LEXICOGRAPHIC INTERPRETATION OF PSYCHOLINGUISTIC TERMS

HAC
Google Scholar
To share
Axmedova, N. (2024). LEXICOGRAPHIC INTERPRETATION OF PSYCHOLINGUISTIC TERMS. Modern Science and Research, 3(2), 255–257. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30749
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article discusses psycholinguistics, which is considered a modern field of linguistics, and the specifics of giving related terms in dictionaries.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

255

PSIXOLINGVISTIK TERMINLARNING LEKSIKOGRAFIK TALQINII

Nilufar Axmedova

O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori katta ilmiy xodimi, PhD.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10956567

Annotatsiya. Maqolada tilshunoslikning zamonaviy sohasi sanalgan psixolingvistika va

unga oid terminlarning lug‘atlarda berilishidagi o‘ziga xosliklar xususida fikr yuritilgan.

Tayanch soʻz va iboralar: psixolingvistika, psixologiya, izomorfizm, lisoniy irsiyat, lisoniy

yaratuvchanlik, logopediya, ichki nutq, inson omili.

LEXICOGRAPHIC INTERPRETATION OF PSYCHOLINGUISTIC TERMS

Abstract. The article discusses psycholinguistics, which is considered a modern field of

linguistics, and the specifics of giving related terms in dictionaries.

Key words and word expression: psycholinguistics, psychology, isomorphism, linguistic

heredity, linguistic creativity, speech therapy, inner speech, human factor.

ЛЕКСИКОГРАФИЧЕСКАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ПСИХОЛИНГВИСТИЧЕСКИХ

ТЕРМИНОВ

Аннотация. В статье рассматривается психолингвистика, считающаяся

современной областью лингвистики, и специфика дачи связанных с ней терминов в
словарях.

Ключевые слова и фразы: психолингвистика, психология, изоморфизм, языковая

наследственность, языковое творчество, логопед, внутренняя речь, человеческий фактор.

Psixolingvistika psixologiya va tilshunoslik fanlarining uyg‘unlashuvidan yuzaga kelgan

yangi soha sifatida e’tirof etiladi. Fan sifatida XX asrning o‘rtalarida shakllana boshlagan
psixolingvistikaning yuzaga kelishida bir qancha omillar ko‘rsatiladi. Jumladan, a) maktabgacha
yoshdagi bolalarning nutqini shakllantirish; b) aqliy nosog‘lom, kar-soqov hamda tug‘ma nutqiy
nuqsonli bolalarni o‘qitish, logopediya; d) nutqiy buzilishlarni tiklash; e) madaniyatlararo
aloqa

1

kabilar.

Psixolingvistika termini ilk marta 1936-yilda amerikalik psixolog J.R.Kantor tomonidan

qo‘llangan. 1946-yildan boshlab esa uning shogirdi N.G.Pronkoning “Til va psixolingvistika”
nomli maqolasi e’lon qilinganidan so‘ng keng iste’molga kirgan

2

.

Psixolingvistikaning asosiy tadqiqot obyekti nutqiy faoliyat subyekti bo‘lgan shaxs, til

egasidir. Shu sababdan uning diqqat markazida inson turadi, eng muhim xususiyati ham inson
omili ekanligi bilan o‘ziga xosdir

3

.

Tilshunoslik va psixologiya doirasidagi izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, inson

tafakkuri va nutq shakllari o‘rtasidagi bog‘liqlik juda ham yaqin hisoblanadi. Shu sababdan
psixolingvistika nuqtayi nazaridan yondashilsa, til nafaqat muloqot vositasi, balki ma’naviyat
hamda qadriyatning ifodasi hamdir.

1

Психолингвистика. Электронный учебно-методический комплекс по учебной дисциплине для

специальности. Составитель: О.И. Уланович. – Минск: Изд-во Гревцова, 2010. – 240 с. – С. 3.

2

Белянин

В.П. Психолингвистика / Главный редактор Д. И. Фельдштейн. – Учебник. – М.: Флинта, 2003. –

С. 3.

3

Usmanova Sh., Shamsiyeva Sh. Psixolingvistika. – Toshkent: Bookmany print, 2022. – B. 3.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

256

Bugungi kun psixolingvistikasiga oid tadqiqotlar falsafa, psixologiya, tilshunoslik,

semiotika, semantika, mantiq, sotsiologiya hamda tibbiyot bilan chambarchas bog‘liq.

Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, psixolingvistikaning uchta asosiy nazariy manbasi

mavjud:

1.

Sepir–Uorf nazariy qarashlari. Unga ko‘ra tilga psixologik yondashish zarurligi

ta’kidlanadi. Ya’ni til bu ruh mahsuli bo‘lib, u o‘zida muayyan xalq madaniyatini mujassam etadi.

2.

Amerikalik strukturalistlar hamda N.Xomskiyning ilmiy qarashlari. Unda ma’lum bir

tildan foydalanish to‘g‘ri gap tuza olish qobiliyati bilan bog‘liq g‘oya ilgari suriladi.

3.

Til va nutq masalalari bilan shug‘ullanuvchi olimlarning ilmiy qarashlari. Bunda

L.S.Vigotskiy, L.V.Sherba kabi olimlarning fikr, ichki so‘z, nutqiy faoliyatga oid bildirgan fikrlari
muhim sanaladi.

Psixolingvistikaning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
1.

Jamiyatda nutqiy faoliyatning vazifalarini o‘rganish.

2.

Muloqot ishtirokchilarning tabiati va nutqiy axboroti o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq etish.

3.

Shaxsning kamol topishi hamda uning nutq rivojlanishi chambarchas bog‘liqligini tahlil

qilish.

Ta’kidlash lozimki, har doim oraliqdagi hodisalar kuchli va, o‘z navbatida, juda e’tiborni

talab qilishi bilan o‘ziga xosdir. Jumladan, psixolingvistika sohasi ham psixologiya va
tilshunoslikni birlashtirar ekan, unga oid terminlar ikkala fanning tutashgan xususiyatlarini aks
ettira olishi lozim.

O‘zbek tilshunosligida psixolingvistika terminlari lug‘at shaklida hozirga qadar

yaratilmagan. Shu sababdan biz bu jarayonda psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari va
lug‘atchilikdagi bu borada mavjud tajribalarga murojaat etildi.

Mazkur lug‘atga kiritilgan terminlarni to‘plashda o‘zbek va jahon tilshunosligida

yaratilgan ilmiy tadqiqotlar, adabiyotlardan manba sifatida foydalanildi. Tanlangan terminlar
o‘zbek tiliga ixcham tarzda tarjima qilindi. Termin xatboshidan har bir harfi bosh shaklda berilib,
o‘zlashma terminlarning kelib chiqishi katta qavsda ifodalandi. Masalan:

IZOMORFIZM

(

lot.

izo – o‘xshash + morfo – shakl) Tilning turli sath birliklarining ichki

tuzilishi o‘rtasidagi o‘xshashlik ma’nosini ifodalaydi. Mazkur atama tilshunoslikka ilk bor
Y.Kurilovich tomonidan kiritilgan. Uning fikricha, tovush komplekslari (masalan, bo‘g‘in) va
semantik komplekslar (masalan, gap), funksional munosabatlaridan qat’i nazar, chuqur struktur
parallelizmga ega. Ular o‘rtasida izomorfizm deb nomlanishi mumkin bo‘lgan ajoyib o‘xshashlik
bor.

Yuqorida ta’kidlanganidek, psixolingvistika faniga dastlab Amerika tilshunosligida asos

solingan. Shu sababli fanga oid terminlarning aksariyati ingliz tilida. O‘quvchiga qulaylik yaratish
maqsadida terminlarning dastlabki nomlanishini oddiy qavslar orqali o‘sha til grafikasida berildi.
Masalan:

LISONIY IRSIYAT (ing.

Language gene –

FOXP2;

rus.

языковой ген) Insonga xos til

va uni o‘zlashtirish qobiliyati kabi o‘ziga xosliklarni tashuvchi tabiiy ko‘nikma.

Lug‘atdan o‘rin olgan terminlarga ularning tabiatidan kelib chiqib, atroflicha yondashildi.

Masalan:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

257

LISONIY YARATUVCHANLIK

Til sohibining, asosan, bolalarning anglangan yoki

anglanmagan holda til birliklariga o‘ziga xos tarzda yondashishi. Bolalar nutqi ustida tadqiqotlar
olib borgan mutaxassislarning fikricha, bola o‘z ona tilini to‘liq o‘zlashtirgunicha til birliklaridan
o‘zi yaratgan qoidalarga ko‘ra foydalanadi. Bu, ayniqsa, so‘z yaratish jarayonida yaqqol
kuzatiladi. Yoki

ICHKI NUTQ

Ma’lum narsa, voqea-hodisa haqida o‘ylanganda, qandaydir muammolarni

miyada bajarganda, o‘qilgan matn yoki suhbatni ichda qayta tushunish jarayonlarida
foydalaniladigan ovozsiz, noverbal, xayoliy nutq. Ichki nutq so‘zlovchiga verbal nutqning yuzaga
chiqishi uchun tayyorgarlik bosqichini o‘taydi.

Psixolingvistik terminlarning izohli lug‘ati tanlangan birliklarni nisbatan kengroq

yoritilishi bilan bu sohadagi boshqa lug‘atlardan farqlanadi.

Mazkur lug‘atni tuzishdan maqsad o‘zbek tilshunosligida psixolingvistikaga oid

tadqiqotlarga, shu soha bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga amaliy yordam sifatida fanga
tegishli terminlarning mohiyatini chuqurroq, atroflicha yoritishdan iborat. Lug‘at ilmiy tadqiqot
institutlari, oliy ta’lim mutaxassislari, magistr hamda o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.


REFERENCES

1.

Белянин В.П. Психолингвистика / Главный редактор Д.И.Фельдштейн. –
Учебник. – М.: Флинта, 2003. – С. 3.

2.

Горелов И.Н., Седов К.Ф. «Основы психолингвистики». – М., 1997.

3.

Залевская А.А. «Введение в психолингвистику». – М.,1999.

4.

Леонтьев А.А. «Основы психолингвистики». – М., 1997.]

5.

Психолингвистика. Электронный учебно-методический комплекс по учебной
дисциплине для специальности. Составитель: О.И. Уланович. – Минск: Изд-во
Гревцова, 2010. – С. 3.

6.

Usmanova Sh., Shamsiyeva Sh. Psixolingvistika. – Toshkent: Bookmany print, 2022. –
B. 3.

References

Белянин В.П. Психолингвистика / Главный редактор Д.И.Фельдштейн. – Учебник. – М.: Флинта, 2003. – С. 3.

Горелов И.Н., Седов К.Ф. «Основы психолингвистики». – М., 1997.

Залевская А.А. «Введение в психолингвистику». – М.,1999.

Леонтьев А.А. «Основы психолингвистики». – М., 1997.]

Психолингвистика. Электронный учебно-методический комплекс по учебной дисциплине для специальности. Составитель: О.И. Уланович. – Минск: Изд-во Гревцова, 2010. – С. 3.

Usmanova Sh., Shamsiyeva Sh. Psixolingvistika. – Toshkent: Bookmany print, 2022. – B. 3.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов