SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING

HAC
Google Scholar
To share
Maftuna, G. . (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91–94. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24660
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses the scientific-theoretical basis of methodical training of future elementary school teachers for logical thinking.


background image



91

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI MANTIQIY FIKRLASHGA METODIK

TAYYORLASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

G‘aniyeva Maftuna Abduaziz qizi

Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8374963

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining mantiqiy

fikrlashga metodik tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar:

Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari, mantiqiy tafakkur, mantiqiy fikr.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF METHODICAL TRAINING

OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING

Abstract.

This article discusses the scientific-theoretical basis of methodical training of

future elementary school teachers for logical thinking.

Key words:

Future elementary school teachers, logical thinking, logical thinking.

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ МЕТОДИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ

УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ К ЛОГИЧЕСКОМУ МЫШЛЕНИЮ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются научно-теоретические основы

методической подготовки будущих учителей начальной школы к логическому мышлению.

Ключевые слова:

Будущие учителя начальных классов, логическое мышление,

логическое мышление.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini mantiqiy fikrlashga tayyorlash dastavval bo’lajak kadrlar

misolida davlat va jamiyat buyurtmasiga hamda talabalarninng kasbiy ehtiyojlariga mosligini

ta’minlashda ularning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini amalga oshirishda mustaqil

bilim olish, o‘z-o‘zini rivojlantirishi va o‘z-o‘zini namoyon kilishiga yordam beradi. Shu bilan

birga bu faoliyat jarayonida ularda nazariy yondashuvlar, shaxsga yo‘naltirilgan,

kompetensiyaviy, faoliyatli, kommunikativ-kognitiv kabi nazariy yondashuvlarni amalga

oshirishda uzluksizlik va differensial, modul, o‘zaro ta’sir, refleksivlik, ilmiy-metodik kuzatuv

tamoyillariga asoslangan holda uning mazmuni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Mantiqiy fikrlash asosida o‘qituvchi o‘quv mazmunini ijtimoiy buyurtma asosida modulli

shakllantirish, o‘quv materialini o‘zlashtirishda loyihalash texnologiyalaridan foydalanish, o‘z


background image



92

kasbiy

rivojlanishida

ilmiy-metodik

kuzatuvni

amalga

oshirish,

ta’lim

shakllarini

individuallashtirish va uzluksizligini ta’minlaydi.

1

Shu nuqtai nazardan qaraganda, "O‘qituvchi faoliyatidagi eng muhim narsa nima?” degan

savolga aynan ushbu jihatning shakllanganligi munosib javob bo’la oladi. Mantiqiylik har bir

masalada xususan pedagogic jarayonda ham muhim jihat eknaligi va bunga – o‘qituvchilarni

o‘rgatishning ahamiyati sohada yo’naltirilgan ta’limning ko’zlangan masalalarni aniq hal etishga

imkon yaratadi. O’qituvchi ma’lum hayot yo’lini bosib tizimli tarzda ushbu pog’onaga, ya’ni

o’rgatish darajasiga yetib kelgan shaxsdir. Ammo o‘quvchilarning o‘rganishi kerak bo‘lgan

narsalar, qonuniyatlar esa cheksiz ko‘p – eng muhimi, ular hodisa va predmetlarga nisbatan to’g’ri

tushunchalarni o’z ongida hosil qila olishi, shaxsiy fikr-mulohazalar, g’oyalarga ega bo’lishi

shuningdek mehnatdan qochmaslikka, ongli, samarali, ijodkorona va mas’uliyat bilan mehnat

qilishga o‘rganishlari lozim. Bugungi kunda o‘qituvchilar oldiga qo‘yilayotgan talab ham shu:

o‘quv-tarbiya jarayonini muntazam takomillashtirib borish, ta’lim, tarbiya bilan bog‘liq,

rivojlantiruvchi va, albatta, amaliy masalalarni sifatli hamda majmuali tarzda hal etish zaruratidir.

O‘rgatishga intilish izlanishga undaydi. O‘qituvchi har bir o‘quvchisining maksimal

darajadagi faolligini, ayniqsa, jadal fikrlay olish qobiliyatini o‘stirishni ta’minlovchi ish shakllarini

izlashi, yangi ko‘rgazmali qurollar yaratish, yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash yo‘lida ish

olib borishi shart. Shu tariqa u yangi ish usullari, o‘yinlar, juftlikda, guruhlarda faoliyat yuritishdan

foydalanish uchun o‘quvchilarning hayoti, ularni o‘rab turgan real borliq bilan bevosita bog‘liq

original, qiziqarli vaziyatlarni topishi, o‘rgatayotgan fani haqiqatan ham muloqot tili, o‘zaro fikr

almashish vositasi bo‘ladigan shart-sharoitlarni yaratishi joiz. Bu esa dars jarayoniga chuqur

o‘ylangan, butun usuliy tizimga muvofiq bo‘lgan o‘zgarishlar kiritilishini talab qiladi.

O‘qituvchining bu yo’nalishdagi amaliy mehnati o‘quvchilarning o’zlashtirish darajasi va ularda

shakllangan mantiqiy tafakkur saviyasida o’z natijasini ko’rsatadi va bular uyg’un holatda,

chinakam ijodiy faoliyatga aylanib ketishi kerak, shundagina u har ikkala tomonda qoniqish hissini

paydo qiladi. Faoliyat orqali biz muayyan maqsadga, natijaga erishishni istaymiz. Shuning uchun

o’qituvchilarning shaxsiyatida bu kabi jihatlarni shakllantirish ularning kelgusi faoliyatida obyekt

bo’lmish o‘quvchilarga ular nimalarga erishganliklarini namoyish etish, o‘z yutuqlarini tuyish

imkonini berish, shu tariqa keyingi hatti-harakatlarga rag‘batlantirish, ularni o‘z ishlari va

o‘rtoqlari faoliyatini nazorat qilishga yordam beradi. Hozirgi kundagi zamonaviy ta’lim sferasida

kadrlar tafakkurini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini yaratish va bu yo‘nalishdagi aniq maqsadli

1

Ашуров М.О. Миллий тарбия асослари. – Самарканд: СамДУ, 2014. – Б. 100.


background image



93

ishlar turli shakldagi umumlashtirish-takrorlash darslari bilan emas, balki yangicha pedagogic

texnologiyalar orqali amalga oshirilishi darkor. Ushbu ishlar hozirgi kunda kadrlar malakasini

oshirish va qayta tayorlash institutlarida bajarilishiga qaramay umumiy tahlillar bu tizimning yangi

o’zgarishlarga muhtojligini ko’rsatib bermoqda.

O‘qituvchining mahorati va dunyoqarash shakliga qarab o’quvchilar ham kuzatish, anglash,

takrorlash, eslab qolish, fikr yuritishga o‘rganadilar, shuningdek, birgalikda bajargan ishlaridan

quvonadilar, hayratlanadilar, xafa bo‘ladilar, baholaydilar, xulosa chiqaradilar, yakun yasaydilar.

Bunda o‘qituvchining mantiqiy yondashuvi va emotsional holati nihoyatda muhim ahamiyatga

ega, chunki bolalar uning o‘zlari bilan birga yashayotgani, ishlayotgani, o‘ylayotganini ko‘rib

turadilar. Xuddi shuningdek, o‘quvchilar uyda ham bu ishlarini davom ettirishlari kerak, shunga

yarasha uy vazifalari oladilar, aqliy faoliyatning u yoki bu usullarini mashq qildirishni nazarda

tutadigan topshiriqlarni bajaradilar. Dars jarayonida o‘zlashtirganlarini uyda takrorlashlari tavsiya

qilinadi, ularning egallagan bilimlari, orttirgan ko‘nikmalari tekshirilib, baholanadi.

Aytish joziki, mantiqiy fikrlashga murabbiylarning metodik o’rgatilishi o‘quvchilarda aqliy

faoliyat yo‘llarini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan ishlar samaradorligini sezilarli darajada

o’zgartiradi va o‘z natijalarini beradi: ular o‘zlarini fikr yuritadigan, faol harakat qiladigan shaxs

sifatida anglaydilar, o‘qish katta iroda kuchini talab qiladigan og‘ir mehnat ekanini tushunadilar.

Darslar ularni o‘ylash, mulohaza yuritish, ongli ravishda mehnat qilish, mantiqiy fikrlash, darsga

dastlabki daqiqalardanoq kirishish, tanaffus haqida unutib, ishlashga o‘rgatadi.

Hozirgi kunda ta’lim tizimida bo’lajak kadrlar va amalda faoliyat olib borayotgan pedagog

xodimlarda mantiqiy tafakkurni shakllantirish metodik jihatdan o’z uslubiy va amaliy

xususiyatlariga ega. Chunonchi, o‘qituvchilarni mantiqiy-aqliy faoliyat yuritishga o‘rgatish

jarayonida ularning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Bu ular

o’quvchilarga beradigan vazifalarini mustaqil hal etish yo‘llarini izlashlariga o’rgatish uchun ham

muhim bo’lib: isbotlash, asoslash, ishontirishga, o‘z fikrlarini hayajon bilan obrazli ifodalash,

hodisalarni voqelik bilan, o‘z hayotiy tajribasi bilan taqqoslash, biror axborot topish, uni tushunish,

unga o‘z munosabatini bildirish imkonini beradi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bu

kompetensiyani yuzaga chiqara olishi shubhasiz ularning keng dunyoqarashini shakllantirishga,

shu barobarda ma’naviy sifatlarni tarbiyalashga ham ko‘maklashadi

Amaliyotdan ma’lumki, guruhlarda ishlash bilim darajasi turlicha bo‘lgan o‘quvchilar uchun

foydali bo‘lib, ularning fikrlash-so‘zlash faoliyatini jadallashtirishning samarali shakllaridan biri

sanaladi. U o‘qituvchiga har bir o‘quvchini faoliyatga jalb etish, ijodiy faolligini oshirish, leksik-

grammatik materiallarning mustahkam o‘zlashtirilishini ta’minlash imkonini beradi, bilim va


background image



94

ko‘nikmalar, malakalar darajasini ancha ko‘taradi, o‘rganilayotgan tilda muloqot qilish uchun

sharoit yaratadi. Guruhli ish tarbiyaviy ahamiyatga ham ega: ish yuzasidan o‘zaro muomala

qilishga, jamoa oldidagi mas’uliyatni his etishga, umumiy ish uchun jon kuydirishga, do‘stlar

ishonchini oqlashga, ishonchli sherik bo‘lishga, qat’iyatlilikka, o‘z harakatlarini, o‘rtoqlari

faoliyatini to‘g‘ri baholashga, talablarni qabul qilib, ularga bo‘ysunishga o‘rgatadi.

O’qituvchilarning o’zlari bilan bu tajribani amlga oshirish bugungi kunda ham o’z natijasini berib

kelmoqda.

O‘qituvchilarni guruhlarda ishlashga o‘rgatish uchun o’rgatuvchi o‘qituvchi ko‘pincha

O‘UM da taklif etilgan yoki o‘zi ishlab chiqqan o‘yin shaklidagi topshiriqlardan foydalanadi. U

o‘quvchilarni o‘z rollariga jiddiy tayyorlanishga, nutq shakli, hajmi, savodxonligiga, uning hissiy

jihatlariga ahamiyat berishga, o‘z “qahramonlari” xulqini aks ettirishga undaydi. Agar o‘qituvchi

dastlabki paytlarda guruhli ishni tashkil etish uchun juda ko‘p ishlasa, keyinroq bular mustaqil

tarzda bajariladigan bo‘ladi, ularni tashkil etish ekspertlar zimmasiga yuklanadi. Guruhlarda

muntazam ishlash o‘quvchilarni muloqotli vaziyatlarni mustaqil ravishda tuzishga o‘rgatadi.

Odatda, bular tabiiy hayotiy vaziyatlar bo‘lib, o‘yin jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy saviyasi

va intelektual layoqati namoyon bo‘ladi, faolligi oshadi.

REFERENCES

1.

Ganiyeva, M. (2023). THE MAIN DIRECTIONS OF DEVELOPING THE LOGICAL

THINKING

OF

FUTURE

ELEMENTARY

SCHOOL

TEACHERS

(IN

MATHEMATICS LESSONS). Science and innovation, 2(B3), 30-33.

2.

Ganieva, M. (2023, June). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY

SCHOOL STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International

Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).

3.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

References

Ganiyeva, M. (2023). THE MAIN DIRECTIONS OF DEVELOPING THE LOGICAL THINKING OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS (IN MATHEMATICS LESSONS). Science and innovation, 2(B3), 30-33.

Ganieva, M. (2023, June). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов