INTERPRETATION OF THE HERO OF A LITERARY WORK

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Umarov , D. ., & Tojimatova, Z. (2023). INTERPRETATION OF THE HERO OF A LITERARY WORK. Modern Science and Research, 2(6), 1104–1106. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21486
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, one of the important topics in the science of literary studies is information about the problem of the hero. Similarities and differences between concepts such as hero, character, image were studied.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1104

ADABIY ASAR QAHRAMONI TALQINI

Umarov Davron Odiljon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi

Tojimatova Zulayho Abdug’affor qizi

Farg‘ona davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8067971

Annotatsiya.

Ushbu maqolada adabiyotshunoslik ilmidagi muhim mavzulardan biri

qahramon masalasi haqida ma’lumot berildi. Qahramon, personaj, obraz kabi tushunchalar
o’rtasidagi o’xshash va farqli jihatlar o’rganildi.

Kalit so’zlar:

hikoya, qahramon, personaj, obraz, estetik kategoriya, janrlar sistemasi,

sotsialistik metod.

INTERPRETATION OF THE HERO OF A LITERARY WORK

Abstract.

In this article, one of the important topics in the science of literary studies is

information about the problem of the hero. Similarities and differences between concepts such as
hero, character, image were studied.

Key words:

story, hero, character, image, aesthetic category, system of genres, socialist

method.

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ГЕРОЯ ЛИТЕРАТУРНОГО ПРОИЗВЕДЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье одной из важных тем литературоведческой науки

является информация о проблеме героя. Изучены сходства и различия таких понятий, как
герой, персонаж, образ.

Ключевые слова:

рассказ, герой, персонаж, образ, эстетическая категория,

жанровая система, социалистический метод.

Adabiyotda qahramon, personaj, obraz kabi tushuncha va masalalar juda katta o‘rinni

egallaydi. Chunki, har qanday asarda umumiy qilib aytganda, inson qatnashadi. Adabiyot
markazida inson turadi. Lirik asarlarga nazar tashlasak, lirik qahramon orqali insonning tuyg‘u,
kechinma va hissiyotlariga duch kelamiz; epik asarlarda – butun boshli inson taqdirlari haqida
hikoya qilinadi; dramatik asarlar esa insonni barcha jihatlarini teran ochib bera olish kuchiga ega.
Inson taqdiri hamisha eng qiziq jarayon bo‘lib kelgan. Asarlar qiziqib o‘qilishi, qahramonlar
hayotidan o‘ziga kerakli jihatlar olinishi bevosita asarda inson taqdiri yoritilganligi bilan
belgilanadi. Yuqorida ta’kidlaganimiz, inson taqdiri esa asarda qatnashgan qahramon, personaj va
obrazlar orqali kitobxonga yetkaziladi.

Qahramon tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ilmiy adabiyotlarda bir-biriga yaqin

fikrlarni ko‘plab uchratishimiz mumkin. Xususan, ilmiy lug‘atlarda qahramon atamasining
birinchi ma’nosi izohlanganda: «

asar personajlari tizimida yetakchi mavqe tutib, g‘oyaviy-badiiy

konsepsiyani shakllantirish va ifodalashda muhim rol o‘ynovchi shaxs obrazi

»

1

[1, 378]

– deb

ta’riflangan. Terminni bu ma’noda tushunish epik yoki dramatik asar personajlarini darajalashni
ko‘zda tutadi ham: syujet voqealari qahramon atrofida uyushtirilib, boshqa personajlar u bilan
bog‘liq holda asar voqeligiga kiritiladi; ular qahramon bilan hokim-tobe bo‘lib, unga nisbatan
yordamchi funksiyalarni bajaradi. Ko‘p chiziqli murakkab syujet qurilishiga ega yirik hajmli

1

Қуронов Д, Мамажонов З, Шералиева М . Aдабиётшунослик луғати. – Т:Aкадемнашр, 2010 йил.– Б. 378


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1105

asarlarda bir emas, bir nechta qahramon harakatlanishi ham mumkin. Bu holda personajlar
sistemasi o‘z ichida mikrosistemalarga ajralib, ularning markazida qahramonlardan biri turadi.
Bunga misol qilib, Abdulhamid Cho‘lponning «Kecha» romanining boshlanishida ikkita shunday
mikrosistemalar, ya’ni birining markazida Zebi, ikkinchisining markazida Akbarali turganini
keltirishimiz mumkin. Asarda voqealar rivoji davomida Zebi mikrosistemasi yemirilib, uning o‘zi
Akbarali mikrosistemasining elementiga aylanadi, Miryoqub va Razzoq so‘fi kabi qahramonlar
esa yangi mikrosistemani tashkil qiladi. Yuqoridagi fikrlardan ayon bo‘ladiki, «Kecha» asarida
to‘rtta qahramon bor. Bular: Zebi, Akbarali, Miryoqub, Razzoq so‘fi. Bunga qo‘shimcha ravishda,
bu qahramonlar ham asar syujet-kompozitsion qurilishidagi o‘rni va muallif maqsadini
ifodalashdagi ahamiyati nuqtayi nazaridan darajalanishi, bosh va ikkinchi darajali qahramonlarga
ajratilishi mumkin. Masalan, Romanning syujet-kompozitsion qurilishi jihatidan Zebi bosh
qahramon bo‘lsa, badiiy konsepsiyani butlash va ifodalashdagi roli nuqtayi nazaridan Miryoqub
bosh qahramondir. Kichik hajmli epik asarlarda, hikoya va qissalarda, odatda, bitta qahramon
harakatlanadi. Lekin buni qat’iy qoida deb qabul qilmaslik kerak, istisno holatlar ham ko‘plab
uchrab turadi. Masalan, tasvirlanayotgan hayotiy holatning o‘zi yetakchi estetik ahamiyat kasb
etgan Abdulla Qahhorning «Anor» hikoyasida Turobjon ham, uning xotini ham birdek qahramon
sanalishi mumkin.

Qahramon tushunchasi faqat estetik kategoriya bo‘lmay, etik kategoriya ham hisoblanadi.

Shuning uchun adabiyotshunoslikda

ijobiy qahramon va salbiy qahramon

tushunchalari

farqlanishini kuzatish mumkin. [2,70] Garchi so‘nggi yillarda adabiy qahramonlarni bu tarzda
tasniflash tanqid ostiga olinib, unga adabiyotni jo‘nlashtirish deb qaralayotgan bo‘lsa ham, tasvir
qaratilgan predmetga muallif munosabati mavjud ekan, bu hodisa o‘z o‘rnini saqlab qolaveradi.
Faqat bu o‘rinda bitta muhim jihatni unutmaslik kerak: ya’ni ijobiy yoki salbiy qahramonga
avvaldan shakllangan simpatiya yoki antipatiya asosida munosabatda bo‘lmay, unga, avvalo
estetik hodisa sifatida yondashish zarur. Bu shart bajarilmagan holda o‘quvchi badiiy voqelikni
qahramonlardan biri yoki nari borsa roviy nigohi bilan ko‘radiki, natijada o‘qish jarayoni
ijodiylikdan mosuvo bo‘ladi.

Adabiyotshunoslikda aksilqahramon tushunchasining mavjudligi

uchun qahramon faqat, estetik kategoriyagina bo‘lmay, etik kategoriya ham ekanligining yana bir
dalilidir.

[1,378-379]

Qahramon tushunchasining ikkinchi ma’nosiga ta’rif berilganda, muomala amaliyotida,

ba’zan ilmda qahramon termini adabiy asarda harakatlanuvchi har qanday shaxs obrazi ma’nosida
ham qo‘llanadi. Bu holda u personaj terminiga sinonim bo‘lib, hech qanday darajalanishni ko‘zda
tutmaydi. Quyidagi fikrlar ham qahramon masalasini ochishda xizmat qiladi:

Zamon va qahramon

masalasi doimo adabiyot oldidagi markaziy masalalardan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib
qolajak. O‘zbek sovet adabiyotining barcha bosqichlarida, davr oldidagi yuksak grajdanlik
burchini chuqur tushunib va uni amalga oshirish yo‘lida tinim bilmaydigan qahramonlar
obrazlari yaratilgan. Bu obrazlarning har biri ma’lum davrning talablari va ehtiyojlari bilan
birga tug‘ilgan, ammo o‘quvchilarning doimiy do‘sti va maslahatchilariga aylanib qolgan adabiy
qahramonlardir.

2

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, adabiyotshunoslikda va umuman, adabiyotda

qahramon masalasi markaziy o‘rinni egallaydigan masalalardan biri bo‘lib qolaveradi. Chunki

2

Шермуҳаммедов П. Давр қаҳрамон тақдирида. – Т.:1976. – Б. 8-9


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1106

adabiyot bu, birinchi navbatda, insonshunoslik ham demakdir. Asarlar yaratilar ekan, unda inson,
inson taqdiri, his-tuyg‘ulari, dunyoqarashi, jamiyat bilan aloqasi va yana juda ko‘plab qirralar ham
yoritilishda davom etadi. Bu yo‘lda qahramon, personaj, obraz va xarakter kabi tushunchalarni
teran anglash adabiyotning «kuchi»ni atroflicha anglab yetishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Қуронов Д, Мамажонов З, Шералиева М. Aдабиётшунослик луғати. –
Т:Aкадемнашр, 2010 йил.

2.

Aдабий тур ва жанрлар. 3 жилдлик.1-жилд. – Т.: ФAН, 1991.

3.

Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics. Academicia
Globe: Inderscience Research, 3(2), 1-3.

4.

Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH
ОBYЕKTI SIFАTIDА. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY
JURNALI, 2(11), 176-182.

5.

Vosiljonov,

A.

(2022).

PRAGMALINGVISTIKA

VA

UNING

TAHLILIY

SHAKLLANISH TARIXI. Science and innovation, 1(B8), 99-105.

6.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS
ANALYTICAL DEVELOPMENT. Science and Innovation, 1(8), 99-105.

7.

Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE
EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES. International journal of advanced research
in education, technology and management, 2(2).

8.

KHALIMBOYEVA, F., & VOSILJONOV, A. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALAR

DIQQATINI

RIVOJLANTIRISH

MUAMMOSINI

NAZARIY

OʻRGANILISHI. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(5), 94-98.




References

Қуронов Д, Мамажонов З, Шералиева М. Aдабиётшунослик луғати. – Т:Aкадемнашр, 2010 йил.

Aдабий тур ва жанрлар. 3 жилдлик.1-жилд. – Т.: ФAН, 1991.

Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(2), 1-3.

Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH ОBYЕKTI SIFАTIDА. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 176-182.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGVISTIKA VA UNING TAHLILIY SHAKLLANISH TARIXI. Science and innovation, 1(B8), 99-105.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS ANALYTICAL DEVELOPMENT. Science and Innovation, 1(8), 99-105.

Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

KHALIMBOYEVA, F., & VOSILJONOV, A. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR DIQQATINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOSINI NAZARIY OʻRGANILISHI. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(5), 94-98.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов