshirish uchun farzandlarimiznung ota-onalari hamda ta’lim muassasalarining o’rni va
u yerda faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar hamda amaliyotchi psixologlarining faoliyati katta
ahamiyatga ega. Ushbu maqolada o‘quvchilarni kasbga to’g’ri yo‘naltirishdagi mavjud
muammolar, amaliyotdagi kamchiliklar ularni bartaraf etish yo‘llari haqida qisqacha fikr
yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

To‘g‘ri kasb tanlash, ijtimoiylashtirish, o‘z-o‘zini baholash, ta’lim berish,

pedagogik-psixologik.

ABOUT DIRECTING STUDENTS TO THE PROFESSION

Abstract.

In this article, the guidance of the young generation to the profession has always

been listed as one of the priority issues facing our country and politics. In order to implement this
process, the role of our children's parents and educational institutions and the activities of
teachers and practicing psychologists working there are of great importance. This article briefly
discusses the existing problems in the correct orientation of students to the profession, the
shortcomings in practice, and ways to eliminate them.

Key words:

Choosing the right profession, socialization, self-assessment, education,

pedagogical-psychological.

О НАПРАВЛЕНИИ СТУДЕНТОВ К ПРОФЕССИИ

Аннотация.

В данной статье ориентация молодого поколения на профессию всегда

указывалась как одна из приоритетных задач, стоящих перед нашей страной и политикой.
В реализации этого процесса большое значение имеют роль родителей наших детей и
образовательных учреждений, деятельность работающих в них педагогов и
практикующих психологов. В данной статье кратко рассматриваются существующие
проблемы в правильной ориентации студентов на профессию, недостатки на практике и
пути их устранения.

Ключевые слова:

Выбор профессии, социализация, самооценка, воспитание,

педагогико-психологический.

Inson bolasi kamolga yetgani sari ilmga, ma’rifatga talpinadi. Dastlabki saboqni ham u

maktabdan oladi. Ammo kelajagimiz egalari bo’lgan yoshlarga ta’lim berish ularni o’qitish bilan
bog’liq ayrim muammolar bugungi kunda kishini o’ylantirib qo’yayotgani tabiiy. Chunki
zamonaviy shiddatkor jamiyat esa yetuk bilimdon mutaxasis kadrlarga muxtoj bo’lib boraveradi.

Kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o’ta muhim bosqichi bo’lajak

kasbni tanlash, ya’ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Ravshanki, yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi, faqatgina yosh xususiyatlariga
bog’lik emas, u ma’lum yoshga kelib o’z o’zidan shakllanib qolmaydi. Yoshlarning kasb tanlashga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1287

pedagogik-psixologik bilim, ko’nikma, malakalar, shuningdek, jamiyatning ta’siri orqali
tayyorlash va tarbiyalash lozim.

Mazkur jarayonda shaxsdan kasbga doir bilimlarga ega bo’lish talab qilinadi. Shuning

uchun xam o’quvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan qurollantirish hamda amaliy
ko’nikma va malakalarni hosil qilish lozim. Buning uchun kasblarga doir qo’llanmalar, tarqatma
materiallar bilan ta’minlash lozim. Shundagina kasb tanlash jarayonida yuzaga keladigan turli
qiyinchilik, ziddiyat, to’siqlarni oldini olgan holda o’quvchi-yoshlarni ongli ravishda kasbga
yo’llash imkoniga ega bo’lamiz.

Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar, shakllanayotgan madaniy bozor

munosabatlari, ishlab chiqarishning keskin rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiyoti qizg‘in
kechayotgan davrda jamiyat va shaxs ehtiyojlarining uzviy mutanosibligiga erishish yoki uni
ta’minlash oson ish emasligini tasdiqlamoqda. Chunki hamisha ham yoshlar o‘z iqtidori,
salohiyati, aqliy va intellektual potensialiga mos va jamiyat uchun manfaat keltiruvchi kasblarni
tanlay olmaydilar.

Bu qarama - qarshilikni bartaraf etish uchun yoshlarda kasb tanlashning ijobiy (pozitiv)

motivlarini shakllantirishda jamiyat va jamoatchilik ta’sirini kuchaytirish o‘ta muhim ahamiyatga
ega. Bu hayotiy dolzarb vazifa yoki muammoni hal etishda albatta oila va maktab, mahalla va
jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa tuzilmalar yaxlit tizim sifatida bir maqsad
atrofida uyushishlari lozim bo‘lmoqda.

Uzluksiz ta’lim tizimida kasb-hunarga yo‘naltirish har bir o‘quvchiga o‘zligini anglash va

betakror o‘ziga xosligi asosida ham hayotiy ham kasbiy istiqbolini belgilashda yordam beradi.
Kasbga yo‘naltirish jarayoniga amaliy – psixologik texnologiyalarni tatbiq etish bilan shaxsning
kasbiy o‘zligini anglashi va kasbiy istiqbol rejasini belgilashi uchun bevosita ijtimoiy-psixologik
sharoit yaratiladi. Bu – faoliyat samaradorligini oshirishning zarur omillaridan biri hisoblanadi.
Shaxs (o’quvchilar)ning biror bir faoliyat turini tanlayotganda, dastlab bilishi lozim bo‘lgan narsa
nima sababdan u aynan shu kasbni tanlayotganligi va aynan qaysi korxona yoki firmada ishlashni
istayotganligini bilishdir. Bu masala psixologiyada motivlar va kasbiy motivatsiya hodisasi bilan
bog‘liq. Professional mahorat va kasb motivatsiyasi haqida gap ketganda ularga ta’sir etuvchi ikki
guruh omillar nazarda tutiladi: ob’ektiv hamda sub’ektiv.

Ob’ektiv omillar – bu inson faoliyatiga bevosita aloqador bo‘lgan, shu faoliyat talab

qiladigan tamoyillar, normalar va cheklovlar hamda inson tomonidan talab etiladigan professional
bilimlar, malaka va ko‘nikmalar, professional muhim sifatlardir. Bu omillarga yana ishlab
chiqarish sharoitlarining o‘zi, ularning qanchalik yangi davr talablariga binoan modernizatsiya
qilinganligi rol o‘ynaydi.

Sub’ektiv omillar – insonda avvaldan mavjud bo‘lgan layoqat, qobiliyat, mehnatga

nisbatan motivatsiya, ish faoliyatdagi da’vogarlik darajasi, o‘ziga nisbatan shakllangan baho va
turli xil xato va kamchiliklardan o‘zini-o‘zi psixologik jihatdan himoya qilish qobiliyatidir. Bu
omillar guruhi ham juda ahamiyatli bo‘lib, ular ko‘proq tashqi omillardan ko‘ra insonning o‘ziga
bog‘liq.

Yosh avlodni o’z kelajagini tanlash va uni barpo etishida albatta axborotlarni tahlil qilish

ko’nikmasi kerak. Ushbu ko’nikma o’quvchilarning kasb tasnifi, uning asosiy turkumlariga xos
umumiy xususiyatlarni bilishi, kasblarning murakkablik omillarini taxlil qila olishi bilan
baholanadi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1288

-Gnostik ko’nikmalar. U kasbi bo’yicha talab qilinadigan shart-sharoitlar bilan

o’quvchining qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari, salomatligi va boshqa sifatlarining o’zaro
muvofiqligini aniqlash asosida baholanadi;

-Konstruktiv ko’nikmalar. O’quvchi tomonidan kasbga doir shaxsiy rejaning mazmuni,

bo’limlari va vazifasiiing asoslanishi, kasbga tayyorgarlik va kasb mahoratini oshirish usullarini
egallaganligi.

-Tashkiliy ko’nikmalar. Kasbga moslashtirish va kasbga xos bilimlarni, malakalarni

egallash hamda diagnostik kasb maslahatidan foydalanishni, maktab o’quvchilariga bo’lgan
talablarni, ularning bir-biridan farqini bilishi.

Kasb-hunar tanlashda adashmaslik uchun o’quvchilar quyidagilarni bilishi va uddalashi

kerak:

1. mehnat va kasb turlariga bo’lgan o’z moyilligi, qiziqish va layoqat;
2. Kasb-hunar bo’yicha mehnat sharoiti va mazmuni (predmeti, maqsadi, mehnat quroli,

ishchining asosiy vazifalarini, bilimni, ko’nikmalarni, mehnat tashkillashtirish;

3. Insonning shaxsiy xislat-lari va sog`ligiga kasb tomonidan qo’yiladigan talablarni;
4.Tanlagan kasb-hunar bo’yicha ishlash mumkin bo’lgan eng yaqin korxonalar

to’g`risidagi ma`lumotlarni, to’garaklarda ishtirok etish jarayonida o’z qiziqish va tamoyillarni
amaliyotda sinash va hokazolar.

Keltirib o’tilgan fikr-mulohazalardan xulosa shundan iboratki, rivojlana-yotgan shaxsning

yaqin kelajakda ma’lum bir kasbga yoki faoliyatga yo‘nalganligini ta’min etuvchi muhim
individual-psixofiziologik va psixologik xususiyatlari majmuasi uning kasbiy muvofiqligini
tashkil etadi.

Yoshlarning o‘z kasbini tanlash kabi xislatlarini chuqur tushungan holda faol izlanib,

bo‘lajak kasbu-korni to‘g‘ri tanlashlariga imkon beruvchi ichki bir anglanilgan salohiyat majmuasi
esa kasb tanlashga tayyorlik darajasini belgilab beruvchi omil sanaladi. Shaxsning kasbiy
shakllanishida kasbiy yo‘nalganlik va kasb tanlashga tayyorlik xislatlari birgalikda, bir butun
holda rivojlanib, bir-birini taqozo etgan holda takomillashib borishi, bizningcha, yana muhim sifat,
ushbu kasbiy ustanovkalar barqarorligini ta’minlashdir. Bunda bolani o‘rab turgan atrof-muhit, u
tarbiyalanayotgan muhitdagi shaxslararo va guruhlararo munosabatlarning roli kattadir.


REFERENCES

1.

Sharipov SH. S., Davlatov K., Nasriddinova G. S. KASBGA YO’NALTIRISH-
NING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI O’QUV QO’LLANMA Toshkent –
2007.

2.

Melibaeva, R. (2020). O dialekticheskom xaraktere protsessa stanovleniya lichnosti
studenta.

3.

Normetova, Yu. (2015). Izuchenie sotsialno-psixologicheskix podxodov k
problemam zdorovya i bolezni. In Ot istokov k sovremennosti (pp. 304-306).

4.

Xolyigitova, N. X. (2019). Ijtimoiy psixologiyada o‘quv faoliyati motivatsiyasining
rivojlanish omillari (ilmiy adabiyotlar tahlili). Sovremennoe obrazovanie
(Uzbekistan),


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1289

5.

Xolyigitova,

N.

(2014).

Innovatsion

texnologiyalar–ta’lim

va tarbiya

jarayonlarining sifat va samaradorligi omili sifatida. Sovremennoe obrazovanie
(Uzbekistan), (1),

References

Sharipov SH. S., Davlatov K., Nasriddinova G. S. KASBGA YO’NALTIRISH-NING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI O’QUV QO’LLANMA Toshkent – 2007.

Melibaeva, R. (2020). O dialekticheskom xaraktere protsessa stanovleniya lichnosti studenta.

Normetova, Yu. (2015). Izuchenie sotsialno-psixologicheskix podxodov k problemam zdorovya i bolezni. In Ot istokov k sovremennosti (pp. 304-306).

Xolyigitova, N. X. (2019). Ijtimoiy psixologiyada o‘quv faoliyati motivatsiyasining rivojlanish omillari (ilmiy adabiyotlar tahlili). Sovremennoe obrazovanie (Uzbekistan),

Xolyigitova, N. (2014). Innovatsion texnologiyalar–ta’lim va tarbiya jarayonlarining sifat va samaradorligi omili sifatida. Sovremennoe obrazovanie (Uzbekistan), (1),

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов