DIALECTAL BASIS OF PAREMIOLOGICAL UNITS

HAC
Google Scholar
To share
Boymurodova, L., & Ergasheva, D. (2023). DIALECTAL BASIS OF PAREMIOLOGICAL UNITS. Modern Science and Research, 2(10), 542–546. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25482
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information on paremiology, a branch of phraseology. Wise expressions such as proverbs, matals, and aphorisms are also described.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

542

PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING DIALEKTAL ASOSLARI

Boymurodova Lobar Raxim qizi

TerDU talabasi.

D.A.Ergasheva

Ilmiy rahbar.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10130346

Annotatsiya.

Ushbu maqolada frazeologiyaning bir bo'limi sanaladigan paremiologiya

bo'limi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralar—
paremalarning dialektal asoslari ham bayon etilgan.

Kalit so'zlar:

xalq og'zaki ijodi, paremiologiya, parema, maqol, matal, aforizm, hikmatli

so'z.

DIALECTAL BASIS OF PAREMIOLOGICAL UNITS

Abstract.

This article provides information on paremiology, a branch of phraseology. Wise

expressions such as proverbs, matals, and aphorisms are also described.

Key words:

folklore, paremiology, parema, proverb, matal, aphorism, wise word.

ДИАЛЕКТАЛЬНАЯ ОСНОВА ПАРЕМИОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ

Аннотация.

В данной статье представлена информация о паремиологии, разделе

фразеологии. Также описаны мудрые выражения, такие как пословицы, маталы и
афоризмы.

Ключевые слова:

фольклор, паремиология, парема, пословица, матал, афоризм,

мудрое слово.


Frаzеоlоgiya tilshunоslikning bоshqа bo'limlаrigа nisbаtаn yangi bo'limdir. U

lеksikоlоgiya bаg'ridаn XX аsrning 50-yillаridаn mustаqil bo'lim sifаtidа аjrаlib chiqdi. Sоbiq
sho'rоlаr dаvridа Impеriya hududidаgi bаrchа tillаrning frаzеоlоgiyasi V.V.Vinоgrаdоv tа‘limоti
аsоsidа dunyogа kеldi. Jumlаdаn, o'zbеk frаzеоlоgiyasi hаm bundаn mustаsnо emаs. Har bir til
o'zining so'zlariga, frazeologiyasiga, hamda paremiologiyasiga ega. Xususan, o'zbek tillarining
paremiologiyasi haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalo ―paremiya, paremilogiya nima degan
savolga javob topishimiz kerak. Paremiologiya (yunoncha: paroimia — hikmatli soʻz, zarbulmasal
va ... logiya) —

a) maʼlum bir tildagi avloddan avlodga ogʻzaki shaklda koʻchib yuruvchi, ixcham va sodda,

qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo boʻlgan maqol, matal, aforizm kabi
hikmatli iboralarni — paremalarni oʻrganadigan fan sohasi;

b) muayyan tilda mavjud boʻlgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralar —

paremalar tizimi. Paremalar avloddan avlodga faqat ogʻzaki holdagina oʻtib kelganligi, xalq
ogʻzaki ijodining mahsuli boʻlganligi uchun adabiyotshunoslikning oʻrganish obʼyekti
hisoblanadi, chunki ularning aksariyati koʻpincha sheʼriy shaklga oʻxshaydi va ularda oʻxshatish,
antiteza, anafora, alliteratsiya, kinoya, piching kabi bir qancha tasviriy vositalar qoʻllanadi. Shu
bilan birga paremalar soʻzlardan tuzilib, maʼlum bir fikrni ifodalovchi gaplardan iborat boʻlgani
uchun tilshunoslikning ham oʻrganish obʼyektidir. Paremiologiya ana shu 2 jihatni oʻzida
birlashtiradi. Paremalarning kelib chiqishi, tarixan rivojlanishi va maʼno xususiyatlarini
oʻrganuvchi paremiologiya frazeologiya bilan chambarchas bogʻliq. Paremiologiya tilda mavjud


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

543

boʻlgan turli xil barcha iboralarni oʻrganadi, frazeologiya esa uning bir qismi sifatida faqat
koʻchma maʼnoli turgʻun birikmalarni oʻrganadi. Shu jihatdan ular oʻzaro farqlanadi. Oʻrganish
obʼyektining birligi, yaʼni bir necha soʻzdan tashkil topgan turgʻun, barqaror birikmalarni
tekshirish paremiologiya bilan frazeologiyaning oʻxshash, umumiy tomoni hisoblanadi.
Paremalarni toʻplash, oʻrganish Mahmud Koshgʻariy ("Devonu lugʻotit turk") va Gulxaniy
("Zarbulmasal") zamonlaridan to hozirgi kunlargacha davom etib kelmoqda. Paremiologiyada
yaxlit fikrni ifodalovchi eng mayda birlik parema deb ataladi. H.Berdiyorovning “O’zbek tilining
paremiologik lug’ati”da keltirilishicha, paremiologiya tildagi maqol, matal, aforizm kabi
iboralarni ikki planda o’rganadi:

1.Paremalar avloddan avlodga faqat og’zaki holdagina o’tib kelganligi, xalq og’zaki

ijodining mahsuli bo’lganligi uchun adabiyotshunoslik fanining obyektidir, chunki, bu hikmatli
iboralarning ko’pchiligi she’riy formaga o’xshaydi va ular o’xshatish (istiora, tashbeh, metafora),
taqqoslash (anateza) parallezmanafora, qofiyalash, Evfonik vositalar (alliteratsiya, assonans)
kinoya, piching, kesatiq kabi badiiy tasvir vositalari qo’langan bo’ladi.

2. Paremalar so’zlardan tuzilib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gaplardan iborat bo’lgani

uchun tilshunoslikning ham o’rganish obyektidir, chunki ular so’zlardan hosil bo’lishiga ko’ra
oddiy gaplarga o’xshasa ham, mazmuni, strukturasi, intonatsiyasi va boshqa grammatik
xususiyatlari jihatidan o’ziga xosliklarga ega. Paremalarning qachon paydo bo’lganligini aniqlash
qiyin, lekin shunisi ma’lumki, ularning ko’pchiligi juda qadim zamonlarda yaratilgan va ular o’zini
ijod qilgan xalq bilan yashab kelmoqda. Har qanday hikmatli ibora ham ommalashib ketmaydi,
faqat jamiyatdagi ko’pchilik insonlarning orzu-umidlari, istagini, hayoti va fikrini aks ettirgan
hikmatli iboralargina ommalashadi, avloddan avloda o’tadi, asrlar osha yashaydi – paremalarga
aylanadi.

Maqol — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli va obrazsiz, grammatik va

mantiqiy tugallangan maʼnoli, chuqur mazmunli hikmatli ibora. Muayyan aniq shaklga ega.
Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik
va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida
sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan.

Maqollar mavzu jihatdan nihoyatda boy va xilma-xil. Vatan, mehnat, ilm-hunar, doʻstlik,

ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda,
shuningdek, salbiy hislatlar xususida rangbarang maqollar yaratilgan. Maqol uchun mazmun va
shaklning dialektik birligi, koʻp hollarda qofiyadoshlik, baʼzan koʻp maʼnolilik, majoziy
maʼnolarga boylik kabi xususiyatlar xarakterli. Maqollarda antiteza hodisasi koʻp uchraydi
("Kattaga hurmatda boʻl, kichikka izzatda boʻl" va boshqalar). Turkiy xalqlarning maqollaridan
namunalar dastlab maqol Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida keltirilgan.

Bu maqollarning bir qanchasi hozir ham oʻzbek xalqi orasida turli vari-antlarda ishlatiladi.

Shuningdek, maqol Koshgʻariy asarida "Kishi olasi ichtin, yilqi olasi tashtin"; "Odam olasi ichida,
mol olasi tashida" kabi. Maqollar baʼzan matal, zarbulmasal, naql, hikmat, hikmatli soʻz, tanbeh,
mashoyixlar soʻzi, hikmatli maqol, donishmandlar soʻzi, otalar soʻzi kabi nomlar bilan ham
yuritiladi. Maqollarning ijtimoiy-siyosiy va tarbiyaviy ahamiyati juda, hattoki, gʻoyat katta.
Matalda narsa tasviri, uning xarakteristikasi beriladi, maqolda esa toʻla tugallangan fikr-xulosa
ifodalanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

544

Matal – [arabcha لتم] so‘zi, birinchi navbatda, tugal ma’no ifodalamaydigan obrazli ibora,

hikmatli so‘z (mas., ,,qizil qor yog‘ganda”, ,,tuyaning dumi yerga tekkanda”), ikkinchidan, qissa,
masal ma’nolarini bildiradi. Mаtal muayyan hayotiy hodisani aniq va to‘g‘ri belgilab beradigan
obrazli ifoda, ibora: maqollardan farqli ravishda ibratli maslahat tariqasidagi umumlashtiruvchi
ma’nodan holi bo‘ladi. Masalan, qozonni suvga tashladik, tuyaning dumi yerga tekkanda kabi.
Matal — muayyan hayotiy hodisani aniq va toʻgʻri belgilab beradigan obrazli ifoda, ibora. Matalda
oʻxshatish, taqqoslash, kinoya, qochiriq soʻz kabi badiiy vositalardan foydalaniladi. Majoziy
iboraning oʻz asl maʼnosi bilan koʻchma maʼnosi oʻrtasida yaqinlik, mantiqiy bogʻlanish boʻlishi
lozim. Matal bir yoki bir necha jumladan tuziladi, ular orasida qofiyalanish hamisha ham
saqlanmaydi. Masalan, "Shamol boʻlmasa, daraxtning shoxi qimirlamas", "Qizim senga aytaman,
kelinim sen eshit" va boshqa.

Aforizm atamasi yunoncha "Thorἀφίζε" dan keladi, bu degani aniqlang. Aforizm ilm-fan

yoki san'atda qoida tariqasida taklif qilinadigan qisqacha va ta'limotli jumla. Aforizm - prinsipni
ixcham, izchil va ko'rinishda yopiq tarzda ifodalashga qaratilgan ixcham bayon yoki jumla.
Aforizm - bu she'riy g'oya, adabiy g'oya.

"Tovuq bo'lma — musicha bo'l". Ushbu maqolda halollik haqida so'z ketmoqda. Ya'ni bu

maqolda musicha halollik ramzi bo'lib kelgan. Musicha o'zi bitta polapon ochib, uni asrab-avaylab,
uni halollik bilan boqadi. Tovuq esa bir qancha jo'ja ochib chiqib, unga to'g'ri kelgan, har qanday
narsani beraveradi. Maqoldan shuni xulosa qilish mumkinki, tovuqdek o'n - o'n beshta jo'ja
ochmasdan, musichadek bitta polapon ochib, uni halollik bilan katta qilgan afzal. Ya'ni bunda
"Soni emas—salmog'i afzal".

"Duo olgan-omondir, qarg'ish olgan-yomondir". Darhaqiqat, duo bilan qarg'ish bir-biriga

zid tushunchalar. Odamlarga ezgu ishlar qilib inson, albatta, duo oladi. Duo uni barcha
yomonliklardan omon saqlab qoladi. Qarg'ishning oxiri yaxshilikka olib kelmasligi hammamizga
ma'lum.

"O'ylamay chiqdim bu tog'ga—
Endi menga past qayda".
Bu maqol o'ylab, fikrlab ish yuritish haqida. Oxirini o'ylamay faqatgina shu vaziyatda

yuradiganlar oxirida qilgan bu ishlari uchun, albatta, pand yeyishadi. Maqol mazmuniga
to'xtaladigan bo'lsak maqolning kelib chiqishiga oid bitta rivoyatga ham duch kelishimiz mumkin.
Qadim zamonda bir inson bo'ladi. U har doim oxirini o'ylamay ish ko'radi. O'z bilganidan qolmay
ish qiladi. Bir kuni bir tanishiga jahl qilib, tog'ga qarab yo'l oladi.

Jahl ustida ketaveradi, ketaveradi. Shunchalik ko'p yo'l yurganidan adashib qoladi. Nima

qilishini bilmay ortga qarasa, hamma narsa notanish. Qilgan ishidan afsuslanadi. Ortga qanday
qaytishini o'ylab iztirob chekadi. Ayni shu vaziyatda "O'ylamay chiqdim bu tog'ga — Endi menga
ort qayda" - , deb aytadi. Shu-shu mana shu maqol paydo bo'ladi. Bundan xulosa qilishimiz
kerakki, hamisha nimadir ish qilmoqchi bo'lsak, uni yaxshilab o'ylab, oqibati haqida ham fikr
yuritish kerak. Bekorga ota-bobolarimiz "Yetti o'lchab—bir kes" deyishmagan.

"Erinmagan—eshikchi". Xalqimizda bu maqol ham uchraydi. Bu maqol qadimiyroq

bo'lgani uchun bugungi kunda yoshlarimiz tilida uncha ko'p ishlatilmaydi. Lekin nazar solid
qarasak, bobo-buvilarimiz tilida bu maqol, albatta, ishlatilganini ko'rishimiz mumkin. Maqol
hayotda erinmasdan ish ko'radiganlar haqida. Ya'ni nimadir ishni bajarishga erinmay shuni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

545

hammasini bajarib ko'radigan odamlar haqida. Erinmagan—eshikchi. Bunda erinmaydigan inson
eshikchiga o'xshatilgan. Agar nimadir kerak bo'lib qoladigan bo'lsa, erinmasdan uyma-uy so'rab
ish ko'radiganlar aynan mana shularning toifasidandir.

Matallarning paydo bo'lishi nutqda turg'un obrazli iboralarning yuzaga kelishi bilan

bog'liqdir. Matallar so'zning ko'p ma'noliligiga tayanganligi uchun nutqly frazeologik iboralarga
qarama-qarshi holda ifodadagi o'xshatish va qiyoslashlari kuchaytiradi. Shuning uchun ham ularda
qiyoslanuvchi elementlarning tafovuti yaxshi saqlanadi. Matallar hamma vaqt tarkibi qanday
bo'lishidan qat'iy nazar, grammatik jihatdan gapning bir bo'lagi bo'lib keladi. "Qil uchida
turibman", "Semizlikni qo'y ko'taradi", "Tuyaga yantoq kerak bo'lsa, bo'ynini cho'zar", "Bekorga
mushuk oftobga chiqmaydi.

Matal - ko'chma ma'noda ishlatiluvchi xalq majoziy iboralarining bir turi. Matal o'z

ma'nosidan boshqa ma'noga ko'chirilgan so'z birikmalaridan iborat bo'ladi, unda o'xshatish,
kinoya, qochirma so'z va boshqa til vositalari qo'llaniladi. Matalda majoziy iboraning o'z asl
ma'nosi bilan ko'chirilgan ma'nosi o'rtasida yaqin munosabat, mantiqiy bog'lanish bo'lishi shart.
Masalan: o'rinsiz aytilgan gap maʼnost "tomdan tarasha tushganday", har bir ishni ustasi qilsa
yaxshi mazmuni "chumchuq so'ysa ham qassob so'ysin", har bir ishni o'z vaqtida bajarish afzalligi
"temirni qizig'ida bos" iboralari orqali bayon etilgan. Ana shunday iboralar matallardir.

"Odamni boshi Allohning to’pi..."
Ushbu matal Xorazmda sun’iy sug’orish tarixi, qazuv, qochuv, damba qurish kabi

dehqonchilik muammolari bilan bog’liq sarson- sargardonlik, uzoq manzillarga borib 12 kunlik
majburiy qazuvlarda qatnashib kelgan avlod - ajdodlarimizning hayratlanib aytgan so’zining
ifodalanishidir. Aslida matal “Odamning boshi Allohning to’pi, Toshsoqa degan joylarni ko’rdik”
deyilgan. Toshsoqa - Amudaryoning Hazorasp tumani hududidagi tosh-tik yoqa qirg’oq sohilining
nomi bo’lib u Olloquli xon davrida (1825-1842) tog’ jinslarini o’yib bitkazilgan. Xonlikning uzoq
chekkalaridan Toshsoqa qazuviga jalb etilgan minglab bechoralar bir necha oylarga cho’zilgan
majburiy xizmatda bo’lganlar.

Omon qolganlar Toshsoqa kanalini “balo qazuv”, odamning boshi- Allohning to’pi,

Toshsoqa degan joylarni ko’rdik degan tarixiy iboralarni to’qib chiqarganlar. Xonlik davrlarida
vohaning 100-200 km, uzoq tumanlarida yashovchi dehqonlarning Toshsoqa (suv taqsimlovchi)
kanali qurilishida qatnashganligi ularda hayrat va iftixor tuyg’usini uyg’otganligi tufayli o’sha
tarixiy matalning kelib chiqishiga sabab bo’lgan, deyish mumkin. 1939-1940 yillarda Toshsoqa
kanali hashar yo’li bilan qaytadan qurildi. 1969-1979 yillarda Tuyamo’yin suv ombori, Pitnak
(Do’stlik) shahri bunyod etildi. Endilikda Toshsoqa kanali, Tuyamo’yin suv inshooti qurilishi ota-
bobolarimizning yaqin o’tmishi tarixi sifatida tilga olinadi, xolos.

Xulosa qilib aytganda, maqollarni o'rganish bola tarbiyasida muhim rol o'ynaydi. Asrlar

davomida avloddan-avlodlarga o'tib kelayotgan buyuk ajdodlarimizning hikmatli so'zlari va
xalqimizning hayotiy tajribasi asosida yaratilgan xalq og'zaki ijodiyotini, xususan maqollarni
o'quvchilarga tushunarli qilib yoritib berishimiz lozim. Milliy qadriyatlarimizni yosh avlodlarga
munosib tarzda yetkazish esa bizning muqaddas vazifalarimizdan biridir.



background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

546

REFERENCES

1.

Berdiyorov H. , Rasulov R. O'zbek tilining paremiologik lug'ati, T. , 1984

2.

Shomaqsudov Sh. , Shorahmedov Sh. , Ma'nolar manzanita, T. , 2001

3.

Mirzayev T. O'zbek xalq maqollari. "Sharq" nashriyoti, 2005-yil

4.

O'zME. Birinchi jild. T. , 2000

5.

Muhammadjon Hakimov, Magol terminlari haqida, O'zbek tili va adabiyoti jurnali, 1965

6.

www.ziyonet (internet sayti)

7.

Эргашева, С. (2022). ЭШҚОБИЛ ШУКУР ШЕЪРИЯТИДА БАДИИЙ ОБРАЗ
ТАКОМИЛИ. Science and innovation, 1(B2), 478-484.

8.

Ergashova S. THE SCOPE OF THE TOPIC IN THE POETRY OF ESHQABIL SHUKUR
//Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 95-97.

References

Berdiyorov H. , Rasulov R. O'zbek tilining paremiologik lug'ati, T. , 1984

Shomaqsudov Sh. , Shorahmedov Sh. , Ma'nolar manzanita, T. , 2001

Mirzayev T. O'zbek xalq maqollari. "Sharq" nashriyoti, 2005-yil

O'zME. Birinchi jild. T. , 2000

Muhammadjon Hakimov, Magol terminlari haqida, O'zbek tili va adabiyoti jurnali, 1965

www.ziyonet (internet sayti)

Эргашева, С. (2022). ЭШҚОБИЛ ШУКУР ШЕЪРИЯТИДА БАДИИЙ ОБРАЗ ТАКОМИЛИ. Science and innovation, 1(B2), 478-484.

Ergashova S. THE SCOPE OF THE TOPIC IN THE POETRY OF ESHQABIL SHUKUR //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 95-97.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов