IDEOLOGICAL ANALYSIS OF THE STORY "QIYAMAT" BY ABDURAUF FITRAT

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Tursunpo’latova, . . G. . (2023). IDEOLOGICAL ANALYSIS OF THE STORY "QIYAMAT" BY ABDURAUF FITRAT. Modern Science and Research, 2(6), 1268–1271. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21667
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the ideological analysis of Abdurauf Fitrat's story "Doomsday", the specific characteristics of the characters highlighted in it, and Fitrat's work are discussed. During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1268

ABDURAUF FITRATNING “QIYOMAT” HIKOYASINING G’OYAVIY TAHLILI

Guljahon Tursunpo’latova

Termiz davlat universiteti, Filologiya va tillarni o’qitish:

o’zbek tili 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8081809

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Abdurauf Fitratning “Qiyomat” hikoyasining g’oyaviy

tahlili, unda yoritib berilgan obrazlarning o’ziga xos xususiyatlari hamda Fitrat ijodiga alohida
to’xtalib o’tilgan. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalar keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

Abdurauf Fitrat, jadidchilik harakatining rahnamosi, g’oyaviy tahlil.

IDEOLOGICAL ANALYSIS OF THE STORY "QIYAMAT" BY ABDURAUF

FITRAT

Abstract.

In this article, the ideological analysis of Abdurauf Fitrat's story "Doomsday",

the specific characteristics of the characters highlighted in it, and Fitrat's work are discussed.
During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned.

Key words:

Abdurauf Fitrat, leader of the Jadidist movement, ideological analysis.

ИДЕОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ РАССКАЗА «КИЯМАТ» АБДУРАУФА

ФИТРАТА

Аннотация.

В данной статье рассматриваются идейный анализ рассказа

Абдурауфа Фитрата «Судный день», особенности выделенных в нем образов, творчество
самого Фитрата. В статье упоминаются обоснованные мнения и соображения.

Ключевые слова:

Абдурауф Фитрат, лидер джадидистского движения,

идеологический анализ.

Abdurauf Fitrat jadidchilik harakatining rahnamosi. “Chig’atoy gurungi” ning asoschisi.

Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biridir. Bilamizki, sho’ro
davrida XX asrning boshlarida Turkistonda jadidchilik harakati avj oldi. Bu harakatning
namoyondalari bo’lmish Abdurauf Fitrat, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon,
Abdulla Avloniy va boshqalar o’z faoliyatlari davomida xalqni ilm-ma’rifatga chorladi, xalqni xat-
savodli, ma’naviyatli bo’lishi uchun harakat qilishdi.

Ma’rifatparvarlar tomonidan tashkil etilgan yangi usuldagi jadid maktablari va

kutubxonalar, teatr truppalari, chop etilishi yo’lga qo’yilgan gazeta va jurnallar, ular yozgan badiiy
asarlar xalqning ma’naviy ongini yuksaltiruvchi manbalar edi. Lekin bu harakatlar ko’pga
bormadi. Sho’ro hukumati ularning harakatiga cheklovlar qo’ya boshladi, chunki xalqni ilm-
ma’rifatli bo’lishini xohlamasdi. Jadidchilarning asarlarini o’qir ekanmiz, ularda asosiy mavzu
bo’lmish milliy ozodlik g’oyasi ko’pgina o’rinlarda ma’joziy til bilan ifodalanganiga shubha
qilmaymiz.

Shulardan biri Abdurauf Fitratning “Qiyomat” hikoyasidir. Ushbu asar 1923-yilda

yozilgan bo’lib, ko’plab munaqqidlar tomonidan “xayoliy hikoya” deya e’tirof etilgan. Ushbu
hikoya haqida munaqqidlarimiz o’zining fikr-mulohazalarini berib o’tganlar. Jumladan, akademik
Baxtiyor Nazarov asar haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: “Fitrat “Qiyomat”da u dunyo
bahonasida, aslida, bu dunyo – yer yuzida, Turkistonda sho’ro tuzumi o’rnatayotgan tartiblarga
ishora qilyapti. Pochamir isyoni aslida tartib-intizom o‘rnatishda barcha huquqlarni o‘z qo‘liga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1269

olgan, yakka hokimlik da’vo etgan imperiya timsolidagi qudratli kuchga, zo‘ravonlikka qarshi
isyon va shunga da’vatdir.

Qahramonning, hech bo‘lmasa, ismiga, ismining ma’nosiga e’tibor bering. Har bir

narsada yetti o‘ylab, ish tutadigan Fitrat o‘z qahramonini, shunchaki, Ro‘ziqul deb atab qo‘ya
qolgan emas. Bu esa, imperiya keltirgan, sho‘ro keltirgan hayotning, tartibning , shu kunning
quli, demakdir. Ro‘ziqulning u dunyodagi harakatlari aslida, shu hayot, shu tartib, shu kunga
qarshi qaratilgan isyonlardir».

1

Tanqidchi hikoyaning g’oyaviyligiga juda sinchkovlik bilan nazar

tashlar ekan, hikoya haqida qimmatli bo’lgan fikrlarni yozgan. Ushbu hikoya haqida ko’plab
fikrlar mavjud bo’lib, ulardan yana biri Saydulla Mirzayev tomonidan aytilgan: “Asar bir necha
bor nashr etilgan.

Unda Pochamir (Ro‘ziqul) boshidan kechgan sarguzashtlar, uning xayolan o‘lib, u

dunyoda xilma-xil voqealarning guvohi bo‘lganligi tasvirlangan. Asar sujetini nazarda tutib,
uni o ‘zbek tilidagi ilk mistik - fantastik nasr sifatida baholash mumkin. Bundan tashqari
asar tili boshdan- oyoq yumor bilan yo‘g‘rilgan. Adib dahshatli voqealarni komik yo’1 bilan
kulgili tarzda ifodalagan. «Qiyomat» — badiiy jihatdan ham puxta. Yozuvchi asarda ezop
tilining piching, kinoya, qochirim singari vositalaridan ustalik bilan foydalangan”

2

.

Hikoyada keltirilgan obrazlar va detallarning tag zamirida chuqur ma’no mujassamdir,

ushbu ma’no esa majoziy til bilan ifodalangan desak mubolag’a bo’lmaydi. Asl ismi Ro’ziqul
bo’lgan Pochamir “Qiyomat” hikoyasining bosh qahramoni. Hikoya boshida u og’ir ahvolda
tasvirlanadi. Bunga sabab uning ko’knori iste’mol qilib kelganligidir. Bilamizki, ko’knorni
iste’mol qilgan inson usiz tura olmaydi, tinimsiz unga talpinaveradi. Ko’knorni ramziylik belgisi
sifatida qaraydigan bo’lsak, uni ozodlik, ya’ni istiqlolga o’xshatishimiz mumkin. Hikoyada
Pochamir ko’knorga qanday talpingan bo’lgan bo’lsa, sho’ro davri muhitida jadidchilarimiz
istiqlolga shunday talpinishgan.

“U dunyo”da nasha ham bor. Biroq bizga berarlarmi uni?! Unga borguncha ko’b qo’nuqlar,

ko’b bekatlardan o’tish kerak. Qil ko’prik, tarozi, Munkar-Nakir. Bularning barisini ko’rmoq,
o’tkarmoq kerak, undan keyin – nasha!”

3

Nasha – bu o’zi nima? Nega yozuvchi uni asarda qo’llagan? Bundan maqsad nedur? Bir o’ylab
ko’raylik-a, yuqoridagi jumlalarning tag zamirida qanday ma’no mujassam? Nasha bu milliy
ozodlik ramzi emasmi?! Yuqoridagi jumlaga e’tibor qaratadigan bo’lsak, Pochamir nashaga yetish
uchun ko’plab marralardan o’tish kerakligini xayolidan o’tkazadi. O’sha davrda mamlakatimiz
mustamlakachilar siyosati ostida edi. Xalqning orzusi esa OZODLIK. Demak, istiqlolga erishish
uchun ko’plab qiyinchiliklarni yengib o’tish kerak, ko’plab marralarni zabt etish kerak. Undan
keyin – ozodlik! Fitrat ushbu hikoyada narigi dunyodagi odamlarni qip-yalang’och holda
tasvirlaydi. Nega aynan yalang’och holatda?
“Bir to’da malak polislari yalang’och odamlarni bir tomonga surib, haydab keldilar. Pochamir
ham surkka qo’shilib yura berdi-yura berdi, keng bir kapponga borib to’xtadilar”

4

.

Hikoyadagi har bir obraz va detallar ramziy ma’no tashiydi. O’sha davr muhitida sho’ro

hukumati o’zbek xalqini ilmli, ma’rifatli, ma’naviyatli bo’lishini xohlamagan, buning boisi ilm-

1

XX asr o’zbek adabiyoti tarixi. – T.:”O’qituvchi”, 1999, 128-bet.

2

Saydulla Mirzayev. XX asr o'zbek adabiyoti. – T.:”Yangi asr avlodi”, 2005, 110-bet.

3

Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 1-jild. – T.:”Ma’naviyat”, 2000, 169-170-bet.

4

Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 1-jild. – T.:”Ma’naviyat”, 2000, 172-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1270

ma’rifatli xalq hech kimga qaram bo’lishni xohlamaydi, milliy ozodlik uchun bosh ko’taradi.
Shuning uchun xalqni ma’naviyatga chorlovchi asarlar nashr etilishiga yo’l qo’yilmagan, gazeta
va jurnallar faoliyati ko’p o’tmay to’xtab qolgan. Ongida ma’naviy bo’shliq bo’lgan insonlarni esa
boshqarish osondir. Yuqorida keltirilgan parchada muallif yalang’och odamlarni ilm-ma’rifatdan
yiroq bo’lgan oddiy xalq misolida ko’rsatgan bo’lsa ajab emas. Ushbu hikoyada malaklar
qo’rqinchli holatda tasvirlanadi: “Pochamir endi bir oz tinchgina uxlamoqchi bo’lgan edi, go’rga
ikki malak kirdi. Ko’zlari juda katta, bo’ylari uzun, boshlarida ikkitadan shoxi bor, ko’kraklari
junli, qo’llarida yo’g’on kaltaklar!...”

5

Yana bir o’rinda shunga o’xshash jumla : “Pochamir titradi,

qarasa, qo’rqinchli bir malak!”

6

Hikoyada qatnashgan qo’rqinchli malak obrazlari sho’ro davri

hukumat amaldorlarini eslatadi go’yo.

“Bir necha kishi qo’ylarga minib qil ko’prikdan o’tib bormoqda. Nechasi qo’y ustidan,

nechasi qo’y bilan birga chuqurga yumalab ketmoqda, bu yonda malaklar yana kishilarni qo’ylarga
zo’rlab mindirib, qil ko’prikka yurguzmoqda”

7

Ushbu jumlalarga ham e’tibor qaratganimizda malaklarning kishilarni zo’rlab qo’ylarga mindirib
qil ko’prikka yurgizishiga guvoh bo’lamiz. Bu esa o’sha davr hukumat vakillarining boshqaruv
usuli hamda xalqqa o’tkazgan jabr-zulmlarini eslatadi go’yo. Hikoyada Pochamir qurbonlik qilgan
oq va qora qo’ylar esa adolat va adolatsizlik ramzidir. Pochamir qil ko’prikdan o’tayotganda unga
qora oriq qo’y keltiradi. Pochamir esa bundan norozi. U qurbonlik qilgan boshqa yaxshi
qo’ylaridan bittasini keltirishini so’raydi. Oxir-oqibat malaklar unga katta oq qo’yni keltirishadi.
Pochamir qil ko’prikdan o’tish jarayonida juda qo’rqqanidan ko’zini ham ocholmaydi. U nihoyat
qil ko’prikdan o’tgach, chiroyli bir shaharga ko’zi tushadi:

“Pochamir qo’ydan qo’ndi, ilgari qarab yugurdi, bir oz borg’ach, katta bir shaharga kirdi,

shahar emas – bog’, bog’ emas – shahar edi.
Gullar, og’ochlar, qushlar, saroylar… Og’ochlarning tanasi oltin bilan kumushdan,
yaprog’i zumrad toshdan, uylarning har biri bir bo’lak yoqutdan: og’ochlar orasidan, devorlar
tagidan kichkina ariqchalar oqib turadir. Pochamir bir yarim yilgacha bu shaharning har yog’ida
ko’chadan-ko’chaga, qopqadan-qopqaga yurdi, eng so’ng yoqutdan solingan kichkina bir uyga
dush keldi. Qopqasining ustiga qaradi: “Ulug’ Tangri bu uyni o’zining quli Ro’ziqul Otaboy
o’g’liga bag’ishlagan”, - degan bir yozuvni o’qidi”

8

Hikoya boshida Pochamir narigi dunyoda ham ko’knor bor yoki yo’qligiga qiziqardi. Uni

o’ylantirayotgan yagona narsa bu o’lim emas, aksincha, u dunyoda ham ko’knorini topish istagi
edi. Nihoyat u ko’knorini topadi:
“Pochamir uyga bormoq uchun, orqasiga qaytdi. Dimog’i kuygan edi. Yana shul uyga borib ishsiz
o’tirmoq unga malol kelar edi. O’ziga bir ish topmoqni o’ylab yurar edi. U yon-bu yonga qaragisi
ham kelmas edi. To’rt odim nariroqda ko’ziga bir buta ko’knor ko’rindi. Shodligidan seskanib
qo’ydi. Birdan shunga qarab yugurdi”

9

5

Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 1-jild. – T.:”Ma’naviyat”, 2000, 170-bet.

6

Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 1-jild. – T.:”Ma’naviyat”, 2000, 175-bet.

7

Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 1-jild. – T.:”Ma’naviyat”, 2000, 175-bet.

8

Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 1-jild. – T.:”Ma’naviyat”, 2000, 178-bet.

9

Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 1-jild. – T.:”Ma’naviyat”, 2000, 179-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1271

Hikoya so’nggida Pochamirning uzoq mashaqqatlardan so’ng chiroyli bir shaharga yetib

borishi, u yerda go’zal bog’lar hamda gullarni uchratishi, o’ziga atalgan uyni topishi va oxirida
ko’knorni topishi kabi voqealarni tasvirlash orqali Fitrat xalqimizning qancha jabr-zulmlar,
qiyinchiliklardan so’ng ozodlikka erishishini bashorat qilgandek go’yo. Fitratning maqolalari,
she’rlari, hikoyalari hamda dramatik asarlarini o’qir ekanmiz, ularning asosiy mavzusi din va
dunyo haqidadir. Fitrat asarlarining asosiy g’oyasi esa milliy ozodlikni targ’ib etgan holda
mustamlakachilik siyosati va ijtimoiy adolatsizlikni keskin qoralashdir.

Uning “Hind ixtilolchilari” dramasida istiqlolga erishish, ozodlik g’oyalari aks etgan

bo’lsa, “Temur sag’anasi” tragediyasida mustamlakachilik zulmidan ezilgan xalqning ijtimoiy
ahvoli yoritilgan hamda xuddi shunday asarlardan yana biri “Arslon” dramasida ham ijtimoiy
adolatsizliklar natijasida vujudga kelgan hayotiy ziddiyatlar yorqin ifodalanadi. Ko’rib
turganimizdek, Fitrat o’zining qimmatli asarlari orqali milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotiga
katta hissa qo’shgan. Adabiyotshunos olim, munaqqid Ozod Sharafiddinov Fitrat haqida: “Fitrat -
o’zbek adabiyotshunosligining otasi”, - deya bergan ta’rifi ayni haqiqatdir. Abdurauf Fitrat millat
uchun jon kuydirgan tarixning fidoyi farzandidir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng
ko’plab tanqidchilarimiz, jumladan, Ozod Sharafiddinov, Begali Qosimov, Hamidulla
Boltaboyev, Baxtiyor Nazarov, B.To’ychiboyev, Mamajon Rahmonovlar Fitratning asarlarini,
uning ijodiy faoliyatini o’rganish mobaynida ko’plab risolalar va maqolalar yozgan.

REFERENCES

1.

Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 1-jild. – T.: ”Ma’naviyat”, 2000. 169-170-172-175-
178-179-b.

2.

XX asr o’zbek adabiyoti tarixi. – T.: ”O’qituvchi”, 1999. 128-b.

3.

Saydulla Mirzayev. XX asr o'zbek adabiyoti. – T.: ”Yangi asr avlodi”, 2005. 110-b.

References

Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 1-jild. – T.: ”Ma’naviyat”, 2000. 169-170-172-175-178-179-b.

XX asr o’zbek adabiyoti tarixi. – T.: ”O’qituvchi”, 1999. 128-b.

Saydulla Mirzayev. XX asr o'zbek adabiyoti. – T.: ”Yangi asr avlodi”, 2005. 110-b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов