336
ALPOMISH DOSTONIDA DINIY KOMPONENTLI BARQAROR QURILMALAR
Ahmedov Hakim Yarashevich
F.f.d. PhD (TerDu)
https://doi.org/10.5281/zenodo.10455650
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Alpomish dostonidagi qo’llanilgan diniy komponentli
barqaror qurilmalar va ularning semantikasi va ularning o‘zaro munosabati, dostonda
qo‘llanilgan frazeologik birliklarning tabiati tadqiq etilgan
.
Kalit so‘zlar:
umumilliy til unsurlaridan tarkib topgan mifik va diniy mazmunli
frazeologizmlar, ekzotik leksikaga mansub teonim komponentli diniy barqaror birikmalar, holat
bilan bog’liq frazeologizmlar, faoliyat bilan bog’liq frazeologizmlar.
–
diniy-axloqiy tamoyillarga
asoslangan nikoh yoki toʻy bilan bogʻliq leksika, mavhum diniy tushunchalarni ifodalovchi leksik
birliklar qatnashgan frazeologizmlar.
STABLE DEVICES WITH A RELIGIOUS COMPONENT IN THE SAGA OF
ALPOMISH
Abstract.
In this article, stable devices with a religious component used in the Alpomish
epic, their semantics and their interrelation, the nature of phraseological units used in the epic
are studied.
Key words:
phraseologisms with mythical and religious meaning, consisting of elements of
the national language, religious stable compounds with theonim component belonging to the
exotic lexicon, phraseologisms related to the situation, phraseologisms related to activity. - lexicon
related to marriage or wedding based on religio-ethical principles, phraseologisms with lexical
units expressing abstract religious concepts.
СТАБИЛЬНЫЕ УСТРОЙСТВА С РЕЛИГИОЗНОЙ СОСТАВЛЯЮЩЕЙ В САГЕ
ОБ АЛПОМИШЕ
Аннотация.
В данной статье изучаются устойчивые приемы с религиозной
составляющей, используемые в саге об Алпомиш, их семантика и взаимосвязь, характер
фразеологизмов, употребляемых в саге.
Ключевые слова:
фразеологизмы мифологического и религиозного значения,
состоящие из элементов национального языка, религиозные устойчивые соединения с
теонимическим компонентом, принадлежащие к экзотической лексике, фразеологизмы,
связанные с ситуацией, фразеологизмы, связанные с деятельностью. - лексика, связанная
с браком или свадьбой, основанная на религиозно-этических принципах, фразеологизмы с
лексическими единицами, выражающими абстрактные религиозные понятия.
337
Alpomish dostonida qo’llanilgan frazeologik birliklarni diniy mazmunga ega ekanligini
tasnif qilish avvalida ularni til birliklarining ishlatilish jihatiga koʻra asosiy ikki guruhga:
1) umumilliy til unsurlaridan tarkib topgan mifik va diniy mazmunli frazeologizmlar.
2) ekzotik leksikaga mansub teonim komponentli diniy barqaror birikmalar
ga boʻlib
o’rganishni zarur deb bildik. Birinchi guruhga mansub maʼjoziy tabiatli barqaror birliklar ham,
aslida, oʻz maʼnosida talqin etiluvchi iboralar boʻlib, ularning barchasi oʻzbek lingvomadaniyatida
oʻz maʼnosida qabul qilinuvchi va toʻgʻridan-toʻgʻri maʼnoga ega iboralar sifatida talqin qiluvchi
birliklardir.
Tilning frazeologik fondining yarim qismini diniy tushunchalar bilan bogʻliq elementlar
tashkil etadi. Ular tilimizga tayyor holda kirib kelgan emas, balki milliy lingvokulturologik
mahsulot sifatida keyin paydo boʻlgan
1
. Arabcha, forscha, hamda turkiycha diniy onomastik
leksika bunday turdagi teofrazeologik birliklar semantikasida Alloh va uning qudrati, insonni
yaxshilik va islomiy eʼtiqodga daʼvat qiluvchi niyatlar va duolar bilan bogʻliq tarzda rang-
barangdir
2
.
Teonim
(yunoncha
teog
– xudo (Olloh) +
onoma
– nom, atoqli ot) –
Ollohning nomi va
atributlarining atoqli oti
degan maʼnoni bildiradi. “Teonimiya” diniy xarakterdagi atoqli
otlarning toʻplami, yigʻindisi, “teonimika” diniy, ilohiy onomastik koʻlamga mansub atoqli
otlarni oʻrganuvchi soha maʼnosini bildiradi. Oʻzbek onomastikasining haqiqiy bilimdonlaridan
biri professor
Y. Begmatov diniy (Xudo, Paygʻambarlar va avliyolar) va muqaddas joylar ( Jannat, Doʻzax,
Kaʼba...) kabi onomastik birliklarni teonim deb ataydi.
Xizr, Luqmon kabi avliyolar va Azroil, Jabroil, Isrofil, Mekoil, Munkar, Nakir
singari
farishtalarning nomlari, shuningdek,
Azozil, Molik, Uzzo, Uzoyo, Horut, Morut
kabi
antroponimlar ham farishtalarning ismlari boʻlib, ular ham teonimlar sanaladi.
Islom taʼlimotiga koʻra, Alloh taolo – yuksak fazilatlar sohibi. Diniy amallarning barchasi
Alloh va uning elchilari – paygʻambarlari bilan bogʻliq. “Alpomish” dostonida ham Allohning
xislat va xulqlarini ifoda etuvchi nomlar asosiy oʻrin tutadi va dostonda islomiy din ruhni
taʼminlaydi. Oʻzbekcha diniy matnlarida
Alloh,
turkiy (moʻgʻulcha)
Tangri,
fors-tojikcha
Xudo
soʻzlarining barchasi qoʻllanadi.
Alloh
lafzi barcha tillarda,
Tangri
faqat turkiy tillarda,
xudo
soʻzi
1
Farmonova N.F. The concept of phraseology and the basic types of phraseological units // Universum: filologiya i
iskusstvovedenie: elektron. nauchn.jurn. 2021. 6(84). URL: https://7universum.com/ru/ philology/archive/item/11938
(15.09.2022)
2
Omonturdiyeva Sh. Oʻzbekcha diniy matnlar frazeologiyasi. Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. –
№6, 2022. – B. 503.
338
fors-tojik, oʻzbek, hind, urdu, pushtu, dariy va turkiy tillarda ishlatiladi. Demak, Alloh soʻzi
bugungi kunga kelib, ekzotizmlik xususiyatini yoʻqotib, tilga oʻzlashgan. Biroq yuqorida tilga
olinganidek, Alloh shunday ulugʻ qudrat va hikmat, fazilat va hulqlar egasiki, bu uning nomlarida
oʻz ifodasini topgan. Chunonchi: oʻzbekcha diniy matnlarda
Alloh, Xudo, Tangri
soʻzlariga odatda
sifat qoʻshib,
Alloh Taolo, Xudoyi Taolo, Tangri Taolo
shaklida ishlatiladi:
Taolo
soʻzi arabcha
boʻlib,
ulugʻ va oliy
degan maʼnolarni bildiradi. Oʻzbekcha diniy matnlarda bu soʻzlarni tarjima
qilib,
ulugʻ Alloh, oliy Alloh, ulugʻ Xudo, oliy Xudo
shaklida qoʻllansa, bu soʻzlarning jarangdorligi
va arabcha tarovati buziladi. Chunki,
ulugʻ, oliy
soʻzlari insonga va boshqa narsalarga nisbatan
ham qoʻllanadi:
ulugʻ inson, oliy tabaqa
kabi.
Umumilliy til unsurlaridan tarkib topgan mifik va diniy mazmunli frazeologizmlar
.
Abdunazar Poyonov ijrosidagi “Alpomish” dostoni tilida qoʻllanilgan frazeologik birliklar
orasida islom dini, xususan, Alloh nomi bilan bogʻliq komponentli frazeologik birliklar ham
talaygina. Ushbu frazeologizmlar tarkibida teonim komponent sifatida
Xudo, Alloh, Yaratgan
(Yaratgan egam), Qodir egam, yo Rabbim
kabi onomasiologik birliklar faol qoʻllanadi:
Xudo
oʻgʻil bersa
(16),
Xudoning suygan quli
(16),
Xudo beribdi
(24),
Yakka xudoga ishi ayon boʻlmoq
(69),
Xudo urgan
(70),
Xudo borliqni bersin
(121),
Xudoga topshirmoq
(254),
Xudo ato qilsin
(307),
Xudo qilsin koringni
(364);
Yaratgandan tilab yotmoq
(22),
Yaratganning oʻzi beayb
(22),
Yaratgan egam niyatini bersin
(23);
Allohni yod etmoq
(23),
Alloh aql hushini olmoq
(71),
Alloh
yoring boʻlsin
(125),
Olloh saqlasin
(175),
Alloh inoyat koʻrsatmoq
(305),
Ollohdan madad
tilamoq
(303);
Yo Rabbim, mushkulimni osonidan ber
(303
)
kabi.
Shuningdek,
Xudoning suygan quli
(16),
Yaratgandan tilab yotmoq
(22),
Yaratganning oʻzi
beayb
(22),
Allohni yod etmoq
(23),
Xudo beribdi
(24),
Yaratgan egam niyatini bersin
(23),
Haqqa
yetmoq
(24),
Xoʻjayi Xizr saqlasin
(199),
Chiltan pirlar madad bermoq
(33),
qirq chilton jilovdor
boʻlsin
(27),
Xudo urgan
(70),
Alloh aql hushini olmoq
(71),
Shayton shobiriga tushmoq
(112),
Shayton dumini ushlab kelmoq
(118),
Olloh yoring boʻlsin
(125),
shayton jilovini ushlamoq
(153),
shaytonga boʻla boʻlmoq
(207),
paygʻambarlar shafoat qilmoq
(305),
Hakimi Luqmon qolmadi
(16),
Shohimardon pirga sigʻinmoq
(21
Doston matnida Allohning 99 goʻzal ismi (ʾasmāʾ allāh al-Ḥusnā) deyarli uchramaydi.
Bunga asosiy sabab sifatida boshqa dostonlar singari “Alpomish” dostonida ham xalq jonli tili oʻz
aksini topganini alohida taʼkidlash lozim. Shuningdek, jonli nutqda faol qoʻllanuvchi qadimgi
turkiycha
Tangri
nomi bilan bogʻliq iboralar ham uchramadi. Bizningcha, doston kitob holiga
keltirilguncha qayta tahrir qilingan va
Tangri
leksemasi yuqorida keltirilgan ism (Alloh, Xudo,
Yaratgan egam ...)larga almashtirilgan.
339
Frazeologizmlar mohiyatida ijtimoiy yoki subyektiv tarzda anglanuvchi, inson hayotining
muhim moddiy, aqliy, ruhiy tomonini aks ettiruvchi, tarixiy ildizlariga ega boʻlgan xalqning
hayotiy tajribasini aks ettiradigan mazmun turadi. Frazeologizmlar obrazli, emotsional-ekspressiv
xususiyatga ega til birligidir. Frazelogizmlar xalqning maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
turmush tarzi hamda oʻziga xosligini yorqin ifoda etadi. Frazeologizmlar shakllanishi va
qoʻllanishi mexanizmlarini tadqiq etish til vakillarining verbal fikrlash xususiyatlarini aniqlaydi,
chunki aynan frazeologizmlarda insonning narsa-hodisalarni anglash va insonning emotsional,
his-hayajon manzarasi ifoda etadi
3
.
Dostonda islom dini, undagi farz va sunnat amallari, ijtimoiy, siyosiy, madaniy hayotning
ajralmas qismiga aylanib qolgan marosim, anʼana va predmet nomlari iboraning komponentlaridan
birini tashkil etadi. Xususan, dostonda diniy marosimlarni nomlovchi leksika qatnashgan
frazeologik birliklar miqdori ham salmoqli. Ushbu leksemalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
–
diniy-axloqiy tamoyillarga asoslangan nikoh yoki toʻy bilan bogʻliq leksika
:
otini
qoʻyib bermoq
(26),
boshdan bir-biriga atamoq
(28),
jufti halol boʻlmoq
(28),
qoʻlini halollatmoq
(32),
sunnat qilmoq
(32),
sunnat toʻyini qilmoq
(33);
–
diniy-etnografik marosim nomlari qatnashgan va shu marosimni ifodalovchi
frazeologizmlar
:
nazr bermoq
(28),
Shohimardon boboga sigʻinmoq
(21),
ziyorat qilmoq
(22),
sadaqa qilmoq
(23),
mozorda yotganlarni duo qilmoq
(57),
zakot bermoq
(57),
duo olmoq
(34),
qoʻl bermoq
(304),
tavof qilmoq
(308),
pirini yod qilmoq
(309),
namozga boshini qoʻymoq
(332),
tilovat qilmoq
(22),
mozorlarga bosh urmoq
(406),
qush qullugʻ boʻlsin qilmoq
(434);
–
oʻlim va oʻlimdan keyingi hayot bilan bogʻliq tushunchalarni ifodalovchi leksika
ishtirok etgan iboralar
:
qiyomat qarz boʻlib qolmoq
(18),
manzili jannat boʻlmoq
(21),
qiyomat
boʻlmoq
(74),
qabriga bosh urmoq
(21),
gʻarib mozor boʻlmoq
(377);
–
mavhum
diniy
tushunchalarni
ifodalovchi
leksik
birliklar
qatnashgan
frazeologizmlar
:
ixlos qilmoq
(22),
piri boʻlmoq
(28),
taqdirga tan bermoq
(79),
savob ishdan
yuz burmoq
(70),
fol koʻrmoq
(258),
darvesh bobo karomat qilmoq
(27),
tushida saboq bermoq
(31),
savob olmoq
(307),
iymonini yutmoq
(298),
iymonini yamlab yutmoq
(364),
duo ketmoq
(454).
Dostonda islom diniga xos boʻlgan “iymon” komponentli frazeologik birliklar ham
talaygina: iymonsizlik qilmoq
(256),
iymonini yutmoq
(298),
iymonini yamlab yutmoq
(364),
Onomastik guruhga mansubligiga koʻra mifologik komponentli frazeologizmlar:
dev-u pari xizmatida boʻlmoq (
115),
darvesh bobo karomat qilmoq
(24),
parilar oshiq boʻlmoq
3
Mamatov A., Boltayeva B. Frazeologik birliklarning lingvomadaniy va semantik pragmatik tadqiqi. – Toshkent,
2018. – B. 8
340
(27),
Hazrati Jaltanga sigʻinmoq
(277),
arvoh ursin
(298),
jin ursin
(298),
qari bilganni pari
bilmas
(390),
Qirq chilton jilovdor boʻlsin
(27),
Choʻpon ota qoʻylarga oralamoq
(25)
va h.k.
Mifologik komponentli iboralar ham ushbu komponentning hosil boʻlish maqsadi,
mifonimlashish jarayoniga koʻra, yana bir qancha turlarga boʻlinishi mumkin:
1.
agionim
komponentli frazeologizmlar, 2) mifoantroponim komponentli frazeologizmlar, 3) demonim
komponentli frazeologizmlar, 4) mifozoonim komponentli frazeologizmlar, 5) mifotoponim
komponentli frazeologizmlar.
Agionim komponentli frazeologizmlar
. Paygʻambarlarning ismlari agionimlarning
asosiy qismini tashkil etadi. “Paygʻambar” soʻzi forscha boʻlib, “paygʻom” – xabar, “burdan” –
keltirmoq, yaʼni “xabar keltiruvchi”, “elchi” maʼnolarini bildiradi. Diniy adabiyotlarda, xususan
Qurʼon va hadislarda paygʻambarlarga nisbatan “nabi” va “rasul” soʻzlari qoʻllangan
“Alpomish” dostonida paygʻambarlar, xususan, Muhammad (s.a.v.) nomlari ishtirok etgan
iboralar deyarli uchramaydi. Yuqorida taʼkidlanganidek, dostonda qahramonlar qiyin vaziyatlarga
tushganda ulardan madad soʻraydi.
Girdingiz tutgan qanchalar himmat,
Moʻmin qulga koʻrsatdingiz shafoat,
Bu zindondan chiqsam sogʻu salomat,
Ummatim, deb karomat qiling, ey hazrat,
Olloh doʻsti, paygʻambarim Muhammad
(304).
Shuningdek, islom dinida Muhammad (s.a.v.) paygʻambarning zamondoshlari boʻlgan
toʻrt choryor (forscha soʻz boʻlib, toʻrt doʻst)larga ham murojaat uchraydi:
Tangridandir avval boshdan ixtiyor,
Bir bandangman, qilma meni xor-u zor,
Ota-enam yoʻlga qarab intizor,
Madadkor boʻng, otingizdan yaxshilar,
Doʻstim deng, aylanay,
toʻrtta choriyor
(304).
Oʻzbek halqi
farishta
timsolida eng oliy oʻzbek qadriyatlari va urf-odatlarini oʻzida
mujassam etgan, botiniy va zohiriy olami goʻzal ayollar obrazida koʻradilar. Farishtalarning Alloh
xabarchisi, yer yuzidagi vakillari ekanligi hammamizga muqaddas kitoblarimiz orqali maʼlum
4
.
Bundan tashqari dostonda koʻp qoʻllangan teonim komponentli frazeologik birliklar
orasida islomiy qarashlar tasnifida shakllangan “pir” komponentli frazeologik birliklar ham
4
Худойназарова Ў.А. Ўзбек ва инглиз тилларида мифоним компонентли фразеологизмларнинг
лингвокултурологик тадқиқи. Филология фан. бўй. фалс. докт. (PhD)… дисс. – Термиз, 2021. – Б. 27.
341
talaygina boʻlib tasavvuf taʼlimotida
pir
va
pir tutish
tushunchasi muhim ahamiyatga ega ekanligi
taʼkidlanadi. “Alpomish” dostonida pirlarga boʻlgan munosabat, ularga boʻlgan ishonch, qiyin
holatlarga tushib qolganda ulardan madad soʻrash tasvirlari koʻplab oʻrinlarda uchraydi.
Qayd etish lozimki, Abdunazar baxshi Poyonov kuylagan “Alpomish” dostonida teonim
komponentli frazeologik birliklarning maʼlum qismi “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” (2 va 5 jildlik
lugʻatlar), Sh. Rahmatullayev tomonidan tuzilgan “Oʻzbek tili frazeologizmlarining qisqacha
izohli lugʻati”da uchramaydi. Ushbu iboralar dialektal xarakterga ega boʻlib, ularni semantik tahlil
qilish dono xalqimizning tafakkuri, ijtimoiy munosabatlari, eng muhimi, tilimizning
jozibadorligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.