Abstract

Subject, goals and tasks, principles, classification of teaching methods, teaching methods in the process of teaching mathematics, interactive methods, use of modern pedagogical and information technologies, forms of teaching mathematics, students issues of diagnosis of knowledge, skills and qualifications are covered.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

185

MATEMATIKA FANINING O`QITISH METODIKASI

Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti oqituvchisi

Abduvaliyev Akmal Alimovich

Andijon davlat pedagogika instituti Matematika va informatika yonalishi talabasi

Erkinova Odinaxon Kozimjon qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8141481

Annotatsiya.

Matematika o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari,

tamoyillari, ta’lim metodlarining tasnifi, matematika fanlarini o‘qitish jarayonida o’qitish
metodlari, interfaol metodlar, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish,
matematikani o’qitish shakllari, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish
masalalari yoritilgan.

Kalit so`zlar:

Matematika, diqqat, maqsad, bilim, fan-texnika, algoritm, kompetensiya,

texnologiya.

TEACHING METHODOLOGY OF MATHEMATICS

Abstract.

Subject, goals and tasks, principles, classification of teaching methods, teaching

methods in the process of teaching mathematics, interactive methods, use of modern pedagogical
and information technologies, forms of teaching mathematics, students issues of diagnosis of
knowledge, skills and qualifications are covered.

Key words:

Mathematics, attention, goal, knowledge, science and technology, algorithm,

competence, technology.

МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ МАТЕМАТИКИ

Аннотация.

Освещены предмет, цели и задачи, принципы, классификация методов

обучения, методы обучения в процессе обучения математике, интерактивные методы,
использование современных педагогических и информационных технологий, формы
обучения математике, вопросы диагностики знаний, умений и навыков учащихся.

Ключевые слова:

Математика, внимание, цель, знание, наука и техника, алгоритм,

компетенция, технология.


Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga

erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi
va tafakkurini kengaytiradi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea
va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va
texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda

foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va
iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy
olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-
sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini
shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda
shakllantiriladi.

Matematika boshlang'ich ta'lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematika o'qitishdan ko'zda tutilgan maqsadni asoslash (nima uchun matematika

o'qitiladi, o'rgatiladi).


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

186

2. Matematika o'qitish mazmunini iIrniy ishlab chiqish (nimani o'rgatish) bir tizimga

keltirilgan bilimlar darajasini o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday
taqsimlansa, fan asoslarini o'rganishda izchillik ta'minlanadi, o'quv ishlariga o'quv mashg'ulotlari
beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta'limning mazmuni o'quvchilaming aniq bilim bilish
imkoniyatlariga mos keladi.

3. O'qitish metodlarini iImiy ishlab chiqish (qanday o'qitish kerak, ya'ni, o'quvchilar

hozirgi kunda zarur bo'lgan iqtisodiy bilimlami, malaka, ko'nikmalami va aqliy faoliyat
qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o'quv ishlari metodikasi qanday bo'lishi kerak?

4. O'qitish vositalari - darsliklar, didaktik materiallar, ko'rgazmali qo'llanmalar va o'quv-

texnika vositalaridan foydalanish (nima yordamida o'qitish).

5. Ta'limni tashkil qilishni ilrniy ishlab chiqish (darsni va ta'limning darsdan tashqari

shakllarini qanday tashkil etish):

Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog'liq.

Boshlang'ich matematika metodikasi ta'limning boshqa fan metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik,
rasm, mehnat va boshqa fanlar o'qitish metodikasi) bilan bog'liq. O'qitishda fanlararo bog'lanishni
to'g'ri amalga oshirish uchun o'qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Ilmiy-tadqiqot
metodlari - bu qonuniy bog'lanishlami, munosabatlami, aloqalarni o'matish va ilmiy nazariyalami
tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan
tanishish, o'quvchilar ishlarini o'rganish, suhbat va so'rovnomalar o'tkazish ilmiy pedagogik
tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.

Boshlang'ich sinflarda matematikadan quyidagi dars turlarini ko'rsatish rnumkin.
a) o'quvchilami yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko'nikmalami hosil

qilish dar-slari (Bu darslarda hisoblash, grafik yoki masala yechish bilimlari hosil qilinadi);

b) turli xil mashqlar yordamida yangi bilim, malaka, ko'nikmalami mustahkamlash

darslari;

d) o'tilganlami takrorlash, umumlashtirish darslari;
e) keyingi bosqichda xatolaming oldini olish maqsadida mustaqil bilim, malaka va

ko'nikmalami tekshirish darslari.

Har bir darsda turti xildagi didaktik maqsadlar amalga oshirilishi mumkin:

uy vazifasini tekshirish;

darsning va mavzuning maqsadini bayon qilish;

oldin o'tilganlami takrorlash bilan o'quvchilarni yangi materialni o'zlashtirishga tayyorlash;

og'zaki hisoblash uchun maxsus mashqlar, yangi materialni o'rganish (darsning asosiy
bo'limi);

bolalaming oldin o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash; o'rganilgan
bilimlami hisoblash;

mashq, bilim va malakalarni qo'llash (darsning asosiy bo'limi);

o'quvchilarni mustaqil ishlatish va uni tekshirish;

oldin o'zlashtirilgan materiallami takrorlash;

uyga vazifa berish;

darsni xulosalash

Matematika o'qitishda o'quvchilaming misol va masalalami to'g'ri yechganligini tekshirish

muhim ahamiyatga ega. Matematikadan bilimlami teksh,irishda faqat dastur talabiga yarasha u


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

187

yoki bu bilimlaming o'quvchilar ongida bo'lishligini hisobga olmasdan, balki sifatini
xarakterlaydigan quyidagilami ham e'tiborga olish kerak:

1) o'quvchilar mulohazasi va tushunchalarining o'qitilayotgan obyektga mos kelishi;
2) aniqlik, ya'ni detallaming to'g'riligi;
3) to'liqlik, ya'ni obyekt va jarayonlarga taalluqli mulohaza va tushunchalaming yetarli va

to'liq bo'lishi;

4) obyekt vajarayonlardagi muhim belgilami, tushuncha va mulohazalarda aks ettirish;
5) onglilik, ya'ni tushunchalar orasidagi bog'lanishni tushuna olish va mulohazalami

asoslay olish;

6) mustahkamlik, ya'ni o'quvchilar xotirasida uzoq saqlab qolish. O'quvchilar bilimini

tekshirish va baholash didaktikada barcha fanlar uchun umumiy qilib berilgan.

Bilimlami tekshirish va baholash masalasi o'qituvchi uchun o'quv materialini

o'quvchilaming o'zlatirish reytingini, dasturdagi bilimlami egallash darajasini, malaka va
ko'nikmalami hosil qilinganligini aniqlashdan iboratdir.

Umumta’lim maktablarida geometriya fanini o‘qitishda yangi pedagogik
texnologiyalardan yoki axborot texnologiyasidan foydalanish uchun quyidagi
dasturlardan: Macromedia Flash, Microsoft Front Page singari HTML muharrirlari va

Microsoft Word, Adobe Photoshop, Corel Draw kabi dasturiy vositalardan

foydalanish mumkin. Axborot texnologiyalari yordamida geometriya fani o‘qitilsa,
quyidagilarga erishiladi:

elektron o‘quv qo‘llanma imkoniyatlaridan foydalanib, o‘quvchilarga

mavzuni to‘liq tushuntirish imkoniyati oshadi;

ularning bilim, ko‘nikma va malakalari oshadi;

harakatli tasvirlar va animatsiyalar o‘quvchilarning tasavvurlarini

kengaytirishda muhim rol o’ynaydi;

amaliy ishlarga, ya’ni misol va masalalar yechishda, hayotiy misollar

keltirishga, o‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkazishga ko‘proq vaqt ajratiladi;

o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyati shakllanadi;

o‘quvchilar darsdan ijobiy saboq oladilar, darsga nisbatan qiziqish oshadi;

o‘quvchilarda fazoviy tasavvurni rivojlantirish, mantiqiy fikrlash, geometrik o‘lchash

va yasashning amaliy usullarini o‘rganish imkoniyatlarini beradi

REFERENCES

1.

M.H.Hakimova – Matematika o`qitish metodikasi 2019

2.

M.E.Jumayev, Z.G`.Tadjiyeva - Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish
metodikasi 2005

References

M.H.Hakimova – Matematika o`qitish metodikasi 2019

M.E.Jumayev, Z.G`.Tadjiyeva - Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi 2005

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов