ABOUT PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL EDUCATION OF CHILDREN IN NEED OF HELP AND DOWN SYNDROME

HAC
Google Scholar
To share
Mirzaraimova , S. (2024). ABOUT PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL EDUCATION OF CHILDREN IN NEED OF HELP AND DOWN SYNDROME. Modern Science and Research, 3(2), 968–973. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29519
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, rehabilitation of children with special needs and provision of correctional-pedagogical support to their parents in preparing them for school is one of the urgent problems of today. Currently, the issue of development, upbringing and education of mentally retarded children in auxiliary institutions is urgent. Attention to the problems of mental retardation is due to the fact that the number of people with this type of anomaly does not decrease. This situation puts the issue of creating conditions for maximum correction of developmental disorders in this pathology in the first place.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

968

YORDAMGA MUHTOJ BOLALARGA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TARBIYA VA

DAUN SINDROMI HAQIDA

Mirzaraimova Shaxnoza Norpulatovna

Osiyo xalqaro universiteti Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi magistanti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10691561

Annotatsiya.

Ushbu maqolada alohida yordamga muhtoj bolalarni reabilitatsiya qilish va

maktabga tayyorlashda ularning ota-onalariga bu borada korreksion-pedagogik yordamni
berish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda aqli zaif

bolalarni yordamchi muassasalarda rivojlantirish, tarbiyalash va o’qitish masalasi dolzarbdir.

Aqliy zaiflik muammolariga e’tibor bu turdagi anomaliyaga ega bo’lganlar soni

kamaymasligi bilan bog’liq. Ushbu holat ushbu patologiyada rivojlanish buzilishlarini maksimal
darajada tuzatish uchun sharoit yaratish masalasini birinchi o’ringa qo’yadi.

Kalit so’zlar:

ruhiyat,

nuqson, pedagogik-psixologik, bolalar, rivojlanish, ta’lim ta’rbiya.

ABOUT PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL EDUCATION OF CHILDREN

IN NEED OF HELP AND DOWN SYNDROME

Abstract.

In this article, rehabilitation of children with special needs and provision of

correctional-pedagogical support to their parents in preparing them for school is one of the urgent
problems of today. Currently, the issue of development, upbringing and education of mentally
retarded children in auxiliary institutions is urgent. Attention to the problems of mental
retardation is due to the fact that the number of people with this type of anomaly does not decrease.

This situation puts the issue of creating conditions for maximum correction of

developmental disorders in this pathology in the first place.

Key words:

psyche, defect, pedagogical-psychological, children, development, education.

О ПЕДАГОГИЧЕСКОМ И ПСИХОЛОГИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ ДЕТЕЙ,

НУЖДАЮЩИХСЯ В ПОМОЩИ И С СИНДРОМОМ ДАУНА

Аннотация.

В данной статье реабилитация детей с особыми потребностями и

оказание коррекционно-педагогической поддержки их родителям в подготовке их к школе
является одной из актуальных проблем современности. В настоящее время актуальным
является вопрос развития, воспитания и обучения умственно отсталых детей во
вспомогательных учреждениях. Внимание к проблемам умственной отсталости
обусловлено тем, что количество людей с этим видом аномалии не уменьшается. Такая
ситуация ставит на первое место вопрос создания условий для максимальной коррекции
нарушений развития при данной патологии.

Ключевые слова:

психика, дефект, педагогико-психологический, дети, развитие,

образование.

Bolalarning har bir toifasi o‘ziga xos psixologik-pedagogik xususiyatlarga ega, ularni

psixologik-pedagogik o‘rganish strategiyalarini aniqlash kerak. Shunday qilib, birlamchi
va ikkilamchi nuqsonlar natijasida anomal rivojlanishning shakllanishi murakkab bo‘lib,
u bir tomondan har bir bola uchun individual nuqsonlar, ikkinchidan esa shunga o‘xshash
nuqsonlar bilan tavsiflanadi. Bu o‘ziga xoslik rivojlanish nogironligining har bir turiga taalluqlidir
va bolalarning psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda maxsus ta’lim sharoitlarini


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

969

aniqlashga yordam beradi. Shunday qilib, rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan odamlarning
zamonaviy psixodiagnostikasi nazariy va uslubiy tizimlarga asoslanadi, ular quyidagilardan
iborat. Rivojlanish buzilishining har bir turi o‘ziga xos psixologik tuzilishga ega.

Ushbu tuzilma birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan

belgilanadi.

Davlatimizning ustivor siyosati yosh avlodni ma’nan yetuk, jismonan sog’lom va

aqlan barkamol qilib voyaga etkazishdir. Bu o’rinda rivojlanishida nuqsoni bo’lgan ayrim
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar tarbiyasi alohida e’tiborda bo’lib kelgan. Bola tarbiyasi dastlab
oilada o’z ota-onasining bag’rida jismonan, aqlan va ma’nan shakllanib boradi. Farzandlar
tarbiyasi ko’p jihatdan oiladagi muhitga, atrofdagi kattalarning bolani tarbiyalashga
bo’lgan munosabatiga bog’liqligi, ota-onaning jamiyat oldida mas’ul ekanligi, davlatimizning
qator qonun va qarorlarida qayd etilgan.[1]

Nogiron bolalarni ma’naviy va jismonan barkamol inson bo’lib y etishishi uchun

pedagogik omilni, ya’ni tarbiyaning maktabgacha ta’lim jarayoniga alohida e’tibor berishini talab
qiladi. Ota-ona bolani maktabga tayyorlashda undagi mavjud bo’lgan nuqsonlarni bartaraf etishga
oid korreksion-pedagogik usullarni to’g’ri qo’llay bilish va bunda maktabgacha ta’lim muassasa
murabbiylari maxsus mutaxassis pedagoglar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozimligi
adabiyotlarda ta’kidlangan.

O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan har bir maxsus o’quv muassasasi borki, undagi

bolalar masalalariga oid ishlarning barchasi ota-onalar roziligi asosida amalga oshadi. Inklyuziv
ta’lim deb nom olgan tizim esa bolalarning ta’lim olishida o’ziga xos huquqiy asosni yaratadi.

Bunday ta’lim tizimi shunday falsafaga asoslanganki, hamma bolalar nogironligining

og’irligiga qaramasdan, ular ta’lim tizimining jonli hamda ajralmas vakillari sanaladi. Ammo,
alohida yordamga muhtoj bolalarning maxsus ta’lim dasturi talablariga qanchalik layoqatli
ekanini aniqlash ham muhim vazifalardan biri ekanligini unutmaslik kerak.[2]

Ayni kunda ta’lim tizimi muammolari sirasiga oila muammolaridan sanalgan alohida

yordamga muhtoj bo’lgan bolalar bilan bog’liq masalalar o’zining dolzarblik xususiyatini
yo’qotmagan. Aynan Toshkentdagi nogiron bolalar va ota-onalar klubiga tegishli ma’lumotlarga
qaraganda, poytaxtda bunday oilalar soni 2000 dan ortiq ekanligi ma’lum bo’ldi. Bolalarni
reabilitatsiya qilish va moslashtirish haqida gap ketganda, albatta to’g’ridan-to’g’ri oilasidan
oladigan yordam tasavvur etiladi. Agarda bunday oila iqtisodiy tanglik holatida bo’lsa, ijtimoiy
mehnat va ta’lim olishda to’sqinliklarga duch kelsa, tabiiyki, u o’zini ruhan ojiz sezadi. Natijada,
ota-ona farzandlarining har tomonlama o’sishi hamda rivojlanishi yo’lida unga madad bo’lish
o’rniga, undan samara kutishdan ancha yiroqda bo’ladi. Faqatgina nogiron farzandi bor bo’lgan
oilalarning muammolari o’z yechimini topgan taqdirdagina, ularni to’liq reabilitatsiya va
integratsiya bilan ta’minlashi mumkin.

Ma’lumki, rivojlanishida nuqson va buzulishlarning barchasi ham chaqaloqlik davrida

yuzaga kelavermaydi. Bunday o’zgarishlarning aksariyati kattaroq yoshda aniqlanishi mumkin.

Ular ko’pincha asab sistemasining, eshitish va ko’rish a’zolari hamda nutqdagi nuqsonliklar

misolida namoyon bo’ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

970

Tajribalar shuni ko’rsatganki, bola hayotining birinchi yilida rivojlanishida uncha

ko’zga tashlanmaydigan o’zgarishlarni payqamay, kerakli davolash va o’qitish chora-tadbirlari
olib borilmasa, kelajakda ta’lim olishda qiyinchilik va muammolarga duch kelish muqarrar.

Boshqa tomondan

rivojlanishida

og’ir

o’zgarishlar

bo’lgan

bola

bilan

har

tomonlama tegishli mashg’ulotlar olib borilsa, yuqori natijalarni qo’lga kiritishga imkon beradi.
Shuning uchun ham, mashg’ulotlar qanchalik erta boshlansa, ko’tilgan samaraga erishish
shunchalik oson kechadi.[3]

Bolaga ta’lim-tarbiya berishni uy sharoitida olib borish – bu juda mashaqqatli va

sinchiklab ishlashni talab qiladigan mehnatdir. Bunday mas’uliyatni o’z zimmasiga

olib,

endigina ish boshlagan pedagoglar uzoq muddat olib borilgan mashg’ulotlaridan ko’rinarli
natija bo’lmaganidan umidsizlikka tushib qolishadi. Lekin bunday bolalar ustida ishlash
ayniqsa katta diqqat va sabr-matonatni talab etadi. Bolada harakatga, mehnatga bo’lgan
ishtiyoqini oshirish, hattoki, ta’kidlash unchalik lozim bo’lmagan narsalarga to’xtalish, uni
qayta-qayta rag’batlantirish va uni maqtab turish, uning ta’lim olishga bo’lgan qiziqishlarini
yanada orttirish, shuningdek bolada hamma ishni risoladagidek bajaraman degan ishonchni
rivojlantirish eng muhim jihatlar sanaladi. Bolaning topshiriqqa bo’lgan ijobiy qarashini
nazardan chetda qoldirish yaramaydi, uning erishayotgan oddiygina, sezilar-sezilmas
muvaffaqiyatlarini ajratib ko’rsatish hamda baholab borish kerak. Pedagog faoliyatining bosh
g’oyasi asosida tarbiyalanuvci qalbida hayotga nisbatan ishonch hamda umid hislarini
uyg’otgan holda quvonch, shodlik, muvaffaqiyatga erishish, omad tuyg’ularini mazasini totib
ko’rishga undash yotadi. Hattoki, bir martalik yutuqni qo’lga kiritishning o’zi bola hayoti va
turmush tarzini o’zgartirib yuborishi mumkin.

Bolaga ta’lim berishni uy sharoitida yo’lga qo’yish – bu bir necha jihatga daxldor bo’lgan

jarayon bo’lib, pedagog bilan hamkorlikda ishlash istagida bo’lgan, qolaversa psixologik muhitni
tashkil eta bilgan oila uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Bir necha yillar davomida
tadqiqotchilar tomonidan uyda ta’lim olinayotgan bolaning oilasidagi ma’naviy-ruhiy muhiti
bilan birga, onaning bolasidagi xatti-harakatlarga nisbatan munosabati, farzandining ta’lim-
tarbiya olish jarayonidagi ishtiroki, o’quvchi hamda ota-onalarning pedagog bilan qanchalik
darajada aloqa o’rnatganligi o’rganilgan.

Uyda ta’lim oluvchi bolalarning aksariyatida (75%) o’qituvchi bilan muloqot natijasida

hissiy munosabatlar shakllana borar ekan. Bolalarning 25% qismida esa bunday aloqalar
mehnat orqali vujudga kelar ekan. O’qituvchi va ota-onalardagi mo’tadil aloqalar ko’p (77%)
oilalarda vujudga keladi. 11% hollarda mehnat orqali paydo bo’ladi, 11% hollarda
umuman shakllanmaydi. Tadqiqotchilarning kuzatuviga ko’ra, “o’quvchi – ota-ona – o’qituvchi”
tizimida hissiy

bog’lanib,

o’zaro

bir-birini

tushunish

– ruiy-korreksion faoliyatda

muvaffaqiyat garovidir.

Ota-ona va oila a’zolari bilan aloqa o’rnatib olish birinchi vazifa bo’lib, u muhim rol

o’ynaydi. Ammo, nogiron bolasi bor oilalarning tilini topib ishlash oson emas. Bunday hollarda
M.Eggning maslahatlariga quloq tutishni tavsiya etgan bo’lardik. U o’zining “Mening
farzandim boshqalardek emas ….” Deb nomlangan kitobida shunday deydi: “Bolangizni
tarbiyalashdek olijanob vazifa zimmangizga yuklatilgan. Faqatgina siz uni ezgulikka yetaklay
olasiz, uning kelajagi faqatgina sizga bog’liq. Buni siz uchun hech kim qilmaydi. Unga yordam


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

971

berishingiz uchun bolangizni tushunishingiz bilan birga bu yo’lda sizdagi sabr hamda mehr-
muhabbat va maqsad sari intilishingizning o’zi kifoya.”[4]

Shunday bo’lsa-da, alohida yordamga muhtoj ta’limga layoqatli bolalarni ta’lim olishlari

uchun pedagoglarning sa’yi-harakatlari ota-ona tomonidan qo’llab-quvvatlanmayotganligi
tufayli ozmuncha qiyinchilikka uchraydilar. Buning eng asosiy sabablaridan biri ota-onaning
bola tarbiyalashga kerakli ravishda tayyor emasliklaridir. Shuning uchun ham bugungi kunning
dolzarb masalalaridan biri bo’lgan ota-onalarda korreksion-pedagogik savodxonlikni oshirish har
jihatdan zimmamizdagi ulkan vazifa hisoblanadi.

Bunday holatlarga tushish Daun sindromi deb ham yuritiladi fanda.
Daun sindromi (21 xromosomaning trisomiyasi) genom patologiyalarning bir shakli bo’lib,

unda kariotip ko’pincha normal 46 o’rniga 47 xromosoma bilan ifodalanadi, chunki 21-juft
xromosomalar normal ikkita o’rniga uch nusxada bo’ladi.

Ushbu sindromning yana ikkita shakli mavjud:

-

21-xromosomaning boshqa xromosomalarga translokatsiyasi (ko’pincha — 15,

kamroq hollarda — 14, undan ham kamroq hollarda — 21, 22 va Y-xromosomaga) — 4%;

-

Sindromning mozaik varianti - 5%.

Ushbu sindrom 1866-yilda uni birinchi marta tasvirlab bergan ingliz shifokori Jon Daun

nomi bilan atalgan. Tug’ma sindromning kelib chiqishi va xromosomalar sonining o’zgarishi
orasidagi bog’liqlik faqatgina 1959-yilga kelib fransuz genetigi Jerom Lejen tomonidan
aniqlangan. Yoshlar slengida «Daun» deya shunchaki ahmoq odamlar kamsitiladi (ingl. Down —
pastki).

Hech qanday aniq sabab yo'q. Hozirgi vaqtda Daun sindromi bilan tug'ilishga olib

keladigan bir qator umumiy omillar aniqlangan. Bu omillar:

-

Onaning yoshi. Onaning yoshi ulg'aygan sayin, Daun sindromi bo'lgan bolani

tug'ish ehtimoli ortadi. Ammo 35 yoshgacha tug'gan ayollarda ham Daun sindromi bo'lgan bolalar
bo'lishi mumkin. 40 yoshlardagi ayollarda 30 yoshli ayollarga qaraganda Daun sindromi bilan bola
tug'ilish ehtimoli 40 baravar ko'p;

-

Ota-onalarning yaqin qarindoshligi;

-

Irsiy moyillik.

Lekin, oxirgi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, Daun sindromi bo'lgan chaqaloqning tug'ilishi

ona yoki otaning turmush tarziga bog'liq emas.

Kasallik belgilari:

-

psixomotor, jismoniy rivojlanishning kechikishi;

-

aqliy zaiflik;

-

mushak tonusining pasayishi yoki yomonlashishi;

-

qisqa bo'yin, bo'yinning orqa qismida ortiqcha terisi mavjudligi;

-

yassi yuz va burun qansharining yassiligi;

-

kichik bosh, quloq va og'iz;

-

ko'krak qafasining deformatsiyasi;

-

ko'zlar yuqoriga egilgan, ko'pincha yuqori ko'z qovog'idan cho'zilgan va ko'zning

ichki burchagini qoplaydigan teri burmasi bilan;

-

ko`z rangdor pardasining chetlarida dog’lar (brashfild dog`lari deb ataladi);


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

972

-

g`ilaylik;

-

ko`z gavharining xiralashishi;

-

og’izning ochiqligi (muskul tonusining pastligi va tanglayning maxsus tuzilishi

tufayli);

-

kattalashgan til;

-

o’rta falangalarning kam rivojlanganligi sababli barmoqlarning kaltaligi;

Har bir bemor uchun kasallik belgilari o`ziga xosdir. Bundan tashqari, bemorlarda quyidagi

holatlar uchrashi ham mumkin:

-

yurakning qorinchalararo tutami nuqsonlari;

-

Girshprung kasalligi;

-

tug`ma gipotireoz.[5]

Bundan tashqari, Daun sindromi bo'lgan bolalarda jismoniy rivojlanish ko'pincha sog`lom

bolalarga qaraganda sekinroq. Misol uchun, mushaklarning zaif tonusi tufayli Daun sindromi
bo'lgan bola ag'darilish, o'tirish, turish va yurishni juda sekin o`rganishi mumkin. Ushbu
kechikishlarga qaramay, Daun sindromi bo'lgan bolalar boshqa bolalar kabi jismoniy mashqlar
bajarishni o'rganishlari mumkin. Daun sindromi bo'lgan bolalarda barcha rivojlanish
bosqichlaridan o`tishi uchun boshqa bolalarga qaraganda ko'proq vaqt talab qilinishi mumkin,
ammo ular oxir-oqibat bu bosqichlarning ko'piga erishadilar.

Rivojlanish buzilishining har bir turi o‘ziga xos kamchiliklarga ega.
Rivojlanishdagi nuqsonlarni tashxislash umumiy va maxsus qonunlarga asoslanadi.
Rivojlanishdagi nuqsonlarning diagnostikasi nafaqat ularning umumiy xususiyatlariga,

balki bolaning ijobiy xususiyatlariga va salohiyatiga ham asoslanishi kerak. Rivojlanishda
nuqsonlari bo‘lgan odamlarni tashxislash natijalari psixologik-pedagogik diagnostika yo‘li bilan
belgilanadi, rivojlanish buzilishining turi bilan cheklanmaydi. U bolaning rivojlanishining
individual psixofizik xususiyatlarini ishlab chiqishni, shuningdek, individual tuzatish ishlari
dasturlari bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Psixologik pedagogik diagnostika nuqsonni ifodalash darajasini murakkablashtiradigan

etakchi nuqsonlarning rivojlanishini aniqlaydi va ular bo‘yicha zarur tuzatish-pedagogik
ishlarni amalga oshirishga qaratilgan. Agar test bola maktabga borishdan oldin o‘tkazilsa,
bolaning qaysi maktabga maxsus tuzatish yoki umumiy ta’lim maktabiga tayyorligi aniqlanadi.
Psixodiagnostika rivojlanishdagi nuqsonlarni va ularning o‘ziga xos psixologik-pedagogik
xususiyatlarini aniqlaydi. Boladagi bu xususiyatlarni bilish maktabgacha va maktab ta’lim
dasturini, ta’lim muassasasining turini, bolaning qobiliyatiga mos keladigan individual tibbiy
psixologik-pedagogik dasturni ishlab chiqishga yordam beradi. Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan
bolalarni samarali ta’lim, tarbiyalash va ijtimoiy moslashuvi ularning rivojlanish imkoniyatlari
va xususiyatlarini to‘g‘ri baholashga bog‘liq. Rivojlanishdagi nuqsonlarni har tomonlama
psixologik-pedagogik diagnostika qilish orqali bu vazifaga erishish mumkin. Psixologik-
pedagogik diagnostikada rivojlanish nuqsonlari bo‘lgan bolalardagi kamchiliklarni aniqlash
bolaning psixo-fizik xususiyatlarini hisobga olgan holda unga individual psixologik-pedagogik
yondashuvni ta’minlaydi.[6]

Xulosa

Bugungi kunda maxsus ta’lim muassasalarining ko‘plab turlari mavjud.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

973

Bolalarni sinchiklab tanlash natijasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi maxsus ta’lim
muassasalari bilan bir qatorda turli reabilitatsiya markazlari,rivojlanish markazlari, aralash
guruhlar va huquqlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim
maktablarida ham aqliy va jismoniy nuqsonlari bor bolalar bor. Ushbu nuqsonlarning
ko‘rinishi har xil bo‘lishi mumkin. Katta guruhning harakati, hissiy yoki intellektual
sohalaridagi nuqsonlar aniq ifodalanmagan: eshitish, ko‘rish, fazoviy-kognitiv hislar, tayanch -
harakat tizimi, fonemik bilish, hissiy-irodaviy buzilishlar, nutq rivojlanishidagi nuqsonlar,
xattiharakatlari buzilgan bolalar, aqliy zaiflik, somatik. kechikish. Maktabgacha

yoshda

aniq aqliy yoki jismoniy rivojlanish kamchiliklari aniqlanganda, engil kamchiliklar uzoq
vaqt davomida sezilmaydi.

Yuqoridagi talablar asosida olib borilgan karreksion ishlar o’qituvchi ishining

samaradorligi, uning ijobiy natijasini ta’minlaydi. Bunday darslarda ishtirok etib, bilim, ko’nikma
va malakalar bilan qurollangan o’quvchilarning shaxsii barkamollikka erishishlari, ijtimoiy
hayotda munosib tarzda o’z o’rinlarini topishlari, kelajagi buyuk mamlakatimizning mohir
bunyodkorlari bo’lib etishishlari shubhasizdir.


REFERENCES

1.

Mustaqil O`zbekistonning yosh avlodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila hamkorligi
konsepsiyasi. Toshkent. O`qituvchi. 2004.

2.

Azizxo`jaev N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. O`quv qo`llanma.
Toshkent. O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi. 2016.

3.

Nurmonov A. Ikramov I. Boynazarov F. Yangi pedagogik texnologiya asoslari (interfaol
darslar) Toshkent - 2017

4.

Yo`ldoshev J.G`. Usmonov S. Pedagogik texnologiyalari. Qo`llanma. T. O`qituvchi. 2014.

5.

Muxammedov G`.I. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlarning ilmiy nazariy asoslari.
O`quv qo`llanma. Jizzax 2014.

6.

Yo’ldoshev J. Yo’ldosheva F. Yo’ldosheva G. Interfaol ta’lim sifat kafolati (Bolaga
do’stona munosabatdagi ta’lim) toshkent - 2008

References

Mustaqil O`zbekistonning yosh avlodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila hamkorligi konsepsiyasi. Toshkent. O`qituvchi. 2004.

Azizxo`jaev N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. O`quv qo`llanma. Toshkent. O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi. 2016.

Nurmonov A. Ikramov I. Boynazarov F. Yangi pedagogik texnologiya asoslari (interfaol darslar) Toshkent - 2017

Yo`ldoshev J.G`. Usmonov S. Pedagogik texnologiyalari. Qo`llanma. T. O`qituvchi. 2014.

Muxammedov G`.I. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlarning ilmiy nazariy asoslari. O`quv qo`llanma. Jizzax 2014.

Yo’ldoshev J. Yo’ldosheva F. Yo’ldosheva G. Interfaol ta’lim sifat kafolati (Bolaga do’stona munosabatdagi ta’lim) toshkent - 2008

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов