THE ROLE AND ADVANTAGES OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM

HAC
Google Scholar
To share
Xudayarov, B. (2024). THE ROLE AND ADVANTAGES OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM. Modern Science and Research, 3(2), 1205–1208. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29653
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article highlighted the penetration of digital technologies in the current modern educational system, their role and importance in the educational system, as well as their advantages.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1205

ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O’RNI VA

AFZALLIKLARI

Xudayarov Baxriddin Xurramovich

Surxandaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani

Qumqoʻrgʻon Agrotexnologiyalari texnikumi

Buhgalteriya hisobi fani o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10712767

Annotatsiya.

Ushbu maqolada hozirgi zamonaviy ta’lim tizimida raqamli

texnologiyalarning kirib kelishi, ularning ta’lim tizimidagi o’rni va ahamiyati, hamda afzalliklari
yoritib berildi.

Kalit so‘zlar:

taʼlim jarayoni, raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari, oliy taʼlim tizimi, zamonaviy taʼlim, masofaviy o‘qitish, pedagogik texnologiyalar,
multimedia vositalar.

THE ROLE AND ADVANTAGES OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE

MODERN EDUCATION SYSTEM

Abstract.

This article highlighted the penetration of digital technologies in the current

modern educational system, their role and importance in the educational system, as well as their
advantages.

Keywords:

Educational process, digital technologies, information and communication

technologies, higher education system, modern education, distance learning, pedagogical
technologies, multimedia tools.

РОЛЬ И ПРЕИМУЩЕСТВА ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В

СОВРЕМЕННОЙ СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

В данной статье освещено внедрение цифровых технологий в

современную систему образования, их роль и значение в системе образования, а также их
преимущества.

Ключевые

слова:

образовательный

процесс,

цифровые

технологии,

информационно-коммуникационные

технологии,

система

высшего

образования,

современное образование, дистанционное обучение, педагогические технологии,
мультимедийные средства.

Kirish

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib bormoqda. U har bir sohaga

kirib bormoqda. Axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan hozirgi davrda ta’lim
tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy faol yoshlarni
tarbiyalashda katta ahamyatga ega.

Biz ilgari ta’lim dasturlarini an’anaviy usuli, ya’ni ma’ruzani yirik hajmli kitoblar va

qo‘llanmalar orqali amalga oshirilgan shaklida olib borganmiz. Bu esa o‘z navbatida ta’lim
sifatining u qadar yuqori bo‘lishini ta’minlamagan. Yanada yuqori bosqichga chiqarishda
raqamlashtirish dolzarb masala bo’lib qolayotgan hozirgi kunda, ta’lim sohasi noan’anaviy ta’lim
texnologiyalari ortib bormoqda. Ushbu texnologiyalar yordamida ta’lim oluvchilarning bilim va
malakaviy ko’nikmalarni egallash darajasi an’anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1206

Ushbu texnologiyalar o’quvchilarni bilimlarni yanada rivojlantirish hizmat qiladi.
O’rganilayotgan fanlarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, uni tezda

yangilash, samaraliroq o‘qitish usullarini qo‘llash, shuningdek, har bir o’quvchi uchun ta’lim olish
imkoniyatini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi.

Shu jihatdan, jamiyatning barcha sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish dolzarb

ijtimoiy zaruriyat ekaniga urg‘u bergan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
SH.M.Mirziyoyev quyidagilarni qayd etib o‘tadi: “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar
va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng
qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot
texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli
infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq,
qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertagajuda kech
bo‘ladi”.

Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy

etib, natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash
mumkin.

Raqamli iqtisodiyot bu birgina faoliyat turi emas, balki, ishbilarmonlik, sanoat obʼektlari,

sifatli taʼlim va xizmatlar deganidir. “Raqamli” atamasi barcha sohalarda axborot
texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar
asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot,
maʼlumotlar bo‘ladi. Ularning tahlilidan so‘ng esa, to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha yechim ishlab
chiqiladi.

Tahlil va natijalar

Raqamli texnologiyalar (inglizcha: Digital technology) - signallarni uzluksiz spektr

shaklida emas, balki analog darajadagi diskret diapazonlarda koʻrsatishga asoslangan
texnologiyalardir.

Boshqacha qilib aytganda, raqamli texnologiya kodlashtirilgan (raqamli signallar

yordamida uzatiladigan) axborotlarning diskret holda, ya’ni, uzlukli – qisqa, ammo muayyan vaqt
oralig‘ida olish imkonini beruvchi texnologiya sanaladi.

Ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish “ta’limni raqamlashtirish” deb

nomlanadi. Bunda barcha o‘quv hujjatlari – o‘quv rejalari, fan dasturlari, tegishli fanlarning ishch
io‘quv dasturlari, guruh jurnallari, o‘quv materiallari onlayn shaklga o‘tkaziladi. Talabalar istalgan
sharoitda – axborot-resurs markazida, uy sharoitida Internetga bog‘lanish orqali masofadan tashkil
etilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari, sinov va imtihonlarda ishtirok etishi mumkin.

2020-yilning 17-martida Prezidentimizning “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni

keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4642-son17-qarori qabul qilinib, mazkur
qarorda taʼlimning barcha sohalarini raqamlashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Shu
yil 23-martdan talabalar uchun televizion darslar efirga uzatila boshlandi. Bundan tashqari, bir
nechta oliy taʼlim muassasalari talabalar va o‘quvchilar uchun virtual taʼlim tizimlarini ishga
tushirdi.

Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida

“O‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish” axborot tizimi hamda MOODLE masofaviy taʼlim


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1207

platformasi ishga tushirildi. Boshqa oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida ham
MOODLE, Platonus, Moodle LMS, SRS (Student Records System), MOOC kabi masofaviy taʼlim
platformalari hamda mobil telefon va planshetlar uchun Google Classroom, Ereader ilovalari ishga
tushirilib onlayn darslar tashkil qilinishi boshlandi.

Shuningdek, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining asosiy faoliyatlarini

avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron
taʼlim xizmatlarini taqdim etuvchi HEMIS axborot tizimi yo’lga qo’yildi. Axborot tizimi oliy
taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini
oʻtaydi, hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin
kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga
xizmat qiladi.

Shu o’rinda bir savol tug’ulishi tabiiy. Xo’sh, o‘qitish sifatini saqlab qolgan holda taʼlmda

raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash uchun nimalar qilish kerak?.

Birinchidan, albatta mamlakatimizda Internet infratuzilmasini yaxshilashimiz, mobil

operatorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishimiz va eng muhiki aholining,
ayniqsa talaba yoshlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining so‘ngi
yutuqlarini o‘zlashtirishga shart-sharoitlar hamda imtiyozlar yaratib berishimiz lozim.

Ikkinchidan, o‘quv jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish

ko‘lamini kengaytirish va axborot resurslari, o‘qitish vositalari va masofaviy o‘qitish
texnologiyalarini rivojlantirish, ijodkor talabalarni universitetni raqamlashtirish loyihalariga jalb
qilish bilan oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga
o‘zgartirish kiritish bo‘yicha vakolatli organlarga takliflar berish, yuqori samaradorlikka ega
raqamli qurilmalar bilan jihozlangan tuzilmalar, o‘quv xonalari, laboratoriyalar, mediastudiyalar
va boshqalarni o‘z ichiga olgan markazlarni tashkil etish, hamda unda orttirilgan tajribani
O‘zbekistonning barcha oliy taʼlimmuassasalarida qo‘llash.

Uchinchidan,

zamonaviy

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari

va

taʼlim

texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini taʼminlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy
mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish.

To‘rtinchidan, interfaol taqdimot tizimlaridan foydalanish, maʼruza va seminar darslari

uchun internet bilan bog‘liq holda interfaol va multimediali taqdimotlarni ishlab chiqish kabi
mavzular bo‘yicha o‘qituvchilarning malakasini oshirish uchun kurslarni tashkil qilish va
o‘tkazish.

Beshinchidan, real vaqt rejimida interfaol taqdimot tizimlari, video- konferensa loqa

tizimlari, virtual zallar, elektron resurslardan foydalanib istalgan vaqtda masofaviy o‘qitish
jarayonini amalga oshirish.

Oltinchidan, bulutli texnologiyalar, virtual voqelik, kengaytirilgan voqelikdan foydalanish

hamda didaktik materiallar va tajriba dizaynlarini ishlab chiqishda 3D printerini qo‘llash, raqamli
didaktika va raqamli taʼlim modellarini qo‘llash, o‘qituvchilar va talabalar uchun loyihalar, diplom
ishlari, ilmiy izlanishlar va boshqalarini muhokama qilish uchun ilmiy veb-saytlar ishlab chiqish
lozim.

Shundagina, biz raqamli texnologiyalardan foydalanib taʼlim sifatini tushirmagan holda

talaba yoshlarga bugungi kun talabi darajasida bilim olishlariga erishamiz. Biz taʼlim sifatini


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1208

oshirish varivojlantirish uchun texnologiyalardan manfaatli foydalanish imkoniyatini yaratishni
istaymiz. Qachonki, planshet taʼlim olishning bir elementiga aylansa, bolalar o‘qish jarayoniga
katta qiziqish bilan kirishadi. Bu o‘yin bilan klassik taʼlimni birlashtirishga tengdir. Natijada
o‘qish jarayoni yaxshilanadi, o‘zlashtirish, taʼlim darajasi va kadrlarni tayyorlash samaradorligi
oshadi.

Bilimli avlod, professional kadrlar — bu jamiyatning keng miqyosda rivojlanishining

garovidir.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini ta’lim tizimida qo’llashni

umumlashtirib shuni takidlab o’tish mumkunki, bugungi kun auditoriyalari o‘n yil avvalgilaridan
juda katta farq qiladi va sinf xonalari kompyuterlar, iPad, planshetlar, smart-doskalar va boshqa
turdagi taʼlim texnologiyalari bilan jihozlangan. Dunyoning boshqa joylarida bo‘lgani kabi,
O‘zbekistonda ham raqamli avlodning yangi ekranli avlodi - televizor, kompyuter, planshet, fablet,
smartfon va smartsoatlari paydo bo‘lmoqda.

Bunday zich raqamli muhitga ega bo‘lish va u bilan doimiy o‘zaro munosabat natijasida

bugungi kun talabalarining fikrlashi va axborotlarga ishlov berish jarayonlari oldingi fikr yuritish
va axborot jarayonlaridan tubdan farq qilmoqda. Bugungi avlodni o‘qitishda qora doska va oq
bo‘rdan foydalanish ham mumkin emas. Qora doskani oqiga va bo‘rni markerga o‘zgartirish hech
narsani o‘zgartirmaydi, yaʼni zamonaviy talabalarni bilim olishga va mehnat bozorida
muvaffaqiyatga erishishko‘nikmalarini rivojlantirishga undash usuli bo‘la olmaydi.

Shuni ham taʼkidlab o‘tish lozimki, o‘qituvchilar talabalarning ehtiyojlariga yo‘naltirilgan

interfaol o‘quv jarayonida asosiy rolni saqlab qoladi. O‘qituvchining obro‘si va uning faoliyatining
samaradorligi faqatgina kurs mazmunidagi bilimlar darajasi va uning pedagogik qobiliyatiga
emas, balki muayyan o‘quv materialini to‘plash, qayta ishlash va o‘qitishda o‘qituvchining
qanchalik zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash darajasiga bog‘liq
bo‘ladi.

Boshqacha qilib aytganda, raqamli asrda taʼlim qayta ko‘rib chiqilishi va taʼlim

paradigmasi o‘zgartirilishi shart, sababi talabalar ortiq anʼanaviy uslubda o‘qishni xohlamaydilar
va o‘qituvchilar ham bu kabi odatiy usulda o‘qitishni davom ettirishlari kerak emas, balki yang
innovatsiyalarni darsda qo’llay bilishi kerak.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
PF-60-son Farmoni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-martdagi “Toshkent shahrida
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4642-son
qarori.

3.

D. Babaraximova. Ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo’llashning ilmiy
pedagogik masalalari; 6 – tom 3 – son / 2022 - yil / 15 – mart.
https://bestpublication.org/index.php/pedg/issue/view/81

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-martdagi “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4642-son qarori.

D. Babaraximova. Ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo’llashning ilmiy pedagogik masalalari; 6 – tom 3 – son / 2022 - yil / 15 – mart. https://bestpublication.org/index.php/pedg/issue/view/81

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов