Ona tilini o‘qitishda o‘quv lug‘atlaridan foydalanish bo‘yicha innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar

HAC
Google Scholar
To share
Хolmuradova J. . (2024). Ona tilini o‘qitishda o‘quv lug‘atlaridan foydalanish bo‘yicha innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar. Modern Science and Research, 3(1), 1–6. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27962
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada lug‘atchilik, lug‘atchilik tarixi, takomillashuvi va lug‘atlarning til o‘rgatish va o‘rganish jarayonida yuqori samara berishi, natijalarning kutilganidan ortiq bo‘lishi – o‘quv lug‘atchiligi qamrovining yanada kengayishi hamda ona tili darslarini o‘qitish va o‘rgatishda o‘quv lug’atlaridan foydalanishning o‘rni va roli, bu bo‘yicha yaratilayotgan innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar haqidagi fikr- mulohazalar bayon qilinadi.


background image

Ona tilini o‘qitishda o‘quv lug‘atlaridan foydalanish

bo‘yicha innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar

Jamila Хolmuradova

Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko‘chasi 1-uy, Tashkent 100149, O‘zbekiston,

(

jamilaxalmuratova66@gmail.com

)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10443878

Annotatsiya.

Maqolada lug‘atchilik, lug‘atchilik tarixi, takomillashuvi va lug‘atlarning til o‘rgatish va o‘rganish

jarayonida yuqori samara berishi, natijalarning kutilganidan ortiq bo‘lishi – o‘quv lug‘atchiligi
qamrovining yanada kengayishi hamda ona tili darslarini o‘qitish va o‘rgatishda o‘quv lug’atlaridan
foydalanishning o‘rni va roli, bu bo‘yicha yaratilayotgan innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar haqidagi
fikr- mulohazalar bayon qilinadi.

Kalit so‘zlar.

Ona tili, tilshunoslik, ta’lim, innovatsiya, leksikografiya, an’ana, lug‘at, til, nutq,

o‘quv lug‘ati, izohli,

kongnitiv, leksik, grammatik, lisoniy, qo‘llanma, lingvistik, xorijiy.

1. KIRISH

Lug‘at – bu ma‘lum bir til so‘zlarining

muayyan bir maqsad, mavzu ostida jamlangan
yig‘indisi bo‘lib, so‘zlarni to‘g‘ri yozishda, ma‘nosini,
etimologiyasini aniqlashda, tarkibini tahlil qilishda,
jumla tuzishda, biror tushuncha haqida qo‘shimcha
ma‘lumot olishda lug‘atlar yordamga keladi. Lug‘atlar
o‘quvchining fikrlash qobiliyatini kengaytiradi,
fanning turli sohalari, texnika, san‘at, adabiyot, nutq
madaniyatini

egallashda,

milliy

madaniyatni

o‘zlashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Taniqli fransuz yozuvchisi A. Frans lug‘atlar

haqida to‘xtala turib «…lug‘at – alfavit tartibida
joylashtirilgan xazina. Agar yaxshiroq o‘ylab
ko‘radigan bo‘lsak, lug‘at – bu kitoblarning kitobi. U
boshqa barcha kitoblarga yo‘l ochadi…»,- degan edi.

Lug‘atlar sivilizatsiya yo‘ldoshi, milliy til

xazinasi hamdir. «Har qanday so‘z, - yozgan edi XIX
asr tilshunosi, akademik I. I. Sreznevskiy, - xalq
o‘tmishidan darak beradi. So‘zda o‘zgarish bo‘lgan
bo‘lsa hayotda ham o‘zgarish bo‘lgan bo‘ladi,
jamiyatdagi o‘zgarish so‘zda aks etadi». O‘zbek
xalqining betakror durdonasi «Devonu lug‘otit
turk»ning tarix, til, adabiyot, jug‘rofiya, tibbiyot,
madaniyat, san‘at va boshqa o‘nlab tarmoqlar haqidagi
qimmatli ma‘lumotnoma ekanligi buning yaqqol
dalilidir.

Lug‘atchilikning tadrijiy taraqqiyoti haqida

gap ketar ekan, ko‘p o‘rinlarda tarjima lug‘atlari –
lingvistik lug‘atlar – qomusiy lug‘atlar – ta’limiy
o‘quv lug‘atlari – elektron lug‘atlar ketma-ketligi
keltiriladi. Aslida, jahon tilshunosligida lug‘atchilik
tarixi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar lug‘atlarning
ilk ko‘rinishlari ta’limiy maqsadlarda yaratilgan degan
xulosaga olib kelmoqda.

Lug‘atlar ilmiy lingvistik adabiyotlar ichida

tillararo munosabatni ta’minlash, tilning grammatik
qurilishini tadqiq qilish, til me’yorlarini belgilash,
jamiyat a’zolarining milliy tafakkuri, nutq boyligini
o‘stirish, ijtimoiy-siyosiy ongni shakllantirish,
shuningdek, ta’lim samaradorligini oshirishdagi
bebaho xizmati bilan alohida ajralib turadi. Barcha

fanlarda bo‘lgani kabi o‘zbek lug‘atchiligi fanining
ham o‘z ibtidosi, tadrijiy taraqqiyot bosqichlari
mavjud bo‘lib, bu borada qator ishlar amalga
oshirilgan.

Amaliy leksikografiya sohasida erishilgan

muayyan

muvaffaqiyatlar

bilan

bir

qatorda

lug‘atchilikning

nazariy

muammolariga

lug‘atshunoslikka ham e’tibor qaratildi va izohli
hamda ikki tilli lug‘atlarning ma’lum leksikografik
masalalarini hal etishda orttirilgan boy tajribani,
shuningdek, bu sohadagi mavjud kamchiliklarni
yoritishga bag‘ishlangan bir qator ilmiy ishlar ham
amalga oshirildi. Bunday izlanishlarning natija va
xulosalari

tuzilajak

lug‘atlarning sifatini

yaxshilashga yordam berishi shubhasiz.

2.

MATERIAL

VA

METODLAR

Ushbu maqolani yoritishda O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-
mayida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida
umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida»//203-
qarori, B. Mengliyev va M. Xudoyberdiyevalar
tomonidan yaratilgan “O‘zbek tili iboralari o‘quv
lug‘ati” hamda B. Bahriddinovaning “So‘z tarkibi
o‘quv lug‘atlarini yaratish va ona tili darslarida ular
bilan ishlashga doir “ maqolasida ilgari surilgan
fikrlarga asoslanildi.

Tadqiq usuli komponent tahlil, differensial-

semantik, tipologik, qiyoslash va distributiv tahlil
metodlaridir. Shuningdek, maqolada ko‘zda tutilgan
masalalarni o‘rganishda P. N. Denisov, L. A. Novikov,
I. V. Azarova, Z. M. Ma’rufov, A. P. Hojiyev, E.
Umarov, A. Madvaliyev, T. Aliqulov va boshqa
olimlarning tadqiq usullariga asoslanildi.

3.

NATIJALAR

VA

ULARNING TAHLILI.

Umumiy o‘rta ta’limda o‘quvchilarni

mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish, ularga
milliy o‘zligini tanitish, ongida ma’naviy-ma’rifiy


background image

inqilob hosil qilish, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy
hayotning rang-barang jabhalarida, muloqot va
munosabatning barcha turida o‘zbek tilidan bemalol,
erkin, samarali, to‘g‘ri foydalana olishi, uning
cheksiz imkoniyatidan bahramand bo‘lishi, nutq
odobi va nutqiy taktika sirlarini egallash bilan bog‘liq
zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirish vazifasi ona tili
ta’limi zimmasidadir. Zero, ona tili ta’limining bosh
maqsadi ijodiy tafakkur sohiblarini yetishtirish, har
bir maktab bitiruvchisining o‘z ona tilida tafakkur
mahsulini yozma va og‘zaki usullarda, nutq sharoitiga
mos ravishda to‘g‘ri va ravon ifodalash, o‘zgalar
fikrini

to‘g‘ri

qabul

qilish

ko‘nikmalarini

shakllantirish, malakalarini hosil qilishdan iboratdir.

Kognitiv asosda yaratilgan ona tili darsliklari

bilan

ishlash

darslikka

yordamchi

vositalarni

kengaytirish, lug‘at va turli axborot banklarini
yaratishga bo‘lgan talabni yanada oshirdi. Umumiy
ta’limning davlat ta’lim standartida ona tili
o‘qitishning zaruriy vositalari sirasiga darslik bilan
bir qatorda axborot banki sifatida lug‘atlar ham
kiritildi. Tilshunosligimizda yangi “o‘quv lug‘ati”
termini paydo bo‘lib, ommalasha boshladi. Yuqorida
aytilganidek, lug‘atchilik tarixi bo‘yicha olib
borilgan izlanishlar ilk lug‘at namunalarining maktab
uchun yaratilganligi, barcha umumiy lug‘atlar maktab
lug‘atlarining takomillashgan ko‘rinishi ekanligini
tasdiqlamoqda.

Lug‘atlarning til o‘rgatish va o‘rganish

jarayonida yuqori samara berishi, natijalarning
kutilganidan ortiq bo‘lishi – o‘quv lug‘atchiligi
qamrovining yanada kengayishiga sabab bo‘ldi.
Asosiy vazifasi begona tillarni o‘qitish yoki ma’nosi
tushunarsiz so‘zlarni izohlash bo‘lgan lug‘atlar XX asr
boshlaridan ona tili o‘qitishning muhim vositasi
sifatida e’tirof etila boshlandi. Zamonaviy maktab
uchun maxsus lug‘at yaratish harakatlarining paydo
bo‘lishi ta’limga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni
kiritish, xususan, retroskopik ta’limdan verbal
kognitiv ta’lim usuliga o‘tish davriga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumki, kognitiv ta’lim retroskopik ta’limdan
yordamchi o‘quv materialining darslik materialidan
bir necha marotaba kattaligi, o‘quvchining o‘z ustida
mustaqil ishlashi, zaruriy ma’lumotlarni axborot
banki – lug‘atlar, qomuslar, ma’lumotnomalar kabi
ona tili xazinalaridan izlashi bilan farqlanadi. Zero,
darslikdan yetarli ma’lumotni olgan o‘quvchida
izlanishga, mustaqil ishlashga ehtiyoj bo‘lmaydi.
O‘quvchini izlab topishga, mustaqil xulosalar
chiqarishga

yo‘naltiradigan

kognitiv

ta’lim

texnologiyasi zamonaviy pedagogik amaliyotda eng
samarali usul deb topilgan va jahonning qator ilg‘or
davlatlarida XX asr boshlaridayoq ta’lim tizimiga
joriy etilgan.

Tajribalardan ma’lumki, lug‘atlarning umri

darslik umriga qaraganda 4-5 marta uzun bo‘ladi. Bir
lug‘at bir oilaga kamida 20-30 yil xizmat qiladi.
Lug‘at o‘quvchini o‘z ustiga ishlashga o‘rgatadi,
uning doimiy hamrohi, barcha savollariga javob bera
oladigan beminnat yordamchisi bo‘la oladi.
O‘quvchilar uchun zarur bo‘lgan lug‘atlar yaratilmas
ekan, ijodiy tafakkurni rivojlantirish, og‘zaki va
yozma nutqni o‘stirish vositasi bo‘lgan joriy darsliklar

o‘z vazifasini to‘la bajara olmaydi. Shu bilan
birgalikda, ona tili bo‘yicha beriladigan mashq va
topshiriqlar darslikning yordamchi vositasi bo‘lgan
lug‘atlar, qomuslar, ma’lumotnomalar, matnlar
to‘plami bilan ishlashga mo‘ljallansa, faqat
algoritmik yo‘sindagi, izlanishga yo‘naltiruvchi
mashq va topshiriqlardan iborat darslik hajmi bir
necha baravar qisqaradi. Bu esa o‘z-o‘zidan unga
sarflanayotgan davlat mablag‘ining ham shunchalik
tejalishiga olib keladi.

Eramizdan avvalgi IV-III asrlarda qadimgi

Mesopotamiyada mavjud bo‘lgan shumer va akkad
qabilalari turli tillarda gaplashishgan va bir-biri bilan
doimiy ravishda ijtimoiy-siyosiy aloqada bo‘lishgan.
Bu esa shu tillarni o‘rginish uchun turli maktab
qo‘llanmalarini tuzishga ehtiyojni yuzaga keltirgan.
Shumer va akkad tillarini o‘qishga yordam beradigan
o‘simliklar, mevalar, tog‘, tosh, daraxt, charm, sopol,
xudolar, ibodatxona, turli buyumlar rasmi tushirilgan
ro‘yxatlar tuzilib, har bir tilda qanday yozilishi
belgilab chiqilgan. Shu asosda har ikki tilni
o‘rganishda yordam beradigan bo‘g‘in belgilari
tushirilgan sillabik yozuvli so‘zlashgichlar yaratilgan
[1. B. 92-93]. Nippur shahridagi qadimgi shumer
ibodatxonasi kutubxonasidan shunday ilk so‘zlashgich
namunalari va maktablar uchun grammatik mashqlar
to‘plamlari topilgan bo‘lib, ular til o‘rganuvchilar
uchun

dastlabki

o‘quv qo‘llanmalarining

yaratilishiga turtki bo‘ldi. Ularning aksariyati tilni
o‘qitish

bilan

birga

o‘qituvchining

savoli,

o‘quvchining javobi, bir tildan ikkinchi tilga tarjima
qilish, yozma mashqlar bajarish, so‘zlarni yod olish
kabi topshiriqlardan iborat tizimni tashkil qilgan.

Eng qadimiy antik lug‘at namunalari, asosan,

ma‘nosi tushunarsiz so‘zlar izohiga bag‘ishlangan.
Bunday

lug‘atlarning

ilk

namunalari

Misr,

Mesopotamiyadan topilgan Aristofan Vizantiyskiy
(er.av. III-II)va Dionisiy Frakiyskiy (eramizdan
avvalgi II asr) larga tegishli lug‘atlardir. A.
Vizantiyskiyning lug‘ati antik adabiyot vakillari
asarlaridagi ma’nosi tushunarsiz so‘zlar izohiga
bag‘ishlangan bo‘lsa, D. Frakiyskiy lug‘ati undan
farqlanib,

bevosita

maktab

o‘quvchilariga

mo‘ljallanadi. Lug‘at grammatik xarakterda bo‘lib,
so‘zlar turkumlarga ajratib chiqiladi [2. B. 205-225].
Qaysidir ma’noda bu lug‘atni ideografik lug‘atning
antik ko‘rinishi sifatida ham baholash mumkin.

Yunonlar rimliklarga ham lug‘at qo‘llanmalar

– o‘quv lug‘atlari tuzishga ishtiyoq uyg‘otadilar va
natijada rimliklar ham lug‘atchilikdagi izlanishlarini
maktablar uchun xizmat qiluvchi lug‘atlar yaratishga
qaratadilar. 12 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan rimlik
o‘spirinlar maktablarda ellinistik ruhda tarbiyalanib,
yunon-rim madaniyati, tili va adabiyoti birga o‘qitilar
edi. Nutq madaniyati bo‘yicha qadimgi Rim
nazariyotchisi va pedagogi Kvintilian (I asr) 12
kitobdan iborat «Notiqning savodxonligi haqida» deb
nomlangan asarida notiqlik san’ati tadqiqi davomida
tarjima nazariyasi haqida ham to‘xtaladi. Yunon
tilidan lotinchaga tarjima qilish misolida o‘z
tavsiyalarini berar ekan, tarjimani «kundalik o‘quv
mashg‘ulotlari» deb nomlaydi [3. B. 24].


background image

Yunon-lotin lingvistik an’analari Rimdan

G‘arbiy Yevropaga, Vizantiyadan Janubiy va Sharqiy
Yevropaga tarqaldi – Fransiya, Italiya, Angliya,
Bolgariya, Rossiya va boshqa Yevropa davlatlarida
grammatik va leksikografik izlanishlar boshlanishiga
turtki bo‘ldi. Bu barcha ma’naviy yuksalishlar
qadimgi Sharq madaniyatini o‘ziga singdirganyagona
yunon-lotin lingvistik an’analarini shakllantirdi.

Hind lug‘atchiligi ham o‘ziga xos o‘ringa ega

bo‘lib, aksariyati antik lug‘at namunalari kabi diniy
adabiyotlardagi notanish so‘zlar izohiga (glossariy)
bag‘ishlangan edi. Sanskritcha lug‘atlar ichida eng
mashhuri

Amarasingxning

(VI-VIII

asrlar)

«Amarakosha» o‘quv-ideografik lug‘ati hisoblanadi.
Hind lug‘atchiligi bilan birga arab, fors lug‘atchiligi
ham nihoyatda takomillashib, madaniy va ma’naviy
yuksalishda katta rol o‘ynadi.

Lug‘atchilik tarixini kuzatar ekanmiz, ilk

yaratilgan lug‘atlar asosida ta’limiy maqsadlar
yotganligi ma’lum bo‘ladi. Ularning ba’zilari
matndagi

ma’nosi

notanish

so‘zlar

izohiga

bag‘ishlangan (glossariy) bo‘lsa, ayrimlari nutq
madaniyatini o‘stirish, ba’zilari muayyan davlat
so‘zlashuv tilining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatish
uchun xizmat qilgan. Dastlabki tuzilganlug‘atlar
tahlili shuni ko‘rsatdiki, hatto ularning nomlanishi
ham

o‘quv

jarayoniga moslangan,

ta’limga

yo‘naltirilgan: 1500-yilda yaratilgan birinchi lotincha-
inglizcha lug‘atning «Bolalar uchun xazina»
(«Promptulorium parvulorum»), 1487-1507-yillarda
yaratilgan fransuz va lotin tillaridagi birinchi tarjima
lug‘atlarining

«Yoshlar

uchun

izohnoma»

(«Seminarium et planetarium fructiferarum»),
«Bolalar uchun ixcham lug‘at» («Diktionariolum
puerorum») deb nomlanishi buni isbotlaydi.

Lug‘atlar tillararo munosabatda muhim o‘rin

tutib, o‘rta asrlarda Yevropada lotin, yunon, qadimgi
slavyan tillari bo‘yicha tarjima lug‘atlarini yaratish
leksikografiyaning

asosiy

vazifasiga

aylandi.

Lug‘atlarning bu vazifasi begona tillarni o‘qitish
jarayonida aniqlashdi.

Yevropada XIV-XV asrlarda yaratilgan tarjima

lug‘atlarining ko‘pi lotin tili bilan bog‘liq bo‘lgan:

til

Lug‘at turi va nashr vaqti

Passiv lug‘at

Faol lug‘at

ingliz
ispan
fransuz
nemis
chex
polyak
rus

1500 - lotin-ingliz
1490 - lotin-ispan
1487 - lotin-fransuz
1467 - lotin-nemis
1511 – lotin-chex
1564 –lotin-polyak
1596 –lotin-rus

1499 - ingliz-lotin
1495 - ispan-lotin
1507 - fransuz-lotin
1482 – nemis-lotin
1560 – chex-lotin
1621 – polyak-lotin
1704 – rus-lotin

Yevropa o‘quv maskanlaridalotin tilibir necha

asrlar mobaynida Y. A. Komenskiyning «Мир
чувственних вешей в картинках» (8 ming so‘z,
birinchi nashri 1658-yilda chiqarilgan) nomli lug‘at
qo‘llanmasi asosida o‘qitib kelingan. O‘z davrida bu
kitob slovar-minimum (kichik lug‘at) deb yuritilib,
zamonaviy ta’limotda yuksak baholangan. Y. A.
Komenskiyning tinimsiz mehnatlari samarasi o‘laroq
mavzuviy rasmli o‘quv lug‘atlari seriyasini yaratishga
yo‘l ochildi. Shu sababli Yevropada o‘quv
lug‘atchiligi tarixi qadimgi yunon va lotin milliy

o‘quv lug‘atlari bilan bog‘lanadi. Maktab
leksikografiyasi tarmog‘i ingliz, fransuz, ispan, nemis
tilshunosligida XX asr boshlarida, rus tilshunosligida
esa XX asr o‘rtalarida shakllanib, umumiy
leksikografiyadan

ajratilgan

holda

o‘rganila

boshlandi.

Yevropada dastlabki o‘quv lug‘atlari ingliz,

fransuz, nemis tillarini o‘rganish uchun tarjima lug‘ati
shaklida yaratilgan bo‘lsa, keyinchalik shu tillarning
ichki qonun-qoidalarini o‘rganishga qaratilgan bir tilli
ta’limiy lug‘atlar paydo bo‘la boshladi [4. B. 197-
199].

Xitoy

lingvistik

an’analarini

e’tiborga

olmaganda,

Yevropada

katta

hajmli

izohli

lug‘atlarning yaratilishi milliy tillarning shakllanish
jarayoniga to‘g‘ri keladi: “Kursk akademiyasining
italyancha lug‘ati” (1612), “Rossiya akademiyasi
lug‘ati” (1789-94) shular jumlasidandir. O‘quv
lug‘atlarining tarixiy ildizlari izohli lug‘atlar
yaratilishidan bir necha asr oldinga borib taqaladi.

Ko‘rinib turibdiki, lug‘atlar tabiiy tarzda

begona tillarni o‘qitishga aralashib ketgan. Ularning
o‘quv matni, grammatika va turli mashqlar bilan
tarixiy bog‘liqligi qariyb 50 asr davomida kuzatiladi.
Yuqoridagilar o‘quv lug‘atlari umumiy lug‘atlardan
ancha oldin paydo bo‘lgan, o‘quv lug‘atchiligi
umumiy

lug‘atchilik

asosidaemas,

umumiy

lug‘atchilik o‘quv lug‘atlari negizida kurtak otgan va
takomillashgan degan xulosaga olib keladi.

Pedagogika

boshqa

fanlarga

qaraganda

qadimiy bo‘lgani kabi, oldingi bo‘limlarda qo‘rib
o‘tilganidek, o‘quv lug‘atlari ham lug‘atchilik tarixida
barcha turdagi lug‘atlardan avval paydo bo‘lgan.

Rus tilshunosligida lug‘atchilik tarixi ukrain

olimi Pamba Berindaning 1627-yilda yaratilgan XIII
asr oxirlariga mansub qadimgi rus yozma
yodgorliklari tilidagi ma’nosi tushunarsiz so‘zlarning
izohiga bag‘ishlangan «Лексикон словеноросский,
имен толкование» lug‘ati bilan boshlanadi.
Keyinchalik «Rossiya Akademiyasining lug‘ati»
(1790-94-yy,

43 257

so‘z),

«Rossiya

Akademiyasining alfavit tartibli lug‘ati» (1806-22-yy,
51 388 so‘z), V.I.Dalning 4 tomli tezaurus tipidagi
«Толковый словарь живого великого русского
языка» (1863-66-yy) kabi yirik izohli lug‘atlar
yaratildi.

O‘quv lug‘atlarini ilmiy asosda o‘rganish XVII

asrda birinchi ingliz leksikografi S. Jonson, XIX asr
boshlarida fransuz tilshunoslari J. Dyubua, K.
Dyubua, G. Matore, K. Bak, ispan tilshunosligida Y.
Malkil ishlaridan boshlanadi. Keyinchalik rus
tilshunosligida leksikografiyaning bu tarmog‘ini
takomillashtirish davlat ahamiyatidagi masala sifatida
kun tartibiga qo‘yiladi. 1966-yilda Moskva davlat
universiteti rus tili ilmiy-uslubiy markazida O‘quv
lug‘atchiligi

sektori

(keyinchalik

bu

sektor

A.S.Pushkin nomidagi rus tili institutiga ko‘chirilgan)
tashkil etilgan. 1969-yilda rus tili va adabiyoti
o‘qituvchilarining

Birinchi

xalqaro

anjumani

o‘tkazilib, unda yaratilayotgan o‘quv lug‘atlarini
moliyalashtirish, nashr ishlarini amalga oshirish
masalalari ko‘rib chiqiladi. A. S. Pushkin nomidagi
rus tili instituti «O‘quv lug‘atchiligi» sektori


background image

vakillarining

Leningrad,

Samarqand,

Minsk,

Toshkent, Odessa, Kembridj (AQSH), Amerst
(AQSH) shaharlarida simpozium va an’anaviy
anjumanlari o‘tkazilib, qator muammolar hal etiladi;
mavzu doirasida 50 dan ortiq ilmiy tadqiqotlar olib
boriladi, 30 dan ortiq maktab lug‘atlari yaratiladi.
1996-yil 23-30-yanvar kunlari Moskvada o‘quv
lug‘atchiligi va leksikani o‘qitish metodikasi
masalalariga bag‘ishlangan Birinchi umumittifoq
anjumani bo‘lib o‘tadi. Varshavada alohida «O‘quv
lug‘atlari» markazi faoliyat olib borib, 1996-yilning
23-28-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan rus tili va adabiyoti
o‘qituvchilarining xalqaro Uchinchi kongressi
(MAPRYAL) ham o‘quv lug‘atchiligining dolzarb
masalalariga bag‘ishlanadi. Ana shu xatti-harakatlar
samarasi o‘laroq rus o‘quv lug‘atchiligi yuqori
pog‘onaga ko‘tariladi va ulkan yutuqlarni qo‘lga
kiritadi.[5. B. 110-121]. Bunda P. N. Denisov, L. A.
Novikov, S. G. Barxudarov, V. V. Morkovkin, Y. N.
Karaulov, M. A. Skopina, V. N. Sergeyev, V. A.
Redkin, A. V. Tekuchev, Z. A. Potixa, D. E. Rozental
kabilarning xizmatlari katta bo‘ladi. O‘tgan asrning
70-80 yillarida yaratilgan P. N. Denisov, L. A.
Novikovlarning

“Вопросы

учебной

лексикографии” (1999), S. G. Barxudarov, L. A.
Novikovlarning “Какие должен быт учебный
словарь?”(2001), P. N. Denisovning “Очерки по
русской лексикологии и учебной лексикографии”
(2004), M. A. Skopinaning “Проблемы отбора
лексического

материала

в

учебной

лексикографии”(1975),

V.

A.

Redkinning

“Актуальные

проблемыучебной

лексикографии”(1977), V. G. Gakning “Общие
вопросы учебной лексикографии”(1977), V. V.
Morkovkinning “Учебная лексикография как
особая лингвометодологическая дисциплина”
(1977), N. M. Shanskiy, Y. A. Bistrovalarning
“Лексико-фразеологическая система и учебные
словари русского языка для национальной
школы”(1977),

P.

N.

Denisov,

V.

V.

Morkovkinlarning

“Проблемы

учебной

лексикографии” (1977) V. N. Sergeyevning
“Словари наши друзя и помошники”(1984), Z. A.
Potixa, D. E. Rozentalning “Лингвистические
словари и работа с ними в школе”(1987), R. A.
Budagovning “Толковые словари в национальной
культуре народов”(1989) asarlari rus o‘quv
leksikografiyasining ilmiy taraqqiyotiga asos bo‘ldi va
yuzga yaqin mavzuviy maktab lug‘atlarining yuzaga
kelishiga nazariy zamin yaratdi. A. V. Tekuchev va B.
T. Panovlarning “Грамматико-орфографический
словарь русского языка”(1977), A. Jukovning
“Школьный фразеологический словарь русского
языка”(1965), Z. A. Potixaning “Школьный
словообразовательный словарь” (1964), M. R.
Lvovning “Школьный словарь антонимов русского
языка”(1967), M. S. Lapatuxin va boshqalarning
“Школьный толковый словарь русского языка”
(1965),

N.

A.

Tixonovning

“Школьный

словообразовательный

словарь

русского

языка”(1967), N. V. Odinnovlarning “Школьный
словарь иностранных слов” (1969) kabi lug‘atlar

rus tilini puxta o‘rgatish uchun xizmat qilgan ilk
maktab lug‘atlari hisoblanadi.

Ko‘rinib

turibdiki,

Yevropada

o‘quv

lug‘atchiligi o‘tgan asrning ikkinchi yarmidayoq to‘la
shakllangan bo‘lib, endilikda o‘quv lug‘atlarining
zamonaviy, takomillashgan ko‘rinishlarini yaratish,
ularni

elektronlashtirish

masalalari

bilan

shug‘ullanmoqda. Bu borada K. Petrova, I. V.
Azarova, O. A. Mitrofanova, A. A. Sinopalnikova, I.
G. Gelfenbeyn, A.V. Goncharuk, V. P. Lexelt, A. A.
Lipatov, V. V. Shilo, Y. N. Karaulov, Y.A. Sorokin,
Y. F. Tarasov, N. V. Ufimseva, G. A. Cherkasova va
boshqalarning xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim.
So‘nggi

yillarda

yaratilgan

K.

Petrovaning

“Ассоциативные словари и WordNet”, I. B.
Azarova,

O.A.Mitrofanovava

A.A.Sinopalnikovalarning

“Компьютерный

тезаурус русского языка типа WordNet”, I. G.
Gelfenbeyn, A. V. Goncharuk, V. P. Lexelt, A. A.
Lipatov, V. V. Shilolarning “Автоматический
перевод семантической сети WORDNET на
русский язык”, Y. N. Karaulov, Y. A. Sorokin, Y. F.
Tarasov, N. V. Ufimseva, G. A. Cherkasovalarning
“Русский ассоциативный словарь” kabi to‘rt
kitobdan iborat zamonaviy lug‘atlari bugungi rus
leksikografiyasining taraqqiyotidan dalolat beradi.
Ayniqsa, 2005-2010 yillar oralig‘ida Vvedenskaya
Lyudmila

Alekseyevnamuallifligida

“Словари

русского языка для школьников” seriyasi ostida
yigirmadan ortiq zamonaviy rangli, bezakli, sifatli,
mavzuviy o‘quv lug‘atlarining yaratilishi va qayta-
qayta nashr qilinishi, ularning elektron variantlarining
taqdim qilinishi (Vvedenskaya L.A. "Учебный
словарь омонимов русского языка" 2005-
2010.;"Школьный

орфоэпический

словарь

русского языка" 2006-2010.; «Учебный словарь
синонимов русского языка» 2005-2010.; "Учебный
словарь паронимов русского языка"

2006-

2010.; Учебный словарь антонимов русского
языка"
2005-2010) rus tilshunosligida nafaqat
tilshunoslikning,

balki

davlatning

o‘quv

lug‘atchiligiga

naqadar

katta

e’tibor

qaratayotganligini isbotlaydi.

Nafaqat o‘zbek tilshunosligi, balki jahon

tilshunosligida lug‘atlar ta’lim samaradorligini
oshirishning muhim vositasi sifatida e’tirof etildi.
Rivojlangan davlatlarda o‘quv lug‘atchiligio‘tgan
asrning

40-50-yillaridayoq

keskin

rivojlandi,

ta’limning har bir bo‘g‘ini uchun (maktabgacha
tarbiya muassasasidan oliy maktabgacha) yuzlab
lug‘atlarning maxsus turlari yaratilib, ular maktab
darsliklarining bir qismiga aylantirildi. Bugungi kunda
rus o‘rta ta’lim bo‘g‘ini uchun ellikdan ortiq
ensiklopediyaning yaratilganligi diqqatga sazovor.
Maktab darsliklari uchun ilova sifatida “Bolalar uchun
qomus” seriyasida “Avanta” nashriyot birlashmasida
73, 92 bosma toboq hajmida chop etilgan
“Языкознание.

Русский

язык”

qomusi,

«Энциклопедия юного филолога», «Энциклопедия
юного

астронома»,

«Энциклопедия

юного

биолога», «Энциклопедия юного земледелца» (shu
seriyagi qator lug‘atlar), «Большая школьная
энциклопедия» va o‘quvchilar uchun maxsus


background image

yaratilgan 50 dan ortiq maktab lug‘atlari fikrimizni
tasdiqlaydi. Albatta, o‘quv vositalarini chop etish
ularning ilmiy va pedagogik asoslarini ishlab chiqish
bilan belgilanadi. Masalan, sobiq tuzum davridayoq
rus tili bo‘yicha bu masala dolzarb vazifa
sifatidaqo‘yilib, o‘quv lug‘atchiligi nazariyasi va
amaliyotida

katta

yutuqlarga

erishildi,

o‘quv

lug‘atlarining ilmiy va pedagogik asoslari, ta’lim
jarayonidagi ahamiyati bo‘yicha jiddiy tadqiqotlar
bajarildi va natijalari leksikografik amaliyotga tatbiq
etildi.

Biroq o‘zbek fanida o‘quv lug‘atchiligining na

nazariy, na amaliy tomoniga e’tibor qaratildi. O‘rta
umumiy ta’lim uchun birorta ham o‘quv lug‘ati
yaratilmagani holda, uning nazariy masalalari
muammo sifatida hatto kun tartibiga ham qo‘yilmadi.
Rus maktablari uchun 50 dan ortiq o‘quv lug‘atlari
mavjud bo‘lgani holda o‘zbek maktablari uchun
yaqingacha bitta «Imlo lug‘ati» yaratilgan edi, xolos.
Ko‘rib o‘tilganidek, o‘quvchilar uchun zarur lug‘atlar
yaratilmas ekan, ijodiy tafakkurni rivojlantirish,
og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish vositasi bo‘lgan
joriy darsliklar o‘z vazifasini to‘la bajara olmaydi. Bu
o‘zbek milliy o‘quv lug‘atchiligi oldiga o‘rta ta‘lim
bo‘g‘ini uchun mavzuviy o‘quv lug‘atlarini yaratish
tamoyillarini ishlab chiqish va tuzish masalasini
qo‘ydi.

Lug‘atlar o‘quvchining mustaqil fikrlash, ong

mahsulini erkin bayon qilish ko‘nikmasini o‘stiradi,
to‘g‘ri talaffuz qilish, to‘g‘ri yozishga o‘rgatadi – nutq
madaniyatini shakllantiradi. U nafaqat ona tili
ta’limida, balki matematika, fizika, kimyo, biologiya,
adabiyot, tarixni o‘qitishda betimsol yordamchi bo‘la
oladi.

Yevropada dastlabki yaratilgan lug‘atlarning

aksariyati ta’lim jarayoni yoki biror matn bilan bog‘liq
bo‘lib,

o‘sha

davr

leksikografiyasiningasosiy

vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan:

1.

Ma’lumot uzatish (tarjima lug‘atlari, matn

asosida yaratilgan lug‘atlar)

2.

Ta’lim jarayonida yetakchilik qilish

(maktab uchun maxsus yaratilgan lug‘atlar)

3.

Mavjud mavzular haqidagi bilimlarni

tizimlashtirish (mavzuviy lug‘atlar)

Ushbu vazifalarning har uchalasi bitta maqsad

– ta’lim samaradorligini oshirish uchun xizmat qilgan.

Birinchi ingliz lug‘atshunosi S. Jonson o‘z

lug‘atining qisqacha bayonida «sof fan ijtimoiy
hayotning barcha masalalarini hal qilishga ojizlik
qiladi, bu o‘rinda lug‘atlar kengroq imkoniyatga
egaligi bilan qimmatlidir», [6. B. 4-5.] – degan edi. U
o‘z ishlarida lug‘atlarning ta’limiy ahamiyatini
ochib berishga e’tibor qaratgan bo‘lsa, fransuz
tilshunosi J. Dyubua barcha lug‘atlarni o‘quv
lug‘atlari deb ataydi va shuga tayanib ularning
qadimiy vazifasini uchga ajratadi:

1. Ta’limiy;
2. Axborot, ma’lumot berish;
3. Tizimlashtirish, tartibga solish.
Aslida bugungi kunda ham har qanday lug‘at

yuqoridagi uch vazifani o‘zida mujassamlashtirgan
bo‘ladi. J. Dyubahar qanday lug‘atni to‘g‘ridan to‘g‘ri
o‘quv lug‘ati deb hisoblab, istalgan lug‘atda

nimanidir o‘rgatish maqsadi yotadi deb qat’iy
ta’kidlaydi.[7. B. 41-42] Bu fikrlarning qanchalik
haqiqat ekanligini ko‘proq sxolastik tortishuvlar emas,
tarixiy hayotiy tajribalar isbotlaydi.

Ushbu vazifa lug‘atlarning hamisha barhayot

janr ekanligidan dalolat berish bilan birga ularning
ta’limiy-didaktik xarakterini ham ochib beradi.

So‘nggi

yillarda

zamonaviy

maktab

amaliyotida har bir o‘zbek millatiga mansub maktab
bitiruvchisining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy
hayotning rang-barang jabhalarida, muloqot va
munosabatning barcha turlarida o‘zbek tilidan
bemalol, erkin, samarali, to‘g‘ri foydalana olishi,
uning cheksiz imkoniyatlaridan bahramand bo‘lishi,
zaruriy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi
lozimligi talab etilib, maktab ona tili ta’limida
o‘quvchilarni

mustaqil

va

ijodiy

fikrlashga

yo‘naltirish, milliy o‘zligini tanitish, ongida ma’naviy-
ma’rifiy inqilob hosil qilishga ko‘proq e’tibor
qaratilmoqda. Bu vazifa ona tili ta‘limida
«grammatika – grammatika uchun» qolipidan voz
kechib, «grammatika – fikrning aniq va lo‘nda ifodasi
uchun» shiorini asos qilib olish lozimligini ko‘rsatdi.

Til ta’limi lisoniy mohiyat va nutqiy

voqelanishlar bilan farqlanuvchi nihoyat marakkab
qurilma bo‘lib, u shu fan chuqurlashtirilgan, kasbiy
ma’lumot olishga yo‘naltirilgan ta’lim bo‘g‘inlari –
oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ichki
qonun qonuniyatlari bilan, til va nutq aspektida
olingan holda chuqur o‘qitilishi lozim. Ona tili
ta’limining o‘ta ilmiylashtirib yuborilishi ta’lim
samaradorligini

belgilashda

ham

salbiy

ko‘rsatkichlarga olib kelmoqda.

Lug‘atlarning, xususan, adabiyot darslarida

badiiy asar ustida ishlashdagi xizmatini A.Qahhor
asarlarini o‘qitish misolida ko‘rib chiqamiz.

A. Qahhor ijodi shunchalik sermazmun,

serqirra, serjiloki, bu xazinadan to‘la bahramand
bo‘lish uchun nafaqat maktab o‘quvchisidan, balki
katta yoshdagi kitobxonlardan ham nozik did va
mahorat talab etiladi. Adibning bir, bir yarim, ikki
varaq hajmdagi kichik bir hikoyasi nozik didli
kitobxon

uchun

olam

jahon

xazina,

zukko

adabiyotshunos yohud zakiy tilshunos uchun yirik bir
ilmiy asar uchun tadqiq manbai bo‘lib xizmat qila
oladi.

Maktab darsliklarida adibning qator

hikoyalari, qissa, dramalari o‘qish uchun kiritilgan.
Yozuvchi tarixiy mavzudagi asariga tarixiy,
zamonaviy mavzudagi asariga zamonaviy ruh bera
oladi. Adabiy personaj nutqidan, uning xarakterini
ochib beruvchi vosita sifatida unumli foydalanadi.

A. Qahhor hikoyalari o‘qitilar ekan, unda

ishlatilgan tarixiy so‘zlar, ma’nosi tushunarsiz
jumlalar, iboralar izohlanishni talab etadi. «O‘g‘ri»
hikoyasidagi «otning o‘limi, itning bayrami»,
«qozonni suvga tashlab qo‘yish», «o‘ynashmagin
arbob bilan, arbob urar har bob bilan», «quruq qoshiq
og‘iz yirtar», «dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi
yo‘qolmasin», «yo‘qolmasdan burun bormidi»,
«berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz»,
«tepa sochi tikka bo‘lmoq», «begim deguncha
kishining beli sinishi», «ho‘kizni bo‘ynidan bog‘lab


background image

beradigan chiqim», «pulning yuziga qarash», «naqd
qilib qo‘ymoq», «suyunchidan chashna olib kelmoq»,
«bitta xo‘kiz odamning xunimi» iboralarining,
yelpishtovoq, kalava ip, kulangir tovuq, farangi
tovuq, ko‘nchilik, kurk tovuq, tilmoch, chiqim, pang
tovush, taftish, oq poshsho, ellikboshi, amin, pristav,
qulf ochadigan azayimxon, mingboshi, paxtafurush,
kichkinagina shart jumlalari, «Bemor» hikoyasidagi
«Osmon yiroq, yer qattiq», «hey, do‘st, shaydullo, ba
nomi ollo, sadaqa raddi balo, baqavli rasuli xudo»,
«yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi» iboralari,
chilyosin, oqposhsho, devonai Bahovuddin, baxshi,
izvosh, chigit po‘choq, kunjara, Sim so‘zlarining
ma’nosini izohlashda o‘quv lug‘atlarining xizmati
beqiyos. Buning uchun o‘quvchi partasidan darslik
bilan

bir

qatorda

hech

bo‘lmaganda

«Adabiyotshunoslik terminlari o‘quv lug‘ati»,
«O‘zbek tilining o‘quv izohli lug‘ati», «O‘zbek
tilining ma’nodosh so‘zlar o‘quv lug‘ati», «O‘zbek
tilining zid ma’noli so‘zlar o‘quv lug‘ati», «O‘zbek
tilining uyadosh so‘zlar o‘quv lug‘ati», «O‘zbek
tilining shakldosh so‘zlar o‘quv lug‘ati»kabi kitoblar
ham o‘rin olishi lozim.

4. XULOSA

Yashayotgan

asrimiz

taraqqiyot

sur’atlarining

behad

tezlashgani,

intellektual

salohiyat, tafakkur dunyoda yashab qolishning asosiy
sharti ekanligi, texnikaning misli ko‘rilmagan
darajada yuksalishi, ma’naviyatning tamaddun
garoviga aylangani bilan insoniyat hozirgacha
boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladi.
Bunday vaziyatda ta’limga qo‘yilayotgan talab har
doimgidan ham jiddiy va og‘ir bo‘lishi ko‘pchilikka
ayon. Negaki, globallashuv davri, texnika asrida
o‘quvchining diqqatini jalb qilish, uning aqlu idrokini
to‘g‘ri va maqsadli yo‘naltirish oson kechmaydi.
Axborot manbalari bugungi kunda shu qadar ko‘p,
rang-barang va takomillashganki, ta’lim jarayonida
o‘quvchiga eng qulay, eng zamonaviy, eng qiziqarli,
eng oson usul bilan ma’lumot yetkazilmas ekan,
ko‘zlangan natijaga erishish qiyin.

Lug‘atlar tilga doir manbalar orasida tillararo

munosabatlarni

ta’minlash,

tilning

grammatik

qurilishini tadqiq qilish, til meyorlarini belgilash,
jamiyat a’zolarining milliy tafakkuri, nutq boyligini
o‘stirish, ijtimoiy-siyosiy ongini shakllantirishdagi
bebaho xizmati bilan alohida ajralib turadi. XX asr
boshlariga kelib, lug‘atlar ta’lim samaradorligini
oshirishning muhim omili ekanligi e’tirof etila
boshlandi; tilshunoslikda leksikografiyaning yangi
lingvodidaktik yo‘nalishdagi o‘quv lug‘atchiligi
tarmog‘i paydo bo‘ldi. Natijada, jahonning ilg‘or
davlatlarida maktab uchun maxsus lug‘atlar yaratilib,
ular ta’lim kompleksining to‘laqonli a’zosiga
aylantirildi.

Bugungi kunda “Umumiy ta’limning davlat

ta’lim standartlari”da ona tili o‘qitishning zaruriy
vositalariga darsliklar bilan birga lug‘atlarning ham
kiritilishi, “o‘quv lug‘ati” terminining tilshunoslar va
ona tili ta’limi fidoyilari lug‘atida tez-tez

ishlatilayotgani yuqoridagi talabning bajarilishi
tomon tashlanayotgan dastlabki qadamlardir. Ushbu
maqolada o‘quv lug‘atlari so‘zligini tuzish, ular uchun
so‘z tanlash mezonlarini ishlab chiqishda nimalarga
e’tibor qaratish zarurligi haqida o‘z qarashlarimizni
ilgari surar ekanmiz, o ‘quv lug ‘atlarini yanada
takomillashtirish yuzasidan quyidagicha xulosa qilish
mumkin:

1.Globallashuv davrida yosh avlodni

ma’naviy barkamol, umummilliy qadriyatlarga sodiq
qilib tarbiyalash talabi o‘quv lug‘atlariga bo‘lgan
ehtiyojni oshirmoqda;

2. Yalpi axborotlashuv, texnika asrida

bolalarni kitobga jalb qilish oson kechmaydi.
O‘quvchi kerakli ma’lumotni tez va qulay topish
yo‘llarini izlaydi, o‘quv lug‘atlari uning yoshi,
qiziqishlari, dunyoqarashiga mos tuzilib, e’tiborini
torta oladi.

3.O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tilini

o‘qitishda o‘quv lug’atlaridan foydalanishning
samarali yo‘llarini aniqlashtirishdan iborat.

5. ADABIYOTLAR

[1]

Авдиев В.И. История древного Востока. М.,
1993, с.130.

[2]

[2]

Амирова Т.А. и др. Очерки по истории

лингвистики. М., 2015, с. 24.

[3]

Быстрова

E.A.,

Шанский

N.M..

Лексикофразеологическая система и учебные
словари русского языка для национальной
школы. М.: Русский язык. 2007, С-110-121

[4]

Bahriddinova B.M. So‘z tarkibi o‘quv lug‘atlarini
yaratish va ona tili darslarida ular bilan ishlashga
doir / Respublika ona tili doimiy ilmiy-nazariy
anjumani materiallari.Termiz, 2007 – b.71-72.

[5]

Денисов P.N. Об универсальной структуре
словарной статьи. С-205-225 - В кн.:
Актуальные

проблемы

учебной

лексикографии.

Сост.

В.А.Редкин.

М.,

«Русский язык», 1997., 320 с.

[6]

Dubois J. Dictionnaire et discourse didactique. –
“Langages”, P., 1970, p. 41-42

[7]

Johnson S. Theplan of a dictionarv.L., 1747, p.4-
5.

[8]

Mengliyev B. Xudoyberdiyeva M. “O‘zbek tili
iboralari o‘quv lug‘ati” T.:”Yangi asr avlodi”
2007-2009.

[9]

Hornby A.S. Oxford Adranced Learner’s
Dictionary of Current English. 2-nd ed. L.,
1994;G.Gougenheim.Dictionnaire fondamentalde
la langue francai se. P., 2004;

[10]

«O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta
ta’limni tashkil etish to‘g‘risida» // O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
13-mayida qabul qilingan 203-qarori. «Ma’rifat»
gazetasi 1998, 16-may.

[11]

http://www.labirint.ru/authors

References

Авдиев В.И. История древного Востока. М., 1993, с.130.

[2]Амирова Т.А. и др. Очерки по истории лингвистики. М., 2015, с. 24.

Быстрова E.A., Шанский N.M.. Лексикофразеологическая система и учебные словари русского языка для национальной школы. М.: Русский язык. 2007, С-110-121

Bahriddinova B.M. So‘z tarkibi o‘quv lug‘atlarini yaratish va ona tili darslarida ular bilan ishlashga doir / Respublika ona tili doimiy ilmiy-nazariy anjumani materiallari.Termiz, 2007 – b.71-72.

Денисов P.N. Об универсальной структуре словарной статьи. С-205-225 - В кн.: Актуальные проблемы учебной лексикографии. Сост. В.А.Редкин. М., «Русский язык», 1997., 320 с.

Dubois J. Dictionnaire et discourse didactique. – “Langages”, P., 1970, p. 41-42

Johnson S. Theplan of a dictionarv.L., 1747, p.4-5.

Mengliyev B. Xudoyberdiyeva M. “O‘zbek tili iboralari o‘quv lug‘ati” T.:”Yangi asr avlodi” 2007-2009.

Hornby A.S. Oxford Adranced Learner’s Dictionary of Current English. 2-nd ed. L., 1994;G.Gougenheim.Dictionnaire fondamentalde la langue francai se. P., 2004;

«O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida» // O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-mayida qabul qilingan 203-qarori. «Ma’rifat» gazetasi 1998, 16-may.

http://www.labirint.ru/authors

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов