TA’LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKT

HAC
Google Scholar
To share
Shermanova, F. (2024). TA’LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKT. Modern Science and Research, 3(1), 1–6. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28132
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada bugungi kunda raqamli texnologiyalar o‘rni va ahamiyati, sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va imkoniyatlariga ko‘ra turlari hamda ularni ta’lim jarayonida qo‘llash orqali ta’lim sifatini oshirish haqida fikrlar yuritilgan.


background image

TA’LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY

INTELLEKT

Shermanova Feruza Djumaboevna

Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko‘ch.. 1, Toshkent 100149, O‘zbekiston

(

feruzashermanova@yandex.ru

)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10466952

Kalit so‘zlar: Raqamli texnologiyalar, neyrotarmoq, sun’iy intellekt, reaktiv mashina,

chegaralangan xotira, aql nazariyasi, blackboard, onlayn-kurslar.

Annotatsiya: Maqolada bugungi kunda raqamli texnologiyalar o‘rni va ahamiyati, sun’iy

intellekt tizimlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va imkoniyatlariga ko‘ra turlari
hamda ularni ta’lim jarayonida qo‘llash orqali ta’lim sifatini oshirish haqida fikrlar
yuritilgan.

KIRISH

Raqamli texnologiyalar hayotimizga

shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda
nafaqat

kundalik

faoliyatimiz,

balki

ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham
ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tabiiyki,
boshqa sohalarda bo‘lgani singari kabi
raqamli

texnologiyalar

jahon

ta’lim

muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarni
raqamli texnologiyalar muhitida mehnat
bozoridagi o‘zgaruvchan tendensiyalarga
tezkor

moslashish

imkonini

beruvchi

raqamlikompetensiyalar

(soft

skills)

tizimidan foydalanib tayyorlash amaliyotga
tadbiq etilgan. YuNESKO tomonidan qabul
qilingan 2030 yilgacha xalqaro ta’lim
konsepsiyasida “Butun hayot davomida
sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish” [1]
dolzarb vazifa sifatida belgilangan.

Ilm-fan va axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari

jadal

taraqqiy

etib

borayotgan bugungi sharoitda dunyoning
rivojlangan

mamlakatlarida

davlat

va

jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot, sanoat,
ijtimoiy himoya, ta’lim, tibbiyot, bandlik,
qishloq ho‘jaligi, mudofaa, xavfsizlik,
turizm va boshqa sohalarda raqamli
texnologiyalar

va

sun’iy

intellekt

imkoniyatlaridan keng foydalanish asosiy
masalalardan bo‘lib qolmoqda.

Respublikamizda

ta’lim

tizimida,

raqamli texnologiyalar sun’iy intellekt
texnologiyalari sohalarida katta islohotlar
amalga

oshirilmoqda.

«Raqamli

O‘zbekiston — 2030» Strategiyasini
amalga

oshirish dasturi

doirasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
17.02.2021

yilda

«Sun’iy

intellekt

texnologiyalarini jadal joriy etish uchun
shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarori

qabul

qilindi.

Prezident tomonidan bu qarorlarni qabul
qilinishi albatta respublikamizda raqamli


background image

iqtisodiyotni

jadal

sur’atlar

bilan

rivojlantirish vazifalariga va ularni
amalga oshirishga qaratilganligi bilan
katta ahamiyatga egadir.

[2]

Neyrotarmoqlar, ulkan ma’lumotlar

(Big Data), sun’iy intellekt imkoniyatlari
davlat tizimlarida ham bosqichma-bosqich
joriy qilina boshlandi. Ular orasida ko‘lami
jihatidan

butun

mamlakatni

qamrab

olgan

MyID

tizimini aytib o‘tish mumkin.

Raqamli

texnologiyalar

vazirligi

ma’lumotlariga

qaraganda,

bugungi

kunda

23

ta

bank,

5 ta

yirik davlat tashkiloti

ushbu tizimdan doimiy foydalanmoqda,
ro‘yxatdan o‘tganlar soni esa

2,5 millionga

еtdi.

MyID

birinchi

navbatda

shaxsni

biometrik

identifikatsiyalash

imkonini

beradi va natijada jarayonga ketadigan
vaqtni 1 soniyaga tushiradi, hujjatlarni
tekshirish butkul avtomatlashadi.

Yana bir o‘ziga xos loyiha –

qishloq

xo‘jaligi

еrlari

va

ekinlari

monitoringi

loyihasi doirasida kosmosdan

va dronlar bilan olingan suratlar, real vaqt
rejimida to‘planadigan ma’lumotlar asosida
dalalar

sun’iy

intellekt

yordamida

monitoring qilinib, ularning geoaxborot
tizimi yaratildi.

Biroq kadrlar muammosi hamon ushbu

yo‘nalishdagi eng muhim masaladir.
2022/2023 o‘quv yilidan “Sun’iy intellekt”
yo‘nalishida kadrlar tayyorlash bo‘yicha
jami 6 ta oliy ta’lim muassasalarida 245 ta
kvota

ajratildi.

Shuningdek,

alohida

Raqamli texnologiyalar va sun’iy

intellekt

doktorantura

yo‘nalishi

ochilganini qayd etish lozim.

Prezident

qarori

asosida

Raqamli

texnologiyalar vazirligi huzurida Raqamli
texnologiyalar

va

sun’iy

intellektni

rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil
etildi. Soha bo‘yicha fan doktorlari, turli
yo‘nalishlardagi

yеtuk

mutahassislarni

o‘zida jamlagan muassasa katta ilmiy

salohiyatga ega va bundan foydalanmoqda
ham. Ikki yil ichida institut tomonidan
Orolbo‘yi mintaqasining atrof-muhit va
ekologik holatini monitoring qilish hamda
nutq signallarini qayta ishlash asosida
shaxsni tanib olish bo‘yicha dasturiy
mahsulot ishlab chiqildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA
METODLAR

Sun’iy intellekt

(

ingl.

Artificial

intellegence

) – kompyuter tizimlarining shu

vaqtgacha insonlarga xos bo‘lgan ijodkorlik
va

intellektual

faoliyatni

bajarish

qobiliyatidir. [3]U neyron

tarmoqlar,

mashinani o‘qitish (machine learning),
tabiiy tilni qayta ishlash, kognitiv (ongli)
hisob-kitoblar,

kompyuterning

tasvirni

ko‘rishi

singari fanning o‘ta murakkab yangi

yo‘nalishlarini o‘zida birlashtiradi.

Sun’iy intellekt atamasi birinchi bo‘lib,

1956 yilda Dortmund konferensiyasida Jon
Makkarti va uning hamkasblari Marvin Li
Minskiy,

Nataniel

Rochester,

Klod

Shennonlar tomonidan taklif etilgan. Jon
Makkarti ushbu atamaning muallifi sifatida
qabul qilinadi. [4]

XX asrning 80-yillari sun'iy intellekt –

kashfiyot deya e'tirof etila boshladi. Olimlar
ushbu yo'nalishda darsliklar ishlab chiqa
boshladilar.

Shuningdek,

1997

yilda

shaxmat

bo'yicha Jahon chempioni Garri Kasparovni
mag'lubiyatga uchratgan mashhur shaxmat
dasturi – “Deep Blue” yaratildi. Shu yillarda
Yaponiyada neyron tarmoqlari asosida 6-
avlod

kompyuter

loyihasi

ishlab

chiqilayotgan edi.

Shundan so'ng sun'iy intellektga e'tibor

kuchaydi. Yirik kompaniyalardan tortib to
harbiy muassasalargacha mazkur sohani
moliyalashtira boshladi. Natijada yangi
texnologiyalar soni oshib, raqobat kuchaydi,


background image

sun'iy intellekt vositalari mukammallashib
bordi

Shu o‘tgan vaqt ichida juda katta ilmiy

izlanishlar olib borildi va borilmoqda,
buning natijasida sun’iy intellektning
qo‘llanilish sohasi tezlik bilan kengayib
bormoqda.

Sun’iy

intellekt

tizimlarining

rivojlantirish

masalalarini

o‘zbek

olimlaridan M.Kamilov, T.Bekmuratov,
Sh.Madraximov,

N.Ignatev

tomonidan

amalga oshirilgan tadqiqotlarda o‘z ifodasini
topgan.

Rus

olimlaridan

M.Axmetov,

A.Bazaeva,

L.Bocharova,

A.Lobanov,

tomonidan

sun’iy intellekt tizimlarini

rivojlantirish va ta’lim sohasida qo‘llash
masalalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib
borilgan.

Bugungi

kunda

jahon

amaliyotida

Kanada,

Singapur,

Birlashgan

Arab

Amirliklari, Finlyandiya, Yaponiya, Xitoy,
Italiya, Tunis, Buyuk Britaniya, AQSh,
Shvesiya,

Meksika,

Yevropa

Ittifoqi,

Keniya, Daniya, Fransiya, Avstraliya,
Koreya

Respublikasi,

Hindiston

va

Germaniya kabi davlatlar sun’iy intellektni
rivojlantirish strategiyalarini e’lon qilgan.[5]
Bu davlatlarda dunyoning mashhur oliy
ta’lim va ilmiy tadqiqot dargohlari
joylashishi bilan bir qatorda davlatlar
innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlovchi
mexanizmlarni ham to‘liq tartibga solgan va
katta hajmdagi moliyaviy ko‘mak ko‘rsatib
kelmoqda. Natijada dunyo mamlakatlaridan
ko‘plab bilimli mutaxassislarni o‘ziga keng
jalb

etmoqda.

Respublikamizda

ham

soxalarda raqamli texnologiyalarni joriy
qilish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
orqali 2030 yilga borib innovatsion taraqqiy
etgan yеtakchi davlatlar qatoridan o‘rin
egallash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

MUHOKAMA

Sun’iy intellekt inson ongi bilan bog‘liq
imkoniyatlar:

tilni

tushunish,

o‘rgatish, muhokama

qilish,

masalani

yеchish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga
ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan
shug‘ullanadi.

Sun’iy

intellekt

turli

amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm
va dasturiy tizimlardan iborat bo‘lib, inson
ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha
vazifalarni axborot bazasiga kiritilgan
ma’lumotlar asosida amalga oshiradi.
Shuningdek, sun’iy intellekt murakkab
tahlillar va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan
ishlovchi dasturlarni o‘z ichiga olib,
mantiqli izchil mulohaza qilish hamda
tavsiya berish qobiliyatiga ega “aqlli”
texnologiya

hisoblanadi.

Mutaxassislar

tomonidan sun’iy intellektga to‘rtinchi
sanoat

inqilobining

asosi

sifatida

qaralmoqda.

Sun’iy intellektning quyidagi 4 ta turini

ajratib ko‘rsatish mumkin:

1.

Reaktiv mashinalar.

Misol tariqasida

1990- yillarda jaxon chempioni Garri
Kasparovni

yutgan

shaxmat

programmasi

bilan

jihozlangan Deep Blue kompyuterini
keltirish mumkin. Deep Blue shaxmat
doskasidagi figuralarni tanib olish va
prognoz

qilish

hususiyatiga

ega

kompyuter hisoblanadi.

2.

Chegaralangan

xotira

.

Suniy

intellektning bu tizimi kelgusidagi
yеchimlarni shakllantirishda oldingi
tajribalardan foydalanishlari mumkin.
Avtonom transport vositalarida qaror
qabul

qilishning

ma’lum

bir

funksiyalari

shu

tariqa

ishlab

chiqilgan. Olib borilgan kuzatuvlardan
kelgusida

amalga

oshiriladigan harakatlar to‘g‘risida
axborot olish uchun foydalaniladi. Bu
kuzatuvlar doimiy saqlanmaydi.


background image

3.

Aql nazariyasi

. Bu psixologik mavzu

bo‘lib, boshqalarda qaror qabul
qilishga ta’sir qiluvchi o‘z e’tiqodlari,
istaklari va niyatlari borligini tushunib
еtishga taaluqli termin xisoblanadi.

4.

O‘z-o‘zini anglab yеtish

. Sun’iy

ongning

paydo

bo‘lishi yozish

tizimlarini yaratish va kvant darajasida
axborotlarni deyarli abadiy saqlashni
o‘z

ichiga

oladi.

O‘z-o‘zini

anglaydigan

mashina

o‘zining

joriy holatini tushunadi va boshqalar
nimani his qilayotganini aniqlash
uchun ma’lumotlardan foydalanishi
mumkin [6].

Masalan,

mashinani

o‘qitish

texnologiyasi ma’lumotlarni qayta ishlash
uchun bilimlarni chuqur “o‘rgana oladigan”
kompyuter tizimlaridir. Bu tizimlar uni
yaratgan dasturchi yozib bergan algoritmdan
chiqib, ulkan ma’lumotlar va tajribalarni
mustaqil tahlil qiladi, umumiylik va
qonuniyatlarni topadi va shu asosda
“bilimini boyitib boradi”. Masalan, hozir
butun

dunyoda

shuhrat

qozongan

ChatGPTʼ

ni o‘qitishda 570 GB

hajmdagi ma’lumotlardan foydalanilgan. Bu
esa inson tafakkuri chegaralaridan ancha
yuqori ko‘rsatkich. Yil boshida Microsoft
kompaniyasi 10 milliard dollar investitsiya
kiritgan ChatGPT siz bilan ko‘plab tillarda
bemalol suhbat qurishi, maqola yoki she’r
yozib berishi mumkin.

Sun’iy intellektdan foydalanish har

qanday

jarayonni

avtomatlashtiribgina

qolmay, balki uni inson, tashkilot yoki ishlab
chiqarishning muayyan vazifasiga muvofiq
olib borish imkonini beradi, vaqt o‘tishi
bilan yanada samarali bo‘ladi — neyron
tarmog‘i

tafsilotlarni

va

ehtiyojlarni

qanchalik yaxshi bilsa, u yaxshi ishlaydi.[7]

Raqamli iqtisodiyot ta’lim tizimidan

alohida jarayonlarni «raqamlashtirish»ni
emas, balki yangi maqsadlar qo‘yadigan,
ta’lim jarayoni strukturasi va mazmunini

o‘zgartiradigan kompleksli yondashuv talab
qiladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining paydo bo‘lishi va ularni
«ta’lim texnologiyalari bilan birlashtirilishi»
ta’lim sohasida tub o‘zgarishlarga olib keldi:

Birinchidan,

ta’limda

axborot

texnologiyalarini jalb qilish asosida o‘qitish
vositalari:

Blackboard,

onlayn-kurslar,

simulyatorlar, trenajerlar, onlayn-olamlar va
boshqalar qo‘llana boshladi.

Ikkinchidan,

axborot texnologiyalari

ta’limni individuallashtirdi, bunda o‘qish
jarayoni

va

mazmuni

o‘quvchilar

so‘rovlariga

va

ularning

individual

hususiyatlariga (o‘qish tezligi, o‘qish
shaklini afzal ko‘rishi v b.) ommashtiriladi.

Uchinchidan

, ta’limda o‘rganilayotgan

fanlarni samarali va har tomonlama
o‘zlashtirishga

imkon

beradigan

o‘qitishning o‘yin shakllari faol joriy qilina
boshladi.

To‘rtinchidan

, ta’lim, ayniqsa, OTM

talabalari va katta yoshdagilar uchun yanada
predmetli va amaliyotga yo‘naltirilgan
bo‘lib bormoqda; ta’lim markaziga startap,
biznes-loyiha, biznes-reja kabi loyihalar
qo‘yilmoqda.[8]

NATIJALAR

Sun’iy intellektdan eng sodda va

tushunarli foydalanish- bu bilimlarni nazorat
qilish,

ya’ni

uy

vazifalarini

avtomatlashtirilgan ko‘rinishda tekshirish,
xatolarni aniqlash va tuzatish, o‘qituvchiga
baholar qo‘yishda yordam berish. Bundan
masofadan o‘qitishda ham, odatdagi ta’lim
jarayonida

ham

foydalanish

mumkin.

Bundan tashqari, intellektual texnologiyalar
onlayn imtihonlarni o‘tkazishda asosiy
muammo bo‘lgan bir-biridan ko‘chirib
yozishni bartaraf etishga yordam beradi.

Sun’iy

intellekt

texnologiyalariga

asoslangan

proktoring

tizimi

videokameralar

va

foydalanuvchi

faoliyatidan olingan tasvirlarni tahlil qilib,


background image

testni insonning o‘zi bajaryaptimi, yo‘qmi
shuni aniqlashga va firibgarlikni bartaraf
etishga ko‘maklashadi.[9]

Shu kabi sohalardan biri bu ta’lim

tizimidir, ko‘pchilik sun’iy intellektning
ta’limda

qo‘llanilishini

«robot

o‘qituvchilar» sifatida tushunishadi, bu
haqiqatdan biroz farq qiladi. Sun’iy
intellektni

shaxsiylashtirilgan

ta’lim

tizimlarida, ma’lumotlarni izlash, chat-
botlar, bolalar uchun maxsus ta’lim
tizimlarida, inklyuziv ta’lim tizimlarida,
o‘quv jarayonining nazorat tizimlarida,
o‘quvchilar bilimini baholash tizimlarida
uchratishimiz mumkin. Bunday tizimlardan
foydalanib,

nafaqat

o‘quvchilarning

bilimlarini oshirish balki, o‘qituvchilarning
yukini kamaytirilishi ham mumkin. Sun’iy
intellekt yordamida zamonaviy ta’limni
tashkil

etishga

qo‘yiladigan

muhim

talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy
kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak
natijalarga erishishdir. Ma’lum vaqt ichida
muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga
еtkazib berish, ularda ma’lum faoliyat
yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil
qilish. Ular tomonidan egallangan bilim,
ko‘nikma va malakalar darajasini baholash
o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat
talab etadi. Bu muhim vazifani amalga
oshirish ta’lim muassasalarida o‘qitishning
an’anaviy metodlarini ilg‘or pedagogik va
axborot texnologiyalar bilan qo‘shib olib
borishni taqozo etadi.

XULOSALAR

Sun’iy intellekt hozirgi kunda quyidagi
jarayonlar

ko‘rinishida

ta’limni

o‘zgartirishni davom ettirmoqda:

globallashuv

va

fan-texnika

taraqqiyoti jarayonida sun’iy
intellektning ta’lim tizimidagi
ahamiyati tobora ortib bormoqda;

test va baholash tizimlari orqali
talabalar va o‘quvchilar uchun
sun’iy intellekt yordamida yangi
o‘lchovlar va mezonlar yaratish
mumkin;

tabaqalashtirilgan va individual
ta’limdan yanada samarali va keng
foydalanish

imkoniyatlari

yaratildi;

ta’limda juda muhim o‘rin
tutadigan teskari aloqa sun’iy
intellektga

ega

talabalar

ehtiyojlariga

mos

ravishda

avtomatlashtirilishi mumkin.

Sun’iy intellekt texnologiyalari orqali

har qanday sohani o‘zgartirish imkoniyati
mavjud, ammo bu imkoniyatlar cheksiz
emas.

Sun’iy

intellektning

asosiy

kamchiliklari shundaki,

-

ma’lumotlardagi

har

qanday

noaniqliklar

natijaga

ta’sir

ko‘rsatadi;

-

kiritilayotgan ma’lumotlar aniq
bo‘lishi, sun’iy intellekt tizimlari
hatosiz ishlashini ta’minlaydi;

-

ma’lum bir soha uchun yaratilgan
sun’iy intellekt tizimi boshqa soha
uchun natija bermaydi.[10]

Xulosa sifatida shuni unutmaslik

kerakki

har

bir

yaratilayotgan

texnologiyalar doim insoniyatga, uning
turmush

darajasini

yaxshilashga,

bashariyat taraqqiyotga xizmat qilmog‘i
lozim.

REFERENCES

[1]

Incheon Declaration/Education 2030:
Towards inclusive and equitable quality
education and lifelong learning for all
(World Education Forum, 19-22 may
2015, Incheon, Republic of Korea).

[2]

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha


background image

rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida” 2020-yil 29-oktabrdagi PF-
6097-son Farmoni, “Sun’iy intellekt
texnologiyalarini jadal joriy etish uchun
shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 2021-yil 17-fevraldagi PQ-
4996-son qarori. https://lex.uz/uz

[3]

https://en.wikipedia.org/wiki/Artificial_
intelligence

[4]

https://en.wikipedia.org/wiki/John_Mc
Carthy_ (computer_scientist)

[5]

https://regulation.gov.uz/ru/document/1
9838

[6]

Тешабаев

Т,,

Гулyaмов

С.С.

Хайитматов У.Т., Аyuпов Р.Х.
Раqамли иqтисодиёт ва дастурлаш
асослари.. Изохли луg‘ат. Тошкент.
2021 й .”Давр Матбуот Савдо”
МChЖ, 15.5 б.т.

[7]

Gulamov S.S., Shermukhamedov A.T.,
U.T. HaitmatovU.T. Methodological
aspects ofstatistical analysis of thedigital
economy in Uzbekistan. // International
Scientific JournalTheoretical & Applied
Science. 2021,Issue03,Volume – 70-76
pp.СКОПУС2.0

[8]

Elektron ta’limni rivojlantirishda sun‘iy
intellektning o‘rni. Boltayev D.O‘.,
Achilov E.B. O‘zbekiston Respublikasi
Axborot

kommunikatsiya

texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi.

[9]

Гулyaмов С.С., Shермухамедов А.Т.,
Хайитматов У.Т. Статистиchеский
анализ цифровой экономики в
Узбекистане.“O‘збекистон транспорт
тизимида раqамли ва инновatsiон
технологиyaларни

иqтисодий

самарадорлигини

бахолашнинг

долзарб масалалари”. Республика
миqёсидаги илмий-амалий анжуман
маqолалари тo‘плами. Тошкент, 2021,
6-11 б.

[10]

Qодиров У.Д., Qаршиев Ж.М. Та’лим
жараёнида

сун’ий

интеллектдан

фойдаланишнинг

o‘зига

хос

жиhатлари.

Замонавий

та’лим

журнали. 4-сон., 2021.

References

Incheon Declaration/Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for all (World Education Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of Korea).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son Farmoni, “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-son qarori. https://lex.uz/uz

https://en.wikipedia.org/wiki/Artificial_intelligence

https://en.wikipedia.org/wiki/John_McCarthy_ (computer_scientist)

https://regulation.gov.uz/ru/document/19838

Тешабаев Т,, Гулyaмов С.С. Хайитматов У.Т., Аyuпов Р.Х. Раqамли иqтисодиёт ва дастурлаш асослари.. Изохли луg‘ат. Тошкент. 2021 й .”Давр Матбуот Савдо” МChЖ, 15.5 б.т.

Gulamov S.S., Shermukhamedov A.T., U.T. HaitmatovU.T. Methodological aspects ofstatistical analysis of thedigital economy in Uzbekistan. // International Scientific JournalTheoretical & Applied Science. 2021,Issue03,Volume – 70-76 pp.СКОПУС2.0

Elektron ta’limni rivojlantirishda sun‘iy intellektning o‘rni. Boltayev D.O‘., Achilov E.B. O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi.

Гулyaмов С.С., Shермухамедов А.Т., Хайитматов У.Т. Статистиchеский анализ цифровой экономики в Узбекистане.“O‘збекистон транспорт тизимида раqамли ва инновatsiон технологиyaларни иqтисодий самарадорлигини бахолашнинг долзарб масалалари”. Республика миqёсидаги илмий-амалий анжуман маqолалари тo‘плами. Тошкент, 2021, 6-11 б.

Qодиров У.Д., Qаршиев Ж.М. Та’лим жараёнида сун’ий интеллектдан фойдаланишнинг o‘зига хос жиhатлари. Замонавий та’лим журнали. 4-сон., 2021.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов