ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
391
RANGTASVIRDA ODAM BOSHI PORTRETINI TASVIRLASH MAVZUSINING
O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
Zarifova Dilfuza Omon qizi
,
Kamoliddin Behzod nomidagi
Milliy rassomlik va dizayn instituti
Dastgoh va kitob grafikasi mutaxassisligi 1-kurs magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.8432354
Annotatsiya.
Maqolada rangtasvirda inson boshi portretini tasvirlash mavzusini
o'qitish texnologiyasi muhokama qilinadi. Oliy o‘quv yurtlarida rangtasvir darslarida tashkil
etilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit sо
‘
zlar:
Pedagogik texnalogiya,
metod, metodika
,
an’ana, ta’lim.
TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE HUMAN
HEAD IN PAINTING
Abstract.
The article discusses the technology of teaching the subject of depicting a portrait
of a human head in a painting. Information about modern pedagogical technologies organized in
painting classes in higher educational institutions is given.
Key words:
Pedagogical technology, method, methodology, tradition, education.
ТЕХНОЛОГИЯ ПРЕПОДАВАНИЯ ТЕМЫ ПОРТРЕТ ГОЛОВЫ ЧЕЛОВЕКА
В ЖИВОПИСИ
Аннотация.
В статье рассматривается технология преподавания темы
изображения портрета головы человека в живописи. Представлена информация о
современных педагогических технологиях, организуемых на уроках живописи в высших
учебных заведениях.
Ключевые слова:
Педагогическая технология, метод, методика, традиция,
образование.
Hozirgi zamon sharoitida, ta’lim tizimining barcha bosqichlaridan yuqori malakali
kadrlarni tayyorlashda, o‘qitishning hozirgi zamon tizimlari va yangi pedagogik texnologiyalari
asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Yangi pedagogik texnologiyalarni muhim jihati
shundaki, unda qo‘yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o‘quv jarayoni rejalashtiriladi,
loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatli o‘tishining
80 foizi ta’lim jarayonini to‘g‘ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog‘liqdir.
Bugungi kunda Rangtasvir yo‘nalishidagi malakali bo‘lajak mutaxassis tayyorlash ishlarini
olib borishda quyidagi talablarga javob berishi lozim deb xisoblaymiz:
- mutaxassislik bo‘yicha davlat ta’lim standartida belgilangan bilim, ko‘nikma va
malakalarni shakllantirishga qaratish;
- ta’lim mazmunida ko‘zlangan ta’lim-tarbiya maqsadi va vazifalariga mos kelishi;
- mutaxassis tayyorlash jarayonining barcha tarkibiy qismlari (amaliy mashg‘ulotlar, ishlab
chiqarish amaliyoti) o‘zaro bog‘liq holda uzviy tashkillashtirilishi;
- kasbiy ta’lim berish mazmunining fan, texnika va texnologiya taraqqiyoti darajasi
talablariga javob berishi.
Bu talablarni bajarishda mutaxassislik ta’lim yo‘nalishi bakalavrlarini tayyorlashda hamda
ularning kasbiy bilimlarini shakllantirishda mutaxassislik fanlar alohida o‘rin tutadi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
392
Mutaxassislik fanlar tarkibiga kiruvchi “Rangtasvir” fani Tasviriy san’at yo‘nalishi talabalari
faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki ushbu mavzu doirasida ishlab chiqilgan o‘qitish
metodikasining asosiy vazifasi-bo‘lajak malakali mutaxassislarni muayyan mutaxassislik sohasida
amaliy faoliyat ko‘rsatishga tayyorlashdan iborat.
Respublikada amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlarning bosh maqsadi – barkamol
shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashdan iborat etib belgilangan bir sharoitda
o‘quvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda o‘quvchilarga rangtasvir asoslarini o‘rgatish o’ziga
xos ahamiyat kasb etadi.
Zero, komil inson qiyofasida nafaqat shaxsiy sifatlar, shu bilan birga kasbiy sifatlar ham
aks etishi zarur. Haqiqatdan ham, ta’sviriy san’at asarlarini yaratishda, ya’ni asar g‘oya va
kompozitsiyasini yaratishda chizmatasvir va rangtasvirni uyg‘un holda tashkil etish ham ham
falsafiy, xam psixologik, ham kasbiy xususiyatiga ega bo‘lib, u shu asarning to‘laqonligini va
badiy echimini belgilab beradi.
Mazmunan insondagi fikrlash jarayoni biron bir masalaga javob berish, aniq bir savolni
yechish,u yoki bu harakat usulini qo‘llash zarurati paydo bo’lganda boshlanadi. Bularning barchasi
rassom tomonidan san’at asarlarida xaqiqatning tasvirlanishi va anglashiga nisbatan rassomning
alohida faoliyat yo’nalishi bilan ifodalanadi.
Tasviriy faoliyat jarayoni bir qator aniq masalalarning ketma-ket yechimiga ega bo‘lgan
umumiy jihatlardan iborat. Har bir laxzada rassom xayolan javob topishi qiyin bo‘lgan murakkab
holatlar ham mavjud bo‘lib, mo‘yqalam va akvarel yordamida ishlayotgan rassom ishni naturadan
bajarayotgan bo‘lsa, natura xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zi qo‘ygan savollarga javob
topishi kerak bo‘ladi. Faqat shu asosda rassom xaqiqatni faol tushunib yetishi, tasviriy faoliyatini
muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin.
Qandaydir sabablar tufayli rassom oldida turgan aniq masalalar vazifalar olib tashlansa u
holda, rassom chizish jarayonida ya’ni bo‘yoq bilan ishlash, xaykal yasashda aniq bir maqsadsiz
loqaydlik bilan ishlay boshlaydi, ong fikrlashdan to‘xtaydi u yangi bilimni olishga ehtiyoj
sezmaydi, natijada bu ishning yakuni yaxshi samara bermaydi, rasm, rangtasvir ishi,
xaykaltaroshlik ishining sifati yaxshi bo‘lmaydi. Bunday hollarda rassomlar o‘zlari bir joyda
turganliklarini tan olishadi.
Rassomning tasviriy faoliyatini yanada kuchaytirish borasida R.R. Chitsyakov shunday
deydi - “rasm chizish demak, bu fikrlashdir". U bu xulosalari bilan masalani o‘ylash fikrlash
faoliyatini faollashtirish bilan bog‘laydi. Chitsyakovning aytgan so’zlari shubxasiz (ko‘z bilan
tekislikdagi naturani xech qanday muloxazasiz chizish bu faqat qo‘lni mashq qildirishdan boshqa
emas) bu fikr rassomlarning ayrimlaridagi chizayotganida kamroq o‘ylash, kamroq fikrlash kerak,
ko‘rayotgan, sezayotgan narsanigina yasash kerak, qanday xis qilsang shunday chiz degan fikrga
qarshi yo‘naltirilgan fikrlardir.
Demak, har bir yaratilgan asarning yaratilish jarayoni o‘quvchi ko‘z o‘ngida yangi bir
olamni kashf etish bilan birga uni fikrlashga o‘rgatsagina u mustaqil asarlar yarata oladi va tasviriy
san’at olamining yangi qirralarin kashf eta oladi. Bu vositalardan bo‘lajak o‘qituvchi shunday
foydalanishi kerakki, bunda u biror asarning badiiy jihatdan yechimini to‘g‘ri hal qilishi uchun
uning mezonlarini, ya’ni kompozitsiya xususiyatlarini va vositalarini, asarning g‘oyaviy
mazmunini yaxshi tushunib yetgan bo‘lishi kerak. Shu o‘rinda ishlab chiqilgan o‘qitish metodikasi
Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun qiziqarli manbaa bo‘lib qoladi deb ishonamiz.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
393
REFERENCES
1.
X. Ibragimov. “Pedagogika nazariyasi”. Toshkent : Fan va texnologiya nashriyoti. 2008 y.
2.
A. I. Avazboev. Y. U. Ismadiyarov. “Kasbiy pedagogika” Toshkent: Cho‘lpon nomidagi
ijodiy matbaa uyi. 2014 y.
3.
Abdirasilov S.F., Boymetov B.B., Tolipov N.X. Tasviriy san’at.–T.: 2010 35 b
4.
Botir Boltabaevich Baymetov, Laylo Mirsoatova “Oliy pedagogik ta’limda inson qomatini
tasvirlashning nazariyasi va metodikasi” maqolasi "Science and Education" Scientific
Journal November 2020 G‘ Volume 1 Issue 8.
Internet saytlari.
5.
http://kutubxona.adu.uz
6.
www.sanat.orexca.com/ru
7.
https://fayllar.org/1-b-boymetov.html
8.
https://uz.denemetr.com
9.
www.ziyonet.uz