IMPROVING THE METHODOLOGY OF TEACHING SPATIAL GEOMETRIC SHAPES IN HIGH SCHOOLS

HAC
Google Scholar
To share
Erkinova , O. (2023). IMPROVING THE METHODOLOGY OF TEACHING SPATIAL GEOMETRIC SHAPES IN HIGH SCHOOLS. Modern Science and Research, 2(10), 54–59. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24386
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Based on the principles established in this article and summarizing the proposed ideas and considerations, several methods are recommended to improve the methodology of developing students’ spatial imagination.


background image



54

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FAZOVIY GEOMETRIK SHAKLLARNI ÒQITISH

METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Erkinova Odinaxon Kozimjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti Matematika va informatika yonalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8435999

Annotatsiya.

Ushbu maqolada belgilangan tamoyillar asosida va taklif qilingan g‘oyalar

va mulohazalarni umumlashtirib, o‘quvchilarni fazoviy tasavvurini rivojlantirish metodikasini

takomillashtirish maqsadida bir necha usullar tavsiya qilingan.

Kalit so‘zlar:

favozoviy jismlar, geometrik shakllar, geometriya, uchburchak, aylana,

gradus, to‘ĝri chiziq, metodika.

IMPROVING THE METHODOLOGY OF TEACHING SPATIAL GEOMETRIC

SHAPES IN HIGH SCHOOLS

Abstract.

Based on the principles established in this article and summarizing the proposed

ideas and considerations, several methods are recommended to improve the methodology of

developing students’ spatial imagination.

Key words:

spatial bodies, geometric shapes, geometry, triangle, circle, degree, straight

line, methodology.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ

ПРОСТРАНСТВЕННЫХ ГЕОМЕТРИЧЕСКИХ ФОРМ В ВУЗАХ

Аннотация.

На основе принципов, определенных в данной статье, и обобщения

предложенных идей и соображений рекомендуется несколько методов совершенствования

методики развития пространственного воображения учащихся.

Ключевые слова:

пространственные тела, геометрические фигуры, геометрия,

треугольник, круг, степень, прямая, методика.

KIRISH

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy

majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvar kuni bo’lib o’tgan qo’shma

majlisidagi “Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor

maqsadimiz” hamda Vazirlar mahkamasining 2010 yil 29 yanvar kuni bo’lib o’tgan majlisidagi

“Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyotini va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish”

mavzularidagi ma’ruzalari mazmun-mohiyati va undagi xulosalarni o’rganish yuzasidan Vazirlar

mahkamasining 2010 yil 23 fevraldagi 101-F –sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan tashkiliy


background image



55

tadbirlarni amaliyotga joriy etish hozir ham jamiyatimizdagi kun tartibidagi bosh masalalardan

biridir.

Prezidentimiz o’z ma’ruzasida “ ....mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqаrolik

jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimiz” degan fikr mulohazalaridan jamiyatimizda barkamol

avlodni tarbiyalash boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalardan biri ekanligi gavdalanadi.

Ayniqsa, bo’lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilari ta’lim va tarbiyaning tub maqsadi kuchli

fuqarolik jamiyatining barpo etilishiga xizmat qilishi asosiy maqsadimiz ekanligi sharqona tarbiya

mazmunida his etilishi zaruriyati mavjuddir.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod yili” davlat dasturi

to’g’risidagi Qarorida mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash yoshlarning o’z

ijodiy va intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish bo’yicha qo’yilgan vazifalarda “....ta’lim

jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar,

multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari,

litseylari va Oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash ... samarali tizimini yanada

rivojlantirish” ko’zda tutilganligi diqqatga sazovordir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2010-yilda mamlakatni ijtimoiy –

iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2011-yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga

bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida:

“Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini rejalashtirish, xalqimiz farovonligini

oshirishga xizmat qiladi” – deb ta’kidlagan.

2011-yilga mo’ljallangan dasturiy vazifalarni amalga oshirish, birinchi navbatda har

birimiz o’z ishimizni qanday tashkil etishimiz, oldimizga qo’ygan ulkan maqsadlarga erishish

uchun kuch va imkoniyatlarimizni, bilim va tajribamizni qanchalik samarali safarbar eta

olishimizga bog’liq ekani haqida ortiqcha gapirishning hojati deb yakunlagan.

XXI asr ilm–fan, texnika sohasida rivojlanish davri, bugungi kunda boshlang’ich

davrlardayoq yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish g’oyat dolzarbdir.

Har bir o’qituvchi o’z darsning samarali bo’lishini istaydi. O’tgan mavzu yuzasidan

o’quvchi tegishli tushuncha va bilimga ega bo’ldimi, yo’qmi?-degan savollar o’qituvchi dilida

hamisha ko’ndalang bo’lib turadi. Bu savollarga ijobiy javob olish ko’p jihatdan o’qituvchining

samarali faoliyatiga bog’liq.

Matematik tushunchalarini o’quvchilarining shaxsiy tajribalari asosida shakllantirish

o’qitish maqsadlariga qo’yiladigan birinchi shart, birinchi talab bo’lib o’qish jarayonini turmush

bilan o’quvchilarning amaliy faoliyati bilan bog’liq bo’lishi prinsipidan kelib chiqadi.


background image



56

O’qilishning turmush bilan bog’lanishi faqat o’qituvchining so’zidagina emas, balki

o’quvchilarning matematika o’rganish jarayonidagi butun amaliy faoliyatlarida ko’rsatib borilishi

lozim-bu rivojlantiruvchi ta’limning ikkinchi shartidir.

Boshlang’ich sinf matematika darslarida geometriya materiallarni o’tishda mana shu talablarga

asoslanamiz.

Mavzuning dolzarbligi. Mavjud ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki,

geometriya elementlarini o’qitishning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida o’quv – metodik

kompleksi yaratilmagan.

Geometriya elementlarini to’g’ri tashkil etish uchun o’qitishning barcha usul va

vositalaridan eng unumli va samaralilari maqsadga muvofiq holda tanlab olinishi kerak va

mavjudlari zamon talablari, fan-texnika taraqqiyoti natijalarini hisobga olgan holda qayta

ko’rilishi kerakligi ma’lum bo’ladi.

Tadqiqotning ishlanganlik darajasi: Geometrik elementlarini o’rgatish metodikasi

masalalari bilan M.I.Mo’ro, A.S.Pchyolko, A.M.Pishkolo, L.I.Skatkin, M.A.Bantova,

A.A.Stolyar, B.A.Drozd, A.Sh,Levenberg, N.U.Bikbayeva, R.I.Sidel’nikova, G.A.Adambekova,

P.I.Sorokin. M.E.Jumayev, Z.G’.Todjiyeva va bir qancha olimlar, shu jumladan ilmiy tekshiruv

institutining xodimlari shug’ullanganlar.

N.U.Bikbayeva, R.I.Sidel’nikova, G.A.Adambekova “Boshlang’ich sinflarda matematika

o’qitish metodikasi” da (Toshkent: O’qituvchi 1996 yil) geometrik materialni o’rgatishning

nazariy asoslarini ochib bergan va boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishdan

ko’zda tutilgan asosiy maqsadlarni sanab o’tgan. A.Sh,Levenberg “Boshlang’ich sinflarda

geometriyadan grafik laboratoriya ishlari” (Toshkent: O’qituvchi 1983 yil) nomli o’qituvchilar

uchun o’quv qo’llanmasida boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishda

foydalaniladigan amaliy ishlarga misollar keltirgan va ushbu metodning afzalliklarini bayon etgan.

P.I.Sorokinning “4-sinfda geometriya materialini o’rgatish tajribasi” (Toshkent: 1953 yil) nomli

kitobida biz 4-sinf geometrik materialni o’rgatishning metodlarini ko’rishimiz mumkin. Faqat bu

ko’rsatmalar hozirgi kun standart va dasturidan bir qancha farq qiladi. M.E.Jumayev,

Z.G’.Tadjiyeva “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” (Toshkent: “Fan va

texnologiya” 2005-yil) o’quv qo’llanmasida ham boshlang’ich sinflarda geometrik materialni

o’rgatishning nazariy asoslarini ochib bergan va uni o’rganish metodikasi bayon etilgan.

Tadqiqot ob’yekti: Umumta’lim maktab boshlang’ich sinf matematika darslari jarayoni.

Tadqiqot predmeti: Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’qitish.


background image



57

Tadqiqotning ilmiy farazi: Matematika darslarida geometrik materiallarni o’rganishda

tadqiqot ishida tavsiya etilgan didaktik materialidan foydalanilsa, o’quvchilar nazariy olgan

bilimlarini amaliyot bilan bog’lab oladilar, tasavvuri kengayadi, mantiqiy fikrlashi rivojlanadi,

o’qitish samaradorligi oshadi.

Tadqiqot maqsadi: Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’qitishning didaktik

ta’minotini ishlab chiqish.

Tadqiqotni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar hal etiladi:

-

Boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’qitishning maqsadi, vazifalari, o’rnini

aniqlash, geometrik materiallarning mazmunini yoritish;

-

Geometriya elementlariga oid standart va dastur talablarini o’rganish;

-

Geometriya elementlariga oid didaktik materiallarning turi va mazmunini aniqlash;

-

Tajriba -sinov ishlarini o’tkazish va natijalarini tahlil qilish.

Tadqiqot metodlari: Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik adabiyotlar hamda me’yoriy, o’quv-

dasturiy hujjatlarni tahlil qilish, o’quv jarayonini kuzatish, so’rovnoma, testlar o’tkazish,

eksperiment uslublari, pedagogik tajriba-sinov natijalariga matematik-statistik uslublaridan

foydalanib ishlov berish va umumlashtirish.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Tadqiqotda ko’rsatilgan geometrik materialni o’rgatishda

qo’llaniladigan metodik ko’rsatmalardan boshlang’ich sinf o’qituvchilari foydalansa bo’ladi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Boshlang’ich sinflarda geometrik materiallarni o’rgatishning didaktik ta’minoti mazmuni,

turlari qo’llash metodikasi asoslandi va izchil bayon etildi;

Geometrik mazmundagi diktantlar, qiziqarli geometrik masalalar, geometrik material bo’yicha

testlar, didaktik o’yinlar jamlandi, tuzildi va ishga kiritildi.

Geometrik material boshlang’ich sinf matematika dasturida katta o’rinni oladi. Ko’pchilik

hollarda bu material arifmetik material bilan uzviy bog’lanadi. Shu bilan birga geometriya

elementlarini o’rganishga ilgariga qaraganda ko’proq mustaqillik beriladi va maqsadga

yo’naltiriladi.

Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishning asosiy maqsadi geometrik figuralar

(nuqta, burchak, to’g’ri va egri chiziq, ko’pburchak, aylana va doira) haqida, ularning elementlari

haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba’zi xossalari

haqidagi tasavvurlarning to’la sistemasini tarkib toptirishdan iborat.


background image



58

Bunda o’quvchilarda nuqta, to’g’ri chiziq, to‘g’ri chiziq kesmasi, siniq chiziq kesmasi, siniq

chiziq, burchak, ko’pburchak, doira kabi figuralar to’g’risidagi boshlang’ich tushunchalar va

tasavvurlarni puxta shakllantiriladi.

Geometrik mazmunli masalalar va mashqlar tizimi hamda ular ustida ishlash metodikasi

bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish, taqqoslash, abstraktlash va umumlashtirish

uquvlarini rivojlantirishga yordam berishi lozim.

O’qitishning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarda geometrik figuralarni o’lchov va chizma

asboblari yordamida va bu asboblarning yordamisiz o’lchash va yasashlarning amaliy malakalarini

(ko’zda chamalash, qo’lda chizish va h.k.) tarkib toptirishdir. O’quvchilarning nutq va fikrlashlari

shu asosda tarkib rivojlantiriladi.

Geometrik materialni o’rganish vazifalarini nazarda tutib, materialni o’rganayotganda turli

ko’rsatma qo’llanmalardan keng foydalaniladi. Bular jumlasiga geometrik figuralarning rangli

karta yoki qalin qog’ozdan tayyorlangan sinf ko’rgazmali modellari, figuralar, turli shakldagi

jismlar, shuningdek geometrik figuralar tasvirlangan plakatlar, doskadagi chizmalar, diafilmlar

kiradi. Bundan tashqari individual ko’rsatma qo’llanmalar bo’lgan qog’oz poloskalar, turli

uzunlikdagi cho’plar, qog’ozdan qirqilgan figuralar va ularning bo’laklari kabi tarqatiladigan

material talab etiladi. Ayrim mavzularni o’rganishda o’quvchilar bilan birgalikda qo’lda

ko’rgazmali qo’llanmalar tayyorlash foydali, bular to’g’ri burchak modeli, ko’pburchaklar

modellari (shu jumladan to’g’ri to’rtburchaklar va kvadratlar ham) va boshqa narsalardan iborat.

Doskada chizmalarni bajarish uchun chizmachilik o’lchash asboblari majmui: chizg’ich,

chizmachilik sirkuli, albatta, sinfda mavjud bo’lishi kerak. Shunday asboblar har bir o’quvchida

ham bo’lishi kerak.

O’quvchilarda geometrik tasavvurlarni tarkib toptirish, ularni chizish va albatta o’lchash

malakalari bilan qurollantirish, ular tafakkurini rivojlantirish masalalariga geometriya

elementlarini o’rganishda qo’llanadigan o’qitish metodlari javob beradi.

Geometriya propedevtik kursini o’qitishning muhim metodlari bu kuzatish metodi,

taqqoslash metodidan iboratdir; induktiv xulosa chiqarish bilan bir qatorda deduksiya

elementlaridan ham foydalaniladi. Amaliy ishlar metodi geometrik materialni o’rganishning

samarali metodlaridan biridir. Amaliy ishlar o’quvchilarning geometrik figuralarning mohiyatini

o’zlashtirishlarida ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bunda qog’ozdan, cho’plardan va simdan figuralarning

modelini yasash, chizish, o’lchash va hokazolar hisoblanadi. Shuningdek ob’yektlarning turli-

tuman bo’lishini ta’minlash lozim, bu bilan muhim bo’lmagan alomatlarni (rangi, o’lchami,

tekislikda joylashishi va h.k.) almashtirib turib, bolalar muhim alomatlardan (predmetlarning


background image



59

shakli, figuralarning xossalari va boshqalarni) ajratishlariga va o’zlashtirishlariga yordam beriladi.

Geometrik tasavvurlar va tushunchalarning shakllanishi garchi mustaqil hamda maxsus yo’ldan

borsa ham, lekin geometrik materialni darsda mumkin bo’lgan joyda geometrik va algebraik

material bilan bog’lanishi kerak.

I-IV sinf o’quvchilariga geometrik materialni ochib berayotib, fazoda predmetlarning shakli,

o’lchami va o’zaro joylashishini bolalar maktabgacha davrdan egallashlarini hisobga olish kerak.

O’yin jarayonida va amaliy faoliyatlarida ular predmetlar bilan ish olib boradilar, ko’zlari

bilan ko’radilar, qo’llari bilan ushlab ko’radilar, chizadilar, yasaydilar va predmetlarning boshqa

xossalari ichidan asta-sekin shaklini ajratadilar. Maktabgacha yoshdagi ko’pchilik bolalar 6-7

yoshlarida shar, kub, doira, kvadrat, uchburchak, to’g’ri to’rtburchak shaklidagi predmetlarni

to’g’ri ko’rsata oladi. Biroq bu tushunchalarni umumlashtirish darajasi hali yuqori bo’lmaydi.

Kvadratni to’g’ri to’rtburchakka qarama-qarshi qo’yadilar, agar predmetlarning o’zi ularga tanish

bo’lmasa, uning tanish shaklini bila olmaydilar. Figuralarning burchaklari yoki tomonlarining bola

odatlanganidek bo’lmasligi, figuralarning har vaqtdagidan boshqacha joylashishi va hatto

o’lchamlari juda katta yoki juda kichik bo’lishi bolani dovdiratib qo’yadi. Shakllarning nomlarini

bolalar ko’pincha predmetlarning nomlari bilan chalkashtiriladi yoki almashtiriladi (masalan

uchburchakni “burchak”, “tom”, “bayroqcha” va h.k.) deb ataydilar. Predmetlarning fazodagi

vaziyatini xarakterlayotganda agar bolaning o’zi “sanoq boshi” (bolaga nisbatan chapda-o’ngda,

oldida orqasida, yuqorida-pastda, yaqinda-uzoqda va h.k.) bo’lsa, maktabgacha yoshdagi bolalar

fazoviy munosabatlarni ancha erkin anglaydilar. Tekislikdagi yoki fazodagi predmetlarning

boshqa predmetga yoki boshqa kishiga nisbatan vaziyatini bola ancha qiyinchilik bilan aniqlaydi.

Maktabda o’qitishda bolalarning mavjud tajribalariga tayanish ularning tasavvurlarini

aniqlashtirishi va boyitishi zarur.

REFERENCES

1.

Abdullayeva

Q.A.,Ochilova

M.O

va

boshqalar.Boshlanĝich

ta’lim

kontsepsiyasi.Boshlanĝich ta’lim.-T.:”Sharq”,1998.6-son 12-22b

2.

Abdullajonova M.Qobilova J kichik maktab yoshidagi òquvchilar aqliy faoliyati.Xalq

ta’limi 3-son.2003.52-53 betlar

3.

JumaniyozovQ.Geometrik tafakkurni rivojlantirish omili. Xalq ta’limi 3-son 2001-yil

4.

A.Abdurahmonov. “Maktabda geometriya tarixi” Toshkent 2006-yil.

References

Abdullayeva Q.A.,Ochilova M.O va boshqalar.Boshlanĝich ta’lim kontsepsiyasi.Boshlanĝich ta’lim.-T.:”Sharq”,1998.6-son 12-22b

Abdullajonova M.Qobilova J kichik maktab yoshidagi òquvchilar aqliy faoliyati.Xalq ta’limi 3-son.2003.52-53 betlar

JumaniyozovQ.Geometrik tafakkurni rivojlantirish omili. Xalq ta’limi 3-son 2001-yil

A.Abdurahmonov. “Maktabda geometriya tarixi” Toshkent 2006-yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов