Yetti va toʻqqiz raqamlarining ramziy mohiyati

HAC
Google Scholar
To share
Djumayeva, S. (2024). Yetti va toʻqqiz raqamlarining ramziy mohiyati. Modern Science and Research, 3(1), 1–5. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27886
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada toʻqqiz raqami, uning ramziy mohiyati, turli xalqlar dunyoqarashi, maʼnaviy hayotida tutgan oʻrni hamda mohiyatiga eʼtibor qaratiladi. Toʻqqiz raqami bilan bogʻliq xalq qarashlari, uning magik kuchiga ishonch, bu raqamning keng qoʻllanilishi sabablari yoritib beriladi.

Similar Articles


background image

Yetti va toʻqqiz raqamlarining ramziy mohiyati

Sofiya Djumayeva

Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar koʻchasi, Toshkent 100149, Oʻzbekiston

(sofiyakodirovna@gmail.com)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439263

Kalit soʻzlar:

yetti, toʻqqiz raqami, mifologiya, din, falsafiy qarash, toʻqqiz ajdaho, toʻqqiz boshli ilon, toʻqqiz oʻgʻuz,

tarxon, toʻqqiz moʻzija.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada toʻqqiz raqami, uning ramziy mohiyati, turli xalqlar dunyoqarashi, maʼnaviy hayotida

tutgan oʻrni hamda mohiyatiga eʼtibor qaratiladi. Toʻqqiz raqami bilan bogʻliq xalq qarashlari, uning magik kuchiga
ishonch, bu raqamning keng qoʻllanilishi sabablari yoritib beriladi.

KIRISH

Butun dunyo xalqlari maʼnaviy hayoti,

mifologiyasi, dini, falsafiy qarashlarida raqamlar
alohida oʻrin egallaydi. Chunki raqam falsafiy
kategoriya

boʻlib,

mantiqiy,

milliy-madaniy,

mifologik va diniy xususiyatlarga ega. Shuning uchun
ham qadimgi dunyo tarixidan to bugungi kunga qadar
maʼlum maʼnoda raqamlarga eʼtiqod, munosabat va
murojaat sezilarli darajada koʻzga tashlanadi. Qadimgi
Misr va Yunonistonda xilma-xil muqaddas raqamlar
sistemasi ishlab chiqilgan. Bu Gretsiyada Pifagor va
uning izdoshlari tomonidan boshlab berilgan,
keyinchalik mistik-falsafiy numerologiyaning paydo
boʻlishiga olib kelgan. Ularning raqam haqidagi
fikrlari olam va undagi barcha narsalarning paydo
boʻlishi xususidagi qarashlar bilan bogʻliq edi.
Yevropa olimlari orasida raqamlar haqidagi
qarashlarning asoschisi boʻlgan Pifagorning fikriga
koʻra, Olam raqamlar kuchi vositasida yaratilgan.
Uning talqinida raqam ham moddiyat, ham Olamning
shakli sifatida namoyon boʻlganligi uchun ham
“Hamma narsa raqamdan iborat” degan tushuncha
kelib chiqqan.

Pifagor raqamni kuch-quvvat manbai

hisoblaydi va raqamlar haqidagi ilm orqali butun olam
sirlarini bilish mumkin, degan qarashni ilgari suradi.
Raqam xususiyatlarining mohiyatiga yetib borgan sari
ularning turli maʼno-mazmunini taʼriflar ekan, aynan
raqam ilmi hayot kalitidir, degan xulosaga keladi. Bu
fikrning haqiqatga nechogʻli mos ekanligini yetti va
toʻqqiz raqami bilan bogʻliq qarashlar misolida ham
koʻrishimiz mumkin.

MATERIAL VA METODLAR

Ushbu

maqolani

yozishda

Mahmud

Koshgʻariyning “Devoni lugʻatit-turk”, Mirzo
Ulugʻbekning “Toʻrt ulus tarixi”, Xondamirning
“Makroim ul-axloq”, Boburning “Boburnoma”
asarlaridan foydalanildi. Shuningdek, raqam va undagi
mohiyatni ochish maqsadida S.Borodinning “Chislo i
mistika”, M. Joʻrayevning “Sehrli” raqamlar siri”,
N.Nizomiddinovning “Qadimgi Xitoy tarixi, diniy
eʼtiqodi va madaniyati” kitoblaridan koʻchirmalar
olindi.Tahlilda tarixiy, qiyosiy-tipologik va sotsiologik
tahlil metodlaridan foydalanildi.

NATIJALAR VA ULARNING

TAHLILI

Jahonning

barcha

xalqlari

hamma

zamonlarda magik va sirli raqamlarga alohida eʼtibor
qaratishgan. Ammo ular orasida eng koʻp eʼtibor
qaratilgani va aytish mumkin, eng “mashhur”i yetti
raqamidir. Bu raqam magik raqam deb ham, sehrli
raqam deb ham, sakral raqam deb ham yuritilgan. Yetti
raqami donishmandlik, muqaddaslik va sirli bilimlarni
oʻzida jamlagani uchun ham qadim zamonlardan
buyon inson uchun tabiatni anglash vositasi boʻlib
kelgan. A.Borodinning qayd etishicha, bu raqam
dastlab sanoq sistemasida oltidan keyingi raqam
sifatida emas, balki “koʻp” degan maʼnoni anglatish
uchun qoʻllanilgan [1.110]. Pifagorchilar bu raqamni
din raqami deb atashgan, chunki juda koʻp dinlarda u
muqaddas raqam sanalgan. Uch va toʻrt raqamlarining
yigʻindisidan iborat boʻlgan yetti raqamiga Pifagor
katta ahamiyat bergan. Insonning Xudo bilan
birlashuvini anglatgan, evolyutsiya qonunlarini aks
ettirgan. Insonning mistik (ilohiy) tabiati uning uch
ruhiy holati va toʻrt unsurli moddiy shaklidan tarkib
topgan.

Insonning

dunyoga

munosabati,

universallikning hissiy munosabatlari ham bu raqam
bilan bogʻliqdir. Shuningdek, u kubning ramzi sifatida
ham talqin qilingan: olti qirrasi va ichkaridagi
yettinchi nuqtasi bilan. Uning olti qirrasi bu olamning
olti tomoni yoki olti unsur – tuproq, suv, havo, olov,
ruh, borliq. Bularning oʻrtasida bir turadi, tikka turgan
inson gavdasini anglatadi. Uning markazidan kubning
olti piramid qirrasi tarqaladi. Shundan kelib chiqadiki,
markaz barcha yoʻnalishlar, oʻlchov va masofalar
otasidir.

Raqam magiyasi xoh u kalendar bilan bogʻliq

boʻlsin, xoh astronomik holatlar bilan bogʻliq boʻlsin
maʼlum bir maʼno-mohiyatga ega boʻlgan. Geometrik
jihatdan biroz noqulay, geometrik qoidalarga ham
uncha toʻgʻri kelavermasa-da, azaldan bu raqamga
eʼtibor yuqori boʻlgan va bu hozir ham davom
etmoqda. Uning sehrli kuchi inson hayotining barcha
jabhalariga daxldor boʻlib, yetti raqamining ishtiroki
boshqa sehrli raqamlarga solishtirganda, ancha yuqori.


background image

Hayratlanarli jihati shundaki, dunyoning juda koʻp
hududlarida – shimol va janubdan Baykalgacha, Sibir
va Uzoq Sharqqacha mif va afsonalar orqali magik
yettiliklar yurtdan yurtga koʻchib yurgan. Bu
raqamning insoniyat hayotida qachondan buyon
bunday yuqori mavqeyga egallaganligini aniq aytish
qiyin boʻlsa-da, shumerlarda bu raqam kult darajasiga
koʻtarilganligini koʻrishimiz mumkin. Ruhoniylarning
qarashlari boʻyicha, yer osti hukmronligi yetti devor
bilan oʻralga0 n
boʻlib, dunyodan koʻz yumgan marhumlar yetti
darvozadan oʻtib bu qasrga kiradi. Gilgamesh
haqidagi shumer afsonalarida eng qudratli va
donishmand yetti xudo, yer osti podsholigining yetti
darvozasi, unda marhumlarni soʻroq qiluvchi yetti
soʻroqchi, Gilgameshga berilgan yetti maxluq
tasvirlangan tumor haqidagi qarashlar mavjud. Shunisi
eʼtiborliki, Bobilda hamma narsani biladigan yetti
donishmand maslahati bilan eng katta xudoga atab
yetti qavatli ibodatxonalar qurilgan. V.K.Afanasyeva
“Yetti donishmand” haqida fikr yuritar ekan, bu
donishmandlar adabiy asar qahramonlari, afsonaviy
shaxslar yoki yirik shaharlarning asoschilari boʻlib,
ularning soni ancha koʻp, turli davrlarda bu
donishmandlar butunlay boshqa qahramonlardan
tashkil topgan boʻlishi ham mumkin, yaʼni turli-tuman
donishmandlar “yetti donishmand” sifatida tilga
olinadi, - deya masalaga mavhumroq yondoshadi.
Folklorshunos

olim

M.

Joʻrayev

va

K.Xolmuhamedovlar esa “yetti donishmand” yoki
“yetti xudo” tushunchasini samoviy yoritkichlar –
sayyoralar bilan bogʻlashga harakat qiladilar:
“Oʻylashimizcha, qadimgi Sharq afsonalarining
qahramoni – “Yetti donishmand” obrazi osmondagi
yetti

sayyora

haqidagi

ibtidoiy

qarashlar

mahsulidir”[2.11]. Bizningcha ham yetti raqamining
bu darajaga chiqishida, birinchi navbatda yetti sayyora
– Quyosh, Oy, Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn
muhim rol oʻynagan. Shuningdek, bu yetti sayyora
haftaning yetti kuniga homiylik qilishi qadimdan keng
yoyilgan inonchlardan biridir. Bu haqdagi qarashlar
dastlab qadimgi Bobilda paydo boʻlgan. Vaqtni yetti
kunga boʻlish anʼanasini A.Borodin shu qarash bilan
bogʻlaydi [1.112]. Hafta kunlarining nomlanishi ham
koʻpgina yevropa tillarida sayyoralarning nomi bilan
bogʻliq. Masalan, fransuz tilida Lundi (dushanba) –
Oy kuni, Mardi (seshanba) – Mars kuni, Mercredi
(chorshanba) – Merkuriy kuni, Jeudi (payshanba) –
Yupiter kuni, Vendrdi (juma) – Venera kuni, Samedi
(shanba) – shanba kuni, Dimanche (yakshanba) –
Quyosh kuni. Osmondagi yetti sayyora, haftaning
yetti kuni va yettita mashhur metal astrologlar va
kimyogarlar nazarida bir-birini toʻldirib, insoniyatning
yettiliklarga boʻlgan ishonchini yanada orttirishga
xizmat qilgan. Bular: oltin – Quyosh – yakshanba,
kumush – Oy – dushanba, temir – Mars – Seshanba,
rtut – Mirrix – chorshanba, olovo – Yupiter –
payshanba, med – Venera – juma, svines – Saturn –
shanba.

Bundan tashqari, shumerlarda Yerdagi hayot

sikli Oyning harakatiga bogʻliq, degan ishonch
mavjud boʻlgan. Oy kalendari boʻyicha har bir oy toʻrt
haftaga, har bir hafta esa yetti kundan iborat ekanligiga

eʼtibor qaratishgan. Oyning yashirincha turgan kunlari
bu siklga qoʻshimcha qilingan. Oy bilan bogʻliq yana
bir holat shundan iboratki, Bobilda har yetti kundan
iborat boʻlgan siklning tugashi xavfli sanalgan, oʻsha
kunlari qandaydir baxtsizlik keladi, deb ishonishgan.
Shuning uchun ham haftaning yettinchi kuni
koʻngilsizliklardan qochish maqsadida dam olish kuni,
deb eʼlon qilingan va hech kim ishlamagan.

Yetti raqami qadimgi Misr, Hindiston, Xitoy

va hatto Amerikada ham muqaddas hisoblangan. Bu
raqam magiyasidan eramizdan avvalgi 2500-yillikda
ham Xeops piramidalarini qurishda foydalanilgan.
Qadimgi Buxoroning ham yetti qaroqchi yulduz
shaklidagi yetti tosh ustiga qurilganligi, Rim, Istanbul,
Toshkent, Kiyev singari shaharlarning qurilishi yetti
tepalik bilan bogʻliq ekanligi shaharsozlikda ham
anʼanaviy yetti raqamiga eʼtibor berilganligini
dalillaydi.

Yetti raqamini baʼzi bir olimlar Misr va Bobil

falsafasi bilan bogʻlashadi. Bu raqamda ikkita
raqamning: uch va toʻrt raqamlarining hayoti mavjud,
degan qarashni ilgari suradilar. Uch inson: ota, ona,
oʻgʻil butun bir hayotning asosini tashkil etsa, toʻrt bu
olamdagi toʻrt tomonidir. Pifagor ham yetti
raqamidagi mukammallikni uch va toʻrt raqamlarining
yigʻindisi sifatida eʼtirof etar ekan, uchburchak va
kvadrat shakllari qurilishlarda va yer uchastkalarining
hajmini oʻlchashda juda qoʻl kelganligiga ham
diqqatni qaratadi.

Bundan tashqari, yetti raqami olamning olti

tomoni – shimol, janub, sharq, gʻarb, baland, past va
Yaratganni bildirish uchun ham xizmat qilgan.
Shuningdek, osmon va yer, suv va olov, tugʻilish va
oʻlim hamda insonni anglatish uchun ham yetti raqami
xizmat qildirilgan.

Sharq xalqlari esa insonning har yetti yoshida

ruhan yangilanib, oʻzgarib borishini taʼkidlashgan va
inson hayotini yettiliklarga boʻlishgan, yaʼni yetti
yoshgacha – bolalik davri, 14 yoshgacha – oʻsmirlik
davri, 21 yoshgacha yigitlik davri, 28 yoshgacha
balogʻat davri, 3 yoshgacha yetuklik davri, 42 yosh –
hayotiy kuchga toʻlish, 49 yosh – donishmandlik, 56
yosh inson hayotiga kuz faslining kirib kelishi, 63
yosh kuchdan qolish, 70 yosh bolalikka qaytish, 77
yosh goʻdaklikka qaytish. Bu dalillar tasodifiy
boʻlmay, balki inson hayotining oʻziga xos sirli
jihatlaridir.

Shunisi qiziqarliki, Janubiy Amerikada,

Yaqin Sharqdan uzoqroqda boʻlgan Mayya xalqi
orasida ham yetti raqamiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Mahalliy aholining qarashlari boʻyicha yetti raqami
tugallanish va oʻlim chegarasi hisoblangan. Bir – bu
boshlanish, yetti esa nihoyasiga yetish, tugallanish
maʼnosini anglatgan. Ammo yettinchi kunda tugʻilish
muvaffaqiyatsizlik sanalmagan, chunki yetti bir bilan
oʻn uch raqamlarining orasida joylashgan boʻlib, bu
kunda dunyoga kelgan inson ham orqaga, ham oldinga
qaraydi, beqaror, qaysi tomonga qarab yurishni
bilmaydigan boʻlishi mumkin. U uchun baribir
boʻlgan ikkala yoʻnalishni ham qadrlaydi.

Qadimgi Yunonistonda esa yetti raqami

Appalonning ramzi sanalgan. Chunki u oyning


background image

yettinchi kuni tugʻilgan va uning lirasida yettita tor
boʻlgan.

Misrda yetti raqami mangu hayot ramzi

boʻlib, xudo Osirisning raqamidir. Qadimgi Rim ham
yetti raqami mohiyatini ancha boyitgan. Shaharning
oʻzi yettita tepalik ustiga qurilgan, Stiks daryosi yer
ostiga oqib kirib, doʻzaxni yetti marta aylanadi, deb
qaralgan. Vergiliya yetti viloyatga boʻlinadi.

Xitoyliklarda yetti raqami mushtaraklikni,

birlikni his qilish ramzi boʻlib, u oʻz-oʻziga ishonch
maʼnosini anglatadi. Butun Sharq mamlakatlarida
boʻlganidek, Xitoyda baxtli va eng maʼqul
raqamlardan

biri

sanaladi.

Sevishganlarning

uchrashuvi (7-oyning 7-sanasida), “7 fey” kabi
iboralarda yetti raqami jarangli yangraydi. Ammo toq
raqam boʻlganligi sababli xitoyliklar uchun noaniq
boʻlib, uning mohiyati vaziyatga bogʻliqdir.
Xristian dinining muqaddas kitoblarida yetti
raqami

juda

ommalashgan.

Ular

sharq

hayʼatshunoslari

va

pifagorchilarning

ilmiy

kuzatishlari asosida yuzaga kelgan yettiliklar
xususidagi magik qarashlarni qabul qilishgan. Ilk
xristian adabiyoti namunalaridan biri boʻlgan
“Apokalipsis” yoki “Vahiynoma” asarida yettiliklar
tizimi keltirilgan desak, xato qilmagan boʻlamiz. Unda
tasvirlanishicha, Xudo taxtda qoʻlida kitob ushlagan
holda oʻtiribdi. Kitobda yetti muhr boʻlib, bu
muhrlarning yechilishi bir moʻjizani hosil qiladi.
Yettinchi muhr yechilganda qoʻllarida surnay ushlagan
yettita farishta chiqib keladi. Farishtalarning
yettinchisi surnayni chalib boʻlgandan keyin sahnada
yana yettita farishta paydo boʻladi. Qizigʻi shundaki,
bu farishtalarning qoʻlllarida xudoning qahri bilan
toʻldirilgan yetti kosa boʻlib, qahr-gʻazab kosadan
toshib, yerga toʻkila boshlaydi.

Dunyo xalqlari diniy falsafasiga eʼtibor

beradigan boʻlsak, bu raqam bilan bogʻliq xilma-xil
qarashlarga duch kelamiz. Masalan, Qadimgi Misrda
yetti raqami Xudo Osirius raqami deb eʼtirof etilgan.
Yahudiylarda har yetti oyning boshlanishi bayram
sifatida

nishonlangan. Yetti

chiroq

qadimgi

yahudiylarning milliy davlatchiligi ramziga ham
aylangan. Yaratuvchi tomonidan olamning yetti kunda
yaratilganligi, yetti ogʻir gunoh, yetti osmon singari
tushunchalarda yetti raqami mohiyati yanada aniqroq
mujassamlashgan.

Iudaizmda

boʻlgani

singari

xristianlikda ham olamning paydo boʻlishi yetti kunda
amalga oshgan, degan qarashlar mavjud. Xristianlikda
yetti sir: Buyuk Postning qoʻrqinchli haftasi –
yettinchi hafta, maʼnaviy yetuklik va rivojlanishning
yetti belgisi, yetti ogʻir gunoh (takabburlik, yalqovlik,
qahr, shahvat, baxillik, badnafslik, hasad) , yetti sham,
yetti farishta va boshqalar.

Buddizimda yetti raqami

koʻtarilish, yuqoriga intilish va markazga eʼtibor
qaratish ramzi sifatida keladi. Buddaning yetti qadami
makon va vaqt chegarasidan chiqib, koinotga
qoʻyilgan yetti fazoviy zinani anglatadi. Budda yettita
mevasi bor daraxt tagida oʻtiradi. Ularda suyak,
yogʻoch va yo boshqa materialdan yasalgan baxt
keltiruvchi yettita filni hadya etish odati boʻlgan.
Indiuzmda yetti donishmand, yetti olam, yetti
muqaddas shahar, yetti muqaddas orol, yetti muqaddas
dengiz, yetti muqaddas togʻ, yetti muqaddas daraxt,

yetti sahro singari tushunchalar mohiyatida bu raqam
ancha mustahkam oʻrin olgan.

Keltirilgan misollarning qaysi biri yetti

raqamining mashhur boʻlishiga sabab boʻlganligi
nomaʼlum boʻlsa-da, ammo bularning har biri bu
raqamning sirli va magik kuchga ega boʻlishida
muhim rol oʻynagan. Keyinchalik kamalak ranglari,
musiqa notalari, inson va boshqa sut emizuvchilaring
deyarli barchasida boʻyin umurtqalarining soni yettita
ekanligi aniqlandi hamda yetti raqamiga boʻlgan
munosabatning qatʼiylashishiga xizmat qildi.

Enneada – toʻqqizlik. Toq raqamning birinchi

kvadrati. Pifagorchilar enneadaning xato va
kamchiliklari borligini qayd etishadi, chunki u
mukammal

oʻn

raqamiga

bitta

raqamning

yetishmasligini

anglatadi.

Insonning

embrion

rivojlanish davri toʻqqiz oydan iborat ekanligi uchun
inson raqami deb ham ataladi. Toʻqqiz chegarasiz va
shu bilan birgalikda chegaralangan raqamdir.
Chegarasiz deyilishining sababi – undan keyin
tuganmas boʻlgan oʻn raqamidan boshqa hech narsa
yoʻq. Chegaralangan deyilishining sababi esa birdan
sakkizgacha boʻlgan barcha raqamlarni oʻz ichiga
olganligidir. Toʻqqiz raqami pifagorchilar uchun
doimiylik, jasorat va qatʼiyat ramzi boʻlgan[1.115].
Toʻqqiz raqamining magik kuchi shundaki, ikkita
toʻqqiz qoʻshilmasi oʻn sakkizni hosil qiladi. Bir bilan
sakkiz bir-biriga qoʻshilganda (yaʼni ikki xonali sonni
bir xonali songa aylantirganda) ham toʻqqiz hosil
boʻladi. Xuddi shunday holatni 27, 36, 45, 54, 63, 72,
81, 90 raqamlarida, yoki 108, 117, 126, 135 singari
uch xonali sonlarda ham koʻrishimiz mumkin. Chunki
bu sonlarning barchasi turli sonlarning toʻqqiz
raqamiga koʻpaytmasidan hosil boʻladi. Toʻqqizning
barcha koʻpaytmalaridagi raqamlar ketma ket qoʻshib
chiqilsa, yigʻindi toʻqqizga teng boʻladi. Masalan,
16*9-144 1+4+4=9 yoki 22*9-180 1+9+8=18 1+8=9.
Toʻqqiz raqami 999 ga qoʻshilganda 1008 hosil
boʻladi, ushbu toʻrtta sonning oʻzaro yigʻindisi ham
toʻqqizni beradi. Koʻrinib turibdiki, toʻqqizga
koʻpaytirilgan har qanday miqdor oʻz xususiyatini
yoʻqotib, toʻqqizga moslashadi. Boshqa biror bir
raqamda bunday xususiyat yoʻq.

“Qadimgi dunyo olimlari toʻqqiz raqamini

abadiylik, boqiylik ramzi, bilim, aql va taqdir belgisi
deb hisoblashgan” [3.89]. Karra jadvalidagi birdan
oltigacha boʻlgan sonlarni toʻqqizga koʻpaytirishda
chiqqan natijalar olti va keyingi sonlar koʻpaytmasida
raqamlarning izchil oʻrin almashinishi Pifagor
izdoshlarini bu raqamni sehrli kuchga ega, deb
bilishlariga sabab boʻlgan. Ular toʻqqiz raqamiga
donishmandlik, jasorat va barqarorlik ramzi sifatida
qarashgan [1.115-116]. Toʻqqiz raqamining magik
kuchi shundaki, ikkita toʻqqiz qoʻshilmasi oʻn
sakkizni hosil qiladi. Bir bilan sakkiz bir-biriga
qoʻshilganda (yaʼni ikki xonali sonni bir xonali songa
aylantirganda) ham toʻqqiz hosil boʻladi. Xuddi
shunday holatni 27, 36, 45, 54, 63, 72, 81, 90
raqamlarida, yoki 108, 117, 126, 135 singari uch
xonali sonlarda ham koʻrishimiz mumkin. Chunki bu
sonlarning barchasi turli sonlarning toʻqqiz raqamiga
koʻpaytmasidan hosil boʻladi. 999 raqamiga toʻqqiz
raqami qoʻshilganda 1008 hosil boʻladi, ushbu toʻrtta


background image

raqamning oʻzaro yigʻindisi ham toʻqqizni beradi.
Koʻrinib turibdiki, toʻqqizga koʻpaytirilgan har
qanday miqdor oʻz xususiyatini yoʻqotib, toʻqqizga
moslashadi. Boshqa biror bir raqamda bunday
xususiyat yoʻq. Birdan toʻqqizgacha boʻlgan barcha
raqamlar xususiyatlarini oʻzida jamlaganligi uchun
ham toʻqqiz imperator raqam yoki raqamlar imperatori
sanaladi. Balki shuning uchun ham u umrboqiylik,
uzoq umr koʻrish, baxt ramzi boʻlib, eng baxtli
raqamlardan bir hisoblanadi.

Maya xalqlarining qarashlari boʻyicha yer

osti dunyosi toʻqqiz qavatdan iborat boʻlib, ularning
har biri alohida xudo tomonidan boshqariladi [4.118].
“Oʻzgarishlar kitobi”da 3*3, yaʼni toʻqqiz raqami
baxtli raqam, deya eʼtirof etilgan. Bu raqam nafaqat
Yevropa

mamlakatlarida,

balki

Hindiston,

shuningdek, Sharqda ham ancha mashhur boʻlgan.
Masalan, hind falakiyotshunosligida sayyoralar soni
toʻqqizta deb qaraladi. Hind numerologiyasida bir
maʼnoli raqamlar ham toʻqqiztadir. Sayyoralar bilan
raqamlarning

mos

kelishi

bu

hind

numerologiyasining kalitidir. Qadimgi Xitoyda bu
raqam bilan bogʻliq qarashlar eʼtiborga molikdir.
Chunki qadimgi Xitoy toʻqqiz viloyatga boʻlingan.
Fun-Shuy falsafasiga koʻra, Xitoy poytaxti boʻlgan
Pekin ham toʻqqiz qismga boʻlingan. Amaldorlar
imtihon

natijalariga

koʻra

toʻqqiz

darajaga

boʻlinishgan, eʼzozli (muhtaram)lar uchun toʻqqiz xil
mukofot taʼsis etilgan, imperatorlar oʻz kiyimlarini
odatda, toʻqqizta ajdarho surati bilan bezatishgan
[5.286] boʻlishsa (Xitoy mifologiyasida ajdarho
farzand timsoli boʻlib keladi), toʻqqiz boshli ilon bilan
bogʻliq qarashlar yunon afsonalariga ham oʻz taʼsirini
koʻrsatgan. Yunon afsonalaridan birida keltirilishicha,
Argoridaning Lerney bolotasida yashovchi Gidra
Lerney ilonini magʻlub qilish ancha mushkul boʻlgan.
Chunki bu vahshiyning toʻqqizta boshi boʻlib, chopib
tashlangan har bir bosh oʻrniga yana ikkita bosh oʻsib
chiqavergan. Qadimgi Yunonistonda oʻtkaziladigan
olimpiada oʻyinlarini toʻqqizta hakam boshqarishi,
sanʼat va fanning turli tarmoqlariga toʻqqizta homiy
rahnomolik

qilishi

bu

raqamga

boʻlgan

munosabatning nafaqat folklorda, balki ijtimoiy
hayotda ham ancha yuqori ekanligidan darak beradi.
Bu holat asta-sekinlik bilan yozma adabiyotga kirib
kela boshlagan. Dantening “Ilohiy komediya” asarida
toʻqqiz raqamiga alohida eʼtibor berilganligi sir emas.
Uning yozishicha, gunohkor bandalar oʻz gunohlarini
toʻqqiz aylanaga koʻmishadi, toʻqqiz zina bosib oʻtish
jarayonida

gunohlardan

tozalanganlar

toʻqqiz

qavatdan iborat jannatga yoʻl oladilar. Shunisi
eʼtiborliki, hatto hayotda ham Dante toʻqqiz raqami
bilan bogʻliq sirli bir ritmni izlagan. Shoir Beatrichini
oʻz hayotining toʻqqizinchi yili uchratgan. Toʻqqiz
yoshida Beatrichiga bagʻishlangan ilk sonetini
yozgan. Beatrichi sharq kalendari boʻyicha
toʻqqizinchi oyning toʻqqizinchi sanasida vafot etgan.
Bu voqea toʻqqiz yuz toʻqqizinchi yili sodir boʻlgan.

Toʻqqiz raqami bilan bogʻliq maʼno sharhlari

Sharq oʻlkalarida yaratilgan kitoblarda uchraydi.
Masalan, Mahmud Koshgʻariy “Devoni lugʻatit turk”
asarida tugʻ soʻziga izoh berib shunday yozadi: “Tugʻ
– tugʻ, bayroq. Toʻqqiz tugʻli xon – toʻqqiz tugʻlik xon

yoki xoqon. Qaramogʻidagi shahar va oʻlkalar soni
oshib ketsa ham, tugʻ toʻqqizdan oshirilmagan.
Xonning yuqori martabasi toʻqqiz bilan fol qilingan.
Bu xon tugʻlari toʻq sariq rangli shohi yoki ipak
matodan qilinadi. Bu ham yaxshi fol uchundir”
[6.140].

Qadimgi yodnomalarda toʻqquz oʻgʻuz

birikmasi takror-takror keltiriladi. Masalan, Kultigin
bitigida “Toʻqqiz oʻgʻiz xalqi oʻz xalqim edi” yoki
“...Otam turk dono hoqoni taxtga oʻtirganda toʻqqiz
oʻgʻuz qahramonlari, uning mashhur beklari va uning
xalqi hurmat koʻrsatdilar”, - deyilsa, Bilga hoqon
bitigida ham “Toʻqqiz oʻgʻiz xalqi mening xalqim
edi”, “Toʻqqiz oʻgʻiz xalqi yerini, suvini tashlab
Tabgʻachga ketdi”, - deyiladi. Shuningdek, Moyun
chur, Uybat singari qadimiy yodnomalarda ham
toʻqqiz oʻgʻiz birikmalari keltirilgan.

Abulgʻozi Bahodirxon esa turk-moʻgʻul

xalqlari orasida odatga aylangan toʻqqiz hadya
(toʻqqiz ot, toʻqqiz chopon, toʻqqiz parcha baxmal)
haqida maʼlumot beradi. Toʻqqiz raqamining
oʻtmishda “mashhur”ligi boisini aniqroq tasavvur
qilish uchun Mirzo Ulugʻbekning “Toʻrt ulus tarixi”
kitobidagi mana bu soʻzlarga diqqat qilish ham
ortiqchalik qilmaydi: “Yozishlaricha, moʻgʻul
shoʻbasi toʻqqiz nafardir: Moʻgʻulxon, Qoraxon,
Oʻgʻuzxon, Kunxon, Oyxon, Yulduzxon, Menglixon,
Tengizxon, Elxon. Shu vajhdan toʻqqiz raqamiga
eʼtibor moʻgʻul firqasi orasida rivoj topadi.
Moʻgʻullarning bunday eʼtibori tahqiqiga koʻra, har
martabada toʻqqiz sanogʻidan ortigʻini lozim
koʻrmaydilar” [7.41]. Chingizxon tugʻining toʻqqiz
poyali

boʻlishi,

harbiy

yigʻinlarda

toʻqqiz

sarkardaning ishtirok etishi, tarxon (xonning alohida
ehsoniga erishgan kishi)larning toʻqqiz gunohi avf
etilishi, tarxonlik unvonining toʻqqiz avlodgacha
meros qolishi, tarxonning hukmdor oldida toʻqqiz
qadah sharob ichishi va saltanatdagi istagan narsasini
toʻqqiztadan olishi mumkinligi toʻqqiz raqamiga
eʼtiqod qoʻyishning yana bir namunasidir [8.62-63].
Bu haqda yuqoridagi manbada shunday maʼlumotlar
keltirilgan: “Tarxon shunday odamki, barcha
jarimalardan ozod va erkin, qay lashkarda boʻlmasin,
qanday oʻljani qoʻlga kiritmasin, hech kim undan biror
narsani olmaydi, unga tegishli boʻladi va buyurdiki,
qachon xohlasa, dargohga ijozatsiz va dastursiz kira
olur. Toʻqqiz bor gunoh undan sodir boʻlganda ham
biror kishi uni Sazo bera olmaydi. Yana tayinladiki,
uning najodidan toʻqqiz avlod boshqa takliflardan
emindirlar” [7.88].

Shu oʻrinda Xondamirning “Makorimul-

axloq” asaridagi bir hikoyani eslab oʻtish maqsadga
muvofiq, deb oʻylaymiz. Unda naql qilinishicha,
Husayn Boyqaro Xorazm viloyatini obod qilish
maqsadida, Xurosondan uch ming xonadonni
Xorazmga koʻchirish uchun buyruq chiqaradi. Bu
“majburiy buyruq”ni Navoiy odamlarni vatandan judo
qilish va ularni katta qiyinchiliklarga giriftor aylash,
deb hisoblaydi hamda podshohga “bu ishning
bahridan oʻtsalar”, deya murojaat etadi.

“Sohibqiron bu soʻzni birinchi galda, – deydi

Xondamir, – rizolik qulogʻi bilan tinglamadi. Shafqatli
Amir (yaʼni Navoiy – S.J.) bu haqda oʻn martalab


background image

taʼkid qilsa ham biror natija chiqmadi. Lekin boshqa
bir galda jurʼat qilib shunday arz qildi: oʻzingizning
menga bergan farmoningizga binoan, har bir ish
oʻrinsiz voqe boʻlsa, toʻqqiz galga aytishga
haqlidurman. Xalqni Xorazmga koʻchirish masalasida
toʻqqiz marta arz qildim, natija bermadi..” [9.89-90].
Xullas, Navoiy toʻqqiz raqamining “imtiyoz” va
“imkoniyat”idan foydalanib maqsadga yetishadi. Bu
esa toʻqqiz raqamiga doir anʼanaviy qarash Navoiy
davrida ham unutilmaganligidan dalolat beradi.

Xuddi shunday holatni Z.M.Boburning

“Boburnoma”sida ham uchratamiz. Muallif toʻqqiz
raqami bilan bogʻliq hodisaning oʻzi va Boqi
Chagʻaniyoniy oʻrtasidagi munosabat asnosida roʻy
berganligini taʼkidlaydi: “Boqi Chagʻoniyoniy ... nozi
va ruxsati haddin oshti, biz ham aning axloq va
afʼolidin jongʻa yettuk, ruxsat berduk. Ruxsat
tilagandan soʻng pushaymon boʻldi, iztiroblar qila
kirishti, foyda qilmadi. Manga aytturub yiboribturkim,
shart qilib erdilarkim, toʻqqiz gunoh mendin sodir
boʻlmagʻuncha soʻrmagʻaylar. Men Mullo Bobodin
oʻn bir gunohini birar-birar xotirnishon qilib aytib
yibordim. Mulzam boʻldi...” [10.143].

XULOSA

Islom dinida toʻqqiz raqami bilan bogʻliq

ayrim qarashlar borki, ular Qurʼoni karimdagi ilohiy
hukmlarga aloqadordir. Qurʼoni karimning “Isro”
surasi 101-oyatida: “Batahqiq, Musoga toʻqqizta
ochiq-oydin oyat-moʻjiza berdik...” [11.101], –
deyiladi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad
Yusufning “Tafsiri Hilol” asarida bu oyat shunday
tafsir etiladi: “Bu moʻjizalar – qoʻl, aso, toʻfon,
chigirtka, bit, baqalar, qon, ocharchilik yillari va
mevalarning kamchil boʻlishi hodisalari edi” [12.451].
Bu moʻjizalar haqida Qurʼoni karimning boshqa
suralarida soʻz ketgan. Eʼtiborlisi shundaki, Muso
(a.s.)ga berilgan moʻjizalar sonining toʻqqizta ekanligi
maʼlum maʼnoda musulmonlar orasida ushbu
raqamning ommaviylashishiga sabab boʻlgan.

“Olam raqamlar va tovushlardan iborat,

hamma narsani raqamlar yordamida hal qiling, sirlar
olamiga kiring va tafakkur aylang” – deyiladi qadimgi
kitoblardan birida. Raqamlar mohiyatini anglab
borgan sari inson ham donishmandga aylanib
boraveradi, olamni raqamlar orqali anglab, raqamlar
vositasida tafakkur qilaveradi.

ADABIYOTLAR

[1]

A.I.Borodin. Chislo i mistika. Donesk,1972. S
142.

[2]

M.Joʻrayev., K.Xolmuhamedov. Yetti iqlimdagi
yettilar. Toshkent, 1989. 68 bet.

[3]

M.Joʻrayev. “Sehrli” raqamlar siri. Toshkent,
1991. 111 bet.

[4]

Mordovina L.V., Uxarskaya A.N. Chisla kak
kodы kulturы.

[5]

Nizomiddinov N.Gʻ. Qadimgi Xitoy tarixi, diniy
eʼtiqodi va madaniyati. Toshkent, “Fan va
texnologiya”, 2014, 386 bet.

[6]

Koshgʻariy M. Devoni lugʻatit turk. Toshkent,
1963. 3-jildli. 1-jild. 388 bet.

[7]

Mirzo Ulugʻbek. Toʻrt ulus tarixi. Toshkent,
1994. 352 bet.

[8]

Jumayeva S. Oʻzbek mumtoz sheʼriyatida raqam
ramzlari va ularning maʼno talqini. Toshkent,
2010. 124 bet.

[9]

Xondamir. Makorim ul-axloq. Toshkent, 1967.
89-90-bet.

[10]

Z.M.Bobur. Boburnoma. Toshkent, 1989. 368 bet.

[11]

Qurʼoni karim. Toshkent, 2001. 620 bet.

[12]

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
Tafsiri Hilol. 3-juz. Toshkent, “Hilol-Nashr”.
2021. 626 bet

References

A.I.Borodin. Chislo i mistika. Donesk,1972. S 142.

M.Joʻrayev., K.Xolmuhamedov. Yetti iqlimdagi yettilar. Toshkent, 1989. 68 bet.

M.Joʻrayev. “Sehrli” raqamlar siri. Toshkent, 1991. 111 bet.

Mordovina L.V., Uxarskaya A.N. Chisla kak kodы kulturы.

Nizomiddinov N.Gʻ. Qadimgi Xitoy tarixi, diniy eʼtiqodi va madaniyati. Toshkent, “Fan va texnologiya”, 2014, 386 bet.

Koshgʻariy M. Devoni lugʻatit turk. Toshkent, 1963. 3-jildli. 1-jild. 388 bet.

Mirzo Ulugʻbek. Toʻrt ulus tarixi. Toshkent, 1994. 352 bet.

Jumayeva S. Oʻzbek mumtoz sheʼriyatida raqam ramzlari va ularning maʼno talqini. Toshkent, 2010. 124 bet.

Xondamir. Makorim ul-axloq. Toshkent, 1967. 89-90-bet.

Z.M.Bobur. Boburnoma. Toshkent, 1989. 368 bet.

Qurʼoni karim. Toshkent, 2001. 620 bet.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. 3-juz. Toshkent, “Hilol-Nashr”. 2021. 626 bet

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов