THE IMPORTANCE OF THE WRITTEN PRESS IN OUR SOCIAL LIFE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Jo‘rayeva , M., & Xayrullayeva , U. (2023). THE IMPORTANCE OF THE WRITTEN PRESS IN OUR SOCIAL LIFE. Modern Science and Research, 2(12), 1081–1084. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27400
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

It is noted that the press and mass media are the fourth power of this country. The sharpness, speed and accuracy of the written press is an integral and important part of the life of the society. This article describes these issues.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1081

YOZMA MATBUOTNING IJTIMOIY HAYOTIMIZDAGI AHAMIYATI

Jo‘rayeva Maqsuda Muhammadovna

f.f.f.d., PhD.

Buxoro davlat universiteti

Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi

m.m.jurayeva@buxdu.uz

Xayrullayeva Umida Asqar qizi

Buxoro Davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti

Tarjima nazariyasi va amaliyoti (Fransuz tili)

ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi

xayrullayevaumida89@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10427241

Annotatsiya. Matbuot - ommaviy axborot vositalari bu mamlakatning to`rtinchi hokimiyati

ekanligi ta`kidlanadi. Yozma matbuotning o`tkirligi, tezkorligi hamda aniqligi jamiyat hayotining
ajralmas muhim qismi hisoblanadi. Mazkur maqolada ushbu masalalar bayoni keltiriladi.

Kalit so‘zlar: Matbuot, OAV, metod, tahrir, ma`lumot.

THE IMPORTANCE OF THE WRITTEN PRESS IN OUR SOCIAL LIFE

Abstract. It is noted that the press and mass media are the fourth power of this country.

The sharpness, speed and accuracy of the written press is an integral and important part of the
life of the society. This article describes these issues.

Key words: Press, mass media, method, editing, information.

ЗНАЧЕНИЕ ПИСЬМЕННОЙ ПРЕССЫ В НАШЕЙ ОБЩЕСТВЕННОЙ

ЖИЗНИ

Aннотация. Отмечается, что пресса является четвертой властью страны.

Острота, скорость и точность печатной печати являются неотъемлемой и важной
частью жизни общества. В этой статье описаны эти проблемы.

Ключевые слова: Пресса, средства массовой информации, метод, редактирование,

информация.


XXI asr jahon hamjamiyati tomonidan “axborot kommunikatsiyalari asri” deya e’tirof

etilmoqda. Bunday sharoitda bilim, axborotga egalik ishlab chiqarish va iqtisodiy aloqalar ustidan
hukmronlik qilish imkonini beradi. Kompyuter madaniyatining kirib kelishi tufayli insonning o‘z
ustida ishlashiga, o‘z malakasini oshirishga intilishiga asoslangan fikrlashning, bilim olishning
yangi ko‘rinishi yuzaga keldi.

Axboriy jamiyatni shakllantirishning ilk rejasi 1971 yilda Yaponiyada kompyuter

texnikasini tarqatish va joriy etish instituti tomonidan ishlab chiqilgan hamda “Axboriy jamiyatni
barpo etish – 2000 yilgacha mo‘ljallangan milliy maqsad” deb nomlangan.

1

Uning asosida yapon

olimi I.Masudaning ijtimoiy evolyusiyaning yakuniy maqsadi moddiy to‘kin- sochinlik yaratilgan
jamiyat emas, balki insonning aqliy qobiliyat va imkoniyatlarining to‘la namoyon etilishini
ta’minlaydigan jamiyatni shakllantirish bo‘lishi kerak, degan g‘oyasi yotardi. Bunda yangi

1

F.Mo‘minov. “Jurnalistika ijtimoiy institut sifatida”, T.: “Universitet”, 2018


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1082

axborot texnologiyalari jamiyatni boshqarishda ham asosiy rolni bajaradi.

Jamiyat hayotiga kompyuterning keng darajada kirib kelishi fuqarolarga axborot olishga

bo‘lgan imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida har bir inson o‘z fikr va qarashlariga ega

bo‘lish hamda ularni erkin bayon etishga haqli ekanligi aks ettirilgan. Ushbu huquq o‘z
qarashlariga sodiq qolishga to‘sqinlik qilmasligi, axborot, g‘oya hamda qarashlarni davlat
chegaralaridan qat’i nazar barcha vositalar bilan izlash, olish va tarqatish erkinligini kafolatlaydi.
Shunday qarashlar O‘zbekiston Konstitutsiyasida, “Axborot olish kafolatlari va erkinliklari
to‘g‘risida”gi, “Vijdon erkinligi to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlarda ham bayon etilgan.

Fuqarolik jamiyatini barpo etishning va o‘z-o‘zini boshqaruvni rivojlantirishning

yo‘nalishlaridan biri sifatida amaldagi axborot mexanizmini, jumladan, ommaviy axborot
vositalarini takomillashtirish nazarda tutiladi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlariga xizmat qiladigan erkin

muloqot usullari va an’analari bor. Ulardan biri sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirni hamda
Internetdagi elektron ommaviy axborot vositalarini keltirib o‘tish mumkin:

“Fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida ommaviy axborot vositalari o‘z-o‘zini

boshqarishning tarkibiy qismlaridan biriga aylanib boradi. Shu bois ma’lum hududda yashovchi
fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda, elektron va davriy bosma matbuot orqali o‘z fikrlarini,
qarashlarini bayon etishlari, muloqotga, munozaraga kirishishlari odatiy va doimiy holatdir”.

2

Demak, bu o‘rinda yozma matbuot asosiy ijtimoiy institut sifatida maydonga chiqib, turli

sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning yutuq va kamchiliklarini yoritish orqali jamiyat
hayotini boshqarishda faol ishtirok etadi.

Yozma matbuot jamiyat hayotining barcha sohalarida birdek ishtirok etadi. Shu bois, uning

ijtimoiy institut sifatidagi rolini ham jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va
g‘oyaviy, ijtimoiy jarayonlardan ayricha tasavvur etib bo‘lmaydi.

Agar boshqa ayrim yo‘nalishlarda yozma matbuotning axborot berish vazifasi birinchi

o‘ringa qo‘yilmasa, ijtimoiy sohada axborot vositasi sifatidagi roli asosiy o‘rin tutadi. Bundan
ko‘rinadiki, matbuotning axborot-kommunikatsiya roli jamiyat a’zolari tomonidan o‘z o‘rni va
vazifalarini anglanishiga, ijtimoiy tizimning barcha elementlari kelishuvi va barqarorligi hamda
o‘zaro munosabatlariga yordam beradi.

Shunday ekan, o‘zaro muloqotda tahririyatlar faqatgina axborotlarni yetkazib berishda

vositachi vazifasini bajaradi, deganlar yanglishadi. Tahririyatda voqea-hodisalar, yangiliklarni
tanlab, ularning mazmunini buzmagan holda tahrir va tahlil etish vakolati mavjud. Bundan
ko‘rinadiki, xabar, maqola, reportaj yoki boshqa janrda yozilgan material qahramonining obro‘-
e’tibori, kelajagi, odamlarning unga munosabati yoki jamiyat a’zolarida ma’lum bir voqea-
hodisaga nisbatan shakllanadigan munosabatning qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan jurnalistning o‘z
vazifasiga sidqidildan yondashuviga bog‘liq bo‘ladi. Agar u butun jamiyat manfaat va
intilishlaridan kelib chiqmasa, aksincha, ma’lum bir guruhlar manfaati nuqtai nazaridan voqea-
hodisalarni yoritsa, tayyorlangan axborot noxolis bo‘lishi mumkin.

2

S.G.Korkonosenko. "Jurnalistika asoslari", Moskva-2012.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1083

“Axborot-kommunikatsiya rolining samarasi nuqtai nazaridan matbuot xabarlari

mazmunini har tomonlama tahlil etish lozim bo‘ladi. Bunda mavzu doirasiga, axborot
manbalariga, qahramon va mualliflariga, materiallar geografiyasiga e’tibor qaratish kerak”.

3

Yozma matbuot jamiyatni boshqarish, nazorat qilish va o‘z-o‘zini boshqarish jarayonlarida

ishtirok etar ekan, muvofiqlashtiruvchi, boshqaruvchi vazifasini bajaradi.

Ta’kidlash joizki, g‘oyaviy nuqtai nazardan yozma matbuot ma’naviy qarashlarni yetkazib

beruvchi, targ‘ib etuvchi hisoblanadi. U jamiyat a’zolarining ongida ma’lum bir qadriyat, urf-odat,
an’ana, munosabat, axloqiy-ma’naviy va badiiy-estetik qarashlar shakllanishiga xizmat
qiladi.

Yozma matbuotning ijtimoiy institut sifatidagi vazifalarini quyidagicha tasniflash mumkin:
Targ‘ibot. U lotincha “propaganda” so‘zidan olingan bo‘lib, “tarqatish” degan ma’noni

anglatadi. Jurnalistik targ‘ibot jamiyat a’zolari ongiga ta’sir etishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Agitatsiya. Lotincha “agitatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “harakatga keltirish” degan

ma’noni bildiradi. Biror bir xatti-harakatni amalga oshirishga chaqirish, taqlid qilish, ergashish
uchun namuna, ma’naviy rag‘bat vositasini ko‘rsatish, yaratish orqali auditoriya ongiga ta’sir etish
agitatsiyaning asosini tashkil etadi. Agitatsiya nazariy umumlashmalarning kamligi, manbalar va
materiallarning aniqligi, tezkor yetkazib berilishi bilan targ‘ibotdan ajralib turadi.

Albatta, “Ijtimoiy taraqqiyotning ulkan harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan jamoatchilik

fikri shakllanishida matbuotning o‘rnini rad etib bo‘lmaydi. Ammo matbuotning ommaviy ongni
tashkil etuvchi barcha elementlar, uning turlicha ko‘rinishlari, shuningdek, ijtimoiy amaliyot bilan
bevosita aloqada bo‘lishini ham unutmaslik kerak. Aynan, amaliyotda, aholi va alohida olingan
odamlarning xatti-harakatlariga ta’sir ma’nosida jurnalistlarning faoliyati kerakli natijani beradi.

Muallif turli ziddiyatlar avj olgan zamonda o‘zini o‘zi boshqaruvchi ommaviy axborot

kommunikatsiyalar jamoasi, ya’ni yangicha madaniy qarashlar jamiyati paydo bo‘lishini, bunda
jurnalistikaning roli alohida bo‘lishini ta’kidlaydi”.

4

Darhaqiqat, yozma matbuotda auditoriyaga ta’sir etish usullari haqida gap ketar ekan,

muloqot ko‘nikmalarini rviojlantirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Chunki har kuni
turli kasb, turli yoshdagi, turlicha dunyoqarashga ega bo‘lgan odamlar bilan muloqot qilish
jarayonida jurnalistning kasbiy malakasi va psixologik qarashlari o‘zgarib, boyib boradi. Bugungi
kunda yozma matbuot auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish orqali jamiyatni boshqarayapti, deb ham aytish
mumkin. Bu esa o‘z o‘rnida matbuotchi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklashi tabiiy.

Jurnalist material tayyorlash jarayonida, ayniqsa, intervyu olish vaqtida asosiy e’tiborni

suhbatdoshiga qaratib, uning ruhiy holatini diqqat bilan kuzatib borishi lozim. Afsuski, ayrim
hollarda jurnalistlarda o‘ziga yuqori baho berish - egosentrizm holatlari kuzatiladi. Bularning
barchasi auditoriyaga ta’sirning salbiy ko‘rinishiga olib kelishi mumkin.

Bugungi kunda barcha yetakchi mutaxassislar matbuotchi auditoriyaning har bir a’zosiga

murojaat etish, uning ongiga, ruhiyatiga ta’sir qilish orqali butun jamiyatga ta’sir etishi kerak, -
degan fikrdalar. Binobarin, jurnalist butun jamiyatga ma’naviy-axloqiy ko‘rsatmalar beruvchi,

3

A. M. Vorobev. "Ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatini shakllantirish omili sifatida", Ekaterinburg-2011.

4

A. A. Grebelshchikov. “Jurnalistning matbuotdagi faoliyati”, M.-2021.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1084

jamiyat ruhiyatiga tashhis qo‘yuvchi, uni yaxshiliklarga rag‘batlantiruvchi, undovchi vazifasini
o‘taydi.

Yozma matbuotda fikrni shakllantirish OAVning asosiy vazifasi - jamoatchilik ongiga

ta’sir etish va uni shakllantirishdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Shunday qilib, zamonaviy
jurnalistikaning bosh vazifasi odamlarda fuqarolik jamiyati talablariga javob beradigan, jamiyatni
demokratlashtirish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablaridan kelib chiqadigan ijtimoiy-
psixologik sifatlar, qarashlar va ishonchni shakllantirishdan iboratdir. Bugungi kunda
respublikamizda ommaviy axborot vositalari faoliyatiga aloqador bo‘lgan qator qonunlar amal
qilmoqda. “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari
to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi,
“Axborot olish kafolati va erkinliklari to‘g‘risida”gi Qonunlar shular jumlasidandir.

Bu qonunlarning har birida jurnalistik faoliyatning huquqiy maqomi belgilab berilgan.

Jumladan, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunda ommaviy axborot vositasini
tashkil etish, ro‘yxatga olish tartiblari, faoliyat usullari, huquq va majburiyatlari kabi masalalar
aks etgan. “Axborot olish kafolati va erkinliklari to‘g‘risida”gi Qonun esa fuqarolarning, xususan,
matbuot xodimining axborot olishdagi huquq va burchlari, majburiyatlari, so‘rov bilan murojaat
etilayotgan idoralarning tegishli axborotni taqdim etishdagi majburiyatlari kabilar bayon etilgan.

Xulosa qilib aytganda, yozma matbuotning vazifasi jamiyatning, insonning manfaat va

qiziqishlari, ijtimoiy taraqqiyot maqsadlaridan kelib chiqib, amaliyotga qayta o‘zgartiruvchi, qayta
tashkil etuvchi ta’sir ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi.

REFERENCES

1.

F.Mo‘minov. “Jurnalistika ijtimoiy institut sifatida”, T.: “Universitet”, 2018

2.

S.G.Korkonosenko. "Jurnalistika asoslari", Moskva-2012.

3.

A. M. Vorobev. "Ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatini shakllantirish omili
sifatida", Ekaterinburg-2011.

4.

A. A. Grebelshchikov. “Jurnalistning matbuotdagi faoliyati”, M.-2021.

5.

Жўраева, М. (2023). ГАЗЕТА ВА УНИНГ САРЛАВҲАЛАРИДАГИ ЎЗИГА
ХОС ХУСУСИЯТЛАР. GOLDEN BRAIN, 1(7), 87-95.

6.

Жўраева, М. (2022). POUR UNE ANALYSE FONCTIONNELLE ET DISCURSIVE
DES TITRES DE LA PRESSE FRANCAISE. Educational Research in Universal
Sciences, 1(7), 422-428.

7.

Maksouda, Jurayeva. "Discursive Presentation of Information in the Headlines of
Modern French Newspapers."

International Journal on Orange Technologies

4.3

(2022): 5-10.

8.

Jurayeva, M. М. "J’aime lire» et «Je bouquine»."

Qiyosiy adabiyotshunoslik

chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik: muammo, yechim va istiqbollar. Ilmiy-
amaliy konferentsiya.–Buxoro

(2021): 337-342.

9.

Kuldashova, N. B. "National and cultural features of sports terminology in French and
Uzbek." The dissertation submitted for the degree of PhD. B (2020): 1-148.

References

F.Mo‘minov. “Jurnalistika ijtimoiy institut sifatida”, T.: “Universitet”, 2018

S.G.Korkonosenko. "Jurnalistika asoslari", Moskva-2012.

A. M. Vorobev. "Ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatini shakllantirish omili sifatida", Ekaterinburg-2011.

A. A. Grebelshchikov. “Jurnalistning matbuotdagi faoliyati”, M.-2021.

Жўраева, М. (2023). ГАЗЕТА ВА УНИНГ САРЛАВҲАЛАРИДАГИ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАР. GOLDEN BRAIN, 1(7), 87-95.

Жўраева, М. (2022). POUR UNE ANALYSE FONCTIONNELLE ET DISCURSIVE DES TITRES DE LA PRESSE FRANCAISE. Educational Research in Universal Sciences, 1(7), 422-428.

Maksouda, Jurayeva. "Discursive Presentation of Information in the Headlines of Modern French Newspapers." International Journal on Orange Technologies 4.3 (2022): 5-10.

Jurayeva, M. М. "J’aime lire» et «Je bouquine»." Qiyosiy adabiyotshunoslik chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik: muammo, yechim va istiqbollar. Ilmiy-amaliy konferentsiya.–Buxoro (2021): 337-342.

Kuldashova, N. B. "National and cultural features of sports terminology in French and Uzbek." The dissertation submitted for the degree of PhD. B (2020): 1-148.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов