NON-PROFIT ORGANIZATIONS, THEIR DEVELOPMENT, SUPPORT AND MANAGEMENT

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xasanov, J. . (2023). NON-PROFIT ORGANIZATIONS, THEIR DEVELOPMENT, SUPPORT AND MANAGEMENT. Modern Science and Research, 2(6), 1227–1230. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21638
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

It is not a secret that this thesis is considered a key element of the development of non-profit organizations, their development, support and management, and non-profit organizations. Today, the socio-economic situation shows that in order to have a place in the life of society, it is necessary that NGOs carry out their tasks without deviations.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1227

NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR, ULARNI RIVOJLANTIRISH,

QO‘LLAB QUVVATLASH VA BOSHQARISH

Xasanov Jaxongir Botir o'g'li

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi bosh hisobchisi

E-mail:

903202221@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.8080899

Annotatsiya.

Ushbu tezis nodavlat notijorat tashkilotlar, ularni rivojlantirish, qo‘llab

quvvatlash va boshqarish hamda nodavlat notijorat tashkilotlar taraqqiyotning asosiy elementi
hisoblanishi sir emas. Bugungi kun ijtimoiy-iqtisodiy holati ko`rsatmoqdaki, jamiyat hayotida o‘z
o‘rniga ega bo‘lishi uchun nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni
og‘ishmay amalga oshirishi zarur.

Kalit so‘zlar:

nodavlat notijorat tashkilot, jamiyat, taraqqiyot, tushuncha, metod.

НЕКОММЕРЧЕСКИЕ ОРГАНИЗАЦИИ, ИХ РАЗВИТИЕ, ПОДДЕРЖКА И

УПРАВЛЕНИЕ

Аннотация.

Этот тезис не секрет, что НПО, их развитие, поддержка и

управление, а также НПО являются ключевым элементом прогресса. Сегодняшняя
социально-экономическая ситуация показывает, что для того, чтобы иметь место в
жизни общества, необходимо, чтобы НПО без отклонений выполняли поставленные перед
ними задачи.

Ключевые слова:

НПО, общество, прогресс, концепция, метод.

NON-PROFIT ORGANIZATIONS, THEIR DEVELOPMENT, SUPPORT AND

MANAGEMENT

Abstract.

It is not a secret that this thesis is considered a key element of the development

of non-profit organizations, their development, support and management, and non-profit
organizations. Today, the socio-economic situation shows that in order to have a place in the life
of society, it is necessary that NGOs carry out their tasks without deviations.

Key words:

non-profit organization, society, development, concept, method.


Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng koʼlamli islohotlar

milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz
chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini,

inson

huquq

va

erkinliklarini,

millatlararo totuvlik va diniy bagʼrikenglik muhitini taʼminlash uchun muhim poydevor
boʼldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini
roʼyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Ma’lumki, mamlakatimizning so’ngi yillarida jamiyat hayotining barcha sohalarida

demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik
jamiyati boshqa institutlarining roli va ahamiyati, ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha ta’sirli va
shuning bilan birga muhim chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan 200

dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
uchun zarur institutsional baza yaratildi.

Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 9 200 dan ziyod nodavlat

notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1228

demokratik

qadriyatlarni

himoya

qilishda,

ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga

erishishda muhim rol o‘ynamoqda.

Ma'lumki, zamonaviy davlatlarda hukumat alohida olingan fuqarolarga nisbatan ular

a'zo bo’lgan ijtimoiy guruhlar vositasida ta'sir ko’rsatadi. Chunki, ijtimoiy guruhlarni
birlashishga, harakat qilishga undovchi kuch bo’lishi lozim. Albatta, bu kuchni ularning
manfaatlari tashkil etishi kerak. Manfaatlar alohida ijtimoiy guruhlarning manfaatlari sifatida
namoyon bo’lsa-da, bu guruhlarning a'zolari faqat mazkur bir guruhning a’zosi emas, balki bir
vaqtning o’zida boshqa ijtimoiy guruhlarning ham a'zosi bo’lishi mumkin. Buning sababi shuki,
har bir ijtimoiy qatlamning o’zi bir necha kichik guruhlarga bo’linib, ular bir-biridan malakasi,
qanday mashg’ulot bilan bandligi va boshqa ijtimoiy belgilari bilan farqlanadi. Bundan
ko’rinadiki, har bir guruh a'zosi ish joyida birinchi, bo’sh vaqtida ikkinchi guruhning a'zosi
bo’lishi mumkin.

Mamlakat fuqarolarining ma'lum ijtimoiy guruhga mansubligidan kelib chiqib,

nodavlat

notijorat

tashkilotlarga

uyushishi

natijasida

manfaatlar uyg’unlashuvi ro’y

beradi. Qaysi shaxsning qanday ijtimoiy guruhga a'zoligi, uning manfaatlaridan qay biri
ustuvor va barqaror ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, u o’zi uchun muhimroq bo’lgan
ijtimoiy guruhga a'zo bo’lishi mumkindir.

Ana shunday

ahamiyatli

guruhlar ta'siri

ijtimoiy

tuzulmalar irodasini ifodalaydi. Hukumat esa, bu kabi guruhlar manfaatini doim

e’tiborga olishi lozim hisoblanadi.

Mamlakatimizni

2017-2021-yillarda

rivojlantirishning

beshta

ustuvor yo‘nalishi

bo‘yicha “Oʼzbekiston Respublikаsini yanаdа rivojlаntirish boʼyichа Hаrаkаtlаr strаtegiyasi
toʼgʼrisidа” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilinib, unda davlat va jamiyat
hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4
mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.

Farmondan

misol

keltiradigan

bo’lsak,

davlat

va

jamiyat

qurilishini

takomillashtirishga yoʼnaltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni
modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish,
davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini
rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va
samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik
jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish.

Shuningdek,

mamlakatimizda

yashayotgan

insonlarning

huquqlarini ta’minlash,

davlat organlarining ochiqligini yanada kuchaytirish, shuning bilan birga fuqarolik jamiyati
institutlarining ro’li hamda aholi va jamoat birlashmalarining

siyosiy

faolligini

oshirish

bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jamoat birlashmasi tushunchasi nodavlat notijorat tashkilot tushunchasidan oldinroq paydo

bo‘lgan. Demak, jamoat birlashmasi tushunchasining keng mazmunga egaligini Asosiy
qonunda, qonunlarda, shuningdek ko‘plab qonun osti hujjatlarida jamoat birlashmasi
tushunchasi ko‘p qo‘llanilgani bilan izohlash mumkin. Shuningdek, ba’zi mualliflar “90 yillar
o‘rtalaridayoq nodavlat tashkilot atamasi” qo‘llanilganini aytib o‘tganlar. Bu borada boshqacha
qarashlar ham mavjud, ya’ni konstitutsiyaviy asosga ko‘ra “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi
Qonun shu tizimga kiruvchi qonunlar uchun umumiy asos bo‘lishi kerak. Lekin bu fikrga
qo‘shilish biroz noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Chunki fikrimizcha, jamoat


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1229

birlashmasi nodavlat notijorat tashkilotning turi bo‘lgan “jamoat fondi” tushunchasini o‘zida
qamrab olmaydi.

Shuningdek, “jamoat tashkiloti nodavlat notijorat tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli

sifatida fondlar va boshqa shakllar qatorida ko‘rilishi kerak”. G‘arb adabiyotlarida uchta asosiy
belgini: “nodavlat, notijorat va ixtiyoriylik” ni o‘zida jamlagan tashkilotlarni jamoat tashkilotlari
deb ataydilar. Bu haqida Sh.Nazarov “jamoat tashkilotlari faoliyatiga oid qonun hujjatlarida
“jamoat tashkiloti” va “jamoat birlashmasi” tushunchalari o‘rtasida muayyan

definitsiya

ko‘rsatilmaganligi natijasida tegishli amaliyotda bir qator tushunmovchiliklar kelib
chiqayotganligini ta’kidlash joiz. Shuni e’tiborga olgan holda, bizning fikrimizcha, mazkur
jamoat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni umumlashtirib “Nodavlat notijorat
tashkilotlari va jamoatchilik birlashmalari to‘g‘risida”gi deb nomlash to‘g‘ri bo‘ladi”.

Nodavlat notijorat tashkilotlari umuman keng miqyosda olganda jamoat birlashmalari

tizimida oraliq o‘rinni egallagan holda huquqiy jihatdan asoslangan ijtimoiy tushunchadir. Oraliq
o‘rinni egallashi deganda barcha jamoat birlashmalarining tub negizi qisman nodavlat
notijorat tashkilotlariga kelib tutashadi. Masalan: jamoat birlashmalarining turi bo‘lgan kasaba
uyushmasi va siyosiy partiya tuzilishida ham fuqarolarining manfaatlar va maqsadlar
mushtarakligi dastlabki o‘ringa qo‘yiladi. Nodavlat notijorat tashkilotlari jismoniy va
yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalashi hamda himoya qilishi
asosiy maqsadlaridan biri sanaladi.

Nodavlat notijorat tashkilotini tuzishning umumiy maqsadi ijtimoiy foydali

manfaatlarining

qondirilishida

aks

etishi

ifodalanadi.

O‘zbekiston

Respublikasining

“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunida ijtimoiy foydali manfaatlarni ifoda
etuvchi faoliyat turlari alohida ta’kidlangan bo‘lib, ular quyidagilar:

-

jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarni himoyalash;

-

demokratik qadriyatlarni himoya qilish;

-

ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy ahamiyatga molik faoliyat maqsadlarga erishish;

-

ma’naviy va boshqa xildagi nomoddiy ehtiyojlarni qondirish;

-

xayr-saxovat ishlarini amalga oshirish.

Mazkur qayd etilgan faoliyat turlaridan nodavlat notijorat tashkilotlarining vazifalari kelib

chiqadi. Fikrimizcha, nodavlat notijorat tashkilotlarining vazifasini tahlil etishda “maqsad”,
“vazifa” va “funksiya” tushunchalarining o‘zaro munosabatlariga e’tibor qaratish lozim.
Buning uchun nodavlat notijorat tashkilotlari maqsadining shakllanishida uning ijtimoiy burchi
namoyon bo‘lishi, bu maqsadga erishish uchun aniq vazifalarni bajarish zarurligi hamda bu
holat tegishli funksiyalarni amalga oshirishni taqozo etishini yodda tutishimiz kerak. Ayni
paytda “funksiya” va “vazifa” bir-biridan ajralmas tushunchalar ekanligini ta’kidlash joiz.
Vazifalar va funksiyalarning ta’riflari ham bir-biriga o‘xshab ketadi. Buning boisi shundaki,
nodavlat notijorat tashkilotlari va jamiyat oldida muayyan vazifalar ko‘ndalang turgan bo‘lsa,
ularga taalluqli funksiyalarni ham amalga oshirish zarurati vujudga keladi. Aks holda nodavlat
notijorat tashkilotlarining vazifalari bajarilmay qolib ketishi mumkin.

Shunday qilib, vazifa ikki xil zaruratni, ya’ni biron-bir maqsadga erishish hamda

muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanishni o‘z ichiga oladi.

Nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilib o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni xolisona

amalga oshirishining afzallik tomonlari quyidagilardan iborat:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1230

-

aholi o‘rtasida ishsizlik kamayib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi;

-

insonlar ma’lum bir g‘oya atrofida birlashib, ijtimoiy hayotdagi ba’zi

muammolarini hal qilinishiga o‘z hissalarini qo‘shadilar;

-

aholi bo‘sh vaqtidan unumli foydalanib, jamiyat uchun zararli illatlardan

yiroqlashadilar;

-

tashkilotdagi ish jarayonida yoshlarda hayotiy ko‘nikma hosil bo‘ladi va mustaqil

hayotga tayyorlanadilar va h.k.

Jamiyat hayotidagi mavjud muammolarni hal etish uchun nodavlat notijorat

tashkilotlari o‘z faoliyatlarini takomillashtirishlari va bu borada ba’zi vazifalarni amalga
oshirishlari zarur. Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamiyatdagi vazifalarini o‘rganib tadqiq
qilgan olimlar S.Jo‘raeva, A. Gonorskaya, Sh.Nazarovlar asosan bu borada umumiy va
asoslantirilgan

fikrlarni

berib

o‘tadilar. S.Jo‘raeva

fuqarolik jamiyati institutlarining

vazifalari sifatida ko‘proq siyosiyhuquqiy jihatiga e’tibor qaratadi. Jumladan, “aholining
siyosiy hayotda faol ishtirok etishiga ko‘maklashish o‘z ta’sir doirasidagi fuqarolarni
hukumat tomonidan qabul qilingan yoki tayyorlanayotgan qarorlar to‘g‘risida xabardor qilish,
qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini tushuntirish” deb qayd etilgan.

Shuningdek, tadqiqotchi S.Jo‘raevaning fuqarolik jamiyati institutlarining “jamiyatdagi

nizolarni hal qiluvchi institut vazifasini o‘tash” borasidagi fikrlari biroz noaniq ifodalangan. Aynan
qaysi turdagi nizolarni nodavlat notijorat tashkilot hal etishi mumkinligi masalasi

ochiq

qoldirilgan. Fikrimizcha, iqtisodiy nizolarni hal qilish uchun qonun hujjatlariga muvofiq
hakamlik sudlarini tashkil etish orqali Savdo-sanoat palatasi hal qilsa, kasbiy nizolarni kasaba
uyushmalari o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqadilar. A.V.Gonorskaya nodavlat notijorat
tashkilotlarining ko‘proq moliyaviy vazifalariga etibor qaratib, “chet el donorlaridan mustaqil”
bo‘lishlari lozimligini, shuningdek faoliyat yuritish chegarasini “yirik shaharlar chegarasida,
qishloq tumanlarida faollashtirib kengaytirishni” nazarda tutadi.

Fikrimizcha, yuqorida aytib o‘tgan vazifalarni amalga oshirish uchun nodavlat

notijorat tashkilotlarning professionalligini oshirish, ular ishlayotgan sohada tajribaga ega
bo‘lish, turli ish metodlari, modellari va vositalarni jalb qilish san’atini bilishlari lozim.

Nodavlat notijorat tashkilotining samarali rivojlanishi uchun davlat, biznes va

nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasidagi, shuningdek, harakat ichidagi hamkorlik aloqalarini
kuchaytirish lozim.


REFERENCES

1.

Hamidova K. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jamoat birlashmalari.

Risola. – Toshkent: TDYuI, 2015.

2.

Nazarov Sh.N. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda jamoat

tashkilotlarining roli (nazariy va huquqiy masalalar):Avtoref.dis. yurid.fan
nom.-Toshkent, 2019.

3.

“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi

Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. ─ 2009

4.

Jo‘raeva S. Fuqarolarning siyosiy madaniyatini yuksaltirishda fuqarolik

jamiyati institutlarining roli // Demokratlashtirish va inson huquqlari. – 2019.

References

Hamidova K. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jamoat birlashmalari. Risola. – Toshkent: TDYuI, 2015.

Nazarov Sh.N. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda jamoat tashkilotlarining roli (nazariy va huquqiy masalalar):Avtoref.dis. yurid.fan nom.-Toshkent, 2019.

“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. ─ 2009

Jo‘raeva S. Fuqarolarning siyosiy madaniyatini yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli // Demokratlashtirish va inson huquqlari. – 2019.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов