PHARMACOGNOSTIC STUDY AND STANDARDIZATION OF WALNUT RAW MATERIALS AND PREPARATIONS IN UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
To share
Nishonboyeva , X. (2024). PHARMACOGNOSTIC STUDY AND STANDARDIZATION OF WALNUT RAW MATERIALS AND PREPARATIONS IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 3(2), 362–365. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29033
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In addition to providing general information about the walnut tree, the walnut leaf and its composition, as well as the use of walnut in medicine, what diseases it is a remedy for, and what products are made from walnut leaves, are presented in this article. also covered about drugs in the world.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

362

O’ZBEKISTONDA YONG’OQ HOM ASHYOSI VA PREPARATLARINI

FARMAKOGNOSTIK O’RGANISH VA STANDARTLASH

Nishonboyeva Xilolaxon Oybek qizi

ADTI magistr talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10647295

Annotatsiya. Ushbu maqolada yong’oq daraxti haqida umumiy ma’lumotlar berilishi bilan

bir qatorda, yong’oqning bargi va uning tarkibi shu bilan birgalikda yong’oqning tibbiyotda
qo’llanishi, qanday kasalliklarga qarshi davo vositasi ekanligi va hozirgi kunda yong’oq bargidan
tayyorlangan dunyodagi preparatlar haqida ham yoritib o’tilgan.

Kalit so’zlar: murakkab barg, flavonoid, fitokimyoviy tekshiruv, naftalin, “Juglon”,

tonzillit, faringit, laringit, gelmintoz, karotin, ateroskleroz, jodugar yong’og’i, metabolik sindrom.

PHARMACOGNOSTIC STUDY AND STANDARDIZATION OF WALNUT RAW

MATERIALS AND PREPARATIONS IN UZBEKISTAN

Abstract. In addition to providing general information about the walnut tree, the walnut

leaf and its composition, as well as the use of walnut in medicine, what diseases it is a remedy for,
and what products are made from walnut leaves, are presented in this article. also covered about
drugs in the world.

Key words: complex leaf, flavonoid, phytochemical examination, naphthalene, "Juglon",

tonsillitis, pharyngitis, laryngitis, helminthosis, carotene, atherosclerosis, witch hazel, metabolic
syndrome.

ФАРМАКОГНОСТИЧЕСКОЕ ИЗУЧЕНИЕ И СТАНДАРТИЗАЦИЯ

ОРЕХОВОГО СЫРЬЯ И ПРЕПАРАТОВ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. Помимо общих сведений о ореховом дереве, в книге представлены

ореховый лист и его состав, а также применение грецкого ореха в медицине, средство от
каких болезней он является и какие изделия изготавливают из листьев грецкого ореха. В
этой статье также рассказывается о наркотиках в мире.

Ключевые слова: сложный лист, флавоноид, фитохимическое исследование,

нафталин, «Юглон», тонзиллит, фарингит, ларингит, гельминтоз, каротин,
атеросклероз, гамамелис, метаболический синдром.


Kirish

Yong’oq - yong’oqdoshlar oilasiga mansub daraxt turi, yong’oq mevali daraxt hisoblanadi,

yong’oqni O’zbekistonning istalgan viloyatidan topish mumkin. Yong’oqning shox-shabbasi
qalin, keng sharsimon yoki qubbasimon, ildiz tarmog’i baquvvat, 4 m va undan ortiq chuqurlikka
boradi. Bargi yirik (20-40 sm), 5-11 bargchalardan tuzilgan murakkab barg, hushbo’y (efir moyli).
Yong’oq daraxtini bargining tarkibiga keladigan bo’lsak, u bandli barg, ikki urug’pallali
bo’lganining hisobiga barglari murakkab bo’lib, toq patsimon tomirlagan. Barg tomirlari ochiq.
Yong’oqning barglari novdada navbatma-navbat joylashgan.

1

Olimlarning aniqlashlaricha, yong’oq barglarida 17 ta birikma aniqlangan. Ulardan

to’qqiztasi epikatexin, siringetin-3-0-geksozid, miritsetin-3-0-glyukozid, miritsetin-3-0-pantotsid,

1

5-sinf Botanika. O’Pratov, A.To’xtayev.-2015.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

363

taksifolin-pantotsid, kvertsetin glyukuronid, kempferol pantotsid va kempferol ramnotsid. Bu
o’simlikning barglarida fenol kislotalar, taninlar, muhim yog’ kislotalari (linol kislota uning asosiy
yog’ kislotasi), askorbin kislotasi, flavonoidlar, kofein kislotasi va parakumar kislotalar mavjud.
Yong’oq barglaridagi eng muhim flavonoidlarga kvertsetin galaktotsid va kvertsetin pantotsid
hosilalari, kvertsetin arabinotsid, kvertsetin ksilotsid va kvertsetin ramnotsid kiradi.

Yong’oqning hom barg ekstraktining fitokimyoviy tekshiruvi natijasida uglevodlar, yurak

glikozidlari, fenol moddalar, flavonoidlar, alkaloidlar, oqsillar, steroidlar va tanin borligi
aniqlangan.

Bundan tashqari, bu o’simlikning barglarida naftalin hosilalari, xususan, 5-gidroksi-1-4-

naftoxinon borligi xabar qilingan. “Juglon” (5-gidroksi-1, 4-naftoxinon) yong’oq daraxti
mevalarining yangi barglari va yashil qobig’ida joylashgan naftoxinon birikmasidir. “Juglon”
yong’oq daraxtining turli organlarida eng aniq tarkibiy qism bo’lib, molekulyar og’irligi 174,16
va formulasi C10H5O2 (OH), uning kashshofi glikozid bo’lib, o’simlikning havo qismlarida,
ayniqsa barglarda birikma sifatida topiladi. Keyinchalik gidroliz orqali “Juglon”ga aylanadi.
“Juglon” - issiq suvda bir oz erigan va spirtda o’rtacha darajada erigan alkaloid modda; shuning
uchun yong’oq barglaridagi samarali birikmalardan biri bo’lishi mumkin, chunki yong’oq
barglaridagi boshqa moddalar ko’pincha suvda eriydi yoki yog’da eriydi.

2

Uning bargidan ajralib chiqadigan fitontsidlar mayda organizmlarni 12-18 sekundda halok

qilishi aniqlangan. Bargi tarkibida yana B1, B2, P vitaminlari, A provitamini, karotin, bo’yoqbop
va oshlovchi moddalar, efir moylari, inulin, “Juglon”dan alkaloidi va ko’plab mineral tuzlar
mavjud. Bargidan, po’stlog’idan to’q jigarrang bo’yoq olinadi.

3

Tahlil va natijalar.

So’nggi yillarda dunyoda zamonaviy tibbiyotda ham tabiiy, dorivor o’simliklardan

foydalanish sezilarli darajada oshdi. Dunyo tibbiyotida tabiiy o’simliklar, dorivor o’tlar,
mevalarning tanasi, bargi, ildizi, mevalaridan kamroq yon ta’siri bo’lgan samaraliroq dori
vositalarini ishlab chiqarish va samarali dozalarni aniqlash jadal rivojlanib bormoqda. Shulardan
biri yong’oq bargi bo’lib, u shamollash, yo’tal, teri toshmasi, bakterial va qo’ziqorin infektsiyalari,
qandli diabet, saraton, artrit, sil kabi kasalliklarni davolash uchun yaxshi manbadir.

“Bionorica” kompaniyasi tomonidan, aynan yong’oq bargi qo’shib tayyorlangan

“Tonzilgon N” dori vositasi bolalar va kattalardagi o’tkir va surunkali tomoq yo’llari kasalliklarida
qo’llaniladi.

“Antiparazitniy kompleks”- Flavonoidlar va taninlar manbai - biologik faol oziq-ovqat

qo’shimchasi sifatida tavsiya etiladi. Gelmintozning oldini olish uchun tavsiya etiladi.

“Imupret” – “Bionorica” tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositasi yuqori nafas

yo’llarining kasalliklarini davolash uchun (tonzillit, faringit, laringit) tananing himoya
kuchlarining pasayishi tufayli respirator virusli infektsiyalarda asoratlar va relapslarning oldini
olishda buyuriladi. Yong’oq barglari ekstrakti immunomodulyator va antivirus ta’sirga ega
Bionorica, SE dan Imupret® preparatining bir qismidir.

2

Farmokognoziya. H.X.Xolmatov, O’.A. Ahmedov. Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2008.

3

M.A.Jo’rayeva, Dorivor o’simliklar atlasi (o’quv qo’llanma) Toshkent., Noshir nashriyoti –2019.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

364

“Grecheskogo lista orexa” - U biologik faol oziq-ovqat qo’shimchasi sifatida ishlatiladi -

flavonol glikozidlarining qo’shimcha manbai hisoblanadi.

“Limfomiozot” - limfadenit, limfangit, limfoedemani kompleks davolashning bir qismi

sifatida, operatsiyadan keyingi va travmadan keyingi shishish, allergik kasalliklar, shuningdek,
turli toksik omillarning uzoq muddatli ta’sirining oqibatlari, endo va ekzotoksinlar (jismoniy ta’sir
qiluvchi omillar, kimyoviy vositalar, biologik omillar, shu jumladan sil intoksikatsiyasi).

“Raw Walnuts” va “Ashwagandha Stress Relief”lar ham biologik faol qo’shimcha, stressga

qarshi vosita sifatida ishlatilinadi.

Yong’oq barglaridan damlamalar, infuziyalar va malhamlar tayyorlanadi. Yong’oq

barglarining infuzion vitamin yetishmasligi va tana vaznining kamayishi uchun umumiy tonik
sifatida olinadi.

Yong’oq barglaridan choy tayyorlash uchun 2 choy qoshiq quruq xom ashyoni 250 ml

sovuq suvga quying, qizdiring va 3-5 daqiqa qaynatib oling. Kuniga 2-3 stakan oling. Agar
yong’oq barglaridan choy chayish uchun mo’ljallangan bo’lsa, uni romashka choyi bilan 1:1
nisbatda suyultirish yaxshidir. Ushbu shaklda og’izni yuvish, ko’zni yuvish va vannalar uchun
maqbuldir.

Yong’oq juda ham shifobaxsh xususiyatga ega meva ekanligini yaxshi bilamiz. Uning

kundalik iste’moli turli xil kasalliklarga qarshi kurashishda foydalidir. Bundan tashqari
yong’oqning turli xil navlaridan tibbiyotning turli xil sohalarida dori vositalarini tayyorlash uchun
qo’llaniladi. Dori tayyorlash uchun o’simlikning po’stlogi, pishib yetilgan va yetilmagan mevasi
va bargi ishlatiladi. Daraxt po’stlog’i tarkibida oshlovchi, bo’yoq va boshqa moddalar, bargida S,
P, В vitaminlari, karotin, flavonoidlar, efir moyi, oshlovchi va boshqa birikmalar, xom mevasi
po’stida ko’p miqdorda S vitamini, “Juglon”, oshlovchi moddalar, mag’zida S, В vitamini, karotin
va ko’p miqdorda yog’ bor. Pishmagan yosh mevalari bahorda (aprel–may oylarida), ichidagi
danagi qotmasdan oldin yig’ib olinadi va quritmasdan vitamin konsentratlar tayyorlash hamda C
vitamin olish uchun farmatsevtika zavodlariga yuboriladi. Yong’oq daraxti po’stlog’idan
tayyorlangan qaynatma va bargidan tayyorlangan damlama me’da–ichak (ich ketish) kasalliklarida
qo’llaniladi. Hom mevadan vitamin konsentratlari tayyorlanadi. Bu konsentratlar A vitaminoz
(singari va boshqa) kasalliklarga davo qilinadi va ularning oldini olishda tibbiyotda qo’llaniladi.
Yong’oqning mevasi va undan olingan moyi tabobatda ateroskleroz, jigar, surunkali kolit
kasalliklarida shifo ko’rsatadi. Ularning tarkibida temir, kobalt, mis, rux, kalsiy va fosfor bo’lgani
uchun kamqonlikda va homiladorlikda tavsiya etiladi va sezilarli samara beradi.

Stomatologiya amaliyotida yong’oq bargi damlamasi (1 stakan qaynab turgan suvga 1 osh

qoshiq quritilgan barg) burishtiruvchi, yallig’lanishni bosuvchi, bakteriotsid va fungitsid sifatida
shilliq qavatning ko’pgina xastaliklarida, bargidan va meva po’stlog’idan ajratib olingan “Juglon”
preparati surtma, eritma, suspenziya holida gingvostomatit va paradontitni davolashda ishlatiladi.
Hom mevasidan vitamin kontsentratlari tayyorlanadi. Bu kontsentratlar С — gipovitaminozida,
milk qonashda, gemorragik diatezda davo qilinadi va ularning oldini olishda qo’llaniladi.

4

Yong’oqning yana bir turi Jodugar yong’og’i (Hamamelis virginiana) bo’lib, undan

gemorroy, anus yoki og’izdagi shilliq qavatning yallig’lanishi va diareyada keng foydalanish

4

Bolalar stomotalogiyasi. S.N.Maxsudov, G.R.Shukurova – Yangiyo’l poligraph servis- 2008.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

365

mumkin. Jodugar yong’og’i barglari va po’stlog’i an’anaviy o’simlik dori-darmonlariga kiradi.
Ular I va II darajali gemorroy alomatlarini yengillashtirish uchun tasdiqlangan, bu alomatlar
yonish, qichishish va anus atrofida yengil qon ketishni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, yong’oq
ichakdan chiqadigan joydagi shilliq qavatning yallig’lanishi, yengil terining shikastlanishi va
terining yallig’lanishi (shu jumladan neyrodermatit), og’iz va ko’z sohasidagi shilliq qavatning
yallig’lanishi uchun ishlatilishi mumkin.

5

Shuningdek varikoz tomirlari chiqishida ham qo’llash mumkin (og’ir, og’riqli oyoqlar

kabi). Jodugar yong’og’i qobig’i diareyani qisqa muddatli davolash uchun ham ishlatilinadi. Shu
bilan birgalikda, jodugar yong’og’i suvi - barglar va po’stlog’dan tayyorlangan distillyat -
ko’karishlar, terining tirnash xususiyati, quyosh yonishi va hasharotlar chaqishini tashqi davolash
uchun ham tavsiya etiladi.

Xulosa

Epidemiologik tadqiqotlar yong’oqni iste’mol qilishni ayollar va erkaklar salomatligi

uchun yurak-qon tomir kasalliklari va o’t pufagidagi toshlar va diabetning kamayishi bilan
bog’laydi. Dalillar shuni ko’rsatadiki, yong’oq gipertoniya, saraton va yallig’lanishga ham foydali
ta’sir ko’rsatadi. Interventsion tadqiqotlar doimiy ravishda yong’oqni iste’mol qilish, hatto
sog’lom ovqatlanish sharoitida ham xolesterinni kamaytiradigan ta’sirga ega ekanligini aniqlagan
va oksidlovchi stress, yallig’lanish va qon tomirlarining reaktivligiga foydali ta’sir ko’rsatadigan
dalillar mavjud. Yong’oqni iste’mol qilish qon bosimi, visseral semizlik va metabolik sindromga
ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, yong’oq ko’plab yurak-qon tomir xavf omillariga
foydali ta’sir ko’rsatishi aniq. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yong’oqlar yurak-qon tomir va
metabolik foydalari bo’lgan ozuqaviy moddalarga boy mahsulot hisoblanadi.


REFERENCES

1.

“Dietologiya” B.Saidov.

2.

M.A.Jo’rayeva, Dorivor o’simliklar atlasi (o’quv qo’llanma) Toshkent., Noshir nashriyoti
–2019.

3.

5-sinf Botanika. O’Pratov, A.To’xtayev.-2015.

4.

Bolalar stomotalogiyasi. S.N.Maxsudov, G.R.Shukurova – Yangiyo’l poligraph servis-
2008.

5.

Farmokognoziya. H.X.Xolmatov, O’.A. Ahmedov. Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi. Toshkent-2008.

6.

Farmatsevtik texnologiya.Yo.S.Kariyeva, N.M. Rizayeva, N.Sh. Radjapova. Toshkent -
2020

5

Farmatsevtik texnologiya.Yo.S.Kariyeva, N.M. Rizayeva, N.Sh. Radjapova. Toshkent -2020

References

“Dietologiya” B.Saidov.

M.A.Jo’rayeva, Dorivor o’simliklar atlasi (o’quv qo’llanma) Toshkent., Noshir nashriyoti –2019.

5-sinf Botanika. O’Pratov, A.To’xtayev.-2015.

Bolalar stomotalogiyasi. S.N.Maxsudov, G.R.Shukurova – Yangiyo’l poligraph servis- 2008.

Farmokognoziya. H.X.Xolmatov, O’.A. Ahmedov. Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2008.

Farmatsevtik texnologiya.Yo.S.Kariyeva, N.M. Rizayeva, N.Sh. Radjapova. Toshkent -2020

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов