SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARDA O‘QUVCHILARNING KREATIV QOBILIYATLARINI METODIK RIVOJLANTIRISH

HAC
Google Scholar
To share
Mirzayeva, L. . (2024). SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARDA O‘QUVCHILARNING KREATIV QOBILIYATLARINI METODIK RIVOJLANTIRISH . Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27973
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada geografiya ta’limining samaradorligini oshirish, geografiya o‘qituvchisining pedagogik mahorati hamda geografiya ta’limida o‘quvchilarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish masalalari yoritilgan

Similar Articles


background image

SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARDA O‘QUVCHILARNING

KREATIV QOBILIYATLARINI METODIK RIVOJLANTIRISH

Mirzayeva Lobar

Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko’chasi. 1, Toshkent 100149, Uzbekiston,

https://doi.org/10.5281/zenodo.10444494




Kalit so‘zlar:

Geografiya ta’limi, sinfdan tashqari ishlar, kreativ qobiliyat, ijodkorlik,

zamonaviy ta’lim metodlari.

.

Annotatsiya

Ushbu maqolada geografiya ta’limining samaradorligini oshirish, geografiya o‘qituvchisining

pedagogik mahorati hamda geografiya ta’limida o‘quvchilarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda
sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish masalalari yoritilgan

KIRISH.

Geografiya ta’limi ham boshqa fanlardagi

singari pedagogika va didaktika bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lib zamonaviy o‘zgarishlar va talablar
natijasida

takomillashib

o‘zgarib

bormoqda.

Professor X.Vaxobov o‘zining “Geografiya o‘qitish
metodikasi” o‘quv qo‘llanmasida shunday fiklar
bildiradi: “Geografiya ta’limi deganda o‘quvchilarga
tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy komplekslarning tuzilishi
va asosiy qonuniyatlari haqida bilimlar beradigan
geografiya fanlari tizimiga aytiladi” [4; 38-b.].

Geografiya ta’limining samarali bo‘lishi

avvalo geografiya fani o‘qituvchisining pedagogik
mahoratiga, tajribasiga bog‘liqdir.Geografiya ta’limi
metodikasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan
olimlar

A.S.Abduvoxidov.,

Z.A.Ganiyevlarning

ta’kidlashicha geografiya fani o‘qituvchisi o‘quvchi-
yoshlarga ham tabiiy geografiya, ham ijtimoiy-
iqtisodiy

geografiya

asoslarini

o‘zida

mujassamlashtirgan yagona o‘quv fani ekanligini
inobatga olgan holda kasbiy kompetentsiyaviy
yondashuvni amalga oshirishi zarur [1; 49-52-b.].

-geografiya

faniga

oid

xususiy

kompetensiyalar,

bevosita

kompetentsiyaviy

yondashuvga asoslangan DTSda o‘rin olgan bo‘lib,
bitiruvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga
qo‘yilgan

talablarda

ifodalangan;-

tayanch

kompetensiyalardan,

masalan,

kommunikativ

kompetentsiyani shakllantirish uchun innovatsion
ta’lim texnologiyalarini qo‘llash jarayonida o‘quvchi
tegishli mavzu bo‘yicha o‘z fikrini og‘zaki va yozma
tarzda bayon qilishi, o‘zaro muloqotga kirishish, o‘z

fikrini himoya qila olishi va boshqalarni ishontira
olishi, ziddiyatli vaziyatlardan chiqib keta olish kabi
ko‘nikmalarni shakllantirish; - geografik axborot
tizimi bilan ishlash kompetensiyasini shakllantira
borishni har bir o‘tilgan mavzuni mustaqil tarzda
mustahkamlash jarayonida amalga oshirish, ya’ni
mavzu bo‘yicha o‘z ustida ishlab, kompyuter,
internetdan, GIS kabi axborot manbalaridan samarali
foydalana olish va ma’lumotlarni qayta ishlash,
ma’lumotlar bazasini yarata olish, mediavositalardan
zarur bo‘lgan axborotlarni topa olish va qayta
ishlash, bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish.

Geografiya

ta’limining

samaradorligini

oshirishda zamonaviy ta’lim metodlari va vositalari
bilan bir qatorda sinfdan tashqari ishlarning
ahamiyati ham katta. Ayniqsa, o‘quvchilarning
ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishda sinfdan
tashqari ishlarni tashkil etish va olib borish
maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarning ijodkorlik
faoliyatlarining rivojlanishi, shuningdek, fanga
bo‘lgan qiziqishining ortishi o‘qituvchi tomonidan
sinfdan tashqari ishlarni qanchalik samarali tashkil
etishiga bog‘liq. Geografiya fani bo‘yicha sinfdan
tashqari ishlarning bir necha turlari mavjud bo‘lib,
o‘quvchilar dars davomida to‘liq o‘zlashtira
olmagan materiallarni aynan sinfdan tashqari
ishlarda o‘zlashtirishlari mumkin.

ADABIYOTLAR

TAHLILI

VA

METODOLOGIYA.

Geograf

olimlar

X.Vaxobov.,

N.R.Alimkulov., N.B.Sultonovalarning fikriga ko‘ra


background image

sinfdan

tashqari

ishlarning

asosiy

maqsadi

o‘quvchilarni

har

tomonlama

barkamol

rivojlantirishdan iborat bo‘lib, fan bo‘yicha olgan
bilimlarini

chuqurlashtirish,

ularda

bilishni

faollashtirishdan

iborat.

Shuningdek,

sinfdan

tashqari ishlar maktabda olib boriladigan tarbiyaviy
ishlrning davomi hisoblanib, o‘quvchilarning shaxs
sifatida rivojlanishiga yordam beradi [3; 69-70-b.].

Geografiya

fanidan

o‘quvchilarning

kreativligini rivojlantirish uchun tashkil etiladigan
sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy va tarbiyaviy
vazifalari

ajratilib,

bu

vazifalar

geografiya

ta’limining umumiy maqsadi va vazifalaridan kelib
chiqib

belgilanadi.

O‘quvchilarning

nafaqat

kreativligini,

balki

ularda

o‘zaro

do‘stona

munosabat, hamkorlik, mehnatsevarlik, Vatanga
muhabbat hamda biror kasbni egallashga bo‘lgan
qiziqishlarini oshiradi.

Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va mustaqil

idrok qilish jarayonida o‘quvchilarning intellektual –
ijodiy mahsulot ustida ishlashi amalga oshirilib,
o‘qituvchi o‘quv jarayonini boshqarar va nazorat
qilar ekan, ayni vaqtda o‘z o‘quvchilarida
kreativlikni, jumladan, kreativ – intellektual - ijodiy
qobiliyatlarni rivojlantiradi [5; 72-b.]. Shuningdek,
sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilar darsdagidek
qat’iy talablar doirasidan biroz chiqib, ancha erkin,
mustaqil faoliyat olib boradilar. Sinfdan tashqari
ishlarda

o‘quvchilar

o‘zlarining

o‘qituvchiga

ma’lum

bo‘lmagan

qobiliyatlarini

namoyon

qilishlari mumkin. Shu orqali o‘qituvchi ulardagi
kreatvlik qobiliyatlarini seza olishi va shunga ko‘ra
uni rivojlantirishlari zarur bo‘ladi.

NATIJALAR.

Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar

o‘quvchilarning milliy istiqlol ruhida tarbiyalash
sohasida

olib

boriladigan

ishlarning

davomi

hisoblanib,

bunday

ishlar

ta’lim-tarbiya

maqsadlariga mos kelishi kerak. O‘quvchilar
tabiatdagi turli jarayon va hodisalarni, dunyoda ro‘y
beradigan voqealarni ko‘proq bilishga qiziqadilar,
bunday vazifani sinfdan tashqari ishlar orqaligina
hal qilish mumkin.

Geografiya fanidan olib boriladigan sinfdang

tashqari ishlar o‘quvchilarni tabiiy–geografik
voqealar, hodisalar hamda insoniyat hayotiga doir
qiziqarli faktlar, ma’lumotlar va ko‘nikmalar bilan
qurollantiradi. Ayniqsa, o‘quvchilar bilan tabiat
qo‘yniga, ishlab chiqarish korxonalariga
ekskursiyalar uyushtirish o‘quvchilarning fanga va
o‘qib o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada
oshiradi. O‘quvchilarga dars davomida tushunarsiz
bo‘lib qolgan materiallar yoki faqat o‘qituvchi
bergan matnli ma’lumotlar sinfdan tashqari ishlarda

ko‘z bilan ko‘rib, ular haqida eshitish imkoniyati
paydo bo‘ladi va ushbu ma’lumotlar uzoq vaqt
xotiralarida saqlanib qoladi.

Geografiya ta’limida sinfdan tashqari

ishlarning eng muhim yana bir xususiyatlaridan
biri uning turli xil didaktik o‘yinlar va qiziqarli
geografik

savollardan

foydalanib

tashkil

qilinishidir.

Bu

o‘quvchilarning

ijodiy

faoliyatlarining samarali bo‘lishiga olib keladi.
Geografiya fani bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar
nazariy va ilmiy yo‘nalishlarga ega bo‘lib,
o‘quvchilar turli xil tabiiy va iqtisodiy topshiriqlarni
darsdan tashqari vaqtlarda ham bajarishi mumkin.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o‘quvchilar
soni va uyushtirish shakllariga ko‘ra hilma-xil
shaklda tashkil etish lozim. Zamonaviy geografiya
ta’limida sinfdan tashqari ishlarning bir nechta
turlari keng tarqalgan bo‘lib, ular orqali
o‘quvchilarning

kreativ

qobiliyatlari

rivojlantirilishiga erishilmoqda [2; 84-b.].

Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

geografiya fani o‘qituvchisidan chuqur bilim,
pedagogik mahorat, tajribalarni talab etadi. Bunday
ishlarni tashkil etishda o‘qituvchining asosiy vazifasi
o‘quvchilarning

faolligini,

tashabbuskorligini

qo‘llab-quvvatlash, ular tomonidan bildirilgan yangi
g‘oyalar, fikrlarni rag‘batlantirish, ularga yo‘l-
yo‘riqlar ko‘rsatish hamda ularda mas’uliyatlilikni
oshirishdan iboratdir. Dars jarayonida ayrim
o‘quvchilar har xil sabablarga ko‘ra o‘zlarini
namoyon eta olmaydilar. Sinfdan tashqari ishlarda
esa ulardagi turli xil qobiliyatlar namoyon bo‘lishiga
sharoit

yaratiladi.

Xususan,

ularning

kreativ

qobiliyatlari rivojlanishiga zamin yaratiladi.

MUHOKAMA

Amerika

psixologlari

A.Karnikau

va

N.Makelroularning fikriga ko‘ra shaxs manbani
o‘qiganda – 10%, ma’lumotni, eshitganida – 20%,
jarayonni ko‘rganda – 30%, jarayonni ko‘rib, ular
to‘g‘risida ma’lumot eshitganda – 50% , amalda
bajarganlarida esa bundanda ko‘proq hajmdagi
ma’lumotlarni yodda saqlab qoladi. Bundan xulosa
qilish mumkinki, zamonaviy geografiya ta’limida
sinfdan tashqari mashg‘ulotlardan samarali va o‘rinli
foydalana olish zarur. Zero, zamonaviy o‘quvchilar -
bu yuqori texnologiyalarning farzandlari, faqatgina
darslik bilan chegarangan darslar ular uchun
qiziqarsiz va tushunarsiz bo‘lib qolishi mumkin.
Bunday

vaziyatda

o‘qituvchi

o‘zgaruvchan

voqelikka

moslashishni,

darsdan

tashqari

noan’anaviy

usullar,

metodlardan

maqsadli

foydalanishi

lozim.

Sinfdan

tashqari

ishlar

o‘quvchilarda o‘z-o‘zini namoyish etishlari uchun
eng yaxshi imkoniyat hisoblanadi.


background image

Geografiya

ta’limida

sinfdan

tashqari

mashg‘ulotlarni

tashkil

etish

texnologiyasiga

quyidagi talablar qo‘yiladi: - o‘quvchilarning
motvatsiyasi, emotsional-xissiy kayfiyatiga e’tibor
qaratish; - o‘quvchilarning kreativlik, ijodkorlik
qobiliyati,

intellektual

salohiyati

va

imkoniyatlaridan foydalanish; - tabiiy-geografik
bilimlarni o‘zlashtirish davomida o‘quvchilarni faol
intellektual - ijodiy jarayonga jalb qilish orqali
ularning mos intellektual-ijodiy mahsulot ustida
ishlash jarayonida o‘z kretiv qobiliyatlarini
rivojlantirishga erishish; - bu jarayonda alohida
faollik ko‘rsatgan, ijodkor o‘quvchilarni metodik
rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega.

Xulosa

sifatida aytish mumkinki, geografiya

ta’limida sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning
mustaqil fikr yuritish, mustaqil xulosalar chiqarish,
o‘z-o‘zini

namoyon

qilish

hamda

kreativ

qobiliyatlarini

rivojlantirishda

eng

muhim

vositalardan hisoblanadi.

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

[1]

Abduvoxidov A.S., Z.A.Ganiyev. “Geografiya ta’limi

metodikasi”. Samarqand.: 2021 yil. 49-52 b.

[2]

Abdullayeva D.N., Methodological aspects of the use
of computer technologies in teaching geography //
Yeuropean journal of research and reflection in
educational sciences., Volume 8 Number 8, 2020 Part
III. rr-84-88.

[3]

Vaxobov

X.,

N.R.Alimkulov.,

N.B.Sultonova.

Geografiya o‘qitish metodikasi., Toshkent: -

“Nodirabegim” nashriyoti. 2021 yil. 69-70-b.

[4]

Vaxobov X. Geografiya o‘qitish metodikasi.,
Toshkent.: Universitet, 2000. – 38-b.

[5]

Tilakova M.A. VIII-IX sinf o‘quvchilarida sinfdan

tashqari mashg‘ulotlarda kreativ qobiliyatlarni
rivojlantirishning

pedagogik

shart-sharoitlari.

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi avtoreferati. – T.: - 2019. – 72 b.

References

Abduvoxidov A.S., Z.A.Ganiyev. “Geografiya ta’limi metodikasi”. Samarqand.: 2021 yil. 49-52 b.

Abdullayeva D.N., Methodological aspects of the use of computer technologies in teaching geography // Yeuropean journal of research and reflection in educational sciences., Volume 8 Number 8, 2020 Part III. rr-84-88.

Vaxobov X., N.R.Alimkulov., N.B.Sultonova. Geografiya o‘qitish metodikasi., Toshkent: - “Nodirabegim” nashriyoti. 2021 yil. 69-70-b.

Vaxobov X. Geografiya o‘qitish metodikasi., Toshkent.: Universitet, 2000. – 38-b.

Tilakova M.A. VIII-IX sinf o‘quvchilarida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – T.: - 2019. – 72 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов