REVIEW OF THE HISTORY OF NEUROLINGUISTICS

HAC
Google Scholar
To share
Axmedova, N. (2023). REVIEW OF THE HISTORY OF NEUROLINGUISTICS. Modern Science and Research, 2(9), 435–437. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24259
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article discusses neurolinguistics, which is considered a new direction in linguistics, and its history.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

435

NEYROLINGVISTIKA TARIXIGA NAZAR

Axmedova Nilufar Safarovna.

O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori

instituti katta ilmiy xodimi,

O‘zbekiston, Toshkent

nilufar.axmedova.23@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.8398561

Annotatsiya.

Maqolada tilshunoslikning yangi yo‘nalishi hisoblangan neyrolingvistika va

uning tarixi haqida fikr yuritiladi.

Tayanch so‘z va iboralar:

neyrolingvistika, asab tizimi, nevrologiya, amneziya, bosh miya

po‘stlog‘i, empirik usul, peshona bo‘lagi, nutqiy buzilish.

ОБЗОР ИСТОРИИ НЕЙРОЛИНГВИСТИКИ

Аннотация.

В статье рассматривается нейролингвистика, которая считается

новым направлением лингвистики, и ее история.

Ключевые слова и выражения:

нейролингвистика, нервная система, неврология,

амнезия, кора головного мозга, эмпирический метод, лобная доля, нарушение речи.

REVIEW OF THE HISTORY OF NEUROLINGUISTICS

Abstract.

The article discusses neurolinguistics, which is considered a new direction in

linguistics, and its history.

Key words and word expression:

neurolinguistics, nervous system, neurology, amnesia,

cerebral cortex, empirical method, frontal lobe, speech disorder.

Ming yillarki inson o‘z borligi-yu borlig‘ini kashf qilish yo‘lida tinmay izlanadi. Ayniqsa,

unga ism olamini tanitishda robita sanalgan miya, ong, tafakkur, til kabi mo‘jizalar tabiati hanuz
sirliligicha qolmoqda.

Odam anatomiyasi yildan yilga chuqurlashib, insonning har bir a’zosini o‘rganuvchi

sohalarga bo‘linib borar ekan, ayni paytda tilning miya bilan bog‘liqligi, ularning ayro holdagi
tuzilishi, nutqiy faoliyat, jarayon, nutqiy buzilishlar kabi hodisalarni o‘rganuvchi zamonaviy
tarmoq – neyrolingvistika jadal rivojlanish bosqichida turibdi. Darhaqiqat, “neyrolingvistika
nevrologiya va tilshunoslik chorrahasida paydo bo‘lgan fan sohasidir. Uni o‘rganishning asosiy
obyekti nutq xatti-harakatlarining miya mexanizmiga nisbatan til tizimidir. Neyrolingvistika,
shuningdek, nutqiy faoliyat mexanizmlarining jarayonlarini, til, tafakkur va inson ongi o‘rtasidagi
munosabatlarni, nutqiy bayonotlarni yaratish usullarini o‘rganadi” [4:53].

Neyrolingvistika sohasi asab tizimining faoliyati, tuzilishi va vazifalarini o‘rganuvchi

nevrologiya hamda til haqida ma’lumot beruvchi lingvistika fanlarining o‘zaro uyg‘unligidan hosil
bo‘lar ekan, ilmiy manbalarga tayanib aytish mumkinki, eramizdan avvalgi 3500-yillardayoq
tilning miyada joylashganligi haqidagi ilk qarashlar mavjud bo‘lgan[2:566]. Ularda
ta’kidlanishicha, bosh suyagining muayyan qismidagi jarohat tananing boshqa a’zolariga ham
ziyon yetkazishi mumkin. Shu sababdan ular inson a’zolari va ularning faoliyati miyaning turli
maydonlariga bog‘liq, deb hisoblaganlar. Ayniqsa, Gippokrat, Gerofil, Platon, Demokrit,
Aristotel, Galen kabi zabardast faylasuf olimlarning xulosalari asosida o‘sha qadimgi
davrlardanoq inson tanasining har bir a’zosi faoliyati miya bilan aloqador ekanligi ta’kidlangan.
1770-yilga kelib, Iogann Gesner tomonidan yozilgan “Til amneziyasi” nomli monografiyada nutq


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

436

buzilishlariga yangicha qarash yuzaga kela boshladi. Shu bilan birga, bu davrga kelib, miyaning
turli nuqtalarida, ayniqsa, miya po‘stlog‘ida bajariladigan mavjud yuqori darajadagi vazifalar
haqida bahs-munozaralar paydo bo‘la boshladi. XIX asr davomida nutqiy buzilishlar doirasidagi
bilimlar kengayib, bu haqdagi ma’lumotlarga o‘sha davrdayoq tamal toshi qo‘yilgan edi.

Olim Frans Iosif Gall birinchilardan bo‘lib, aqliy qobiliyat aynan bosh miya po‘stlog‘ida

ekanligini hamda miyadagi kulrang modda faol to‘qimalar (nervlar), oq modda esa biriktiruvchi
to‘qima ekanligini isbotladi. Tadqiqotning empirik usuli yordamida olim miyaning turli
funksiyalarini bosh miyaning muayyan po‘stlog‘i hududlari bilan bog‘laydi. Masalan, u nutq
artikulyatsiyasi va so‘zni xotirada saqlab qolish o‘rni peshona bo‘lagining ikki sohasida ekanligini
aniqladi. Gall g‘oyalarini uning shogirdi Jan-Batist Bull davom ettirib, peshona bo‘lagi
sohalaridagi turli jarohatlarning nutqiy buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan hamda boshqa bo‘lak
sohalaridagi jarohatlarning bunday buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lmagan holatlarini aniqlaydi.

1861-yilga kelib, fransuz olimi Pol Broka bir bemorni kuzatishi orqali ikkita farazni ilgari

suradi: birinchidan, insonning ruhiy holatlari bilan bog‘liq faoliyati miya yadrosi orqali amalga
oshadi. Ikkinchidan, nutqiy buzilish bosh miyaning chap yarimsharidagi jarohat asosida yuzaga
keladi.

Nevrolog Karl Vernike esa Broka tadqiqotlarini, ayniqsa, insonning ruhiy holatlari miya

yadrosi orqali amalga oshishiga oid qarashlarini qo‘llab-quvvatlab, nutqni tushunish muammolari
bilan bog‘liq hamda bugungi kunda Vernike sohasi deya mashhur sanalgan bosh miyaning yangi
sathini ixtiro qiladi. Olim bosh miyada nutq bilan bog‘liq aniq ikki maydon mavjudligini aniqlaydi.
Bular bugungi kunda nutqni qabul qilishga javob beruvchi Vernike sathi hamda nutqni ifodalashga
xizmat qiluvchi Broka sathi sanaladi.

Nemis olimi Lyudvig Lixtshteyn Vernikening qarashlarini to‘ldirib, “hukm markazi”

sanalgan uchinchi maydonga asos soldi. Olim so‘z miya tomonidan qabul qilinganidan so‘ng
aynan hukm matkaziga ma’no ifodalanishi uchun yo‘naltirilishini ta’kidlaydi.

XX asr o‘rtalaridan boshlab neyrolingvistika doirasida L.Vigotskiy, A.Luriya,

R.Yakobsonlar tomonidan aniq ilmiy-amaliy kuzatuvlarga asoslangan qarashlar ilgari surila
boshlandi.

Neyrolingvistikaga oid qonun-qoidalarning amaliy jihatdan o‘rganish esa N.Xomskiy

maktabining paydo bo‘lishi bilan yanada rivoj topdi. Ayniqsa, hozirgi kunga qadar alohida e’tirof
etiladigan E.Linnebergning quyidagi xulosalarini ta’kidlash lozim:

– til tug‘ma xususiyatlari, har bir turning o‘ziga xos jihatlari va biologik tabiati (miya

funksiyalari) bilan belgilanadi;

– inson tilining ayrim xususiyatlari universaldir (barcha tillar uchun yagona asos mavjud);
– ontologik rivojlanish o‘smirlik davriga qadar jismoniy yetilish orqali sodir bo‘ladi[3].
“Neyrolingvistika” atamasining paydo bo‘lishi 1940-yillarning oxiri va 1950- yillarda Edit

Crowell Trager, Henri Hecaen va Aleksandr Luriyaga tegishli. Luriyaning “Neyrolingvistikadagi
muammolar” kitobi, ehtimol, neyrolingvistika haqidagi birinchi kitobdir. Garri Uitaker 1970-
yillarda Qo‘shma Shtatlarda neyrolingvistikani ommalashtirdi, 1974 yilda “Brain and Language”
jurnaliga asos soldi [1:52-55].

Garchi dunyo ilmi miqyosida neyrolingvistika ham qadimiy, ham navqiron soha

hisoblansa-da, o‘zbek tilshunosligida bu borada keng fundamental miqyosda tadqiqotlar olib
borilmagan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

437

Til qanday tug‘iladi, rivojlanadi, boshqariladi, umuman, insonning nutqiy qobiliyati,

jumlalarni tuzish, qolaversa, xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida miyaning ishlash mexanizmi qay
tarzda boshqariladi – bularning barchasi bugungi neyrolingvistikaning asosiy tadqiq manbayi
bo‘lib qolmoqda.

REFERENCES

1.

Bahodirova F. Neyrolingvistika tilshunoslikning yangi sohalaridan biri / “PROSPECTS
OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION”. –B. 52-55.

2.

Винарская Е.Н., Кузнецов С.Н. Нейролингвистика // Лингвистический
энциклопедический словарь. – М., 1990. – С. 566.

3.

httpsvuzlit.com836671 vvedenie Введение Нейролингвистика и ее сущность vuzlit.com

4.

Tojiyev A., Novshadbekova D. Zamonaviy neyrolingvistikaning tilshunoslikdagi
ahamiyati / International сonference on learning and teaching 2022/6, – B. 53.

References

Bahodirova F. Neyrolingvistika tilshunoslikning yangi sohalaridan biri / “PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION”. –B. 52-55.

Винарская Е.Н., Кузнецов С.Н. Нейролингвистика // Лингвистический энциклопедический словарь. – М., 1990. – С. 566.

httpsvuzlit.com836671 vvedenie Введение Нейролингвистика и ее сущность vuzlit.com

Tojiyev A., Novshadbekova D. Zamonaviy neyrolingvistikaning tilshunoslikdagi ahamiyati / International сonference on learning and teaching 2022/6, – B. 53.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов