CITIZEN IN EMERGENCIES. PLANNING OF CONSERVATION EVENTS.

HAC
Google Scholar
To share
Eshumuhamedov, L. (2024). CITIZEN IN EMERGENCIES. PLANNING OF CONSERVATION EVENTS. Modern Science and Research, 3(2), 238–245. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30019
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the topic of planning civil protection measures in emergency situations is studied theoretically and analytically, scientific textbooks and normative documents related to the field are analyzed, the author explains the formation and development of the science of emergency situations and civil protection in our country.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

238

FAVQULODDA VAZIYATLARDA FUQARO. MUHOFAZASI TADBIRLARINI

REJALASHTIRISH.

Eshumuhamedov Latif

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Mehnat muhofazasi

va texnika xavfsizligi” kafedrasi assistenti.

latifbek95@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10805953

Annotatsiya.

Ushbu maqolada favqulodda vaziyatlarda fuqora muhofazasi tadbirlarini

rejalashtirsh mavzusi nazariy-taxliliy o‘rganilib, sohaga oid ilmiy darsliklar, va meyyoriy
hujjatlar tahlil etilgan, muallif tamonidan yurtimizda favqulodda vaziyatlar va fuqora muhofazasi
fanining shakklanishi va rivojlanishi yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar va iboralar:

“Favqulodda vaziyatlar, FVDT, Qizil Xoj, texnogen avariyalar,

tabiiy ofatlar”.

CITIZEN IN EMERGENCIES. PLANNING OF CONSERVATION EVENTS.

Abstract.

In this article, the topic of planning civil protection measures in emergency

situations is studied theoretically and analytically, scientific textbooks and normative documents
related to the field are analyzed, the author explains the formation and development of the science
of emergency situations and civil protection in our country.

Key words and phrases:

"Emergencies, FVDT, Red Cross, man-made accidents, natural

disasters."

ГРАЖДАНИН В ЧС. ПЛАНИРОВАНИЕ ПРИРОДООХРАННЫХ

МЕРОПРИЯТИЙ.

Аннотация.

В данной статье теоретически и аналитически изучена тема

планирования мероприятий гражданской защиты в чрезвычайных ситуациях,
проанализированы научные учебники и нормативные документы, относящиеся к данной
области, автор объясняет становление и развитие науки о чрезвычайных ситуациях и
гражданской защите. в нашей стране.

Ключевые слова и фразы:

«Чрезвычайные ситуации, ФВДТ, Красный Крест,

техногенные аварии, стихийные бедствия».

KIRISH.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng mamlakatimizda aholi va hududlarni tabiiy ofatlar,

texnogen avariya va falokatlardan himoya qilish bo‘yicha yaxlit davlat tizimi, zarur me’yoriy-
huquqiy baza shakllantirildi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, aholini
falokatlar (paytida) davrida harakat qilishga tayyorlash borasida ko‘lami va mazmuni jihatidan
ulkan tadbirlar amalga oshirildi. SHu bilan birga, mamlakat aholisini va hududlarini tabiiy hamda
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofa qilish siyosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri
sifatida belgilandi.

Yurtboshimizning “Mamlakatimizda olib borilyotgan islohatlar samarasini yanada

oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish,
mamlakatimizni modernizatsiya qilish, hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish
bo‘yicha mutloqo yangicha tamoyillar ishlab chiqishdan iboratdir” degan fikrlarida har bir sohani


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

239

rivojlantirish va uning istiqbollari belgilash nazarda tutilgandir. Yurtimizni turli javhalarda
rivojlantirish, belgilangan vazifalarni bajarish, aholini xafvsizligi ta’minlash bo‘yicha mahalliy
hokimiyat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari faoliyatiga qo‘shimcha vazifalar
yuklandi.

TADQIQOT

METODLARI.

Tadqiqot jarayonida ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlar

tahlili, pedagogik-tarixiy kuzatuv, umumlashtirish, metodlaridan foydalanildi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMALAR.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston

Respublikasini rivojlan-tirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha

“Harakatlar strategiyasi”

qabul qilindi. Harakatlar strategiyasini beshinchi ustuvor yo‘nalishning 1-bandi 6-xatboshida

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish

vazifalari”

belgilanib berildi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, ustuvor yo‘nalishda davlat

hokimiyat organlari faoliyatini yanada mustahkamlash bilan birga hududlarda yuzaga keladigan
favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Qolaversa, mahalliy
davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi
boshqarish organlarining avariya, halokat, tabiiy va boshqa ofatlar oqibatida jabrlangan fuqarolar,
shuningdek, favqulodda vaziyatlarning bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy
hamda huquqiy muhofaza qilish, tibbiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha faoliyatini
muvofiqlashtirishda qo‘shimcha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, bugungi kunda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf

etish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi izchil amalga
oshirilmoqda. CHunki, ilmiy tadqiqotlar yaqin o‘n yillikda tabiiy va texnogen xususiyatli lokal,
mahalliy, respublika va transchegaraviy favqulodda vaziyatlar yuz berishi xavfi tendensiyasi
oshishini tasdiqlamoqda.

Xalqaro amaliyotda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish

yuzasidan fuqaro muhofazasi bo‘yicha tadbirlarini o‘z vaqtida samarali o‘tkazish va
tegishli choralarini qo‘llash, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdan bir necha barobar
arzon va samarali ekani o‘z tasdig‘ini topmoqda. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlar jamiyatning rivojlanishida hozirgi kunda jiddiy tahdidlardan bir qismini tashkil etadi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, XXI asrning boshlaridanoq xavfsiz hayotni ta’minlash

masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarish jarayonining misli
ko‘rilmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta’minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim
nohush vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va iqtisodning
barqaror rivojlanishga tahdid solib turibdi. BMTning “Xalqaro fuqaro muhofazasi tashkiloti”
xujjatlarida “dunyoda taraqqiyot shiddat bilan rivojlanib borishi bilan yonma-yon, xavf-xatar ham
ortib boradi, shu bois “barqaror rivojlanish kafolati bu fuqarolar muhofazasi”dir deb bejiz yozib
qo‘yilmagan. SHuning uchun fuqarolarni fuqaro muhofazasiga tayyorlashga alohida e’tibor berish
muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin yildan-yilga soni ortib borayotgan favqulodda vaziyatlar, ularni
bartaraf etishga sarflanayotgan iqtisodiy xarajatlar bunday hatti-harakatning samaradorligi
pastligini ko‘satmoqda va alohida yo‘l tutish kerakligini taqozo etmoqda. Ya’ni sodir bo‘lishi
mumkin bo‘gan favqulodda vaziyatlarni oldindan bashorat qilish, aholini xavf haqida mumkin
qadar erta ogoh etish, uni oldini olish va undan himoyalanish tadbirlariga ko‘proq e’tiborni
qaratish zaruriyati vujudga kelmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

240

Butun jahon “

Qizil Xoj

” hamjamiyati tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra oxirgi 30 yil

mobaynida butun dunyoda tabiiy ofatlardan qariyb 1 mlrd. insonlar jabrlangan va ko‘rilgan
moddiy zarar miqyosi yiliga 100 mlrd. dollarni tashkil etgan. Shu sababdan ham O‘zbekistonda
o‘z mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardanoq, eng muhim vazifalar qatoridan mamlakat aholisi
va hududini turli xil favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash
masalalari o‘rin oldi.

Darhaqiqat, o‘tgan XX asrning sobiq ittifoq davrida Markaziy Osiyo mintaqasidagi

davlatlar, shu jumladan, halqimizning boshidan o‘tkazilgan totalitar, mamuriy-buyruqbozlik tizimi
atrof-muhitga bepisand munosabatda bo‘lish, tabiiy resurslardan vahshiyona foydalanish bilan
tavsiflanardi. Ushbu davr orqali o‘simlik va hayvonot dunyosining genofondiga salbiy tasiri,
biologik xilma-xillikning qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa tur zaharli chiqindilarning
tashqariga chiqarilishi, erlarning cho‘llanishi, er va suv resurslarining degradatsiyasi, Orol
dengizining halokati kabi mintaqaviy hamda global miqyosda echilishi lozim bo‘lgan ekologik
muammolar meros bo‘lib qoldi. Shu kabi muammolar tufayli inson manfaatlari muhofazasi
ayniqsa, O‘zbekistonda davlat siyosatining birlamchi darajasiga ko‘tarildi. Shu munosabat bilan
hozir O‘zbekistonda ekologik harakatning tuzilishi bugungi davrning dolzarb talabi hisoblanadi.

SHu nuqtai nazardan xalqimizni dushman tomonidan bo‘ladigan ham ichki, ham tashqi

ta’sirlardan saqlash, hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblansa, ikkinchi tomondan
bizning o‘lkamiz tabiiy ofatlar (yer silkinishi, yer surilishi, sel, suv toshqini, kuchli shamol va
boshqalar), bo‘lishiga moyil o‘lka bo‘lganligidan hamda texnogen avariyalar, halokatlar va
ekologik muvozanatni buzilishi natijasida uning oqibatlaridan fuqarolarni, iqtisodiyot
tarmoqlarini, moddiy resurslarni, texnikalarni va tabiatni asrash, zarar ko‘rgan hududlarda
qutqarish va kechiktirib bo‘lmaydigan tiklash ishlarini olib borish ham juda muhim dolzarb
muammolardan hisoblanadi.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning qonuniy asosini

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari,
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Favqulodda vaziyatlar
vazirining ko‘rsatma va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlari tashkil etadi.

Bizga ma’lumki, XX asrning 60-yillaridan fuqaro mudofaasi tizimi faoliyat ko‘rsatib

kelgan. Uning asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush sharoitida mamlakat aholisini yalpi qirg‘in
qurollari va boshqa hujum vositalaridan himoya qilish, urush sharoitida iqtisodiyot bo’ektlarining
barqarorligini ta’minlash hamda halokat o‘choqlarida qutqarish va tiklash ishlarini o‘z vaqtida
samarali amalga oshirishdan iborat edi.

Lekin aholi hayotiga faqatgina ommaviy qirg‘in qurollari emas, balki boshqa xavf-xatarlar

ham tahdid solib turadiki, ularni aslo nazardan chetda qoldirish mumkin emas. Bular turli tabiiy
ofatlar, avariya, halokatlardir. Sodir bo‘lib o‘tgan bir nechta halokatlar (Chernobil atom elektr
stansiyasidagi avariya, 25 000 odamning yostig‘ini quritgan Spitak zilzilasi va boshq.) fuqaro
mudofaasining o‘rni va vazifalariga boshqacha ko‘z bilan qarash kerak ekanligini ko‘rsatib berdi.
Fuqaro mudofaasi qo‘shinlari bunday yirik ko‘lamdagi ofatlarga qarshi kurashishga tayyor emas
ekanligi, fuqaro mudofaasi vazifalari faqatgina harbiy davr chegarasida qolishligi mumkin
emasligi, ular oldiga qo‘yilgan vazifalar ko‘lamini kengaytirish lozimligi ayon bo‘lib qoldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

241

90-yillarga kelib yadro urushi xavfi kamaydi, biologik qurollardan foydalanish cheklab

qo‘yildi, yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf etildiki, ular odamlar uchun xavfli bo‘lmay,
balki iqtisodiyot ob’ektlarini ishdan chiqarishga qaratilgan edi. Bularning hammasi fuqaro
mudofaasi tizimi o‘rnida yangi tizim tashkil etilishi lozimligini isbotlab berdi.

Shu o‘rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to‘g‘ri keladi. Favqulodda vaziyatning

o‘zi nima, undan aholi va hududlarni muhofaza qilish deganda nimani ko‘zda tutish lozim?

Favqulodda vaziyat

– odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘ligi yoki atrof tabiiy muhitga

zarar etishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti
izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa
yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.

Hukumat tomonidan olib borilayotgan boshqaruvda inson manfaati, inson qadriyati eng

oldingi o‘rindadir. Asosiy Qomusimiz bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
asosini ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligi tashkil etadi. Insonning hayoti, yashashga
bo‘lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi.

O‘zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy

tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiya) yuz bergan taqdirda fuqarolarning
xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekistoan Respublikasining butun hududida yoki uning
ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O‘zbekitson
Respublikasi Oliy Majlisining tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi
qonun bilan belgilanadi.

Oliy majlisning vakolatlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki

qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va
to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi.

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng tashkil etilgan Favquolodda vaziyatlar

vazirligining asosiy vazifalaridan biri favqulodda vaziyatlarda aholi hayoti va sog‘ligini, moddiy
va madaniy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat. Bu vazifani samarali tashkil etish uchun
muhofazaning qonuniy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, muhandislik texnik, maxsus asoslariga ega
bo‘lishimiz zarur.

Har bir rahbar, har bir favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining xodimi

texnogen, tabiiy va ekologik favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtda vaziyatga baho berishni,
tezlik bilan tegishli qarorlar qabul qilishni, qidiruv-qutqaruv va shoshilinch ishlarni o‘tkazishda
boshqaruvni amalga oshirish yo‘llarini bilishi va bu borada yuqori malakaga ega bo‘lmog‘i kerak.

Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish

favqulodda

vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa’y
harakatlari majmui.

Favqulodda vaziyatlarni oldini olish

oldindan o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar ro‘y

berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y berganda esa odamlar sog‘ligini
saqlash, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga
qaratilgan tadbirlar majmui.

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish

– favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda o‘tkazilib,

odamlar hayoti va sog‘ligini saqlash, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talofatlar
miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan zonalarni xalqaga olib,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

242

xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan
boshqa ishlar majmui.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo‘yilgan dadil

qadamlardan biri – avval Mudofaa vazirligi qoshida fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar
boshqarmasining, so‘ngra esa shu boshqarma negizida

O‘zbekistoan Respublikasi

Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 sonli Farmoni bilan

Favqulodda vaziyatlar

vazirligi tashkil etilishi bo‘ldi.

Farmon bilan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayotini va salomatligini,

moddiy va ma’naviy qadriyatlarni muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrlarda
favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini
kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazirlikning asosiy
vazifalaridan biri deb belgilandi.

Aholi va iqtisodiyot ob’ektlarini muhofaza qilishni ta’minlashga rahbarlik qilish

O‘zbekitson Respublikasining Bosh vaziriga yuklatilgan.

Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga

keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatish;

-ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga

keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga o‘rgatish;

-boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay

holatda saqlab turish;

-iqtisodiyot ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar

kompleksini o‘tkazish;

-aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
-fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta’minlash;
-aholini umumiy va yakka tartibdagi muhozalanish vositalari bilan ta’minlash;
-aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot

faoliyatini ta’minlash;

-radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazoratini

olib borish;

-qutqarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish;
-harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarur ko‘rgan

hududlarda jamoat tartibini yo‘lga qo‘yish va saqlab turish;

-aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning hokimlari, vazirliklar, idoralar,
uyushmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda vazirlar, davlat qo‘mitalari va uyushma
boshqaruv raislari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda ishlab chiqarish korxonalari
direktorlari, rahbarlari aholi va iqtisodiyot ob’ektlari muhofaza etishga rahbar eitib tayinlanadilar.

Mahalliy hokimiyat organlarining Konstitutsiyamiz tomonidan belgilagan vazifalari

qatoriga jumladan quyidagilar kiradi:

-qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

243

-mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash,

byudjetdan tashqari jamg‘armalar hosil qilish;

-atrof muhitni muhofaza qilish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlarda favqulodda vaziyatlar

boshqarmalari (bo‘limlari)ning tashkil etilishi va boshqarma (bo‘lim) boshliqlarining
o‘rinbosarlari joylardagi o‘rinbosarlari hisoblanishi aholini va hududlarni favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining ish faoliyatini yanada mustahkamlashda katta
ahamiyatga ega bo‘ldi.

XULOSA.

Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlari bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda

kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shuningdek ob’ekt fuqaro
muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi.

Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tarkibi, uning tarkibiy tuzilishi, shuningdek

fuqaro muhofazasi tuzilmalari faoliyatining boshqa masalalari O‘zbekiston Respublikasi fuqaro
muhofazasi boshlig‘i tomonidan belgilab qo‘yilgan.

Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining faoliyati, ularni butlash qonun hujjatlariga muvofiq

amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda fuqaro muhofazasini tashkil etishning umumiy tamoyillari.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi tuzilmalari asosiga quyidagi tamoyillar kiritilgan:

-hududiy tamoyil:
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy bo‘linishiga qarab, viloyatlar, shaharlar, tumanlarda

fuqaro muhofazasi bo‘limlarining tashkil etilishi;

-ishlab chiqarish tamoyili:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, trestlar, koorparatsiyalar, kompaniyalar, assosatsiyalar,

tashkilotlar va korxonalarda fuqaro muhofazasi bo‘limlarining tashkil etilishi.

Fuqaro muhofazasi bo‘yicha umumiy rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri

olib boradi.

Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga

keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatish;

-ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga

keladigan xavflardan himoyalanish usullariga tayyorlash;

-boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil etish, rivojlantirish va doimiy shay

holatda saqlab turish;

-iqtisodiyot ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini

o‘tkazish;

-aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
-fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarini shayligini ta’minlash;
-aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash;
-aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot

faoliyatini ta’minlash;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

244

-radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatuv va laboratoriya nazorati olib

borish;

-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish;
-harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko‘rgan

hududlarda jamoat tartibini yo‘lga qo‘yish va saqlab turish;

-aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga topshirilgan.

Qoraqalpog‘iston Repsublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarida fuqaro

muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishli lavozimiga ko‘ra fuqaro muhofazasi boshlig‘i bo‘lgan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar
hokimlari amalga oshiradi.

Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni ularning

lavozimiga ko‘ra mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro muhofazalarining boshliqlari bo‘lgan
rahbarlari amalga oshiradilar.

Fuqaro muhofazasi boshlig‘i o‘z vakolatlari doirasiga quyidagi huquqlarga ega:
-fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish;
-aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish to‘g‘risida

qarorlar qabul qilish;

-fuqaro muhofazasi bo‘yicha tegishli direktivalar, buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar

chiqarish;

-o‘z tasarrufidagi hududlar hamda tashkilotlarning kuchlari va vositalarini fuqaro

muhofazasi sohasidagi tadbirlarni o‘tkazishga jalb etish;

-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Fuqaro muhofazasi boshliqlarining aholi va hududlarni zamonaviy qirg‘in vositalari

qo‘llanishi oqibatlaridan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni amalga
oshirishga oid harakatlarni muvofiqlashtirish tegishli hududlar, tarmoqlar va tashkilotlarning
fuqaro muhofazasi boshliqlari zimmasiga yuklanadi.

REFERENCES

1.

I. NIGMATOV, M. TOJIYEV. FAVQULODDA VAZIYATLAR VA FUQARO
MUHOFAZASI. Darslik Toshkent «IQTISOD-MOLIYА» 2011

2.

Muradov S. ЭCONOMIC ANALYSIS OF PROFITS IN THE FIELD OF LABOR
PROTECTION //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 1239-1245.

3.

Maxmayusufovich E. L. PRIMARY CONCEPTS ABOUT EARTHQUAKES AND THEM
ENSURING THE SAFETY OF THE PUBLIC WHEN IT HAPPENS //International journal
of advanced research in education, technology and management. – 2023. – Т. 2. – №. 10.

4.

Husan o‘g‘li M. S. Sanoat korxonalari rahbar va mutaxassislarining mehnat muhofazasi
bo‘yicha bilimlarini tekshirishni raqamli texnalogiyalar asosida tashkil etishning ahamiyati
//Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirishning dolzarb masalalari. –
2023. – Т. 10. – №. 26. – С. 180-183.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

245

5.

Эшмухамедов Л. М. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ ГОСУДАРСТВЕННОГО
УПРАВЛЕНИЯ

В

ОБЛАСТИ

ПРЕДУПРЕЖДЕНИЯ

И

ЛИКВИДАЦИИ

ЧРЕЗВЫЧАЙНЫХ СИТУАЦИЙ //Вестник науки и образования. – 2022. – №. 6-2
(126). – С. 24-27.

6.

Sirojiddin M. Mehnatni muhofaza qilishning rivojlanish tarixiy bosqichlarini o‘rganish
//Ekologiya, aholi xavfsizligi va mehnat muhofazasining hozirgi kundagi dolzarb masalalari
va istiqbollari. – 2023. – С. 243-248.

7.

Эшмухамедов Л. М. ОХРАНА ТРУДА НА ПРЕДПРИЯТИИ //МОЛОДЕЖЬ. НАУКА.
БУДУЩЕЕ. – 2022. – С. 160-164.

8.

Sirojiddin M. Mehnat sharoitlari va muhitini “kaizen” usuli yordamida takomillashtirishning
innovatsion yechimlari //Ekologiya, aholi xavfsizligi va mehnat muhofazasining hozirgi
kundagi dolzarb masalalari va istiqbollari. – 2023. – С. 249-253.

9.

Eshmuhamedov L. M. 21-ASR PEDAGOGIKASI: O ‘QITISHNING INNOVATSION
USULLARI //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С.
372-376.

10.

Sirojiddin M. Mehanatni muhofaza qilishning tashkiliy-psixologik asoslaridagi mavjud
muammolar //Ekologiya, aholi xavfsizligi va mehnat muhofazasining hozirgi kundagi
dolzarb masalalari va istiqbollari. – 2023. – С. 133-137.

11.

Maxmayusufovich E. L. ORGANIZE LABOR PROTECTION IN ENTERPRISES
//International journal of advanced research in education, technology and management. –
2023. – Т. 2. – №. 11.

12.

[12] Xidirova D., Muradov S. O ‘zbekiston respublikasi hududida seysmoaktiv hududlar va
zilzilaning xavfliligi //Innovative Development in Educational Activities. – 2024. – Т. 3. –
№. 2. – С. 167-172.

13.

[13]

Eshmukhamedov

L.

M.

IMPROVING

THE

SYSTEM

OF

PUBLIC

ADMINISTRATION IN THE FIELD OF PREVENTION AND LIMITATION OF
EMERGENCY SITUATIONS //International journal of advanced research in education,
technology and management. – 2023. – Т. 2. – №. 9.

14.

[14] Otabek M. et al. Dynamics And Stability Of A Composite Feed Cylinder In The Feeding
Area Of Rotor Spinning Machines //Journal of Pharmaceutical Negative Results. – 2023. –
С. 1152-1157

15.

[15] Husan o‘g‘li M. S., Shavkat o‘g‘li E. D. INNOVATIVE SOLUTIONS TO PROTEC T
WORKERS FROM DANGEROUS GAS AND TOXIC SUBSTANCES IN HAZARDOUS
INDUSTRY ENTERPRISES //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – С.
11-17.

References

I. NIGMATOV, M. TOJIYEV. FAVQULODDA VAZIYATLAR VA FUQARO MUHOFAZASI. Darslik Toshkent «IQTISOD-MOLIYА» 2011

Muradov S. ЭCONOMIC ANALYSIS OF PROFITS IN THE FIELD OF LABOR PROTECTION //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 1239-1245.

Maxmayusufovich E. L. PRIMARY CONCEPTS ABOUT EARTHQUAKES AND THEM ENSURING THE SAFETY OF THE PUBLIC WHEN IT HAPPENS //International journal of advanced research in education, technology and management. – 2023. – Т. 2. – №. 10.

Husan o‘g‘li M. S. Sanoat korxonalari rahbar va mutaxassislarining mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarini tekshirishni raqamli texnalogiyalar asosida tashkil etishning ahamiyati //Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirishning dolzarb masalalari. – 2023. – Т. 10. – №. 26. – С. 180-183.

Эшмухамедов Л. М. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ ГОСУДАРСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ В ОБЛАСТИ ПРЕДУПРЕЖДЕНИЯ И ЛИКВИДАЦИИ ЧРЕЗВЫЧАЙНЫХ СИТУАЦИЙ //Вестник науки и образования. – 2022. – №. 6-2 (126). – С. 24-27.

Sirojiddin M. Mehnatni muhofaza qilishning rivojlanish tarixiy bosqichlarini o‘rganish //Ekologiya, aholi xavfsizligi va mehnat muhofazasining hozirgi kundagi dolzarb masalalari va istiqbollari. – 2023. – С. 243-248.

Эшмухамедов Л. М. ОХРАНА ТРУДА НА ПРЕДПРИЯТИИ //МОЛОДЕЖЬ. НАУКА. БУДУЩЕЕ. – 2022. – С. 160-164.

Sirojiddin M. Mehnat sharoitlari va muhitini “kaizen” usuli yordamida takomillashtirishning innovatsion yechimlari //Ekologiya, aholi xavfsizligi va mehnat muhofazasining hozirgi kundagi dolzarb masalalari va istiqbollari. – 2023. – С. 249-253.

Eshmuhamedov L. M. 21-ASR PEDAGOGIKASI: O ‘QITISHNING INNOVATSION USULLARI //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С. 372-376.

Sirojiddin M. Mehanatni muhofaza qilishning tashkiliy-psixologik asoslaridagi mavjud muammolar //Ekologiya, aholi xavfsizligi va mehnat muhofazasining hozirgi kundagi dolzarb masalalari va istiqbollari. – 2023. – С. 133-137.

Maxmayusufovich E. L. ORGANIZE LABOR PROTECTION IN ENTERPRISES //International journal of advanced research in education, technology and management. – 2023. – Т. 2. – №. 11.

[12] Xidirova D., Muradov S. O ‘zbekiston respublikasi hududida seysmoaktiv hududlar va zilzilaning xavfliligi //Innovative Development in Educational Activities. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 167-172.

[13] Eshmukhamedov L. M. IMPROVING THE SYSTEM OF PUBLIC ADMINISTRATION IN THE FIELD OF PREVENTION AND LIMITATION OF EMERGENCY SITUATIONS //International journal of advanced research in education, technology and management. – 2023. – Т. 2. – №. 9.

[14] Otabek M. et al. Dynamics And Stability Of A Composite Feed Cylinder In The Feeding Area Of Rotor Spinning Machines //Journal of Pharmaceutical Negative Results. – 2023. – С. 1152-1157

[15] Husan o‘g‘li M. S., Shavkat o‘g‘li E. D. INNOVATIVE SOLUTIONS TO PROTEC T WORKERS FROM DANGEROUS GAS AND TOXIC SUBSTANCES IN HAZARDOUS INDUSTRY ENTERPRISES //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – С. 11-17.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов